logo

Yuklamalar statistikasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

46.5439453125 KB
Mavzu:Yuklamalar stilistikasi
Reja:
Kirish.Yuklamalar va ularning o‘rganilish tarixidan.
I.Yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari.
1.1Yuklamalarning tasnifi va nutqdagi vazifasi.
1. 2  Yuklamalar umumiy grammatik ma’nosining   nutqiy   voqelanishi .
1. 3   Yuklamalarning grammatik,semantik va stilistik tabiati.
1.4Yuklamalar sinonimiyasi.
II.O‘zbek tilida yuklamalar prezuppozitsiyasi.
2.1Presuppozitsiya haqida ma’lumot.
2.2  Ham  yuklamasi presuppozitsiyasi.
2.3  Yana  yuklamasi presuppozitsiyasi .
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Yuklamalar va ularning o‘rganilish tarixidan
Yuklamalar   gap   yoki   uning   alohida   bo‘laklariga   har-xil   emotsional-
ekspressiv   mazmun   berish   uchun   qo‘llaniladi.   Ularning   matndagi   vazifasi
so‘zlovchining   matn   mazmuniga   nisbatan   munosabatini   bildirish,   e’tiborni
tortishdan iboratdir.
Aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning o‘rganilishiga oid
ko‘plab   ma’lumotlar   mavjud.   Yuklamalar   ham   tilshunoslarning   doimiy   e’tiborida
bo‘lgan   grammatik   vosita   bo‘lib,   bu   boradagi   tadqiqotlar   davom
etmoqda.Yuklamalar   tadqiqi   yuzasidan   dissertatsiyalar   himoya   qilingan   ,   qator
maqolalar   e’lon   qilingan.   Bu   boradagi   faktik   ma’lumotlar   A.Pardayevning   «Til
tizimida   yordamchi   so‘zlar»   monografiyasida   keng   va   batafsil   tahlil
qilingan. 1
Quyida o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning diaxron va sinxron aspekta
o‘rganilishiga e’tibor qaratamiz.
Yuklamalar   tilimizda   tarixan   qo‘llanishda   bo‘lgan   vositalar
hisoblanadi.Masalan,   S.Mutallibov   «Devonu   lug‘otit   turk»da   uchrovchi
yuklamalar   ikki   xil   bo‘lganini   aytgan:   1.   Ilgaridan   tilda   yuklama   vazifasida
qo‘llanib kelayotgan yuklamalar   -chi, gina, -o‘q   kabi, 2. Ilgari biror mustaqil so‘z
turi bo‘lgani holda,so‘ng yuklama funksiyasiga ko‘chganlar:  yolg‘iz, ilal  kabi.
Eski   o‘zbek   tilida   qo‘llangan   yuklamalar   haqida,   aniqrog‘i   XIII-XIV
asrlarga   oid   yozma   yodgorliklarda   uchrovchi   yuklamalar   haqida   qimmatli
ma’lumot   bergan   olima   –   A.Ibrohimovadir.   U   bu   davrdagi   yuklamalarni   ikki
guruhga   ajratadi:   1)   affiks   ko‘rinishida   bo‘lgan   sof   yuklamalar;   2)   mustaqil   so‘z
shakliga   ega   bo‘lgan   funksiyadosh   yuklamalar.   A.Ibrohimova   sof   yuklamalar
sifatida   –mu//-mi,   -qi:na/-kina//-g‘i:na/-gina,   -oq/ kℴ   yuklamalarini
ko‘rsatadi. 2
Olima   XIII-XIV   asrlardagi   turkiy   yozma   yodnomalarda   qo‘llanilgan
ma   (bu   so‘z   asli   bog‘lovchi),   emə   (bog‘lovchi),   ush   (olmosh),   taqi/daqi/dahi
(bog‘lovchi)   kabi   funksional   yuklamalarni   ko‘rsatadi.   Bundan   tashqari,   magar,
1
 Пардаев А.Б. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 117-134-бетлар
2
 XIII – XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили (Морфология). – Т.: Фан, 1986. 264-267-б. kashke, illa, hatta,  bale, axir, bas, ham, alqissa, almaqsud, filjumla  kabi fors-tojik
va arab tillaridan o‘zlashgan yuklamalarni ham tahlil qilgan. 3
«Yuklamalar - deb yozadi J.Hamdamov, - turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek
tilida   boshqa   turkumlardagi   so‘zlarga   nisbatan   keyinroq   (lekin   bog‘lovchilardan
oldinroq)   paydo   bo‘lgan   grammatik   kategoriya   bo‘lib,   ular   modal   so‘zlar   bilan
qo‘shimchalar   orasidagi   joyni   egallaydi.   Yuklamalarning   ko‘pchiligi   ot,   fe’l,
olmosh,   ravish   kabi   mustaqil   ma’noli   so‘zlardan   kelib   chiqqan   deb   hisoblaydi.
Binobarin,   eng   qadimgi   turkiy   tilda   grammatik   jihatdan   rasmiylashgan,   alohida
turkum   bo‘lib   ajralib   chiqqan   yuklamalar   yo‘q   edi.   Ba’zi   ot   va   fe’llar   yuklama
vazifasini ham bajarar edi. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi turk va o‘rta turk
davrlariga   kelib   yuklamalar   alohida   so‘z   turkumi   sifatida   ajralib   chiqa   boshladi.
Ularning   asosiy   qismi   turkiy   tillarning   o‘z   ichki   imkoniyatlari   hisobidan,   boshqa
bir qismi o‘zlashma yuklamalar hisobidan boyib bordi»
J.Hamdamov o‘zbek tilida tarixan ishlatilib kelgan yuklamalarni qo‘llanish
o‘rniga   ko‘ra   ikki   guruhga:   postpozitiv   yuklamalar   va   prepozitiv   yuklamalarga
bo‘lgan.   1.Postpozitiv   yuklamalar:   1)   affiks-yuklamalar   –mu//-mi,   -g‘i:na/-ginə/-
qi:na/-kinə,   -oq/0k,   -chu/chү,   -chi/chү,   -la/lə;   2)   so‘z   yuklamalar   -ma,   eme,
taqы/daqы,   ham   biriktiruvchi   bog‘lovchilari,   ush   olmoshi   kabi   funksional
yuklamalar.   2.   So‘z   yoki   gapning   oldidan   keladigan   prepozitiv   yuklamalar
mustaqil,   alohida   so‘z   shakliga   ega   bo‘lib,   ular   turkiy   tillarga   tegishli   bo‘lmay,
arab,   fors   tillaridan   o‘zlashtirilgan   so‘zlardir.   Bular   quyidagilar:   bəlki(m),
hattā,göyā/göyāki,   məgər,   kāshki,   hamānā,   shāyad   /   shāyad   kim,   āxir,   illā,   bas,
balə,erkən / erkin / ekən, ermish / emish, kerək, alqissa  kabilar.
I.Yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari.
1.1. Yuklamalar tasnifi va nutqdagi vazifasi
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilidagi   yuklamalarni   Sh.Shoabdurahmonov   maxsus
tadqiq   etgan.   O.Bozorov   «O‘zbek   tilida   yuklamalarning   semantik-funksional
xususiyatlari» nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 4
 O.Bozorov ushbu
nomzodlik dissertatsiyasida yuklamalar sirasiga quyidagilarni kiritadi:  -ki, -da, -u(-
3
 XIII – XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили. 268-271-б
4
 Базаров О. Частицы в узбекском языке: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. - М., 1983. – с. 7–8 yu), ham, -ku, -mi, -chi, -a(-ya), balki, emas(mas), faqat, esa, bo‘lsa,na...na, tugul,
negaki, sababki, nega desang, bo‘lmasa, yo‘qsa, aksincha, -oq(-yoq), -gina, -dir, -
gin, -in, -cha, qip-, yop-, (yap-), kap-, xolos, naq, ayni, qoq, zora,shoyad, koshki,
koshki edi (koshkiydi), qani endi, qani edi (qaniydi), ishqilib, hatto,aqalli (loaqal),
nahot, nahotki, oxir, yana, tag‘in, to, agar, mabodo, basharti,bordi-yu, garchand,
garchi,   go‘yo,   xuddi,   bamisoli,   albatta,   baribir,   demak,   xullas,aytmoqchi,
aytganday,   aytgandek,   ayniqsa,   xususan,   atigi,   nihoyati,   avvalo,
avvali,avvalambor, hech, sira, aslo, mutlaqo, zinhor, juda, eng, g‘oyat, nihoyatda,
o‘lgur,tushgur,   tushmagur,   qurgur,   bo‘lgani,   bo‘ladimi,   bo‘lsa   ham,   boringki,
qo‘yingki,qo‘ying-chi, kel (ke), keling, kelinglar, kelib-kelib, deyman, degin, deng,
aytginaytgin,   bildingmi,   bilasizmi,   yolg‘iz,   naq,   yaxshisi,   bir,   birinchidan,
ikkinchidan,  kimsan, mana, ana, bu, shu, nima, qani, o‘zi, qanday, -e(e), -ay, -ey,
ha,   xayriyat,     xayriyatki,   xo‘sh,   asli   (aslida),   afsus   (afsuski),   taajjub   (taajjubki),
bor, yo‘q, bormi,  bor-yo‘g‘i, tim, liq, lim, g‘irt, qir, shir, g‘arq, jiqqa.
Bu borada yana Z.Isoqov ham tadqiqot olib borgan. U «O‘zbek tilida so‘z
turkumlarining   o‘zaro   munosabati   va   unda   yuklamalarning   o‘rni»   mavzusida
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U yuklamalar sirasiga  -ki, -ku, -da, -u(-
yu), ham, -mi, -chi, -a(-ya), faqat, na... na, tugul, -oq(-yoq), -gina, -dir, -gin,qoq,
aqalli,   nahot,   nahotki,   agar,   mabodo,   basharti,   atigi,   nihoyati,   tim,   liq,   lim,g‘irt,
g‘arq, jiqqa, -jon, -oy, -xon, -bek, -poshsho, - bonu, xuddi, naq, naqadar  kabilarni
kiritib, quyidagi semantik guruhlarga ajratadi: 1) kuchaytiruv-ta’kidyuklamalari:   -
ki,   -da,   -u(-yu),   -a(-ya),   aqalli,   ham,   -ku,   naqadar,   atigi,   nihoyati,tim,   liq,   lim,
g‘irt,   g‘arq,   jiqqa;   2)   ayiruv   yuklamalari:   faqat,   -gina;   3)   taajjub   yuklamalari:
nahot,   nahotki;   4)   shart   yuklamalari:   agar,   mabodo,   basharti;   5)sub’ektiv   baho
yuklamalari:   -jon,   -oy,   -xon,   -bek,   -poshsho,   -gin;   6)   inkor   yuklamasi:   na...   na,
tugul;  7) so‘roq yuklamalari:   -chi, -mi;  8) aniqlov yuklamalari: xuddi, naq, qoq;  9)
gumon   yuklamasi:   -dir. 5
  Olim   yana   «O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati»da   (1981)
yuklama  sifatida   berilib,  boshqa   ilmiy  manbaalarda   uchramagan   e,  xo‘sh,   ha,   ey,
bu,   bor-yo‘g‘i,   ana,   oriy,   tugul,   aksincha,   xolos,   yana,   tag‘in,   zora,zoraiki   kabi
5
 Исоқов З.С. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол.  
