logo

Ko‘makchilar

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

56.5 KB
Ko ‘ makchilar
Reja:
1)   Sof ko‘makchilar
2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchi-lar          Ot ,  olmosh ,  harakat   nomi   va   sifatdoshdan   keyin   kelib ,  ularni   boshqa  
so ‘ zga  ( ko ‘ pincha   fe ’ lga )  grammatik   jihatdan   tobelanishini   ta ’ minlay -
digan   so ‘ zlar   ko ‘ makchi   deyiladi .  Ko ‘ makchilar   gapda   o ‘ zidan   oldingi  
mustaqil   so ‘ zlar   bilan   birikib   ularga   vosita ,  maqsad ,  sabab ,  payt , 
makon   kabi   ma ’ nolarni   qo ‘ shadi   va   shu   so ‘ zlar   bilan   birga   bitta   gap  
bo ‘ lagi   vazifasini   bajaradi . 
      Ko‘makchilar   kelib   chiqishiga     ko‘ra:   sof   ko‘makchilar   va   vazifadosh
ko‘makchilardan iborat bo‘ladi: 
       1)   sof ko‘makchilar  lug‘aviy  ma’nosini  batamom yo‘qotgan:  bilan, uchun,
kabi, singari, uzra, sayin, qadar  singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi; 
             2)   ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlarga   tomon, boshqa, sababli,
orqali,  tufayli,  qarab,  qaramay,  so‘ng,  tashqari,  beri,  ko‘ra,  chog‘li, uzra   singari
so‘zlar kiradi. 
                  Ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanadigan   so‘zlar   guruhi   tarkiban   qo‘yi-dagi
mustaqil   so‘zlarning   nutqda   ko‘makchi   vazifasida   ishlatilishi,   ya’ni
grammatikalizatsiyalashuvi   natijasida   yuzaga   keladi:   a)   ot   ko‘makchi-lar   nutqda
ham   mustaqil   ma’noda,   ham   ko‘makchi   vazifasida   ishlatila-digan   ot,   sifat   yoki
ravish   turkumiga   mansub   bo‘lgan   quyidagi   so‘zlar-dan   tashkil   topadi:   tomon,
tashqari,   bo‘yi,   chamasi,   holda,   yo‘sinda   kabi   otlardan;   sababli,   tufayli,   orqali,
qarshi,   chog‘li,   doir,   muvofiq,   o‘zga,   boshqa   kabi   sifatlardan;   burun,   ilgari,
keyin,beri,  buyon,asosan,   binoan, so‘ng      singari   ravishdan  iborat   bo‘ladi;   b)   fe’l
ko‘makchilar   sifatdosh   yoki   ravishdosh   shakllaridagi   fe’llardan   birining   nutqda
ko‘makchi   vazifasida   ishlatilishi   natijasida   yuzaga   keladi.   Ular:   ko‘ra,   yarasha ,
qarab,   qaramasdan,   qaramay,   boshlab,   tartib,   qaraganda,   qarata,   degan,   osha,
deydigan  kabi so‘zlardan iborat.
Ko‘makchilar   o‘zgarmaydi,   ya’ni   turlanmaydi   yoki   boshqa   turkumlardan
yasalmaydi. Ayrim kelishikdagi so‘zlarni boshqaradi. Shunga ko‘ra, ko‘makchilar
quyidagi guruhlarni tashkil qiladi: 1.   Bosh   kelishikdagi   so‘z   (ba’zan   qaratqich   kelishigidagi   olmosh)   bilan
qo‘llanadigan   ko‘makchilar:   bilan,   uchun,   kabi,   singari,   sari,   orqali,   sayin,
bo‘ylab,   bo‘yicha,   uzra,   yanglig‘,   tufayli,   chog‘li,   osha,   bo‘yicha   kabilar.   Bu
guruhga mansub ko‘makchilar quyidagi munosabatlarini ifodalaydi: 
Bilan   ko‘makchisi   birgalik,   hamkorlik,   qurol,   vosita,   jarayon   yoki
harakatning   sodir   bo‘lish   holati   kabi   ma’nolarni   va   harakat   nomlari   bilan   birga
kelib, bir harakat ketidan ikkinchisining tez boshlanishi ma’nosini bildiradi.   Bilan
ko‘makchisi   badiiy   adabiyotda   birlan,   birla,   -ila,   -la   tarzda   ham   ishlatiladi.
Bunday holda u o‘zakdan chiziqcha bilan ajratilib yoziladi:  Sen-la ko‘nglim har on
bo‘lur shod .  
                Uchun   ko‘makchisi   maqsad,   sabab,   atalganlik,   evaz   kabi   ma’no-larni
ifodalaydi   va   ot,   olmosh,   harakat   nomidan   keyin   keladi:   insoniyat   uchun
qayg‘rurmoq,   o‘qimagani   uchun   tushunmaslik,   kitoblarni   sen   uchun   oldim.
yashash uchun kurashmoq. 
            Uchun   ko‘makchisi   she’riyatda   chun   tarzda   ham   ishlatilai.   Bunday   holda   -
chun o‘zkdan chiziqcha bilan ajratiladi. Shuningdek,   uchun   ko‘makchisi -gina, -dir
affikslarini   ham   olishi   mumkin:   Lekin   nima   uchundir   uning   bu   yovuz   maqsadi
hech ijobat topmasdi.             
           Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol)  ko‘makchilari o‘xshatish, solishtirish,
qiyoslash   ma’nosini   ifodalashiga   ko‘ra   ma’nodoshdir:   xamirdan   qil   sug‘urgan
(kabi) singari yengil. 
Sayin   ko‘makchisi   vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga kelib, ish-harakatning
muayyan   vaqt   ichida   yoki   harakatning   bir   yo‘la   sodir   bo‘lishi,   davomiylik   kabi
ma’nolarni ifodalaydi:   Respublikamiz yil sayin gulga burkanmoqda.   Do‘l   borgan
sayin kuchaymoqda edi.
Sari   ko‘makchisi   ish-harakatning   yo‘nalishini   ifodalaydi.   Bunda   sari
ko‘makchisi   tomon   ko‘makchisiga sinonim bo‘ lishi mumkin:    kucha sari   -   kucha
tomon, yorug‘lik sari  -  yorug‘lik tomon. Sababli,   tufayli   ko‘makchilari   sodir   bo‘layotgan   ish-harakatning   sababini
bildiradi:   U   shunday   qadrli   mehmon   kelishini   oldinroq   bilmagani   sababli
tayyorgarlik ko‘ra olmaganidan xijolatda edi.
Orqali   ko‘makchisi   ish-harakat   sodir   bo‘lishda   vosita   bo‘lgan   narsani   yoki
ish-harakat   sodir   bo‘lishida   vosita   bo‘lgan   o‘rin   ma’nosini   ifodalaydi: .   Salimjon
uyiga  paxtazor orqali q aytdi.
Osha,   bo‘ylab,   uzra   ko‘makchisi:   1.Ish-harakatning   boshqaril-gan   so‘zdan
anglashilgan   vaqt   davomida   sodir   bo‘lishini   ifodalaydi:   Yillar   osha   gurkiraydi
jonajon Vatan . 2.Ish-harakatning boshqarilgan so‘zdan anglashilgan o‘rin bo‘ylab
sodir   bo‘lishini   anglatadi:   Oltin   vodiylar   osha(uzra)   yangrasin   qo‘shiq.   Jahon
bo‘ylab(uzra) yangrar bir ovoz.
Bo‘yicha//bo’yincha   ko‘makchisi:   1)   moslk,   mutanosiblik   ma’no-sini
ifodalaydi:  Darslar o‘qu v  jadvali   bo‘yicha olib boriladi. 2)   chegara-lash ma’nosini
bildiradi:  Rektorning xo‘jalik shilari bo‘yicha o‘rin-bosari.
2. Jo‘nalish kelishigidagi   so‘z bilan qo‘llanadigan  ko‘makchi-lar:   qadar,
dovur,   ko‘ra,   qarab,   qaraganda,   yarasha,   tomon,   qarshi,   doir,   binoan,   qarata
kabilar.   Bu   ko‘makchilar   yo‘nalish,   chegara,   o‘lchov,   sabab,   maqsad
munosabatlarini ifodalaydi.
Tomon   ko‘makchisi   makon   va   payt   munosabatini   ifodalaydi   va   quyidagi
ma’nolarni   ifodalaydi:   1)   yo‘nalish     bildiradi:   U   yo’lakka     tomon   yurib   keldi.   2)
payt bildiruvchi so’zlar bilan birga kelib, taxminiy vaqtni bildiradi:  Kechga tomon
talabalar tarqalishdi.
Qadar   ko‘makchisi   ish-harakatning   o‘rin   va   vaqt   jihatidan       chegarasini
ifodlaydi: kechga qadar, peshinga qadar, maktabga qadar. 
Ko‘ra    ko‘makchisi sabab, ayirib, ta’kidlab  ko‘rsatish  ma’nosini ifodalaydi:
Uning mo‘ljaliga ko‘ra Siddiqjon yana qasam ichiish, yur deb qistashi kerak edi.
(A. Q.) 
  Bu   ko‘makchi   chiqish   kelishigidagi   so‘zlar   bilan   birga   kelganda   qiyoslash,
solishtirish ma’nosi anglashiladi:  O‘rtadan ko‘ra pastroq. Qarshi   ko‘makchisi   zidlik   ma’nosini   bildiradi:   Baxtga   qarshi   bugun   eng
orqaga o‘tirdim.  
Qarab   ko‘makchisi     quyidagi   ma’nolarni     anglatadi:   1)   harakat   yo‘nalgan
tomon ma’nosini:   Nega kimsasiz sohilga qarab ketayotganini o‘zi bilmas edi.   Bu
ma’noda   qarab   ko‘makchisiga   tomon   ko‘makchisi   sinonim   bo‘lishi   mumkin:
qishloqqa qarab ketdi  -  qishloqa tomon ketdi.  2) asos, miqdor, o‘lchov ma’nosini:
Ishlaganiga qarab haq oladi.   Bu ma’noda    qarab    ko‘makchisi   o‘rnida    yarasha
ko‘makchisi  qo‘llanishi
mumkin:  mehnatiga qarab-   mehnatiga yarasha. 
Bulardan   tashqari,   qaraganda   ko’makchisi   ayirib   ko‘rsatish,   ta’kidlash,
qiyos,   solishtirish   ma’nosini;   qaramasdan,   qaramay   ko‘mak-chisi   to‘siqsizlik
ma’nosini;   yarasha   ko‘makchi   teng,   mos,   loyiq,   monand   ma’nolarini;   doir
ko‘makchisi   aloqadorlik,   bog‘liqlik   ma’no-sini,   asosan,   binoan;   muvofiq
ko‘makchisi   biror   ish-harakatning   sodir   bo‘lishida   asos,   tayanch,   manba   bo‘lgan
obyekt   ma’nosini,   qarata   ko‘makchisi   ish-harakat   yo‘nalgan   narsa,   shaxs,   joy,
tomon ma’nosini bildiradi. 
Chiqish   kelishigidagi   so‘z   bilan   qo‘llanadigan   ko‘makchilar :   ilgari,
burun, avval, keyin, bari, buyon, boshqa, tashqari, boshlab, tortib,   bo‘lak, o‘zga
kabilar.
So‘ng   ko‘makchisi   ish-harakatning   tugallanishini   bildiradi:   ishdan   so‘ng,
darsdan   so‘ng   kabi.   Bu   ko‘makchi   chiqish   kelishigidagi   u,   bu,   shu   olmoshlari
bilan   birga   kelganda   biror   ish-harakatdan   keyin   ikkinchisi   sodir   bo‘lganini
anglatadi:  Shundan so‘ng Gulnor har minut sayin kulaverdi. (O.) 
Keyin   ko‘makchisi   so‘ng   ko‘makchisining   sinonimi   hisoblanadi.   Keyin
ko‘makchisi   so‘ng   ko‘makchisidan   farqli   ravishda   sabab,   ta’kid   bildirishi   ham
mumkin.   Masalan:   Yurtning   og‘zi   kattasi   bo‘lgandan   keyin   har   nima   qilish
qo‘lidan keladi. (A.Q.) 
Boshqa,   tashqari,   bo‘lak,   o‘zga   ko‘makchilari   mustasnolik   ma’nosini
ifodalaydi:   Kampir   anhorga   tikildi,   nishab   oqayotgan   suvda   o‘zining   aksidan boshqa(tashqari,bo‘lak)   hech     narsa   ko‘rinmadi.   (I.R.)   Sendan   o‘zga   jonon
ko‘rinmas ko‘zga. (Muqimiy.) 
Beri, buyon  ko‘makchilari ko‘pincha harakatning    boshlanish    vaqti    bilan
bog‘liq  bo‘lgan  payt oralig‘i ma’nosini ifodalaydi:  Undan bir oydan beri (buyon)
darak yo‘q.
Shuningdek,   nari   (nariga)   ko‘makchisi   ish-harakatning   chegarasi   yoki
darajasini,   burun,   ilgari   ko‘makchilari   ish-harakatning   o‘tgan   zamonda   sodir
bo‘lganligini,   boshlab, tortib   ko‘makchilari esa ish-harakatning sodir bo‘lishidagi
boshlang‘ich vaqt, o‘rini, manbai ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi.
              Ko‘makchi   otlar   o‘zining   leksik   ma’nolarini   saqlagan   mustaqil   so‘z
bo‘lishiga qaramay, ularning ma’nolari ko‘pincha metaforik usulda ko‘chgan holda
yordamchi so‘zlar kabi munosabatlarni bildirib keladi.  Xususan,   ost, ust,old, orqa,
yon,   ich,   ora,   bosh,   o‘rta   so‘zlari   ko‘makchi   otlardir.   Ko‘makchi   otlar,   asosan,
belgisiz qaratqich kelishigidagi   so‘z-dan keyin kelib, mazkur so‘zlarni o‘zi o‘rin-
payt va chiqish kelishigi hamda egalik qo‘shimchalarini qabul qilgan holda fe’lga
bog‘lash uchun xizmat  qiladi:   yer ostidan qaramoq, bir hafta ichida uchrashmoq
kabi. Ko‘makchi  ot  vazifasida  keluvchi  bu so‘zlar  belgili  qaratqich kelishigi-dagi
ot   bilan   birikkanda,   o‘z   mustaqil   lug‘aviy   ma’nosini   saqlaydi.   Masalan   uyning
ichida, binoning yonida, poydevorning ostidan  kabi. ADA BIY OTLA R
1. М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 
1978.
2. Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , 
Х.Дониёров  Хозирги њзбек адабий тили. Т ., « Укитувчи » 1980.
3. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992.
4. А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., 
«Укитувчи» 1981.
5. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993.
6. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек 
адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979.
7.   N. Turniyozov  A.Rahimov  O‘zbek   tili (ma’ruzalar matni)
8. www.ziyonet.uz

Ko ‘ makchilar Reja: 1) Sof ko‘makchilar 2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchi-lar

Ot , olmosh , harakat nomi va sifatdoshdan keyin kelib , ularni boshqa so ‘ zga ( ko ‘ pincha fe ’ lga ) grammatik jihatdan tobelanishini ta ’ minlay - digan so ‘ zlar ko ‘ makchi deyiladi . Ko ‘ makchilar gapda o ‘ zidan oldingi mustaqil so ‘ zlar bilan birikib ularga vosita , maqsad , sabab , payt , makon kabi ma ’ nolarni qo ‘ shadi va shu so ‘ zlar bilan birga bitta gap bo ‘ lagi vazifasini bajaradi . Ko‘makchilar kelib chiqishiga ko‘ra: sof ko‘makchilar va vazifadosh ko‘makchilardan iborat bo‘ladi: 1) sof ko‘makchilar lug‘aviy ma’nosini batamom yo‘qotgan: bilan, uchun, kabi, singari, uzra, sayin, qadar singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi; 2) ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlarga tomon, boshqa, sababli, orqali, tufayli, qarab, qaramay, so‘ng, tashqari, beri, ko‘ra, chog‘li, uzra singari so‘zlar kiradi. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar guruhi tarkiban qo‘yi-dagi mustaqil so‘zlarning nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi, ya’ni grammatikalizatsiyalashuvi natijasida yuzaga keladi: a) ot ko‘makchi-lar nutqda ham mustaqil ma’noda, ham ko‘makchi vazifasida ishlatila-digan ot, sifat yoki ravish turkumiga mansub bo‘lgan quyidagi so‘zlar-dan tashkil topadi: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda kabi otlardan; sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa kabi sifatlardan; burun, ilgari, keyin,beri, buyon,asosan, binoan, so‘ng singari ravishdan iborat bo‘ladi; b) fe’l ko‘makchilar sifatdosh yoki ravishdosh shakllaridagi fe’llardan birining nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi natijasida yuzaga keladi. Ular: ko‘ra, yarasha , qarab, qaramasdan, qaramay, boshlab, tartib, qaraganda, qarata, degan, osha, deydigan kabi so‘zlardan iborat. Ko‘makchilar o‘zgarmaydi, ya’ni turlanmaydi yoki boshqa turkumlardan yasalmaydi. Ayrim kelishikdagi so‘zlarni boshqaradi. Shunga ko‘ra, ko‘makchilar quyidagi guruhlarni tashkil qiladi:

1. Bosh kelishikdagi so‘z (ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, sari, orqali, sayin, bo‘ylab, bo‘yicha, uzra, yanglig‘, tufayli, chog‘li, osha, bo‘yicha kabilar. Bu guruhga mansub ko‘makchilar quyidagi munosabatlarini ifodalaydi: Bilan ko‘makchisi birgalik, hamkorlik, qurol, vosita, jarayon yoki harakatning sodir bo‘lish holati kabi ma’nolarni va harakat nomlari bilan birga kelib, bir harakat ketidan ikkinchisining tez boshlanishi ma’nosini bildiradi. Bilan ko‘makchisi badiiy adabiyotda birlan, birla, -ila, -la tarzda ham ishlatiladi. Bunday holda u o‘zakdan chiziqcha bilan ajratilib yoziladi: Sen-la ko‘nglim har on bo‘lur shod . Uchun ko‘makchisi maqsad, sabab, atalganlik, evaz kabi ma’no-larni ifodalaydi va ot, olmosh, harakat nomidan keyin keladi: insoniyat uchun qayg‘rurmoq, o‘qimagani uchun tushunmaslik, kitoblarni sen uchun oldim. yashash uchun kurashmoq. Uchun ko‘makchisi she’riyatda chun tarzda ham ishlatilai. Bunday holda - chun o‘zkdan chiziqcha bilan ajratiladi. Shuningdek, uchun ko‘makchisi -gina, -dir affikslarini ham olishi mumkin: Lekin nima uchundir uning bu yovuz maqsadi hech ijobat topmasdi. Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol) ko‘makchilari o‘xshatish, solishtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra ma’nodoshdir: xamirdan qil sug‘urgan (kabi) singari yengil. Sayin ko‘makchisi vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga kelib, ish-harakatning muayyan vaqt ichida yoki harakatning bir yo‘la sodir bo‘lishi, davomiylik kabi ma’nolarni ifodalaydi: Respublikamiz yil sayin gulga burkanmoqda. Do‘l borgan sayin kuchaymoqda edi. Sari ko‘makchisi ish-harakatning yo‘nalishini ifodalaydi. Bunda sari ko‘makchisi tomon ko‘makchisiga sinonim bo‘ lishi mumkin: kucha sari - kucha tomon, yorug‘lik sari - yorug‘lik tomon.

Sababli, tufayli ko‘makchilari sodir bo‘layotgan ish-harakatning sababini bildiradi: U shunday qadrli mehmon kelishini oldinroq bilmagani sababli tayyorgarlik ko‘ra olmaganidan xijolatda edi. Orqali ko‘makchisi ish-harakat sodir bo‘lishda vosita bo‘lgan narsani yoki ish-harakat sodir bo‘lishida vosita bo‘lgan o‘rin ma’nosini ifodalaydi: . Salimjon uyiga paxtazor orqali q aytdi. Osha, bo‘ylab, uzra ko‘makchisi: 1.Ish-harakatning boshqaril-gan so‘zdan anglashilgan vaqt davomida sodir bo‘lishini ifodalaydi: Yillar osha gurkiraydi jonajon Vatan . 2.Ish-harakatning boshqarilgan so‘zdan anglashilgan o‘rin bo‘ylab sodir bo‘lishini anglatadi: Oltin vodiylar osha(uzra) yangrasin qo‘shiq. Jahon bo‘ylab(uzra) yangrar bir ovoz. Bo‘yicha//bo’yincha ko‘makchisi: 1) moslk, mutanosiblik ma’no-sini ifodalaydi: Darslar o‘qu v jadvali bo‘yicha olib boriladi. 2) chegara-lash ma’nosini bildiradi: Rektorning xo‘jalik shilari bo‘yicha o‘rin-bosari. 2. Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchi-lar: qadar, dovur, ko‘ra, qarab, qaraganda, yarasha, tomon, qarshi, doir, binoan, qarata kabilar. Bu ko‘makchilar yo‘nalish, chegara, o‘lchov, sabab, maqsad munosabatlarini ifodalaydi. Tomon ko‘makchisi makon va payt munosabatini ifodalaydi va quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1) yo‘nalish bildiradi: U yo’lakka tomon yurib keldi. 2) payt bildiruvchi so’zlar bilan birga kelib, taxminiy vaqtni bildiradi: Kechga tomon talabalar tarqalishdi. Qadar ko‘makchisi ish-harakatning o‘rin va vaqt jihatidan chegarasini ifodlaydi: kechga qadar, peshinga qadar, maktabga qadar. Ko‘ra ko‘makchisi sabab, ayirib, ta’kidlab ko‘rsatish ma’nosini ifodalaydi: Uning mo‘ljaliga ko‘ra Siddiqjon yana qasam ichiish, yur deb qistashi kerak edi. (A. Q.) Bu ko‘makchi chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan birga kelganda qiyoslash, solishtirish ma’nosi anglashiladi: O‘rtadan ko‘ra pastroq.