Yuklamalar stilistikasi
Mavzu:Yuklamalar stilistikasi Reja: Kirish.Yuklamalar va ularning o‘rganilish tarixidan. I.Yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari. 1.1Yuklamalarning tasnifi va nutqdagi vazifasi. 1. 2 Yuklamalar umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishi . 1. 3 Yuklamalarning grammatik,semantik va stilistik tabiati. 1.4Yuklamalar sinonimiyasi. II.O‘zbek tilida yuklamalar prezuppozitsiyasi. 2.1Presuppozitsiya haqida ma’lumot. 2.2 Ham yuklamasi presuppozitsiyasi. 2.3 Yana yuklamasi presuppozitsiyasi . Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Yuklamalar va ularning o‘rganilish tarixidan Yuklamalar gap yoki uning alohida bo‘laklariga har-xil emotsional- ekspressiv mazmun berish uchun qo‘llaniladi. Ularning matndagi vazifasi so‘zlovchining matn mazmuniga nisbatan munosabatini bildirish, e’tiborni tortishdan iboratdir. Aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning o‘rganilishiga oid ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Yuklamalar ham tilshunoslarning doimiy e’tiborida bo‘lgan grammatik vosita bo‘lib, bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda.Yuklamalar tadqiqi yuzasidan dissertatsiyalar himoya qilingan , qator maqolalar e’lon qilingan. Bu boradagi faktik ma’lumotlar A.Pardayevning «Til tizimida yordamchi so‘zlar» monografiyasida keng va batafsil tahlil qilingan. 1 Quyida o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning diaxron va sinxron aspekta o‘rganilishiga e’tibor qaratamiz. Yuklamalar tilimizda tarixan qo‘llanishda bo‘lgan vositalar hisoblanadi.Masalan, S.Mutallibov «Devonu lug‘otit turk»da uchrovchi yuklamalar ikki xil bo‘lganini aytgan: 1. Ilgaridan tilda yuklama vazifasida qo‘llanib kelayotgan yuklamalar -chi, gina, -o‘q kabi, 2. Ilgari biror mustaqil so‘z turi bo‘lgani holda,so‘ng yuklama funksiyasiga ko‘chganlar: yolg‘iz, ilal kabi. Eski o‘zbek tilida qo‘llangan yuklamalar haqida, aniqrog‘i XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklarda uchrovchi yuklamalar haqida qimmatli ma’lumot bergan olima – A.Ibrohimovadir. U bu davrdagi yuklamalarni ikki guruhga ajratadi: 1) affiks ko‘rinishida bo‘lgan sof yuklamalar; 2) mustaqil so‘z shakliga ega bo‘lgan funksiyadosh yuklamalar. A.Ibrohimova sof yuklamalar sifatida –mu//-mi, -qi:na/-kina//-g‘i:na/-gina, -oq/ kℴ yuklamalarini ko‘rsatadi. 2 Olima XIII-XIV asrlardagi turkiy yozma yodnomalarda qo‘llanilgan ma (bu so‘z asli bog‘lovchi), emə (bog‘lovchi), ush (olmosh), taqi/daqi/dahi (bog‘lovchi) kabi funksional yuklamalarni ko‘rsatadi. Bundan tashqari, magar, 1 Пардаев А.Б. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 117-134-бетлар 2 XIII – XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили (Морфология). – Т.: Фан, 1986. 264-267-б.