фан. номз. …дис.автореф. – Фарғона, 2005. 14-б. yuklamalarni sanaydi va lug‘atdagi   o‘z, qani, shu, mana, kimsan, bir,ayni, aqalli,
qoq  kabi so‘zlarni yuklamalik xususiyatlarini tahlil qiladi.
Sh.Shahobiddinova   -jon,   -xon,   -oy,   -cha,   -chak-(a)loq,   -choq   kabilarni
yuklamalar qatoriga qo‘shish mumkinligini aytgan.
Yuklamalar   rus   tilshunosligida   ham   batafsil   o‘rtanilgan.   Bu   borada
T.M.Nikolaevaning   yuklamalar   tadriji   borasidagi   monografiyasidan   keng
ma’lumot olish mumkin. Bu so‘zlar xususida M.Lomonosov ham to‘xtalib o‘tgan.
A.Shaxmatov   yuklamalarni   sintaktik   ob’ektda   o‘rganish   tarafdori   bo‘lgan.
V.Vinogradov   yuklamalarni   ekspressiv–stilistik   funksiyalariga   alohida   urg‘u
bergan.   U   yuklamalar   qatoriga   yana   bog‘lovchilarni,   predloglarni   ham   so‘zlarni
kiritgan. F.F.Fortunatov ham yuklamalarning sintaktik xususiyatiga alohida e’tibor
qaratgan.   Rus   tilshunosligida   asosan   yuklamalar   bahsida   A.Shaxmatov   va
F.Fortunatovlar fikri tayanch hisoblanadi. XX asrda turkologiyada ham yuklamalar
tadqiqot   ob’ektiga   aylangan.   Jumladan,   F.Kenjebaeva   qozoq   tilidagi,   F.Zeynalov
ozarbayjon   tilidagi,   K.Amiraliev   qozoq   va   qoraqalpoq   tilidagi,   K.Axmerov
boshqird tilidagi yuklamalarni tadqiq etgan.
Umuman, yuklamalar barcha ilmiy manbalarda so‘zlarga yoki gapga so‘roq,
ta’kid,   kuchaytirish,   ayirish,   chegaralash,   o‘xshatish,   qiyoslash   kabi   qo‘shimcha
modal   ma’no   beruvchi   yordamchi   so‘zlar   deya   talqin   etilgan.   O‘zbek
tilshunosligida bugungi kunda yuklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xilga ajratilgan: 1)
qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar; 2) so‘z shaklidagi yuklamalar. Hozirgi o‘zbek
adabiy tili darsliklarida yuklamalar quyidagicha tasnif qilingan:
1. So‘roq va taajjub yuklamalari:  -mi, -chi, -a(-ya).
2.   Kuchaytiruv   va   ta’kid   yuklamalari:   -ku,   -u(-yu),   -da,   -oq(-yoq),   -ki,-kim,   axir,
hatto, hattoki, nahot, nahotki, tim, shir, g‘irt, liq, lim, g‘raq, jiqqa.
3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari:  -gina (-kina, -qina), faqat, faqatgina,yolg‘iz.
4. Aniqlov yuklamalari:  xuddi, naq.
5. Gumon yuklamasi:  -dir.
6. Inkor yuklamasi:  na... na. Xullas,   hozirgi   o‘zbek   tilida   yuklamalar   matnga   qo‘shimcha
emotsionalekspressiv jilo berishga xizmat qiluvchi muhim vositalardir.
1.2     Yuklamalar   umumiy   grammatik   ma’nosining   nutqiy   voqelanishi
   Yordamchi  so‘zlarning umumiy funksional  belgisi  “bog‘lash”dir. Shu belgi
asosida   ko‘makchi,   bog‘lovchi,   yuklamalar   so‘z   va   gaplarni   bir-biriga   bog‘lash
uchun   xizmat   qiladi.   Ammo   bu   vazifa   bog‘lovchi   va   ko‘makchilar   uchun
o‘zgarmas, barqaror sanaladi. Yuklamalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular
so‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid, kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o‘xshatish kabi
qo‘shimcha ma’nolarni beradi va funksional “bog‘lash” belgisiga nisbatan beqaror,
o‘zgaruvchan   sanaladi,   ya’ni   “bog‘lash”   belgisi   bo‘lishi   ham,   bo‘lmasligi   ham
mumkin.   Chunonchi,   na-na   yordamchisi   teng   bog‘lovchilarning   bir   turi   sifatida
inkor   bog‘lovchisi   sanalib   kelgan.   G‘.Abdurahmonov   esa   uni   inkor   bog‘lovchisi
deb atash bilan birga, yuklamalik xususiyatiga ham egaligini ko‘rsatadi. Haqiqatan
ham,   bu   yordamchi   ham   bog‘lovchilik,   ham   yuklamalik   vazifasini   bajaradi.
Bog‘lovchi vazifasida kelganda ayrim teng huquqli bo‘lak (komponent)larga inkor
ma’nosini   berib,   ularni   bog‘laydi:   Na   so‘zlarida   ma’no   bor,   na   ishlarida
hayo.   (Oybek). Bu yordamchi so‘z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor
anglashilgan   gaplar   tarkibida   keladi   va   inkor   ma’nosini   ko‘rsatadi:   Raisning
erkatoy   o‘g‘li   na   o‘qiydi,na   biror   joyda   ishlaydi.     Go‘yo   so‘zi   o‘xshatish   yoki
chog‘ishtirish   mazmunli   sodda   va   qo‘shma   gaplar   tarkibida   ishtirok   etadi.   Sodda
gaplardagi   vazifasiga   ko‘ra   ko‘proq   yuklamalarga   yaqin   turadi:   Tursunoy   go‘yo
qalbi   bilan   ashulaga   jo‘r   bo‘lar   edi.   (A.Muxtor.)   Kampirning   yuzida   go‘yo
kulgiga   o‘xshagan   bir   narsa   aks   etdi.   (A.Qahhor.)   Go‘yo   yordamchisi   qo‘shma
gaplarda   sodda   gap   qismlarini   biriktiruvchi   grammatik   vositalarning   biri   sifatida
xizmat   qiladi,   ya’ni   qo‘shma   gapdagi   vazifasiga   ko‘ra   sodda   gapdagi   vazifasidan
farqli   o‘laroq,   u   faqat   yuklamagina   emas,   balki   bog‘lovchi-yuklama
sanaladi:   Ertaga   nikoh   bo‘ladi,   go‘yo   men   uning   xotini .   (Oybek.)   Shunday
baqirdiki, go‘yo butun xona larzaga kelgandek bo‘ldi.   (A.Qahhor.)   Aytdimi, qiladi,
Qo‘ydi-da,   chiqdi   gaplarida   ham   –mi,   -da   qo‘shimchasimon   yuklamalarning
bog‘lovchilik xususiyatini kuzatish mumkin. Demak, yuklamalarning qo‘shma gap tarkibiy   qismlarini   o‘zaro   bog‘lash   vazifasi   keng   uchraydigan   hodisa   ekan   va   bu
tilshunosligimizda ma’lum darajada o‘rganilgan.
Ko‘pgina   yordamchi   so‘zlarning   qo‘shimchasimon   ko‘rinishlari   ham
mavjud,bu yuklamalarga ham xos:   ham, -am /-yam; uchun, -chun; -u, -yu; bilan, -
ila, -la   shular jumlasidandir. Yuklamalar shakliy jihatdan uch xil ko‘rinishga ega:
1. Qo‘shimchasimon yuklamalar:   -mi, -chi, -a, -ya… .
2. Sof yuklamalar:   xuddi, faqat, axir ….
3. Nisbiy yuklamalar:   yolg‘iz, ba’zan, tanho, bir… .
Yuklamalar vazifaviy jihatdan quyidagi ma’no turlariga bo‘linadi:
So‘roq   yuklamalari: -mi,   -chi,   -a,   -ya,   nahotki.   Bu   yuklamalar   turli   so‘z
turkumlariga   qo‘shilib,   so‘roq   ma’nosini   bildiradi.   Ba’zan   so‘roq   ma’nosidan
tashqari   taajjublanish,   hayratlanish   ma’nolarini   ham   ifodalaydi.
-mi   affiks   yuklamasi   o‘zidan   oldingi   so‘zga   qo‘shib   yoziladi ,   -chi,   -a,   -
ya   yuklamalari   esa   o‘zidan   oldingi   so‘zdan   chiziqcha   bilan   ajratib   yoziladi:
1.   Kiyganingiz   ipakmidi,   kimxobmidi,   Sevganingiz   bizlardan   ham   ortiqmidi?   2.
Opang-chi?   Sen-chi?   Men-a?   Meni-ya?   2.   Nahotki   shu   gaplarga   ishongan
bo‘lsangiz.
Ayirish-chegaralash   yuklamalari:   faqat,   faqatgina,   -gina   (-kina,-
qina). Bu   yuklamalar   ayrim   narsa   va   hodisalarni   boshqalardan   ajratish,   harakatni
chegaralash   uchun   qo‘llaniladi.   -gina   affiks   yuklamasi   o‘zidan   oldingi   so‘zga
qo‘shib   yoziladi:   To‘yga   Sheraligina   kelmadi,   xolos.   O‘ktam   indamadi,   faqat
yuragida   to‘lqinlangan   mehr   bilan   onasiga   tikildi.   Faqat   yuklamasining
o‘rnida   yolg‘iz   so‘zini   ham   qo‘llash   mumkin.   Sifat   so‘z   turkumiga   oid   bu   so‘z
nisbiy   yuklama   hisoblanadi:   Sobir,   yolg‘iz   senga   suyandim   (Sobir,   faqat   senga
suyandim). Ta’kid   yuklamalari:   -ku,   -da,   -u,   -yu.   Gapda   ifodalangan   biror   voqeani
ta’kidlash uchun qo‘llaniladi:   Sobir-ku keldi, Mahmud kelmadi-da!
Kuchaytiruv   yuklamalari :   axir,   hatto,   hattoki,   -oq   (-yoq) .
-oq,   (-yoq)   affiks   yuklamasi   o‘zidan  oldingi   so‘zga   qo‘shib   yoziladi.   Harakatning
birin-ketin   tezlik   bilan   davom   qilishini,   boshlanish   paytini,   ta’kidlashni
ko‘rsatadi:   Gullarni   ko‘riboq   ko‘ngli   yorishdi.   Axir,   hatto,   hattoki   yuklamalari
ham   fikrni   kuchli   ta’kidlash,   avvalgi   voqeani   eslatishni   ifodalaydi:   Axir
do‘stimsan-ku!
O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari:   xuddi, naq, go‘yo, go‘yoki. Bahorda bu
bog‘lar   go‘yoki   kelindek   yasanadi.   (Chirildoqlarning   mayin   musiqasi   hamma
yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi   kabi gaplarda yuklama-bog‘lovchi
vazifasini bajaradi.)
Inkor yuklamasi :   na . Takror holda ishlatilib inkor ma’nosini ifodalaydi: Na
ko‘kning fonari o‘chmasdan,Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan. (U.)
Yordamchi   so‘zlar   –   ko‘makchi,   bog‘lovchi   va   yuklamalar   tilimizni,   uning
cheksiz   imkoniyatlarini   yana   ham   boyroq,   ifodalarimizni   yana   ham   aniqroq   va
go‘zalroq qilishning vositalaridandir.
