logo

ISTIQLOL VA BUGUNGI ESTETIK QARAShLAR

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

82.5 KB
Mavzu: ISTIQLOL VA BUGUNGI ESTETIK
QARAShLAR
Reja 
1. Istiqlol g’oyasi va adabiyotshunoslikning vazifalari
2.   Istiqlol   davri   o’zbek   adabiyotshunosligida     yuzaga   kelgan
“Adabiyotshunoslikka kirishga oid darsliklar”.
3. Adabiyotshunoslikning XXI asrdagi taraqqiyoti  haqida 
4. Xulosa.
5. Adabiyotlar. Mustaqillik yillarida (so’nggi yigirma bir yilda) vujudga kelgan ko’plab
she’riy,   nasriy   va   dramatik   asarlar   esa   ana   shu   yangi   hayot,   yangi   ong   –
tushunchaning mevasi  bo’lib, o’zbek adabiyoti taraqqiyotining bosh yo’lidan
og’ishmay   olg’a   borayotganidan   dalolat   beradi.   Biroq  bu   quvonchli   hol   o’z-
o’zidan   va   osonlikcha   vujudga   kelmagan.   Bu   tarixiy   voqyea,   birinchi
navbatda,   istiqlol   mafkurasi   va   Prezidentimiz   dono   milliy   siyosatining
natijasidir.   Zero,   O`zbekiston   hukumati   boshdanoq   adabiyotga   e’tibor   –
ma’naviyatga,   kelajakka,   xususan   yosh   avlod   tarbiyasiga   e’tibor   degan   ezgu
tamoyilga izchil amal qilib chiqib, hayotga tadbiq qildi va tadbiq qilmoqda.
Bugungi o’zbek adabiyoti millat ahlining ko’ngli, sezimlari va ruhiyatini
tasvirlashga e’tibor qaratishi natijasida inson asosiy badiiy qadriyatga aylandi.
Mustaqillik   davri   o’zbek   adabiyoti   chinakamiga   xilma-xil   adabiyot   bo’ldi.
Unda   sinab   ko’rish,   ochilmagan   yo’llardan   yurish,   hatto,   xato   qilish
imkoniyati   bor.   Bu   adabiyotga   qanda   yozish   kerakligi   to’g’risida   ko’rsatma
berilmaydi.   Bu   hol   birovga   o’xshamaydigan,   o’zgalarni   takrorlamaydigan
o’ziga   xos   iste’dodlarning   yuzaga   kelishiga   imkon   yaratadi.   Xilma-xil
yo’nalishdagi   asarlarning   vujudga   kelishi   badiiy   didi   har   xil   bo’lgan
o’quvchilarni paydo qiladi.
Yurtimzda   adabiyotni   o’z   hayotining   ma’no-mazmuni   deb   biladigan,
vatanparvar,   xalqparvar,   fidoyi   ijodkorlar   ko’p.   “Bizning   yurtimiz,   xalqimiz
hyech   kimdan   kam   emas   va   hyech   qachon   kam   bo’lmaydi”.   Yurtboshimiz
tomonidan   aytilgan   bu   dono   hikmatli   so’zlar   hozirgi   zamon   o’zbek
adabiyotiga   ham   bevosita   taalluqlidir.   Zotan,   adabiyotimiz   hyech   qachon
o’zga adabiyotlardan kam bo’lmagan, bundan keyin ham kam bo’lmaydi.
Demak, adabiyot taraqqiyotining bosh mezoni talablarini bajarish uchun
xalq   va   mamlakat   hayoti   bilan   mustahkam   aloqada   bo’lish,   yutuqlardan
quvonib,   zamonaviy   dolzarb   g’oyalarni   olg’a   surish,   ko’pchilikni
qiziqtiradigan   yangiliklarni   umumlashtirib,   mahorat   bilan   tasvirlash   lozim.
Shunday   ekan,   uzoq   va   yaqin   o’tmish   mavzularini   tasvirlashni   e’tibordan
2 chetda   qoldirmagan   holda   asosiy   kuchni   bevosita   mustaqillik   davrining
serqirra hayotini, bu yengi davrda mamlakat va xalq hayotida vujudga kelgan
buyuk o’sish-o’zgarish va yangiliklarni keng miqyosda aks ettirishga qaratish
lozim.   Ayniqsa,   o’zining   azaliy,   buyuk   orzusiga   erishgan
vatandoshlarimizning ong-tushuncha va dunyoqarashida yuzaga kelgan yangi
sifatlarni   ochib   berish,   ularning   ko’plab   yorqin   obrazlarini   yaratish   zarur.
Zotan, hozirgi  hayotda ibrat  olishga har jihatdan loyiq bo’lgan yangi  tipdagi
qahramonlar   (masalan,   tadbirkor,   fermerlar)   juda   ko’p.   Ana   shu   hayotiy
qahramonlarni   yirik   badiiy   asarlarda   yuksak   mahorat   bilan   tasvirlab,   ularni
adabiyot qahramonlariga ham aylantirish juda zarur. Chunki, yangi zamonda
vujudga   kelgan   ana   shu   yangi   qahramonlar   timsolida   mustaqillik   tufayli
moddiy   va   ma’naviy   hayotda,   ayniqsa,   odamlarimizning   ong-tushuncha   va
dunyoqarashida yuzaga kelgan tub sifat  o’zgarishlarni  umumlashtirib, badiiy
obrazlarda gavdalantirish mumkin.
Bu davr she’riyatida o’tkir gap aytish, dono fikr bildirish, nasihat qilish,
aql o’rgatish emas, balki  inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks
ettirishga   e’tibor   kuchaydi.   hissiyot   qatlamlarinitadqiq   qilish,   odam
ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi.
Milliy   poeziyamiz   tarixida   birgina   qatordan   iborat   butun   boshli   she’r
hyech  qachon bo’lmagan.  Anvar  Obidjon, Tohir   qahhor, Faxriyor,  Ulug’bek
hamdam   shunday   she’rlar   yozishdi.   quvonarlisi   shundaki,   bunday   she’rlar
atama   yasash   yoki   axborot   berishga   emas,   balki   muayyan   ruhiy   kayfiyatni
ifodalashga,   o’zgacha   tuyg’u   baxsh   etishga   xizmat   qilgan:   «Go’rlar   qisir   -
tug’ishdan qolgan» (Faxriyor). Istiqlol davri she’riyatining qisqalikka intilishi
shunchaki modaning ketidan quvish bo’lmay, chuqur ichki mantiqqa ega. Bu
she’riyat   o’quvchiga   ishonch,   uni   badiiy   so’zning   iste’molchisigina   emas,
balki   she’riy   holatni   tuyish,   badiiy   manzaralarni   jonlantirish   jarayonining
ishtirokchisi martabasiga ko’tarishning natijasidir.
3 Poeziyaning   o’z   asl   manbasiga   qaytganligi,   ko’ngil   rozlarini,   ruhiy
tovlanishlari nozik ishoralar, nazokatli ifodalar orqali tasvirlashga o’tilganligi
istiqlol   davri   o’zbek   she’riyatiga   xos   asosiy   xususiyatlardan   bo’ldi   deyish
mumkin.
Nasr   mustaqillik   davrida   ham   milliy   adabiyotning   salmoqli   turi   bo’lib
qolaveradi.   Keyingi   o’n   yillikda   Sh.Xolmirzayev,   ¤.hoshimov,   O.Muxtor,
T.Malik, Tog’ay Murod, Murod Muhammad Do’st, A.Dilmurod, X.Sultonov,
N.Norqobilov,   X.   Do’stmuhammad,   N.Eshonqulov,   T.Rustamov,   Luqmon
Bo’rixon,   A.Yo’ldoshev,   Zulfiya   qurolboy   qizi   singari   turli   avlodga   mansub
ijodkorlar o’ziga xos yo’sinda qalam tebratib, milliy proza taraqqiyotiga hissa
qo’shdilar.
Ijodiy   tajribalar   qilish,   kutilmagan   tasvir   yo’sinlarini   qo’llash,   badiiy
ifodaning   tutilmagan,   yangi   tamoyillaridan   foydalanish   o’zbek   nasrining   bu
bosqichi   uchun   yetakchi   xususiyatlar   bo’ldi.   Sh.Xolmirzayev   «Olabo’ji»,
«Dinozavr»   romanlari,   «Bulut   to’sgan   oy,   «Ozodlik,   «Navro’z,   navro’z»
hikoyalarida,   N.Norqobilov   «Oqbo’yin»,   «qoyalar   ham   yig’laydi»,   qissalari,
«Oriyat»,   «quvonchli   kun»   hikoyalari,   Sh.Bo’tayev   «Sho’rodan   qolgan
odamlar»   qissasi,   «Darvesh»   hikoyasi,   Tog’ay   Murod   «Otamdan   qolgan
dalalar» romani, O.Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan
«Ming   bir   qiyofasi»,   «Ko’zgu   oldida   yemagan   xotin»,   «Boshsiz   odam»,
«Dahshat»,   «¤g’ri»,   «Anor,   «Tomoshabog’»,   «Millatchilar»   hikoyalari,
Usmon Nosirning «Monolog», «Nil va Rim», «Yurak, «Nasimaga deganim»
she’rlari yaratildi. Bu asarlarda o’zbek millatining eng yuksak tuyg’ulari, eng
pokiza   hislari,   eng   totli   armonlari   ifoda   etilgan.   Luqmon   Bo’rixonning
«Jaziramadagi   odamlar»   romani   inson   konsepsiyasiga   yangicha   yondashuv
sababli adabiyotimizga o’zgacha havo olib kirdi.
Ulug’bek   Abduvahobning   «Yolg’izlik»   qissasi,   «Muvonazat»   romani,
qator   hikoyalarida   bayon,   ifodalash,   ko’rsatish,   tasvirlash   singari   usullar
badiiy tadqiqqa o’z o’rnini bo’shatib bergan. Yozuvchi qahramramonlar xatti-
4 harakatini   ko’rsatishga   emas,   balki   ularning   sezimlaridagi,   o’ylaridagi
tovlanishlarni   aks   ettirishga   katta   ahamiyat   beradi.   Shu   tariqa,   milliy
adabiyotimizda,   sirtdan   araganda,   badiiy   maqsadga   bo’ysunmaganday
taassurot qoldiruvchi, aslida esa, o’y kishisi tafakkuri va hissiyoti manzaralari
aks etgan asar paydo bo’ladi.
Istiqlol   davrida   o’zbek   nosirlari   qahramonlar   tasvirida   sxematizmdan
qutulib bormoqda. Badiiy asarda odamga mavjudligi bilan sir-sinoatga to’la,
har   lahzada   har   kimga   har   turli   qiymatga   ega   bo’lib   tuyuladigan   tirik   inson
tarzida   yondashish   qaror   topib   borayotir.   Odamni   yoritishda   jo’nlikdan
qutulinayotganligi   o’zbek   nasri   taraqqiyotida   sog’lom   tamoyillar   qaror
topayotganligini ko’rsatadi.
Milliy   tafakkur,   estetik   didlar   tizimida   sodir   bo’lgan   evrilishlar   o’zbek
dramaturgiyasi   rivojiga   ham   jiddiy   ta’sir   ko’rsatdi.   Usmon   Azimning   «Bir
qadam   yo’l»,   Ilhom   hasanning   «Bir   kam   dunyo»,   Abdulla   A’zamning
«Dugohi   husayniy»,   Erkin   Samandarning   «Arabmuhammad   Bahodirxon»
kabi asarlari istiqlol davri dramaturgiyasining yutuqlaridan bo’ldi.
