logo

KIChIK MAKTAB YoShIDAGI BOLALAR PSIXIKASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.87109375 KB
KIChIK MAKTAB YoShIDAGI  BOLALAR PSIXIKASI
Reja:
1.Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishi.
2.Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
3.O‘quv faoliyatining xususiyatlari.
4.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar shaxsining shakllanishi. 1. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik  rivojlanishi
    Kichik   maktab   davri   6-7   yoshdan   9-10   yoshgacha   davom   etadi.   Bu   davrda   bola ,     fan
asoslarini   o‘rganish   uchun   biologik   va   psixologik   jihatdan       tayyor   bo‘ladi.       Uning
psixikasi   bilim  olishga   yetadigan darajada   rivojlanadi.   Shu   yoshdagi   bola  idrokining
o‘tkirligi,   ravshanligi,               sofligi,             aniqligi,       xayolining       yorqinligi,         xotirasining
kuchliligi,   tafakkurining   yaqqolligi   o‘zining             qiziquvchanligi,   ishonuvchanligi   bilan
boshqa   yoshdagi   bolalardan   ajralib   turadi.     Maktab   ta’limiga   tayyorlanayotgan   bolada
diqqat   nisbatan   uzoq   muddatli   va   shartli   barqaror   bo‘ladi.   Kichik   maktab   yoshidagi
bolalarning   asosiy   faoliyati   o‘qish   hisoblanadi .   Bolaning   maktabga   borishi,         uning
psixologik       rivojlanishi       va       shaxsning  shakllanishidagi   o‘rni    nihoyatda   katta.
Bola       o‘quv         faoliyatida   o‘qituvchi   rahbarligida   inson   ongining   turli   funksiyalari
mazmunini      egallaydi ,     insoniy       an’analar        asosida         harakat   qilishni       o‘rganadi ,   o‘z
irodasini       o‘quv   maqsadlariga   erishish   uchun   mashq   qildiradi.   O‘quv   faoliyati   boladan
nutq,  diqqat,  xotira,  tasavvur  va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan
holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun  yangi sharoitlarni yaratadi.  Birinchi bor maktabga
kelgan     bola   o‘z   atrofdagilari   bilan   psixologik   jihatdan   yangi   munosabat   tizimiga   o‘tadi.
U hayotining tubdan  o‘zgarganini,  unga yangi majburiyatlar,  nafaqat, har kuni maktabga
borish, balki o‘quv faoliyati talablariga   bo‘ysunish       ham         yuklatilganligini       his         eta
boshlaydi.           Oila   a’zolarining   bola   o‘quv   faoliyati,   yutuqlari   bilan   qiziqayotganligi,
shuningdek,       uni       nazorat       qilayotganligi,       unga       qilinayotgan       yangi   muomala,
munosabat   uning   ijtimoiy   mavqei   o‘zgarganligini   to‘la   his   etishiga,     o‘ziga   nisbatan
munosabatining o‘zgarishiga asos   bo‘ladi.   Kattalar    bolalarni    amaliy    jihatdan    o‘z
vaqtlarini         to‘g‘ri   taqsimlash       borasida     yaxshi       o‘qish,       o‘ynash,       sayr       qilish       va
boshqa   narsalar     bilan     shug‘ullanishga     o‘rgatadilar.     Demak,     oilada     bola     u   bilan
hisoblashadigan,         maslahatlashadigan        yangi       bir       o‘rinni   egallaydi.     O‘quvchining
maktabdagi    muvaffaqiyati    uning    keyingi   psixik    rivoji   va     shaxsining    shakllanishida
to‘liq ijobiy  asos  bo‘ladi.
Bola   insoniy   munosabatlar   tizimida   ham   alohida   o‘rin   egallayotganini,   ota-onasi,
yaqinlari,   atrofdagilari   unga   yosh   boladek   emas,   balki   o‘z   vazifalari,   majburiyatlari   bor
bo‘lgan,   o‘z   faoliyat   natijasiga   ko‘ra   hurmatga   sazovor   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   alohida
shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Buning natijasida bolaning  o‘z-o‘zidan oilasi, sinfi va
boshqa   jamoalardagi   o‘z   o‘rnini   anglay   boshlaganini   ko‘rish   mumkin.   Bu   davrda
bolaning   " Men   shuni   xohlayman”   motividan   "Men   shuni   bajarishim   kerak "   motivi
u stunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir  o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi.   Bu   nafaqat   uning   jismoniy   salomatligida,   balki   hatti-harakatida   ham,   ya’ni
ma’lum   darajada   qo‘rqo‘vni   kuchayishi,   irodaviy   faollikning   susayishida   namoyon
bo‘ladi.
Bu   davrga   kelib   bola   atrofidagilar   bilan   o‘zaro   munosabatda   ma’lum   bir   natijalarga
erishgan,   o‘zi   xoxlayotgan   narsalarni   hamda,   o‘z   oilas ida   o‘zi   egallagan   o‘rnini   aniq
biladigan   bo‘ladi.   Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va
holatga   qarab   ish   yurita   oladi.   Bu   yoshdagi   bolalar   hatti-harakatlari   va   motivlari   ularning
o‘zlariga   beradigan   baholariga   qarab   ' 'Men   yaxshi   bolaman”   emas,   balki   bu   hatti-
harakatlar   o‘zgalar   ko‘z   o‘ngida   qanday   namoyon   bo‘lishiga   qarab   baholanishini   tushuna
boshlaydilar.
2. Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Maktabga   kelish   arafasida   bolaning   so‘z   boyligi   o‘z   fikrini   bayon   eta   oladigan
darajada   ortadi.   6   yoshdagi   normal   rivojlanayotgan   bola   o‘z   nutqida   3000-7000   so‘zni
ishlatadi.   Boshlang‘ich   sinf   yoshidagi   bolalar   nutqi   asosan   ot,   fe’l,   sifat,   son   va
bog‘lovchilardan   iborat   bo‘ladi.   Bu   yoshdagi   bolalar   o‘z   nutqlarida   qaysi   so‘zlarni
ishlatgani afzalu,   qaysilarini  ishlatish  mumkin  emasligini  farqlay  oladilar.  6-7   yoshli bola
o‘z   jumlalarini   murakkab   grammatik   tizimda   tuza   oladi.   Bola   butun   bolalik   davrida   nutqni
jadal   ravishda   egallab   borib,   nutqni   o‘zlashtirishi   ma’lum   bir   faoliyatga   aylana   boradi.   7-9
yoshli   bolalarning  o‘ziga  xos  yana bir  xususiyati    shundaki  ular  o‘z fikrlarini   bayon   etish
uchun   gina   emas,   balki   o‘z   suxbatdoshining   diqqatini   o‘ziga   jalb   qilish   uchun   ham
gapiradilar.
Bu   davrda   bolaning   yozma   nutqi   ham   shakllana   boshlaydi.   Yozma   nutq   jumlalarni
to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni to‘g‘ri yozishga ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi.
