O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sosiologiya fanining paydo bo‘lishining madaniy-tarixiy, ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlari.
MAVZU: O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sosiologiya fanining paydo bo‘lishining madaniy-tarixiy, ijtimoiy-huquqiy shart- sharoitlari. REJA: 1.Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pedagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'anasi sifatida. 2. O‘zbekistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari. 3. O ‘zbekistonda “ijtimoiy pedagog” kasbining paydo boiishi.
Tarix sahifalariga nazar solsak, madad va sadaqa berish, ko’maklashish, yordamga muhtojlarga yordam qo’lini cho’zish xalqimiz hayot tarzi bilan bog’langan. I.Jabborov o’zbek xalqining turmush tarzi haqida fikr yuritib, O’zbeklarning ijtimoiy turmushidagi eng qadimgi o’ziga xos udumlaridan yoshiga qarab guruhlarga bo’linish-bolalik, o’spirinlik, balog’at yoshi va qarilik bo’lib, u bilan bog’liq turli urf-odatlar va marosimlar hozirgacha saqlanib kelgan. Erkaklaru ayollar yoshiga qarab o’z tengdoshlari bilan to’rtta guruhga bo’linib, ularga har joyda har xil nom berilgan ( qator, ulfat, tenqur, jo’ra) va ular o’zlarining tengqurlari davrasini tashkil qilganlar. Bir yoshdagi guruhdan ikkinchi yosh guruhiga o’tish maxsus marosim orqali amalga oshirilgan. Har bir yoshdagi guruh o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan va ular kiyimi, bezaklari, sochning shakli, ijtimoiy burchi va xulq-atvori bilan ham bir oz ajralib turgan. Darhaqiqat ijtimoiy tabaqalanish darjasi borligi uchun, ko’mak berish ham o’ziga xos tarzda kechgan. Bunda, savob ishlarini amalga oshirish, xayr-ehson qilish, sadaqa berish va saxovatli bo’lish singari amallar ham o’zbek xalqining iymon va e’tiqodi tarzida kechganligini ko’rsatadi. Buni islom dinining muqaddas sanalgan manbalari biri hadislar to’plam orqali ham ko’rishimiz mumkin. Masalan, bu xususida Imom al-Buxoriy o’zining “Al-Jomi’ as-Sahih” nomli hadislar to’plamida “Ketidan ozor ergashtirib keladigan sadaqadan ko’ra, ko’ngilni ko’taradigan va mag’firatli so’z afzaldir” deydi 1 Bu haqda A.Navoiy o’zining “Arabin hadis.Qirq hadis sharhi” asarida shunday yozadi: “YAxshi so’z birla hojat ahlin so’r, Bermasang yaxshi to’’madin sadaqa Ne uchunkim rasul qavli bila: YAxshi so’z bordur o’ylakim sadaqa. Darhaqiqat, ko’pchilikning nazarida sadaqa go’yo faqat kambag’al, faqir, muhtoj va beva bechoralarga qilinadigan xayr-ehsondir. Sadaqaning mazmuni esa keng ma’noda talqin qilinadi. Hadis mazmuniga binoan, kishining aytgan har bir yaxshi 1 Ал-Бухорий Абу Абдуллоҳ ибн Исмоил. Ҳадис:7 китоб, 1-К Ал-Жомиъ ас-Саҳиҳ арабчадан З.Исмоил тарж Тошенгт: Қомуслар,1992 йил.Б-386
so’zi, ezgulik, yaxshi niyat bilan o’zgalarning ko’nglini ko’tarishi ham sadaqa bo’ladi.” Rahmdillik, xayr-saxovatning bugungi kunga qadar yetib kelishi hamda ishtimoiy hayot jarayonida qo’llanilishi, ajdodalarimizning hayot namunasi sifatida halq og’zaki ijodi namunalaridan yordam qo’lini cho’zish, beminnat xizmat ko’rsatish, insonni qadrlash, savobli ishlarni bajarish, oqibatli bo’lish kabi insoniy sifatlarga ega bo’lishga chorlovchi istaklar mujassamlashgan. Faylasuf J.To’lanov o’zining “Qadriyatlar falsafasi” nomli monografiyasida: “Tarix qa’ridan, necha- necha o’tmish davrlardan bizgacha eson-omon yetib kelgan miflar, afsonalar va rivoyatlar, dostonlar, ertak, maqol va qo’shiqlar, o’tmishning shunchaki bir aks sadosi emas, balki xalq ko’nglidagi qayg’u-hasrat va shodlikning yo’ldoshi, uning bilim qomusi, uning dini va falsafiy kitobidir.” Qadimgi mif, ertak, afsona va rivoyatlarning tizimli tahliliga ijtimoiy xizmat ko’rsatish nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak, bu xalq og’zaki ijodining nodir namunalari zamirida xalqning muayyan ezgu maqsad va niyatlari, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga bo’lgan ijobiy yoxud munosabatlari, mehnat mashaqqatlarini yengillashtirishga yo’naltirilgan qarashlar majmui, mehnat unumdorligini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilashga bo’lgan intilishlari o’z ifodasini topganligini ko’rishimiz mumkin. Buni biz antropoligik yondashuv asosida “Bir mayizni qirq kishi bo’lib yebdi”, degan o’zbek xalq maqolida saxiylik, himmatlilik, totuvlik, ahillik, hamjihatlikka undovchi tushunchalar o’z aksini topgan. “Saxiylik-bu hech kimdan narsasini, yaxshiligini ayamaslik, hotamlik xislatini anglatuvchi tushunchadir”. Saxiy va hotam kishining yaxshili va sahovat-peshaligidan uning atrofdagi qon- qarindoshlari, do’st-birodarlari, qo’ni-qo’shnilari, yaqinlaridan tashqari begonalar ham hamisha bahramand ekanligi xususida Xusrav Dehlaviy: “Hota kishi uyda tutganda ud, Qo’ni hovlida ham shu muattar dud”-deya ta’kidlaydi. “Himmat” (arab.g’ayrat, shijoat, jo’shqinlik harakat, hafsala, qunt) –odamgarchilik muruvvat, yuzsaidan qilinadigan yaxshilik, yaxshi ish, yordam, insonga xos tuyg’u xislatni anglatuvchi tushuncha bo’lib, bu borada Fariduddin Attor:
“Himmati oliyga yetsa har ko’ngul, Davlati beminnat unga yuzlanur”- deya insonlarni himmatli bo’lishga chorlash orqali qalb sofligi, ko’ngil xotirjamligi, ma’naviy yetuklikka undaydi. “Totuvlik” tushunchasini esa ikki: tor va keng ma’noda izohlash mumkin. Tor ma’noda odamlar, oila, mahalla yoki guruh a’zolari orasidagi o’zaro ma’naviy- murosaviy munosabat, keng ma’noda, fuqarolarning ma’naviy-axloqiy mezonlari, xatti-harakatlari, hayotga munosabatlarida ko’zga tashlanadigan ma’naviy hodisani anglatuvchi tushuncha sifatida izohlansa, “Ahillik” esa –yagona oila,yagona Vatan tuyg’usi, umumiy maqsad va manfaatga asoslangan, do’stlik, qon-qarindoshlik, inoqlik va xayrixohlik natijasida hosil bo’ladigan ma’naviy yaqinlikdir deb qayd etilgan. Insonning hayot tarzini egallashi, o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. Bunda ota- ona, yaqin qarindoshlar, do’stlar, ustozlar hamda piru-barnolar namunaviy ibrat bo’lishadi. “Bir odamga bir odam sababchi bo’ladi” degan mavol orqali ko’pincha odamzot umri davomida turli vaziyat va holatlar, voqea va jarayonlarga duch keladi va bunday holatda kimdir sababchi (muvafaqqiyat, omad, baxt v.h) yoxud aybdor (muvafaqqiyatsizlik, omadsizli, baxtsizlik singari ko’ngilsizliklarga uchraganda) sanaldi. Har bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo’lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o’zlashtirib oladi, o’zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko’radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi. Ijtimoiy pedagogika ma’naviy – ma’rifiy faoliyatning alohida sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi o’rtasida milliy istiqlol g’oyalarini targ’ibot-tashviqotini keng olib borish imkoniyatini beradi. Ijtimoiy pedagogika predmeti san’atdan shaxsga ta’sir etadigan g’oyaviy – emotsional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda qqituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir. Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot ob’ekti xususiyatlarini o’rganmoq lozim. SHu sabab fanda tadqiqot ob’ekti va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o’ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoiy va pedagogika so’zlaridan tashkil topib ularni ma’nosini o’zida jamlayadi. Bu birlik fanda differen s atsiya va integratsiya h odisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi. YAngi bilimlarni o’sishi ilmiy fikrlarni real hayotga tatbiq etilishi, yangi mualimmlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi fanning differensatsiyasi va maxsuslashtirish tendensiyasi kuzatiladi. CHunonchi asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. SHuningdek bir qator muammolarni hal qilishda to’plam nuqtai nazardan bir ob’ektni o’rganuvchi mustaqil fan birligini o’zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisasi kuzatiladi. Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob’ektlari alohida kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafa psixologiya bilan o’zaro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda.. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.