Talimning innovasion shakllari modul-kredit tizimi
T a l i m n i n g innovasion shakllari: modul-kredit tizimi Reja: 1. Bolonya deklarasiyasi. Bolonya tizimi. 2. Modul-kredit tizimi. Talabaning mehnat sarfi. YeSTSda kreditlar. 3. Transkript ta’lim natijalarining tan olinishi uchun majburiy hujjat. 4. Modul-kredit tizimida baholash mezonlari va darajalari.
Ta’limning innovasion shakllari: modul-kredit tizimi Bugungi kunda oliy ta’lim tizimi oldidagi eng asosiy vazifa malakali mutaxassisni tayyorlash. Bunday mutaxassisni tayyorlash uchun, albatta, unga nisbatan surilayotgan talablar tizimini aniqlab olish kerak. Ushbu savolga javob qidirib, quyidagi to’rt yo’nalishdagi talablar tizimiga duch keldik: 1. O’z sohasi bo’yicha zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish. 2. Sohaga oid mavjud bilimlarini doimiy ravishda mustaqil oshirib borish, ya’ni mustaqil ta’limga tayyor bo’lish. 3. Sohaga innovasiyalar kiritish uchun mustaqil izlanish va ijod qilish ko’nikmasiga ega bo’lish. 4. O’z vaqtini rejalashtirish, boshqarish va o’z faoliyatini tashkil etish ko’nikmasiga ega bo’lish. Agar soha bo’yicha bilim, ko’nikma va malalkalarni shakllantirishda mavjud reproduktiv ta’lim yetarli bo’lsa, mustaqail ta’lim olish ko’nikmasini va ijodkorlikni rivojlantirish, o’z faoliyatini boshqarish masalasini hal etishda modulli yondashuv katta imkoniyatlarga ega. Modulli ta’limning maqsadi tinglovchining aynan shu jihatlarini shakllantirishga qaratilgan. Modul shunday tuzilishi lozimki, tinglovchi ushbu modulni mustaqil ravishda o’zlashtira olish va ko’zlangan natijaga erishish imkoniga ega bo’lsin. Bunday natijani ta’minlash uchun modulda axborot materiali aniq, lo’nda, tushunarli, mantiqiy, tizimli bayon etilishi va ko’rgazmali bo’lishi, axborotning har birn mantiqiy bo’lagi bo’yicha o’z-o’zini tekshirish uchun topshiriqlar ishlab chilgan bo’lishi, ana shu topshiriqlarni ishlab chiqish uchun aniq tavsiyalar berilgan bo’lishi talab etiladi. Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o’zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Demak, modulli yondashuv yangi axborotni mustaqil o’zlashtirish, tinglovchining mustaqil va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, o’zining va o’rtoqlarining faoliyatini baholashga qaratilgan. Bunday yondashuv zamonaviy talablar tizimiga mos tushadi Modulli yondashuv erishilgan natijani izchil nazorat qilib borishga asoslangan. Natijada modul-kredit tizimi vujudga kelgan. Kredit – (zachet birligiga aylanuchi Yevropa tizimi (ECTS) (European Credit Transfer and Accumulating
System)) kredit jamlash tizimidir. Ushbu tizim yevropa universitetlarida 1989 yilda o’tkazilgan tadqiqotlardan muvafaqqiyatli o’tdi va qabul qilindi. U tinglovchining umumiy yuklamasiga asoslanadi. Kredit tizimini kiritishdan maqsad ta’limning shaffofligini va akademik bilimlarni hamda kvalifikasiyani tan olishni osonlashtirish bo’lib hisoblanadi. Dastlab kredit chetdan kelib o’qiyotgan tinglovchilar uchun ishlatilgan va unga ishonch bildirilgan. Oliy ta’lim muassasalari uchun yagona kreditlarni o’rnatilishi esa tinglovchilarning mobilligini ta’minlashga yordam berdi. Bugungi kunda yevropa kredit tizimi Yevropaning deyarli barcha davlatlarida tan