Bola   so‘zlarni   qanday   eshitgan   bo‘lsa,   shundayligicha   yozilmasligini   bilishi,   ularni   to‘g‘ri
talaffuz etishga va yozishga o‘rganishi zarur. Yozma nutqni egallash asosida   bolalarda turli
matnlar   hakida   ma’lumotlar   yuzaga   keladi.   Bu   davrda   yozma   nutq   endigina   shakllana
boshlaganligi   bois,   bolada   o‘zi   yozgan   fikrlarni,   so‘z   va   harflarni   nazorat   etish   malakasi
hali   rivojlanmagan  bo‘ladi.  Lekin  unga ijod  qilis h imkoniyati   beriladi. Ushbu mustaqil
ijodiy   ish   maktab   yoshidagi   o‘quvchilarda   berilgan   mavzuni   anglash,   uning   mazmunini
aniqlash,   fikrini   bayon   etish   uchun   ma’lumot   to‘plash,   muhim   jihatlarini   ajratib   olish,   reja
tuzish ,   uni   ma’lum   ketma-ketlikda   bayon   etish,   malakasini   yuzaga   keltiradi.   Jumlalarni
to‘g‘ri   tuzish,   aynan   shu   mazmunga   mos   so‘zlarni  topish va ularni to‘g‘ri yozish, tinish
belgilarini   to‘g‘ri   q o ‘ y i s h ,   o ‘ z   h o t a l a r i n i   t o p a   o l i s h   v a   t o ‘ g ‘ r i l a s h   a q l i y rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
O‘qish   faoliyati   kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchining   aql-idroki,   ,   sezgirligi,
kuzatuvchanligi,   eslab   qolish   va   esga   tushirish   imkoniyatlarining   rivojlanishi   uchun
muhim   shart-sharoitlar   yaratadi,   hisoblash   malakalarini   shakllantiradi.   Ta’lim   jarayonida
ularning bilimlar ko‘lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy  izlanish qobiliyati rivojlanadi,
ularda tafakkurning faolligi,   mustaqilligi   ortadi,   aqliy   imkoniyatini   ishga   solish   vujudga
keladi.   Mazkur   yoshdagi   bolalar   o‘z   idroklarining   aniqligi,   ravonligi,   o‘tkirligi   bilan
boshqa   yosh   davrdagi   insonlardan   keskin   farq   qiladi.   Ular   har   bir   narsaga   berilib,   o‘ta
sinchkovlik   bilan   qarashlari   sababli   idrokning   muhim   xususiyatlarini   o‘zlashtirish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
    Birinchi   sinfga  kelgan   bola   predmetlarning  rangi,  shakli  va   kattaligini,   ularni   makonda
joylashishini   bilish   bilan,   birga   ularni   taqqoslay   oladi.   Maktabda   muvaffaqiyatli   o‘qish
uchun   bola   sensor   rivojlanganlik   darajasini   yuqori   bo‘lishi   juda   muhim.   Maktab   yoshiga
kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar  real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi
tushunadilar. Shuning uchun  ha m   s u ra t   va   ra s m la rd a   n im al ar   a ks   et ga ni ni   r ea l   h ay ot ga
taqqoslagan   holda   bilishga   harakat   qiladilar.   Bola   rasmlarda   atrof-hayotdagi   narsalarni
kichiklashtirib   tasvirlanganligini   anglay   biladilar.   Bu   tasvirlar   bolalarda   estetik   va   badiiy
didni  rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zalligini,  uning turfa ranglardan
iborat ekanligani anglaydi, ajratadi va o‘z  munosabatini bildira oladi.  O‘quv faoliyati psixik
funksiyalarni   yuqori   rivojlanganlik   darajasini   talab   etadi.   Bolaning   diqqati,   xotira   va
tasavvuri   mustaqil   tus   ola   boshlaydi.   Lekin,   odatdagi   holat   va   vaziyatlarda   bolaga   o‘z
psixik funksiyalarini yuqori darajada tashkil etish hali  birmuncha murakkablik tug‘diradi.
6-7, 10-11 yoshli bolalar bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik  irodaviy zo‘riqish asosidagina,
bola   o‘zini   atrofdagilarning   talabi   yoki   shaxsiy   harakatga   intilgandagina   yuzaga   kelishi
mumkin.
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarida   diqqatni     irodaviy   zo‘r   berish   bilan   boshqarish   va
vaziyatga   moslash   imkoniyati   yaxshi   bo‘lmaydi.   Buning   asosiy   sababi,   ularda   ixtiyoriy
diqqatning   kuchsizligi   va   beqarorligidir.   Bolalarda   ixtiyorsiz   diqqat   ko‘proq   rivojlangan
bo‘ladi.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quv   materiallarining   yaqqolligi,   yorqinligi,   jozibadorligi,
o‘quvchida   beixtiyor   his-tuyg‘ular   uyg‘otadi,   irodaviy   zo‘riqishsiz,   osongina   fan
asoslarini   egallash   imkonini   beradi.   1-2   sinf   o‘quvchilari   diqqatining   o‘ziga   xos
xususiyatlaridan biri - uning yetarlicha barqaror emasligidir.   Shuning uchun ham ular o‘z
diqqatlarini   muayyan   narsalarga   qarata   olmaydilar   va   diqqat   ob’ektlar   ustida   uzoq   tura
olmaydi.
Ta’lim   jarayoni   kichik   maktab   yoshidagi  o‘quvchilarning   ixtiyoriy,   barqaror,  mustahkam, kuchli,   faol   ongli   diqqatni   rivojlantirishga   qulay   shart-sharoit   yaratadi.   Bilim   olish
jarayonida   mustaqil   aqliy     mehnat   qilish,   misol-masalalar   yechish,   mashqlar   bajarish,
takrorlash  irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli dikkat tarkib  topadi.
Bu   yoshdagi   bolada   ixtiyoriy   diqqatni   to‘plash,   tashkil   qilish,   uni   taqsimlash,   ongli
ravishda   boshqarish   uquvi   shakllana   boshlaydi.   Kichik   maktab   yoshidaga   bola   ma’lum
darajada   o‘z   faoliyatini   o‘zi   mustaqil   rivojlantira   oladi.   U   o‘z   rejasini,   u   yoki   bu   ishni
qanday   ketma-ketlikda   bajarishni   so‘z   bilan   ifodalab   bera   oladi.   Rejalashtirish   so‘zsiz
bolaning diqqatini tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Ularda ixtiyorsiz diqqat usgunlik qiladi.
Kichik   maktab   yoshidagi   bolalar   so‘zsiz   o‘z   diqqatlarini   aqliy   masalalarga   qarata   oladilar,
lekin bu juda katta irodaviy kuchni va yuqori  motivatsiyalarni tashkil etilishini talab qiladi.
  Tafakkurning   rivojlanishini   kichik   maktab   yoshidagi   bola   psixikasining   sog‘lomligida,
uning   bilish   faolligida   ko‘rish   mumkin.   Bolaning   qiziquvchanligi,   asosan,   atrof-olamni
bilish,   o‘rganishga   qaratilgan   bo‘ladi.   Bola   o‘ynab   turib,   olam   sir- sinoatlari,   sabab-
hodisalari   va   bog‘liqlaridan   xabardor   bo‘lishga   intiladi.   Masalan,   bola   o‘zi   mustaqil
ravishda   qanday   predmetlar   suvda   cho‘kishi,   qaysilari   esa   suzishini   tadqiq   qila   oladi.
Bola   aqliy   munosabatlarda   faol   bo‘lsa,   u   shunchalik   ko‘p   savol   beradi   va   bu   savollar,
asosan,   xilma-xil   bo‘ladi.   Bolani   qor,   yomg‘ir   qanday   yog‘ishi,   quyosh   kechasi   qaerda
bo‘lishi,   mashina   qanday   qilib   yurishi,   yerdan   osmongacha   bo‘lgan   masofani   bilish   juda
qiziqtiradi.   Bu   ularning   «Nima uchun?», «qanday kilib?»,  «Nima orqali?»   kabi   savollariga
javob   olishga   qaratilgan   bo‘ladi.   Bu   yoshdagi   bolalar   asosan   o‘zlari   ko‘rib   turgan   narsa
haqida  chuqurroq fikr yurita   oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli
tafakkurdir.
