logo

Ko’makchilar stilistikasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

59.0693359375 KB
1O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM
VAZIRLIGI 
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA
FAKULTETI 
O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
KURS ISHI
Fan:  O‘zbek tilining grammatik uslubiyati              
muammolari
Mavzu:  Ko’makchilar stilistikasi
                             Fan o‘qituvchisi :   Prof. S. Karimov
                      Bajaruvchi:  1-kurs magistranti Burhonova Malika
Hisobot O‘zbek tilshunosligi kafedrasining __-yil __-fevraldagi
__-son yig’ilishida ko’rib chiqildi. (Ro‘yxat raqami __)
Kurs ishiga __ ball qo’yildi.
                                          Komissiya raisi:           _______________
                                           Komissiya a’zolari:      _______________
                                                                                                                                     ______________________
                            
______________________ 2Mavzu:  Ko`makchilar stilistikasi
Reja:
1. O`zbek tilshunosligida ko`makchilar va ularga xos bo`lgan funksional-
stilistik xususiyatlarning o`rganilishi.
2. Sof  ko`makchilarning stilistik xususiyatlari.
3.  Funksional ko`makchilarning stilistik xususiyatlari.
4. Ko`makchilar sinonimiyasi. 3Kirish
So‘zlarni turkumlarga ajratish masalasi antik davrdan buyon tilshunoslikning
asosiy   muammolaridan   biri   sifatida   mutaxassislar   diqqatini   o‘ziga   jalb   etib
kelmoqda.   Qadimgi   hind   tilshunosligidan   quvvatlangan   arab   tilshunosligida   ham
so‘zlar   ism,   fe’l   va   harf(yordamchi)larga   ajratilgan.   Buyuk   qomusiy   olimlarimiz
Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher
Navoiy   va   boshqalarning   lingvistik   qarashlarida   ham   bu   borada   fikr-mulohazalar
bildirilgan. 
Jumladan,   Farobiy   so‘z   turkumlarini   tasniflashda   arab   grammatikasi
an’analariga asoslanib, ot, fe’l va  harflarga ajratadi. U ot va fe’llarning grammatik
kategoriyalari haqida so‘z yuritib, ot va fe’llar uchun jins (er-xotinlik), son (birlik-
ikkilik-uchlik) kategoriyalari xos ekanligini, shu bilan fe’llarning o‘ziga xos belgisi
zamon (o‘tgan-hozirgi-kelasi zamon) bildirishi ekanligini ta’kidlaydi.
Buyuk   tilshunos   alloma   Mahmud   Koshg‘ariy   ham   arab   tilshunosligi
an’analari   asosida   turkiy   tillarda   ham   uchta   so‘z   turkumi   borligini   e’tirof     etadi:
otlar (ismlar), fe’llar va yordamchilar (harflar). U bu so‘z turkumlari ichida ayniqsa
fe’llarni chuqur tahlil etadi. Fe’llarning zamon, nisbat shaxs kategoriyalari haqida
qimmatli ma’lumotlar beradi.
Tilshunoslik   ilmining   asoschilaridan   biri   Mahmud   Zamaxshariy   bu   borada
juda   sermaxsul   ijod   qilgan.   U   ko‘p   o‘rinlarda   hatto   arab   tili     grammatikasining
asoschisi   sifatida   e’tirof   etiladi.   Zamaxshariyning   grammatikaga   doir   asarlari
ichida   “Al-Mufassal”   arab   tili   morfologiyasi   va   sintaksisini   o‘rganishda   eng
muhim qo‘llanma sifatida SHarqda ham, G‘arbda ham katta shuhratga ega bo‘lgan.
Bundan   tashqari,   uning   “Muqaddimat   ul-adab”   asari   ham   tilshunoslik   fani   uchun
muhim   qimmatga   egadir.   Asarda   so‘z   turkumlari   besh   qismdan:   1)   ot;   2)   fe’l;   3)
bog‘lovchilar; 4) ot o‘zgarishlari; 5) fe’l o‘zgarishlaridan iborat deyilgan.
O‘zbek   tili   taraqqiyotida   muhim   o‘rin   tutgan   namoyandalardan   biri     –
Alisher   Navoiydir.   Alisher   Navoiyning   morfologik   qarashlari   “Muhokamat   ul   -
lug‘atayn»   asarida   bayon   qilingan.   U   ham   o‘sha   davrdagi   arab   grammatikasi
an’anasiga   ko‘ra,   so‘zlarni   uch   guruhga   ismlar,   fe’llar   va   harakatlar
(yordamchilar).   Vaholanki,   Alisher   Navoiy   so‘z   turkumlarini   tasnif   etishda   arab
sarfi   an’anasiga   bo‘ysunsa   ham   lekin   turk   tilining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini,
otlarning   va   fe’llarning   xarakteri   morfologik   jihatlarini   zukko   tilshunos   sifatida
ochib berdi 1
. 
  O‘zbek   tilining   rus   turkiyshunoslari   tomonidan   o‘rganilishi   XIX   asrning
ikkinchi   yarmidan,   ya’ni   chor   Rossiyasi   O‘rta   Osiyoni   ishg‘ol   etganidan   so‘ng
1
  Бу ҳақда кенгроқ маълумот олиш учун қаранг:  Элтазаров Ж. Сўз туркумлари ҳақидаги лингвистик назариялар. – 
Самарқанд: СамДУ нашри ,  1996.  11-92 бетлар. 4boshlangan.   Dastlab   o‘zbek   tilini   o‘rganish   bo‘yicha   turli   qo‘llanmalar,   harbiy
tarjimonlik kitoblari, mustaqil o‘rganish va so‘zlashuv kitoblari yozilgan va nashr
etilgan. 
Bu   kitoblardan   ko‘zlangan   maqsad   O‘rta   Osiyoda   harbiy   xizmatini
o‘tayotgan yoki turli amaldorlik vazifalarini bajarayotgan ruslar uchun o‘zbek tilini
amaliy ravishda o‘rgatishdan iborat edi. 51.   O‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilar   va   ularga   xos   bo‘lgan   funksional-
stilistik xususiyatlarning o‘rganilishi.
Turkiy   tillarda,   jumladan   o`zbek   tilida   ham   ko’makchi   ko’pdan   buyon
tilshunoslikning   tekshirish   manbayi   bo’lib   kelmoqda.   O’zbek   tilidagai
ko’makchiga   birinchi   bo’lib   mukammal   ta’rifni   A.N.Kononov   bergan:
“Ko’makchilar   shunday   bir   gruppa   so’zlarki,   ular   ot   bilan   yoki   obyekt   bilan
predikat   orasidagi   qurol-   vosita,   maqsad-sabab,   payt,   masofa,   o’xshatish   kabi
munosabatning   yaratilishiga   xizmat   qiladi”.
Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida o‘rganish ob’ekti bo‘lgan va buning natijasida
katta-kichik   maqolalardan   tortib,   monografik   yo‘nalishdagi   ishlar   yuzaga   kelgan.
Jumladan,   H.Berdiyorovning   «Hozirgi   zamon   o‘zbek   adabiy   tilida
so‘ngko‘makchilar» mavzuidagi (Samarqand, 1949), X.T.Axtamovaning «Hozirgi
o‘zbek   adabiy   tilida   murakkab   analitik   so‘ngshakllar»   nomli   nomzodlik
dissertatsiyalari (Toshkent,1981), A.N.Kononovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
so‘ng   ko‘makchilar»   (Toshkent,1951),   SH.SHoabdurahmonovning   «O‘zbek   tilida
yordamchi   so‘zlar»   (Toshkent,1953),   R.Rasulovning   «O‘zbek   tilida   yordamchi
so‘zlarning   semantik-grammatik   xususiyatlari»     (Toshkent,)   T.Rustamovning
«O‘zbek   tilida   ko‘makchilar»   (Toshkent,1995),   «Sof   ko‘makchilar»
(Toshkent,1991)   monografiyalari   bevosita   o‘zbek   tilidagi   ko‘makchilarning
lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan.  
O‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilarning   funksional-stilistik   xususiyatlari
esa   A.Pardaev   tomonidan   monografik   yo‘nalishda   o‘rganilgan  hamda   nomzodlik,
keyinchalik doktorlik dissertatsiyalari  himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik
xususiyatlarini o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz.
Ko‘makchilar tahliliga bag‘ishlangan muhim ishlar sifatida H.Berdiyorov va
T.Rustamovlarning tadqiqotlari e’tiborga molikdir.
H.Berdiyorovning «Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar»
(Samarqand,   1949)   deb   atalgan   nomzodlik   dissertatsiyasi   ikki   qismdan   iborat.
Uning 1-qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan
yordamchi   so‘zlarning   kelib   chiqishi,   so‘ngko‘makchilarning   grammatik   va 6relivatsion   ahamiyati   hamda   ular   bilan   qo‘shimchalar   o‘rtasidagi   munosabatlar
masalasiga   to‘xtalib   o‘tilgan.   2-qismida   esa   bevosita   so‘ngko‘makchilarning
grammatik   tabiati   yoritilgan.   Ular   asl,   ravish,   ravishdosh,   chog‘ishtirma   so‘z   va
affiks   so‘ngko‘makchilar   tarzida   guruhlarga   bo‘lib   o‘rganilgan.   Ko‘makchi   otlar
keng yoritilgan. 
Berdiyorov   H.:   XIX   asrning   bir   qancha   tilshunoslari   (L.Nuare,   V.Vundt,
M.Myuller)   so‘z   turkumlarining   kelib   chiqishi   to‘g‘risida   gapirganda,   fe’l
turkumini kishilar tomonidan birinchi martaba qo‘llangan so‘zlar deb hisoblaydilar
va fe’ldan boshqa so‘z turkumlari ajralib chiqqan deydilar. (BH, 9).
Marr   N.YA .:   «Bir   vaqtlar   so‘z   turkumlari   bo‘lmagan   edi.   Asta-sekin   gap
bo‘laklaridan   harakatni,   ya’ni   o‘timli   fe’l,   keyinroq   o‘timsiz   fe’lni   hosil   qilish
uchun   asos   bo‘lib   xizmat   qiluvchi   ot   ajraladi.   Ot   –   aniqlovchi,   sifat   funksiyasini
bajaradi,   ot   (otlarning   ma’lum   doirasida)   olmosh   bo‘ladi,   so‘ngra   bog‘lovchi
bo‘ladi   va   qolgan   so‘z   turkumlari   yuqorida   ko‘rsatilgan   so‘z   turkumlarining
birontasidan   hosil   bo‘ladilar».   ( Marr   N.YA.   Izbrannыe   rabotы,   t. II .   –   M.,1934,
s.417). 
  Berdiyorov   H.:   «birinchi   so‘z,   turmushda,   ishlab   chiqarish   protsessida
kishilik   fikrlashi   tomonidan   ajratilgan,   ya’ni   predmetlarning   nomini   va   muhit
ko‘rinishlarini, hodisalarini ko‘rsatuvchi ot ekan». «Umuman biz ayta olamizki, ot,
fe’l va olmosh turkumlari til taraqqiyotida sifat, son, ravish va yordamchi so‘zlarga
qaraganda eng avval ajralib chiqqan so‘z turkumlaridir». (BH,12).
H.Berdiyorov   o‘zbek   tilshunosligida   birinchi   marta   hozirgi   o‘zbek   adabiy
tilida mavjud bo‘lgan ko‘makchilarning o‘zi qo‘shilib kelayotgan so‘zning qanday
semantik   ma’nolari   reallishuviga   hamda   gapda   qanday   vazifalarda   kelishiga   oid
nazariy   qarashlarini   bayon   qiladi.   Biz   hozirda   «ko‘makchilar»   deb   o‘rganib
kelayotgan   til   birliklarini   oldko‘makchilar ga   qarama-qarshi   ravishda
so‘ngko‘makchilar  tarzida talqin qiladi. 
Berdiyorov H. : so‘ngko‘makchilar til taraqqiyoti nuqtai nazaridan mustaqil
leksik   ma’noga   ega   bo‘lgan   so‘zlardan   kelib   chiqqandir.   (BH,126).
So‘ngko‘makchilar   gapda   turli   sintaksistik   munosabatlarni   bajarib,   gapning   biror 7bo‘lagiga   bog‘langan   holda   qo‘llaniladi.   So‘ngko‘makchilar   mustaqil   leksik
ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan, mustaqil holda qo‘llana olmasligi, sintagmalarni
yoki   so‘zlarni   birlashtirish,   kengaytirish   qobiliyatiga   ega   emasligi,   morfologik
tomondan   ayrim   semantik   morfemalarga   bo‘linmasligi,   urg‘uni   qabul   qilmasligi,
gapning biror mustaqil bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda
ishtirok   etgan   so‘zlarga   bog‘lanib   kelgandagina   atash,   sabab,   maqsad,   fazo   kabi
qo‘shimcha ma’nolarni ifodalab keladilar. (BH,127).
