logo

Bog‘lovchi va yuklamalar uslubiyati.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

52.380859375 KB
Bog‘lovchi va yuklamalar uslubiyati.
Reja:
1.     Bog‘lovchilarning   uslubiyati,   uning   o‘zbek   uslubshunosligida   o‘rganilishi.
2.Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 
3.Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar. 
4.Yukalamalar uslubiyati, uning o‘zbek uslubshunosligida o‘rganilishi.  Turkiy   tillarda   yordamchi   so‘zlar   tizimida   qaraladigan   bog‘lovchilar
grammatik   jihatdan   o‘zgarmaydi   va   mustaqil   lug‘aviy   ma’noga   ega
bo‘lmaydi.   Ulardan   gap   bo‘laklari   hamda   ayrim   gaplarning   tuzilishi   va
ma’nolariga ko‘ra bo‘ladigan turli xil munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Bog‘lovchilar   o‘zlari   bog‘lagan   ayrim   so‘zlar   va   ayrim   sodda   gaplarning   o‘zaro
qanday   munosabatda   ekanliklarini   ko‘rsatish   bilan   birga,   shu   munosabatlarining
turini, xususiyatlarini ifoda etadi.
O‘zbek   tilshunosligida   bog‘lovchilar   grammatik   yo‘nalishda   atroflicha
o‘rganilgan.   Prof.   A.Muxtorov   bog‘lovchilarning   grammatik   xususiyatlarini
o‘rganish   sohasida   salmoqli   ishlarni   amalga   oshirgan.   U   “Hozirgi   o‘zbek   tilida
bog‘lovchilar”   (1953)     mavzuidagi     nomzodlik   ishini   ham   himoya   qilgan.
Prof.M.Asqarova “O‘zbek tilida bog‘lovchi-yuklamalar haqida” nomli maqolasini
e’lon qilish bilan yordamchi so‘zlar orasida bir-biriga ko‘chish, birining vazifasini
ikkinchisi   bajarishdek   xususiyat   barcha   yordamchi   so‘zlarga   xos   ekanligini   ilmiy
jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘lgan edi. ( Asqarova M.   O‘zbek tilida bog‘lovchi-
yuklamalar haqida // O‘zbek tili va adabiyoti, 1962, 5-son.)
O‘zbek   tilida   ergashtiruvchi   bog‘lovchilarning   taraqqiyot   tarixi   esa
A.Matg‘oziev   tomonidan   maxsus   tadqiq   etilib,   nomzodlik   dissertatsiyasi   sifatida
himoya qilingan edi (1966).
Ilmiy adabiyotlarda bog‘lovchilar    gapdagi vazifasiga ko‘ra quyidagicha ikki
turga ajratib tasnif qilinadi: a) teng bog‘lovchilar, b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
(Hozirgi o‘zbek adabiy tili, ikki tomlik,   I   tom. – T.: Fan, 1966, 360-bet; O‘zbek tili
grammatikasi,   I   tom,   567-bet;   Mirzaev   M.,   Usmonov   S.,   Rasulov   I .   O‘zbek   tili.   –
T.:O‘qituvchi,   1978,   148-bet;   SHoabdurahmonov   SH.,   Asqarova   M.,   Hojiev   A.,
Rasulov   I.,   Doniyorov   X.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili,   1-qism.   –   T.:   O‘qituvchi,
1980,   425-bet;   Tursunov   U.,   Muxtorov   A.,   Rahmatullaev   SH.   Hozirgi   o‘zbek
adabiy tili. – T.: O‘zbekiston, 1992, 382-bet).
Gap   bo‘laklari   va   ayrim   sodda   gaplar   orasidagi   teng   munosabatlarni
ifodalovchi   bog‘lovchilar   teng   bog‘lovchilar     deb   yuritiladi.   Ergashtiruvchi
bog‘lovchilar esa qo‘shma gaplar tarkibidagi ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun   xizmat   qiladi.   Agar   va,   hamda,   ammo,   lekin,   biroq,   yo,   yoki,   yohud,   dam-
dam,   bir-bir,   goh-goh,   goho,   ba’zan-ba’zan   singari   bog‘lovchilar   teng
bog‘lovchilar   tarkibiga   mansub   bo‘lsa,   chunki,   shuning   uchun,   agar,   agarda,
basharti,   agarchi,   go‘yo,   go‘yoki,   -ki,   -kim,   ya’ni     singari   bog‘lovchilar   esa
ergashtiruvchi   bog‘lovchilar   sirasiga   kiradi.  Bog‘lovchilarning  bunday  tasnifi  shu
kungacha nashr etilgan    deyarlik barcha ilmiy adabiyotlarda takrorlanadi.
                        Bog‘lovchilarning nutq jarayonida o‘rinli, maqsadga muvofiq holda
qo‘llanishi   vujudga   kelishi   mumkin   bo‘lgan   uslubiy   g‘alizlikning   oldini   oladi.
Ularning nutqdagi qo‘llanishi esa pragmatik (hosila) ma’nolarning vujudga kelishi
bilan bog‘liq.
                        Pragmatika   tilshunoslikning   nazariy   va   amaliy   tarmoqlaridan   biri
sifatida   insonning   ijtimoiy   faoliyatini   o‘zida   mujassamlashtirgan   nutqiy   jarayon,
nutqiy   vaziyat   ta’siri   bilan   namoyon   bo‘luvchi   kommunikativ   niyat   bilan   bog‘liq
tushunchalarni   o‘rganadi.   Pragmatika   nutqiy   aktning   bevosita   matn   bilan
munosabatini   o‘rganadi.   Nutqiy   akt   bilan   matn   o‘rtasidagi   o‘zaro   xilma-xil
munosabat   pragmatikaning   asosiy   o‘rganish   ob’ekti   sanaladi.(   Nurmonov   A.,
Hakimov   M.   Lingvistik   pragmatikaning   nazariy   shakllanishi   //   O‘zbek   tili   va
adabiyoti,   2001,   4-son,   55-bet).   Masalan,   shoir   Abdulla   Oripovning   “Yillar
armoni” to‘plamidan olingan quyidagi parchaga diqqat qilaylik:
Men kuylayman goh dilda qadar ,
Goh sevinib she’r to‘qiyman men.
                                               Tinglamasa o‘zgalar    agar
                                               O‘z-o‘zimga she’r o‘qiyman men
Keltirilgan   matnda   goh     teng   bog‘lovchisining   ikki   misrada   ham   takror
qo‘llanishi lirik qahramonning xatti-harakati ( kuylayman, she’r to‘qiyman va she’r
o‘qiyman )ning   davomiyligi,   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liqligini   ifodalashga   xizmat
qiladi.      
                        Endi   quyidagi   nasriy   parchaga   diqqatni   qarataylik:   SHahardagi
hamma soatlar besh minut ilgari –   noto‘g‘ri bo‘lsa va hamma shunga amal qilsa , sening   soating   besh   minut   keyin   –   to‘g‘ri   bo‘lganidan   nima   foyda?!   (A.Qahhor.
Hikmatga moyil fikrlar).
