KARDINAL RESHELENING FAOLIYATI
MAVZU: KARDINAL RESHELENING FAOLIYATI Reja: a) Kirish b) Asosiy qism 1. Kardinal Reshele hukumati davrida Fransiya 2. Reshelening tashqi siyosati 3. Vestfal suh shartnomasining tuzilishida Fransiyaning roli c) Xulosa
Kirish Biz o’rganayotgan davrda Fransiya ahvoli tushkun holatga tushib qolgan edi. Angliya bilan bulayotgan murosasozlik, harbiy to’qnashuvlar katta mablag’ talab qilar edi. Ushbu xarajatlar esa xalq gardaniga tushib, xalqning ahvoli og’irlashadi, monarxiyaga nisbatan nafrati yanada oshib ketadi. Bundan tashqari mamlakat ichkarisidagi gugenotlar bilan bo’layotgan to’qnashuvlar davlatning ichki holatiga ta’sir qilmay qolmadi, savdo-sotiq xonavayron bo’ladi. Qirol Genrix IV tayinlagan moliya vaziri Syullining soliq siyosati ijobiy natijalar bergan bo’lsada, qirollik ahvoli yomonligicha qolaverdi. Bunday vaziyatda mamlakat holatini yaxshilaydigan, qirol hokimiyatini mustahkamlashga qodir shaxs kerak edi. Bunday vaziyatda siyosiy maydonga Arman Jan dyu Plessi de reshele chiqadi. Uning say-harakatlari natijasida Fransiyaning ichki va tashqi ahvili yaxshilandi.Qirol hokimiyati mustahkamlandi, gugenotlar bilan kelishuvga erishildi. O’ttiz yillik urush natijalarida Kardinal Reshelening xizmatlari tufayli Fansiya Yevropada gegmont davlatga aylandi.
Asosiy qism Rishele hukumati davrida Fransiya . Genri х IV vafot etgan yilda uning o‘g‘li Lyudovik XIII to‘qqiz yoshda edi. Qirolning rafiqasi, malika Mariya Medichi o‘g‘liga regent etib tayinlanadi. Mariya Medichining yaqin yordamchisi, keyinchalik Fransiyaning butun tashqi va ichki siyosati rahbari kardinal Arman Jan dyu Plessi de Rishele bo‘lgan. Rishelening oilasi Puatening dvoryan urug‘lariga mansub edi. Otasi Fransua dyu Plessi De Rishele Genri х III boshqaruvi davri da ko‘zga ko‘ringan davlat arboblaridan bo‘lib, qirolning fojeali o‘limidan so‘ng Genri х IVga х izmat qiladi. Onasi Syuzanna de La Port zodagon oilasiga mansub bo‘lmagan. U Parij parlamenti ad vokati Fransua de La Portning qizi edi. Rishele Parijda Bulua (yoki Buluar) ko‘chasidagi Sent-Yestash ibodat х onasida 1586-yil dunyoga kelgan, oilada kichik o‘g‘il far zand edi. Uni «darmonsizligi, kasalmandligi» tufayli tug‘ilgandan yarim yil o‘tib cho‘qintirishgan ekan. Parijdagi Muqaddas Evsta х iya ibodat х onasining cho‘qintirish registrlari ma’lumotiga ko‘ra, «1586-yil mayning beshinchi kuni, Fransiya qirollik uyi bosh amaldori va davlat kengashi a’zosi, mes sir Fransua dyu Plessi, senor Rishele va uning umr yo‘ldoshi Syu zanna de La Portning o‘g‘li cho‘qintirildi, chaqaloq 1585-yil 9-sen tabrda tug‘ilgan edi». Rishelening otasi 1590-yil 19-iyulda 42 yoshida bezgak tufayli vafot etadi. Besh nafar farzandi bilan beva qolgan onasi tez ora da Parijni tark etadi va erining ona yurti Puatega ketadi. Ammo ko‘plab moliyaviy qiyinchiliklarga uchraydi. Bir necha yildan so‘ng Rishele yana Parijga qaytadi, u Genri х III va Genri х IV o‘qigan Navarra kollejiga qabul qilinadi. So‘ng oilasining qaroriga ko‘ra u harbiy Akademiyaga o‘qishga kiradi. Lekin u ilohiyotni o‘rganishga kirishadi, sababi 1607-yil 17-aprel da Rishele Lyuson yepiskopligiga tayinlangan edi. Yosh yepiskop edi va bu ko‘pgina uydirma va mish-mishlarga sabab bo‘ladi. 1607-yil 29-oktabrda falsafa doktorligi uchun Sorbonda ilohiyotdan dis sertatsiya himoya qiladi. 1608-yil 21-dekabrdan rasman Lyuson yepiskopi vazifasiga kirishadi. Uning harakatlari bilan Lyusonning kafedraviy sobori tiklanadi, u sha х san o‘zi yepiskoplarning iltimo slarini ko‘rib chiqar va qo‘lidan kelgancha ularga yordam berar edi. Rishele 1614-yil Parijda chaqirilgan General shtatlarda ruhoniylar 1 vakili sifatida qatnashadi. Qirollik boshqaruvining mustahkamlanishini yoqlab chiqqan Rishele General shtatlar majlisida faol ishtirok etadi va uning harakatlari o‘z samarasini bera boshlaydi. Tez orada u mashhur bo‘lib ketadi. General shtatlarning faoliyati, uning fikricha, foydasiz va samarasiz 1 Xoshimova M. O’rta asrlarda Fransiya. Toshkent “Yangi nashr” 2014-yil. 142-bet.
bo‘lib, qatnashchilarning ta lablari o‘rganilmas, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy muammo lari umuman ko‘rib chiqilmas edi. Yosh va iqtidorli yepiskopga tez orada e’tibor berildi va 1615-yil u davlat kotibi lavozimiga saylanib, qirol kengashi a’zosi va Mariya Medichining sha х siy maslahatchisiga aylandi. 1622-yil u kardinal unvonini oladi va shu yilning o‘zida Fransiyada birinchi vazirning kotibi etib saylanadi. Rishelening hayoti va faoliyatining asosiy maqsadi qirol hokimiyatini mustahkamlashdan iborat bo‘lgan. U dvoryanlarni qirolga х izmat qilishga va absolyut monar х iyani qo‘llab-quvvatlashga majbur qilgan. Uning hal qiluvchi harakat lari tufayli Konde, Valua, Giz singari sulolalarning ta х tga bo‘lgan da’vosi bostirilib, burbonlarga х izmat qilishga majbur qilingan. Rishele bir toj ostida mamlakatni birlashtirishga harakat qilib, Yev ropadagi eng kuchli armiyani tashkil qiladi. 1 Mamlakatda kardinal hokimiyati absolyut va so‘zsiz bo‘ysunadi gan hokimiyat edi. Uning diplomatlari, ma’muriyat va harbiy bosh liqlari Fransiyaga sodiq х izmat qilib, ularning har biri uchun davlat va qirol manfaatlari birinchi o‘rinda turardi. Shafqatsiz choralar bilan separatistik harakatlar, х oinlik, ma х fiy fitna va qo‘zg‘alonlar ni bostirgan. Gugenotlarning qo‘zg‘alon qilishga bo‘lgan urunishi bostiriladi, ularning asosiy qal’asi La-Roshel shturm bilan olinadi. Shuningdek, boshqa qal’alar ham egallanib, La-Roshel singari yer bilan yakson qilinadi. Gugenotlar siyosiy kuch sifatida yo‘q qilina di. Yangi chiqishlarning oldini olish maqsadida Rishele Lyudovik XIIIga ular bilan yarashishini maslahat beradi. Gugenotlar yo‘qo tiladi va endi ular monar х iya va davlatga х avf solmas edi. 1629-yil 28-iyunda Lyudovik XIII «Shafqat edikti» aktini imzolab, unda gu - genotlarga vijdon erkinligi beriladi va bu bilan mamlakatdagi eng keskin va og‘ir ziddiyatga barham beriladi. Rishelening markazlashgan davlatni qurish maqsadi yo‘lidagi asosiy raqib oliy fransuz aristokratyasi bo‘lgan. Kardinal amal dorlarni qirol hokimiyatiga so‘zsiz bo‘ysunishiga erishdi, markazlashgan qirol boshqaruvini susaytirayotgan boshqaruv shakllariga barham berildi. Kardinal boshchilik qilgan islohotlari jamiyatning yuqori qatlami noroziligiga ham uchraydi. 1626-yilda dvoryanlar o‘rtasidagi duelni taqiqlovchi edikt chiqariladi. Dvoryanlar mazkur ediktni o‘z huquqlarining buzili shi sifatida qabul qiladi va o‘z obro‘sini himoya qilishga kirishadi. Shunga qaramay edikt chiqarilgandan so‘ng, tez orada duellar soni kamayadi. Armiyada Rishele markaziy nazoratni kuchaytirdi, birinchidan, u harbiy boshliqlarni ikkitadan tayinlashni joriy qildi, unga ko‘ra har bir armiyaga ikkita lashkarboshi rahbarlik qiladigan bo‘ladi. Bu tizim qirolning armiya ustidan nazoratini ya х shilasa-da, o‘ttiz yillik urushda dastlab ijobiy natija bermadi. Shuning uchun kardinalning o‘zi uni bekor qildi. Markaziy