T.Rustamov   ham   ko‘makchilarni   o‘rganishga   bag‘ishlangan   «O‘zbek   tilida
ko‘makchilar»   (Toshkent,1965),   «Sof   ko‘makchilar»   (Toshkent,   1991)   singari
monografiyalar hamda o‘nlab maqolalar e’lon qilgan. 
Rustamov   T.:   «ko‘makchilar   gap   bo‘laklarining   tobelanish   munosabatini
yaratuvchi   va   turli   grammatik   ma’nolarni   ifodalashda   xizmat   qiluvchi   muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan leksik-grammatik kategoriyadir» (RT.HO‘ATK). 
Pardaev A.:  So‘zlarning ko‘makchilar bilan birikish yo‘llari va ularning bir
xil qolip va mazmunda boshqa ko‘makchilar hamda kelishik ko‘rsatkichlari  bilan
sinonimlik   munosabatlari   shu   darajada   turli-tuman   va   rang-barangki,   ular   o‘z-
o‘zidan bu turkum so‘zlarning stilistik imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.
Leksik   ma’no   ko‘makchilar   uchun   xos   xususiyat   emas.   Ammo   bu   fikr
aytilganda   faqat   o‘zbek   tilidagi   sof   ko‘makchilar   nazarda   tutiladi.
K o‘makchilarning   nutq   jarayonidagi   asosiy   vazifasi   sintaktik   munosabatlarni
shakllantirishdan iborat bo‘lib qoladi. Ammo shakllangan munosabatlar shunchaki
grammatik   aloqadangina   iborat   bo‘lib   qolmasdan,   ularning   har   birida   matniy
holatga   qarab   alohida   uslubiy   ottenkalar   namoyon   bo‘ladi.   Bu   narsa,   ayniqsa,
ularni   kelishik   qo‘shimchalari   bilan   taqqoslaganda   yanada   yaqqol   seziladi.
Darhaqiqat, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarni lingvistik tahlil qilishga
bag‘ishlangan   dastlabki   ishlardan   biri   H.Berdiyorovning   «Hozirgi   zamon   o‘zbek
adabiy   tilida   so‘ngko‘makchilar»   deb   atalgan   nomzodlik   dissertatsiyasi
hisoblanadi.   Dissertatsion   ish   ikki   qismdan   iborat   bo‘lib,   uning   1-qismida
tanlangan   mavzuning   dolzarbligi,   so‘z   turkumlarining,   jumladan   yordamchi
so‘zlarning   kelib   chiqishi,   so‘ngko‘makchilarning   grammatik   va   relivatsion 8ahamiyati   hamda   ular   bilan   qo‘shimchalar   o‘rtasidagi   munosabatlar   masalasiga
to‘xtalib o‘tilgan. 2-qismida esa bevosita so‘ngko‘makchilarning grammatik tabiati
yoritilgan.   Ular   asl,   ravish,   ravishdosh,   chog‘ishtirma   so‘z   va   affiks
so‘ngko‘makchilar   tarzida   guruhlarga   bo‘lib   o‘rganilgan.   Ko‘makchi   otlar   keng
yoritilgan.
O‘zbek   tili,   qolaversa,   turkologiyada   ko‘makchilarni   o‘rganishga   oid   ishlar
orasida   T.Rustamovning   tadqiqotlari   ham   ahamiyatlidir.   U   ko‘makchilarni
o‘rganishga   bag‘ishlangan   nomzodlik   dissertatsiyasi   yozgan,   «Hozirgi   o‘zbek
adabiy   tilida   ko‘makchilar»,   «Sof   ko‘makchilar»   singari   monografiyalar   hamda
o‘nlab maqolalar e’lon qilgan. 
  Jumladan, uning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar» monografiyasi
ko‘makchilarning   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilidagi   qo‘llanish   xususiyatlari   va
ularning   tasnifiga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   yordamchi   so‘zlarning   ushbu   turi
tilshunosligimizda   qay   darajada   o‘rganilganilganligi   hamda     ularning   grammatik
xususiyatlari   boy   til   materiali   asosida   tahlil   etilgan.   Materialni   yoritishda
E.D.Polivanov, I.A.Batmanov, Q.Ramazon, H.Qayumiy, O.Usmon, A.N.Kononov,
SH.S h oabdurahmonov,   A.A.Koklyanova,   U.Tursunov,   H.Berdiyorov,
A.Abdullaev,   V.V.Reshetov   kabi   olimlarning   qarashlariga   tayangan   holda   ish
ko‘rib, ularga munosabat bildirgan va «ko‘makchilar gap bo‘laklarining tobelanish
munosabatini   yaratuvchi   va   turli   grammatik   ma’nolarni   ifodalashda   xizmat
qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan leksik-grammatik kategoriya» ekanligi va
uning   «gap   qurilishidagi   muhim   xususiyati   bilan   ham   boshqa   so‘z   turkumlaridan
tubdan farqlanishi» haqida o‘z nuqtai nazarini bayon etgan 2
  .
2
2
 Рустамов Т. Ҳозирги ўзбек адабий тилида кўмакчилар. – Тошкент: Фан ,  1965. 7-б. 92.  Sof ko‘makchilar stilistikasi.
  Leksik   ma’noga   ega   emasligi   va   shuning   uchun   ham   nutqda   alohida
ishlatilmasligi   hamda   so‘z   o‘zgartuvchi   qo‘shimchalarni   qabul   qila   olmasligi   sof
yoki asl ko‘makchilarni ajratishda asosiy o‘lchov bo‘lib xizmat qiladi. SHu nuqtai
nazardan   ushbu   bobda   asosan   bilan,   binoan,   kabi,   sayin,   sari,   uzra,   uchun,   qadar
kabi ko‘makchilar va ularga sinonimik holatda bo‘lgan boshqa ko‘makchilar  tahlil
qilinadi.
Tahlil   jarayonida   ko‘makchilarga   murojaat   qilishda   takroriylikdan   qochish
maqsadida   ularni   iloji   boricha   bir   sinonimik   uya   doirasida   guruhlab   o‘rganish
maqsadga   muvofiq   ko‘rinadi.   To‘g‘ri,   ayrim   ko‘makchilar   ikkinchi   bir   ma’nosi
bilan boshqa uyadagi ko‘makchilar bilan ham sinonim bo‘lishi mumkin. Bu holat
tahlilda hisobga olinadi.
BILAN.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   bilan     shaklida   qo‘llaniladigan
ko‘makchi   tarixan     birla     ko‘rinishida   bo‘lgan 1
.   H.Ne’matov   birle-bile
ko‘makchisining eng qadimgi ma’nosi birlikni ifodalash bo‘lsa kerak, degan fikrni
bildiradi 2
.   Uning   boshqa   shakllari   keyinchalik   paydo   bo‘lgan.   Masalan:   birlan,
bilan, ila, ilan, -la.
H.Berdiyorovning   yuqorida   nomi   tilga   olingan   dissertatsion   ishida     bilan
ko‘makchisi   vosita,   sabab,   birgalik,   holat,   usul,   payt,   miqdor,   jamlik,   holatning
nima   bilan   mavjudligi,   fikrning   biror   muhim   voqeaga   oidligi,   tomon   ma’nolarini
anglatishi   hamda   gapda   vositali   to‘ldiruvchi,   ravish,   payt,   sabab   va   maqsad   holi
vazifalarini   bajarishga   va   shu   ma’nolarning   reallashuviga   ko‘maklashishi   tahlil
qilingan 3
. J.Hamdamov ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi 4
.
1
1
  Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1973. 20 0- б.
2
2
  Неъматов   Ҳ.Ғ.   XI-XII   аср   ёзма   ёдгорликларида   кўмакчилар//Ўзбек   тили   грамматик   қурилиши,   лексикология   ва
диалектологияси масалалари. V чиқиши. – Самарқанд:СамДУ нашри, 1976. 39-б. 
3
3
  Бердиёров Ҳ. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида сўнгкўмакчилар: Филол.фан. номз. …дис-я. – Самарқанд, 1949. 36-
40-б.
4
4
  Ҳамдамов   Ж.   Ўзбек   тили   тарихи.   Иккинчи   қисм.   Тарихий   морфология.   Иккинчи   бўлим.-   Самарқанд:   СамДУ   нашри ,
2003.    82-б. 10Bu   ko‘makchida   turli     variantlarining   yuzaga   kelishiga     poetik   matn   va
poeziya   talablari   sabab   bo‘lgan,   deb   o‘ylaymiz .   Ilgari   ham,   hozirda   ham   she’riy
asarlarda,   ayniqsa   aruz   vaznida   yozilgan   matnda   uning   -ila,   -la,   birla,   birlan
shakllari   faol   ishlatilib,   ular   badiiy   uslub   va   ommabop   uslubning   ba’zi   janrlarida
xoslangan: Boshim hech chiqmasa mayli,  malomat birla   bo‘htondan Fido jonimni
qildim   yo‘lingga,   mayli,   uvol   bo‘lsam   (Zulfiya),   Siz   birlan   biz   parda   ichra   navo
qilali   (Gulxaniy).   Bu   kulbaga   kelganimdan   bir   necha   yil   keyin   mazkur
qalandarlar   ila   shunosa   bo‘ldim.   Ul   buzruk   adib   sabablari   ilan   Muntazir   va
Gulxaniy borasida ilm paydo bo‘ldi. Ammo shoir va mutafakkir Gulxaniy bori favt
bo‘lg‘on ekan (Gulxaniy).
Bu fikrni tarixiy-badiiy manbalar va ularga oid olib borilgan tadqiqotlar ham
tasdiqlaydi 5
. T.Rustamov bu borada statistik kuzatishlar ham olib borgan:  XV - XVI
asrlarda   qo‘llangan   ila   ko‘makchisi,   asosan,   poeziyaga   xos   bo‘lib,   Lutfiyning
asarida   38   marta;   Alisher   Navoiy   asarida   59   marta   uchrasa,   «Bobirnoma»da   ikki
martagina uchraydi.
XIX   asrning ikkinchi yarmi va   XX   asrning boshlarida   ila     ko‘makchisining
qo‘llanishi   yanada   aktivlashadi.   U   Muqimiyning   ikki   tomlik   «Tanlangan
asarlar»ida   136   marta,   Munisning   bir   tomlik   she’rlar   to‘plamida   esa   69   marta
uchraydi.   A.Qodiriyning   «Mehrobdan   chayon»   asarida   3   martagina   qo‘llanishi
uning proza asariga emas, balki poetik asarlargagina xos ekanini bildiradi» 1
.
T.Rustamov   bilan   ko‘makchisining   fonetik   varianti   hisoblangan   birlan,
birla,   ila,   -la     hozirgi   o‘zbek   tilida   uchrasa   ham,   uning   uchun   norma
hisoblanmaydi,   deydi 2
.   Uning   fikriga   to‘la   qo‘shilib   bo‘lmaydi.   Bu   fikr   - la   ga
taalluqli emas. CHunki u hozirgi badiiy nutq uchun ham me’yor sanaladi.
5
5
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент: Фан ,  1991. 31-б.
1
1
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент: Фан ,  1991. 32- б.
2
2
 Ўша асар. 33-б. 11So‘zlashuv   uslubida   asosan   bilan   hamda   sheva   variantlari   minan ,   man,
manan   qo‘llaniladi: Ukam  minan   keldim , paxtani  mashin-man  terdik (G‘ allaorol,
Bulung‘ur   shevalarida) 3
  kabi.   Ilmiy,   rasmiy   uslublar   va   ommabop   uslubning
alohida janrlari uchun faqat adabiy shakl   bilan  xos.
KABI   ko‘makchisi   o‘xshatish,   moslik,   qiyoslash   ma’nolarini   bildirgani 1
,
ayni paytda, uning  singari, yanglig‘  ko‘makchilari bilan sinonimik qator hosil qila
olganligi     uchun   ham   unda   uslubiy   imkoniyatlar   boshqa   yordamchi   so‘zlarga
qaraganda     keng   va   u   rasmiy   hamda   so‘zlashuv   uslublaridan   boshqa   barcha
uslublarda faol qo‘llaniladi:   badiiy uslubda:   Biroq Andijon   qamalda   qolgandan
keyin   mavlononing     orzu-umidlarini     mana   shu   tun   kabi   qorong‘u   zulmat   o‘z
qa’riga   tortib   ketdi   (P.Qodirov).   Bobir     mirzoning     orzulari     shulkim,
Movarounnahr     yana   Ulug‘bek   davridagi        kabi      birlashsa,   poytaxt   asliga   qaytsa,
hamma   viloyatlar   hamjihati   obod     bo‘lsa(P.Qodirov).   Ilmiy   uslubda:   Davr
faylasuflari   jon,   ruh,     ong,   tafakkur,   fozil   jamiyat,   komil   insonni   shakllantirish
kabi   abadiy   va   doimiy   dolzarb   muammolar   ustida   ishlaganlar   (E.YUsupov.
