Ta’limning innovasion shakllari masofali o’qitish
T a ’ l i m n i n g i n n o v a s i o n s h a k l l a r i : m a s o f a l i o ’ q i t i s h Reja: 1. Masofaviy ta’lim. Masofaviy ta’lim texnologiyasi 2. Masofaviy ta’lim texnologiyasida o’qituvchilarning faoliyati. 3. Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlar. 4. Masofaviy ta’lim tizimida mashg’ulot shakllari. 5. Masofaviy ta’limning yetakchi modellari. 6. Masofaviy ta’limning tamoyillari. 7. Masofaviy ta’limni amalga oshirish bosqichlari.
Masofaviy o’qitish - yangi va ancha progressiv bo’lgan o’qitish shaklidir. Bu usulni ng turli xil ta’lim muassasalariga, xususan , iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy sohalarga tadbiqi o’quvchi-talaba va o’qituvchi(pedagog)larni dunyoning ilg’or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o’quv - uslubiy ishlanmalari, zamonaviy va so’nggi axborotlaridan, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, to’g’ridan-to’g’ri foydalanish imkoniyatini beradi. Bularning barchasini e’tiborga olgan holda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi «Ustoz» fondi qiyofasida jahon institutlari bilan oliy ta’limda masofaviy o’qitish usuli komponentlarini ta t biq qilish haqida kelishuv tuzildi. Bunday loyiha, nafaqat O’zbekiston uchun , balki O’rta Osiyoning barcha h ududlari va Qozog’iston hamda hamdo’stlik davlatlari uchun masofaviy o’qitish sohasida jahon banki institutining ilg’or loyihalaridandir. Jahon banki loyihasi masofaviy o’qitish tizimini rivojlantirish uchun boshlang’ich maydon bo’ladigan masofaviy o’qitish tarmoqlari infratuzilmasi baza elementlarini yaratish , masofaviy o’qitish usullarini qo’llash sohasini kengaytirish va masofaviy o’qitishni amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishni ko’zda tutadi. Toshkent shahrida joylashgan universitetlarda jahon banki loyihasini ng muvaffaqiyatli qo’llanilishi uning hayotiyligi va yuqori ko’rsatkichga erishilganligini tasdiqladi. Oliy o’quv yurtlaridan 30 nafardan ortiq yetuk o’qituvchilar tanlab olinib, ular masofadan o’qitishlar bo’yicha qayta tayyorlandi. 2000 yilda jahon banki tashabbusi bilan Moskva va Bishkekda o’qitish markazlari tashkil etilib, unga taklif etilgan qatnashchilar yangi o’quv metodologiyasini masofadan rejimli boshqarish va elektron kurslari metodlari bo’yicha qayta tayyorlandi. Loyihaning universitet ishtirokchilari uchun iqtisodiy yo’nalishlar bo’yicha masofaviy o’qitish tartibida mashg’ulotlar o’tkazish uchun texnik baza vositalari tashkil etildi. Internetga ulanish yo’llari izlanmoqda. Bularning barchasi berilgan texnologiya turlarining istiqbollari to’g’risida gapirishga imkon beradi. Masofaviy o’qitishning an’anaviy o’qitish shakllaridan quyidagi xususiyatlarini farqlash mumkin;
Egiluvchanlik . O’ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o’qitish imkoniyatini beradi. Modullik . O’quv kursiga bog’liq bo’lmagan holatda shaxsiy hamda guruh talabiga javob beradigan o’quv rejasini amalga oshiradi. Qurshov . Bir vaqtda ko’p ishtirokchilarga o’quv axboroti bo’yicha murojaat qilish , t armoq yordamida o’zaro axborot almashinuvini to’g’ri tashkil etish imkonini beradi . Tejamkorlik . O’quv maydonlari, texnik vositalar, moddiy va ma’naviy ashyol ardan unumli foydalanish, o’quv axborotlarini to’plangan va bir xillikka keltirilgan holda ifodalash hamda ular ni o’zlashtiruvchi m utaxassislarni tayyorlash bo’yicha xarajatlarni kamaytiradi. Texnologiklik . Ta’lim berish jarayonida insonni jahon ning industrial fazo si ga kiritishga imkon beradigan yangi axborot va telekommunikasion texnologiyalardan foydalanish. Ijtimoiy teng huquqlilik . O’qituvchining turar joyidan, salomatligi, moddiy ta’minlanganligidan kelib chiqib , katta ko’pchilikka mustaqil ta’lim uchun teng imkoniyat yaratiladi. Baynalmi l allik . Ta’lim xizmatlari bozorida erishilgan yutuqlarning eksporti va importi ta’minlanadi. O’qituvchi(pedagog)larning yangi vazifalari . Masofaviy o’qitish o’qituvchi(pedagog)ning vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. O’qitilayotgan kurslarni doimo takomillashtirish, tinglovchilarning ijodiy faolligini va ularning malakasini oshirish, kiritilgan yangilik va innovasiyalarga mos bilim berish jarayon larini muvofiqlashtirish zarur. Masofaviy o’qitish talabaga ijobiy ta’sir etadi. O’zini o’zi tashkil etishda, bilim olishga intilishda, kompyuter texnikasi bilan o’zaro ishlash va mustaqil ma’suliyatli vazifalarni hal qilishda uni ng ijodiy va tafakkur salohiyatini o’stiradi. Masofaviy o’qitish sifati kunduzgi ta’lim olish tartibidan sifat jihatidan qolishmaydi. Masofaviy o’qitish quyidagi ijtimoiy ahamiyatli masalalarni yechishga ta’sir etishi lozim :
- ta’lim xizmatlarida aholining ehtiyojini amalga oshirish; - sifatli tayyorlangan mutaxassislar bilan davlat ehtiyojlarini qondirish ; - aholini ng ijtimoiy va professional harakatchanligini oshirish; - tadbirkorlik va ijtimoiy faolligi, o’zligini anglashi tevarak-atrof to’g’risidagi bilimlarni kengaytirish; - davlatimizning oliy maktablarida yig’ilgan bilimlar hamda kadrlarning moddiy salohiyatini saqlash va ko’paytirish; - -butun jahon hamjamiyati chegarasida ta’lim fazosining har bir nuqtasida nostrifikasiyalangan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashni o’z ichiga olgan yaxlit ta’lim fazosini rivojlantirish; - geosiyosiy masalalarni yechish va boshqalar. O’qitish mazmuni . O’qitish jarayoni, usullari va tashkiliy tartibi hamda a malga oshirilishi uning tarkibi bilan ifodalanadi. O’qitish obyekti . Masofaviy o’qitish da ta’lim xizmatlaridan foydalanuvchi lar ushbu usulda ta’lim oluvchilar uning obyekti bo’ladi. O’qitish subyektlari . Masofaviy o’qitish subyekti o’qituvchi (pedagog)lar hisoblanadi. O’qituvchi (pedagog) ta’lim jarayonining yuqori samarasini ta’minlashda asosiy bo’g’indir. Masofaviy o’qitish o’qituvchi (pedagog) faoliyatining muhim ahamiyatini uning maslahatchi lik funksiyasida hamda informatika va telekommunikasiyalar asoslarini bilishi da ta’kidlaydi . O’qitish usullari . Masofaviy o’qitish tartibi o’z ichiga beshta umumdidaktik o’qitish usullarini qamrab oladi: informasion-reseptiv, reproduktiv , muammoviy ifoda etish, evristik va tadqiqot. Ular o’qituvchi (pedagog) va o’quvchi- talabalarning o’zaro harakat lari pedagogik aktlarining butun to’plamlarini o’z ichiga qamrab oladi. O’qitish usuli . O’qitish maqsadlariga erishish uchun o’qituvchi (pedagog) va o’quvchi-talabalar o’zaro harakati ta’siri ning me’yoriy tizimi ni nazariy tasavvurlab beradigan didaktik turkumdir. O’qitish mazmuni . Bu o’quv axborot i ning tarkibi, tuzilishi , ma’lumot lar i hamda masalalar, topshiriqlar va mashg’ulotlar to’plami ni aks ettiradi , o’qitish
jarayonlari va ularning metodikasini belgilaydi, bilim oluvchi lar ning kasbiy malaka va idroklar i ni shakllantiradi, mehnat faoliyatining dastlabki tajribasini yig’ishga imkon beradi. O’qitish vositalari . Masofaviy o’qitish ta’limi jarayonida an’anaviy ta’lim bilan birga innovasion o’qitish vositalaridan ham foydalaniladi. Ular AKT ni qo’llashga hamda ta’minot texnologiyasi sohasida so’nggi erishilgan natijalarga asoslangan. O’quv-ilmiy va moddiy asosi . O’quv dasturlariga mos bo’lgan, o’qitish uchun zarur moddiy va texnikaviy to’plam. U o’z ichiga o’quv va o’quv - yordamchi joylarni, o’qitish ning texnika viy vositalari, o’quv qo’llanmalari va boshqa o’quv-uslubiy materiallarni oladi. Moliyaviy-iqtisodiy tizim . Ta’limda bozor munosabatlari qatnashchilari sifatida faqat ta’lim muassasalari ta’lim xizmati buyurtmachilari bo’lib kelmasdan, balki davlat ham buyurtmachi va iste’molchi bo’ladi. Masofaviy o’qitishning tashkiliy asoslari . Masofaviy o’qitish texnologiyasidan foydalanuvchi o’quv tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, umumiy tashkillashtirishning o’ziga xosligini ochib ber a di: - uzluksiz ta’lim; - o’quv jarayonining olib borilishiga individual yondashish; - geografik joylashishi uzoq bo’lgan o’quv muassasalarini yetakchi oliy o’quv yurtlari bazasi markazida masofaviy o’qitishni markazlashtirish; - tinglovchilar yo’nalishiga ko’ra o’qituvchi(pedagog)-maslahatchilarning mavjudligi. Masofaviy o’qitishning qulayligi . Kelgusida maqsadga muvofiq ravishda laboratoriya amaliyotlarini o’tkazishni qisqartirish mumkin. Masofaviy o’qitish nazorati . Bu o’rganilayotgan o’quv materiallarini ng nazariy o’zlashtiri li sh natijalarini tekshirishdan iborat. Test haqiqatdan ham fan bo’yicha juda ko’p savollardan tashkil topgan bo’lishi kerak hamda har bir savol uchun bir nechta javob variantlari taklif etiladi. Talaba ular orasidan to’g’ri javobni tanlashi lozim. Testlar o’z-o’zini tekshirishga yaxshi