olingan va amal qiluvchi tizimdir. Tinglovchi o’rnatilgan kredit ballarini to’plagan taqdirdagina diplom olishga muvaffaq bo’ladi. Dunyoning oliy ta’lim tizimida kredit tizimining bir necha turi mavjud. Yuqorida aytib o’tilgan ECTS bilan bir qatorda, USCS -Amerikaning kredit tizimi, CATS - Britaniyaning kredit tizimi, UCTS - Osiyo davlatlari va tinch okeandagi davlatlarning kredit tizimlari mavjud. Yevropa kredit tizimining asosini uch unsur tashkil etadi: o’quv dasturlari haqida axborot, tinglovchining erishgan natijalari va tinglovchi faoliyatining hajmi. Har bir o’quv yili 60 qismga bo’linadi va zachyot birligi hisoblanadi. Bir haftalik yuklama 54 soatdan oshmasligi kerak, 54 soat 1,5 kreditga teng. O’quv yilining davomiyligi Yevropada o’rtacha 40 xafta. Ammo Yevropaning turli davlatlarida o’quv yilining davomiyligi turlicha bo’lishi ma’lum darajada muammolarnip keltirib chiqaradi. Kredit tizimi barcha o’qitish shakllarini nazoratini o’z ichiga oladi (auditoriya va auditoriyadan tashqari). Kredit tizimi ta’lim jarayonida o’qilgan soatlar miqdorini emas, balki erishilgan natijani ko’rsatib beruvchi o’lchov birligidir. Ya’ni mutaxassisni kompetentlik darajasiga baho beruvchi natijaga qaratilgan o’lchov birligidir. Demak, kredit nafaqat o’quv faoliyatiga berilgan baho, balki, bajarilgan o’quv yuklamasini ko’rsatib turuvchi birlikdir. Bir kredit 36 akademik soatga teng (54 akademik soat 1,5 kreditni tashkil etadi). Har bir o’quv moduli 1 yoki 1,5 kreditga mo’ljallanadi va, odatda, uning soni uchtadan oshmasligi lozim. Yevropa kredit tizimida birinchi bosqichda (bakalavriat) tinglovchi 180 kreditdan 240 kreditgacha to’plashi mumkin. Ikkinchi bosqichda (Magistr) 90-120 gacha kredit yig’ish imkoniga ega. Kredit tizimining
asosini albatta reyting ball tizimi tashkil etadi. Ta’lim sohasidagi integrasion jarayonlar ilk bor Yevropada boshlangan edi. 1989 yilda Yevropaning minglab tinglovchilari Yevropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students) TEMPUS va boshqa dasturlari asosida chet ellarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. ERASMUS dasturi bo’yicha Yevropa hamjamiyati universitetetlari o’rtasidagi tinglovchilar almashinuvi sxemasi dastavval 145 oliy o’quv yurtlarini qamrab olgan edi. ERASMUS dasturining yutuqlaridan biri bu Yevropa universitetlaridagi o’qitish natijalarini o’zaro tan olish tizimi – (bu) (European Credit Transfer System (YeSTS) ni yaratish sinash va amaliyotga keng qo’llash deb aytish lozim. 2001 yilda o’quv jarayonini tashkil etishning kredit texnologiyasi YeSTS Yevropaning 1200 ta universitetlarida allaqachon qo’llanilgan edi. 2001 yilda 29 ta Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonya deklarasiyasining imzolanishi Yevropa ta’lim hududini yaratilishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bolonya deklarasiyasiga ko’ra diplomlarning o’zaro tan olinishi, ya’ni o’qitish natijalarini yakuniy ko’rsatkichlarning o’zaro tan olinish muddati – 2010 yil deb belgilangan edi. Bolonya deklarasiyasiga kirish uchun quyidagi dastlabki talablar qo’yiladi: - Oliy o’quv yurtigacha 12 yillik ta’lim: - ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura; - o’quv jarayoni va o’qitish natijalarini baholash YeSTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi. “Kredit – shartli sinov birligi bo’lib, tinglovchining o’quv fanining ma’lum bir qismini o’tganligi haqidagi ma’lumot beradi. Har bir o’quv faniga ma’lum miqdordagi kredit birliklari ajratiladi. Kredit birliklari soni tinglovchilarning mehnat sarfiga mos holda belgilanadi. YeSTS kreditlari, asosiy tamoyillari va xususiyatlari. Tinglovchining mehnat sarfi – auditoriya mashg’ulotlari mustaqil ishlar va o’quv rejasida ko’zda tutilgan boshqa faoliyatlarini o’z ichiga oladi. Ya’ni YeSTS kreditlari faqat auditoriya soatlari bilan chegaralanmasdan tinglovchilarning to’la yuklamasiga tayanadi. Shuning uchun YeSTS kreditlarini tinglovchi mehnat sarfining o’quv fanlari bo’yicha shartli-sonli ifodasi deb hisoblash mumkin. Odatda o’quv rejasidagi fanlarga ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng, undan ko’p
va kam sonli fanlar ham mavjud. YeSTSda kreditlar yig’indisi semestrda – 30, o’quv yilida – 60, bakalavriatdagi o’quv davrida – 240 ni tashkil etadi. YeSTS kreditlari barcha o’quv fanlariga ya’ni majburiy va tinglovchi tanlovi asosida fanlarga taqsimlanadi. Ular mazkur fan bo’yicha kurs loyihalari va ishlarining mavjudligini hisobga olishlari zarur. O’quv faniga ajratiladigan kreditlar miqdori, fanning murakkabligiga va o’zlashtirishga bog’liq bo’ladi. Ya’ni har qanday murakkab fan ham katta miqdordagi kreditlarga ega bo’la olmaydi. Agar murakkab fan bilish va tushunish darajasida o’zlashtiriladigan bo’lsa, kam murakkabli o’quv fani malaka darajasida o’zlashtirilsa tabiiyki oxirgisiga ko’proq kreditlar ajratiladi. Shuning uchun turli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari uchun bir fanning o’zi turli o’quv dasturlariga va unga muvofiq turli mehnat sarfi va kreditlarga ega bo’lishi mumkin. Ko’rinib turganidek, bizning mamalkatimizda birinchi va ikkinchi talablar bajarilgan. Endi navbat uchinchi talabni bajarishda – ya’ni o’quv jarayonini kredit texnologiyasi asosida tashkil etish. Ushbu texnologiya asosida o’quv jarayonini tashkil etishdan maqsad nimadan iborat? O’quv jarayonini tashkil etishning YeSTS kredit texnologiyasiga o’tishda quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: - xorijda o’qishni davom ettirish uchun oliy o’quv yurtini tanlashda shartsharoit yaratish; - O’zbekistonda ta’lim olgan muddatni xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash; - Yevropa oliy o’quv yurtlari o’quv rejalarini o’rganish va shu asosida o’quv jarayonini takomillashtirish; - tinglovchilar qobiliyatini to’laroq ochilishiga va o’qitishning yuqori natijalariga erishish. YeSTSning asosiy tamoyillari YeSTS quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: 1.Transferancy- bu YeSTS tizimiga xohlagan shaxs yoki tashkilotning to’siqsiz kirishiga shart-sharoit yaratish. Ushbu shart-sharoit kuchli axborot targ’iboti vositasida yaratiladi, uning natijasida umumiy yangilik, aniqlik va ochiqlik muhiti shakllantiriladi. Axborot targ’iboti quyidagilarni o’z ichiga oladi: - almashish sxemasiga kiritilgan tinglovchilarning o’qish natijalari haqida bir-biriga o’z vaqtida axborot yetkazib turish; - oliy o’quv yurtlarining o’z axborot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini