Ta’limning innovasion shakllari muammoli o’qitish
Ta’limning innovasion shakllari: muammoli o’qitish Reja: 1. Muammoli ta’lim ijodiy faol shaxs tarbiyasidagi o’rni. 2. Muammoli ta'lim texnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari 3. Muammoli ta’limning asosiy turlari. 4. “Pedagogik muammo”, “muammoli vaziyat” va “Muammoli ta’lim texnologiyalari” tushunchalari mohiyati. 5 . Ta’lim texnologiyalarining shakllari.
Muammoli o’qitish takomillashgan o’qitish texnologiyasidir. Hozirgi oliy maktabdagi samarali o’qitish texnologiyasi muammoli ta’limdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli ta’lim ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli ta’lim – talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim Bu turdagi ta’limning ilk g’oyalari amerikalik psixolog va pedagog J.Dyui (1859-1952 yy.) tomonidan asoslangan. U 1894 yilda Chikagoda o’qitish o’quv rejasi bo’yicha emas, balki o’yin va mehnat asosida olib boriladigan tajriba maktabini tashkil etgan. J.Dyui muammoli ta’lim asosi sifatida quyidagi yo’nalishlarni belgilagan: Ijtimoiy Konstruktiv Badiiy ifodaviy Muallif ko’rsatilgan yo’nalishlarda ta’limni tashkil etish uchun quyidagi vositalardan foydalangan: 1) so’z; san’at asarlari; texnik qurilmalar; 2) o’yinlar; mehnat O’tgan asrning 60-yillarida muammoli ta’lim L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarashlari negizida yanada rivojlangan. S.L.Rubinshteynning “Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan g’oyasi muammoli ta’limning psixologik asosi sifatida qabul qilingan. Muammoli ta’limning bir necha turlari mavjud. M: M.N.Skatkin o’z ishlarida muammoli ta’limning quyidagi turlari borligiga urg’u beradi Bilimlarni muammoli bayon qilish (muammoli ma’ruza) Muammoli topshiriqlarni hal qilish (muammoli amaliy mashg’ulot) Kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish (muammoli tajriba) Muammoli ta’limning asosini muammo (yun. “to’siq”, “qiyinchilik”) yoki muammoli vaziyat tashkil etib, muammoli TT ularning yechimini topishga xizmat qiladi. Ko’p holatlarda muammo va muammoli vaziyat sinonimlardek qabul
qilinadi. Aslida esa ular birbiridan farq qiladi. Muammo (yunon. “to’siq”, “qiyinchilik”, arab. “jumboqli”, “sirli”, “tushunilishi qiyin”) – hal qilinishi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan masala. Mohiyatiga ko’ra muammo uni keltirib chiqargan sabablarni o’rganish, uni hal etishda ahamiyatli, samarali bo’lgan yo’l, metod va vositalarni izlash, ularning samarali ekanligini asoslovchi dalillarni to’plash, dalillarni yangicha, yangi tahlitda izohlash asosida hal qilinadi. Pedagogika sohasida ko’p holatlarda “muammo” tushunchasi tashkiliy- pedagogik, psixologik, ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Soha nuqtai nazardan pedagogik jarayonda quyidagi xarakterdagi muammolarga murojaat qilinadi: - didaktik xarakterdagi muammo; - amaliy xarakterdagi muammo; - ilmiy- metodik xarakterdagi muammo; - sof ilmiy xarakterdagi muammo Ma’lum bilimlar, noma’lum bilimlar va mavjud tajriba muammoning tarkibiy qismlari sifatida namoyon bo’ladi. Pedagogik muammo – hal qilinishi zarur, biroq, hali yechish usuli noma’lum bo’lgan pedagogik xarakterdagi masala Ta’lim jarayonida muammoni qo’yish bir necha sathda kechadi. Ular Darajalar: Muammoni qo’yish mohiyati 1-daraja O’qituvchi muammoni qo’yadi va talabalarni uni hal qilishga yo’naltiradi 2-daraja O’qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarning o’zlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi 3-daraja O’qituvchi muammoni qo’rsatib bermaydi, balki unga talabalarni ro’para qiladi. Talabalar muammoni anglagan holda uni o’zlari shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi 2. Muammoli ta'lim texnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo’g’ini muammoli ta’lim yo’nalishi sanaladi.
Muammo grekcha πρόβλημα . so’z bo’lib, keng ma'noda o'rganish, hal qilishn i talab qiladigan murakkab nazariy yoki amaliy savoldir; fanda - har qanday hodisa larni, ob'ektlarni, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar ko'rinishid a ishlaydigan va uni hal etish uchun etarli nazariyani talab qiladigan qarama-qarshi vaziyat; Hayotda muammo odamlar tushunadigan tarzda shakllantirilgan: "Men nimani bilaman, qanday ekanligini bilmayman", ya'ni nimaga erishish kerakl igi ma'lum, ammo buni qanday amalga oshirish noma'lum . Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin. Muammoli ta’lim texnologiyalari – o’quvchi faoliyatini faollashtirish va j adallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonni fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning mua mmolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiq adi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini osh irishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli vaziyat yaratish usullari: - O’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushunti rish va uni yechish yo’lini topishni taklif qilish; - Bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish; - Hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni taklif etish. Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: - O’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi; - O’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi; - O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar. Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar: - Muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish;
- Solishtirish, umumlashtirish; - Dalillarni aniqlash va qo’llash; - Vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish; - O’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar. Muammoli ta’lim bosqichlari : 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to’g’riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni tizimlashtirish orqali). Muammoni hal etish bosqichlari: 1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqlarini topish asosida amalga oshiriladi. 2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi. 3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60 yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”- degan g’oya yotadi. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan. Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega. 1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 2. Muammoning qo’yilishi. 3. Muammoning yechimini topish.