Kasbga yo'naltirilgan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAX SUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER N AVOIY N OMIDAGI SAMARQAN D DAVLAT UN IVERSITETI N. SH. SHodiev KA SBGA Y O‘N A LTI RI SH (ma’ruzalar mat ni)
SAMARQAN D KIRISH Mustaqil mamlakatimizda ta’limni isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (asoiy Qonun)da, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis materiallarida, Prezidentimiz asarlarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha uzoq yillarga mo‘ljallangan dastur o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Qonunida yuksak ma’naviyatli, malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini qayta shakllantirish masalasini mustahkamlash muhim o‘rin olishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasining turli yo‘nalishlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi bevosita o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari zimmasiga yuklatilgan. Ushbu qonunda, jumladan, «Tayanch umumta’lim bosqichini tugatgan o‘quvchiga o‘zining xohish-irodasi va intilishiga qarab ikki turdagi uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim majburiy-ixtiyoriy davom ettirishga imkoniyat yaratishdir. Talabalarga o‘zlari tanlagan kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilim beriladi va kasb-hunar o‘rgatiladi, deb alohida ta’kidlangan. SHu boisdan ham umumta’lim o‘rta maktablari pedagogik jamoasi oldida o‘quvchilarni ma’lum kasb-hunarga layoqatini namoyon qilish va shu asosda ularni tegishli kasb-hunarga yo‘naltirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turmoqda. Prezident I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da so‘zlangan nutqida IX sinfni tugatayotganlarning keyingi yo‘li, taqdiri haqida to‘xtalib, 16-18 yashar yigit-qizlarimiz o‘z qobiliyati, havasi, intilishiga mos, hayotda o‘ziga munosib o‘rin topolmayapti».
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha pedagogik jamoa faoliyatining samarasi ko‘p jihatdan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida maktabda tashkiliy-pedagogik faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga; maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha o‘qituvchi faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishga; o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda nafaqat respublikamiz ilg‘or predmet o‘qituvchilari, ayniqsa pedagogik jamoalari, balki xorijiy davlatlar erishgan yutuqlarni keng ko‘lamda o‘rganish hamda mazkur tajribalarni umumta’lim maktablari amaliyotiga joriy etishga; o‘quvchilarni kasb-hunar kollejlarida o‘rgatilayotgan mutaxassislarga yo‘llash bo‘yicha oila, mahalla, uzluksiz ta’lim tizimi, keng jamoatchilik, biznes markazlari, otaliq tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, biznes markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yishga; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarida qayd etilgan kasb-hunarlar to‘g‘risida maktab o‘quvchilarining to‘la axborotga ega bo‘lishiga hamda o‘z predmeti bo‘yicha V-IX sinflarda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish metodikasini qay darajada egallaganligiga; kasb-hunar kollejlarida o‘rgatilayotgan kasb mutaxassislariga o‘quvchilarni yo‘naltirishda ularning shaxsiy imkoniyatlari, qiziqishlarini hamda intilishlarini maksimal darajada hisobga olishga va hokazolarga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. YUqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, V-IX sinflar o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan tarbiyaviy ishning mazmuni, mohiyati ular ongiga biror kasbni mukammal egallagan kishilargagina mehnat kelajakda huzur-halovat bag‘ishlashini, baxt keltirishini singdirishga qaratishni taqozo etadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mohiyati, maqsadi, vazifasi va mazmunini chuqur o‘rganmasdan turib o‘z predmeti bo‘yicha dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda kasb tanlashni rejalashtirish va o‘tkazish bo‘yicha dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda kasb tanlashni rejalashtirish va o‘tkazish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallamasdan turib sezilarli muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. SHu sababdan ham xalq ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlab berayotgan oliy o‘quv yurtlari oldida talaba bakalavrlarni maktabda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishini muvaffaqiyatli olib borishga tayyorlash kabi davlat ahamiyatiga molik vazifa turadi.
KA SBGA Y O‘N A LTIRISH TIZIMI Reja: 1. Kasbga yo‘naltirish tizimi va uning asosiy komponentlari. 2. Kasbga yo‘naltirilgan tizimni tashkil qilish va boshqarish prinsiplari. 3. Kasbga yo‘naltirilgan (K.K.Platonov) uchburchagi. Tay anch t ushuncha v a iboralar: kasbga oid axborot berish, kasblarni targ‘ibot qilish, kasb bo‘yicha maslahat, kasbga sarala щ , kasbga moslashuv, K.K. Platonov uchburchagi.
Kasbga yo‘naltirish tizimi sifatida: I. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida tizimli yondashish ilmiy bilish va ijtimoiy praktikani zaruriy yo‘nalishi sifatida ijtimoiy hodisalarga tizimli yondashish ilmiy bilishning metodologiyasidir. Tizim nima? Tizim – bu elementlar to‘plami bo‘lib, ular o‘zaro ta’sirda bo‘lib turadilar. Ijtimoiy tizim (kasbga yo‘naltirish murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida), yangi xususiyatga, tizimli sifatga ega bo‘lib, bu sifatni tizimni tashkil qiluvchi birorta ham komponent. Tizim deganda bir talay o‘zaro aloqada, ta’sirda bo‘lgan element (komponent)lar to‘plami tushuniladi. Tizimlar yaxlitligi va bir butunmas (uyumga o‘xshagan)ligi bilan ajralib turadilar. Ijtimoiy tizimlar yaxlit tizimlardir, ularning komponentlari uzluksiz ta’sirlashib turadilar. Tizimlar ochiq va yopiq, o‘zini boshqaradigan va boshqara olmaydigan bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tizim uchun maqsadga qaratilganlik, aniqlik, rivojlanish xarakterlidir. Har qanday yaxlit tizim – tegishli tarkibga, ma’lum miqdorda, aniq komponent (qism)larga egadir. Komponent tizimning istagan qismi bo‘lib, u boshqa qismlar bilan muloqotda bo‘ladi. Tizim ma’lum tuzilishga egadir. Tizimcha – bu tizimning tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘z navbatida komponentlardan tashkil topgan. Tizimlarning komponentlari va qismlari passiv emas, ular bir- birlari bilan o‘zaro faol ta’sirda bo‘lib, tizimlarning parametrlarini o‘zgartiradilar. II. Tizimni t ashk il qilish v a boshqarish prinsiplari (ob’ektivlik, konkretlik, samaradorlik, to‘g‘ri va teskari aloqalar va h.k.). Boshqarishni ob’ektivligi ob’ektiv qonuniyatlar talablariga qat’iy rioya qilish, mavjud real imkoniyatlarni hisobga olishda namoyon bo‘ladi. Amaliylik, ishchanlik, uyushganlik, komponentlik ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqarish uchun ishni bilish kerak. Komponentsizlik bilan boshqarish fanini bilmasdan turib tizimni boshqarib bo‘lmaydi.