6-10   yoshli   bola   mantiqiy   fikrlay   oladi,   lekin,   bu   yosh   asosan   ko‘rganlariga   tayanib,
ta’lim olishga senzitiv bo‘lgan davr  hisoblanadi, 
  Aqliy   rivojlanish   ijtimoiy   omillar   bilan   belgilanadi   -individ   ijtimoiy   munosabatlar   bilan
o‘zgaradi.   Bolaning   maktabda   muntazam   ravishda   o‘qishga   o‘tishi   uning   atrof-hayotdagi
narsa- hodisalarga   nisbatan   fikrini   va   munosabatlarini   o‘zgarishiga   olib   keladi.   Kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy   fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va
xulosa   chiqarish,   taqqoslash   tahlil   qilishning   turli   usullarini   qo‘llashdek   o‘ziga   xos
xususiyatlari   bilan   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   va   o‘smirlardan   farq   qiladi.   Ta’lim
jarayonida   tafakkur   operatsiyalariga,   mustaqil   fikrlashga   o‘rgatish   kichik   maktab
yoshdagi o‘quvchilarni kamol  toptirishning garovidir.  
Dars   jarayonida   o‘qituvchi   turli   vaziyatlarni   tasavvur   qilishni   so‘raydi.   Bu   holat,   albatta,
biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar,   maketlar,  sxemalar  bo‘lgan taqdirdagina  o‘quvchi tasavvurini   rivojlantirishi   mumkin.   Aks   holda   bu   yoshdagi   bolalar   mustaqil   tasavvur
harakatlari qilishga qiynaladilar.
Psixolog Piaje tadqiqotlarida 6-7 yoshli bolalardan turli xil   balandlikdagi  idishlardagi   suv
miqdorini   belgilash   so‘ralgan.   Bolalar suv miqdorini ,bir-biri bilan teng bo‘lgan  idishlarda
ko‘rganlaridan so‘nggina 'o‘z javoblari noto‘g‘riligini bilganlar.  K i c h i k   m a k t a b   d a v r i d a
t a s a v v u r   a s o s a n   b o l a l a r   r a s m   chizayotganlarida,   shuningdek   ertak   va   hikoyalar
to‘qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va  xilma-
xil bo‘ladi. Ayrim o‘quvchilar real borliqni tasavvur etsalar,   boshqalari   esa   fantastik   obraz
va   vaziyatlarni   tasavvur   etadilar.   S hu   bois   kichik   maktab   yos hidagi   bolalarni
realis tlar   va   fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko‘pincha o‘zlariga ma’lum siymolar,
syujetlardan   foydalangan   holda   yangi   obrazlarni   tasavvur   etadilar,   yaratadilar,   Bu
tasavvurlar   zamirida   ularning   qo‘rquvni   ye ngishi, do‘st topishi, xursandchilik  hislari  yotadi.
Bundan   tashqari   tasavvur   terapevtik   natija   olib   keluvchi   faoliyat   sifatida   ham   namoyon
bo‘lishi   mumkin.   Bola   real   hayotda   qiyinchiliklarga   duch     kelib,   ulardan   chiqib   keta
olmagan   holatda   ko‘pincha   xayolga   beriladi.   Masalan,   mehribonlik   uyida
tarbiyalanayotgan   bola   o‘zining   hamma   havas   qiladigan   oilasi,   uyi   bo‘lishini,   bu   uyga
o‘g‘rilar   kelib   qolsa,   u   qahramonlik   qilishini   tasavvur   qiladi.   o‘z   tasavvurida   yaxshi
yoki   yomon   holatlarni   boshidan   kechirgan   bola   o‘zining   kelgusi   hatti- ha ra ka tl ar i
mo ti va ts iy a s i   uc hu n   za mi n   t ay yo rl ay di .   K a tt al ar g a   nisbatan   tasavvurning   bolalar
hayotida   ahamiyati   juda   katga.   Bola   tasavvur   qilib   atrof-hayotni   chuqurroq   bila
boshlaydi,   o‘z-o‘zining   shaxsiy   tajribasidan   tasavvur   yordamida   chetga   chiqa   oladi,
ijodiy  layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga  xizmat qiladi.
Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at  asarlarini   yetarli   darajada   aks
ettirishda   vujudga   keladi.   Siymolar,   shartli   belgilar,   tabiat   manzaralari   jamlanib,
o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi.
O‘quv   faoliyati   boladan   berilgan   o‘quv   materiallarini   esda   saqlab qolishni talab etadi,
o‘qituvchi   o‘quvchisiga   nimalarni   eslab   qolishi   zarurligi   haqida   ko‘rsatmalar   beradi.
O‘quvchi nimani eslab  qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat  qiladi.
Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira,  shubhasiz, ustunlik   qiladi. Bolaning xotirasida saqlab
qolishini   asosan   uning   ishga   bo‘lgan   qiziqishi   belgilab   beradi.   O‘quv   materialini
tushunish,  eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi.
3. O‘quv faoliyatining xususiyatlari
Kichik   maktab   yoshidagi   bola   o‘qituvchisi   bilan   yaxshi   emotsional   munosabatda
bo‘ladi.   Shu   davrgacha   bevosita   kattalar   rahbarligida   u   yoki   bu   axborotlarni o‘zlas htirib   kelgan   bo‘ls a,   endi   o‘z   xohis h   irodasi   bilan   zarur   ma’lumotlar
to‘plashga,   o‘z   oldiga   aniq   maqsad   va   vazifa   qo‘yishga   harakat   qiladi.   Bolaning   ana
shu   faolligi   xotirasining   muayayn   darajada   rivojlanganligini   bildiradi.   O q i l o n a
t a s h k i l   q i l i n g a n   t a ’ l i m   j a r a y o n i   m a z k u r   y o s h d a g i   bolalarning   tafakkurini   jadal
rivojlantiradi.   Bu   yos hdagi   bola   boshqa   davrlarga   nisbatan   ko‘proq   narsani
o‘zlashtiradi.   Maktab   ta’limi   o‘quvchining   turmush   tarzini,   ijtimoiy   mavqeini,   sinf
jamoasi  va  oila   muhitidagi  o‘rnini  o‘zgartiradi.  Uning  vazifasi   o ‘ q i s h d a n ,   b i l i m   o l i s h ,
k o ‘ n i k m a   v a   m a l a k a l a r n i   e g a l l a s h ,   o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi.
Kichik   maktab   yoshidagi   bolaning   muhim   xususiyatlaridan   biri,   unda   o‘ziga   xos
ehtiyojlarning   mavjudligidir.   Bu   ehtiyojlar   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   faqat   muayyan   bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallashga  qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan
ham   iboratdir.   Shu   ehtiyojlar   asosida   bolaning   o‘z   portfeliga,   shaxsiy   o‘quv
qurollariga,   dars   tayyorlas h   stoliga,   kitob   qo‘yis h   javoniga   ega   bo‘lish,   kattalardek
har kuni maktabga borish istagi yotadi.