Istiqlolga erishilganidan keyin yaratilgan ko’pgina asarlarda oliy rutbaga
ko’tarilgan, dunyo yaralishining sababi, adoqsiz ilohiy nur ila yo’g’rilgan zot
deb   qaralgan   insonning   hayvoniy   va   shaytoniy   nafsi   bois   gshunohga   moyil
hamda   o’sha   gunohlar   tufayli   qabihliklar   ham   qilishga   qodir,   ayni   paytda
qilgan   gunohlari   sabab   qiynaladigan   o’ta   murakkab   mavjudot   ekani
tasvirlanmoqda.   Istiqlol   adabiyoti   insonni   jo’nlikdan,   to’porilikdan,
anchayinlikdan   qutqaradi.   Uni   murakkablashtirdi,   noziklashtirdi,   bir   xil
qarashlar   tizimibilan   tushunib   ham,   tushuntirib   ham   bo’lmaydigan   inshiqroq
ekanligini ro’y-rost aks ettra boshladi. 
Istiqlol   adabiyoti   davlat   adabiyoti   bo’lmaydigani,   adabiyotga   rahbarlik
qilish   siyosatiga   aylantirilmayotgani,   «yozuvchi   o’z   holiga   qo’yilgani»
(A.Otaboy)   uchun   bugun   adib   So’z   xizmatida.   So’z   esa   haq   va   g’uzallik
5 xizmatida   bo’lmoqqa   tutindi.   Bu   jarayon   endigina   boshlandi.   hali   u   ancha
davom etadi. Va muayyan og’riqlarsiz osudagina o’tib ketmaydi, albatta.
Bugungi   chinakam   asarloar   o’quvchiga   aql   o’rgatishga,   uning   uchun
«hayot   qo’llanmasi»   bo’lishga   urinmaydi,   buni   da’vo   ham   qilmaydi.   U
ko’proq sezgi,  tuyg’u hosil  qilishga  yo’naltirigan. Bu  xil  bitiklar  o’quvchida
munosabat  uyg’otadi. Shu bois bu adabiyotni  munosabatlar  adabiyoti  deyish
mumkin.   Abdulla   qahhor   joyiga   keltirib   aytib   qo’yganday:   «Bilgan   bilib
qo’yaverishi   mumkin.   his   qilgan   his   qilib   qo’yavermaydi.   his   qilish   -
munosabat,   munosabat   -   faoliyat   demakdir.   hozir   bitilayotgan   eng   sara
asarlarda   kitobxonni   ruhiy   muvozanatdan   chiqarish,   o’yga   toldirish,   o’z
tuyg’ularini tekshirishga, taftish qilishga odatlantirish xususiyatlari kuchli. har
qanday   odamning   kamolot   yo’liga   kirgani   uning   o’z   xatti-harakatiga
tashqaridan turib, chet nazar bilan qaray olish salohiyati bilan boshqariladi.
Ko’pchilik   o’rtasida   adabiyot   bozor   sharoitiga   moslashishi   qiyin
deganga   o’xshash   qarash   bor.   holbuki,   adabiyot   bozorga   eng   tez
moslashibgina   qolmay,   o’zi   bozor   ochibyuborishga   ham   erishdi.   Adabiyot
bozorga   moslashgani   uchun   ham   bozorbop   adabiy   mahsulotlar   ko’plab
yaratilayotir. Milliy adabiyotimizda sarguzashtni aks ettirish, sirli voqyealarni
tasvirlashga   moyillik   kuchayib   borayotganligi   uning   bozor   talablariga
moslashib   borayotganligidan   dalolatdir.   Teatrlar   esa   deyarli   faqat   buyurtma
asosida yaratilayotgan dramalarni sahnalashtirish bilan band. Keyingi yillarda
buyurtmasiz birorta sahna asari yozilmadi hisob.
Adabiyot   –   abadiyotga   da’vogar.   Adib   betizgin   vaqtni   tizginlashga
urinadigan  zot.  U tarixchidan  farq qilaroq, zamon  haqida  axborot, ma’lumot
bermaydi.   Bil’aks,   vaqtni,   odam   umrining   biror   qismini   hissiyot-u   sezimlari
bilan tasvirga muhrlab, to’xtatib qo’yadi.
Oxirgi   paytlarda   qissa   hikoyaga   nisbatan   ko’proq   yozildi,   shekilli.
Odatda,   hamisha   buning   aksi   bo’lardi.   hikoyachilik   adabiyotning   ilg’or,
tezkor   janri   edi.   Endilikda   qissalarning   miqdori   jihatidan   ham   mulroq
6 yaratilganligi   sabablardan   biri   qissalarning   janr   xususiyatiga   ko’ra,
hikoyalarga qaraanda bozorbopligidadir deyish mumkin. Unda ham samimiy
lirizm,   ham   tafsilot,   ham   zamonga   xos   belgilarni   birvarakayiga   aks   ettirish
imkoniyati   bor.   qissada   odamni   qamrovli   tuyg’ulari   og’ushida   ko’rsatish
mumkin. hikoya haqida bunday deyish mushkulroq.
Bizning dastlabki aniqlashimizga qaraganda, 1998 yilda o’n sakkiz qissa
chop   etilgan.   Gazetayu-   oybitiklar   haddan   ziyoda   ko’paygan   bir   vaqtda
qaysidir   bir   asar   nazardan   chetda   qolgan   bo’lishi   ham   mumkin.   Shu   holda
ham   qissalar   xirmonining   ancha   serbaraka   ekanligi   ko’rinib   turibdi.   Ayni
vaqtda,   o’tgan   yili   adabiy   ro’zg’orimizda   voqyea   bo’ladigan,   qissachilik
taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutadigan asarlar ko’pchilikni tashkil qiladi deb
bo’lmaydi.   Yuqorida   sanalgan   qissalardan   yetti   nafari   sof   detektiv   janrda,
yana to’rttasida shunday unsurlar yetakchilik qiladi. Inson tuyg’ularini tadqiq
qilishga,   uning   taqdiridagi   murakkabliklarni   ko’rsatishga   uringan   va   bunga
erishgan qissalar juda ham oz.
qissaning   shiddatli   syujeti   yashash   uchun   kurash   mobaynida   odam
ruhiyatining   eng   nozik,   ko’zdan   yashirin   jihatlari   namoyon   bo’lishini
ta’minlagan.   Yolg’ondan   talonchiga   aylangan,   har   qanday   kutilmagan
sharoitda   ham   o’zini   yo’qotib   qo’ymaydigan,   Mirjamid   Zokirovning
«Muzdan   chiqqan   chaqmoqlar»   asaridagi   tadbirkor   Jo’ravoyning   yorqin
shaxsiyati   asarda   juda   ta’sirli   ko’rsatilgan.   To’xtasin   Jalolov   haqida   sotqin,
ayg’oqchi   deb   mish-mish   tarqatilgach,   Mirjamid   uzunquloq   gaplarning
nechog’lik haqiqatligini bilmoqchi bo’lganda olimning ruhiyatida ro’y bergan
kuchli po’rtana tasviri yuksak mahorat bilan ko’rsatilgan.
Umrida   biror   badiiy   asar   bitmagan   geolog   qalamiga   mansub   qissa
ta’sirchan va esda qolarli. U ma’rifiy axborot manbai sifatidagina mas, badiiy
qimmati,   tasvir   maromi   bilan   ham   diqqatga   sazovor.   Chunki   asarda   ustini
hyech qachon kul bosmaydigan ruhiy holatlarni ishonarli tasvirlangan o’rinlar
ko’p.   qissada   ulkan   insoniy   dard,   jabrdiyda   odamning   o’tib   ketmas   ruhiy
7 iztiroblari   tasviri   bor.   Asarning   tasvir   maromi   qahramonlarning   taqdiriday
haqqoniy.   Ifodadagi   bevosita   va   samimiy   yo’l   o’zini   oqlagan.   Nazarimizda,
muallif   yozmasa   bo’lmaydigan   holatga   kelgunga   qadar   qissani   yozmay
yurgan.   Yozmaslikning  iloji   qolmagandan  so’ng  yaratilgani   bois  asar   ta’sirli
chiqqan.
Qissada qahramonlar tabiati rivojida tadrijni ko’rsatish deyarli yo’q. har
bir   personajning   kimligi   qamoqqa   xos   favqulodda   sharoit   taqozosi   tufayli
tug’ilgan vaziyatlarda «yarq» etib namoyon bo’ladi. qissa qahramoni  fikr va
faoliyat   kishisi.   U   o’zi   bilan   andarmon   faylasuf   ham,   ertasi   haqida
qayg’urmaydigan tavakkalchi chapani ham emas. Unda o’zbek ziyolisiga xos
turfa sifatlar mujassamlashgandir.
Asarda   pishitilishi   lozim   bo’lgan   syujet   chiziqlari,   qayta   ishlanishi
darkor   bo’lgan   xarakterlar   anchagina.   Lekin   ana   shu   ketiklar   professional
bo’lmagan kishi tomonidan yaratilgan asar uchun fazilat hamdir. ¤zligiga ega
bo’lgan   har   bir   odam,   o’zini   tanigan   har   bir   xalq   tazarruga   ehtiyoj   sezadi.
Tazarru   uchun   gunoh   qilish   shart   emas,   odamday   yashab   o’tish   kifoya
qilinadi. «Muzdan chiqan chaqmoqlar» ana shunday tazarruning mahsuli.
¤ziga xos asarlari bilan kitobxonlar e’tiboriga sazovor bo’lgan yozuvchi
Normurod   Korqobilovning   «Uvlayotgan   it»   asari   o’tgan   yili   e’lon   qilingan
qissalar orasida alohida ajralib turadi. Aytish kerakki, Normurod jonivorlarni
yaxshi  biladi  va  mahorat  bilan  tasvirlaydi.  Yozuvchi   «Oq  bo’ri»,  «Paxmoq»
qissalari,   bir   qator   hikoyalarida   jonivorlar   haqida   g’oyat   bilimdonlik   va
samimiyat bilan yoza olishini ko’rsatgan. N.Norqobilov tasvirlagan jonivorlar
odatda,   qandaydir   favqulodda   jihatlarga   ega   bo’ladi.   Bu   hol   unlarni   hamiga
voqyealar   markaziga   chiqaradi   va   hodisalar   girdobida   qolib   ketmaslik
imkonini beradi.
Adib   shunchaki,   hayvonsevar   emas.   U   oddiy   bo’lmagan   hayvonlar,
ularning   sirli   odatlari,   g’alati   tirikchilik   tarzi   haqida   qalam   surar   ekan,
jonivorlar   atrofidagi   odamlarning   xususiyatlarini   to’laroq   ochishga   harakat
8 qiladi. Agar qissadagi qoravoy oddiy it bo’lganida edi Tog’a unga e’tibor ham
bermasdi.   Bingbarin,   uning   tabiatidagi   xarislik,   pastkashlik,   ochko’zlik,
rahmsizlik singari sifatlar to’liq bo’y ko’rsatmagan bo’lardi.