Falsafa).   Islom   manbalarida   «xalif»,   «amir»,   «imom»        kabi      tushunchalar   davlat
hokimiyatini   yurituvchi   shaxslarga   nisbatan   ishlatilgan   (S.Otamurodov.
Politologiya).
Ammo so‘zlashuv va rasmiy uslublardagi nofaollik darajasini bir xil izohlab
bo‘lmaydi.   So‘zlashuv   jarayonidagi   tejamkorlik   bu   erda   ham   o‘z   ta’sirini
o‘tkazadi   va   uning   o‘rnida   o‘xshatishning   eng   ixcham   usuli   – day     vositasidan
ko‘proq foydalaniladi. Rasmiy matnlarda esa mohiyat e’tibori bilan qiyoslashlarga
ehtiyoj sezilmaydi.
3
3
  Эгамов В. Ўзбек  шеваларида сўнг кўмакчили  сўз бирикмаларининг семантик-грамматик муносабатлари// Ўзбек тили
грамматик қурилиши ва стилистикаси масалалари. Илмий тўплам. – Самарқанд: СамДУ нашри ,  1996. 58-б.
1
1
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. – М.:Русский язык ,  1981.  I  том, 356-б. 12Kabi  ko‘makchisining tarixiy  kibi  shakli ham bo‘lgan va uning qo‘llanilishi
XIII-XIV   asrlardan   boshlab   kuzatilgan 1
.   Bu   ko‘rinish   mumtoz   adabiyot
namunalarida   saqlanib   qolgan   bo‘lib,   hozirda   qo‘llanilmaydi   va   shuning   uchun
ham   uning   biron-bir   uslubiy   xususiyati   haqida   gapirish   qiyin:   Qaro  ko‘zum,  kelu
mardumlig‘   emdi   fan   qilg‘il,   /   Ko‘zim   qarosida   mardum         kibi      vatan   qilg‘il
(Navoiy).
S.Mutallibovning   ta’kidlashicha,   Mahmud   Koshg‘ariy   «Devon»da   kabi   va
yanglig‘  ni ko‘makchi so‘zlar sifatida bermagan, lekin bu so‘zlar u davr tilida juda
ko‘p  uchraydi.  Hatto  «Devon»ning  o‘zida  ham:  YAqin  yog‘uq  ko‘rmadib  nangni
qo‘dur  /  Qadosh  tabo   it  kabi   qingur  boqar. /   Qushlar kabi   uchtimiz. Sava bersa
mundog‘,   bu   yanglig‘   tilim./   Bu   yanglig‘   kishi   bilga   ortuq   aning.   «Devon»dagi
parchalarda   kabi    formasi ko‘proq, «Qutadg‘u bilik»da   yanglig‘    formasi ko‘proq
uchrashi   xarakterlidir.   Demak   bular   u   davrda   dialektal   asosda   kelib   chiqqan
formalar bo‘lsa kerak. Navoiyda ifoda ko‘rkamligi, stil san’atkorligi maqsadida bu
ko‘makchilarning   ikkovi   sinonimlar   sifatida   bir   baytning   birinchi   misraida   biri,
ikkinchisida   ikkinchisi   qo‘llangan:   Qul   yanglig‘   o‘g‘ulligingni   qilsam   /   O‘g‘ul
kabi   qullig‘ingni   qilsam 2
.     SHuningdek,   tarixan   bikin   ko‘makchisi   ham   mavjud
bo‘lib,  XIV - XV  asrlarga oid yodgorliklarda, asosan poetik asarlar tilida qo‘llangan
bo‘lib, mazmunan  kabi   ko‘makchisiga to‘g‘ri keladi 3
.
J.Hamdamov   kebi/kibi   ko‘makchisining sinonimi sifatida   XV - XVI   asrlarda
bikin   ko‘makchisi,   XIII - XIV   asrlardan   boshlab   yanlыg‘   ko‘makchisi
ishlatilganligi   va,   asosan,   she’riy   asarlarda   uchrashi   haqida   ma’lumot   beradi:
Yarattы   ay   bikin   zeba   seni   haq   (MN,   3076).   Yoq   erse   ul   atasы   yanlыg‘   olsun
( XIII ,   33b) 1
.   H.Ne’matov   quyidagilarni   yozgan:   « Kibi   ko‘makchisi   qiyoslash,
o‘xshatish   ma’nolarini   ifodalab,   sintetik   o‘xshatish   formasining   (qo‘shimchasi   -
1
1
 Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1973.  201-б .
2
2
 Муталлибов С.  Морфология ва лексика тарихидан қисқача очерк (XI аср ёзма ёдгорликлари асосида). - Тошкент:ЎзФА
нашри, 1959.  121-б.
3
3
 Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1973. 201-б.
1
1
  Ҳамдамов   Ж.   Ўзбек   тили   тарихи.   Иккинчи   қисм.   Тарихий   морфология.   Иккинчи   бўлим.-   Самарқанд:   СамДУ   нашри ,
2003. 85-б. 13teg) sinonimi bo‘lib keladi – qushlar   k i b i   ucht i m i z   – «qushlardek uchdik (hujum
qildik)» 2
.
Bu   tarixiy   variant   mumtoz   adabiyot   namunalaridagina   saqlanib   qolgan
bo‘lib,   hozirda   qo‘llanilmaydi   va   shuning   uchun   ham   uning   biron-bir   uslubiy
xususiyati   haqida   sinxronik   yo‘nalishda   gapirish   qiyin:   Qaro   ko‘zum,   kelu
mardumlig‘   emdi   fan   qilg‘il,   Ko‘zim   qarosida   mardum         kibi      vatan   qilg‘il
(Navoiy).
H.Berdiyorov   va   T.Rustamovlar   bu   uyadagi   so‘zlarning   o‘zaro
ma’nodoshligi haqida fikr yuritishgan 3
.
Dastlab   biz   uning   ko‘makchilararo   sinonimik   imkoniyatidan   kelib   chiqib,
vazifaviy   chegaralanishini   ko‘rib   chiqamiz   va   bunda   A.Hojievning   «O‘zbek   tili
sinonimlarining izohli lug‘ati»ga tayanamiz 4
.
Lug‘atda   ko‘rsatilishicha,   bu   so‘z   yanglig‘,   misli,   misoli,   bamisoli,
degandek,   singari,   o‘xshash   so‘zlari   bilan   bir   sinonimik   qatorni   tashkil   etadi.
Mana   shuncha   miqdordagi   birliklar   mavjudligining   o‘ziyoq   ularning   vazifaviy
chegaralanishi borasida mulohaza yuritishga majbur etadi. Lug‘at muallifi ulardan
yanglig‘   so‘zini   poetik   nutqqa   xos   deb   hisoblaydi:   YUraklaring   titramasin   barg
yanglig‘ , /   YOz  qushlari  butoqlarga qo‘ndi, qiz…(Mirtemir).   Misli,  misoli   oddiy
so‘zlashuvda   kam   qo‘llaniladi.     Degandek     asosan   harakat   nomi   bildiruvchi   so‘z
yoki   so‘z   birikmalari   bilan   qo‘llanadi   (lekin   shular   bilan   ham   kam   darajada):
Mehnatga   nur        misol        singib ketasan, / Etaging momiqqa to‘ladi tez-tez ( Zulfiya ),
Yo‘lingni yoritar  misoli oftob ,  /  Misoli bir oftob  charaqlar kunda (SHuhrat), «Aql
va   madaniyat,   haq   va   adolat   bamisoli      oftob    ,   uni   to‘sish   va   yo‘qotish   mumkin
emas», - dedi Mirza cho‘ponga (A.Hakimov), Xonlar panjasida tilkalandi yurt, / El
2
2
  Неъматов   Ҳ.Ғ.   XI - XII   аср   ёзма   ёдгорликларида   кўмакчилар//Ўзбек   тили   грамматик   қурилиши,   лексикология   ва
диалектологияси масалалари.  V  чиқиши. – Самарқанд:СамДУ нашри ,  1976. 41-б. 
3
3
 Бердиёров Ҳ. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида сўнгкўмакчилар: Филол.фан.   номз .  …дис-я. – Самарқанд ,  1949. 56-б;
Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент: Фан ,  1991. 107–б.
4
4
 Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи ,  1974. 114-б. 14qonin   so‘rdilar   beklar   misli   qurt   (M.SHayxzoda),   Xo‘jabekov   ba’zi   bir   «   qo‘l   
qo‘yish»   degandek   ishlarni   tugatib,   to‘ppa-to‘g‘ri   kasalxonaga   bordi
(S.Anorboev).
Bamisoli.  Poetik nutqqa xoslangan, boshqa uslublarda deyarlik uchramaydi.
Tilaklarim bajo bo‘lur va lekin sen bo‘lmasang  Bamisoli Iskandarday  ochiq ketar
qo‘llarim   (A.Oripov).   Vazn   talabidan   kelib   chiqib   uning   bamisli   varianti   ham
ishlatiladi: Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda  Haykal ham qo‘yingiz  bamisli xayol
SHundaylar   bo‘lmasa   agar   dunyoda     Bunchalar   mu’tabar   bo‘lmasdi   ayol!
(A.Oripov).
Misli/misoli .   Bu   shakl   ham   poetik   nutqqa   xoslangan.   Bamisoli/bamisli
shakllariga qaraganda she’riy matlarda faol:   Boyqaro irg‘ishlab istak otida Jahonga
boqqanda   misli   bola   sher ,-   Hirot   darvozasin   bir   qanotida     SHe’riy   lashkarini
tizgan   Alisher   (A.Oripov).   Misli   xayol   edi   u   malak   siymo   CHiroy   olamining
tengsiz   sayqali   (A.Oripov).   Kemalardek   uchrashgan   edik   /   Ayrilurmiz   kemalar
misol   (E.Vohidov).   Men-ku   she’rni   to‘qimoqqa   sal-palgina   yarayman,   Lekin
sensiz yig‘lab o‘tgum  Samad Vurg‘un         misoli      (A.Oripov).
Singari   ko‘makchisi   ham   aynan   kabi   ko‘makchisi   anglatgan   semantik-
uslubiy   ma’nolarni   anglatgani   tufayli,   unga   alohida   to‘xtalib   o‘tirmaymiz.   Faqat
uning qo‘llanish chastotasi  kabi  ga nisbatan birmuncha oz ekanligini ta’kidlaymiz,
xolos:   Ayting,   nega   meni   onam   tug‘madikin   ilgari,   Million-million   ko‘ngillilar,
partizanlar        singari    ( F . F ulom).   Buloq   ona-Er   siynasidan   /   she’r   singari   qaynab
oqadi   ( E.Vohidov ).   Yo‘l   demak,   o‘tilgan   bir   umr   demak,   Hech   biri   muqimmas
tuproq           singari      ( Zulfiya ).   Zokir   unda   shahar   nimaligini   bilmas,   akasi   ham
uzoqdagi   shahar   singari   sirli   va   yaxshi   bo‘lib   tuyular   edi   ( Murod   Muhamad
Do‘st ).