1.3  Yuklamalarning grammatik,semantik va stilistik tabiati.
                Yuklama   mohiyat   e’tibori   bilan   stilistikaning   kuzatish   obyektidir.Buni
yuklamaga   berilgan   quyidagi   ta’rif   ham   isbotlaydi:   “Ayrim   so‘z   yoki   gapga
qo‘shimcha   ma’no   jilosi   (ottenkasi)   berish   uchun   xizmat   qiladigan   so‘zlar
yuklamalardir.” 6
 
Akad.Vinogradov   V.V:   “Yuklamalar   yordamchi   so‘zlar   doirasidagi   o‘z
leksik-grammatik   belgisiga   ,tarixiy   taraqqiyotiga   va   semantik-grammatik
gruppalariga   ega   bo‘lgan   mustaqil   kategoriyadir.Ularning   leksik   ma’nolari
6
  Ўзбек тили грамматикаси,I   том ,1975.143 -б . grammatik,logik   va   ekspressiv-stilistik   funksiyalarga   teng   keladi.Shuning   uchun
ularning mazmuniy tomoni keng,sintaktik sathda foydalanish qulaydir.” 7
Yuklamaning   grammatik   tabiati   quyidagicha: yuklama-qo‘shimcha   va
yuklama-so‘z.
Yuklamaning   semantik   tabiati   quyidagicha:ajratib   ko‘rsatadi,so‘roq,his-
hayajon,taajjub,ta’kid   va   kuchaytiruv,tasdiq,inkor,chegaralov,qistov   ma’nolarini
ifodalaydi.
Xo‘sh,yuklamalarning   stilistik   tabiati   haqida   nima   deyish   mumkin?
Yuklamaga   xos   bo‘lgan   stilistik   ottenka   uning   semantik   ma’nosi   biklan   yonma-
yondir.Masalan,nutqda   u   orqali   ayirish   yoki   chegaralash   ma’nosi   anglashiladigan
bo‘lsa,ayni   paytda   u   orqali   nutq   egasining   subyektiv   munosabati   ham   aks
etadi:Faqat   sen   she’rimni   sevma   hech   qachon,Faqat   sen   himoya   qilma   nomimni.
(A.Oripov).To‘g‘ri muallif subyektiv munosabatini ifodalash to‘laligicha shu so‘z
zimmasida   emas.Bu   munosabat   matn   yaxlitligida   anglashiladi.Ammo   yuklama
matnda   o‘ziga   alohida   vazifa   oladi:gapning   kimga   qaratilgani   yanada   aniq
bo‘ladi,ta’kidlanadi.Bular   ayni   paytda   so‘zga   yuklangan   stilistik   ma’no
hamdir.Fikrning   qanchalik   asosli   ekanligini   matndan   bu   yuklamani   olib   tashlash
orqali ishonch hosil qilish mumkin.
1.4 Yuklamalar sinonimiyasi
Qo‘shimcha ko‘rinishidagi yuklamalar sinonimiyasi.
Qo‘shimcha   ko‘rinishidagi   yuklamalar   sirasiga   -mi,   -chi,   -a,   -ya   so‘roq   va
taajjub   yuklamalari,   -ku,   -u(-yu),   -da,   -oq(-yoq),   -ki,   -kim   kabi   kuchaytiruv   va
ta’kid yuklamalari, -gina ,(-kina, -qina) kabi ayiruv va chegaralov yuklamalari, -dir
gumon   yuklamasini   ko‘rsatishimiz   mumkin.   Ushbu   bobda   anna   shu
yuklamalarning   o‘zaro   va   boshqa   grammatik   vositalar   bilan   sinonimik   aloqasini
ko‘rib o‘tamiz.
7
  Виноградов В.В.История русских лингвистических учений , 1978. Стр.143 -MI.   So‘roq   mazmunini   ifodalaydi.   A.Ahmedov   bu   yuklamaning   kelib
chiqishini   shunday   izohlaydi:   «-mi   yuklamasining   etimologiyasi   juda   aniq
emas.Fin   turkolog   olimi   G.I.Ramstedtning   ko‘rsatishicha,   turk   tillarida   qadim
«nima»   ma’nosini   mi   olmoshi   mavjud   bo‘lib,   bu   yuklama   shu   olmoshdan   kelib
chiqqan.   Bizning   taxmin   qilishimizcha,   -mi   yuklamasi   va   uning   turli   variantlari
turkiy tillardagi na//ne//ni (nima) so‘roq olmoshidan hosil bo‘lgan. Turkiy tillarda
n//m//b//p   va   a//   e//u//i   -   ma’lum   hodisa,   izohni   talab   qilmaydi.   -mi   elementi
dastlab
na//ne//ni so‘roq olmoshi bilan bir xil formaga ega bo‘lgan, ya’ni na//ne//ni so‘roq
olmoshi   o‘z   shaklini   o‘zgartirmagan   holda,   so‘roq   ob’ektini   bildiruvchi   so‘zdan
so‘ng   qo‘llanib,   yuklama   vazifasini   bajargan   …   -mi   elementi   va   uning   turli,
taxminimizcha,   turkiy   tillardagi   na//ne//ni   (nima)   so‘roq   olmoshidan   hosil
bo‘lgan.»
Bu   yuklamani   so‘zlashuv   nutqida   –ma   shakli   ham   qo‘llaniladi:   ko‘rdingma,
aytdingma   kabi.   Ba’zi   shevalarda   -ba   tarzida   uchraydi:   ayttingba,   ko‘rdingba
shaklida.-mi so‘roq ma’nosini yuzaga keltirishiga ko‘ra -a yuklamasi bilan o‘zaro
ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi. Masalan: - G‘irromlik qilmasin-da,bo‘lmasa!-
dedim chiyillab. - Nega zuvlamaydi?- O‘lib qoldingmi shu bilan?..(O‘.Hoshimov,
Dunyoning ishlari). Qiyoslang: - O‘lib qolding-a shu bilan?.. –Mi yuklamasi bilan
hosil   qilinayotgan   so‘roq   mazmunida   xayrixohlik   orqali   piching,   ya’ni   «o‘lib
qolmasding» mazmunidagi kesatiq ifodalansa, -a yuklamasi vositasida shakllangan
so‘roq   mazmunida   shu   holatni   tasdiqlash   va   shu   tasdiqqa   tinglovchini
(suhbatdoshni)   ham   ko‘ndirish   kabi   pragmatik   hosila   ma’no   ifodalanadi.   Yoki:
Hay-hay-hay!   Qo‘rqadi   medalingdan!   (O‘.Hoshimov)   matnidagi   –mi   yuklamasini
–a   bilan   almashtirsak   (“Ie,   onaxon,   siz   Qahramonsiza?   O‘nta   bola   tuqqansiz-a,
marhamat, kiring! — deydi) so‘roq mazmuni saqlanib qoladi, ammo –a yuklamasi
bilan   hosil   qilingan   so‘roqdan   shu   narsa   ma’lumki,   tinglovchi   uning
qahramonligini,   o‘nta   bola   tuqqanligini   biladi,   chunki   –a   yuklamasi   semasida
uning bilishiga ishora bor. –mi yuklamasi qo‘llangan o‘rinda bu mazmun yo‘q. Bu
holat   mazkur   yuklamalarning   xususiy   jihatdan   semantik   farqlanishini ko‘rsatadi.Mana   bu   matnda   –mi   yuklamasi   –dir   bilan   ma’nodosh   bo‘lishi
mumkin:Ertasiga  choy ustida  oyim  vahimali  xabarni  dadamga aytib berdi:  - Zebi
opa   sho‘rlik   bir   holatda   yotibdi.   Ajina   ko‘rdim,   deydi.   Og‘zidan   olov   sochib
bechoraga   daf   qilganmish.   Yo   ko‘ziga   ko‘ringanmi...   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:
Yo ko‘ziga ko‘ringandir... kabi. So‘roq mazmunini hosil qilishda –mi yuklamasi –
chi   bilan   ma’nodosh   bo‘ladi:   Kamera   oldida   aktyor   tayyor   matn   qolib,   “holat”
deganlari   bahona,   og‘ziga   kelganini   valdirayveradi.   “Nega   so‘zimni   buzasan?”
deya   da’vo   qilib   ko‘ring-chi,   rejissyori   vishillab   yuboradi:   “Da   kakaya   raznitsa!
Hey, bu yoqqa o‘tib turing siz,  ishga xalal  beryapsiz!”  (E.A’zam). Qiyoslang:  …
deya   da’vo   qilib   ko‘ring-mi,   Yoki   O‘zing-chi?   O‘zingning   ham   o‘sha   bo‘shang,
omadsiz   oshnangdan   farqing   qolmagan,   Farhod   Ramazon!   Mana,   necha   yil
bo‘ldiki,   mansab   kursisiga   mahkam   yopishib   olgansan,   arzirli   biror   nima
yozganing   yo‘q.(E.A’zam).   Qiyoslang:   O‘zing-mi?   Bu   ma’nodoshlik   bir   oz
semantik jihatdan farqlanadi. Binobarin, -chi so‘roq mazmuniga qo‘shimcha ta’kid
ohangini yuklaydi, -mida esa  bunday emas.  –mi da ehtimollik ottenkasi  seziladi.-
mi   yuklamasi   bog‘lovchiga   ko‘chganda   goh…   goh,   yo…yo,   yoki..yoki   ayiruv
bog‘lovchilari   bilan   ham   ma’nodoshlik   munosabatini   yuzaga   keltiradi.   Masalan:
1)goh…,goh bilan:  Tank zirxiga oskolkalarmi, toshlarmi  charsillab urilayotganini
his   etib   turardim.   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Tank   zirxiga   goh   oskolkalar,   goh
toshlar charsillab urilayotganini his etib turardim. 2) yo…yo bilan: MabodoTangri
marhumlarga   qayta   jon   ato   qilsayu   onalar   tirilib   qolsa,   hayot   paytida   mehr
berganmi,   bermaganmi   -   baribir   farzandlarini   maqtab   gapirgan   bo‘lardi.
(O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Mabodo   Tangri   marhumlarga   qayta   jon   ato   qilsayu
onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr bergan yo bermagan – baribir farzandlarini
maqtab gapirgan bo‘lardi. Bu matnlarda ayiruv bog‘lovchilar  ikki holatdan biriga
aniq   ishora   qilsa,   –mi   yuklamasi   qatnashgan   o‘rinda   qo‘shimcha   taxmin   yoki
gumon   ottenkasi   seziladi.   Ba’zan   matnda   ikki   yoki   undan   ortiq   –mi   yuklamasi
yordamida   bog‘lanayotgan   uyushiq   bo‘laklarni   bitta   yoki   bog‘lovchisi   bilan
almashtirish   mumkin.   Masalan:   -   Mabodo   avlodidan   o‘g‘rimi,   nashavandmi
chiqmaganmi?   -Beixtiyor   og‘zimdan   onamning   savoli   chiqib   ketdi. (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   -mabodo   avlodidan   o‘g‘ri   yoki   nashavand
chiqmaganmi?   Shunda   kichik   akammi,menmi   birontamiz   cho‘nqayib   uning   orqa
oyoqlaridan mahkam ushlab turishga majbur bo‘lardik. O‘.Hoshimov). Qiyoslang:
Shunda kichik akam yoki men
birontamiz   cho‘nqayib   uning   orqa   oyoqlaridan   mahkam   ushlab   turishga   majbur
bo‘lardik kabilar.
-mi yuklamasi xoh…xoh ayiruv bog‘lovchisi bilan ham ma’nodosh bo‘la
oladi.   Masalan:   Katta   uzumzori   bo‘lardi.   Shibilg‘oni   deysizmi,   shakarangur
deysizmi, echkiemarmi - hammasi shu bog‘da bo‘lardi. (O‘.Hoshimov). Qiyoslang:
xoh shibilg‘oni, xoh shakarangur, xoh echkiemar  - hammasi  shu bog‘da bo‘lardi.
Umuman,   -mi   yuklamasi   muloqot   jarayonida   faol   qo‘llanilib,   uslubiypragmatik
ma’nolarni yuzaga keltiradi.
-chi . -chi yuklamasi jumladagi ta’kid, buyruq, so‘roq, do‘q, iltimos, xohish,
uqdirish,   maslahat,   qistash   kabi   semantik   munosabatlarni   bildiradi.   Bu   yuklama
so‘roq mazmunini bildirganda ba’zan -ya yuklamasi bilan ma’nodosh bo‘la oladi.
Masalan:   -ya   bilan:   Latofatxonning   hovlisini   topib,   eshigini   taqillatayotganida
ko‘nglidan bir gap o‘tdi: bordi-yu, Latofatxon degani suvi  qochib, shoxida mayiz
bo‘lgan   kampirsimon   bir   xotin   bo‘lsa-chi?   (A.Qahhor).   Qiyoslang:   …bordi-yu,
Latofatxon   degani   suvi   qochib,   shoxida   mayiz   bo‘lgan   kampirsimon   bir   xotin
bo‘lsa-ya? kabi.
-chi yuklamasi -mi bilan ta’kidni bildirganda ma’nodosh bo‘ladi. Masalan:
Ammam juda chiroyli, yuzida xoli bor, qosh-ko‘zi chaqmoqdek xotin. Ammo juda
shaddod.   Har   gapini   xuddi   mix   qoqqandek   tarsillatib   gapiradi.   Oyim   undan
qo‘rqadi.   Kelganda   hurmatini   joyiga   qo‘ymasin-chi,   o‘zini   qaerda   ko‘rarkan.
(O‘.Hoshimov). Qiyoslang: kelganda hurmatini joyiga qo‘ymasami, o‘zini qayerda
ko‘rarkan.
-chi - a yuklamasi bilan ham so‘roq ma’nosida emas, balki ta’kid ma’nosida
sinonim   bo‘ladi.   Masalan:   Xafa   bo‘lmay,   mudom   o‘ynab-kulgin-chi,   /
Qaddingdan, buvishim, berman kelgin-chi, / Shukrilillo, yaxshi tushni ko‘ribsan, / Bu tushingga,  oyim, bergin suyunchi.  («Alpomish»  dostonidan). Qiyoslang:  Xafa
bo‘lmay,mudom o‘ynab-kulgin-a, / Qaddingdan, buvishim, berman kelgin-a.
-chi yuklamasi ham tilimizda faol qo‘llanilib, ko‘plab uslubiy ma’nolarni
ifodalaydi.
-A. So‘roq va taajjub ma’nolarini ifodalashga ixtisoslashgan bu yuklama
matn   bilan   bog‘liq   turli   ma’nolarda   –mi,   -ya   kabi   yuklamalar   bilan   o‘zaro
ma’nodosh   bo‘ladi.   Masalan:   1)   -mi   bilan:   -   Yo‘q-da,   firqa   bova.   Yo‘q,-
da.Xonumonimiz kuydi! Biz kuyib-kuyib... kul bo‘ldik! - Mirzaxo‘jaboyni go‘dagi
uchun-a? - Kunjara bersam, emasa nima qilayin? Zog‘ora non otliqqa yo‘q bo‘lsa,
nima   qilayin?   (T.Murod).   Qiyoslang:   -   Mirzaxo‘jaboyni   go‘dagi   uchunmi?   -
Ketdingiz-a,   laylakjonlar,   tashlab   ona   Buxoroni.   (A.Suyun).   Qiyoslang:
Ketdingizmi, laylakjonlar, tashlab ona Buxoroni. bu vositalarning matndagi o‘ziga
xos   uslubiy   xoslanishi   muayyan   farqlanishlarni   yuzaga   keltiradi.   Yuqorida
ta’kidlaganimizdek,   -a   da   tasdiq,   ifodalanayotgan   mazmundan   xabardorlik
ma’nolari sezilsa, -mi faqat so‘roq ma’nosini anglatadi. Demak, -a yuklamasining
bu jihatiga ko‘ra mazmunan –midan boyroqligi ma’lum bo‘ladi. 2) -ya bilan: -O‘zi,
shu   to‘dalarga   nima   yetmayapti-a?   (T.Murod).   Qiyoslang:   -   O‘zi,   shu   to‘dalarga
nima   yetmayapti-ya?   –   Shundaqa   gaplarni   ochiq   gapirishadimi-a?(A.Qahhor).
Qiyoslang: – Shundaqa gaplarni ochiq gapirishadimi-ya?;   Sulaymonov bedananing
suvxo‘rligiday   kichkina   xurmachani   oldiga   tortdi   va   bo‘lak   gap   topolmay,
qaymoqning   ta’rifini   qildi:   –   Bir   shaharning   qaymog‘i   boshqa   shaharning
qaymog‘idan   farq   qiladi-a?   (A.Qahhor).   Qiyoslang:   –   Bir   shaharning   qaymog‘i
boshqa   shaharning   qaymog‘idan   farq   qiladi-ya?   kabilar.Ammo   –a   yuklamasida
so‘roq ottenkasi kuchli bo‘lsa, -ya yuklamasida nisbatan taajjub ma’nosi ustivor. 3)
-da   bilan:   Gulistonjon,   seni   yana   Ko‘rmoq   bo‘larmi   nasib?   Oh,   onamga
o‘xshaysan-a,   Jonim,   ko‘zim   qorasi...»   (A.Suyun).   Qiyoslang:Oh,   onamga
o‘xshaysan-da,  Jonim,   ko‘zim  qorasi...   Ko‘ryapmizki,  bu  vositalar  ko‘proq  ta’kid
mazmuniga ko‘ra sinonim bo‘la oladi. Matnda   a   yordamchisi   bog‘lovchi   bo‘lib   kelganda   zidlash   munosabatini
anglatishiga   ko‘ra   zidlovchi   bog‘lovchilar   bilan   ma’nodosh   bo‘ladi.   O‘TILda   a
yuklama sifatida ko‘rsatilgan (turli darajadagi talaffuz bilan) Taajjubli, e’tirozli va
kabi   mazmundagi   so‘roqni   bildiradi:   Nima?   Nima   deding?   Nima   dedingiz?O‘n
to‘rt so‘m berasiz? – A., o‘n to‘rt so‘m? Oybek, Tanlangan asarlar.
Ammo   bu   vosita   «O‘zbek   tili   grammatikasi»ida   bog‘lovchi   sifatida   izohlangan:
«O‘zbek   adabiy   tili   uchun   norma   darajasiga   ko‘tarilmagan   bo‘lishiga   qaramay,   a
bog‘lovchisi og‘zaki nutq va badiiy adabiyotda uchramoqda. Bu bog‘lovchi sodda
yoki qo‘shma gaplarni bog‘lab, ular orasidagi qiyos, zid munosabatlarni ifodalaydi.
Masalan: -O‘ktamjon, mening o‘rtog‘im juda epchil ayol… kotletni u pishirsinda,
a   o‘zimizning   taomlarni   –   kabob   va   palovdan   tortib,   to   halimgacha   do‘ndirib
yuboradi   (Oybek.   Oldin   vodiydan   shabadalar);   -   Qovun   tanlashda   didim   yo‘q.   A
siz-chi?   (Oybek.   Oldin   vodiydan   shabadalar)   kabilar».     Qiyoslang:   -
O‘ktamjon,mening   o‘rtog‘im   juda   epchil   ayol…   kotletni   u   pishirsinda,   ammo
o‘zimizning   taomlarni   –   kabob   va   palovdan   tortib,   to   halimgacha   do‘ndirib
yuboradi.Bu   vositani   rus   tilidan   o‘zlashgani   xususidagi   qarashlarda   chalkashlik
mavjud.   Ya’ni   a   yordamchisi   bizga   rus   tilidan   o‘zlashmagan,   u   avvaldan   ham
mavjud   bo‘lgan.   Faqat   qiyos,   zid   munosabatlarini   ifodalovchi   bog‘lovchilik
xususiyati  rus  tili   grammatikasi   asosida  shakllangan,   desak  xato  bo‘lmas.  Chunki
tilimizda   a   yuklamasining   qo‘llanilishi   qadimiydir.   Masalan,   «Devonu   lug‘otit
turk»da   Mahmud   Koshg‘ariy   a   so‘ziga   shunday   ta’rif   beradi:   a:   -   hayronlik   va
taajjubni   bildiruvchi   so‘z.   Ol   menі   a:   qїldї   –   u   meni   hayron   qildi,   taajjubda
qoldirdi.
Demak,   a   -   taajjub   yuklamasidir.   So‘zlashuv   nutqida   a   yordamchisini
yigirmadan ortiq xilda talaffuz etib, shuncha xildagi pragmatik mazmun ifodalash
mumkin.   Shu   sababli   bu   so‘z   bugungi   kunda   ham   yuklama   sifatida   qo‘llaniladi.
Demak, -a yordamchisi ham turli tuman uslubiy-pragmatik ma’nolarni
voqelantirishda faol ishtirok etadi.
-YA.   bu   yordamchi   ham   nutqiy   muloqot   jarayoniga   o‘ziga   xos   pragmatik
mazmunlarni yuzaga chiqarishda keng qo‘llaniladi. Vash u ma’nolar atorfida ba’zi yordamchilar   bilan   sionimlikni   yuzaga   keltiradi.   Masalan:   1)   -a   bilan:   -
Shungayam,   kim   qancha   vaqt   bo‘ldi-ya?   -   O‘ttiz   to‘qqizinchi   yilda   edi.
(T.Murod).Qiyoslang:   -   shungayam,   kim   qancha   vaqt   bo‘ldi-a?;   «Padarla’nat,
bunday telefonni! – dedi. Ovozi qayta quruvchi demokratlarni ovoziga o‘xshaydi-
ya?(T.Murod). Qiyoslang: Ovozi qayta quruvchi demokratlarni ovoziga o‘xshaydi-
a?   kabilar.   Aslida   -ya   yuklamasini   eng   yaqin   ma’nodoshi   –a   yordamchisidir.
Ammo taajjubni –ya kuchliroq ifodalasa, so‘roq ma’nosi –a da yuqoriroq bo‘ladi.
2) –ku bilan: Nahotki o‘q otdim o‘z o‘g‘lim taraf - / Debon qalbingizni o‘rtadi-ya
oh!   (U.Azim).   Qiyoslang:   Debon   qalbingizni   o‘rtadi-ku   oh;   Yo‘q,   uxlagani   yo‘q
edi,shekilli.   Aniq   ko‘rdi-ya!   Devor   orasidan   sirg‘alib   chiqsa   bo‘ladimi?   Validol
qayoqda   edi.   Uf-f-f...   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Yo‘q,   uxlagani   yo‘q   edi,
shekilli.Aniq   ko‘rdi-ku!   kabi.   Bu   yuklamalar   ta’kid   ma’nosini   ifodalashga   ko‘ra
ma’nodosh bo‘ladi. Ammo –ku yuklamasida ta’kid ottenkasi –ya ga nisbatan ancha
kuchli.   3)   -chi   bilan:   Devona.   Meni   ham   eb   qo‘yishsa-ya?   (Zulfiya).   Qiyoslang:
Meni ham yeb qo‘yishsa-chi?; Aravada o‘ltirgan ayol paranjidan kichik qo‘lchasini
chiqarib oldingi zihini mahkam ushlaydi. Ot sirg‘anib munkib ketsa-ya? (Zulfiya).
Qiyoslang:   Ot   sirg‘anib   munkib   ketsa-chi?   Ko‘rinib   turibdiki,   bu   yuklamalar
so‘roq ma’nosini ifodalashiga ko‘ra bir-biriga yaqinlashadi. 4) -da bilan: – Qo‘ling
xuddi yigitning qo‘liga o‘xshaydi-ya, Maston,– dedi Turg‘unoy ancha yurilgandan
keyin,– biram  qattiq... Erga  tegsang shu  qo‘ling tufayli  ko‘p dashnom  yeysan-da.
(A.Qahhor). Qiyoslang: – Qo‘ling xuddi yigitning qo‘liga o‘xshaydi-da, Maston,–
dedi Turg‘unoy ancha yurilgandan keyin kabi.
-ya ham matnda boshqa yuklamalar bilan pleonastik qo‘llaniladi. Masalan: -
Xotin   ishlasa-ku,   satta   ilikka   palov   qilar   edikku-ya,   lekin   xotinimni   asti
ishlatgimyo‘q.   (A.Qahhor).   Uning   bitta-ikkita   qora   tuk   chap   berib   qolgan   oppoq
cho‘qqisoqoli...   YOpirimay,   soqol   ham   odamga   shuncha   yarashadimi-ya!..
(A.Qahhor).Umuman,   so‘roq   va   taajjub   yuklamalari   matnda   faol   o‘rin   almashib,
o‘zaro   ma’nodoshlikni   yuzaga   keltiradi   va   turli   xil   uslubiy   buyoqdorliklarni
ifodalaydi.
-KU . Bu yuklama matnda ta’kid va kuchaytirish ma’nosini beradi. Masalan: e-ha!   To‘lagan-ku   bu!   Uni   Qonqusga   cho‘ktirib   yubormoqchi   bo‘lgan   og‘aynisi.
(O‘.Hoshimov)   matnida   –ku   Aynan   To‘lagan   ekanligini   ta’kidlash   orqali   uni
boshqa   birov   emasligiga   ishora   qilmoqda.   Ta’kid   ma’nosini   ifodalash   jarayonida
axir   yuklamasi   bilan   sinonimlikni   yuzaga   keltiradi.   Masalan:   O‘zi   nima   bo‘ldi!
Xor-zor bo‘lib o‘ldi-ku! (O‘.Hoshimov). Qiyoslang: O‘zi nima bo‘ldi! Axir xor-zor
bo‘lib   o‘ldi!   Ammo   ko‘rinib   turibdiki,   -ku   yuklamasidagi   ta’kid,   axir   ifodalagan
ma’nodan   kuchli   ekanligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Gapdagi   ta’kidni   kuchaytirish
uchun   ikki   yuklama   ham   qo‘llanilishi   mumkin.   Masalan:   Axir   bu...   o‘zimizning
anhor-ku! Ana o‘sha xarrak, o‘zimizning na’matak! (O‘.Hoshimov). Tanidim! Axir
bu — o‘zimizning“vojak”-ku! (O‘.Hoshimov).
-ku yuklamasi –da bilan ham o‘zaro sinonim bo‘ladi. Masalan: - Yig‘lama, -
dedi   rahmi   kelib.   -   Ataylab   qilmadim-ku,   jinni!   Oting   nima?   (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang:   -   Ataylab   qilmadim-da,   jinni!   aytish   mumkinki,   -ku   yuklamasi   kuchli
darajadagi   ta’kidlash   ma’nosini   ifodalamoqda.   Ammo   –dadagi   ta’kid   –kunikiga
nisbatan ancha passiv.
-ku   yuklamasida   ham   ta’kidlash,   ham   kuchaytirish   ma’nolari
mujassamlashgan.   –yu   yuklamasi   –ku   bilan   ma’nodosh   bo‘ladi.   Masalan:
Aytsang,shunday   qildim,   deb   jar   solib   aytsang   ham   hech   kim   ishonmaydi-ku!
(E.A’zam).   Qiyoslang:   Aytsang,   shunday   qildim,  deb   jar   solib   aytsang   ham   hech
kim ishonmaydi-yu! kabi.
-u   ham   shu   ma’noda   –ku   bilan   ma’nodosh   bo‘ladi.   Masalan:   -Qayoqdan
bilay?   -   dedi   Qurbonoy   xola   beparvolik   bilan.   -   Anavi   yoqdan   kelganlardan
bittasidir-da. Bilasiz-ku, qish kelsa qalang‘i-qasang‘ilar ko‘payadi. Kecha bayram
qilib   bo‘kib   ichgan   bo‘lsa...   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Bilasiz-u,   qish   kelsa
qalang‘i-qasang‘ilar ko‘payadi. kabi.
-mi   yuklamasi   ta’kidni   ifodalaganda   –ku   bilan   ma’nodosh   bo‘ladi.
Masalan:Oyim   donolar-da!   Shuncha   kundan   beri   “Dadang   to‘yingni   kurolmadi”,
deb   ma’yus   tortib   yurgan   odam   shunaqayam   ochilib   ketdilar,   shunaqayam
o‘ynadilarki!   Balo   ekanlar-ku!   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Balo   ekanlarmi!   Bu ma’nodoshlikda   ham   -ku   yuklamasi   o‘zining   kuchli   ta’kid   bildirish   ma’nosini
saqlab qoladi.
Ba’zan   bog‘lovchilashganda   zidlov   bog‘lovchiga   ko‘chgan   –u,   -yu
yuklamalari   bilan   ham   ma’nodosh   bo‘ladi.   Masalan:   1)   –u   bilan:   “Rustamjon!
O‘g‘lim!   -   debdi   dadam.   -   Sog‘-salomatmisan?   Nega   mendan   havotir   olasan,
bolam! Xudoga ming qatla shukr, men yaxshiman. Bilasan-ku, ish ko‘p. Godovoy
atchut   payti...   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Bilasan-u,   ish   ko‘p;   2)   –yu   bilan:
Shahnoza   qilt   etmay   o‘tirar,   o‘zi   yonimda-ku,   xayollari   uzoq-uzoqlarda
kezayotganini   his   etib   turardim.   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Shahnoza   qilt   etmay
o‘tirar,   o‘zi   yonimda-yu,   xayollari   uzoq-uzoqlarda   kezayotganini   his   etib
turardim;   ...Xayriddinning   o‘rniga   boshqa   o‘qlovchi   yuborishdi:   latish   bola   ekan.
Qiziq....Yaxshi   yigit   edi-ku,   negadir   hammamiz   begonasirab   turardik.
(O‘.Hoshimov).Qiyoslang:   Yaxshi   yigit   edi-yu,   negadir   hammamiz   begonasirab
turardik. Bu o‘rinlarda ham -ku bog‘laganda kuchli ta’kid ottenkasi sezilmoqda.
Umuman,   -ku   yuklamasi   matndagi   ta’kidlash-kuchaytirish     ma’nosini
fodalashda asosiy vazifani bajaruvchi yordamchi so‘z hisoblanadi.
-U . Matndan anglashilayotgan ma’noni biroz ta’kidlash, kuchaytirish uchun
qo‘llanilayotgan   bu   yuklama   ba’zan   shu   mazmundagi   vositalar   bilan   turli
ma’nodoshliklarni   yuzaga   chiqaradi.   Masalan:   -ku   bilan:   “Rahmat,   rahmat.
Kechirasiz-u,   akaxon,   pulingiz   ko‘p   bo‘lsa,   menimcha,   o‘zingiz   kino   olganingiz
ma’qul.   Ana   o‘shanda   bosh   rolda   u   kishini   o‘ynatasizmi   yo   o‘zingiz   chiqib
o‘ynaysizmi – ixtiyoringiz. (E.A’zam). Qiyoslang: Kechirasiz-ku, akaxon, pulingiz
ko‘p   bo‘lsa,   menimcha,   o‘zingiz   kino   olganingiz   ma’qul.   Ammo   bu   o‘rinda   –ku
yuklamasi   ifodalayotgan   ta’kid   ma’nosi   kuchli.   Aslida   ta’kid   ifodalashda   -u
yuklamasining   eng   yaqin   ma’nodoshi   –yu   yuklamasidir.   Chunki   –u   undosh   bilan
tugagan   so‘zlarda   qo‘shilsa,   -yu   unli   bilantugagan   so‘zlarga   qo‘shilib   keladi.   -u
yuklamasi bog‘lovchiga ko‘chganda, zidlov va teng bog‘lovchi vazifasini bajarib,
shu bog‘lovchilar bilan sinonimlikniyuzaga keltiradi. Masalan: 1) ammo bilan: Bir
o‘tirishda   Bo‘taboy:   «Nima   uchun   biz   bir   gunohni   xotin   kishi   qilsa   boshqa   nom
bilan aytamiz-u, erkak kishi qilsa boshqa nom bilan aytamiz, nima uchun aynan bir gunoh   xotin   kishini   erga,   erkak   kishini   ko‘kka   ko‘tarishi   kerak?»   degan   edi.
(A.Qahhor) Qiyoslang: Nima uchun biz bir gunohni xotin kishi qilsa boshqa nom
bilan aytamiz,  ammo  erkak  kishi   qilsa  boshqa  nom  bilan  aytamiz;   2)   lekin bilan:
Dotsent   ro‘paramga   o‘tirdi.   -   Avval   ham   gapirmoqchi   bo‘lgandim-u,   tilim
bormagan-di…(O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Avval   ham   gapirmoqchi   bo‘lgandim,
lekin   tilim   bormagan-di;   3)   biroq   bilan:   Qurbonoy   o‘rnidan   turib   dadasining
bag‘riga otilmoqchi bularmish-u, qaddini rostlay desa,oyoq-qo‘li qimirlamasmish.
(O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Qurbonoy   o‘rnidan   turib   dadasining   bag‘riga
otilmoqchi   bularmish,   biroq   qaddini   rostlay   desa,   oyoq-qo‘li   qimirlamasmish.
Ko‘rinib turibdiki, -u yuklamasining zidlov bog‘lovchilik xususiyati  o‘ta faol. Bu
o‘rinda   ushbu   vositaning   ikkilamchi   funksiyasi   birlamchi   funksiyasidan   ancha
ilgarilab   ketgan.   Bu   vositaning   zidlov   bog‘lovchilardan   ustun   tomoni   shundaki,
uyushiq   bo‘laklarni   yoki   qo‘shma   gap   tarkibidagi   sodda   gaplarning   juda   qisqa,
ixcham bog‘lanishini ta’minlaydi.
Bu   yuklama   va   teng   bog‘lovchisi   bilan   ham   ma’nodoshlikni   yuzaga
keltiradi.   Masalan:   Badiiy   kengashda   har   qanday   ssenariyning   muhokamasini
boshlashdan   oldin,   asli   kinochiroqchidan   chiqqan   o‘lgudek   qo‘rqog‘u   ehtiyotkor
rais   so‘raydi:   “Ustozning   nazarlaridan   o‘tganmi   bu?”   Mabodo   o‘tmagan   bo‘lsa,
boshingizni   ming   toshga   uring   –   befoyda.   (E.A’zam).   Qiyoslang:   o‘lgudek
qo‘rqog‘u ehtiyotkor -   o‘lgudek qo‘rqoq va ehtiyotkor kabi.
-u   yuklamasi   zidlov   bog‘lovchilar   bilan   pleonastik   qo‘llanadi.   Bunda
jumladagi   bog‘lanishni   zidlov   bog‘lovchisi   amalga   oshirib,   -u   ta’kid   ma’nosini
kuchaytiradi. Masalan: yeydigan ovqat esa yo‘q, aniqrog‘i – bor, hatto mo‘l-ko‘l-u,
lekin   men   emas…   (E.A’zam);   Oyim   opamning   hovlisidagi   tutdan   boshqa   qaysi
bog‘ni,   eski   sholchadan   boshqa   qaysi   gilamni,   moshkichiridan   boshqa   qaysi
palovni   aytayotganini   bilmasdim-u,   lekin   hamma   gapiga   ishongim   kelardi
(O‘.Hoshimov) kabilar.
Umuman,   -u   yordamchisi   yuklama   sifatida   ham,   bog‘lovchi   sifatida   ham
nutqimizda faol qo‘llanilib, turli pragmatik-stilistik xususiyatlarini namoyon qiladi. -YU . Bu yuklama ham matndagi ta’kidlash ma’nosini kuchaytirishiga ko‘ra
ayrim   vositalar   bilan   ma’nodoshlikni   yuzaga   keltiradi.   Masalan:   1)   -ku   bilan:
Qog‘ozga qaramasdan gapirsa, otini aytolmaydi-yu, tag‘in bu kishi marshal emish!
(O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Qog‘ozga   qaramasdan   gapirsa,   otini   aytolmaydi-ku,
tag‘in bu kishi marshal emish! 2) –da bilan: Qurbonoy qarasa, otabola yoqalashib
ketadigan.   Qizchasini   ko‘tardi-yu,   chiqdi-ketdi.   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:
Qizchasini   ko‘tardi-da,   chiqdi-ketdi.   Hozir...   Kapalak   qanotidek   birikki   silkinadi-
yu... aynan yurakning o‘zini so‘rab turgan ko‘zlardan yosh oqadi... (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang:   Kapalak   qanotidek   bir-ikki   silkinadi-da...   aynan   yurakning   o‘zini
so‘rab turgan ko‘zlardan yosh oqadi... 3) –mi bilan: - Shuyam kasal bo‘pti-yu! Men
kecha   jinnixonadan   qochib   chiqdim.   Sleduyuщiy!   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:
SHuyam kasal bo‘ptimi! Men kecha jinnixonadan qochib chiqdim kabilar.
-yu   yuklamasi   bog‘lovchiga   ko‘chganda   xuddi   –u   singari   teng   va   zidlov
bog‘lovchilar   bilan   ma’nodosh   bo‘ladi.   Masalan:   1)   ammo   bilan:   Oyim   bir
akamga,   bir   menga   qarab   kulimsirab   qo‘ydi-yu,   indamadi.   (O‘.Hoshimov).
Qiyoslang: Oyim bir akamga, bir menga qarab kulimsirab qo‘ydi, ammo indamadi;
2)   lekin   bilan:   Tuman   tarqamadi-yu,   kun   bir   qadar   yorishgandek   bo‘ldi.
(O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   Tuman   tarqamadi,   lekin   kun   bir   qadar   yorishgandek
bo‘ldi;   3)   biroq   bilan:   To‘rttasi   gaplashib   turgan   bo‘lsa,   Soat   yaqin   borishi   bilan
kelishib   olgandek   jimib   qoladi.   Yo‘q,   gaplashishadi   u   bilan.   Gaplashadi-yu,
begonaligi sezilib turadi. (O‘.Hoshimov). Qiyoslang: Gaplashadi, biroq begonaligi
sezilib turadi. Zidlov munosabatli gaplarni bog‘lashda –yu yuklamasi ham –u kabi
zich va ixcham bog‘lanishni amalga oshiradi. U ana shu xususiyatiga ko‘ra zidlov
bog‘lovchilaridan   farqlanadi   va   qulay   hisoblanadi.   Nutq   jarayonida   ko‘p
qo‘llanilishi   ham   shu   xususiyati   bilan   belgilanadi.-yu   yuklamasi   va   bilan
ma’nodosh bo‘ladi. Masalan: Uning o‘zi jigarrang yog‘och to‘siq ortidagi bahaybat
stolida   Farhodning   pasportiyu   yo‘llanmasini   sinchiklay-sinchiklay   ko‘zdan
kechirib,   oldidagi   kattakon   daftariga   qayd   etayotir.Yoshgina,   sho‘xgina   juvon.
(E.A’zam).   Qiyoslang:   pasportiyu   yo‘llanmasini   –pasporti   va   yo‘llanmasini
kabilar. So‘z ko‘rinishidagi yuklamalarning stilistik xususiyatlari. O‘zbek tilida so‘z
shaklidagi   yuklamalar   sifatida   quyidagilarni   ko‘rsatish   mumkin:   faqat,   yolg‘iz,
axir, hatto, hattoki, nahot, nahotki, xuddi, naq, na... na va b. Quyida ana   shu so‘z
ko‘rinishidagi   yuklamalarning   boshqa   grammatik   vositalar   bilan   sinonimik
xususiyatlarini tahlil qilamiz.
FAQAT.   matndagi   so‘zlarni   chegaralash,   ajratish   uchun   ishlatiladi.   –gina,
yolg‘iz,   xolos   yordamchilari   bilan   sinonimlikni   xosil   qiladi.   Masalan:   1)   yolg‘iz
bilan: To‘lagan ham miq etmay bezrayib turar, faqat qizaloq qo‘rquvdan dag‘- dag‘
titrab,   yig‘lar   edi.   (O‘.Hoshimov).   Qiyoslang:   To‘lagan   ham   miq   etmay   bezrayib
turar,   yolg‘iz   qizaloq   qo‘rquvdan   dag‘-dag‘   titrab,   yig‘lar   edi;   2)   –gina   bilan:
ekipajimiz   deyarli   o‘zgarmadi.   Xayriddin   -   o‘qlovchi,   Sasha   -   otuvchi...faqat
Temur   aka   rezvedkachilar   bataloniga   tushib   qoldi.   (O‘.Hoshimov).Qiyoslang:
Temur   akagina   rezvedkachilar   bataloniga   tushib   qoldi;   3)   xolos   bilan:   Qiziq,,
Qurbonoy   hech   nimani   o‘ylagisi   kelmasdi.   Endi   oyoqlaridan   muz   o‘tmas,
sovuqdan yelkalari titramas, faqat uyqusi kelardi. (O‘.Hoshimov). Qiyoslang: endi
oyoqlaridan muz o‘tmas, sovuqdan yelkalari titramas, uyqusi kelardi, xolos; 4) bir
bilan:   Men   bir   sizni   o‘yladim.   (so‘zlashuvdan).   Qiyoslang:   Men   faqat   sizni
o‘yladim:   5)   bor-yo‘g‘i   so‘zi   bilan:Bola   onasi   boshini   opichlab   bordi.   Ovoz
berib,yig‘lay,   dedi.   Onasidan   qo‘rqdi.   Onasi   oyoqlarini   chimchilab   olishidan
qo‘rqdi. Bola bor-yo‘g‘i ing-ing etib bordi. (T.Murod). Qiyoslang: Bola faqat ing-
ing   etib   bordi.   6)   atigi   bilan:   –   Xudoyim   taolo   quyoshni   ziyo,   oyni   nur   qilib
yaratgan,   otaxon.   Emishki;   xudoyim   taolo   odamzotni   zuvalasini   loydan   pishitib
bo‘lgach...odamzot   ustidan   atigi   bir   kun...   bir   kungina   quvonch   yomg‘irini
yog‘diribdi!(T.Murod).   Qiyoslang:   odamzot   ustidan   faqat   bir   kun...   bir   kungina
quvonch yomg‘irini yog‘diribdi kabilar. Ammo ushbu birliklar bir-biridan nafaqat
jumladagi   qo‘llanish   o‘rniga   ko‘ra,   balki   ayirish,   chegaralashma’nosini
ifodalashiga   ko‘ra   ham   farqlanadi.   Albatta,   bu   vositalar   ma’no   nozikligiga   ko‘ra
biri ikkinchisidan farqlanadi.
YOLG‘IZ .   Ravish   turkumiga   xos   bo‘lgan   bu   so‘z   yuklama   vazifasini
bajaruvchi   mustaqil   so‘z   hisoblanadi.   Masalan:   Jahonda   eng   donishmand   xalq bilasizmi,   kim?   Avstraliya   aborigenlari!   Og‘ir   jinoyat   qilganni   qamamaydi.
Otmaydi.   Osmaydi.   YOlg‘iz   qoldiradi.   Bitta   o‘zini!   (O‘.Hoshimov).   Bu   so‘z
yuklama   sifatida   yakka,   yagona,   tanho,   bir   so‘zlari   bilan   ma’nodosh   bo‘ladi.
Ammo   yolg‘iz   so‘zining   bu   boradagi   faolligi   uni   ko‘p   o‘rinlarda   yuklamalar
sirasiga qarashni odat tusiga kiritgan.
Umuman,   faqat,   yolg‘iz,   yakka,   yagona,   tanho,   bir,   faqatgina,   yolizgina,
birgina   kabi   yuklamalari   va   funksional   yuklamalari   o‘zaro   ma’nodoshlik
munosabatda bo‘lsa-da, ya’ni matnda biri ikkinchisi o‘rnida bemalol qo‘llanib kela
olsa-da, biroq ular o‘zlarining xususiy farqlanishlariga ega. Ularning ushbu o‘ziga
xosliklari   matndan   anglashilib   turadi.   Shunga   kura   ular   ba’zan   bir-birlarining
o‘rnilarida   erkin   almashsa,   ba’zan   buning   imkoni   bo‘lmaydi.   Ularning   matnda
tanlab ishlatilishi uslubiy talab bilan amalga oshiriladi.
AXIR .   Bu   yuklama   o‘zi   bog‘lanib   kelgan   sintaktik   qismga   ko‘proq   ta’kid
ma’nosini   beradi.  Bu  yuklama  so‘zlovchining  voqelikka   munosabatini  aniqlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yuklamaning jumladagi ahamiyatini bilish uchun u
ishtirok etgan jumlani qo‘llangan va qo‘llanmagan holda qiyoslab ko‘rishning o‘zi
kifoya.   Bu   yuklama   o‘zi   ishtirok   etgan   matndagi   gumon   ma’nosini   ta’kidlaydi:   -
Buy-bastini ilg‘agandirsiz, axir! (O‘.Hoshimov).
Axir   yuklamasi   o‘zi   qatnashgan   jumladagi   so‘roq  mazmunini   ta’kidlaydi:   -
Qilgan   ishingiz   jinoyat   ekanini   bilasizmi?   -   Nega,   jinoyat   bo‘larkan?   Rabochiy
klass dam olishi kerakmi axir? (O‘.Hoshimov); - eshigingizni taqillatgan grajdanin
SHomatovning   boshiga   araq   shishasi   bilan   urmoqchi   bo‘lgansizmi   axir?
(O‘.Hoshimov)   kabi.   Jumlada   –ku   bilan   birgalikda   qo‘llanilib,   ta’kid   ma’nosini
kuchaytiradi: Men necha yoshga chiqdim o‘zi? Yigirma ikkiga?! Yo‘g‘-e, axir men
etmish   ikkidaman-ku!   (O‘.Hoshimov);   Keyin   o‘ylasam,   kapitan   to‘g‘ri   qilgan
ekan.
Ekipajimieda jang ko‘rgan biron kishi bo‘lishi kerak-ku, axir? (O‘.Hoshimov)
kabilar.
Axir yuklamasi -ku endi kabi ayrim vositalar bilan sinonimlikni hosil qiladi. Ammo   shuni   alohida   e’tirof   etish   zarurki,   matndagi   ta’kid   ma’nosini   ifodalashda
axir yuklamasi o‘ziga xos xususiyatini namoyon qiladi.
II.O‘zbek tilida yuklamalar prezuppozitsiyasi.
2.1 Presuppozitsiya haqida ma’lumot .
Presuppozitsiya   gapning   vaziyat,kontekst   hamda   so‘zlovchi   va
tinglovchilarning oldindan ma’lum bo‘lgan umumiy bilimlarini o‘z ichiga oluvchi
hodisadir.   Presuppozitsiyaga   ishora   qiluvchi   vositalar   ichida   yuklamalar   va
ko‘makchilar alohida o‘rin tutadi.
Yuklamalar   presuppozitsiyasi   haqida   U.Rahimov   nomzodlik
dissertatsiyasini  himoya qilgan. 8
  Rahimov U.:  “Yuklamalarni  aniqlashda  kontekst
alohida   rol   o‘ynaydi.Chunki   biror   so‘z   yoki   gapga   ma’no   jilvasi   yuklashni
kontekstsiz   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.Shuning   uvhun   yuklamalarning
xususiyatlarini   belgilashda,ularning   turli   ma’nolarini   aniqlashda   tekst   yoki
tekstning kichik birligi gap bilan bog‘liq holda tadqiq qilish kerak bo‘ladi va gapga
ma’no jilvasi bersagina yuklamaga kiritish mumkin bo‘ladi.
Yuklamalar   ,albatta,   gapga   u   yoki   bu   tarzda   ma’no   jilvasi   beradi.O‘zbek
tilidagi ham,hatto,hattoki,nahot,nahotki,faqat,yolg‘iz,yakka,birgina,xuddi,naq,xolos
,yana   ,tag‘in,tugul,   -da,   -oq,   -yoq,   -ki,   -kim,   -chi,-a,   -ya,   -gina   kabi   affikslar
alohida turli ma’nodagi presuppozitsiyaga ishora qila olishi bilan ajralib turadi.”  9
2.2  Ham  yuklamasi presuppozitsiyasi
Ham   yuklamasi   o‘zbek   tilida   eng   ko‘p   ishlatiladigan   yuklama
hisoblanadi. Ham   yuklamasi   presuppozitsiyaga   ishora   qiluvchi   sermahsul
vositalardan   biri   hisoblanadi.Qo‘shib   hisoblash,birgalik   ma’nosini   ifodalovchi
presuppozitsiya: Uyning   eshigi   ham   ochiq   edi (S.Zunnunova).Propozitsiya- uyning
eshigi ochiq edi .Presuppozitsiya – uyning derazalari  ham ochiq ekanligi. Bu gapda
eshikning   ochiqligi   to‘g‘risidagi   hukm   predikar   orqali   aniq
anglashilgan,derazaning   ochiqligi   to‘g‘risidagi   hukm   presuppozitsiya   orqali
tushuniladi.Bu   yerda   kommunikativ   niyat   ham   ahamiyatli. Erkaklarga   ham
8
  Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси : Филол.фан.номз.дисс –я.  – Самарканд ,1994
9
  Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси : Филол.фан.номз.дисс –я.  – Самарканд ,1994,21- бет tushuntirganman (A.Qahhor)   gapida   ham   ko‘rib   o‘tilgan   holatni   kuzatish
mumkin.Bu gapda ochiq propozitsiya-presuppozitsiya-ayollarga ham  tushuntirgan
ekanligi.
Antonimik   munosabatdagi   so‘zlarning   ,tushunchalarning   biri   tabiatan
ikkinchisini   yodga   soladi.Masalan:yaxhi-yomon,katta-kichik,baland-past   va
h.k.Gap   tarkibida   biri   orqali   ikkinchisi   anglashilishi   uchun   faqat
informator,signalizator   kerak   bo‘ladi. Ham   yuklamasi   xuddi   o‘sha   signalizator
vazifasini o‘tab,bizga ishora qiladi.Tinglovchi esa antonimik munosabatda bo‘lgan
tushunchalarning   ikkinchi   komponentini   ham   yuklamasining   ishorasi   orqali
gapning sintaktik qurilishida ifodalanmagan bo‘lsa ham tushunaveradi.
Ham   yuklamasi ko‘rib o‘tilgan holatlaarda   gaplarning sintaktik qurilishida
qaysi   gap   bo‘lagini   ta’kidlab   kelsa,mazmuniy   tuzilishda   ham   xuddi   o‘sha   bo‘lak
bilan anglashilgan mazmuniy elementga –ishora qiladi.
2.3  Yana  yuklamasi presuppozitsiyasi .
Hozirgi   davrgacha   bo‘lgan   tilshunoslikda   yana   so‘zining   qanday   so‘z
turkumiga   kiritilishi   haqida   turlicha   fikrlar   bor.Ushbu   yuklamaning   matn   ichida
kelish   o‘rinlari   kuzatilganda   ,juda   ko‘p   hollarda   yuklama   bo‘lib   kelishi   ko‘zga
tashlanadi.
Yana   so‘zi   barcha   gap   bo‘laklari   bilan   birga   kela   oladi.Shuning   uchun   bu
so‘zning turli o‘rinlarida kelishini alohida tahlil etish yangi-yangi qirralarni ochib
beradi. Yana   yuklamasi   ega   bilan   birga   kelib,takroriylik   ma’nosidagi
presuppozitsiyani   yuzaga   keltiradi. Zum   o‘tmay   yana   Rashid   abzi   garmonini
cho‘zib qoldi.(O‘Hoshimov)   gapida sih-harakatni bajargan shaxs ta’kidlanyapti va
oldin   ham   Rashid   abzi   garmonini   cho‘zgan   degan   presuppozitsiyani
anglatayapti. Yana   yuklamasi   kesimga   bog‘lanib   keladi. Ertasi   kuni   Obid
Yo‘ldoshevich   uni   yana   chaqirdi(P.Qodirov )   gapida   aynan   bir   ish-harakatning
takror yuzaga kelganligini ta’kidlab ko‘rsatayapti. Yana  yuklamasi aniqlovchi bilan
ham birgalikda kelib,pressupozitsiya   anglata oladi. Lekin yana Akbarovning ovozi e’tiborini tortdi   (P.Qodirov) gapida ovoz egasini ta’kidlab ko‘rsatyapti va “Avval
ham hayoli ro‘yhatga ketgan” degan presuppozitsiyaga ishora qilyapti.
Xullas,nutqning jozibador bo‘lishida yuklamalarning ta’siri katta.
                                                       
Xulosa
O‘zbek tilining bugungi bosqichida tildagi har bir grammatik vosita o‘zining
uslubiy   bahosini   olayotganligi   sababli,ushbu   kurs   ishida   o‘zbek   tilidagi
yuklamalarning   stilistik   xususiyatlarini   o‘rganish   yuzasidan   olib   borgan
tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1.Biz   yuqorida   ko‘rib   chiqqan   barcha   manbalarda     yuklmalarning   kelib
chiqish   sabablari,ularni   paydo   bo‘lish   usullari   va   tasnif   etish   tamoyillari   tilga
olingan.Bu   birliklarning   diaxronik-sinxronik   aspektdagi   tavsifi   va   o‘ziga   xos
lisoniy xususiyatlaari ta’riflangan.
2.Tilimizda   qo‘shimcha   ko‘rinishidagi   yuklamalar   so‘z,so‘z   birikmasiga
tirkalganda yoki gap htarkibida qo‘llanilganda albatta so‘z,so‘z birikmasi yoki gap
ifodalayotgan   konstruktiv,grammatik,mazmunida   alohida   o‘rin   tutadi.Qo‘shimcha
ko‘rinishidagi   yuklamalar   doirasida   o‘zaro   sinonimik   munosabatda   bo‘lgan
elementlarning   yanada   ko‘payayotganligi   ularning   funksional-stilistik   faolligi
oshayotganligidan dalolat beradi. 3.So‘z   yuklamalardan   ham,emas,yana,faqat   yuklamalari   presuppozitsiyani
yuzaga  chiqarishda   faol  ishtirok  etadi.Bu   vositalar   jumla  mazmuniga  jiddiy  ta’sir
ko‘rsatib,so‘zlovchining nutqini yanada oydinlashtirib berishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.   Аширбоев С., Азимов И. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси (ўқув–
усулий қўлланма). – Тошкент, ТошДПУ нашри, 2002. –137 б
2.Бозоров О. Ўзбек тилининг юклама категорияси // Ўзбек тили ва адабиёти.
– Тошкент, 1977. – № 2. –Б. 24-28.
3.. Виноградов В.В.История русских лингвистических учений , 1978. Стр.143
4.   Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси. – Самарқанд, СамДУ
нашри, 2010. –192 б.
5..Пардаев А. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. – Самарқанд, СамДУ нашри,
2011. –160 б.
6.   Раҳимов У. Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси: Филол. фан. ном.
… дис. автореф. – Самарқанд, СамДУ, 1994. –25 б.
7.   ХIII – ХIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили (Морфология). – Т.: Фан, 1986. 264-267-б.
Internet resurslar
http://www.ziyonet.uz/
http://www.ziyouz.uz/
http://superlinguist.ru

Mavzu:Yuklamalar stilistikasi Reja: Kirish.Yuklamalar va ularning o‘rganilish tarixidan. I.Yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari. 1.1Yuklamalarning tasnifi va nutqdagi vazifasi. 1. 2 Yuklamalar umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishi . 1. 3 Yuklamalarning grammatik,semantik va stilistik tabiati. 1.4Yuklamalar sinonimiyasi. II.O‘zbek tilida yuklamalar prezuppozitsiyasi. 2.1Presuppozitsiya haqida ma’lumot. 2.2 Ham yuklamasi presuppozitsiyasi. 2.3 Yana yuklamasi presuppozitsiyasi . Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Yuklamalar va ularning o‘rganilish tarixidan Yuklamalar gap yoki uning alohida bo‘laklariga har-xil emotsional- ekspressiv mazmun berish uchun qo‘llaniladi. Ularning matndagi vazifasi so‘zlovchining matn mazmuniga nisbatan munosabatini bildirish, e’tiborni tortishdan iboratdir. Aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning o‘rganilishiga oid ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Yuklamalar ham tilshunoslarning doimiy e’tiborida bo‘lgan grammatik vosita bo‘lib, bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda.Yuklamalar tadqiqi yuzasidan dissertatsiyalar himoya qilingan , qator maqolalar e’lon qilingan. Bu boradagi faktik ma’lumotlar A.Pardayevning «Til tizimida yordamchi so‘zlar» monografiyasida keng va batafsil tahlil qilingan. 1 Quyida o‘zbek tilshunosligida yuklamalarning diaxron va sinxron aspekta o‘rganilishiga e’tibor qaratamiz. Yuklamalar tilimizda tarixan qo‘llanishda bo‘lgan vositalar hisoblanadi.Masalan, S.Mutallibov «Devonu lug‘otit turk»da uchrovchi yuklamalar ikki xil bo‘lganini aytgan: 1. Ilgaridan tilda yuklama vazifasida qo‘llanib kelayotgan yuklamalar -chi, gina, -o‘q kabi, 2. Ilgari biror mustaqil so‘z turi bo‘lgani holda,so‘ng yuklama funksiyasiga ko‘chganlar: yolg‘iz, ilal kabi. Eski o‘zbek tilida qo‘llangan yuklamalar haqida, aniqrog‘i XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklarda uchrovchi yuklamalar haqida qimmatli ma’lumot bergan olima – A.Ibrohimovadir. U bu davrdagi yuklamalarni ikki guruhga ajratadi: 1) affiks ko‘rinishida bo‘lgan sof yuklamalar; 2) mustaqil so‘z shakliga ega bo‘lgan funksiyadosh yuklamalar. A.Ibrohimova sof yuklamalar sifatida –mu//-mi, -qi:na/-kina//-g‘i:na/-gina, -oq/ kℴ yuklamalarini ko‘rsatadi. 2 Olima XIII-XIV asrlardagi turkiy yozma yodnomalarda qo‘llanilgan ma (bu so‘z asli bog‘lovchi), emə (bog‘lovchi), ush (olmosh), taqi/daqi/dahi (bog‘lovchi) kabi funksional yuklamalarni ko‘rsatadi. Bundan tashqari, magar, 1 Пардаев А.Б. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 117-134-бетлар 2 XIII – XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили (Морфология). – Т.: Фан, 1986. 264-267-б.

kashke, illa, hatta, bale, axir, bas, ham, alqissa, almaqsud, filjumla kabi fors-tojik va arab tillaridan o‘zlashgan yuklamalarni ham tahlil qilgan. 3 «Yuklamalar - deb yozadi J.Hamdamov, - turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida boshqa turkumlardagi so‘zlarga nisbatan keyinroq (lekin bog‘lovchilardan oldinroq) paydo bo‘lgan grammatik kategoriya bo‘lib, ular modal so‘zlar bilan qo‘shimchalar orasidagi joyni egallaydi. Yuklamalarning ko‘pchiligi ot, fe’l, olmosh, ravish kabi mustaqil ma’noli so‘zlardan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Binobarin, eng qadimgi turkiy tilda grammatik jihatdan rasmiylashgan, alohida turkum bo‘lib ajralib chiqqan yuklamalar yo‘q edi. Ba’zi ot va fe’llar yuklama vazifasini ham bajarar edi. Turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi turk va o‘rta turk davrlariga kelib yuklamalar alohida so‘z turkumi sifatida ajralib chiqa boshladi. Ularning asosiy qismi turkiy tillarning o‘z ichki imkoniyatlari hisobidan, boshqa bir qismi o‘zlashma yuklamalar hisobidan boyib bordi» J.Hamdamov o‘zbek tilida tarixan ishlatilib kelgan yuklamalarni qo‘llanish o‘rniga ko‘ra ikki guruhga: postpozitiv yuklamalar va prepozitiv yuklamalarga bo‘lgan. 1.Postpozitiv yuklamalar: 1) affiks-yuklamalar –mu//-mi, -g‘i:na/-ginə/- qi:na/-kinə, -oq/0k, -chu/chү, -chi/chү, -la/lə; 2) so‘z yuklamalar -ma, eme, taqы/daqы, ham biriktiruvchi bog‘lovchilari, ush olmoshi kabi funksional yuklamalar. 2. So‘z yoki gapning oldidan keladigan prepozitiv yuklamalar mustaqil, alohida so‘z shakliga ega bo‘lib, ular turkiy tillarga tegishli bo‘lmay, arab, fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlardir. Bular quyidagilar: bəlki(m), hattā,göyā/göyāki, məgər, kāshki, hamānā, shāyad / shāyad kim, āxir, illā, bas, balə,erkən / erkin / ekən, ermish / emish, kerək, alqissa kabilar. I.Yuklamalarning semantik-stilistik xususiyatlari. 1.1. Yuklamalar tasnifi va nutqdagi vazifasi Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi yuklamalarni Sh.Shoabdurahmonov maxsus tadqiq etgan. O.Bozorov «O‘zbek tilida yuklamalarning semantik-funksional xususiyatlari» nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 4 O.Bozorov ushbu nomzodlik dissertatsiyasida yuklamalar sirasiga quyidagilarni kiritadi: -ki, -da, -u(- 3 XIII – XIV асрлар туркий адабий ёдгорликлар тили. 268-271-б 4 Базаров О. Частицы в узбекском языке: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. - М., 1983. – с. 7–8

yu), ham, -ku, -mi, -chi, -a(-ya), balki, emas(mas), faqat, esa, bo‘lsa,na...na, tugul, negaki, sababki, nega desang, bo‘lmasa, yo‘qsa, aksincha, -oq(-yoq), -gina, -dir, - gin, -in, -cha, qip-, yop-, (yap-), kap-, xolos, naq, ayni, qoq, zora,shoyad, koshki, koshki edi (koshkiydi), qani endi, qani edi (qaniydi), ishqilib, hatto,aqalli (loaqal), nahot, nahotki, oxir, yana, tag‘in, to, agar, mabodo, basharti,bordi-yu, garchand, garchi, go‘yo, xuddi, bamisoli, albatta, baribir, demak, xullas,aytmoqchi, aytganday, aytgandek, ayniqsa, xususan, atigi, nihoyati, avvalo, avvali,avvalambor, hech, sira, aslo, mutlaqo, zinhor, juda, eng, g‘oyat, nihoyatda, o‘lgur,tushgur, tushmagur, qurgur, bo‘lgani, bo‘ladimi, bo‘lsa ham, boringki, qo‘yingki,qo‘ying-chi, kel (ke), keling, kelinglar, kelib-kelib, deyman, degin, deng, aytginaytgin, bildingmi, bilasizmi, yolg‘iz, naq, yaxshisi, bir, birinchidan, ikkinchidan, kimsan, mana, ana, bu, shu, nima, qani, o‘zi, qanday, -e(e), -ay, -ey, ha, xayriyat, xayriyatki, xo‘sh, asli (aslida), afsus (afsuski), taajjub (taajjubki), bor, yo‘q, bormi, bor-yo‘g‘i, tim, liq, lim, g‘irt, qir, shir, g‘arq, jiqqa. Bu borada yana Z.Isoqov ham tadqiqot olib borgan. U «O‘zbek tilida so‘z turkumlarining o‘zaro munosabati va unda yuklamalarning o‘rni» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U yuklamalar sirasiga -ki, -ku, -da, -u(- yu), ham, -mi, -chi, -a(-ya), faqat, na... na, tugul, -oq(-yoq), -gina, -dir, -gin,qoq, aqalli, nahot, nahotki, agar, mabodo, basharti, atigi, nihoyati, tim, liq, lim,g‘irt, g‘arq, jiqqa, -jon, -oy, -xon, -bek, -poshsho, - bonu, xuddi, naq, naqadar kabilarni kiritib, quyidagi semantik guruhlarga ajratadi: 1) kuchaytiruv-ta’kidyuklamalari: - ki, -da, -u(-yu), -a(-ya), aqalli, ham, -ku, naqadar, atigi, nihoyati,tim, liq, lim, g‘irt, g‘arq, jiqqa; 2) ayiruv yuklamalari: faqat, -gina; 3) taajjub yuklamalari: nahot, nahotki; 4) shart yuklamalari: agar, mabodo, basharti; 5)sub’ektiv baho yuklamalari: -jon, -oy, -xon, -bek, -poshsho, -gin; 6) inkor yuklamasi: na... na, tugul; 7) so‘roq yuklamalari: -chi, -mi; 8) aniqlov yuklamalari: xuddi, naq, qoq; 9) gumon yuklamasi: -dir. 5 Olim yana «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da (1981) yuklama sifatida berilib, boshqa ilmiy manbaalarda uchramagan e, xo‘sh, ha, ey, bu, bor-yo‘g‘i, ana, oriy, tugul, aksincha, xolos, yana, tag‘in, zora,zoraiki kabi 5 Исоқов З.С. Ўзбек тилида сўз туркумларининг ўзаро муносабати ва унда юкламаларнинг ўрни: Филол. фан. номз. …дис.автореф. – Фарғона, 2005. 14-б.

yuklamalarni sanaydi va lug‘atdagi o‘z, qani, shu, mana, kimsan, bir,ayni, aqalli, qoq kabi so‘zlarni yuklamalik xususiyatlarini tahlil qiladi. Sh.Shahobiddinova -jon, -xon, -oy, -cha, -chak-(a)loq, -choq kabilarni yuklamalar qatoriga qo‘shish mumkinligini aytgan. Yuklamalar rus tilshunosligida ham batafsil o‘rtanilgan. Bu borada T.M.Nikolaevaning yuklamalar tadriji borasidagi monografiyasidan keng ma’lumot olish mumkin. Bu so‘zlar xususida M.Lomonosov ham to‘xtalib o‘tgan. A.Shaxmatov yuklamalarni sintaktik ob’ektda o‘rganish tarafdori bo‘lgan. V.Vinogradov yuklamalarni ekspressiv–stilistik funksiyalariga alohida urg‘u bergan. U yuklamalar qatoriga yana bog‘lovchilarni, predloglarni ham so‘zlarni kiritgan. F.F.Fortunatov ham yuklamalarning sintaktik xususiyatiga alohida e’tibor qaratgan. Rus tilshunosligida asosan yuklamalar bahsida A.Shaxmatov va F.Fortunatovlar fikri tayanch hisoblanadi. XX asrda turkologiyada ham yuklamalar tadqiqot ob’ektiga aylangan. Jumladan, F.Kenjebaeva qozoq tilidagi, F.Zeynalov ozarbayjon tilidagi, K.Amiraliev qozoq va qoraqalpoq tilidagi, K.Axmerov boshqird tilidagi yuklamalarni tadqiq etgan. Umuman, yuklamalar barcha ilmiy manbalarda so‘zlarga yoki gapga so‘roq, ta’kid, kuchaytirish, ayirish, chegaralash, o‘xshatish, qiyoslash kabi qo‘shimcha modal ma’no beruvchi yordamchi so‘zlar deya talqin etilgan. O‘zbek tilshunosligida bugungi kunda yuklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xilga ajratilgan: 1) qo‘shimcha shaklidagi yuklamalar; 2) so‘z shaklidagi yuklamalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darsliklarida yuklamalar quyidagicha tasnif qilingan: 1. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a(-ya). 2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: -ku, -u(-yu), -da, -oq(-yoq), -ki,-kim, axir, hatto, hattoki, nahot, nahotki, tim, shir, g‘irt, liq, lim, g‘raq, jiqqa. 3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: -gina (-kina, -qina), faqat, faqatgina,yolg‘iz. 4. Aniqlov yuklamalari: xuddi, naq. 5. Gumon yuklamasi: -dir. 6. Inkor yuklamasi: na... na.