                        Keltirilgan     bu   parchada   va   biriktiruvchi   bog‘lovchi       qo‘llanib,
uyushiq   bo‘laklarni   o‘zaro   semantik-sintaktik   munosabatga   kiritishi   pragmatik
hosila ma’no – ko‘pchilik ozchilikni engadi, oqimga qarshi suzib bo‘lmaydi, degan
muhim ijtimoiy-falsafiy     fikrning yorqin ifodalanishiga vosita bo‘lgan. Bu esa har
qanday   gapdan   anglashiladigan   mazmun   bilan   fikr   sub’ekti   o‘rtasidagi  
munosabatlar     pragmatikaga   dahldor   ekanligini   ko‘rsatadi.   Nutqiy   akt,   predikativ
bo‘lmagan   so‘zlar,   kontekst,   nutqiy   vaziyat,   so‘zlovchi   shaxsi   kabi   tushunchalar
lingvistik   pragmatikaning   markaziy   tushunchalari   qatoriga   kiradi.   Bunday
tushunchalar   matn   tarkibidagi   teng   bog‘lovchilar   pragmatikasi   tadqiqida   ham
muhim ahamiyatga egadir.
                       Har qanday til birligi, jumladan yordamchi so‘zlar tarkibiga kiruvchi
teng   bog‘lovchilar   ham     nutq   jarayonida   pragmatik,   hosila   ma’no   kasb   etadi.  
Aslida     bog‘lovchilar   qo‘shma   gap   tarkibidagi   ayrim   sodda   gaplarni   hamda
uyushiq   bo‘lakli   murakkab   sodda   gaplar   orasidagi   turli   xil   munosabatlarni
ifodalash   uchun   qo‘llanuvchi   yordamchi   so‘zlardir.   ( SHoabduraxmanov   SH.   va
bosh.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili,   1-qism.   –   T.:   O‘qituvchi,   1980,   424-bet).   Matn
talabi   bilan   ular   xilma-xil   pragmatik,   hosila   ma’nolar   ham   kasb   etishi   mumkin.
Masalan, quyidagi matnga diqqat qilaylik:   Samarqand – o‘zining boy tarixi, buyuk
madaniyati,   muqaddas   obida   va   koshonalari   bilan   shuhrat   qozongan   dunyo
taraqqiyotining   beshiklaridan   biri   bo‘lib,   bugun   ham   o‘z   salohiyati   va   betakror
qiyofasi   bilan   jahon   miqyosida   ming-minglab   muxlislarni   o‘ziga   maftun   etib
kelayotgani, xalqimizning   g‘urur va iftixoriga aylangani   haqida gapirish ortiqcha,
deb o‘ylayman   (I.A.Karimov).
                        Bu   matnda     va   bog‘lovchisi   uch   marta   takror   qo‘llangan,   birinchi
marta   ( obida   va   koshonalari   bilan )   va   ikkinchi   marta   qo‘llanish   ( salohiyati   va
betakror qiyofasi bilan ) uyushiq bo‘lakli aniqlovchilarni ta’kidlash, matnga kuchli,
ko‘tarinki     ruh bag‘ishlash uchun xizmat qilgan. So‘nggi qo‘llanishda esa ( g‘urur va iftixoriga aylangani ) to‘ldiruvchilardan birining tushirib qoldirilgan grammatik
ko‘rsatkichlarini ( -iga ) mantiqan tiklanishi uchun vosita vazifasini bajaradi.
                        Ba’zan   nasriy   matnlarda   ortiqcha   jimjimadorlikka   intilib,   ortiqcha,
noo‘rin   qo‘llangan   biriktiruv   bog‘lovchilari   ham   ko‘zga   tashlanadi:   Muhabbat   –
g‘ishtlari   sog‘inch   va   hijron   olovida   pishgan,   loylari   ko‘z   yoshlaridan   qorilgan,
balandligi   umid   va   orzulardan   ko‘tarilgan ,   mardlik   va   fidoyilikdan   ziynatlangan
va   sadoqat   tufayli   abadiyatga   yuz   tutgan   minoradir   (Muhammad   Ismoil.
YOzuvchi yon daftaridan). Bu matnda   va     bog‘lovchisining to‘rt marta qo‘llanishi,
yuqorida   keltirilgan   matnning   ayniqsa   oxirgi   qismlarini   tushunishni,   undagi
pragmatik ma’noni anglash jarayonini qiyinlashtiradi.  
                        SHe’riy   matnlarda     biriktiruv   bog‘lovchilari   turli   xil   pragmatik
imkoniyatlarini   ko‘proq   namoyon   etadi.   Masalan,   taniqli   shoir,   O‘zbekiston
Qahramoni     Abdulla   Oripovning   “Hakim   va   Ajal”   dostonidan   olingan   quyidagi
parchalarga diqqat qilaylik:  
                                           1.   Kori xayrga baxsh etardi lahzayu onni,
                                              Ortar edi kitobida   qayd va sahifa.
                        Matnda   –yu   yuklamasi   bilan   va   bog‘lovchisi   o‘zaro   ma’nodoshlik
hosil   qilgan.   Qiyoslang:   lahzayu   onni   //   lahza   va   onni;   qayd   va   sahifa   //   qaydu
sahifa .      
                             2.     Uni taftish qilmoqdaydi Malika ayon
Va barobar pinxon dilin borardi yorib.
                        Matnda   va   bog‘lovchisi   sodda   gaplarni   o‘zaro   bog‘lash   hamda
bog‘langan qo‘shma gapni vujudga keltirish vositasi sifatida ko‘rinadi.
                                         3.   Va axiyri panoh         istab      kelmish bu tomon,
                                         Dong‘i ketgan ulug‘ Hakim, yurtdosh vazirga
                        Matnda   va   bog‘lovchisi   oldingi   gapni   keyingi   gap   bilan   bog‘laydi,
shu asosda    mantiqiy bog‘lanish vujudga keladi.
                                 4.   Nogahonda duv yorishdi Hakimning yuzi,
                                   Dedi: - Olgil istagancha   oltin va kumush,
                                  Seni menga parvardigor yo‘lladi o‘zi,                                  Topshiraman senga Mirzo, og‘ir bir yumush.
                        Matnda   va   bog‘lovchisi     uyushiq to‘ldiruvchilarni o‘zaro bog‘lash
uchun vosita bo‘lmoqda.
                                 5.     Qirqqa etgach jonlanadi marhum mutlaqo,
Tilga kirar va oyoqqa turgaydir   beshak
                        Bu   matnda   va     bog‘lovchisi   so‘zlarni   emas,   balki   iboralarni   o‘zaro
bog‘lashga xizmat qilmoqda: qiyoslang:   tilga kirmoq va oyoqqa turmoq .
                                         6.     Bormikin yo tiriklikda o‘zga tartibot,
                                         CHeklimikan mavjudotning haddi, sanog‘i?
                                         Lekin bunda mantiq qani? Asli ne murod?
Barobarmi yaxshi bilan yomonning dog‘i ?
                        Bu   matndagi     bilan     yordamchisi   biriktiruv   bog‘lovchisi   va ga
ma’nodosh   vazifani   bajarmoqda:     qiyoslang:   yaxshi   bilan  yomonning   //  yaxshi  va
yomonning.
                                            7.   Ko‘nikdilar asrlar ham taqdir ishiga,
                                           Saltanatlar kelib ketdi   takror va         takror.   
                                           Faqat Hakim buyuk CHarxning aylanishiga
                                         Sukut ichra quloq tutib yotar bedor.
                        Bu   o‘rinda   aynan   bir   so‘z   (takror)   ning   yonma-yon   bog‘lovchi
yordamida   qo‘llanishi   matn   orqali   ifodalanayotgan   chuqur   davomiylik,   an’anaga
sadoqat motivlarining ifodasi uchun xizmat qilmoqda.  
                                         8.   Badaviy shaklida kelib Azroil
                                           Muhammadga dedi: - Joningni olgum.
Va lekin hurmatga erursan noil,
Tila   tilagingni,  do‘st   bo‘lib  qolgum… ;   Baharhol   ro‘shnolik   bo‘lsa   bir   qo‘y
so‘yib   yuborishga   harakat   qilingiz   va   lekin   men   aytgan   gap   yodingizdan
ko‘tarilmasin   (A.Qodiriy. Obid ketmon) kabilar.
                       Oxirgi parchalarda     va lekin    bog‘lovchilari yonma-yon kelib, uslubiy
ma’no   ifodalashga   xizmat   qilayotir.   Bundan   ko‘rinadiki,   yordamchilar,   jumladan biriktiruv   bog‘lovchilari   matn   talabi   bilan   turlicha   pragmatik   (hosila)   ma’nolarni
ifodalashga xizmat qiladi.  
                        Biriktiruvchi   bog‘lovchilar   gapning   uyushiq   bo‘laklarini,   qo‘shma
gap   tarkibidagi   ayrim   sodda   gaplarni   bir-biri   bilan   munosabatga   kiritadi.   O‘zbek
adabiy   tilida   bunday   bog‘lovchilardan   eng   faol
qo‘llanadigani   va bog‘lovchisidir:   Oy   suzar   osmonda   oppoq   va   masrur   //   Huv,
cho‘qqiga chiqqaning zamon   (H.Aslanova);   Tong tortig‘i sahifa   va   sahifa nomlar
// Bir kungina qo‘shiq tug‘may botmaydi shomlar   (M.YUsuf);   Oradan bor-yo‘g‘i
uch   kun   o‘tdi   va   g‘uriylar   orasidagi   sotqinlar   kirdikorlari   fosh
bo‘ldi   (E.Samandar.   Sulton   Jaloliddin);   Ko‘ksi   to‘la   oppoq,   to‘zgan   soqoli   //   Oq
yaktak,   o q   ishton   va   yalangoyoq (SH.Qurbon);   Kunlar   shu   tariqa   mehnatda
o‘tar //    O‘tar suvday oqib   tinmagur va shan   (SH.Qurbon);   Mulla Muhsin boshida
gapga   tushunmay   tursa   ham,   so‘ngra   payqab   olib   iljayadi   va   domlaning
“maslahat”larini   qabul   qilgan   vaziyat   ko‘rsatadi   (A.Qodiriy.   Obid
ketmon)kabilar.
                        Ba’zan   she’riy   matnlarda   misra   va bog‘lovchisi   bilan   boshlanadi,   bu
esa   ifodalanayotgan   pragmatik   hosila   ma’noning   kuchli,   emotsional-ekspressiv
ohangda   ifodalanishini   ta’minlashga   xizmat   qiladi:   Qancha   diyorlarda   sayr   etib
yurdim   //   Qancha   manzillarda   tuzdim   oshyon   //   Va   buyuk   hikmatga   axir   yuz
burdim   //   Siylangan   joyida   azizdir   inson   (A.Oripov);   Uni   taftish   qilmoqdaydi
Malika ayon //   Va barobar pinxon dilin borardi yorib        (A.Oripov. Hakim va Ajal)
kabilar.
                        Va   bog‘lovchisi   uyushiq   sifatlovchi   aniqlovchilarni   bog‘laganda,
ular   ifodalayotgan   ma’noni   kuchaytirish,   bo‘rttirish   uchun   ham   xizmat
qiladi:     Vazir   SHamsulmulk   hikmat   va   donish   sohibi   edi,   unga   izn
berildi   (E.Samandar.   Sulton   Jaloliddin);   Odam   isi   yoqmas   emish,   tund   va
badqovoq   //   Faqat   kitob   varaqlarmish   qarab   darchadan   (A.Oripov.   Hakim   va
Ajal) kabilar.
                        Hamda   bog‘lovchisi   va ,     ham     bog‘lovchilari   singari   gap   bo‘laklari
va   qo‘shma   gap   tarkibidagi   ayrim   gaplarni   bog‘lashga   xizmat   qiladi.   Bu bog‘lovchi   qator   uyushgan   bo‘laklarning   oxirgisidan   oldin   kelganda,   uyushgan
bo‘laklar   orasidagi   tenglikni   ko‘rsatish   bilan   birga   oxirgi   uyushgan   bo‘lakni
ajratib, ta’kidlab ko‘rsatish uchun ham xizmat qiladi:   Litsey o‘quvchilaridan Qodir
Valijonov,   Karimjon   Akobirov,   Nilufar   SHomirzaeva     hamda   Nigoraxon
Tursunxo‘jaevalar   fan   olimpiadasida   g‘oliblikni   qo‘lga   kiritganlari   uchun
qimmatbaho    sovg‘alar bilan mukofotlandilar   (“Samarqand” gazetasi) kabilar.            
                        Ham    bog‘lovchi vazifasida kelganda,   va   bog‘lovchisi kabi uyushgan
bo‘laklarni   bog‘laydi   va   bo‘laklar   orasidagi   tenglik   munosabatini   ifodalashga
xizmat   qiladi:   Bu   gap   albatta   shu   erda   qolishi,   Ahmadjonlarga,   So‘nagul   ham
Bahriddinlarning   qulog‘iga   etib   bormasligi   kerak   (A.Muxtor.   Davr   mening
taqdirimda);   U   O‘ktam   ham   O‘sarjonga   qarabsalmoqlanib   dedi   (Oybek.   Oltin
vodiydadan shabadalar) kabilar.
                        Ham     so‘zi   uyushgan   bo‘laklarning   oldida   yoki   oxirida   takrorlanib
kelishi   mumkin.   U   faqat   uyushgan   bo‘laklarning   oldida   kelgandagina   bog‘lovchi
sanaladi:   O‘z   to‘yida   ham   mehmon  //     Ham   mezbon   bo‘lmish   bu  jon  //                          
Kuylar   YAhyo,   Qahramon   //     Xandon   bo‘lgan   Nurullo   (YAhyo   Tog‘a.   Uchsang,
burgutday uch…)      kabilar.
Agar     ham     bog‘lovchisi   uyushiq   bo‘laklardan   keyin   takrorlanib   kelsa,   bu
uyushiq bo‘laklarni alohida, ajratib ko‘rsatish uchun vosita vazifasini bajaradi: …
Fotima   opam   go‘zallikda   ham,   sho‘xlikda   ham,   o‘yinga   ustalikda
ham   o‘rtoqlaridan   qolishmasdi   (O‘.Umarbekov.   Fotima   va   Zuhra)   kabi.   Bu
bog‘lovchi matn tarkibida ish-harakatning bir vaqtda ( gapirdi ham jim turdi, bordi
ham qaytdi   kabi) yoki ketma-ket bo‘lganini ko‘rsatadi ( keldi ham ketdi; o‘qidi ham
yozdi;    yig‘ladi ham kuldi;    chopdi ham to‘xtadi    kabi).
                        Umuman   olganda,   biriktiruvchi   bog‘lovchilar   sodda   va   qo‘shma
gaplar   tarkibida   qo‘llanar   ekan,   xilma-xil   uslubiy   xususiyatlarini   ham   namoyon
etadi. Teng bbog‘lovchilar sirasidan o‘rin olgan zidlovchi bog‘lovchilar ham matn
tarkibida xilma-xil    uslubiy va pragmatik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Zidlovchi   bog‘lovchilar   sodda   gaplar   va   bog‘langan   qo‘shma   gaplar
tarkibida   qo‘llanib,   biror   hodisa,   ish-harakat   yoki   biror   predmetni   boshqasiga   zid qo‘yish va ular orasidagi qarama-qarshi munosabatni bildirish uchun xizmat qiladi.
Bunday   bog‘lovchilardan   faol   qo‘llanuvchilar
qatoriga   lekin ,   ammo ,   biroq ,   holbuki     kabi   yordamchilar   kiradi:   Har   qanday
qonunga chap berish mumkin,   lekin   uyatga chap berib bo‘lmaydi. CHunki qonun
odamdan   tashqarida,   uyat   esa   odamning   ko‘ksida   bo‘ladi   (A.Qahhor.   Hikmatga
moyil   fikrlar);   YAxshi   yozolmaganingni   kechirish   mumkin,   lekin        yaxshi   yozishni
istamaganingni   kechirish   mumkin   emas   (A.Qahhor.   Hikmatga   moyil   fikrlar); .
SHuhratparast   oshnam   sen   ham   bo‘sh   kelma…   //   Biroq   nima   derdi   bunga
odamlar   (H.Aslanova);   Balki   yarim   yo‘lda   tolarman,   lekin   –     //     Hech   kim
qaytarolmas   niyatlarimdan   (H.Aslanova);   Bizni   ne   vahimalar   kutib
turibdi //   Ammo , qo‘rqinchlarga berurmiz    bardosh    (H.Aslanova) kabilar.
                        Ba’zan     lekin     zidlov   bog‘lovchisi   bilan   va   biriktiruv   bog‘lovchisi
yonma-yon   holda   misralar   boshida   kelib,   murakkab   obrazli   fikr   ifodasi,   inkor
ma’nosini   kuchaytirish     uchun   xizmat   qiladi:   Badaviy   shaklida   kelib   Azroil   //
Muhammadga   dedi:   -   Joningni   olgum   //   Va   lekin   hurmatga   erursan   noil   //   Tila
tilagingni, do‘st bo‘lib qolgum (A.Oripov. Hikmat sadolari); B og‘ning qiy-chuviga
quloq tutaman // Bu erda turfa xil qushlar aylanar //     Sa’vayu qaldirg‘och – o‘zi
bir jahon //   Va lekin ko‘payib ketmish maynalar   (A.Oripov) kabilar.
                        Hozirgi   o‘zbek   she’riyatida   lekin     zidlovchisining   qisqargan,   arxaik
shakli   lek   ning qo‘llanilishi     vazn va qofiya talabi  bilan yuz beradi:   Goho portlar
alamdan   //     Lek,   ayrilmas   qalamdan   //     YAngamizga   egamdan   //   Ehson   bo‘lgan
Nurullo   (YAhyo Tog‘a. Uchsang, burgutday uch…) kabilar.
                        Ayrim   she’riy   matnlar   tarkibida     ammo   bog‘lovchisi   ikki   marta
yonma-yon   takrorlanadi,   bu   esa   zid   ma’noni   kuchaytirishning   muhim   uslubiy
vositasi   sifatida   namoyon   bo‘ladi: Ammo,   ammo   sen   ketasan,   ma’lum
intiho //                                      YUrakda tizilib qoladi izing //     Uch oy bu olamga ulashgan
Safo   –   //                                   Mangu   iz   –   bahorga   o‘xshaysan   o‘zing   (M.Hasanova)
kabilar.
                        Zidlovchi   bog‘lovchilardan   ammo ,   lekin   bog‘lovchilari   qavat
(yonma-yon)   kelib,   ammo   lekin   tarzida   qo‘llanadi.   Bunday   qo‘llanish   asosan, so‘zlashuv   uslubiga   xoslangan   bo‘lsa-da,   u   hozirgi   kunda   badiiy   uslubda  
uchraydi:   …bir   oy   Salomat   opa,   bir   oy   Karomatxon   muxarrir   bo‘ladi.   Ammo
lekin        Salomat   opaning   gazetasi   har   safar   tanqidga   uchraydi   (A.Muxtor.   Davr
mening taqdirimda)kabilar.
                    Balki   bog‘lovchisi   predmet,   shaxs   yoki   ish-harakat   orasidagi   zid,
qarama-qarshi   munosabatni   taajjub,   gumonsirash   semasi   yordamida   ifodalashga
xizmat   qiladi:   Bu   sodiq   qul,   balki   undan   ham   battar   odam   edi   (Oybek.   Qutlug‘
qon);   U ikki, balki uch yildan buyon o‘z to‘yini kutar edi   (Oybek. Navoiy) kabilar.
                    SHunday     qilib,   o‘zbek   tili   morfologik
tizimida   ammo ,   lekin ,   biroq ,   balki ,   holbuki   kabi   zidlovchi   bog‘lovchilari   o‘z
o‘rniga   ega,   ular   gapda   mazmunan     zid   bo‘laklarni   bog‘lash,   ularni   o‘zaro
munosabatga kiritish uchun qo‘llanuvchi muhim uslubiy vositalardan biridir.
So‘z   turkumlari   orasida   grammatik   munosabatlarni   yuzaga   keltirishdek
vazifani   ado   etishi   bilan   bog‘lovchilar   o‘zbek   tilida   o‘ziga   xos   mavqega   ega.
Ularning   funksional   uslublar   doirasida   qo‘llanilishi   ham   maxsus   kuzatishlarni
taqozo   etadi.   CHunki   o‘zbek   tilidagi   bog‘lovchilarning   son   jihatdan   salmoqli
ekanligi,   ular   o‘rtasidagi   sinonimik   munosabatlar   qo‘llanilishda   funksional
chegaralanishlarni  ham  keltirib chiqargan.  Ilmiy va badiiy uslubga  doir  bir  necha
bog‘lovchilarni qiyoslash orqali bunga ishonch hosil qilish mumkin.
O‘zbek   tilining   ilmiy   uslubi   haqida   doktorlik   dissertatsiyasi   yozgan
M.Mukarramov “Ilmiy nutqda qo‘llangan bog‘lovchilar funksional-stilistik nuqtai
nazardan   tekshirilsa,   grammatika   kitoblarida   ko‘rsatilgan   bog‘lovchilarning
hammasi   teng   ishlatilmasligi   ko‘rinadi.   Ilmiy   nutqda   ba’zi   bog‘lovchilar   aktiv,
ba’zilari   passiv,   ayrimlari   esa   umuman   qo‘llanmasligi   ma’lum   bo‘ladi”   degan
fikrlarni bayon etgan (Mukarramov M. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili.-
Toshkent:   Fan,   1984,   102-b.)   va   ilmiy   nutqda   faol   qo‘llanuvchi   bog‘lovchilar
sifatida   va,   ammo,   lekin,   yoki,   ya’ni,   agar,   chunki,   shuning   uchun kabi   birliklarni
ko‘rsatgan. Aksincha,   hamda, -u(yu), ham, bilan, bordiyu, deb, balki, biroq, faqat,
holbuki,   yo,   yo-yo,   yoinki,   yoxud,   -kim,   go‘yo,   go‘yoki,   ba’zan-ba’zan,   bir-bir, agarda,   garchand,   basharti,   mobodo,   zeroki,   nainki,   ammo   lekin,   goh-goh,   dam-
dam, xoh-xoh, kim kabi birliklarning passiv ekanligini qayd etgan.
Ayiruv   bog‘lovchilari   sodda   gaplar   yoki   bog‘langan   qo‘shma   gaplarda
uyushgan   bo‘laklarni,   shuningdek,   qo‘shma   gap   qismlarini   bog‘laydi   hamda
ulardagi   voqea-hodisa,   ish-harakat   va   holatning   almashinib   turishi   yoki   bir-birini
taqozo   qilishini   ham   ifodalaydi.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili   badiiy   va   publitsistik
uslublarida   yo,   yoki,   yoxud,   yoinki,   yo…   yo,   goh…   goh,   dam…   dam,   bir…   bir,
ba’zan…         ba’zan, xoh… xoh       singari yordamchilar eng faol qo‘llanuvchi ayiruvchi
bog‘lovchilar     qatoriga   kiradi:   O‘tdi   yoshlik   zavq   bilan,   gohi   to‘polon
bilan   //   Gohida   yaxshi   bilan,   gohida   yomon   bilan   //                                                           Ayri
ham   tushdim   ba’zan   qalb   bilan,   imon   bilan   //     Lekin   seni   yo‘qotdim,   birinchi
muhabbatim…   (A.Oripov) kabi.  
                        Ba’zan   va,yo   bog‘lovchilari   misra   boshida   yonma-yon   qo‘llanib,
ifodalanayotgan   ritorik   so‘roqni   kuchaytirishga   xizmat   qiladi:   Men   derdim     bu
qizning   qayda   go‘shasi   //   Yo‘llarida   uning   kimdir   zormikan?   //   O,   u   sevgisidan
baxtiyormikan //     Va yo         manzilida xazon to‘shagi?      (A.Oripov);   Eshilib, to‘lg‘onib
ingranadi   kuy   //     Qaylardan   kelmoqda   bu   ohu   faryod   //   Kim   u   yig‘layotgan,
Navoiymikin //   Va yo         may kuychisi Xayyommikin, dod!      (A.Oripov) kabilar.
                        Ba’zan   dam   so‘zi   ayiruv   bog‘lovchisi   sifatida   bir   bandning   har
satrida   takrorlanib   keladi   hamda   u   ma’no   kuchaytirish   vositasi   sifatida
ko‘rinadi:   Dam   og‘ir   xayolga   bo‘lur   zanjirband   //   Dam   qo‘shiq   to‘qiydi   u   yona-
yona   //   Intilar   yulduzlar   tumaniga   dam   //   Dam   oyning   yonida   bo‘lar
parvona   (A.Oripov) kabilar.
Na…, na    yordamchisi uyushiq bo‘laklar yoki qo‘shma gap tarkibidagi ayrim
sodda   gaplar   oldida   takrorlanib   keladi   hamda   ular   ifodalayotgan   inkor   ma’nosini
alohida   ta’kidlash,   uqdirib   ko‘rsatish   uchun   xizmat   qiladi:   Enasidan   qolgan
yodgor buyumday // Har kimga ko‘z-ko‘zlab kerilar  ayon //   Na oltinga berar,  na
berar   shunday   //   Allaqanday   ochko‘z,   nokas   olomon   (SH.Qurbon); Na   bir   so‘z
dedim senga   //   Na  tun bir  so‘z  degaydir   //  Dod  solib  yo‘llaringga  –  //   Qo‘llarim
cho‘zilgaydir   (X. Rustamova. Bir shirin so‘z qidirar bashar) kabilar.                        YOrdamchi so‘zlar orasida, jumladan teng bog‘lovchilar orasida ham
ma’nodoshlik   (sinonimiya)   hodisasi   mavjud.   Sinonimiya   bog‘lovchilar   orasida
keng   tarqalgan.   Lekin   bog‘lovchilar   sinonimiyasi   –   bu,   tenglik,   bir   xillik   degani
emas,ya’ni   ba’zi   o‘rinlarda   bog‘lovchilar   o‘rnini   yuklamalar,   yoki   aksincha
yuklamalar   o‘rnini   ayrim   ko‘makchilar   yoki   bog‘lovchilar   egallashi   mumkin.   Bu
holatlarda   esa   uslubiy   ma’no   nozikliklarini   to‘la   inobatga   olish   lozim   bo‘ladi.
Masalan,   ba’zan   –u,   -yu,   -da yuklamalari     va   biriktiruv   bog‘lovchisiga   semantik
jihatdan   ma’nodosh   bo‘ladi.   Bunday   ma’nodoshlikni   qiyoslash   orqali   sezish
mumkin:   -Bechora   onamning   aybi   nimada?   –   deb   o‘yladi   u.   –   Gunohi
o‘qimaganligidami?   Kechayu   kunduz   otamning   injiqliklarini   ko‘tarib,   keldi-
ketdisiga   qaraganimi?   (B.O.Surat).       qiyoslang:   kechayu   kunduz   //   kecha   va
kunduz;   Quyosh   ham   aylagan   o‘lka,   chiqadur   har   kuni   yo‘lga   //   Nurin
sochgay   bog‘-u   cho‘lga ,   diyori   O‘zbekistonda   (A.Xishraviy.   Diyori
O‘zbekistonda). Qiyoslang:   bog‘-u cho‘lga // bog‘ va cho‘lga   kabilar.
SHunday   qilib,   bog‘lovchilar   grammatika   doirasida   nafaqat   so‘z   yoki
birikmalarning sintaktik munosabatga  kirishuviga  ko‘maklashadi, shu bilan birga,
bu   sintaktik   munosabatlar   jarayonida   turli-tuman   semantik   va   stilistik     ma’no
ottenkalarining yuzaga kelishiga ham xizmat qiladi.
11-ma'ruza
O‘zbek   tilida   lingvistik   tabiatiga   ko‘ra   alohida   guruhni   tashkil   etadigan   va
so‘z   turkumlari   tizimidao‘ziga   xos   mavqega   ega
bo‘lgan   undovlar   tilshunosligimizda   tadqiqotchilarning   e’tiborida   bo‘lib   kelgan.
Uning   bahosini   berishda,   dastlab   leksik-grammatik   talablar   nuqtai   nazardan
yondashganlar.   Mavzu   tadqiqotchilarining   fikricha,   nominativlik   xususiyatining
yo‘qligi,   matnda   biron     bir   gap   bo‘lagi   bo‘lib   kela   olmasligi   ularning   tilimizda
alohida guruh sifatida qaralishiga sabab bo‘lgan. [1]
Bu   til   birliklarining   narsa-hodisalar   nomi   bo‘lish-bo‘lmasligidan   qat’iy
nazar,   o‘zbek   tilida   undovlar   deb   ataladigan   so‘zlar   guruhi   mavjud   va   ular   nutq
jarayonida   muayyan   kommunikativ-estetik   vazifani   bajarishga   xizmat   qilib kelmoqda.  Agar shunday bo‘lmaganda ularning tilda paydo bo‘lishiga ehtiyoj ham
bo‘lmas edi.
Tilda   biron-bir   element,   hodisa   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lmaydi,   albatta.
Undovlar   tilimizda   qanday   paydo   bo‘lgan,   degan   savol   qo‘yilishi   bilanoq   ko‘z
oldimizga tilning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar keladi. [2]
  Ular orasida, garchi
mukammal   ilmiy   asosga   ega   bo‘lmasa-da,   undov   nazariyasi   ham   mavjud.
Tilshunoslik   ilmi   taraqqiyotining   ilk   bosqichlarida   tarqalgan   ushbu   nazariyaga
ko‘ra   u   go‘yo   tovushga   taqlid   nazariyasining   davomiga   o‘xshab   ketadi   va   uning
asosida   ham   hayvonlarning   baqiriq-chaqiriqlari   yotadi.   Bu   qarash   asoschilarining
fikricha, ibtidoiy hayvonlar odamlarning baqiriq-chaqiriqlarini o‘rganib, ular orqali
o‘z-o‘zlarining   ichki   kechinmalari,   g‘am   alamlarini   ifodalashgan,   oh,   uh   kabi
so‘zlar   shundan   kelib   chiqqan.   Mazkur   faraz   garchi   tilning   ijtimoiy   hodisa
ekanligini   rad   etishga   olib   kelsa-da,   nazariya   tarafdorlarining   qandaydir   bir
haqiqatga   asoslanganligidan   ko‘z   yumib   bo‘lmaydi.   Bu   qarashda   bo‘lgan
tadqiqotchilar   faqat   insonlargagina   xos   bo‘lgan   ichki   kechinmalar   va   his-
tuyg‘ularining   tildagi   ifodasini   e’tibordan   chetda   qoldirmaganligining   o‘ziyoq
e’tiborga molikdir.
Kishilik  jamiyatining  ibtidoiy bosqichida  odamlar  fikr  ifodasiga  birmuncha
kambag‘al,   fikrlar   ko‘pincha   imo-ishoralar   yoki   taqlid   qilingan   tovushlar
yordamida   ifodalangan   bo‘lsa,   bu   jamiyatning   tobora   takomillashuvi   inson
tafakkuri   va   dunyoni   idrok   qilishiga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatib   borgan.   Buni   o‘zbek
tilidagi   undovlar   evolyusiyasida   ham   kuzatamiz.   SHuning   uchun   undovlarni
insoniyat   jamiyatining   va   til   paydo   bo‘lishining   ilk   bosqichidayoq   kishilarning
ruhiyati   va   his-tuyg‘ularini   ifoda   etuvchi   alohida   til   birliklari   sifatida   vujudga
kelganligini e’tirof etish to‘g‘ri bo‘ladi.
O‘zbek   tilidagi   undovlar   ham   o‘zining   tarixiy   ildizlariga   ega.   Ular   boshqa
turkumlarga   nisbatan   olib   qaralganda   ko‘pchilikni   tashkil   etmaydi.   Variantlari
bilan birgalikda yuztacha   bo‘lishi   mumkin, xolos.  Agar  moziyga  qarab ketadigan
bo‘lsak,   ularning   soni   yanada   kam   bo‘lganligini   kuzatamiz.   Mahmud
Koshg‘ariyning   «Devonu   lug‘ot-it   turk»   asarida   bor-yo‘g‘i   30ga   yaqin   so‘zning «undov» belgisi sifatida keltirilganligi, ularning ham ma’lum qismi taqlidiy so‘zlar
ekanligi fikrimizni tasdiqlaydi. Biz ularning faqat 17 tasinigina haqiqiy undov so‘z
sifatida ajradik.
Semantikasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning bir qismi uy hayvonlarini
boshqarish   bilan   bog‘liq   holda   yuzaga   kelgan   buyruq-xitob   so‘zlari   ekanligini
kuzatamiz:   zaq-zaq   ( قذ-قذ )   –   qo‘chqorni     suzish   uchun   qistab   ishlatiladigan   so‘z,
[3]
chílík-   chílík   ( ﻜﻟﺠ-ﻜﻟﺟ )   –   echkini   chaqirganda   «chilik-chilik»   deyiladi   [I.369].
Indeks-lug‘atda uning «chigi-chigi» varianti ham berilgan [IV.332],   tushu-tushu   (
وﺷ -وﺸڌ ڌ )   –   eshakni   to‘xtatish   uchun   qo‘llanadigan   so‘z   [III.244],   tÿkÿ-tÿkÿ   ( وﮐ	ڌ-
وﮐ	
ڌ ) – kuchuk bolasini chaqirishga qo‘llaniladigan so‘z [III.249],   qurï- qurï   ( ﻯﺮﻘ-
ﻯﺮﻘ )   –   toycha   biya   (onasi)dan   orqada   qolganda   etib   olishga   undab   chaqiriladigan
so‘z [III.242] kabi.
Ikkinchi   qismi   esa   insonlarga   qarata   qo‘llanilgan:   awa   ( ڤآ )   –   alamlanishni
bildiruvchi   so‘z.   Kishi   biror   narsadan   xafa   bo‘lsa     va   achinsa   اڤآ-ڤآ   awa-awa
deydi.   Afsus, attang, essizgina   demakdir [I.116];   aj   ( ﺊﺍ ) –   Qancha bardï ң  aj   og‘ul /
Erdi ң   munda   ïnch   amul.   Nega   ketding,   ey   o‘g‘il,   bu   erda   tinch   va   mamnun
eding     [I.104];   ala   ( لا	
ﺍ )   –   sekin,   shoshilmay;   لا	ﺍ-لا	ﺍ   ala-ala   deydilar.   Sekin-sekin,
asta-asta   [I.118];   ach   ( ﺝآ )   –   «hoy-hoy,   he»   ma’nolarida   qo‘llanadigan   undov
so‘z.   ﻝﻛ ﻮﺭﺒ ﺝآ   ach   berÿ   kel,   hey   tez   kel   [I.71];   őp-őp   ( بو	
ﺍ-بو	ﺍ )   –   biron   ishda
hovliqib   va   maqtanib,   so‘ng   uni   isbotlashdan   ojiz   qolganlarga   «őp-őp»   deydilar
[I.78].   SHu   bilan   birga,   «Indeks-lug‘at»da   unga   afsuslanish,   norozilik   bildiruvchi
undov   so‘z     tarzida   izoh   berilgan   [IV.196];   balu-balu   ( وﻟ -وﻟ	
ڊ ڊ )   –   onalar   bolasini
beshikda   uxlatish   uchun   qo‘llaydigan   alla   o‘rnidagi   so‘z   [III.   251];   va   ( ﺍ	
و )   –   I.
So‘zlovchi buyrug‘ini     inkor etishni anglatadigan so‘z. Izoh: bu so‘zni grammatik
jihatdan   inkor   undovi   deyish   mumkin.   Hozirgi   o‘zbek     tilida   vay     yoki
cho‘ziq   a   bilan   talaffuz   qilinib,   so‘zlangan   so‘zga   norozilikni   anglatadi.   II.
Qayg‘u-alam   vaqtida   ham   so‘zlanib,   shunday   ma’no   anglatadi.   Izoh:   bu   so‘z
hozirgi   o‘zbek     tilida   voy   tarzida   qo‘llanadi   [III.234];   je/ja   ( ﺍ	
ڍ )   –   inkorni
anglatuvchi   va     so‘zi   ma’nosidadir   [III.234];   jemu   ( وﻌ	
ڍ )   –   so‘zimni   qabul
qildingmi,   uyurganimni   qilishga   tushundingmi   degan   ma’nodagi   so‘zdir.   Sen barg‘ïl   jemu   gapining   ma’nosi   sen   bor,   xo‘pmi     demakdir   [III.32-33];   ju   ( وڍ )   –
xotinlar   biror   narsadan   uyalganlarida   so‘zlanadigan   so‘z   [III.234];   qï   ( ﻰﻗ )
–   hey     ma’nosini bildiruvchi undov so‘zdir [III.230] kabi.
Bundan tashqari M.Koshg‘ariy undovlardan fe’l yasalishi ham mumkinligini
tasdiqlagan   va   ahladï   ( یدﻟﻫآ )   so‘zini   keltirgan   –   Haqiqiy   ﻫ   harfi   asl   turk   tillarida
yo‘qdir. Faqat             ﺭایدﻟﻫآ   –   odam oh urdi   gapidagina qo‘llanadi [III.129] singari.
«Devon»da   keltirilgan   undovlar   shuni   ko‘rsatadiki,   tilimizning   ming   yil
avvalgi davrida undovlar ham miqdor, ham qo‘llanish ko‘lami jihatdan ozchilikni
tashkil   qilgan.   SHubhasiz,   ularning   o‘zbek   tili   undovlarining   bugungi   qo‘llanish
darajasi   bilan   qiyoslab   bo‘lmaydi.   Birinchidan,   M.Koshg‘ariy   davrida   qo‘llangan
undovlarning   ko‘pchiligi   hozirgi   adabiy   tilimizda   faol   emas.   Zaq-zaq,   chílík-
chílík,   tushu-tushu,   tÿkÿ-tÿkÿ   undovlari   umuman   iste’molda   emas.   CHigi-chigi,
qurï-qurï   singarilar   esa   aholining   chorvachilik   bilan   shug‘ullanadigan   qatlami
orasida   va   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarida   saqlanib   qolgan.   YOtgan   erida
bir   qurhayt   tortdi,   to‘qson   to‘qaydagi   yilqi   yig‘ilib   qoshiga   etdi,   hamma   yilqilar
jam   bo‘lib   turibdi   (Alpomish,   82).   Yig‘latmagin   Barchin   gulday   bebaxtdi,   Kuru-
yo qur, hayt-a , begimning oti!   (Alpomish, 153) kabi.
Awa,   aj,   ala,   ach,   őp-őp,   balu-balu,   va,   (vay),   je/ja,   jemu,   ju,   qï   singari
kishilarga   qarata   qo‘llaniladigan   undovlardan   esa   faqatgina   ay   (ey),   va   (vay,
voy)   kabi ko‘rinishlari saqlanib qolgan. Qolganlari esa hozirgi o‘zbek adabiy tilida
qo‘llanilmaydi. Bu esa tilimizdagi boshqa til elementlari qatori undovlar ham katta
tarixiy   yo‘lni   bosib   o‘tganligidan   dalolat   beradi.   Ularning   bir   qismi   butunlay
qo‘llanilmaydi,   qolgan   ikinchi   qismi   esa   yo   kam   qo‘llaniladi,   yoki   ularning
ma’nolari o‘zgarib ketgan.
Adabiyotlar:
1.  Мамажонов  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов А., Расулов И., Қўнғуров Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  Содиқова М.  Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975. 4. Қў нғуров Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров   Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975.
6.   Қў нғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7.   Қў нғуров   Р.   Стилистика   имени   существительного   в   узбекском   языке.   –
Ташкент, 1983.
8. Қў нғуров Р.  Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек тили
стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982.
10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984.
11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.

Bog‘lovchi va yuklamalar uslubiyati. Reja: 1. Bog‘lovchilarning uslubiyati, uning o‘zbek uslubshunosligida o‘rganilishi. 2.Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 3.Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar. 4.Yukalamalar uslubiyati, uning o‘zbek uslubshunosligida o‘rganilishi.

Turkiy tillarda yordamchi so‘zlar tizimida qaraladigan bog‘lovchilar grammatik jihatdan o‘zgarmaydi va mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmaydi. Ulardan gap bo‘laklari hamda ayrim gaplarning tuzilishi va ma’nolariga ko‘ra bo‘ladigan turli xil munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Bog‘lovchilar o‘zlari bog‘lagan ayrim so‘zlar va ayrim sodda gaplarning o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rsatish bilan birga, shu munosabatlarining turini, xususiyatlarini ifoda etadi. O‘zbek tilshunosligida bog‘lovchilar grammatik yo‘nalishda atroflicha o‘rganilgan. Prof. A.Muxtorov bog‘lovchilarning grammatik xususiyatlarini o‘rganish sohasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan. U “Hozirgi o‘zbek tilida bog‘lovchilar” (1953) mavzuidagi nomzodlik ishini ham himoya qilgan. Prof.M.Asqarova “O‘zbek tilida bog‘lovchi-yuklamalar haqida” nomli maqolasini e’lon qilish bilan yordamchi so‘zlar orasida bir-biriga ko‘chish, birining vazifasini ikkinchisi bajarishdek xususiyat barcha yordamchi so‘zlarga xos ekanligini ilmiy jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘lgan edi. ( Asqarova M. O‘zbek tilida bog‘lovchi- yuklamalar haqida // O‘zbek tili va adabiyoti, 1962, 5-son.) O‘zbek tilida ergashtiruvchi bog‘lovchilarning taraqqiyot tarixi esa A.Matg‘oziev tomonidan maxsus tadqiq etilib, nomzodlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilingan edi (1966). Ilmiy adabiyotlarda bog‘lovchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra quyidagicha ikki turga ajratib tasnif qilinadi: a) teng bog‘lovchilar, b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar. (Hozirgi o‘zbek adabiy tili, ikki tomlik, I tom. – T.: Fan, 1966, 360-bet; O‘zbek tili grammatikasi, I tom, 567-bet; Mirzaev M., Usmonov S., Rasulov I . O‘zbek tili. – T.:O‘qituvchi, 1978, 148-bet; SHoabdurahmonov SH., Asqarova M., Hojiev A., Rasulov I., Doniyorov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, 1-qism. – T.: O‘qituvchi, 1980, 425-bet; Tursunov U., Muxtorov A., Rahmatullaev SH. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T.: O‘zbekiston, 1992, 382-bet). Gap bo‘laklari va ayrim sodda gaplar orasidagi teng munosabatlarni ifodalovchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar deb yuritiladi. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar esa qo‘shma gaplar tarkibidagi ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash

uchun xizmat qiladi. Agar va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yoki, yohud, dam- dam, bir-bir, goh-goh, goho, ba’zan-ba’zan singari bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar tarkibiga mansub bo‘lsa, chunki, shuning uchun, agar, agarda, basharti, agarchi, go‘yo, go‘yoki, -ki, -kim, ya’ni singari bog‘lovchilar esa ergashtiruvchi bog‘lovchilar sirasiga kiradi. Bog‘lovchilarning bunday tasnifi shu kungacha nashr etilgan deyarlik barcha ilmiy adabiyotlarda takrorlanadi. Bog‘lovchilarning nutq jarayonida o‘rinli, maqsadga muvofiq holda qo‘llanishi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan uslubiy g‘alizlikning oldini oladi. Ularning nutqdagi qo‘llanishi esa pragmatik (hosila) ma’nolarning vujudga kelishi bilan bog‘liq. Pragmatika tilshunoslikning nazariy va amaliy tarmoqlaridan biri sifatida insonning ijtimoiy faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat ta’siri bilan namoyon bo‘luvchi kommunikativ niyat bilan bog‘liq tushunchalarni o‘rganadi. Pragmatika nutqiy aktning bevosita matn bilan munosabatini o‘rganadi. Nutqiy akt bilan matn o‘rtasidagi o‘zaro xilma-xil munosabat pragmatikaning asosiy o‘rganish ob’ekti sanaladi.( Nurmonov A., Hakimov M. Lingvistik pragmatikaning nazariy shakllanishi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2001, 4-son, 55-bet). Masalan, shoir Abdulla Oripovning “Yillar armoni” to‘plamidan olingan quyidagi parchaga diqqat qilaylik: Men kuylayman goh dilda qadar , Goh sevinib she’r to‘qiyman men. Tinglamasa o‘zgalar agar O‘z-o‘zimga she’r o‘qiyman men Keltirilgan matnda goh teng bog‘lovchisining ikki misrada ham takror qo‘llanishi lirik qahramonning xatti-harakati ( kuylayman, she’r to‘qiyman va she’r o‘qiyman )ning davomiyligi, bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini ifodalashga xizmat qiladi. Endi quyidagi nasriy parchaga diqqatni qarataylik: SHahardagi hamma soatlar besh minut ilgari – noto‘g‘ri bo‘lsa va hamma shunga amal qilsa ,

sening soating besh minut keyin – to‘g‘ri bo‘lganidan nima foyda?! (A.Qahhor. Hikmatga moyil fikrlar). Keltirilgan bu parchada va biriktiruvchi bog‘lovchi qo‘llanib, uyushiq bo‘laklarni o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kiritishi pragmatik hosila ma’no – ko‘pchilik ozchilikni engadi, oqimga qarshi suzib bo‘lmaydi, degan muhim ijtimoiy-falsafiy fikrning yorqin ifodalanishiga vosita bo‘lgan. Bu esa har qanday gapdan anglashiladigan mazmun bilan fikr sub’ekti o‘rtasidagi munosabatlar pragmatikaga dahldor ekanligini ko‘rsatadi. Nutqiy akt, predikativ bo‘lmagan so‘zlar, kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi kabi tushunchalar lingvistik pragmatikaning markaziy tushunchalari qatoriga kiradi. Bunday tushunchalar matn tarkibidagi teng bog‘lovchilar pragmatikasi tadqiqida ham muhim ahamiyatga egadir. Har qanday til birligi, jumladan yordamchi so‘zlar tarkibiga kiruvchi teng bog‘lovchilar ham nutq jarayonida pragmatik, hosila ma’no kasb etadi. Aslida bog‘lovchilar qo‘shma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplarni hamda uyushiq bo‘lakli murakkab sodda gaplar orasidagi turli xil munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llanuvchi yordamchi so‘zlardir. ( SHoabduraxmanov SH. va bosh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, 1-qism. – T.: O‘qituvchi, 1980, 424-bet). Matn talabi bilan ular xilma-xil pragmatik, hosila ma’nolar ham kasb etishi mumkin. Masalan, quyidagi matnga diqqat qilaylik: Samarqand – o‘zining boy tarixi, buyuk madaniyati, muqaddas obida va koshonalari bilan shuhrat qozongan dunyo taraqqiyotining beshiklaridan biri bo‘lib, bugun ham o‘z salohiyati va betakror qiyofasi bilan jahon miqyosida ming-minglab muxlislarni o‘ziga maftun etib kelayotgani, xalqimizning g‘urur va iftixoriga aylangani haqida gapirish ortiqcha, deb o‘ylayman (I.A.Karimov). Bu matnda va bog‘lovchisi uch marta takror qo‘llangan, birinchi marta ( obida va koshonalari bilan ) va ikkinchi marta qo‘llanish ( salohiyati va betakror qiyofasi bilan ) uyushiq bo‘lakli aniqlovchilarni ta’kidlash, matnga kuchli, ko‘tarinki ruh bag‘ishlash uchun xizmat qilgan. So‘nggi qo‘llanishda esa ( g‘urur

va iftixoriga aylangani ) to‘ldiruvchilardan birining tushirib qoldirilgan grammatik ko‘rsatkichlarini ( -iga ) mantiqan tiklanishi uchun vosita vazifasini bajaradi. Ba’zan nasriy matnlarda ortiqcha jimjimadorlikka intilib, ortiqcha, noo‘rin qo‘llangan biriktiruv bog‘lovchilari ham ko‘zga tashlanadi: Muhabbat – g‘ishtlari sog‘inch va hijron olovida pishgan, loylari ko‘z yoshlaridan qorilgan, balandligi umid va orzulardan ko‘tarilgan , mardlik va fidoyilikdan ziynatlangan va sadoqat tufayli abadiyatga yuz tutgan minoradir (Muhammad Ismoil. YOzuvchi yon daftaridan). Bu matnda va bog‘lovchisining to‘rt marta qo‘llanishi, yuqorida keltirilgan matnning ayniqsa oxirgi qismlarini tushunishni, undagi pragmatik ma’noni anglash jarayonini qiyinlashtiradi. SHe’riy matnlarda biriktiruv bog‘lovchilari turli xil pragmatik imkoniyatlarini ko‘proq namoyon etadi. Masalan, taniqli shoir, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning “Hakim va Ajal” dostonidan olingan quyidagi parchalarga diqqat qilaylik: 1. Kori xayrga baxsh etardi lahzayu onni, Ortar edi kitobida qayd va sahifa. Matnda –yu yuklamasi bilan va bog‘lovchisi o‘zaro ma’nodoshlik hosil qilgan. Qiyoslang: lahzayu onni // lahza va onni; qayd va sahifa // qaydu sahifa . 2. Uni taftish qilmoqdaydi Malika ayon Va barobar pinxon dilin borardi yorib. Matnda va bog‘lovchisi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash hamda bog‘langan qo‘shma gapni vujudga keltirish vositasi sifatida ko‘rinadi. 3. Va axiyri panoh istab kelmish bu tomon, Dong‘i ketgan ulug‘ Hakim, yurtdosh vazirga Matnda va bog‘lovchisi oldingi gapni keyingi gap bilan bog‘laydi, shu asosda mantiqiy bog‘lanish vujudga keladi. 4. Nogahonda duv yorishdi Hakimning yuzi, Dedi: - Olgil istagancha oltin va kumush, Seni menga parvardigor yo‘lladi o‘zi,