Kabi   va   singari     ko‘makchilari   barcha   uslublar   uchun   baravar   bo‘lgani
holda,   ularning   ilmiy   nutqda   mahsuldor   qo‘llanilishni   ham   kuzatamiz.   O‘zbek
tilida   ilmiy   uslubning   yirik   tadqiqotchisi   M.Mukarramov   «Hozirgi   o‘zbek   adabiy 15tilining ilmiy stili» asarida bu ko‘makchilarning umumiste’moldagi leksik birliklar
sifatida   ilmiy   matnda   faol   ekanligini   ta’kidlagan:   «Ko‘makchilarning   aksariyati
ilmiy   uslubda   ishlatiladi.   Masalan,   uchun,   kabi,   singari,   bilan,   ilgari,   keyin,
so‘ng,   ko‘ra,   yarasha,   qarab,   boshlab,   qaraganda,   beri,   buyon,   qadar,   o‘rta,
to‘g‘risida   ko‘makchilarining   ishlatilishi   ilmiy   stil   uchun   tipik   bo‘lsa,   ularning
varianti   yoki   sinonimi   bo‘lgan   uzra,   uza,   chog‘li,   chamasi,   yanglig‘   formalari
badiiy nutqqa xoslanganligi bilan ajralib turadi» 1
. Ularning namunalarini ham shu
kitobdan   keltiramiz:   YAlang‘och   urug‘lilarning   qurg‘oqchilik   sharoitiga   xiyla
moslashgan  ignabargliliar singari  vakillaridan boshqa qariyob barcha arxegoniyli
tiplari nobud bo‘ladi. Qamishzorlar, …yong‘oqzorlar va  shu        kabilar      yopiq urug‘li
o‘simliklardan   iborat 2
.   Keltirilgan   misollarga   tayanib   asar   muallifi   quyidagi
mulohazalarni   bayon   qiladi:   « kabi,   singari   ko‘makchilari   umumqo‘llanishda
o‘xshatish,   qiyoslash   ma’nolarini   anglatadi,   Ilmiy   nutqda   esa   bu   ko‘makchilar
o‘xshatish   ma’nosini   yuzaga   chiqarish   maqsadida   ishlatilmaydi».   «Ko‘rinadiki,
singari, kabi   ko‘makchilarda o‘xshatish ma’nolari yo‘q. Ular asosan gap qurilishi
uchun xizmat  qiladi. SHu maqsadda ishlatish ilmiy nutqda birinchi planda turadi.
SHuning   uchun     (ularni)   tushirib   qoldirish   yoki   olmoshlar   bilan   almashtirish
mumkin.   Masalan:   Bu   kabi   o‘simliklar   –   bunday   yoki   shunday   o‘simliklar   –   bu
o‘simliklar     v.b.   Ilmiy   nutqda   …ko‘makchining   anglatgan   ma’nosi
desemantizatsiyaga uchraydi» 3
.
Y a nglig‘.  T.Rustamov bu ko‘makchining  XIII - XIV  asrlarda nihoyatda keng
qo‘llanilganligi   haqida   ma’lumot   beradi 4
.   Ammo   hozirgi   adabiy   til   nuqtai
nazaridan, yuqorida ta’kidlanganidek, u faqat badiiy uslub, xususan she’riy asarlar
doirasida   chegaralanib   qolgan:   Quyosh   yanglig‘   bir   kuni   –   hayhot,   Gazetada
b o‘ lursan paydo ( E.Vohidov ), Xira tuman orasida cho‘g‘day miltillar, Jayron quvib
jayron        yanglig‘      o‘tgan   kunlarim   (A.Oripov).   Boshlar   boshqa-boshqa   yo‘ldan/
Boshqa-boshqa   tilagi-/   Zohid         yanglig‘      aqli   bilan,/   Orif           yanglig‘      yuragi.
1
1
 Мукаррамов М. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий стили. – Тошкент: Фан ,  1984. 46-б.
2
2
 Ўша асар. 99-бет.
3
3
 Ўша асар. 100-бет.
4
4
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент: Фан ,  1991. 64-б. 16(E.Vohidov).Tarix ko‘rgan emas   bu        yanglig‘      surat,/ Bunchalar parvozni bilmagan
aslo    (E.Vohidov).
Y a nglig‘   so‘zining   lug‘atlarda   «eskirgan»   va   «poetik   nutqqa   xos»   tarzda
izohlanishi   bir-birini   taqozo   qiladi.   Adabiy   til   me’yorlari   nuqtai   nazaridan
«eskirganlik» tamg‘asini olgan so‘zlarni faqat badiiy matnlarda   qo‘llash mumkin
bo‘ladi:   Bu   osmon   ichra   ming   yil   /   CHarx   urib   ko‘rmabdi   bir   bora   /   Bahor
gulzorida   o‘sgan   /   Bu         yanglig‘      toza   gullarni   (E.Vohidov).   SHahzoda   esa…
Naqshbandiylar jamoasining rahnamosi   shayx Nizomiddin Xomush        yanglig‘      din
peshvolarining   domiga   ilinib   qoldi   (O.YOqubov).   SHu        yanglig‘        Bobo   Mochin
do‘st tabib yo‘rig‘ini tutdi ( S.Siyoev ).
Monand  so‘zi ham ushbu sinonimik qatorga kiradi va asosan badiiy nutqda,
ayrim   hollarda   ilmiy   va   ommabop   nutqda   ishlatiladi:   O,   dono   tabiat,   o   buyuk
hakim,/ Hikmat ko‘rmadim hech men  senga        monand     (A.Oripov).
Ammo ayrim matnlarni ko‘zdan kechirish bu sinonimik qatorda  taxlit   so‘zi
ham borligidan dalolat beradi: Zotan, ne sig‘ardi u chog‘ ko‘ngilga,  Bu taxlit  ikir-
chikir   elitmas   xushim   ( Zulfiya )   /   Zotan,   ne   sig‘ardi   u   chog‘   ko‘ngilga,   Bu        kabi   
ikir-chikir elitmas xushim.
Ko‘plab  matnlarga ko‘z yugurtirish  shundan dalolat  beradiki, bu sinonimik
qatordagi   so‘zlar   orasida   misli,   misol,   bamisli,   bamisoli   birliklarida   ham   poetik
nutqqa   moyillik   kuchli.   Garchi   ularni   nutqda   almashtirish   imkoni     bo‘lsa-da,
poeziya   talablari   nuqtai   nazaridan   kabi   va   singari   so‘zlari   ularning   o‘rnini   bosa
oladi deb aytib bo‘lmaydi. 17
3.  Funksional ko’makchilar stilistikasi.
Ularning   asosiylari   sifatida   quyidagilarni   ko‘rsatish   mumkin:   avval,     asno,
asosan,   atrofida,   baravariga,   bo‘yi,   bo‘ylab,   bo‘lak,   boshlab,   boshqa,   burun, 18davomida,   deb,   yoq,     yon,     ilgari,   ich,   yo‘lida,   keyin,     ketidan,   ko‘ra,   misol,
muvofiq,   nari,   nariga,     natijasida,     nisbatan,   oldin,   oldida,   ora,     orasida,   ost,
osha,   ro‘para,   sifatida,   so‘ng,   soyasida,   tag,   taraf,   tashqari,   tepa,
to‘g‘rida/to‘g‘risida, tomon, tortib, tub, ust, ustida, xususan, xususida, chamasi,
yaqin, o‘zga, o‘rniga, o‘rtasida, qarab, qaramay, qaramasdan, qarshi, qatorida,
qosh, holda, huzuri (-ga, -da).
Bu   o‘rinda   funksional   ko‘makchilarning   an’anaviy   tasnifiga   murojaat   qilib
o‘tirmaymiz. C h unki bu narsa tahlil mohiyatini o‘zgartirmaydi. Buning ustiga har
bir ko‘makchi vazifaviy chegaralanish va sinonimik munosabatlar nuqtai nazaridan
o‘ziga xos tahlilni taqozo etadi. S h uning uchun ham hozirgi o‘zbek tilida nisbatan
faol   bo‘lgan   va   o‘zimizcha   muhim   hisoblagan   ko‘makchilar   atrofida   mulohaza
yuritamiz.  
AVVAL. «Izohli   lug‘at»da   avval     so‘zining   4   ma’nosi   berilgan   bo‘lib,   u
birinchisida   ot,   ikkinchi   va   uchinchi   ma’nolarida   ravish,   faqat   to‘rtinchi
ma’nosidagina   ko‘makchidir:   «4.ko‘m.   (bosh   kelishik   va   chiqish   kelishigi   bilan)
Biror voqea, hodisa yoki harakatning boshqasidan yoki shu haqda so‘z borayotgan
vaqtdan   oldin   bo‘lganligini   bildiradi.   Uchrashuvdan   avval.   Bundan   to‘rt   yil
avval» 1
. 
«O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati»da   bu   so‘zning   sinonimik
qatoriga   ilgari, oldin, burun, qadim   so‘zlari kiritilgan. A.Hojiev bu birliklarning
mustaqil   va   yordamchi   ma’nolarini   farqlab,   quyidagilarni   yozadi:   « Avval,   ilgari,
oldin,   burun   so‘zlari   chiqish   kelishigidagi   so‘zni   yoki   vaqt   bildiruvchi   so‘zni
boshqarib,   ko‘makchi   so‘z   vazifasida   qo‘llanadi   va   harakat-hodisaning   chiqish
kelishigidagi   so‘z   bildirgan   narsa-hodisagacha   bo‘lgan   vaqtga   oidligini   bildiradi.
Bunda ularga  muqaddam  so‘zi ham sinonim bo‘ladi» 2
.
«O‘zbek   tili   grammatikasi»da   esa   oldin/avval,   burun,   ilgari
ko‘makchilarining   sharhi   berilgan.   Jumladan,   quyidagilar   qayd   etilgan:   « Oldin   /
avval .   Bu   ko‘makchilar   burun     va     ilgari     ko‘makchilariga   sinonim   bo‘lib,   ular
bildirgan   ma’nolarni   anglatadi:   Urushdan   oldin     (/avval/burun   /ilgari)   qurilgan» 3
.
« Burun .   Bu   ko‘makchi   ish   va   harakatni   o‘zi   birga   kelgan   so‘z   anglatgan   ish-
harakatdan,   voqea   va   bajaruvchi   shaxslardan   oldin   sodir   bo‘lgani   ma’nosini
anglatadi:   Tansiq   o‘z   ishini   hammadan   burun   bajarib   uyga   qaytdi   (Oybek)» 4
.
«   Ilgari    .  Bu ko‘makchi payt munosabati bildirib, biror hodisa, ish-harakatning voqe
1
1
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. – М.:Русский язык ,  1981.  I  том. 23-б.
2
2
 Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи ,  1974. 9-б.
3
3
 Ўзбек тили грамматикаси. Икки томлик.  I -том. Морфология.- Тошкент: Фан ,  1975.  558-б.
4
4
 Ўша асар. 557-бет. 19bo‘lishida   undan   oldin   sodir   bo‘lgan   hodisa   yoki   vaqt   ma’nosini   bildirish   uchun
qo‘llanadi.   Quyidagi   so‘zlar   bilan   munosabatga   kirishadi:   Ot   va   olmoshlar   bilan
keladi:   Bu   korxayr.   Sendan        ilgari      men   tarafdorman   (Oybek).   Vaqt   bildiruvchi
so‘zlar   bilan   keladi:   Bundan   o‘n   besh   kuncha        ilgari      Kumush   onasiga   bir   xat
yozgan edi (A.Qodiriy). Fe’l formalari bilan keladi: Amrga  e’tiroz etishdan ilgari
shu to‘g‘rida javob bersangiz (A.Qodiriy)» 5
.
Ushbu   ko‘makchi   tadqiqiga   bag‘ishlab   T.Qurbonov   va   N.Ernazarovlar
«YOrdamchi   so‘zlar   stilistikasiga   doir»  nomli  maqola  e’lon  qilishgan 6
.  Maqolada
avval     ko‘makchi   sifatida   bosh   yoki   chiqish   kelishigidagi   ot,   otlashgan   so‘zlarni
boshqarib, ularning hokim bo‘lakka tobelanishini ko‘rsatuvchi, shu ma’noda unga
ilgari, burun, muqaddam, oldin, qadim    kabi so‘zlar sinonim bo‘lib kela olishi,
ular uchun umumiy bo‘lgan ma’no xususiyati – voqea-hodisa yoki ish-harakatning
o‘tgan   vaqtda,   hozirga   qadar   sodir   bo‘lganligini   anglatish   ekanligi,   ammo   ular
hamma   vaqt   ham   funksiyadoshlik   qilavermasligi   haqida   gap   boradi   hamda   oldin
so‘zi   avval     ko‘makchisining   asosan   og‘zaki   so‘zlashuv   nutqiga   xos   sinonimi
hisoblanishi, o‘zbek folklori asarlari tilida esa   avval   ning sinonimi sifatida   qadim
so‘zi ko‘plab qo‘llanganligi ta’kidlanadi. 
Aytilganlarga   quyidagilarni   qo‘shimcha   qilish   mumkin:   dominantasi   avval
so‘zi bo‘lgan sinonimik qatordagi so‘zlarning o‘rnini bemalol almashtirib qo‘llash
mumkin va bunda deyarli mazmunga putur etmaydi. Ular orasida faqat  ilgari  so‘zi
bo‘g‘inlar   soniga   ko‘ra   ulardan   farqlanadi   va   buning   she’riy   asarlar   uchun
ahamiyati   bor:   Turkman   qiz   quyoshdan   turib   ilgari,   Ko‘tarma   kranda   yuksak
uylarni… ( Zulfiya )- Turkman qiz quyoshdan turib  avval,   Ko‘tarma kranda yuksak
uylarni…   Hatto   tomchisidan      ilgari      kelib   Terib   olajakmiz   har   ko‘sak   durni!
( Zulfiya ) - Hatto tomchisidan     avval     k   elib Terib olajakmiz har ko‘sak durni! 
Sinonimik   qatordagi   so‘zlarga   uslub   talabi   nuqtai   nazardan  qaraganda   ham
A.Hojievning   quyidagi   fikrlarini   inobatga   olish   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi:
« Avval,   oldin     so‘zlari   kontekst   yoki   boshqa   biror   vosita   yordamisiz   «o‘tmish»
ma’nosini   aniq   ifodalay   olmaydi.   Ilgari,   burun,   qadim     so‘zlari   esa   «o‘tmish»
ma’nosini   aniq   ifodalay   oladi.   Ilgari   so‘zi,   ko‘pincha,   avval,   oldin   so‘zlariga
nisbatan   uzoqroq   o‘tmishni   ifodalash   uchun   qo‘llanadi.   Oldin   ko‘proq   oddiy
so‘zlashuvga   xos.   Burun   so‘zi   ilgari   so‘ziga   nisbatan   ham   uzoqroq   o‘tmishni
bildiradi.   Lekin     ilgari,   avval,   oldin      so‘zlariga   nisbatan   kam   qo‘llanadi.   Qadim
5
5
 Ўша асар. 558-бет.
6
6
 Қурбонов Т., Эрназаров Н. Ёрдамчи сўзлар стилистикасига доир//Ўзбек тили грамматик қурилиши масалалари. Илмий
тўплам. – Самарқанд:СамДУ нашри ,  1984. 77-78-б. 20so‘zi  burun  so‘ziga nisbatan ham uzoq o‘tmishni bildiradi» 1
. Darhaqiqat, mana bu
misollarda bayon etilayotgan voqeadangina  oldin bo‘lganini  ma’lum  qilish  uchun
ishlatiladi:   Lekin   uni   bag‘rimga   bosishdan           avval    ,   Temir   kishanlarini   ko‘zimga
surtdim!   ( Zulfiya ) .   Mavlono       Fazliddin       devor     tepasidagi     xatarga     Xonzoda
begim   hammadan        avval      ro‘baro‘   bo‘lishidan     qo‘rqdi-yu,   zinapoyaga   birinchi
bo‘lib     qadam   qo‘ydi   ( P.Qodirov ).   Oldin   ko‘makchisi   orqali   esa   bo‘lib   o‘tgan
voqea-hodisaning vaqt nuqtai nazaridan mavhumligi ifoda etilishi ma’lum bo‘ladi:
Ular   hali     biror     marta     hamsuhbat     bo‘lmaslaridan   va   ruhan     yaqinlashishga
ulgurmaslaridan         oldin      boshlangan   jismoniy   yaqinlik     Bobirga   uyat     ishdek
tuyular     va     uning       ilgarigi       musaffo   tuyg‘ularini     poymol   qilayotganday
bo‘lardi( P.Qodirov ).   Ular   ayvonga   chiqar   ekanlar,   Mavlono   Fazliddin   bundan
salkam   uch   yil        oldin      Quvasoy   bo‘yida   bo‘lib   o‘tgan   qonli     voqealarni     yana   bir
esladi ( P.Qodirov ).
Bu   holat   uning   rasmiy   va   ilmiy   uslublar   doirasida   ham   faol   qo‘llanilishiga
asos   bo‘ladi:   Ilmiy   unvon   berish   haqidagi   qaror   o‘n   yildan   ko‘proq   vaqt        oldin   
qabul   qilingan   bo‘lsa,   uning   qanchalik   asoslanganligi   xususidagi   masalani
attestatsiya organlari ko‘rib chiqmaydi ( OAK Nizomidan ).
Ilgari     kitobiy   uslublarda   faol:   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining
Raisi Oliy Majlis deputatlari uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligining yashirin
ovoz   berishi   orqali   muddatidan   ilgari   chaqirib   olinishi   mumkin   ( O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi ). 
Ammo   burun, muqaddam   va   qadim   so‘zlarining hozirgi  adabiy tilimizda
qo‘llanish   doirasi   bir   qadar   chegaralanib   qolganligi,   asosan   badiiy   matnlarda
ishlatilayotgani   kuzatiladi:   Bundan   uch   kun        burun      naqshbandiy     darvishlaridan
biri   Zuhra   begimga   SHayboniyxondan   maxfiy       bir     xat   keltirib     bergan     edi
( P.Qodirov ).  Lekin   bundan   o‘n  besh  kuncha        burun        Ahmad Tanbal   degan  yana
bir   badavlat   bek   Mulla   Fazliddinni   so‘roqlab,   kechki   payt   uning   uyiga   keldi
( P.Qodirov ). G‘ani Murodov   ikki yil        muqaddam      otpuska olib va shu bilan birga
maktabdan   ham   bo‘shab   ketgan   edi   (P.Tursun) .   Panji   o‘g‘rini   ilgari   ham   ikki
marta Kattaqo‘rg‘onga eltib hibs qilishgan ( Murod Muhammad Do‘st ). SHu bilan
birga huquqshunoslar   avval     o‘rniga   muqaddam   ni qo‘llashni afzal ko‘rishadi:…
bundan   muqaddam   sudlanmagan   (tergov   bayonnomasidan).   Qabriston   bundan
o‘n yillar   muqaddam   to‘lganligi uchun marhumlar dafn etilmay qo‘yilgandi, shu
sababli bu tomonga odamlar kam qatnardi ( I.Nishonov ).
1
1
 Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи ,  1974. 8-б. 21Avval   ga   boshda     so‘zning   ham   ko‘makchi   sifatida   sinonim   bo‘la   olishi
mumkinligi   uning   nutqiy   qamrov   ko‘lamini   yanada   kengaytiradi:
Kalavalanmasdan   boshda   shu   gapni   ayta   qolsang   bo‘lmaydimi!   (So‘zlashuvdan).
Xalq   tilida     avval   boshdan   degan   jumlaning   qo‘llanilish   ham   ularning   o‘zaro
sinonim bo‘la olishini tasdiqlovchi dalildir.
SABABLI.   Barcha   vazifaviy   uslublarda   faol   qo‘llaniladigan   sababli
ko‘makchisining   sinonimlari   sifatida   A.Hojievning   «O‘zbek   tili   sinonimlarining
izohli   lug‘ati»   da   sababdan,   tufayli,   orqali,   oqibatida,   orqasida,   natijasida
birliklari   keltirilgan:   «Haqiqatda   bizda   kosov   ham   yo‘q,   -   SHodimning   so‘zini
quvvatlab   SHukur,   -   oyda-yilda   o‘chog‘imiz   olov   ko‘rmaganligi   sababli   bizga
kosov ham  kerak bo‘lmagan» (S.Ayniy), Undan qachon qaytadi, qaytib keladimi,
yo‘qmi –bilmaymiz.  SHu        sababdan      shoshdik (Oybek), SHu  odatim tufayli  necha
bor   kallam   g‘urra   bo‘ldi,   necha-necha   martalab   pandu   pushaymon   edim
( E.A’zamov ),   YAkka   xo‘jaliklarning   bu   xildagi   qiyiqligi,   kolxozdan   chiqish
to‘g‘risida   ariza   berganlarning   xarxashasi         natijasida      yuzaga   kelgan   ahvol
kolxozchilarning   ko‘piga   ta’sir   qilmay   qolmadi   (A.Qahhor),   Kolxoz   va
sovxozlarning   agronomlari   erni   o‘g‘itlab   chuqur   haydashga   chinakamiga   bosh
qotirmayaptilar.   SHuning        oqibatida        bir qator xo‘jaliklarda… er juda-juda sayoz
haydalmoqda   (Toshkent   haqiqati),   Qoratoy   og‘ir   mehnat         orqasida      chuqur
chizilgan   peshana   chiziqlarini   silab,   maslahat   berdi   (Oybek).   Turli   genetik
yondoshishlar        orqali      ko‘pgina   genlarning   xromosomada   joylanish   tartibi   ham
belgilangan ( To‘raqulov YO. Bioximiya ).
Bu   sinonimik   qatordagi   so‘zlar   orasida   orqasida   ko‘makchisi   so‘zlashuv
uslubida, ayniqsa   j -lanuvchi  sheva vakillari tilida faol qo‘llaniladi, boshqalari esa
kitobiy uslublarga xoslangan: Xudoga shukur, bu kunlarga  mustaqillik        orqasidan   
etdik (Suhbatdan). 
Ularning ba’zilari tildagi boshqa vositalar bilan sinonimik qatorlarni tashkil
qilish mumkin. Masalan,   orqali   ko‘makchisi o‘rin ma’nosini bildirganda   bilan   va
–da   bilan   sinonim   bo‘lish   mumkin:   paxtazor   orqali   -   paxtazor   bilan   -
paxtazordan.  Bu haqda  bilan  ko‘makchisi doirasida fikr yuritilgan.
Biz   bu   o‘rinda   sabab   dominantasi   atrofida   birlashgan   vaj,   bahona,   bois
so‘zlarini ham matndagi vaziyatdan kelib chiqib,   sababli   ko‘makchisiga   sinonim
sifatida   qarash   tarafdorimiz.   Ammo   ular   bosh   kelishikdagi   shaklida   bu   vazifani
bajara   olmaydi.   So‘zlarning   yonida   –da,   -dan,   bilan   singari   vositalar   bo‘lishi
lozim. Fikrimizni ayrim misollar yordamida dalillashga harakat qilamiz: Ammaga
tutgan keki   ham  faqat   o‘zi   vajhidan   bo‘lsa-chi   ( Murod Muhammad   Do‘st ),  Balo
oshpaz,   balo,   o‘lguday   ayyor,     O‘zi   qulvachchayu   idroki   yuksak.   SHu        vajdan    22shoirga yaqindir bu sak…(Uyg‘un, Izzat Sulton),  To‘y        bahonasida      mendan senga
o‘tib   qolgan   arzimagan   narsalar   bor,   shularni   pulga   chaqib,   orani   ochiq   qilib
qo‘ysak   (Hamza),   Sizning        bahonangiz      bilan  Samarqandni   bir   tomosha   qiladigan
bo‘ldik-da (Suhbatdan). 
Bu tarzda ularning  sababli  ko‘makchisi o‘rnida kelishida faollik sezilmaydi,
asosan badiiy adabiyot matnida ko‘zga tashlanadi.
ASOSAN   so‘zi   «Izohli   lug‘at»da   ravish   sifatida   talqin   qilinadi 1
.   Ammo
uning   keyingi   taraqqiyotida   ko‘makchi   tomon   siljish   ro‘y   berayotgani   seziladi.
Lug‘atda  uning    2-   ma’nosi  binoan,  ko‘ra  ekanligini  ta’kidlashda  masalaning  ana
shu   jihati   nazarda   tutilgan:   buyruqqa   asosan,     shunga   asosan ,   kelishuvga
asosan,   shartnomaga   asosan,   hujjatga   asosan,   va’daga   asosan,   chaqiruv
qog‘oziga   asosan   va   hokazo.   Misollardan   shu   narsa   anglashilmoqdaki,   so‘zning
bu tarzda gapdagi ishtiroki rasmiy uslub uchun xosdir. Bu hol esa uning ko‘makchi
sifatidagi imkoniyatilarini ancha chegaralab qo‘yadi.
Ammo   tilda   uning   o‘rnini   almashtira   oladigan,   bir   qadar   «ommabop»
bo‘lgan   boshqa   bir   ko‘makchi   mavjud.   Bu   –   asosida   so‘zi   bo‘lib,   xuddi   asosan
singari   asos   so‘zi   negizida   vujudga   kelgan.   Garchi   birining   o‘rnida   ikkinchisini
qo‘llashda   ko‘makchili   konstruksiya,   birliklarni   bog‘lovchi   grammatik   vositalar
o‘zgarsa-da,   ifoda   mazmuni   o‘zgarmaydi.   Masalan:   buyruqqa   asosan   -   buyruq
asosida,   shunga   asosan   -   shu   asosda ,   kelishuvga   asosan   -   kelishuv   asosida,
shartnomaga   asosan   -     shartnoma   asosida,   hujjatga   asosan-     hujjat   asosida,
va’daga asosan - va’da asosida, chaqiruv qog‘oziga asosan- chaqiruv qog‘ozi
asosida   kabi. 
Ta’kidlanganidek, u asosan kitobiy uslublarda faol. Ilmiy uslubda: Mana shu
ma’lumotlar        asosida      endi   molekulyar   biologiyaning   mag‘zini   tashkil   qiladigan
gen   ifodasi,   uning   o‘zgaruvchanligi,   boshqarilishi   va   shu   muammoga   yondosh
boshqa   masala   ustida   mukammalroq   to‘xtasak   bo‘ladi( To‘raqulov   YO.
Bioximiya ).   Jamiyat   va   fuqarolar   hayotini   qonun   ustuvorligi         asosida      amalga
oshirish   jamiyatni   tartibga   solib   turadi   ( Otamurodov   S.   Politologiya ).   Rasmiy
uslubda:   Davlat   o‘z   faoliyatini   inson   va   jamiyat   faovonligini   ko‘zlab,   ijtimoiy
adolat   va   qonuniylik   prinsiplari   asosida   amalga   oshiradi   ( O‘zbekiston
Respublikasi  Konstitutsiyasi ). Ommabop uslubda:  Alisher  Navoiyning yuqoridagi
asarlari   hadislar        asosida      yaratilib,   g‘oyaviy-badiiy   jihatlari   bilan   ta’lim   tarbiya,
odob-axloqqa doir mavzularga bag‘ishlangan («Zarafshon» g.).
1
1
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. – М.:Русский язык ,  1981.  I  том. 59-б. 23Ushbu   ko‘makchi   xususida   binoban,   bo‘yicha   ko‘makchilari   tahlil
qilinganda   ham   so‘z   yuritilgan   va   ularning   o‘zaro   sinonimiyasi   tahlil   etilgan.
Ammo   bu   sinonimik   qatorni   boshqa   so‘zlar   hisobiga   davom   ettirish   mumkin.
Masalan:  asosida-muvofiq:  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibida uning
normal   faoliyatini   tahdidga   soladigan,   hal   qilib   bo‘lmaydigan   ixtiloflar   yuz
berganda   yohud   u   bir   necha   marta   Konstitutsiyaga   zid   qarorlar   qabul   qilgan
taqdirda, Prezidentning Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslahat qabul qilgan  qarori
asosida   Oliy   Majlis   tarqatib   yuborilishi   mumkin   ( O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi ).   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   tarkibida   uning   normal
faoliyatini   tahdidga   soladigan,   hal   qilib   bo‘lmaydigan   ixtiloflar   yuz   berganda
yohud   u   bir   necha   marta   Konstitutsiyaga   zid   qarorlar   qabul   qilgan   taqdirda,
Prezidentning   Konstitutsiyaviy   sud   bilan   bamaslahat   qabul   qilgan   qaroriga
muvofiq     Oliy   Majlis   tarqatib   yuborilishi   mumkin.   asosida   –   ko‘ra:
Konfutsiyning   fikricha,   davlat   notabiiy   kuchlar   yordamimda   emas,   balki   ahloqiy
normalar        asosida      boshqarilishi kerak( Otamurodov S. Politologiya ) Konfutsiyning
fikricha,   davlat   notabiiy   kuchlar   yordamimda   emas,   balki   ahloqiy   normalarga
ko‘ra   boshqarilishi kerak. 
Ammo   bu   munosabat   hamma   holatlarda   ham   mumkin   bo‘lavermaydi.
Maslan,   quyidagi   holatda   ularni   o‘zaro   almashtirishning   imkoni   yo‘q:   Professor,
dotsent   yoki   katta   ilmiy   xodim   attestatini   yo‘qotgan   shaxsga   yangi   tartib   raqami
qo‘yilgan dublikat ilgari   berilgan attestatga batamom  muvofiq   tarzda beriladi.
E’tiborli   tomoni   shundaki,   asosida   ko‘makchisi   bilan   ko‘makchisi   bilan
ham   sinonimik   munosabatga   kirishishi   mumkin:   O‘zbekiston   Respublikasining
Prezidenti   O‘zbekiston   Respublikasining   fuqarolari   tomonidan   umumiy,   teng   va
to‘g‘ridan to‘g‘ri  saylov huquqi asosida  yashirin  ovoz berish yo‘li bilan  besh yil
muddatga   saylanadi   ( O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi ).   O‘zbekiston
Respublikasining   Prezidenti   O‘zbekiston   Respublikasining   fuqarolari   tomonidan
umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri  saylov huquqi bilan  yashirin  ovoz berish yo‘li
asosida   besh   yil   muddatga   saylanadi.   Kengashning   ilmiy   unvon   olishga   taqdim
etish   haqidagi   qarori   yashirin   ovoz         bilan      qabul   qilinadi   ( OA K   Nizomidan ).
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Oliy   Attestatsiya
Komissiyasi   Riyosatining2003   yil   17   iyuldagi   9614-son   va   13   noyabrdagi   9814-
son   qarorlari        bilan      o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar   kiritildi   hamda   O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi 2003 yil 12 avgustda 261-1-raqam va 2004 yil 261-
2-raqam bilan ro‘yxatga olindi ( OAK Nizomidan ). 24KO‘RA.   «O‘TIL»da   uning   uch   ma’nosi:1. ko‘rmoq.ravishdosh.   2.   ko‘m.
(j.k. bilan). Muvofiq, binoan.3.  ko‘m. (ch.k. bilan).  Nisbatan, qaraganda 1
 berilgan
bo‘lib, ikkinchi ma’nosi, o‘zi bog‘langan jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan kelgan
holatida   binoan   qatoridagi   ko‘makchilar   bilan   sinonim   bo‘ladi:   taomilga   ko‘ra,
odatiga   ko‘ra,   an’anaga   ko‘ra,   Prezident   Farmoniga   ko‘ra   va   boshqalar.
Masalan:   Jamiyatning   siyosiy   mavqiega        ko‘ra    ,   uning   iqtisodiy   va   siyosiy   tizimi
o‘zgaradi   ( Otamurodov   S.   Politologiya )   Jamiyatning   siyosiy   mavqiega        muvofiq    ,
uning   iqtisodiy   va   siyosiy   tizimi   o‘zgaradi.   Y    a   sama   taomilga   ko‘ra    ,   avval   chap
qo‘lini   jigariga   qo‘ygancha   suzmoqchidek   bo‘lib   ko‘rishadi,   so‘ng   sekin   chetga
tortib   dag‘dag‘a   boshlaydi   ( E.A’zamov ).   Y    a   sama   taomilga   binoan    ,   avval   chap
qo‘lini   jigariga   qo‘ygancha   suzmoqchidek   bo‘lib   ko‘rishadi,   so‘ng   sekin   chetga
tortib   dag‘dag‘a   boshlaydi   Jamiyat   hayoti   eng   asosiy   sohalarining   o‘rni   va
ahamiyatiga        ko‘ra    ,   iqtisodiyot   va   siyosat,   ular   o‘rtasidagi   aloqadorlik   g‘oyat
muhim   masala   hisoblanadi( Y u supov   E.   Falsafa )   Jamiyat   hayoti   eng   asosiy
sohalarining o‘rni va   ahamiyatiga        asosan    , iqtisodiyot  va siyosat, ular o‘rtasidagi
aloqadorlik g‘oyat muhim masala hisoblanadi ( YUsupov E. Falsafa ). 
Misollar   tahlili   uning   asosida   ko‘makchisiga,   hatto   tayanib   va   asoslanib
so‘zlariga ham sinonim bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi:  O qsil biosintezi haqidagi
tushunchalarimizning   poydevori   50-yillardagi   bir   qator   muhim   kashfiyotlar
asosida   shakllandi   ( To‘raqulov   YO.   Bioximiya )   -   O qsil   biosintezi   haqidagi
tushunchalarimizning   poydevori   50-yillardagi   bir   qator   muhim   kashfiyotlarga
ko‘ra   shakllandi.   Keylen   va   Teorell   ishlari         asosida      hujayraning   oksidlanish
jarayonlari   haqidagi   dastlabki   nazariyalar   maydonga   keldi.   ( To‘raqulov   Y.
Bioximiya )   -   Keylen   va   Teorell   ishlariga         tayanib    ,   hujayraning   oksidlanish
jarayonlari   haqidagi   dastlabki   nazariyalar   maydonga   keldi   Keylen   va   Teorell
ishlariga         asoslanib    ,   hujayraning   oksidlanish   jarayonlari   haqidagi   dastlabki
nazariyalar maydonga keldi. 
Ikkinchi yo‘nalishda ko‘makchili  birikma  chiqish kelishigida kelib, bu so‘z
nisbatan,   qaraganda   ko‘makchilari   bilan   sinonim   bo‘ladi.   Masalan:   Xondan
ko‘ra   biz turgan joy CHechiktuga  yaqinroq edi ( P.Qodirov )  Xonga        nisbatan        biz
turgan     joy   CHechiktuga   yaqinroq   edi;     Xonga        qaraganda      biz     turgan     joy
CHechiktuga     yaqinroq   edi.  Mahkamning   bosiqligi   esa   uni   Ochilga        nisbatan        bir
necha yosh katta ko‘rsatardi (P.Qodirov). 
1
1
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. – М.:Русский язык ,  1981.  I  том. 419-б. 25Ko‘ra   ko‘makchisi o‘z sinonimik qatoridagi boshqa so‘zlarga nisbatan faol
bo‘lib,   bu   uning   ommabop   va   so‘zlashuv   uslublarida   me’yorlashganligi   bilan
izohlanadi.
YUZASIDAN.   «O‘TIL»da   bu   ko‘makchi   to‘g‘risida   shunday   deyilgan:
« YUzasidan   ko‘m.(b.k.bilan)   1.   Ish-harakatning   nimaga   doirligini   bildirib,
«uchun», «haqida», «bo‘yicha» ma’nolarida keladi. Davlatga jun sotish  yuzasidan
olingan   majburiyat   bajarildi.   2.   «Biror   narsani   ko‘zda   tutib,   biror   narsaga   qarab
yoki amal qilib» kabi ma’nolarda keladi. Adolat  yuzasidan  gapirmoq» 1
. 
Kuzatishlar   uning   uchun    ko‘makchisi  bilan  sinonim   bo‘lishi  kamdan-kam
hol  ekanligini   ko‘rsatdi:   O‘zbekiston   Respublikasining   Prezidenti   Konstitutsiyaga
va qonunlarga  asoslanib  hamda  ularni   ijro  etish yuzasidan   respublikaning  butun
hududida   majburiy   kuchga   ega   bo‘lgan   farmonlar,   qarorlar   va   farmoyishlar
chiqaradi   ( O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi )   O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni
ijro   etish   uchun   respublikaning   butun   hududida   majburiy   kuchga   ega   bo‘lgan
farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Haqida     ko‘makchisi bilan sinonimik holatini esa tez-tez kuzatish mumkin.
Ammo bunda   haqida   ning grammatik shakli o‘zgaradi va bu hol nutqdagi boshqa
birliklarning   ishlatilishiga   ham   ta’sir   qiladi:   Kengash   ilmiy   daraja   berish
masalasi        yuzasidan      qarori   majlisda   katnashgan   a’zolarning   kamida   uchdan   ikki
kismi   yoqlab   ovoz   bergan   taqdirdagina   ma’qul   deb   topiladi   ( OAK   Nizomidan )   /
Kengash   ilmiy   daraja   berish   haqidagi   qarori   majlisda   katnashgan   a’zolarning
kamida uchdan ikki kismi yoqlab ovoz bergan taqdirdagina ma’qul deb topiladi. 
Bu   sinonimik   qatorni   to‘g‘risida/to‘g‘risidagi   va   ko‘ra     ko‘makchilari
hisobiga boyitish mumkin:   Ekspert kengashi  har yili 10 yanvardan kechiktirilmay
Oliy   Attestatsiya   Komissiyasining   fan   sohasi   bo‘yicha   bo‘linmasiga   o‘tgan   yil
mobaynidagi  o‘z faoliyati        to‘g‘risida      belgilangan shaklda hisobot topshiradi( OAK
Nizomidan ). Oliy Kengash Rayosati 1993 yil mobaynida Oliy Majlisga   saylovlar
to‘g‘risidagi   Qonun   loyihasini   tayyorlasin   va   uni   umumxalq   muhokamasiga
kiritsin ( O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ). Komissiya chiqargan  xulosaga
ko‘ra   aytish   mumkinki…/   Komissiya   chiqargan   xulosa         yuzasidan      aytish
mumkinki…   Ovoz   berish   tugagach,   hisob   komissiyasining   a’zolari   qutichani
ochib, byulletenlarni  sanaydilar va   ovoz berish natijalari  yuzasidan   bayonnoma
tuzadilar./   Ovoz   berish   tugagach,   hisob   komissiyasining   a’zolari   kutichani   ochib,
byulletenlarni sanaydilar   va      ovoz berish natijalariga        ko‘ra      bayonnoma tuzadilar
1
1
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. – М.:Русский язык ,  1981.  II  том. 464-б. 26( OAK   Nizomidan ).   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   «Diniy   bayram-
Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida» 1991yil 20 iyundagi 221-
son Farmoni  ijrosi        yuzasidan     Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi («Zarafshon» g.).
Ko‘makchi   vazifasidagi   xususida   so‘zi   ham   yuzasidan   ning   ma’nosini
berishi   mumkin:   O‘zbekiston   Respublikasining   Prezidenti   respublika   Oliy
Majlisiga   har   yili   ichki   va   xalqaro   ahvol   xususida   ma’lumotnoma   taqdim   etadi
( O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ).  
Misollar   tahlili   shuni   ko‘rsatmoqdaki,   bu   ko‘makchi   asosan   bo‘yicha
elementi   bilan   sinonim   bo‘ladi.   SHuning   uchun   ularni   hatto   bir   matnning   o‘zida
ham yonma-yon uchratish mumkin: Ilmiy daraja berish masalasi   yuzasidan   OAK
Riyosati     xulosasi   va   qarori      bo‘yicha      shikoyat   arizasi   echim   va   qaror   chiqqan
kundan   e’tiboran   ikki   oylik   muddat   mobaynida   berilishi   mumkin   ( OAK
Nizomidan ).   Biz   bu   haqda   bo‘yicha   ko‘makchisi   xususida   so‘z   yuritganda   ham
to‘xtalib o‘tganmiz.
Y u zasidan   ko‘makchisi   asosan   rasmiy,   ommabop,   qisman   ilmiy   uslub
doirasida   chegaralangan.   Rasmiy   uslubda:   Dissertatsiya   ishining   amaliyotga
tadbiqi   yuzasidan   maxsus   ishlab   chiqilgan   tavsiyalar   ixtisoslashgan   kengashda
tasdiqlanib,   attestatsiya   ishiga   ilova   qilinadi   (OAK   Nizomidan).   Viloyat   ichki
ishlar   boshqarmasi   bu   ish        yuzasidan      tashkiliy-profilaktik   tadbirlarni   muntazam
ravishda o‘tkazishi zarur («Zarafshon»).
So‘zlashuv uslubidan ko‘pincha uning o‘rniga  bo‘yicha, to‘g‘risida, haqida
sinonimlari   ishlatiladi.     Uning   so‘zlashuv,   badiiy   va   ommabop   uslublarda   kam
uchrashining sababi ham ana shunda.
MUVOFIQ.   «O‘TIL»da:   1.Mos,  to‘g‘ri  keladigan.  2. ko‘m.vazifasida  (j.k.
bilan).   Binoan,   asosan,   ko‘ra,   asoslanib 1
.   «O‘zbek   tili   grammatikasi»da:   Ish-
harakatning   sodir   bo‘lishida   asos   bo‘lgan   ob’ekt   ma’nosini   bildiradi   2
.   Ikkinchi
ma’nosida   va   jo‘nalish   kelishigida   kelganda   binoan   va   shu   uyadagi   so‘zlarga
sinonim   bo‘ladi:   Ommaviy   axborot   vositalari   erkindir   va   qonunga   muvofiq
ishlaydi   ( O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi ).   Himoya   qiluvchi   o‘zi
topshirgan   yozma   arizasiga         binoan      himoya   davomida   yashirin   ovoz   berish
boshlangunga qadar dissertatsiyani muhokamadan olish huquqiga ega.
Quyidagi misollar esa bu so‘zning jo‘nalish kelishigidagi va birlikdagi bilan
bog‘langan   hamma   holatlarida   ham   sinonimiya   vujudga   kelavermasligini
ko‘rsatadi:   Sudyalarning   odil   sudlovni   amalga   oshirish   borasidagi   faoliyatiga
1
1
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. – М.:Русский язык ,  1981.  I  том. 475-б.
2
2
 Ўзбек тили грамматикаси. Икки томлик.  I -том. Морфология.- Тошкент: Фан ,  1975. 555-б. 27biron-bir  tarzda aralashishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi  va va bunday aralashish   qonunga
muvofiq   javobgarlikka   sabab   bo‘ladi( O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi )
CHet el fuqorolari uchun nomzodlik imtihonlari o‘zbek yoki rus tili, informatsion
texnologiyalar   asoslari   va   dissertatsiya   mavzusiga   muvofiq   ixtisoslik   fanidan
o‘tkaziladi ( OAK Nizomidan ). 
Misollar   tahlilidan   shu   narsa   ma’lum   bo‘ladiki,   bu   ko‘makchi   ilmiy   va
rasmiy uslublarga xoslangan: Iqtisodiy siyosat – bu jamiyatning siyosiy tizimining
bosh   bo‘g‘ini   sanalmish   davlat   tomonidan   mamlakat   iqtisodiy   negizini,   moddiy
asosini   zamon   talablari,   jamiyat   a’zolari,   huquq   va   erkinliklariga        muvofiq      olib
boradigan   tashkiliy   boshqaruv   va   taqsimot   yo‘nalishida   bo‘ladigan
munosabatlardir   ( Otamurodov   S.   Politologiya ).   Mabodo   mazkur   kengashning
faoliyati   to‘xtatilgan   bo‘lsa,   ilmiy   darajadan   mahrum   qilish   haqidagi
iltimosnomani   Oliy   Attestatsiya   Komissiyasi   topshirigiga         muvofiq      boshqa
kengash ko‘rib chiqadi ( OAK Nizomidan ).
Ushbu   sinonimik   qatorga   kiradigan   binoan   so‘zi   «Sof   ko‘makchilar»
qismida tahlil qilingan.
BOSHQA.   «Izohli   lug‘at»da   uning   ma’nosi   «zikr   qilinganda,   aytilganda
yoki   ko‘zda   tutilgandan   bo‘lak,   o‘zga»   ma’nolarini   berishi   aytilgan   bu   so‘z   5-
ma’nosida   –   bo‘lak,   tashqari     ma’nolarida   ko‘makchi   vazifasini   bajarishi   qayd
etilgan 3
  .   T.   Rustamov   ham   boshqa     ko‘makchisi   ot   yoki   ot   ma’nosidagi
so‘zlarning   chiqish   kelishik   formasida   qolishini   talab   qilib,   ularning   hokim
bo‘lakka  tobelanish munosabatini yaratishini va ko‘makchi boshqarayotgan otdan
anglashilgan predmetni yo holatni ajratib ko‘rsatishini aytgan 4
.
BO‘LAK   so‘zi ham  butunning bir qismini  anglatish bilan birga ko‘makchi
vazifasida keladi va  boshqa, tashqari  so‘zlari bergan ma’noni ifoda eta oladi 5
.
BO‘YI.   «O‘zbek   tili   grammatikasi»da   bo‘yi   ko‘makchisining   harakat-holatni
bildiruvchi   so‘zlar   ifodalagan   vaqt   doirasida   davomlilik   ma’nosini   bildirishi
aytilgan .
3
3
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. – М.:Русский язык ,  1981.  I  том. 139-140-б.
4
4
 Рустамов Т. Ҳозирги ўзбек адабий тилида кўмакчилар. – Тошкент: Фан ,  1965. 84-б.
5
5
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томлик. – М.:Русский язык ,  1981.  I  том.162-б. 285. Ko’makchilar sinonimiyasi.                                                                          
Turkiy tillarda ko‘makchilar  X  asrlardanoq sinonimik holatlarda qo‘llanila 
boshlagan.
Hozirgi   o‘zbek   tilida   bilan   ko‘makchisining   boshqa   til   vositalari   bilan,
jumladan,   bog‘lovchilar,   ko‘makchilar,   kelishik   qo‘shimchalari   bilan   sinonimik
munosabatga   kirish   imkoniyatlari   keng   ekanligini   bilan   ko‘makchisi   misolida
ko‘rish mumkin.
Bilan   –   va   sinonimiyasi.   Ular   quyidagi   semantik   ma’nolarni   ifoda   etganda
sinonimik munosabatga kirishadi:  birgalik ma’nosi:   Ahmad bilan SHavkat  darsga
keldi / Ahmad   va   SHavkat  darsga keldi;   tenglik ma’nosi:   Doim u bilan men. U
o‘xshar senga, Uning ham seningday ko‘zlari xumor  (Zulfiya) /  Doim u va men. U
o‘xshar senga, Uning ham seningday ko‘zlari xumor kabi.   Lekin bundan ularning
o‘rnini   hamma   vaqt   ham   almashtirib   qo‘llayverish   mumkin,   degan   ma’no   kelib
chiqmaydi.   Masalan:   Hikmatillo   kechi   bilan   indinga   ertalab   o‘z   qismida   bo‘lishi
kerak  (O.Y o qubov).
Bu   ko‘makchi   kelishik   ko‘rsatkichlari   bilan   sinonimik   munosabatga
kirishadi:
-da     bilan:   vosita:   Qishloqdan     mashina   bilan     keldim   /     Qishloqdan
mashinada      keldim.   Tarz:   Xonaga  astagina  oyoq  uchi  bilan  kirib  keldi  /  Xonaga
astagina oyoq uchida kirib keldi.   Holat:   Qiz kutishning zavqi bilan mast, / YAna
yuragida   o‘t   yondi   (Zulfiya) .   -da   ko‘makchi   hosil   qiluvchi   vositaga   aylanishi
mumkin:   haqida, to‘g‘risida   kabi. Ushbu misollar yordamchi so‘z turkumlarining,
xususan   ko‘makchilarning   yasalmasligi   haqidagi   qarashlarni   o‘zgartirishga   olib
keladi.   Negaki,   bu   so‘zlarning   birontasining   -da   qo‘shimchasisiz   qismini
ko‘makchi   deb   ayta   olmaymiz   va   ularning   birlashuvi   jarayonini   leksikalizatsiya
hodisasi   deb   tushunamiz.   Ushbu   hodisa   tufayli   tildagi   ikki   birlik   qo‘shilib,
ko‘makchi paydo bo‘lmoqda.
-dan   bilan.   Sinonimik   munosabatning   bu   ko‘rinishida   biroz   notabiiylik
borday   tuyuladi:   O‘tirishi   bilan     gap   boshladi   /   O‘tirgandan     gap   boshladi   kabi.
Biroq hamma erda ham chiqish o‘rin  ma’nosini anglatgan holatlarda ular sinonim 29bo‘laveradi,   deyish   to‘g‘ri   emas:   qishloqdan   keldi,   yurakdan   gapirdi     deyiladiyu,
ammo   qishloq   bilan   gapirdi,   yurak   bilan   gapiridi   deyilmaydi.   Mana   shunday
holatlarda   ular   sababli,   tufayli     so‘zlari   bilan   ham   sinonim   bo‘la   oladi:   Mehnat
bilan zumrad dalalar / Kundan kunga dilbar bo‘ladi  (Zulfiya).
Bilan   ko‘makchisining  yordamida ,  ko‘magida, vositasida, davomida  singari
so‘zlar bilan sinonimik munosabatda bo‘lishi ham uning bu boradagi imkoniyatlari
naqadar kengayib ketganligidan dalolat beradi:  yordamida – bilan: CHamadonning
qulfi yo‘q, qoq belidan tasma bilan chandib qo‘yilgan edi  (O.YOqubov)   kabi. Payt
ma’nosini   anglatadigan   ko‘makchisi   bilan   ham   sinonimik   munosabatga   kirishadi:
Qora ko‘zlaringning dilbar nigohi / Kun bo‘yi yashaydi aqlu hushimda  (Zulfiya).
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili   uchun   me’yoriy   xarakterda   bo‘lgan
ko‘makchisining   tarixan   bir   qancha   variantlari   bo‘lgan   va   ularning   juda   oz
qisimgina   badiiy   adabiyot   matnlarida   saqlanib   turibdi.   Bu   ko‘makchining   ayrim
kelishik   qo‘shimchalari   bilan   sinonimik   imkoniyatlari   keng   bo‘lib,   bu   narsa
ularning   uslublararo   vazifaviy   chegaralanishlarini   ham   belgilaydi.   A.Pardaevning
dissertatsion ishida boshqa sof ko‘makchilar ham ana shu tarzda tahlil qilingan. 
  30                                        Xulosa
Mustaqillik   sharofati   bilan   o‘zbek   adabiy   tili   aloqa   imkoniyatlarining
kengayib   borayotganligi,   hozirgi   paytda   rasmiy,   so‘zlashuv   kabi   uslublarning
kommunikativ   funksiyasining   kuchayganligi,   diniy   uslubning   o‘zbek   muloqot
shakli   sifatida   qayta   qo‘llanila   boshlashi   barcha   so‘z   turkumlari   qatorida
ko‘makchilarning   grammatik-stilistik   imkoniyatlarini   yanada   chuqur   o‘rganishni
taqozo etmoqda.  
Morfologik kategoriyalar tizimida qaraladigan ko‘makchilar   tadqiqi shundan 
dalolat beradiki, o‘zbek tilining ijtimoiy hayotdagi rolining oshishiga mos 
ravishda keyingi yillarda ularning ham nafaqat semantik va grammatik, balki 
funksional-stilistik imkoniyatlari ham kengayib bormoqda. Ko‘makchilar 
semantikasi mavhumlikdan aniqlikka, oddiy axborot yoki ma’lumot berishdan 
ta’sirchanlikka qarab borishda muhim uslubiy ahamiyat kasb etmoqda. 
Alohida  olingan   ko‘makchi   yoki   ko‘makchi   vazifasidagi   so‘z   leksik   ma’no
anglatmasa-da,   semantik   maydondagi   boshqa   so‘zlar   ma’nolarining,   ayniqsa,
semantik-stilistik ma’nolarining reallashuviga bevosita xizmat qiladi. 
  Ko‘makchilar   sinonimik   munosabatga   kirishganda   bu   jarayon   faqat     sof
ko‘makchilar   sof   ko‘makchilar   bilan,   funksional   ko‘makchilar   funksional
ko‘makchilar bilan  tarzidagina kechmaydi. Sinonimik munosabat  sof ko‘makchilar
bilan   funksional   ko‘makchilar   tarzida   amalga   oshishi   ham   mumkin.   SHuning
uchun   ham   ularning   bu   tarzdagi   nutqiy-pragmatik   variantlariga   nisbiy   qarash
lozim.   Bu   holat   ko‘makchilar   o‘rtasidagi   sinonimik   imkoniyatlarning     keng
ekanligidan,   o‘z   navbatida   tilimizdagi   lingvistik   birliklar   leksik-semantik,
grammatik   va   uslubiy   imkoniyatlarining   ham   tobora   ortib     borayotganligidan
dalolat beradi. Ayrim ko‘makchilar esa ikki yoki undan ortiq ma’noga ega bo‘lib,
ular     faqat   bir   yo‘nalishdagina   boshqa   ko‘makchiga   sinonimik   munosabatda
bo‘ladi.   Ba’zi   ko‘makchilar   o‘rtasidagi   sinonimik   munosabat   esa   faqat   matniy
xususiyatga ega. 31  Mustaqil   ma’noni   ifoda   etadigan   so‘zlarning   ko‘makchilik   vazifasini
bajarishga   o‘tishi   so‘zlardagi   semantik-stilistik   ma’nolarning   kengayishi   bilan
bog‘liq hodisadir. Mana shu ma’no kengayishi oqibatida ularning bir yo‘nalishdagi
ma’nosida   ko‘chish   hosil   bo‘ladi   va   shu   tarzda   asosiy   ma’nodan   uzoqlashish   va
yordamchi-grammatik   ma’no   bildirishga   moyillik   kuchayadi.   Natijada   uning   ana
shu yo‘nalishida ko‘makchilik xususiyati shakllanadi. 
  Ko‘makchilar sinonimiyasi  gap strukturasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. YA’ni,
sinonimik   qatordan   tanlangan   ko‘makchi   o‘zi   bog‘lanib   kelgan   so‘zning
sintagmatik   belgilarini   o‘zgartiradi.   Ko‘makchilarning   uslubiy   xususiyatlari
ularning qaysi kelishikdagi so‘zlar bilan bog‘langanligi yoki o‘zlari qaysi kelishik
shaklini qabul qilganligi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 
  Ko‘makchilar   o‘rtasidagi   sinonimiya   vazifaviy   differensiatsiyaga   to‘g‘ri
proporsionaldir.   Ulardagi   sinonimik   variantlar   qanchalik   ko‘p   bo‘lsa,   uslublararo
taqsimlanish ham shunchalik mo‘l va rang-barang bo‘ladi.
 Ko‘makchilar sinonimiyasida mutlaq o‘xshashlik sezilmaydi. Bu sinonimik
variantlar   yoki   ko‘makchili   qurilmalar,   hech   bo‘lmaganda,   ma’lum   uslublar
doirasida chegaralanadi. 
  Ko‘makchilarga   xos   bo‘lgan   lingvistik   imkoniyatlarni   faqat   diaxronik   va
sinxronik   yo‘nalishdagi   grammatik   tahlillar   doirasida   hal   qilish   bir
tomonlamalikdir.   Bu   tahlilga   stilistik   tadqiqotlar   va   eksperimentlar
qo‘shilgandagina u birmuncha   mukammallashadi.  
  Ayrim   ko‘makchilarning   frazeologik   birliklar   yaratilishiga   asos   bo‘lishi
( komil   ishonch   bilan,   ko‘z   qiri   bilan,   ko‘ngil   qoraligi   bilan;   ochiq   chehra   bilan;
qaysi bet bilan, oyoq ustida, qil ustida, gap ustida  kabi) ularning semantik-stilistik
imkoniyatlari va qo‘llanish ko‘lami yanada keng ekanligidan dalolat beradi. 32Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.         Пардаев А.Б. Ўзбек тилида кўмакчилар стилистик си . Монография. –
Самарқанд: СамДЧТИ нашриёти, 200 8  й. 110 б.
2. Sayfullayeva R. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” . Toshkent.: 2020
3. Karimov S. “O’zbek tili uslubiyati muommolari”. Ma`ruzalar 
matni.2021
4. www.arxiv.uz      internet sayti

1O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI KURS ISHI Fan: O‘zbek tilining grammatik uslubiyati muammolari Mavzu: Ko’makchilar stilistikasi Fan o‘qituvchisi : Prof. S. Karimov Bajaruvchi: 1-kurs magistranti Burhonova Malika Hisobot O‘zbek tilshunosligi kafedrasining __-yil __-fevraldagi __-son yig’ilishida ko’rib chiqildi. (Ro‘yxat raqami __) Kurs ishiga __ ball qo’yildi. Komissiya raisi: _______________ Komissiya a’zolari: _______________ ______________________ ______________________

2Mavzu: Ko`makchilar stilistikasi Reja: 1. O`zbek tilshunosligida ko`makchilar va ularga xos bo`lgan funksional- stilistik xususiyatlarning o`rganilishi. 2. Sof ko`makchilarning stilistik xususiyatlari. 3. Funksional ko`makchilarning stilistik xususiyatlari. 4. Ko`makchilar sinonimiyasi.

3Kirish So‘zlarni turkumlarga ajratish masalasi antik davrdan buyon tilshunoslikning asosiy muammolaridan biri sifatida mutaxassislar diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Qadimgi hind tilshunosligidan quvvatlangan arab tilshunosligida ham so‘zlar ism, fe’l va harf(yordamchi)larga ajratilgan. Buyuk qomusiy olimlarimiz Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy va boshqalarning lingvistik qarashlarida ham bu borada fikr-mulohazalar bildirilgan. Jumladan, Farobiy so‘z turkumlarini tasniflashda arab grammatikasi an’analariga asoslanib, ot, fe’l va harflarga ajratadi. U ot va fe’llarning grammatik kategoriyalari haqida so‘z yuritib, ot va fe’llar uchun jins (er-xotinlik), son (birlik- ikkilik-uchlik) kategoriyalari xos ekanligini, shu bilan fe’llarning o‘ziga xos belgisi zamon (o‘tgan-hozirgi-kelasi zamon) bildirishi ekanligini ta’kidlaydi. Buyuk tilshunos alloma Mahmud Koshg‘ariy ham arab tilshunosligi an’analari asosida turkiy tillarda ham uchta so‘z turkumi borligini e’tirof etadi: otlar (ismlar), fe’llar va yordamchilar (harflar). U bu so‘z turkumlari ichida ayniqsa fe’llarni chuqur tahlil etadi. Fe’llarning zamon, nisbat shaxs kategoriyalari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tilshunoslik ilmining asoschilaridan biri Mahmud Zamaxshariy bu borada juda sermaxsul ijod qilgan. U ko‘p o‘rinlarda hatto arab tili grammatikasining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Zamaxshariyning grammatikaga doir asarlari ichida “Al-Mufassal” arab tili morfologiyasi va sintaksisini o‘rganishda eng muhim qo‘llanma sifatida SHarqda ham, G‘arbda ham katta shuhratga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, uning “Muqaddimat ul-adab” asari ham tilshunoslik fani uchun muhim qimmatga egadir. Asarda so‘z turkumlari besh qismdan: 1) ot; 2) fe’l; 3) bog‘lovchilar; 4) ot o‘zgarishlari; 5) fe’l o‘zgarishlaridan iborat deyilgan. O‘zbek tili taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan namoyandalardan biri – Alisher Navoiydir. Alisher Navoiyning morfologik qarashlari “Muhokamat ul - lug‘atayn» asarida bayon qilingan. U ham o‘sha davrdagi arab grammatikasi an’anasiga ko‘ra, so‘zlarni uch guruhga ismlar, fe’llar va harakatlar (yordamchilar). Vaholanki, Alisher Navoiy so‘z turkumlarini tasnif etishda arab sarfi an’anasiga bo‘ysunsa ham lekin turk tilining o‘ziga xos xususiyatlarini, otlarning va fe’llarning xarakteri morfologik jihatlarini zukko tilshunos sifatida ochib berdi 1 . O‘zbek tilining rus turkiyshunoslari tomonidan o‘rganilishi XIX asrning ikkinchi yarmidan, ya’ni chor Rossiyasi O‘rta Osiyoni ishg‘ol etganidan so‘ng 1 Бу ҳақда кенгроқ маълумот олиш учун қаранг: Элтазаров Ж. Сўз туркумлари ҳақидаги лингвистик назариялар. – Самарқанд: СамДУ нашри , 1996. 11-92 бетлар.

4boshlangan. Dastlab o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha turli qo‘llanmalar, harbiy tarjimonlik kitoblari, mustaqil o‘rganish va so‘zlashuv kitoblari yozilgan va nashr etilgan. Bu kitoblardan ko‘zlangan maqsad O‘rta Osiyoda harbiy xizmatini o‘tayotgan yoki turli amaldorlik vazifalarini bajarayotgan ruslar uchun o‘zbek tilini amaliy ravishda o‘rgatishdan iborat edi.

51. O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilar va ularga xos bo‘lgan funksional- stilistik xususiyatlarning o‘rganilishi. Turkiy tillarda, jumladan o`zbek tilida ham ko’makchi ko’pdan buyon tilshunoslikning tekshirish manbayi bo’lib kelmoqda. O’zbek tilidagai ko’makchiga birinchi bo’lib mukammal ta’rifni A.N.Kononov bergan: “Ko’makchilar shunday bir gruppa so’zlarki, ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol- vosita, maqsad-sabab, payt, masofa, o’xshatish kabi munosabatning yaratilishiga xizmat qiladi”. Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida o‘rganish ob’ekti bo‘lgan va buning natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik yo‘nalishdagi ishlar yuzaga kelgan. Jumladan, H.Berdiyorovning «Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar» mavzuidagi (Samarqand, 1949), X.T.Axtamovaning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkab analitik so‘ngshakllar» nomli nomzodlik dissertatsiyalari (Toshkent,1981), A.N.Kononovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘ng ko‘makchilar» (Toshkent,1951), SH.SHoabdurahmonovning «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (Toshkent,1953), R.Rasulovning «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarning semantik-grammatik xususiyatlari» (Toshkent,) T.Rustamovning «O‘zbek tilida ko‘makchilar» (Toshkent,1995), «Sof ko‘makchilar» (Toshkent,1991) monografiyalari bevosita o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan. O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning funksional-stilistik xususiyatlari esa A.Pardaev tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan hamda nomzodlik, keyinchalik doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlarini o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz. Ko‘makchilar tahliliga bag‘ishlangan muhim ishlar sifatida H.Berdiyorov va T.Rustamovlarning tadqiqotlari e’tiborga molikdir. H.Berdiyorovning «Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar» (Samarqand, 1949) deb atalgan nomzodlik dissertatsiyasi ikki qismdan iborat. Uning 1-qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi, so‘ngko‘makchilarning grammatik va