  Maktabga   birinchi   bor   kelgan   bola   o‘z   faoliyatining   tub   mohiyati   va   vazifasini   to‘la
t u s h u n i b   y e t m a y d i ,   b a l k i   h a m m a   m a k t a b g a   b o r i s h i   k e r a k   d e b   b i l a d i .   Kattalarning
ko‘rsatmalariga   amal   qilib   tirishqoqlik.   bilan   mashg‘ulotlarga   kirishib   ketadi.   Oradan
ma’lum   vaqt   o‘tgach,   shodiyona   lahzalarning   taas s uroti   kamayis hi   bilan   maktabning
tashqi   belgilari   o‘z   ahamiyatini   yo‘qota   boradi   va   bola   o‘qishni   kundalik   aqliy   mehnat
ekanligini   anglaydi.   Shunda   bola   aqliy   mehnat   ko‘nikmasiga   ega   bo‘lmasa   uning
o‘qishdan   ko‘ngli   soviydi,   unda   umidsizlik   hissi   vujudga   keladi,   o‘qituvchi   esa   bunday
holning   oldini   olish   uchun   bolaga   ta’limning   o‘yindan   farqi,   qiziqarliligi   haqida
ma’lumotlar   berishi   va   uni   shu   faoliyatga   tayyorlashi   kerak.   Ta’limning   mazmuni
o‘quvchining   bilimlarni   egallashga  qiziqishi ,   o‘z    aq li y   m eh na ti   n at ij as id an   q an oa tl an i s h
hi s s i   b il an   uz vi y   bog‘liqdir.   .Bu   his   o‘qituvchining   rag‘batlantirishi   bilan   yuzaga   keladi
va   o‘quvchida   samaraliroq   ishlash   mayili,   istak   va   is htiyoqini   shakllantiradi.   Bolada
paydo   bo‘lgan   faxrlanish,   o‘z   kuchiga   ishonch   hislari   bilimlarni   o‘zlashtirish   va
malakalarni   rivojlanishiga   xizmat   qiladi.   Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarni   o‘qitish
jarayoni,   o‘quv   faoliyatining   asosiy   komponetlari:   o‘quv   vaziyatlari,   o‘quv   harakatlari,
nazorat   ztish   va   baholash   bilan   (V.V.Davidov   bo‘yicha)   tanishtirishdan   boshlanadi.   Bu
borada   barcha   p r e d m e t l i   h a r a k a t l a r   a q l i y   r i v o j l a n t i r i s h g a   q u l a y   b o ‘ l g a n   s h a r o i t d a
a m a l g a   os h i r i l i s h i   j u d a   m u h i m .   A g a r   b o l a   o ‘ q u v   harakatlarini   noto‘g‘ri   bajarsa,   bu
uning   o‘quv   harakatlarini   yo   nazorat   va   baholash   bilan   bog‘liq   harakatlarni   bilmasligi,
yoki   ularni   yaxshi   egallamaganligidan   bo‘lishi   mumkin.   Bolaning   mustaqil   ravishda
bajargan   harakatlari   natijalarinini   o‘z   hatti-harakatlarining   xususiyatlari   bilan   taqqoslay olishlari   unda   o‘z-o‘zini   nazorat   etish   layoqati   ma’lum   darajada   shakllanganidan   dalolat
beradi.  
               O‘quvchilar o‘quv faoliyatini jamoa faoliyati sifatida tashkil etilishiga ko‘p vaqt unchalik
e’tibor   berilmadi.   Bilimlarni   o‘zlashtirish   jarayoni   individul   jarayon   deb   xisoblangan.   Buning
natijasida   pedagogik   psixologiyada   o‘quvchilarning   mustaqil   fikrlashi   va   mustaqil   faoliyati
ishning   individual   shakllaridagina   ro‘yobga   chiqishi   mumkin   deb   xisoblangan.     Lekin   so‘nggi
yillarda   sobiq   ittifoq   davlatlarida,   shuningdek,   Polsha   ,Germaniya   kabi   mamlakatlardagi   ilg‘or
o‘qituvchilarning ishlarida guruxiy bilish faoliyati xar bir o‘quvchiga darsda maksimal faollik va
mustaqillikni   ta’minlanishi   zarurligi   tasdiqlangan.   So‘nggi   yillardagi   olib   boriligan   tadqiqotlar
tafakkur   mustaqilligini   faoliyat   sifatida   an’anaviy   tushunishga   jiddiy   tuzatishlar
kiritdi.O‘quvchilarning   o‘zaro   nazorati   va   javobgarligiga   asoslangan   guruxiy   o‘quv   faoliyati
tafakkur mustaqilligini rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishi aniqlangan .
                Taniqli   pedagog   va   psixologlarning   ilmiy   asarlarida   o‘quvchining   o‘quv   faoliyatidagi
mustaqilligi     uchun   shart   –   sharoitlarni   yaratish   nixoyatda   axamiyatli   ekanligi   xaqida   fikrlar
mavjud.   Shunday   shart   –   sharoitlardan   biri   boshlang‘ich   davrda   o‘quv   faoliyatini   jamoaviy
faoliyat sifatida tashkil yetilishidir.
      Quyidagi belgilar mavjud bo‘lganda taqdirdagina ishni jamoaviy deb xisoblash mumkin.
1. O‘qituvchi   tomonidan   berilgan   o‘quv   vazifasi   yoki   aloxida   bir   mikrogruppa   tomonidan
baravar bajarish  qabul qilinsa.
2. Vazifalarni o‘zaro taqsimlagan xolda birgalikda biron-bir ish bajarilsa.
3. O‘zaro nazorat va ma’suliyat mavjudligi.
4. Ishlarni   taqsimlashni   tashkil   etish   va   uning   kechishini   o‘quvchilarning   o‘zlari   nazorat
etishlari.
Frontal ishda (ma’ruza xikoya qilib berish , frontal so‘rovnoma va x.k...) bunda o‘qituvchi butun
sinfga   teng   ravishda   ta’sir   ko‘rsatishga   xarakat   qiladi.   Bunday   xolatda   o‘quvchi   bilan   muloqot
o‘qituvchining   tashabbusi   bilan,   lekin   juda   kam   miqdorda   amalga   oshiriladi   .   Individual   ishda
( darslik bilan mustaqil ishlash, misol , masala yechish, mashqlarni bajarish va x.k...) o‘qituvchi
bilan   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   muloqot   yo‘q.   Bunday   xolda   ko‘pincha   o‘quvchi   –   o‘quvchi,   ya’ni
sinfdoshi bilan muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi yoki cheklanadi. Shunday qilib, bugungi kunda  dars
ta’lim   jarayonida   o‘quvchilarning   jamoaviy   muloqoti   imkonyatlaridan   yetarli   foydalanilmaydi.
Dars   o‘quvchining   to‘liq   mustaqilligi   va   faolligini   rivojlantirishda   katta   imkoniyatga   egadir.
O‘quvchilar asta sekinlik bilan o‘quv faoliyatining sub’ekti sifatida yangi imkoniyatlarini o‘zlari
uchun ochib boradilar. Bu jarayonda o‘quvchi o‘z faoliyati samaraliroq bo‘lishi uchun o‘z-o‘zini
nazorat   etishga   yo‘naltirishga   xarakat   qiladi. O‘ quv   vaziyatlarida   bolalar   ayrim   turdagi
masalalarni   yechish   yo‘llari   b i l a n   t a n i s h a d i l a r   v a   u l a r n i   e g a l l a g a n   z a h o t i   a n i q   b i r m a s a l a l a r n i   y e c h i s h d a   a m a l i y   f o y d a l a n a d i l a r .   O‘quv   faoliyatida   nazorat   va   o‘z-o‘zini
nazorat   etish   kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchilarda   o‘quv   h a r a k a t l a r i n i   m u s t a q i l
r e j a l a s h t i r i s h i   v a   b a j a r i s h n i   shakllanishida   juda   muhimdir.   Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha,   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilarining   masalalarni   yechishdagi   ayrim   yo‘l   va
tushunchalarni   yetarlicha   egallamaganligi   bu   tushuncha   va   yo‘llarni   shakllantirishda
bolalar   barcha     kerakli   o‘quv   ,    harakatlarini   bajarishga   o‘rgatilmaganligining   natijasidir.
Bolalar   tafakkuri   va   nutqining   rivojlanishida   ovoz   chiqarib   mulohaza   yuritishning   va   bu
uslubdan   o‘quv   jarayonida   foydalanishning   ahamiyati   katta.   Ovoz   chiqarib   mulohaza
yuritish   va   o‘z   yechimini   asoslab   berish   aqliy   sifatlarni   o‘sishiga   xizmat   qilib,   kishi   o‘z
mulohazalari   va   hatti-harakatini   tahlil   etishi   va   anglashini   rivojlantiradi.   Kichik   maktab
yoshidagi o‘quvchilarda aqliy va o‘quv materialini o‘zlashtirish imkoniyatlari   ancha yuqori
hisoblanadi.   To‘g‘ri   tashkil   etilgan   ta’limda   bu   yoshdagi   bolalar   o‘rta   maktab   dasturida
ko‘rsatalgan   bilimlarga   nisbatan   ko‘proq   bilimlarn i   tus hunis hlari   va   o‘zlas htiris hlar i
mumkin.   Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarning   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   yana   b i r i
s h u n d a k i ,   s h u   d a v r d a n   b o s h l a b ,   o ‘ q u v   m a t e r i a l i n i   o‘zlashtirmaslikning   dastlabki
belgilari   ko‘zga   tashlanadi.   Kichik   maktab   yoshida   past   o‘zlashtirish   sabablari   va
o‘qishidagi   qiyinchiliklar   quyidagilar   bilan   bog‘liqdir:   1)   bilish   jarayonlarining   yetarli
darajada   rivojlanmaganligi;   2)   erkin   va   mustaqil   xarakat   qilish   darajasining   pastligi;   3)
motvayion   soxalarining   yetarli   rivojlanmaganligi;   4)   oila   tarbiyasidagi ,   oilaviy
munosabatlardagi   kamchiliklar ;   5)   maktab   ta’limi   va   tarbiyasidagi   kamchiliklar;   6)   o‘zaro
muloqot   va   munosabatdagi   kamchiliklar;   7)   shaxs   xususiyatlardagi   og‘ishishlar.Kichik
maktab yoshidagi bolalar o‘qishidagi qiyoinchiliklar bola shaxsining barcha shaxsiy ,   b i l i s h ,
m o t i v a t s i o n   v a   x i s s i y   v a   i r o d a v i y   s o x a l a r d a   a k s   e t a d i . B u   q i y i n c h i l i k l a r   o ‘ z a r o   b i r -
b i r i   b i l a n   b o g ‘ l i q . B i r   q i y i n c h i l i k n i   b a r t a r a f   e t i l i s h i   i k k i n c h i   q i y i n c h i l i k n i   x a m
k a m a y i s h i g a   o l i b   k e l a d i .   N . S . L e y t e s     mulohazalariga   ko‘ra   inson   yoshi   ulg‘aygan   sari
aqliy   rivojlanish   darajasi   birmuncha   ko‘tarilishi,   uquvchanlik   xususiyati   esa   birmuncha
pasayadi.   Kichik   maktab   yoshidagi   bolalarning   uquvchanligi,   albatta,   o‘smir   va   o‘spirinlarga
nisbatan   yuqori,   lekin   o‘smir   va   o‘spirinlarning   aqliy   rivojlanganligi   boshlangich   sinf
o‘quvchilariga   nisbatan   yuqoridir.   O‘qituvchining   munosabat   uslubi   o‘quvchining   faolligiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.   Kichik     maktab     yoshidagi     o‘quvchi     faolligining      asosan     uch
xil  ko‘rinishi  mavjud  bo‘lib,  bular:  jismoniy,   psixik  va  ijtimoiy  faollikdir.
O‘qituvchining dars jarayonida  har bir o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatishi uchun qulay imkoniyati
bor. O‘quv   faoliyatining   boshlanishi   jarayonida   bolaning   kattalar   va   tengdoshlari bilan
qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola  boshlaydi.  "Bola-katta"  munosabati " bola-
ota-ona"   munosabatidan   tashqarida   yuzaga   keladi.   Chunki,   o‘qituvchi   bolaga   ota-onaga nisbatan   ko‘proq   ravishda   normativ   talablar   qo‘yadi.   Birinchi   bor   maktabga   kelgan   bola
hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘z hatti-harakatlarini   aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina
bolaga   me’yorlar   qo‘yishi,   ularning   hatti-harakatlarini   baholashi,   o‘z   hatti- harakatlarini
boshqalar   bilan   moslashtirishga   sharoit   yaratishi   mumkin.   Boshlang‘ich   sinfda
o‘quvchilar   o‘qituvchi   tomonidan   qo‘yiladigan   yangi   shartlarni   qabul   qiladilar   va
ularning   qoidalariga   to‘la   amal   qilishga   harakat   qiladilar.   Bola   uchun  o‘qituvchi   uning
psixologik   holatini   belgilab   beruvchi   asosiy   figura   hisoblanib,   bu   holat   uning   nafaqat
sinfdagi,   balki,   umuman   tengdoshlari   bilan   bo‘ladigan   munosabatiga,   bu   munosabat   esa
o‘z- o‘zidan   oilas idagi   munosabatlariga   ham   ta’sir   ko‘rs atadi.   Shuningdek,   bu
munosabatlar   uning   o‘quv   faoliyati   muvaffaqiyatini   ham   belgilab   beradi.   O‘qituvchining
o‘quvchilarga   ta’sir   ko‘rsatishi   va   munosabatining   quyidagi   uslublari   mavjud .   Avtoritar
uslub :   bu   qattiqqo‘llik   bo‘lib,   bunda   o‘qituvchi   o‘quvchilarini   so‘zsiz   o‘ziga
bo‘ysunishlarini   talab   etadi.   Lekin,   nima   uchun   qatiqqo‘lliq   qilayotganini   yoki
o‘quvchilariga   nima   uchun   o‘zlarini   shunday   tutishlari   lozimligini   tushuntirib
bermaydi,   shuningdek,   o‘quvchilarni   o‘z   hatti-harakatlarini   mustaqil   boshqarishga   ham
o‘rgatmaydi, o‘qituvchi dars davomida o‘quvchilaridan jim o‘tirishini,  savollarga doimo qo‘l
ko‘tarib, o‘qituvchining ruxsati bilan javob  berishini, o‘qituvchining ko‘rsatmalarini so‘zsiz
bajarishini talab  etadi.
Bunday   pedagoglar   o‘quvchilarning   qiziqishlari   asosida   emas,   balki  asosan  o‘quv  rejasi
asosida   dars   o‘tadilar.   Dars   davomida   ham   bahs-munozara   uchun   deyarli   imkoniyat
yaratilmagan   holda   asosan   o‘qituvchining   fikri   singdiriladi.   O‘quvchilari   bilan   muomala
munosabatda   ham   ularning   individual   psixologik   xususiyatlari,   jumladan,   nerv   tizimining
qo‘zg‘aluvchanlik   darajasini   ham   e’tiborga   olmaydilar.   Bu   uslub   o‘qituvchini   sinfdan,
o‘quvchidan   uzoqlashtiradi.   Emotsional   sovuqlik   sinfda   intizomli   o‘quvchida   yakkalanish,
xavotirlik,   himoya   qilinmaganlik   hissini   ham   yuzaga   keltiradi.   Bu   uslub   sinfda   yuqori
o‘zlashtirish   ko‘rsatkichini   berishi,   lekin   bu   o‘zlashtirish,   asosan,   xotira   sababli   bo‘lib,
lekin  mustaqil   tafakkur,  ijodkorlik,  hozirjavoblik  kabi   xususiyatlarni   rivojlanishdan   ortda
qolishiga   sabab   bo‘ladi,   unda   doimiy   xavotirlik   o‘ziga   nisbatan   ishonchsizlikni   keltirib
chiqaradi.
Avtoritar   uslubdagi   o‘qituvchining   o‘quvchilari   o‘qituvchi   sinfda   bo‘lmagan   vaqtlarda
o‘z-o‘zini   boshqarish   malakasi   bo‘lmaganligi   uchun   ham   intizomga   mutlaqo
bo‘ysunmaydilar.   Bu,   asosan,   to‘polonda   namoyon   bo‘ladi.   Bu   uslub   o‘qituvchining
mustahkam   irodasini   ko‘rsatadi,   lekin   bu   irodada   natijasida   o‘quvchida   "ustozim   meni
yaxshi ko‘radi"  degan fikri emas, balki  qo‘rquv hissi mavjud bo‘ladi. Demokratik uslub   o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida do‘stona  munosabat o‘rnatilishiga
asos   bo‘ladi.   Darsdagi   intizom   majburiy   emas,   balki   muvafaqqiyatga   erishish   garovi
sifatida   bolalar   ijobiy   emotsiyani,   o‘ziga   ishonch,   o‘z   muvafaqqiyati,   yutuklaridan
quvonishi,   do‘stlari   bilan   faoliyatda   hamkorlik   hissini   beradi.   Demokratik   uslub   bolalarni
birlashtiradi. Shu bilan birga o‘zining  faoliyati  natijalariga qiziqish uyg‘otgan holda, o‘zi
uchun   o‘zi   harakat   qilishi   lozimligini   anglatadi,   o‘zini-o‘zi   boshqarishga,   o‘z   h atti-
harakatini  o‘zi  nazorat  qilishga   o‘rgatadi.  Har  bir   ishga   mas’uliyat bilan yondoshish hissi
o‘qituvchining   shu   yoshdagi   bolalar   bilan   demokratik   muomala   munosabati   asosidagina
shakllanadi.
Liberal   uslub   kasbiy     layoqati     yo‘q       bo‘lgan     o‘qituvchilarga     xos   bo‘lgan   uslubdir.
Bunday   o‘qituvchi   dars   jarayonini   yaxshi   tashkil   eta   olmaydi.        Bunday      darslarda      har
bir     bola     o‘z     tarbiyalanganlik   darajasiga  qarab  o‘zini  tutadi.  Bola o‘z  majburiyatlarini
yaxshi   his   qilmaydi.       Muomala       munosabatdagi       liberal       uslub       psixologiya       va
pedagogaka   fanlariga   mutlaqo   zid   uslub   hisoblanib,    bolalar  shaxsini shakllantirish
va   tarbiyalash   jarayonida   bu   usulni   qo‘llab   bo‘lmaydi.        Shunday     kilib,       boshlang‘ich
sinf   o‘quvchilari   bilan   muomala-munosabatdagi    imperativ    uslub,    asosan,    ma’lum
bir   chegaralarga   asoslangan   holda   bola   shaxsi   rivojiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.
Demokratik   uslub o‘qituvchidan  muomala-munosabatda   juda   katta   kasbiy   mahoratni   talab
etgan   holda,   bola   shaxsining   ijobiy   tomonlarini     rivojlantiruvchi   yagona   uslub
hisoblanadi.   Liberal   uslub esa o‘quvchini emotsional  zo‘riqtirmaydi,  lekin uning shaxsi
rivojiga     ham     samarali     ta’sir     ko‘rsatmaydi.     
Jismoniy   faollik   -   sog‘lom   organizmning   harakat   qilishga   bo‘lgan   turli   mavjud
to‘siqlarni   yengishdagi   tabiiy   ehtiyojidir.   Bu   yoshdagi   bolalar   nihoyatda   serharakat
bo‘ladilar.   Bu   jismoniy   h a r a k a t   b o l a n i n g   a t r o f d a g i   n a r s a l a r g a   q i z i q i s h   b i l a n
qarayotganligi,   ularni   o‘rganishga   harakat   qilayotgani   bilan   ham   bog‘liqdir.   Bolaning
jismoniy   va   psixik   faolligi   o‘zaro   bog‘liqdir.   Chunki,   psixik   sog‘lom   bola   xarakatchan
bo‘ladi,   charchagan,   siqilgan   bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik -
bu   normal   rivojlanayotgan   bolaning   atrof   olamdagi   predmetlarni,   insoniy   munosabatlarni
bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik  faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji
ham   tus huniladi.   Maktabga   birinchi   bor   kelgan   bolada   qator   qiyinchiliklar   yuzaga
keladi.   Ularga,   avvalo,   bir   qancha   maktab   qoidalariga   bo‘ysunishi   qiyin   kechadi.
Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchisi   u chun   eng   qiyin   qoida   bu   dars   vaqtida   jim   o‘tirishdir.
O‘qituvchilar   o‘quvchilarning   doimo   jim   o‘tirishiga   harakat   qilishadi,   lekin   kamharakatli,
passiv,   quvvati   kam   bo‘lgan   o‘quvchigina   dars   jarayonida  uzoq  vaqt  jim  o‘tira   oladi.
O‘quvchini qanday qilib   maktab qoidalariga bo‘ysunishga o‘rgatish mumkin? Bu borada o‘qituvchining   o‘quvchilari   bilan   qiladigan   muomala-munosabat   uslubining   ahamiyati
juda   katta.   Kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchilarning   muhim   xususiyatlaridan   biri
ulardagi o‘qituvchiga  ishonch hissi bo‘lib, bunda o‘qituvchining o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish
imkoniyati  juda kattadir.  Bola o‘qituvchini  aql  sohibi, ziyrak,   sezgir, mehribon inson deb
biladi.   O‘qituvchining   obro‘si   oldida   ota-onalar,   oilaning   boshqa   a’zolari,   qarindosh
urug‘larining   nufuzi   keskin   kamayadi.   Shu   sababli,   bolalar   o‘qituvchining   har   bir   so‘zini
qonun   sifatida   qabul   qiladilar.   Demak,   kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchilar   rivojida
yetakchi  bo‘lgan o‘quv faoliyati  o‘qituvchi   shaxsi  va o‘quvchi  bilan munosabat  uslubining
ahamiyati juda kattadir.
  4. Boshlangich sinf o‘quvchilar shaxsining  shakllanishi
O‘quv faoliyati  kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish   jarayonlarining  yuqori
darajada   rivojlanishi,   balki   shaxsiy   xususiyatlarini   rivojlantirish   uchun   ham   imkoniyat
yaratadi.   Yetakchi   bo‘lgan   o‘quv   faoliyatidan   tashqari   boshqa   faoliyatlar   o‘yin,   muloqot   va
mehnat   faoliyati   ham   o‘quvchi   shaxsi   rivojiga   bevosita   ta’sir   ko‘rs atadi.   Bu   faoliyatlar
as os ida   muvaffaqiyatga   eris his h   motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib
topa   boshlaydi. O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘qishda   ma’lum yutuqlarga
erishish   extiyojini   qondirishga,   shuningdek,   tengdoshlari   orasida   o‘z   o‘rniga   ega   bo‘lishiga
imkoniyat  ham  yaratadi.   Aynan   ana   shu   o‘rin   yoki   mavqega   erishish   uchun   ham   bola   yaxshi
o‘qishga   harakat   qilishi   mumkin.   Bu   yoshdagi   bolalar   doimiy   ravishda   o‘zlari   erishgan
muvaffaqiyatini   boshqa   tengdoshlari   muvaffaqiyati   bilan   solishtiradilar.   Ular   uchun   doimo
birinchi   bo‘lish   nihoyatda   muhim.   Kichik   maktab   davrida   bolalardagi   musobaqaga   kirishish
motivi   tabiiy   psixologik   ehtiyoj   hisoblanib,   bu   motiv   ularga   kuchli   emotsional   zo‘riqishni
beradi.   Bu   xususiyatlar   aslida   bog‘cha     davridan   boshlab   yuzaga   kela   boshlaydi   va   kichik
maktab davrida,  shuningdek o‘smirlik davrida ham yakkol ko‘zga tashlanadi. Kichik   maktab
yoshidagi   bolalar   kattalarning   u   haqidagi   fikr   va   bergan   baholariga   qarab,   o‘zlariga   o‘zlari
baho   beradilar.Shuningdek   o‘quvchining   o‘ziga-o‘zi   beradigan   bahosi,   turli   faoliyatlaridagi
muvaffaqiyatlariga   xam   bog‘liq.   Kichik   maktab   yoshidagi   o‘quvchilarda   o‘z-o‘ziga
beradigan baholari  turlicha  - yuqori, adekvat - mos yoki past bo‘lishi mumkin.   Bu yoshdagi
bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi  ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik
kabi   xususiyatlari   ularni   shaxs   sifatida   shakllantirish   uchun   yaxshi   imkoniyat   yaratadi.
Kichik   maktab   davrini   bolaning   turli   faoliyatlarda   muvaffaqiyatga   erishishini   belgilab
beruvchi   asosiy,   shaxsiy   xususiyatlarni   yuzaga   kelish   va   mustahkamlash   davri   deb   hisoblash
mumkin.   Bu   davrda   muvaffaqiyatga   erishish   motivlari   tarkib   topishi   bilan   bir   q a t o r d a , m e h n a t s e v a r l i k   v a   m u s t a q i l l i k   k a b i   s i f a t l a r   rivojlanadi.   Kichik   maktab   yoshidagi
o‘quvchilarda   mehnatsevarlik,   a s o s a n ,   o ‘ q i s h   v a   m e h n a t   f a o l i y a t i d a   r i v o j l a n a d i   v a
mustahkamlanadi.   Mehnatsevarlik   bolada   o‘zi   qilayotgan   mehnati   unga   zavq   bergan
taqdirdagina yuzaga keladi.  
            Bu   davrda   mustaqillikning   poydevori   yuzaga   kelib,   o‘quv   vazifalarini   mustaqil
bajarish   layoqati   yuzaga   keladi.   Kichik   maktab   davrida   boshqarishdan   o‘z-o‘zini
boshqarishga o‘tishi nixoyatda muximdir.
     Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki yo‘nalish asosida amalga oshiriladi.
1. Mustaqillikning  shaxs xislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muxitga bog‘liq Bu
bog‘liqlik   mustaqillikka     bo‘lgan   extiyojni   qondirish   imkoniyatlari   soxasida   va
qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida ifodalanali.
2. Mustaqillikning shaxs xislati sifatida shakllanishida individual xususiyatlar, shaxs
yashaydigan va mexnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga xamda
shaxsning qobiliyatlariga , uning faolligiga bog‘liq bo‘ladi.  
  Bolada   mustaqillik   xususiyatining   shakllanishi   asosan   kattalarga   bog‘liq.   Agar   bola
haddan   ziyod   ishonuvchan,   itoatkor,   ochiq,   xususiyatli   bo‘lsa,   unda   asta-sekinlik   bilan
bo‘ysunuvchanlik,   tobelik   xususiyati   mustahkamlana   boradi.   Biroq   bolani   vaqtli
mustaqillikka   undash,   unda   ba’zi   salbiy   xislatlarning   shakllanishiga   ham   olib   kelishi
mumkin,   chunki   hayotiy   tajribalarini,   asosan,   kimlargadir   taqlid   qilgan   holda
o‘zlashtiradi.   Mustaqillikni   shakllantirish   uchun   bolaga   mustaqil   bajaradigan   ishlarni
ko‘proq topshirish va unga ishonch   bildirish nihoyatda muximdir.Shuningdek, shunday bir
ijtimoiy  psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas’ul  vazifani  mustaqil
bajarishni   topshirish,   bu   ishni   bajarish   jarayonida   bola   o‘zini   tengdoshlari,   kattalar   va
boshqa   odamlarning   lideri   deb   his   qilsin.   Ana   shu   his   bolada   mustaqil   bo‘lishga
undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
7-11 yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay  boshlaydilar. Bolaning o‘z-
o‘zini anglashi ham jadal rivojlana  boradi va mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar
o‘zlarining   ismlariga   yanada   ko‘proq   ahamiyat   bera   boshlaydilar   va   ularning   ismlari
tengdoshlari   va   atrofdagilari   tomonidan   ijobiy   qabul   qilinishiga   harakat   qiladilar.   Bolani
o‘zining   tashqi   ko‘rinishi   va   gavda   tuzilishiga   beradigan   bahosi   ham   o‘z-o‘zini
anglashida   ahamiyati   juda   katta.   Kichik   maktab   davrining   oxiriga   borib   bolalar,
ayniqsa,   qizlar   o‘zlarining   yuz-tuzilishlariga   alohida   e’tibor   bera   boshlaydilar.   Kichik
maktab   yoshidagi   o‘quvchining   o‘quv   faoliyati   jarayonida   o‘zidagi   xulq-atvorni   va
faoliyatni   o‘zi   tomonidan   muvofiqlas htiris h   qobiliyati   rivojlanadi,   ongli     ravishda bir   fikrga   kela   olish   qobiliyati   rivojlanadi,   o‘z   faoliyatini   o‘zi   uyushtirishga   hamda
bilim   olish   jarayoniga   bo‘lgan   qiziqishining   qaror   topishiga   yordam   beradi,   o‘quvchi
xulq- atvorining   motivlashtirishi   ham   o‘zgaradi.   Bunda   do‘stlari   va   jamoaning   fikrlari
asosiy   motivlar   bo‘lib   qoladi.   Axloqiy   his- tuygular   va   shaxsning   irodaviy   xususiyatlari
xam shakllanadi.
