logo

Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni, omillari va natijalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

94.6728515625 KB
I shlab   chiqarish   jarayonining   mazmuni ,  omillari   va   natijalari  
1 . Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari
2.  Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
3.  Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
4.  Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari. 1.  Ishlab chiqarish jarayoni , u ning mazmuni  va natijalari
Ishlab   chiqarish   jarayoni   -   bu   kishilarni   o’zlarining   iste’moli   uchun   zarur
bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq
faoliyatidir.   Moddiy   va   ma’naviy   ne’matlar   yaratish,   turli   xizmatlar   ko’rsatish
jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Kishilar   o’zlarining   ongli   maqsadga   muvofiq   unumli   mehnati   bilan   tabiat
moddalarining   shakllarini   o’zgartiradilar   va   iste’moli   uchun   zarur   bo’lgan
mahsulotni   vujudga   keltiradilar.   Mehnat   jarayonida   kishilar   bilan   tabiat   o’rtasida
moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib
boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va
ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi.
Boshqacha   qilib   aytganimizda ,   ishlab chiqarish   jarayoni iste’mol qiymatlarni
vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan
narsalarni  kishi  iste’moli  uchun o’zlashtirib  olishdir,  kishi  bilan tabiat  o’rtasidagi
modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
Ishlab   chiqarish   jarayoni   insoniyat   taraqqiyotining   hamma   bosqichlariga,
hamma   mamlakatlarga,   el-yurtlarga   va   xalqlarga   xos   bo’lib,   umuminsoniy
kategoriyadir (tushunchadir).
Shuning   uchun   bu   jarayon   uzoq   tarixga   ega   bo’lib,   oddiy   tosh   va   yog’och
qurollardan   foydalanib,   eng   sodda   ovchilik   va   dehqonchilik   qilishdan   tortib   to
hozirgi   zamon   murakkab   texnologiyasiga   asoslangan   robotsozlik,   samolyotsozlik,
kompyuter   texnikalarini,   zamonaviy   radio   va   televideniye   vositalarini   ishlab
chiqarishgacha   bo’lgan   yo’lni   bosib   o’tdi.   Hozirgi   davrda   mamlakatimiz   hududida
bir   necha   yuzlab   tarmoqlar   va   sohalarda   xalqimizning   iste’moli   va   ishlab
chiqarishning o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlari va asbob uskunalar ishlab
chiqariladi.
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport  va
aloqa,  qurilish,  savdo,  tayyorlov tashkilotlari,  kommunal   va  uy –  joy xo’jaliklari,
turli   xil   texnik  va   boshqa   xizmat   ko’rsatish   sohalaridan  iborat.   Har   bir   mamlakat o’z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar
tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga
olinib   ishlab   chiqarishni   o’stirish   va   xalqning   talabini   qondirish   uchun   o’ta   zarur
bo’lgan,   mamlakat   mudofaa   qobiliyatini   mustahkamlashga,   chet   ellar   bilan
bo’ladigan   hamkorlikni   yuksaltirishga   imkon   beradigan   tarmoqlarga   alohida
e’tibor beriladi.
Ehtiyojlar turi qancha ko’p bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq
va   sohalari   ham   kengayib   boradi.   Ularni   o’rganish   oson   bo’lishi   uchun   ishlab
chiqarish   ikki   katta   sohaga:   moddiy   ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko’rsatish
sohalariga  bo’linadi.
Moddiy   ishlab   chiqarish   sohalarida   (sanoat,   qishloq   xo’jaligi,   qurilish   va
boshqalar)   zaruriy   moddiy   ne’matlar   yaratiladi,   xizmat   ko’rsatish   sohalarida   esa
turli  xil ma’naviy ne’matlar  yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-
biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
Respublika milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
sohalarining   YaIMdagi   mutloq   miqdori   va   nisbiy   ulushi   quyidagi   ma’lumotlar
bilan tavsiflanadi (1-jadval).
1 -jadval 
Respublika YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi 
(joriy narxlarda)*
Ko’rsatkichlar 2005 yil 2006 yil
mlrd. so’m % mlrd. so’m %
Yalpi ichki mahsulot  15923,4 100,0 20759,3 100,0
Shu jumladan:
Ishlab chiqarilgan 
tovarlar qiymati 8361,6 52,4 10660,4 51,3
Ko’rsatilgan xizmatlar 
qiymati 5871,7 37,0 8197,7 39,5
Sof soliqlar 1690,1 10,6 1901,2 9,2
    *   Manba: O’zbekiston Respublikasi DS Q: Yillik statistik to’plam, 2007. -33s. Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va
ikkinchi   bo’linmalardan   iborat   bo’ladi.   Birinchi   bo’linmada   ishlab   chiqarish   va
xizmat   ko’rsatish   korxona   va   tashkilotlarining   ishlab   chiqarish   iste’moli   uchun
zarur   bo’lgan   vositalar   —   stanok,   mashina,   asbob-uskuna,   xom   ashyo   va   turli
materiallar ishlab chiqariladi.  Ikkinchi bo’linmada  esa xalq iste’moli uchun zarur
bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   har   qanday   ishlab   chiqarish,   bir   tomondan
iste’mol qiymatni  (naflilikni)  yaratishdir, ikkinchi  tomondan, moddiy vositalar va
mehnatning   sarflanishi,   yangi   qiymatning   yaratilishi,   boshqacha   qilib   aytganda,
qiymatning o’sish jarayonidir.
Ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko’rsatish   jarayoni   bir   tomondan,   iste’mol
qiymatlarini   yaratish   jarayoni   bo’lsa,   ikkinchi   tomondan,   qiymatning   o’sish
jarayoni   bo’lib   hisoblanadi.   Masalan,   tadbirkor   ishlab   chiqarishni   tashkil   etish
uchun har bir tonnasi 1000 so’mdan 100 tonna, hammasi bo’lib 100 ming so’mlik
paxta tolasi sotib oldi deylik. U shu paxta tolasidan ip yigiradi, qo’llanilgan asosiy
vositalar   amortizatsiyasi,   energiya   va   boshqa   xarajatlar   20   ming   so’mni,   ish   haqi
30   mingni   tashkil   etsa,   30   ming   so’mlik   foyda   oladigan   bo’lsa   hammasi   bo’lib
yaratilgan   mahsulotning   qiymati   180   ming   so’mni,   qo’shilgan   qiymat   80   ming
so’mni tashkil etgan bo’ladi.
  Agar   biz   80   ming   so’mlik   qo’shilgan   qiymatdan   20   ming   so’mini
amortizatsiya,   energiya   va   boshqalardan   iborat   moddiy   xarajatlar,   ya’ni   oldindan
yaratilgan qiymatlar  deb qarasak 60 ming so’mlik qiymat, ya’ni  30 ming so’mlik
ish  haqi  va  30  ming  so’mlik  foyda  shu  ishlab   chiqarish  jarayonida  hosil  qilingan
yangi qiymat hisoblanadi.
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   ishlab   chiqarish   jarayonining   ikki   tomonini
quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (3-chizma).
Ишчи кучи ва ишлаб
чи қ ариш воситалари
(натурал шакллари) Истеъмол
қ иймати, яъни
нафлилигиМе ҳ нат жараёни ёки
нафлиликнинг
яратилиши ва
кўпайиши   жараёни Яратилган товар ва хизматлар
Нафлиликнинг яратилишида 
қатнашади Қийматни ташкил топишида 
қатнашади
Ер Капитал  Ишчи кучи
меҳнати Меҳнат
Аниқ меҳнат 
билан ўтказил 
ган ишлаб 
чиқариш воси  
талари қиймати Абстракт 
меҳнат билан 
яратилган 
янги қиймат3-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni
Shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda
har   uchala   omil:   yer,   kapital,   ishchi   kuchi   qatnashadi,   qiymatni   tashkil   topishida
esa mehnatning o’zi qatnashadi.  Bu holat 4-chizmada tushunarliroq tasvirlangan. Қ ийматнинг ўсиш
жараёниКапитал: ишлаб
чи қ ариш воситалари ва
ишчи кучи  қ ийматиИшлаб чи қ аришнинг
омиллари Натижа: товар ва
хизматларИшлаб чи қ ариш
жараёни
Сарфланган ва
қ ўшилган  қ иймат Меҳнат 
қуроллари Меҳнат 
шароитлари Табиат 
ашёлари Хомашё
Ишлаб чиқариш воситалари4-chizma.  Т ovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish
omillarining roli
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham
ikki tomoni borligini ko’rsatadi.
2.  Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Iqtisodiyotning   tizimi   va   shaklidan   qat’iy   nazar   ishlab   chiqarish   yoki   xizmat
ko’rsatishning   hamma   sohalari   uchun   umumiy   bo’lgan   uchta   omil:   ishchi   kuchi,
mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart ( 5 -chizma).
5 -chizma.   Mehnat jarayoni zaruriy shartlarining turkumlanishi
Ishchi   kuchi   deb   insonning   mehnat   qilishga   bo’lgan   aqliy   va   jismoniy
qobiliyatlarining   yig’indisiga   aytiladi.   Ishchi   kuchi   mehnat   qobiliyatiga   ega
bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning
mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat   qurollari   deb,   inson   uning   yordamida   tabiatga,   mehnat
predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar,
qurilmalar, uskunalar va boshqalar).  Ме ҳ нат жараёнининг зарурий   шартлари
Ишчи кучи Ме ҳ нат
воситалари Ме ҳ нат
предметлари Mehnat   predmetlari   esa   bevosita   mehnat   ta’sir   qiladigan,   ya’ni   mahsulot
tayyorlanadigan   narsalardir   (yer-suv,   xom   ashyo   va   boshqa   turli   materiallar).
Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi
mehnat   mahsuli,   ya’ni   xom   ashyo   bo’lishi   mumkin.   Mehnat   qurollari   va   mehnat
predmetlari birgalikda  ishlab chiqarish vositalari  deb yuritiladi. 
Mehnat   vositalarini   mehnat   predmetlariga   ta’sir   etish   xususiyatiga   ko’ra   bir
nechta katta guruhlarga bo’lish mumkin. 
Birinchi   guruhga   mashinalar,   mexanizmlar,   stanoklar,   uskunalar,   turli   xil
apparatlar   va   boshqalardan   iborat   mehnat   qurollarini   kiritish   mumkin.   Ularning
yordamida   ishchi   tabiat   ashyolari   va   kuchlariga   bevosita   ta’sir   qiladi   va   bu
ashyolarni o’zining iste’moli uchun zarur bo’lgan shaklga keltiradi.
Ikkinchi   guruhga   materiallarni   saqlash   uchun   mo’ljallangan   mehnat
vositalari   (sisternalar,   turli   xil   bochkalar,   quvurlar,   omborlar   va   boshqalar)
kiritiladi.
Uchinchi   guruhga   ishlab   chiqarish   jarayonida   bevosita   qatnashmaydigan,
lekin   unga   shart-sharoit   yaratib   beradigan   mehnat   vositalari   kiradi.   Lekin   bu
vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to’la
va   samarali   amalga   oshmasligi   mumkin.   Bularga   binolar,   yo’llar   va   boshqalar
misol bo’la oladi.
Hozirgi   fan-texnika   inqilobi   davrida   ishlab   chiqarishning   rivojlanishida
mehnat   predmetlarining   ahamiyati   oshib   bormoqda.   Materiallarning   tabiatda
tayyor   holda   uchramaydigan   yangi   turlari   yaratilmoqda.   Ishlab   chiqarish   omillari
insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo’lsada, bu omillarga
turli   adabiyotlarda   turlicha   ta’rif   berishadi   va   ularni   turlicha   tushuntirishadi.
Hozirgi bozor  iqtisodiyotiga doir ko’pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning
to’rt omili: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Ishchi   kuchi   –   bu   insonning   mehnatga   bo’lgan   aqliy   va   jismoniy
qobiliyatlarining yig’indisidir.
Kapital     deganda   o’z   egalariga   daromad   keltiradigan   ishlab   chiqarish   va
xizmat   ko’rsatishning   hamma   sohalarida   ishlatiladigan   ishlab   chiqarish vositalarini,   sotishga   tayyor   turgan   tovarlarni,   yangi   vositalar   va   ishchi   kuchini
sotib olishga mo’ljallangan pul mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymati
birligini   tushunamiz.   Boshqacha   qilib   aytganda,   «kapital»   ham   qiymatga,   ham
naflilikka   ega   bo’lgan,   ishlab   chiqarish   va   xizmat   ko’rsatish   jarayonida
foydalaniladigan vositalardir.
Bu yerda kapital turli shaklda: pul, ishlab chiqarish vositalari, tovar va boshqa
moddiy vositalar shaklida bo’lishi mumkin.
Hamma   adabiyotlarda   yer ga   deyarli   bir   xil   tushuncha   beriladi,   ya’ni   yer-suv
deganda tuproq unumdorligi, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma boyliklar,
umuman tabiiy resurslar tushuniladi.
Тadbirkor   deb   iqtisodiy   resurslar,   ya’ni   ishlab   chiqarish   vositalari   va   ishchi
kuchi   resurslarining,   tabiiy   resurslarning   bir-biriga   qo’shilishini   ta’minlaydigan,
tashkilotchi,   yangilikka   intiluvchi,   tashabbuskor,   iqtisodiy   va   boshqa   xavfdan,
javobgarlikdan qo’rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa
tadbirkorlik qobiliyati  deb yuritiladi. 
3.  Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Iqtisodiyot   nazariyasi   fani   mavjud   cheklangan   iqtisodiy   resurslardan   qanday
qilib   foydalanilganda   jamiyatning   cheksiz   ehtiyojlarini   to’laroq   qondirib   borish
mumkin,   degan   muammo   ustida   bosh   qotiradi.   Bunda,   birinchidan,   iqtisodiy
resurslardan   foydalanishning   turli   xil   muqobil   variantlari   mavjud   bo’lishi   ko’zda
tutilib,   ulardan   eng   samaralisi,   ya’ni   jamiyat   ehtiyojlarini   ancha   to’laroq
qondiradigan   miqdorda   tovar   va   xizmatlarni   ishlab   chiqarish   imkonini   beradigan
turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan,   iqtisodiy   resurslar   nisbatan   cheklanganligi   sababli   jamiyat
a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning
uchun  jamiyatga   qaysi   mahsulotlarni   ishlab   chiqarish,   qaysilaridan  vaqtincha   voz
kechish   lozimligini   hal   qilish,   ya’ni   tanlashni   amalga   oshirish   zarur   bo’ladi.
Shunday   tanlash   orqali,   resurslarning   mavjud   darajasida   mahsulot   olishning aniqlangan   eng   yuqori   miqdori   jamiyatning   ishlab   chiqarish   imkoniyatini
ko’rsatadi.   Jamiyatning   ishlab   chiqarish   imkoniyatidan   to’liq   foydalanish   uchun,
iqtisodiy   resurslarning   to’liq   bandligiga   erishish   va   ishlab   chiqarishning   to’liq
hajmini ta’minlash zarur.
Т o’liq   bandlilik   deganda   biz   ishlab   chiqarishga   yaroqli   bo’lgan   barcha
resurslardan   to’la   unum   bilan   foydalanishni   tushunamiz.   Ishchi   majburiy   ishsiz
bo’lib   qolmasligi,   iqtisodiyot   ishlashni   xohlagan   va   unga   layoqatli   bo’lgan
barchani   ish   bilan   ta’minlashi   zarur,   haydaladigan   yerlar   yoki   kapital   uskunalar
ham bo’sh qolmasligi lozim.
Ishlab   chiqarishning   to’liq   hajmi,   resurslarni   samarali   taqsimlashni,   ya’ni
ulardan   mahsulotning   umumiy   hajmiga   eng   ko’p   hissa   qo’shadigan   qilib
foydalanishni   va   mavjud   texnologiyalarning   eng   yaxshisini   qo’llashni   ham
bildiradi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to’g’risida yaxshiroq ta’savvurga ega
bo’lish uchun: 
birinchidan ,   iqtisodiyot   faqat   ikki   xil   mahsulot   -   non   va   tegirmon   ishlab
chiqaradi   (bunda   non   iste’mol   tovarlarini,   tegirmon   ishlab   chiqarish   vositalarini
bildiradi);
ikkinchidan , iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o’zgarmaydi;
uchinchidan ,   mehnat   unumdorligi   va   texnologiya   doimiy   bo’lib   qoladi,   deb
faraz qilamiz.
Mavjud   resurslar   cheklanganligi   sababli   iqtisodiyotning   tegirmon   va   non
ishlab   chiqarishni   birdaniga   ko’paytirib   borish   imkoniyati   cheklangan.
Resurlarning   cheklanganligi   mahsulot   ishlab   chiqarishning   cheklanganligini
bildiradi. Bunday sharoitda tegirmon ishlab chiqarishni har qanday ko’paytirishga,
resurslarning   bir   qismini   -   non   ishlab   chiqarishni   kamaytirish   orqali   erishadi.
Aksincha,   agar   non   ishlab   chiqarishni   ko’paytirish   afzal   ko’rinsa,   buning   uchun
zarur   resurslar   faqat   tegirmon   ishlab   chiqarishni   qisqartirish   hisobiga   olinishi
mumkin. Quyidagi   2- jadvalda jamiyat tanlash mumkin bo’lgan sanoat  tegirmonlari  va
non miqdorining muqobil uyg’unlashuvi keltirilgan. 
2-jadval
Resurslar to’liq band bo’laganda ishlab chiqarish imkoniyatlari 
(taxminiy ma’lumotlar)
Mahsulot turi Muqobil variantlar
A V S D Ye
Non (mln. dona) 0 1 2 3 4
Тegirmon (ming dona) 10 9 7 4 0
A   -   muqobil   variantga   binoan,   iqtisodiyot   o’zining   butun   resurslarini
tegirmon,   ya’ni   ishlab   chiqarish   vositalarini   ishlab   chiqarishga   yo’naltiradi.  Ye   -
muqobil   variantda   esa   mavjud   resurslar   to’lig’icha   non,   ya’ni   iste’mol   buyumlari
ishlab   chiqarishda   foydalaniladi.   Bu   har   ikki   muqobil   variant   ochiqdan-ochiq
amalga   oshmaydigan   noreal   hisoblanadi,   har   qanday   iqtisodiyot   odatda   o’zining
mavjud umumiy resurslari hajmini ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari
ishlab   chiqarish   o’rtasida   taqsimlashi   zarur.   A   -   muqobil   variantdan   Ye   -   variant
tomon   iste’mol   tovarlari,   Ye   dan   A   variantga   tomon   ishlab   chiqarish   vositalarini
ishlab chiqarish ko’payib boradi.
Jadvaldagi   asosiy   g’oya   quyidagicha:   har   qanday   vaqt   oralig’ida   iqtisodiyot
to’liq bandlilik va ishlab chiqarishning to’liq hajmida U mahsulotni ko’proq olishi
uchun  Х  mahsulotning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqtisodiy resurslar kamyob
bo’lganligi sababli, iqtisodiyot  Х  va U mahsulotni bir vaqtda ko’paytira olmaydi. 
Iqtisodiy   o’sish   mahsulotning   ko’proq   umumiy   hajmini   ishlab   chiqarish
layoqati   bo’lib,   u   resurslar   taklifining   ko’payishi   va   texnika   taraqqiyoti   natijasi
hisoblanadi.   Iqtisodiy   o’sish   resurslarning   to’liq   bandligida   iqtisodiyotning   ham
non   va   ham   tegirmon   ishlab   chiqarishning   ko’proq   hajmini   ta’minlashi
hisoblanadi .   Odatda   iqtisodiy   o’sish   jamiyatning   har   xil   mahsulotlar   ishlab
chiqarish   bo’yicha   quvvatining   mutanosib   ko’payishiga   olib   kelmaydi.   Ayrim
mahsulot   turlarini   ishlab   chiqarish   hajmi   ko’payishi,   boshqalari   o’zgarishsiz
qolishi mumkin. 4.  Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari
Ishlab   chiqarish   samaradorligi   va   uni   oshirish   masalasi   xar   doim   iqtisodiyot
nazariyasi   fanining   dolzarb   muammosi   sifatida,   uning   diqqat   markazida   bo’lib
keladi.   Ayniqsa   hozirgi   paytda   bu   masala   yanada   keskin   qo’yilmoqda.   Buning
sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz
oldida   turgan   muhim   masala   mustaqil   iqtisodiy   taraqqiyotni   jadallashtirish
vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi. 
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   ishlab   chiqarishning   asosiy   maqsadi   foyda
olishga   qaratilganligi   sababli   har   bir   iqtisodiy   sub’ekt   ko’proq   foyda   olishga
intiladi.   Shuning   uchun   ham   ishlab   chiqarishning   samaradorligi ni   olingan
foydaning  (F)  ishlab  chiqarishga  sarflangan  resurs  xarajatlariga  (IХ)  nisbati  bilan
aniqlanadi, ya’ni:Р'=	Ф
ИХ	×100	%
.
Bu yerda: R’ - foyda normasi, I Х  – iqtisodiy resurs xarajatlari. 
Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p qirrali masala bo’lib, bu aytilgan birgina
asosiy   ko’rsatkichda,   uni   to’la   ravishda   har   tomonlama   ifodalab   bo’lmaydi.
Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan
omillarning   unumdorligini,   ulardan   samarali   foydalanish   darajasini   bildiradigan
ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Bulardan   biri   mehnat   unumdorligidir.   Mehnat   unumdorligi   deb   ishchi
kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati ga aytiladi va ishlab
chiqarilgan   mahsulotning   (iste’mol   qiymatining)   sarflangan   mehnat   miqdoriga
nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi
kuni,   kishi   soati   va   h.k.   bilan   belgilanadi.   Agar   mehnat   unumdorligini   MU,
mahsulotni   M   bilan,   sarflangan   ish   vaqtini   esa   -   V   bilan   belgilasak,   mehnat
unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: 	
МУ	=	М	/В .  Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni
kishi   kuni,   kishi   soati   hisobiga   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   miqdori   bilan
aniqlanadi.
Samaradorlikni   aniqlashda   kapital   unumdorligi   degan   ko’rsatkichdan   ham
foydalaniladi   va   unda   ishlab   chiqarishda   qatnashgan   kapitalning   har   bir   birligi
evaziga   olingan   mahsulot,   daromad   yoki   foyda   bilan   aniqlanadi.   Agar   kapital
unumdorligini   -   KU   deb,   ishlab   chiqarishda   qatnashgan   kapital   miqdorini   -   K,
mahsulotni   -   M,   yalpi   daromadni   -   YaD   bilan,   foydani   -   F   bilan   belgilasak
quyidagi formulalar hosil bo’ladi:КУ	=	М	/К
; 	КУ	=	ЯД	/К ;  	КУ	=	Ф	/К .
Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi  sababli   yerdan
foydalanish   samaradorligi   ko’rsatkichi   ham   aniqlanadi.   Bu   ko’rsatkich   olingan
mahsulot hajmining yer maydoniga (gektarga) nisbati bilan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni
ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar
ta’sir qiladi:
1.   Ilmiy-texnik   taraqqiyotni   tezlashtirish   va   uning   natijalarini   tezlik   bilan
ishlab chiqarishda qo’llash.
2.   Ishlab   chiqarishni   ratsional   joylashtirish,   ixtisoslashtirish   va
kooperatsiyalash.
3.   Iqtisodiyotning   tarkibiy   qismlarini   va   uning   tashkiliy   bo’g’inlarini
o’zgartirish.
4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish.
5.   Mavjud   tabiiy,   moddiy   va   mehnat   resurslaridan   oqilona,   tejab-tergab
foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi
hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib ishlab chiqarishga
joriy qilish.
6.   Kishilarning   bilim   saviyasini,   malakasini   oshirish,   yetuk   ishchi   va
mutaxassislar tayyorlash.

I shlab chiqarish jarayonining mazmuni , omillari va natijalari 1 . Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari 2. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. 3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. 4. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.

1. Ishlab chiqarish jarayoni , u ning mazmuni va natijalari Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi. Boshqacha qilib aytganimizda , ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir). Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo’lib, oddiy tosh va yog’och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib to hozirgi zamon murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kompyuter texnikalarini, zamonaviy radio va televideniye vositalarini ishlab chiqarishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududida bir necha yuzlab tarmoqlar va sohalarda xalqimizning iste’moli va ishlab chiqarishning o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlari va asbob uskunalar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kommunal va uy – joy xo’jaliklari, turli xil texnik va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat

o’z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o’stirish va xalqning talabini qondirish uchun o’ta zarur bo’lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo’ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi. Ehtiyojlar turi qancha ko’p bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir- biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Respublika milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining YaIMdagi mutloq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (1-jadval). 1 -jadval Respublika YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)* Ko’rsatkichlar 2005 yil 2006 yil mlrd. so’m % mlrd. so’m % Yalpi ichki mahsulot 15923,4 100,0 20759,3 100,0 Shu jumladan: Ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati 8361,6 52,4 10660,4 51,3 Ko’rsatilgan xizmatlar qiymati 5871,7 37,0 8197,7 39,5 Sof soliqlar 1690,1 10,6 1901,2 9,2 * Manba: O’zbekiston Respublikasi DS Q: Yillik statistik to’plam, 2007. -33s.

Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar — stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo’linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o’sish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun har bir tonnasi 1000 so’mdan 100 tonna, hammasi bo’lib 100 ming so’mlik paxta tolasi sotib oldi deylik. U shu paxta tolasidan ip yigiradi, qo’llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 20 ming so’mni, ish haqi 30 mingni tashkil etsa, 30 ming so’mlik foyda oladigan bo’lsa hammasi bo’lib yaratilgan mahsulotning qiymati 180 ming so’mni, qo’shilgan qiymat 80 ming so’mni tashkil etgan bo’ladi. Agar biz 80 ming so’mlik qo’shilgan qiymatdan 20 ming so’mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak 60 ming so’mlik qiymat, ya’ni 30 ming so’mlik ish haqi va 30 ming so’mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin (3-chizma). Ишчи кучи ва ишлаб чи қ ариш воситалари (натурал шакллари) Истеъмол қ иймати, яъни нафлилигиМе ҳ нат жараёни ёки нафлиликнинг яратилиши ва кўпайиши жараёни

Яратилган товар ва хизматлар Нафлиликнинг яратилишида қатнашади Қийматни ташкил топишида қатнашади Ер Капитал Ишчи кучи меҳнати Меҳнат Аниқ меҳнат билан ўтказил ган ишлаб чиқариш воси талари қиймати Абстракт меҳнат билан яратилган янги қиймат3-chizma. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni Shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: yer, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa mehnatning o’zi qatnashadi. Bu holat 4-chizmada tushunarliroq tasvirlangan. Қ ийматнинг ўсиш жараёниКапитал: ишлаб чи қ ариш воситалари ва ишчи кучи қ ийматиИшлаб чи қ аришнинг омиллари Натижа: товар ва хизматларИшлаб чи қ ариш жараёни Сарфланган ва қ ўшилган қ иймат