kashke, illa, hatta, bale, axir, bas, ham, alqissa, almaqsud, filjumla kabi fors-tojik va arab tillaridan o‘zlashgan yuklamalarni ham tahlil qilgan. 3 «Yuklamalar - deb yozadi J.Hamdamov, - turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida boshqa turkumlardagi so‘zlarga nisbatan keyinroq (lekin bog‘lovchilardan oldinroq) paydo bo‘lgan grammatik kategoriya bo‘lib, ular modal so‘zlar bilan qo‘shimchalar orasidagi joyni egallaydi. Yuklamalarning ko‘pchiligi ot, fe’l, olmosh, ravish kabi mustaqil ma’noli so‘zlardan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Binobarin, eng qadimgi turkiy tilda grammatik jihatdan rasmiylashgan, alohida turkum bo‘lib ajralib chiqqan yuklamalar yo‘q edi. Ba’zi ot va fe’llar yuklama vazifasini ham bajarar edi. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi turk va o‘rta turk davrlariga kelib yuklamalar alohida so‘z turkumi sifatida ajralib chiqa boshladi. Ularning asosiy qismi turkiy tillarning o‘z ichki imkoniyatlari hisobidan, boshqa bir qismi o‘zlashma yuklamalar hisobidan boyib bordi» J.Hamdamov o‘zbek tilida tarixan ishlatilib kelgan yuklamalarni qo‘llanish o‘rniga ko‘ra ikki guruhga: postpozitiv yuklamalar va prepozitiv yuklamalarga bo‘lgan. 1.Postpozitiv yuklamalar: 1) affiks-yuklamalar –mu//-mi, -g‘i:na/-ginə/- qi:na/-kinə, -oq/0k, -chu/chү, -chi/chү, -la/lə; 2) so‘z yuklamalar -ma, eme, taqы/daqы, ham biriktiruvchi bog‘lovchilari, ush olmoshi kabi funksional yuklamalar. 2. So‘z yoki gapning oldidan keladigan prepozitiv yuklamalar mustaqil, alohida so‘z shakliga ega bo‘lib, ular turkiy tillarga tegishli bo‘lmay, arab, fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlardir. Bular quyidagilar: bəlki(m), hattā,göyā/göyāki, məgər, kāshki, hamānā, shāyad / shāyad kim, āxir, illā, bas, balə,erkən / erkin / ekən, ermish / emish, kerək, alqissa kabilar. I.Yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari. 1.1. Yuklamalar tasnifi va nutqdagi vazifasi Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi yuklamalarni Sh.Shoabdurahmonov maxsus tadqiq etgan. O.Bozorov «O‘zbek tilida yuklamalarning semantik-funksional xususiyatlari» nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 4 O.Bozorov ushbu nomzodlik dissertatsiyasida yuklamalar sirasiga quyidagilarni kiritadi: -ki, -da, -u(- 3 XIII – XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили. 268-271-б 4 Базаров О. Частицы в узбекском языке: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. - М., 1983. – с. 7–8
yu), ham, -ku, -mi, -chi, -a(-ya), balki, emas(mas), faqat, esa, bo‘lsa,na...na, tugul, negaki, sababki, nega desang, bo‘lmasa, yo‘qsa, aksincha, -oq(-yoq), -gina, -dir, - gin, -in, -cha, qip-, yop-, (yap-), kap-, xolos, naq, ayni, qoq, zora,shoyad, koshki, koshki edi (koshkiydi), qani endi, qani edi (qaniydi), ishqilib, hatto,aqalli (loaqal), nahot, nahotki, oxir, yana, tag‘in, to, agar, mabodo, basharti,bordi-yu, garchand, garchi, go‘yo, xuddi, bamisoli, albatta, baribir, demak, xullas,aytmoqchi, aytganday, aytgandek, ayniqsa, xususan, atigi, nihoyati, avvalo, avvali,avvalambor, hech, sira, aslo, mutlaqo, zinhor, juda, eng, g‘oyat, nihoyatda, o‘lgur,tushgur, tushmagur, qurgur, bo‘lgani, bo‘ladimi, bo‘lsa ham, boringki, qo‘yingki,qo‘ying-chi, kel (ke), keling, kelinglar, kelib-kelib, deyman, degin, deng, aytginaytgin, bildingmi, bilasizmi, yolg‘iz, naq, yaxshisi, bir, birinchidan, ikkinchidan, kimsan, mana, ana, bu, shu, nima, qani, o‘zi, qanday, -e(e), -ay, -ey, ha, xayriyat, xayriyatki, xo‘sh, asli (aslida), afsus (afsuski), taajjub (taajjubki), bor, yo‘q, bormi, bor-yo‘g‘i, tim, liq, lim, g‘irt, qir, shir, g‘arq, jiqqa. Bu borada yana Z.Isoqov ham tadqiqot olib borgan. U «O‘zbek tilida so‘z turkumlarining o‘zaro munosabati va unda yuklamalarning o‘rni» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U yuklamalar sirasiga -ki, -ku, -da, -u(- yu), ham, -mi, -chi, -a(-ya), faqat, na... na, tugul, -oq(-yoq), -gina, -dir, -gin,qoq, aqalli, nahot, nahotki, agar, mabodo, basharti, atigi, nihoyati, tim, liq, lim,g‘irt, g‘arq, jiqqa, -jon, -oy, -xon, -bek, -poshsho, - bonu, xuddi, naq, naqadar kabilarni kiritib, quyidagi semantik guruhlarga ajratadi: 1) kuchaytiruv-ta’kidyuklamalari: - ki, -da, -u(-yu), -a(-ya), aqalli, ham, -ku, naqadar, atigi, nihoyati,tim, liq, lim, g‘irt, g‘arq, jiqqa; 2) ayiruv yuklamalari: faqat, -gina; 3) taajjub yuklamalari: nahot, nahotki; 4) shart yuklamalari: agar, mabodo, basharti; 5)sub’ektiv baho yuklamalari: -jon, -oy, -xon, -bek, -poshsho, -gin; 6) inkor yuklamasi: na... na, tugul; 7) so‘roq yuklamalari: -chi, -mi; 8) aniqlov yuklamalari: xuddi, naq, qoq; 9) gumon yuklamasi: -dir. 5 Olim yana «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da (1981) yuklama sifatida berilib, boshqa ilmiy manbaalarda uchramagan e, xo‘sh, ha, ey, bu, bor-yo‘g‘i, ana, oriy, tugul, aksincha, xolos, yana, tag‘in, zora,zoraiki kabi 5 Исоқов З.С. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол. фан. номз. …дис.автореф. – Фарғона, 2005. 14-б.
yuklamalarni sanaydi va lug‘atdagi o‘z, qani, shu, mana, kimsan, bir,ayni, aqalli, qoq kabi so‘zlarni yuklamalik xususiyatlarini tahlil qiladi. Sh.Shahobiddinova -jon, -xon, -oy, -cha, -chak-(a)loq, -choq kabilarni yuklamalar qatoriga qo‘shish mumkinligini aytgan. Yuklamalar rus tilshunosligida ham batafsil o‘rtanilgan. Bu borada T.M.Nikolaevaning yuklamalar tadriji borasidagi monografiyasidan keng ma’lumot olish mumkin. Bu so‘zlar xususida M.Lomonosov ham to‘xtalib o‘tgan. A.Shaxmatov yuklamalarni sintaktik ob’ektda o‘rganish tarafdori bo‘lgan. V.Vinogradov yuklamalarni ekspressiv–stilistik funksiyalariga alohida urg‘u bergan. U yuklamalar qatoriga yana bog‘lovchilarni, predloglarni ham so‘zlarni kiritgan. F.F.Fortunatov ham yuklamalarning sintaktik xususiyatiga alohida e’tibor qaratgan. Rus tilshunosligida asosan yuklamalar bahsida A.Shaxmatov va F.Fortunatovlar fikri tayanch hisoblanadi. XX asrda turkologiyada ham yuklamalar tadqiqot ob’ektiga aylangan. Jumladan, F.Kenjebaeva qozoq tilidagi, F.Zeynalov ozarbayjon tilidagi, K.Amiraliev qozoq va qoraqalpoq tilidagi, K.Axmerov boshqird tilidagi yuklamalarni tadqiq etgan. Umuman, yuklamalar barcha ilmiy manbalarda so‘zlarga yoki gapga so‘roq, ta’kid, kuchaytirish, ayirish, chegaralash, o‘xshatish, qiyoslash kabi qo‘shimcha modal ma’no beruvchi yordamchi so‘zlar deya talqin etilgan. O‘zbek tilshunosligida bugungi kunda yuklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xilga ajratilgan: 1) qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar; 2) so‘z shaklidagi yuklamalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darsliklarida yuklamalar quyidagicha tasnif qilingan: 1. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a(-ya). 2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: -ku, -u(-yu), -da, -oq(-yoq), -ki,-kim, axir, hatto, hattoki, nahot, nahotki, tim, shir, g‘irt, liq, lim, g‘raq, jiqqa. 3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: -gina (-kina, -qina), faqat, faqatgina,yolg‘iz. 4. Aniqlov yuklamalari: xuddi, naq. 5. Gumon yuklamasi: -dir. 6. Inkor yuklamasi: na... na.