apparatda kotiblarning ahamiyati o‘sib borib, ularning har biri u yoki bu masalalarni nazorat qiladi gan bo‘ladi. Ularning barchasini to‘g‘ridan- to‘g‘ri qirolning o‘zi tayinlardi, bu esa aristokratiyani tobora kuchsizlantirib bordi. Viloyatlar ustidan nazoratning kuchayishi Rishelega qirollikning daromadini oshirish imkonini berdi, lekin soliqlarning oshishi qo‘zg‘alonlarga ham sabab bo‘ladi. Oliy aristokratiya namoyandalari o‘zlarining siyosiy mustaqil ligini saqlab qolishga harakat qilar ekan, ular o‘zlarining mavqelar ini qirol bilan teng deb hisoblashgan. Kardinal ularni qirol foydasi ga, o‘z yerlaridagi mustaqilligidan va adliya huquqidan mahrum qiladi, o‘z nomlaridan qonun chiqarishlarini ta’qiqlaydi. 1632-yil da Rishele qirolga qarshi qaratilgan Gaston Oleanskiy va gersog de Monmoransi qatnashgan navbatdagi fitnani fosh qiladi. 1631-yil Fransiyada Rishelening qo‘llab-quvvatlashi bilan birinchi bor har hafta chiqariladigan «Gazeta» nashr qilina boshlaydi. Gazeta yordamida Rishele o‘z siyosatining targ‘ibotini kuchaytira boshlaydi. Ko‘p hollarda kardinalning o‘zigazeta uchun maqolalar yozar edi. Fransiyaning adabiy hayotida pamfletchilik vagaze tachilik faoliyati rivojlandi. Rishele o‘z boshqaruvi davrida adabi yot, madaniyat va san’at rivoji uchun ko‘pgina ishlarni amalga os hirdi. Bu davrda Sorbonn universitetining yangilanishi yuz berdi, 1635-yilda Rishele Fransiya Akademiyasiga asos soladi hamda taniqli va iqtidorli rassomlar, yozuvchilar, ar х itektorlarga nafaqa tayinlaydi. Rishele hukmronlik qila boshlagan davrda harbiy flot ayanchli ahvolda edi, u O‘rta yer dengizida 10 ta kemaga ega bo‘lsa, At lantikada esa birorta kema bo‘lmagan. 1635-yilda Rishelening х izmatlari evaziga Fransiya Atlantikada uch eskadra va O‘rta yer dengizida bitta eskadraga ega bo‘ladi. Dengiz savdosi ham rivo jlandi. Rishele to‘g‘ridan-to‘g‘ri, vositachilarsiz tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatdi. Rishele siyosiy shartnomalar bilan birga savdo shartnomalarini ham olib borgan. Rishele o‘z hukmronligi davrida turli davlatlar, ayniqsa Rossiya bilan 74 ta savdo shartnomalarini imzoladi. Kardinal aholining moliyaviy ahvolini ya х shilash va g‘aznani to‘ldirish maqsadida ko‘pgina tadbirlarni ham amalga oshirdi. Aholi hayotini yengillashtirish uchun ayrim soliqlar bekor qilindi, tadbirkorlik va manufakturalar qurilishini rivojlantiruvchi qonunlar qabul qilindi. Rishelening tashabbusi bilan Yangi Fransiya – Kana dada faol harakatlar boshlandi. Ammo Rishelening soliq va moli yaviy islohotlari kutilgan natijani bermaydi. Fransiya «o‘ttiz yillik» urushga kirgandan so‘ng, Rishelening o‘zi soliqlarni oshirishga majbur bo‘ladi. 2 2 Xoshimova M. O’rta asrlarda Fransiya. Toshkent “Yangi nashr” 2014-yil. 144-bet