Kunchiqish   yurtlarida   tug’ilgan   kunni   nishonlash,   yubileylar   o’tkazish
azaldan urf bo’lmagan. Chunki Chiqishda haqli ravishda biror kunda tug’ilish
u   yoki   bu   kishining   xizmati   emas   deb   qaralgan.   Binobarin,   odamning   o’zi
tomonidan   tayin   etilmagan   kunni   nishonlashda   u   qadar   chuqur   mantiq
ko’rilmagan.   Balog’atga   yetgan   odamning   qanday   yashashi   uning   o’ziga
bog’liq. Shuning uchun ham umrning muayyan bosqichlarida ortga bir nazar
tashlab,   bosib   o’tilgan   yo’l   to’g’risida   o’ylab   ko’rish,   yangi   marralarni
belgilash   maqsadida   yubileylar   o’tkazish   ortiqchalik   qilmaydi.   Shoir,
dramaturg,   nosir,   tarjimon   va   arbob   Erkin   Samandarning   yetmish   yoshga
kirishini   shu   ma’noda   e’tiborga   loyiq   hodisa   deyish   mumkin.   Chunki   bu
yoshdagi odam, ayniqsa, ijdkor endi faqat o’zigagina tegishli bo’lolmaydi. Bu
yoshdagi   oddiy   odam   qaysidir   jamiyatda   yashagani,   bola-chaqasi   borligi,
qayerdadir ishlagani uchun o’z-o’zidan ijtimoiy hodisa, bu yoshdagi yozuvchi
esa,   tabiiy   ravishda,   sosial-estetik   fenomendirki,   uning   ijodiy   yo’lini
o’rganish,   aslida,   millat   ijtimoiy-estetik   tafakkuri   taraqqiyoti   tarixini
varaqlashdir.
¤zbekning katta bir shiori: «Faqat  o’tmish bilan yashamas  inson Garchi
bo’lolmaydi   undan   hyech   ozod»,   -   deb   yozganidek,   alohida   bir   odam   ham,
butun odamiyat  ham  faqat  o’tmishga  bog’lanib qolmaganidek,  uningsiz  ham
mavjud   bo’lolmaydi.   Chunki   bugun   kechadan,   erta   bugundan   tug’iladi.
Shuning uchun ham har bir milliy adabiyotning yuksaklik darajasi uning o’z
milliy o’tmishini qanchalik teran aks ettirganligida namoyon bo’ladi.
Erkin   Samandar   asosan   tarixiy   mavzuda   qalab   tebratadigan,   millatning
o’tmishidan  uning bugungi  ma’naviy qiyofasi  ildizlarini  qidiradigan ijodkor.
Shunisi   diqqatga   molikki,   adib   millat   tarixida   qachondir   bo’lib   o’tgan
voqyeani emas, balki o’sha voqyeani sodir etgan, uning ayni tarzda kechishini
9 ta’minlagan   damlarning   ruhiy   holatini   aks   ettirishga   ko’proq   e’tibor   beradi.
Bu   jihatdan   uning   mashhur   tarixiy   shaxsiyatlarning   insoniy   qirralari   aks
ettirilgan.   «Ajdodlar   qilichi»,   «Yot   hujra»,   «Arabmuhammad   Bahodirxon»
kabi dramalari, «Tangri qudug’i», «Jaloliddin Xorazmshoh» singari romanlari
diqqatga   sazovordir.   Adib   o’z   ijodi   orqali   hamisha   o’zi   tug’ilib-o’sgan
Xorazm   deb  atalmish  sehrli  ma’vo  tarixining  goh  shonga,  gohida  qonga  esh
bo’lgan sirli sahifalarini varaqlashga urinadi.
Taniqli shoir, qator yirik epik polotnolarning muallifi, bir qancha sahna
asarlari   bilan   tilga   tushgan   dramaturg   Erkin   Samandar   deyarli   butun   ijodini
o’tmishni badiiy tadqiq etishga, ajdodlar ruhiyatidagi hissiy to’lg’amlarni aks
ettirishga bag’ishladi. Adib uchun moziyni tasvirlashning o’zi maqsad emas.
U o’tmishning puchmoqlaridan xalqimiz tabiatidagi ulug’lik va maydalikning
ildizlarini   qidiradi,   kechadan   bugunning   topishga,   hozirni   o’tmish   orqali
izohlashga   urinadi.   hatto   A.Samandarning   lirik   asarlari   ham   kechaning   ruhi
bilan to’yintirilganday tuyuladi.
Ko’pchilik   adiblar   singari   E.Samandar   ham   ijodini   she’r   yozishdan
boshlagan.   Uning   she’rlari   xuddi   shaxsiyati   singari   sokinlik,   ravonligi,
kutilmagan   dolg’alardan   xoli   ekanligi   bilan   ajralib   turadi.   Shoir   ifoda
yo’sinida shakliy betakrorlikka, ifodaviy tajribalar qilishga intilmaydi. Lekin
uning   ko’pchilik   she’rlariga   samimiylik,   tuyg’ular   haqqoniyligi,   sezimlar
betakrorligi   xosdir.   Ularda   eng   ichkin   hissiyotlar   nazokat   bilan   mayin   ifoda
etiladi.   Buni   shoirning   «Yurakka   yo’l»   she’ridan   olingan   quyidagi   satrlar
misolida ham ko’rish mumkin:
Endi yo’l quraman o’zim Siz tomon,
Tamomoy yo’llardan bo’lakcha bo’lur.
Ingichka bir so’qmoq ko’zlardan pinhon,
U to’g’ri yurakdan yurakka bo’lur.
Shoir   samobday   o’zgaruvchan   ruhiy   holatlarni,   insonning   muqim
bo’lmagan   ijtimoiy-hissiy   rubtasini   tasvir   etganda   ham   o’z   ifoda   yo’siniga
10 sodiq qoladi. Shuning uchun xam kechagina suygulisining eng yaqin mahrami
bo’lib,   bugun   uning   mehridan   mahrum   bo’lgan   kishining   holati   ortiqcha
emosional   dolg’alarsiz   tasvir   qilinadi.   Ifoda   sirtdan   sokin,   she’rda   o’tli   oh-
vohlar, keskin xulosalar yo’q, lekin shoir ruhiy holati po’rtanali.
Bugun men yo’llarda parishon,
Kimsasiz ko’chaning mahrami.
Kechagi hamxona qadrdon,
Kechagi kunlarning adhami.
Shoir   o’quvchiga   o’z   hisssiyotini   tiqishtirib,   uni   tuyg’udoshlikka,
hamdardlikka   chorlamaydi.   U   bitganlarida   go’yo   o’z   ruhiyatini   o’zi
tashqaridan   kuzatayotganday   bo’ladi.   Bu   hol   o’quvchiga   she’rdan   o’ziga
o’rtoq sezimlarni tuyish imkoninit beradi.
E.Samandar   lirikasida   ko’pincha   insonga,   jamiyatga   xos   xususiyatlar
tabiat   hodisalariga   ko’chiriladi.   Bu   hol   tasvirning   ta’sirchanligini   oshirib,
tuyg’ular universalligi, sezimlar umumiyligini ta’minlaydi.
She’rda   tasvirlanayotgan   holatga   insoniy   munosabat,   baholash   sezilib
turgan   bu   misralardagi   hazinlik,   tushuniksiz   mung   kuz   manzarasining   o’zi
tufayli   emas,   balki   uning   shoir   ko’nglidan   o’tishi   sababli   paydo   bo’lgan.
¤quvchi  kuzgi   og’ochlardan  to’kilayotgan  yaproqlar  bilan  o’z  umri   o’rtasida
qandaydir muvoziylik topadi va bu holat unda hasrat paydo qiladi.
E.Samandar   tuyg’ularini   ko’z-ko’z   qilmaydi,   hissiyotning   o’zini
ifodalashdan ko’ra, uni keltirib chiqargan holatni tasvirlashga ko’proq diqqat
qaratadi.   Shuning   uchun   ham   uning   she’rlari   zamiridagi   ma’nolar,   misralar
qatiga   berkitilgan   tuyg’ular   darrov   ko’zga   tashlana   qolmaydi.   Ta’bi   nozik,
sinchkov o’quvchigina ularni payqashi mumkin. E.Samandarovning «Noyabr
dalalari»   tarzida   quruqqina   nomlangan   bir   she’rida   shoir   kech   kuzgi   o’zbek
dalasini   tasvirlaydi.   Bundan   yigirma   yillar   oldin   yaratilgan   bu   she’rda
hosildan   bo’shagan   paxta   dalasining   tarovatsiz   manzarasi   yoddan   qoladigan
yo’sinda chiziladi:
11 Kechagi badroqday chanoqlar bo’m-bo’sh,
quruq va qo’ng’irdir g’o’zapoyalar.
Uniqqan ayolday otizlar o’ychan.
Yuzi-ko’zlarini izg’irin yalar.
Ochilib   yotgan   bo’m-bo’sh   chanoqli   quruq   qo’ng’ir   g’o’zapoyalar,
ekinzorlarning  charchagan,   rangpar,  g’amboda  ayolday  o’ychanligi   va  yuz-u
ko’zlarini   kuzgi   izg’irindan   himoya   qilolmasligi   tasviri   kishida   aniq,   lekin
yoqimsiz   taassurot   uyg’otadi.   Shoir   tasvirni   paxtazordan   shotutga,   undan
odamga   ko’chirish   asnosida   ifodaning   kuchini   bosqichma-bosqich   orttirib
borishga erishadi.
12 X U L O S A
Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak,   yangi   o’zbek   adabiyoti   millatning
tafakkuri   yangilana   boshlagan   davrda   yuzaga   kelgan   va   muayyan   taraqqiyot
bosqichlarini   bosib   o’tgan   o’zicha   xos   badiiy   estetik   hodisadir.   Bu
adabiyotning   paydo   bo’lishi   va   taraqqiyot   yo’lini   izohlashda   xalqimiz
tarixidagi   ulkan   ijtimoiy   voqyealardan   tashqari,   millat   tafakkuridagi
o’zgarishlar   kardiogrammasi   ham   hisobga   olinsa,   u   haqda   haqqoniy
to’xtamga kelish mumkin bo’ladi.
Shu   bilan   bir   qatorda   o’zbek   nasri   ufqlari   haqidagi   fikrimizga   xulosa
qiladigan bo’lsak,  o’tgan yili  o’zbek  yozuvchilari  millat  badiiy  didiga jiddiy
ta’sir   ko’rsata   oladigan,   e’tiborga   loyiq   asarlarni   ko’p   yarata   olmadilar.
Iqtisodiy   vaziyat   tufayli   ko’plab   umidli   yozuvchilar   ijoddan   voz   kechib
yubordi.   Bizda   iste’dodli   o’lchashning   noto’g’ri   yo’li   qaror   topdi:   shoir
yozuvchilar   orasida   yaxshi   asar   yozganni   emas,   balki   yaxshi   ishga   o’tganni
katta   natijaga   erishdi   deb   hisoblashga   odatlanmoqda.   Lekin   yetarlicha
kamchilik   va   nuqsonlari   bo’lgan   hozirgi   adabiy   jarayonda   ertangi   umidlar
ham kurtaklayotganini ta’kidlash lozimdir.
13 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Mustaqillik davri adabiyoti. Adabiy tanqidiy maqolalar. -T., 2006 yil.
2. Saydulla Mirzayev. «XX asr o’zbek adabiyoti». -T., 2005 y.
3. qozoqboy Yo’ldoshev. «Yoniq so’z». Adabiy o’ylar. -T., 2006.
4. «O`zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi. 1997 y. 18 aprel.
5. «Istiqlol mushoirasi». To’plam. -T., 1997 y. 5-bet.
6. M. Qo’shjonov. «Yozuvchi kamoloti» maqolasi.
7.   O`.Hamdamov.   «1990-2000   yillar   o’zbek   she’riyatining   asosiy
tamoyillari». -T., 2006 y.
14

Mavzu: ISTIQLOL VA BUGUNGI ESTETIK QARAShLAR Reja 1. Istiqlol g’oyasi va adabiyotshunoslikning vazifalari 2. Istiqlol davri o’zbek adabiyotshunosligida yuzaga kelgan “Adabiyotshunoslikka kirishga oid darsliklar”. 3. Adabiyotshunoslikning XXI asrdagi taraqqiyoti haqida 4. Xulosa. 5. Adabiyotlar.

Mustaqillik yillarida (so’nggi yigirma bir yilda) vujudga kelgan ko’plab she’riy, nasriy va dramatik asarlar esa ana shu yangi hayot, yangi ong – tushunchaning mevasi bo’lib, o’zbek adabiyoti taraqqiyotining bosh yo’lidan og’ishmay olg’a borayotganidan dalolat beradi. Biroq bu quvonchli hol o’z- o’zidan va osonlikcha vujudga kelmagan. Bu tarixiy voqyea, birinchi navbatda, istiqlol mafkurasi va Prezidentimiz dono milliy siyosatining natijasidir. Zero, O`zbekiston hukumati boshdanoq adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka, xususan yosh avlod tarbiyasiga e’tibor degan ezgu tamoyilga izchil amal qilib chiqib, hayotga tadbiq qildi va tadbiq qilmoqda. Bugungi o’zbek adabiyoti millat ahlining ko’ngli, sezimlari va ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratishi natijasida inson asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti chinakamiga xilma-xil adabiyot bo’ldi. Unda sinab ko’rish, ochilmagan yo’llardan yurish, hatto, xato qilish imkoniyati bor. Bu adabiyotga qanda yozish kerakligi to’g’risida ko’rsatma berilmaydi. Bu hol birovga o’xshamaydigan, o’zgalarni takrorlamaydigan o’ziga xos iste’dodlarning yuzaga kelishiga imkon yaratadi. Xilma-xil yo’nalishdagi asarlarning vujudga kelishi badiiy didi har xil bo’lgan o’quvchilarni paydo qiladi. Yurtimzda adabiyotni o’z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan, vatanparvar, xalqparvar, fidoyi ijodkorlar ko’p. “Bizning yurtimiz, xalqimiz hyech kimdan kam emas va hyech qachon kam bo’lmaydi”. Yurtboshimiz tomonidan aytilgan bu dono hikmatli so’zlar hozirgi zamon o’zbek adabiyotiga ham bevosita taalluqlidir. Zotan, adabiyotimiz hyech qachon o’zga adabiyotlardan kam bo’lmagan, bundan keyin ham kam bo’lmaydi. Demak, adabiyot taraqqiyotining bosh mezoni talablarini bajarish uchun xalq va mamlakat hayoti bilan mustahkam aloqada bo’lish, yutuqlardan quvonib, zamonaviy dolzarb g’oyalarni olg’a surish, ko’pchilikni qiziqtiradigan yangiliklarni umumlashtirib, mahorat bilan tasvirlash lozim. Shunday ekan, uzoq va yaqin o’tmish mavzularini tasvirlashni e’tibordan 2

chetda qoldirmagan holda asosiy kuchni bevosita mustaqillik davrining serqirra hayotini, bu yengi davrda mamlakat va xalq hayotida vujudga kelgan buyuk o’sish-o’zgarish va yangiliklarni keng miqyosda aks ettirishga qaratish lozim. Ayniqsa, o’zining azaliy, buyuk orzusiga erishgan vatandoshlarimizning ong-tushuncha va dunyoqarashida yuzaga kelgan yangi sifatlarni ochib berish, ularning ko’plab yorqin obrazlarini yaratish zarur. Zotan, hozirgi hayotda ibrat olishga har jihatdan loyiq bo’lgan yangi tipdagi qahramonlar (masalan, tadbirkor, fermerlar) juda ko’p. Ana shu hayotiy qahramonlarni yirik badiiy asarlarda yuksak mahorat bilan tasvirlab, ularni adabiyot qahramonlariga ham aylantirish juda zarur. Chunki, yangi zamonda vujudga kelgan ana shu yangi qahramonlar timsolida mustaqillik tufayli moddiy va ma’naviy hayotda, ayniqsa, odamlarimizning ong-tushuncha va dunyoqarashida yuzaga kelgan tub sifat o’zgarishlarni umumlashtirib, badiiy obrazlarda gavdalantirish mumkin. Bu davr she’riyatida o’tkir gap aytish, dono fikr bildirish, nasihat qilish, aql o’rgatish emas, balki inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. hissiyot qatlamlarinitadqiq qilish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi. Milliy poeziyamiz tarixida birgina qatordan iborat butun boshli she’r hyech qachon bo’lmagan. Anvar Obidjon, Tohir qahhor, Faxriyor, Ulug’bek hamdam shunday she’rlar yozishdi. quvonarlisi shundaki, bunday she’rlar atama yasash yoki axborot berishga emas, balki muayyan ruhiy kayfiyatni ifodalashga, o’zgacha tuyg’u baxsh etishga xizmat qilgan: «Go’rlar qisir - tug’ishdan qolgan» (Faxriyor). Istiqlol davri she’riyatining qisqalikka intilishi shunchaki modaning ketidan quvish bo’lmay, chuqur ichki mantiqqa ega. Bu she’riyat o’quvchiga ishonch, uni badiiy so’zning iste’molchisigina emas, balki she’riy holatni tuyish, badiiy manzaralarni jonlantirish jarayonining ishtirokchisi martabasiga ko’tarishning natijasidir. 3

Poeziyaning o’z asl manbasiga qaytganligi, ko’ngil rozlarini, ruhiy tovlanishlari nozik ishoralar, nazokatli ifodalar orqali tasvirlashga o’tilganligi istiqlol davri o’zbek she’riyatiga xos asosiy xususiyatlardan bo’ldi deyish mumkin. Nasr mustaqillik davrida ham milliy adabiyotning salmoqli turi bo’lib qolaveradi. Keyingi o’n yillikda Sh.Xolmirzayev, ¤.hoshimov, O.Muxtor, T.Malik, Tog’ay Murod, Murod Muhammad Do’st, A.Dilmurod, X.Sultonov, N.Norqobilov, X. Do’stmuhammad, N.Eshonqulov, T.Rustamov, Luqmon Bo’rixon, A.Yo’ldoshev, Zulfiya qurolboy qizi singari turli avlodga mansub ijodkorlar o’ziga xos yo’sinda qalam tebratib, milliy proza taraqqiyotiga hissa qo’shdilar. Ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo’sinlarini qo’llash, badiiy ifodaning tutilmagan, yangi tamoyillaridan foydalanish o’zbek nasrining bu bosqichi uchun yetakchi xususiyatlar bo’ldi. Sh.Xolmirzayev «Olabo’ji», «Dinozavr» romanlari, «Bulut to’sgan oy, «Ozodlik, «Navro’z, navro’z» hikoyalarida, N.Norqobilov «Oqbo’yin», «qoyalar ham yig’laydi», qissalari, «Oriyat», «quvonchli kun» hikoyalari, Sh.Bo’tayev «Sho’rodan qolgan odamlar» qissasi, «Darvesh» hikoyasi, Tog’ay Murod «Otamdan qolgan dalalar» romani, O.Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan «Ming bir qiyofasi», «Ko’zgu oldida yemagan xotin», «Boshsiz odam», «Dahshat», «¤g’ri», «Anor, «Tomoshabog’», «Millatchilar» hikoyalari, Usmon Nosirning «Monolog», «Nil va Rim», «Yurak, «Nasimaga deganim» she’rlari yaratildi. Bu asarlarda o’zbek millatining eng yuksak tuyg’ulari, eng pokiza hislari, eng totli armonlari ifoda etilgan. Luqmon Bo’rixonning «Jaziramadagi odamlar» romani inson konsepsiyasiga yangicha yondashuv sababli adabiyotimizga o’zgacha havo olib kirdi. Ulug’bek Abduvahobning «Yolg’izlik» qissasi, «Muvonazat» romani, qator hikoyalarida bayon, ifodalash, ko’rsatish, tasvirlash singari usullar badiiy tadqiqqa o’z o’rnini bo’shatib bergan. Yozuvchi qahramramonlar xatti- 4

harakatini ko’rsatishga emas, balki ularning sezimlaridagi, o’ylaridagi tovlanishlarni aks ettirishga katta ahamiyat beradi. Shu tariqa, milliy adabiyotimizda, sirtdan araganda, badiiy maqsadga bo’ysunmaganday taassurot qoldiruvchi, aslida esa, o’y kishisi tafakkuri va hissiyoti manzaralari aks etgan asar paydo bo’ladi. Istiqlol davrida o’zbek nosirlari qahramonlar tasvirida sxematizmdan qutulib bormoqda. Badiiy asarda odamga mavjudligi bilan sir-sinoatga to’la, har lahzada har kimga har turli qiymatga ega bo’lib tuyuladigan tirik inson tarzida yondashish qaror topib borayotir. Odamni yoritishda jo’nlikdan qutulinayotganligi o’zbek nasri taraqqiyotida sog’lom tamoyillar qaror topayotganligini ko’rsatadi. Milliy tafakkur, estetik didlar tizimida sodir bo’lgan evrilishlar o’zbek dramaturgiyasi rivojiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Usmon Azimning «Bir qadam yo’l», Ilhom hasanning «Bir kam dunyo», Abdulla A’zamning «Dugohi husayniy», Erkin Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon» kabi asarlari istiqlol davri dramaturgiyasining yutuqlaridan bo’ldi. Istiqlolga erishilganidan keyin yaratilgan ko’pgina asarlarda oliy rutbaga ko’tarilgan, dunyo yaralishining sababi, adoqsiz ilohiy nur ila yo’g’rilgan zot deb qaralgan insonning hayvoniy va shaytoniy nafsi bois gshunohga moyil hamda o’sha gunohlar tufayli qabihliklar ham qilishga qodir, ayni paytda qilgan gunohlari sabab qiynaladigan o’ta murakkab mavjudot ekani tasvirlanmoqda. Istiqlol adabiyoti insonni jo’nlikdan, to’porilikdan, anchayinlikdan qutqaradi. Uni murakkablashtirdi, noziklashtirdi, bir xil qarashlar tizimibilan tushunib ham, tushuntirib ham bo’lmaydigan inshiqroq ekanligini ro’y-rost aks ettra boshladi. Istiqlol adabiyoti davlat adabiyoti bo’lmaydigani, adabiyotga rahbarlik qilish siyosatiga aylantirilmayotgani, «yozuvchi o’z holiga qo’yilgani» (A.Otaboy) uchun bugun adib So’z xizmatida. So’z esa haq va g’uzallik 5