Ta’limning innovasion shakllari amaliy o’yinlar
Ta’limning innovasion shakllari: amaliy o’yinlar Reja: 1.O'yin texnologiyasi 2. Didaktik o'yinlarni tashkil etish tamoyillari. 3. Didaktik o'yinlarni turlari (psixotexnik, rolli). Rolli va ishbilarmon o'yinlar.
O'yin xonalari bir nechta funktsiyalarni bajaradi: ko'ngilochar, terapevtik, diagnostik, ijtimoiy. O'yin davomida o'quvchilar erkin rivojlanish faoliyati bilan shug'ullanadilar, nafaqat natijadan, balki jarayondan ham zavqlanadilar va ta'sir qiladilar. O'quv jarayonida o'yin kengroq texnologiya elementi, darsning bir qismi yoki sinfdan tashqari mashg'ulotlar sifatida ishlatiladi. Pedagogik o'yin aniq shakllantirilgan maqsadga ega bo'lib, u o'yin vazifasi shaklida taqdim etiladi, o'yinning barcha ishtirokchilari oldindan tayyorlangan va e'lon qilingan qoidalarga bo'ysunadilar. Amaliy o’yinlar. Dastlab “o’yin” tushunchasining mohiyatini anglab olish talab etiladi. Zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida amaliy-innovasion xarakterga ega o’yinlardan samarali foydalanilmoqda. O’yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitasiyalash (ko’chirish, taqlid qilish) asosida o’zlashtirish shakli sanaladi Amaliy o’yinlar – muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitasiyalash imkoniyatini beradigan o’yinlar. Ta’lim amaliyotida qo’llaniladigan amaliy o’yinlar o’z-o’zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko’p holatlarda “didaktik o’yinlar” deb yuritiladi. Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o’yin subyekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o’qish bilan birga o’yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yinlar vositasida katta avlod tomonidan to’plangan hayotiy tajriba, o’zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan. O’yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o’yinlar qadimqadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo’lib kelmoqda. Bevosita o’yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va
estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o’yin faoliyatida o’qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg’aygan sari o’yinning roli biroz kamayib boradi. O’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi” Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o’yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali o’yinlar ularni o’ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o’rgatadi. “O’yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o’yinda va o’yin orqali bola voqyelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi”. Tarixiy taraqqiyot jarayonida o’yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o’rin egallashga muvaffaq bo’lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko’maklashadigan o’yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan. Zamonaviy pedagogikada o’yinlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning o’quv- bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo’llaniladi: - tushuncha, mavzu va alohida bo’lim mohiyatini o’zlashtirishda alohida texnologiya sifatida; - pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida; - o’quv mashg’uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida; - sinf (auditoriya)dan tashqari ishlardan biri (“Zakovat”, “Bilimon”, “Huquq fani bilimdoni” va b.) sifatida O’yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko’nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o’yin davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o’yin texnologiyalaridan foydalanishda o’qituvchi pedagogik vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur. O’yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, o’zining hayotda o’rnini belgilash, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi. O’yin ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda o’yin jarayonida shaxsning
o’z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. O’quv faoliyatining asosiy motivi – bu o’quv-bilish motivi bo’lsa, o’quv faoliyatining eng muhim motivasiyasi esa talabada o’zi tanlangan va asoslarini o’zlashtirayotgan kasbga bo’lgan qiziqishi sanaladi. Talaba o’quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko’nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o’qitish jarayonida o’yinli texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. O’yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini o’stiradi. Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o’yinlar o’yin texnologiyalari deb nomlanadi. O’yin texnologiyalari (o’yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishning barcha ko’rinishlari: bilim, ko’nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo’naltirilgan shartli o’quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo’naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri . O’yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqyelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko’nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish talaba (o’quvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi. O’quv mashg’ulotlaridan o’yinlar va o’yinli vaziyatlarni qo’llash quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshiriladi: - didaktik maqsad talabalar oldiga o’yinli topshiriq shaklida qo’yiladi; - o’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysundiriladi; - didaktik o’quv materialdan o’yin vositasi sifatida foydalaniladi; - o’quv faoliyatida didaktik vazifani o’yin vazifasiga aylantiruvchi musobaqa elementi qo’llaniladi; - muvaffaqiyatli bajarilgan didaktik topshiriq o’yin natijasi sanaladi. O’quv jarayonida o’yin texnologiyalarining o’rni, roli, shuningdek, o’yin elementlari hamda ta’limning o’zaro uyg’unligi ko’p jihatdan
o’qituvchi tomonidan pedagogik o’yinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Aksariyat pedagogik o’yinlar o’zida quyidagi belgilarni namoyon qiladi Pedagogik o’yinlarning asosiy belgilari Talabaning xohishiga ko’ra tanlangan erkin rivojlantiruvchi faoliyat ekanligi Ushbu faoliyatning ijodiy, avvaldan tayyorlanmagan, juda faol xarakteri Faoliyatning hissiy ko’tarinkiligi, raqobatga asoslanishi Bilvosita va bevosita qoidalarning mavjudligi Har qanday o’yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o’yinlar ham o’zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo’ladi. Ta’lim muassasalarida ko’p holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik o’yinlarian foydalaniladi. Muhimi pedagogik maqsadlarda qo’llaniladigan o’yinli texnologiyalarining asosini talabalarning faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi. Pedagogik o’yinlar yangi o’quv materialini o’zlashtirish, mustahkamlash, talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko’nikma, malakalarini shakllantirish kabi masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida talabalar turli holatlardan o’quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum ko’nikma, malaka va sifatni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayni o’rinda o’yin metodikasiga ko’ra guruhlangan o’yin texnologiyalarining mohiyati xususida so’z yuritiladi. 1. Didaktik o’yinlar – o’rganilayotgan obyekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o’quv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi o’yinlar o’quvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va o’qish ko’nikmalarini faol o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi bilan belgilanadi; bu kabi o’yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zo’riqishlarni kamaytiradi. 2. Syujetli o’yinlar – pedagogik voqyelik, hodisalar bayonining muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar faoliyatining o’zaro bog’liqligiga asoslangan o’yinlar sanaladi. Bu kabi o’yinlar odatda pedagogik muammolarning