     5-6 yoshlarda ko‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab  yillari  davomida
rivojlanadi   va   mustahkamlanadi.   O‘smirlik   davrining   boshlariga   kelib,   juda   ko‘pgina
shaxsiy   fazilatlar   shakllanib   bo‘ladi.   Bolalarning   individualliklari   ularning   bilish
jarayonida   ham   ko‘rinadi.   Bu   davrda   bolalarning   bilimlari   kengayadi   va   chuqurlashadi,
ko‘nikma   va   malakalari   takomillashadi.   3-4   sinflarga   borib,   aksariyat   bolalarda   umumiy
va   maxsus   layoqatlar   ko‘zga   tashlanadi.   Kichik   maktab   davrida   hayot   uchun   nihoyatda
ahamiyatli   bo‘lgan   muvaffaqiyatga   erishish   motivi   mustahkamlanadi,   bu   esa   o‘z-o‘zidan
boshqa layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Bu   yoshdagi   bolalarda   idrok,   diqqat,   xotira,   tafakkur   va   nutq
to‘liq   shakllanib   bo‘lgani   uchun   ham   ularga   ta’lim   beris hda
kattalarga   qo‘llaniladigan   uslublardan   xam   foydalanish   mumkin.   Kichik
maktab   yos hidagi   bolalar   s haxs i   rivojlanis higa   ularning
atrofidagi   odamlar,   ota-onasi   va   ayniqsa   o‘qituvchi   bilan   bo‘ladigan
munosabati   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   3-4   sinflarga   borib   bola   uchun
uning   o‘rtoqlari   bilan   munosabatining   ham   ahamiyati   ortadi.   Bu
munosabatlardan k a t t a l a r   t a ’ l i m - t a r b i y a   m a q s a d l a r i d a   foydalanishlari   mumkin.   Bu
yoshdagi   bolalar   soatlab   yolg‘iz   holda   sevimli   mashg‘ulotlari   bilan   shug‘ullanishlari
mumkin va shu asosda  ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Tavsiya qilingan asosiy adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: O’zbekiston 
nashriyoti 2019 y
2. X.I.Ibragimov Pedagogik-psixologiya. O’quv 
qo’llanma .O’zbekiston milliy jamiyatinashriyoti.T:2009y
3. Sh.Do’smuxammedova, X.A..Tillshayxova G.Baykusunova, 
G.Ziyavitdinova Umumiy psixologiya 2-kitob. Darslik. T.:2020 y
4. D.A.Nurkeldiyeva, Ya.Ye.Chicherina. Ilk maktabgacha va 
Kichik maktab yoshidagi bolalarni psixologik, pedagogik va 
logopedik tekshirish.  Uslubiy qo’llanma. T.:Yangi avlod 2007y
5. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiyasi. - 
Toshkent,
1998 y.
6. Sherbakov A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan
praktikum. Toshkent, 1991.
7. Xoliqov   A.A.   Pedagogik   mahorat.   Darslik.   –   T.:   IQTISOD-
MOLIYA ” ,  2011.- 425 b.
8. Ibragimov   X.I.,   Abdullayeva   Sh.A.   Pedagogika   nazariyasi.
Darslik.  - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008 .
9. O‘zbek   pedagogikasi   antologiyasi.   1-jild.   Tuzuvchi-mualliflar:
K.Hoshimov,   S.Ochil.   –Toshkent   “O‘qituvchi”,   1995;   2-jild.
Tuzuvchi-mualliflar   S.Ochil,   K.Hoshimov   –Toshkent
“O‘qituvchi”, 1999 y
10. Po’latova P. M. Maxsus pedagogigka – T.:  2005.

KIChIK MAKTAB YoShIDAGI BOLALAR PSIXIKASI Reja: 1.Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishi. 2.Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi. 3.O‘quv faoliyatining xususiyatlari. 4.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar shaxsining shakllanishi.

1. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishi Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bola , fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi . Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsning shakllanishidagi o‘rni nihoyatda katta. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson ongining turli funksiyalari mazmunini egallaydi , insoniy an’analar asosida harakat qilishni o‘rganadi , o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham yuklatilganligini his eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari, majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Bu davrda bolaning " Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak " motivi u stunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish

kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki hatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xoxlayotgan narsalarni hamda, o‘z oilas ida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar hatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab ' 'Men yaxshi bolaman” emas, balki bu hatti- harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. 2. Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. 6 yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 3000-7000 so‘zni ishlatadi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani afzalu, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o‘z jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o‘zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 yoshli bolalarning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki ular o‘z fikrlarini bayon etish uchun gina emas, balki o‘z suxbatdoshining diqqatini o‘ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar. Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni to‘g‘ri yozishga ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga o‘rganishi zarur. Yozma nutqni egallash asosida bolalarda turli matnlar hakida ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada o‘zi yozgan fikrlarni, so‘z va harflarni nazorat etish malakasi hali rivojlanmagan bo‘ladi. Lekin unga ijod qilis h imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o‘quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to‘plash, muhim jihatlarini ajratib olish, reja tuzish , uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to‘g‘ri tuzish, aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini to‘g‘ri q o ‘ y i s h , o ‘ z h o t a l a r i n i t o p a o l i s h v a t o ‘ g ‘ r i l a s h a q l i y

rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. O‘qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchining aql-idroki, , sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida ularning bilimlar ko‘lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshdagi bolalar o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasini yuqori bo‘lishi juda muhim. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ha m s u ra t va ra s m la rd a n im al ar a ks et ga ni ni r ea l h ay ot ga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladilar. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligani anglaydi, ajratadi va o‘z munosabatini bildira oladi. O‘quv faoliyati psixik funksiyalarni yuqori rivojlanganlik darajasini talab etadi. Bolaning diqqati, xotira va tasavvuri mustaqil tus ola boshlaydi. Lekin, odatdagi holat va vaziyatlarda bolaga o‘z psixik funksiyalarini yuqori darajada tashkil etish hali birmuncha murakkablik tug‘diradi. 6-7, 10-11 yoshli bolalar bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik irodaviy zo‘riqish asosidagina, bola o‘zini atrofdagilarning talabi yoki shaxsiy harakatga intilgandagina yuzaga kelishi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatni irodaviy zo‘r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo‘lmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq rivojlangan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida beixtiyor his-tuyg‘ular uyg‘otadi, irodaviy zo‘riqishsiz, osongina fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1-2 sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - uning yetarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular o‘z diqqatlarini muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat ob’ektlar ustida uzoq tura olmaydi. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam,

kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar yechish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli dikkat tarkib topadi. Bu yoshdagi bolada ixtiyoriy diqqatni to‘plash, tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli ravishda boshqarish uquvi shakllana boshlaydi. Kichik maktab yoshidaga bola ma’lum darajada o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil rivojlantira oladi. U o‘z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishni so‘z bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish so‘zsiz bolaning diqqatini tashkil eta oladi va rivojlantiradi. Ularda ixtiyorsiz diqqat usgunlik qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar so‘zsiz o‘z diqqatlarini aqliy masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy kuchni va yuqori motivatsiyalarni tashkil etilishini talab qiladi. Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog‘lomligida, uning bilish faolligida ko‘rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Bola o‘ynab turib, olam sir- sinoatlari, sabab- hodisalari va bog‘liqlaridan xabardor bo‘lishga intiladi. Masalan, bola o‘zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo‘lsa, u shunchalik ko‘p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bo‘ladi. Bolani qor, yomg‘ir qanday yog‘ishi, quyosh kechasi qaerda bo‘lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bo‘lgan masofani bilish juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «qanday kilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli tafakkurdir. 6-10 yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin, bu yosh asosan ko‘rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv bo‘lgan davr hisoblanadi, Aqliy rivojlanish ijtimoiy omillar bilan belgilanadi -individ ijtimoiy munosabatlar bilan o‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga o‘tishi uning atrof-hayotdagi narsa- hodisalarga nisbatan fikrini va munosabatlarini o‘zgarishiga olib keladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash tahlil qilishning turli usullarini qo‘llashdek o‘ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi bolalar va o‘smirlardan farq qiladi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarni kamol toptirishning garovidir. Dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. Bu holat, albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchi