logo

Sifat uslubiyati.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

53.80078125 KB
Sifat uslubiyati.
Reja:
1. Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar uslubiyatining namoyon bo‘lishida poetik
matn. 
2.Sifatlarning   badiiy   uslubda   asosiy   tasviriy   vositalardan   biri   –   poetik
aniqlovchi bo‘lib kelish imkoniyatlari. Doimiy va metaforik epitetlar.
3.Sifatlar   sinonimiyasi,   ularning   vazifaviy   uslublar   nuqtai   nazaridan
taqsimlanishi.   Sifat   yasovchi   affikslar   sinonimiyasi.   O‘zbekcha   va   fors-tojikcha
affiksal parallellar hamda antonimiya. 
4.Sifatlarda   daraja.   Ularning   belgi-xususiyatni   ko‘rsatishdagi   uslubiy
imkoniyatlari. Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar uslubiyatining namoyon bo‘lishida poetik matn. 
Sifatlarning badiiy uslubda asosiy tasviriy vositalardan biri – poetik aniqlovchi 
bo‘lib kelish imkoniyatlari. Doimiy va metaforik epitetlar.
Sifatlar   sinonimiyasi,   ularning   vazifaviy   uslublar   nuqtai   nazaridan
taqsimlanishi.   Sifat   yasovchi   affikslar   sinonimiyasi.   O‘zbekcha   va   fors-tojikcha
affiksal parallellar hamda antonimiya. 
Sifatlarda   daraja.   Ularning   belgi-xususiyatni   ko‘rsatishdagi   uslubiy
imkoniyatlari.
Son   so‘z   turkumiga   oid   so‘zlar   ma’nosidagi   aniqlik   ularning   uslubiy
imkoniyatlarini bir qadar cheklab qo‘yishi.
Bir   sonining   uslubiy   imkoniyatlari.   Sonlardagi   ramziylik,   ularning   xalq
og‘zaki ijodida, so‘zlashuv uslubida qo‘llanishidagi an’anaviylik.
Numerativlar. Ularning o‘zaro va boshqa so‘zlar bilan sinonimiyasi.
Songa oid affikslar sinonimiyasi.
Olmoshlarning   umumlashtiruvchilik   va   o‘rin   almashtiruvchilik
imkoniyatlari.   Olmoshlarda   tanlanish   imkoniyatining   mavjudligi.   Ularning   biri
o‘rnida   ikkinchisining   qo‘llanishi   mumkinligi,   bu   esa   uslubiy   rang-baranglikning
dalili ekanligi.
Olmoshlarni qo‘llashda vazifaviy chegaralanishlar.
Ko‘rsatish   olmoshlari.   Ulardagi   ta’kidlash,   ajratish   ottenkalari,   masofa
chegarasi,   nutq   momenti,   umumiylik.   Ularning   ayrimlari   o‘rtasidagi   yaqinlik,
vazifaviy chegaralanishi.
So‘roq   olmoshlari,   ularning   shaxs,   predmet,   voqea-hodisaga   ko‘ra   hamda
vazifaviy chegaralanishi, tarixiy va qisqargan shakllari.
O‘zlik olmoshi, uning kishilik olmoshlariga munosabati.
Belgilash   olmoshi,   ularning   ajratish,   jamlash   va   umumlashtirish
xususiyatlari, o‘zaro sinonimiyasi, vazifaviy chegaralanishi.
Gumon olmoshidagi taxmin, gumon ma’nolari. Ularning  bir    so‘zi bilan 
almashinish holatlari.
+++ Sifat   stilistikasi.   O‘zbek   tilidagi   boshqa   so‘z   turkumlarida   bo‘lgani   kabi
sifatlarda   ham   stilistik   resurslar   mavjud.   Ularni   shartli   ravishda   ikkiga   bo‘lib
qarashimiz   mumkin.   Emotsional-ekspressiv   ottenkaga   ega   bo‘lgan   va   matnda
epitet   vazifasini   o‘taydigan   alohida   so‘zlar   birinchi   guruhni   tashkil   etsa,   sifat
yasovchi   yoki   uning   darajalarini   belgilovchi   morfologik   ko‘rsatkichlar   ikkinchi
guruhni tashkil etadi. 
SHundan   kelib   chiqib,   sifatlardagi   stilistik   resurslarni   uch   yo‘nalishda   –
emotsional-ekspressiv   mottenkalari   mavjud   bo‘lgan   leksik   birliklar,   sinonimiyani
vujudga keltiradigan morfologik ko‘rsatkichlar  va sifatlarning funksional  uslublar
doirasida chegaralanishi.
Masalan, sifatning orttirma darajasini ko‘rsatishda   ajoyib, behad, benihoya,
bir, biram, go‘zal, juda, zap, naq, naqadar, ne-ne, nihoyat, nihoyatda, tag‘in, tim,
cheksiz,   eng,   yana,   yanada,   yana   ham,   g‘oyat,   g‘oyatda;   ozaytirma   darajasini
ko‘rsatishda esa   aytarli, nim, och, sal, uncha, unchalik u qadar emas, xiyol, xiyla,
emas,   yarim   kabi   maxsus   so‘zlar   ishtirok   etadi.   Bular   orasida   behad,   benihoya,
beqiyos,   nihoyasiz,   nim,   xiyol,   ne-ne,   g‘oyat     so‘zlarida   badiiylik   kuchlidir.
Misollar:   Na   bo‘lg‘ay   bir   nafas   men   ham   yanog‘ing   uzra   xol   bo‘lsam,   /   Labing
yaprog‘idan tomganki go‘yo  qatra  bol bo‘lsam  (H.Olimjon. G‘azal),  Bir  lahzali  dil
ayyomidan,   /   Sira   so‘nmas   shirin   boqishing     (Zulfiya.   Visol   bayrami),   SHunda
shivirlar   menga   kaftda   qolgan   chimdim   qum,   /   Xorazm   bir   shirin   tush,   gar   oni
ko‘rmoq bo‘lsang, / Qol Amu bo‘ylarida qolgin do‘stginam  (O.Matjon. CHorlov).
Qip-, sap-, qop-   kuchaytiruvchi vositalar yordamida yasalgan  qip-qizil, sap-
sariq, qop-qora   singari sifatlarda ham ekspressiv-emotsional ottenka mavjud.
Umuman   sifat   yasovchi   qo‘shimchalar   ekspressiyasi   stilistik   jihatdan   rang
barang.   Masalan,   -boz   (ishqiboz),   -xon   (kitobxon),   -xo‘r   (aroqxo‘r),   -shunos
(tilshunos),  -soz  (mashinasoz)   lar  asosan  neytral  bo‘lgani  holda   –simon, -namo, -
sifat, -parast   kabi yasovchilar  kitobiyligi bilan farqlanadi  va bu   affiksoidlar  bilan
yasalgan sifatlarda ekspressivlik mavjud. SHuning uchun bo‘lsa kerak O.YOqubov
bu qo‘shimcha yordamida yasalgan   qubbasimon, oysimon    epitetlariga “Ulug‘bek
xazinasi”   romanida   tez-tez   murojaat   qilgan:   Xurshida   bonu   uni   tirnog‘ining   uchi bilan   ko‘chirib   oldi,   lekin   og‘ziga   solishdan   oldin,   ko‘ngli   bir   xil   bo‘lib,   zeb-
ziynatlarga   to‘la   charog‘on   xonaga,   shiftdagi   oltin   qandilga,   nozik   o‘ymakorlik
bilan   ishlangan   qubbasimon   tokchalardagi   munaqqash   idishlarga   bir-bir   tikildi.
Lekin   oysimon   egri qilichlarini o‘ynatib, ustiga bostirib kelayotgan ikki suvoriyni
ko‘rib, hushini yig‘di. 
-namo  yordamida yasalgan epitetlar esa kitobiylik ottenkasiga ega:  Voajabo!
Bu   telbanamo   darvesh   ne   deydi?     SHuning   uchun   ham   u   ayrim   so‘zlar   tarkibida
o‘zakka mustahkam  bog‘lanib, ajratib bo‘lmaydigan holatga kelgan va otlashgan:
Naqshbandiylar   jamoasining   rahnamosi   janob   Nizomiddin   Xomush   yanglig‘   din
peshvolarining domiga ilinib qoldi.  (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi). 
-sifat   affiksoidi yordamida obrazli, badiiy uslubga xoslangan epitetlar yuzga
keladi:   majnunsifat,   devsifat,   zanjisifat,   qaroqchisifat   kabi.   Bu   jununsifat   devona
tillaning   daragini   qaydin   eshitdi?   Uni   bu   erga   kim   yubordi?   (O.YOqubov.
Ulug‘bek xazinasi).
-parast     yordamida   ham   ana   shunday   epitetlar   hosil   qilinadi.Masalan:   O,
insof   neligin   bilmagan   shahvatparast   hoqon!   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi),
Bular   rus   oppozitsiyachilari   edi,   beti   yo‘q   mansabparast-shuhratparastlar   edi.
(T.Murod. Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi).
Xuddi   shu  kabi  holatlarni   ekspressivlik  ottenkasi   bo‘lgan     notavon,  nodon,
nokas, noyob, notekis     sifatlariga nisbatan aytishimiz ham mumkin. Bu ekspressif
be-  yordamida yasalgan  betavfiq, bebaqo, behuzur, betob, behayo, behuda, beozor,
benasib;   bad-     orqali   shakllangan   badfe’l,   badxulq,   badnafs,   badbo‘y,   badnom
kabi sifatlarda ham bor. 
Sifat   yasovchi   passiv   qo‘shimchalar   sifatida   qaraladigan   -vor,   -kor,   -qin/-
gin/-g‘in, -on    elementlarida kitobiylik ottenkasi,  binobarin eksperssivlik  mavjud:
ulug‘vor,   tantanavor,   mardonavor,   fusunkor,   shiddatkor,   naqshinkor,   toshqin,
shoshqin, g‘amgin, so‘lg‘in, charog‘on, za’faron, nurafshon, daraxshon   kabi.
Misollar   sifat   ko‘rsatkichlari   modallik   munosabatlarini   yuzaga   keltirishga
ham   xizmat   qilishini   ko‘rsatadi.   Bu   modallik   -gina/-kina/-qina   qo‘shimchalarida
ayniqsa   seziladi:   Bu   erda   esa...   qora   movut   chakmoni   ozg‘in   tanasida   qopday shalviragan,   nimjongina   bir   kimsa   oyoqlari   ostida   yumalab   yotardi.   Mirzo
Ulug‘bek   chakmonining   qo‘ltig‘idan   ozgina   tivit   yulib,  pilik   yasadi   (O.YOqubov.
Ulug‘bek xazinasi).
Ushbu yasalgan sifatlardagi neytrallik va ekspressivlik qo‘shimchalar tufayli
uslubiy   chegaralanishlar   sodir   etayotganligini   sezish   mumkin.   Ko‘rinadiki,   sifat
yasovchi   qo‘shimchalarning   asosiy   qismi   umumiste’moldagi   birliklar   bo‘lib,
so‘zlashuv uslubida faol ishlatilsa-da,  -dor, -kor, -omuz,             -parvar, ba-, no-
lar adabiy tilda so‘zlashuvchilar nutqida,   -iy, -viy, -gan, -simon, -on, -ik, iv, -al, -
shunos   elementlarining   ilmiy,   ommabop   va   rasmiy   uslublarda   birmuncha   faolligi
seziladi.   Ular   bu   uslublarda   atamalar   yasashga   xizmat   qiladi.   Bu   masalaning   bir
tomoni bo‘lsa, ikkinchidan, har bir fan sohasida alohida atamali birliklar yasaydiki,
bu ham ularning funksional xususiyatlaridan dalolat beradi. Fikrimiz asosli bo‘lishi
uchun ayrim fanlarga oid atamalarni keltiramiz. 
Iqtisodiyot   sohasida:   -ik:   analitik   yondashuv,   analitik   mashinalar,
demokratik   tuzum,   dialektik   bog‘liqlik,   matema tik   apparat,   mate matik   metodlar,
matematik   tahlil,   matematik   ta’minlash,   matematik   usullar,   monopolistik
birlashma,   statistik   ma’lumot;   -iv:   kollektiv   qaror,   korporativ   shakl,   nor mativ
yondashuv,   ob’ektiv   asos,   ob’ektiv   qonun,   ob’ek tiv   shart-sharoit,   passiv   ijrochi,
sub’ektiv qaror  (R.Valijonov. Menejment asoslari)
Biologiya   sohasida:   -ik:   aromatik   moddalar,   biosintetik   funksiya,   genetik
axborotlar,   meristematik   to‘qima,   osmotik   bosim,   osmotik   ish   faoliyati,   osmotik
munosabat,   parenximatik-yumaloq   hujayralar,   prozenximatik-cho‘ziq   hujayralar,
sistematik   belgi,   somatik   bo‘linish,   somatik   hujayralar,   spazmatik   nurlanish,
fotosintetik   kraxmal,   sitoplastik   komponentlar,   egrastik   moddalar,   elastik   oqsil,
elastik   po‘st,   endoplazmatik   to‘r,   ener getik   markaz;   -iv:   vegetativ   hujayra,
vegetativ   tana,   pigmentativ   tarkib,   radioaktiv   nur,   fermentativ   aktiv,   fermentativ
jarayon  (S.Mustafaev. Botanika). 
Ommabop   uslubda:   -ik:   analitik   ximiya,   genetik   ustunlik,   diplomatik
manbalar, liberal-demokratik partiya, energetik resur  (“Zarafshon”) “Zarafshon” gazetasi  matnida   –iv   qo‘shimchasi  yordamida yasalgan sifatlar
ko‘zga tashlanmadi. Ammo   –viy   bilan yasalish faol ekanligi ma’lum bo‘ldi va bu
hol keyingi o‘n yilliklardagi tilimizda kechayotgan o‘zgarishlar va ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar   bilan   bog‘liqdir.   Masalan:   tarbiyaviy,   ma’naviy,   ma’rifiy,   ommaviy,
konstitutsiyaviy, an’anaviy, noan’anaviy, zamonaviy, dunyoviy, afsonaviy   kabi.
Ilmiy matnlardan ham ayrim misollar keltiramiz:   Hujayraviy   tuzilishga ega
o‘simliklar   guruhiga   tanasi   murakkab   tuzilishga   ega   bo‘lgan   tuban   va   yuksak
o‘simliklar   kiradi.   Sitoplazmaning   ximiyaviy   tarkibi   nihoyatda   xilma-xil.
Boshqaruv   avvalo   bajariladigan   ishlarning   hajmi   va   turini   aniqlash,   xodimlar
o‘rtasida   taqsimlash,   resurslarni   etkazib   berish,   hisob-kitob   va   moliyaviy
natijalarni   shakllantirish   ulardan   foydalanishni   kuzatib   borish   va   nazorat   qilish
demakdir.   Sinfiy,   nosinfiy   zamonaviy   boshqarish   maktablarini   shakllanish
shartlari va uning hozirgi davrda keng qo‘llaniladigan turlarini tavsiflash   kabi.
Badiiy uslubga xoslanishni esa   –lik    qo‘shimchasining   –lik, -lig‘, -luq, -lug‘
variantlarida kuzatamiz:   Ey Navoiy dard tog‘inda sog‘ing‘ay lolazor  / Boqqan el
ham   toza   qonliq ,   ham   qarolig‘   dog‘ima   (Navoiy.   Baski   qon   bordi),     SHohigul
ermas bu   o‘tlug‘   / YUzlaring hijronida / Intizor bog‘ ko‘ksida / CHiqqan fig‘onu
ohi   gul   (E.Vohidov.   SHohigul),   Quloq   tut   sahfalardan   nola-yu   o‘tlug‘   fig‘on
birlan,   /   Sado   kelgay   Iroqu,   SHomu,   Hinlu,   Rum,   Farangdan     (E.Vohidov.
Xazina).
CHarog‘on, shodon, za’faron     kabi so‘zlar tarkibidagi   –on     qo‘shimchasida
ham   badiiy   uslubga   aloqdor   chegaralanganlik   seziladi.   Albatta,   bunday   affiks
qo‘shilgan   so‘zlarning   semantik   ma’nosini   ham   hisobga   olish   lozim   bo‘ladi.
CHunki “har bir affiks ifodalagan konkret emotsional-ekspressiv ma’no ottenkalari
ular   qo‘shilgan   so‘zning   semantik   xususiyati   bilan   chambarchas   bog‘liq   holda
ro‘yobga   chiqadi”. 1
  Masalan:   So‘ng   bu   iflos   zafardan,   /   Ular   shodon   yurdilar.   /
Olamda   mard   yo‘q   ekan,   /   Bizlar   mardmiz   dedilar   (O.Matjon.   Mardga   marsiya),
Boshidagi  tojdor telpagi bir tomonga og‘ib ketgan, ko‘zlari  qinidan chiqayozgan
1
 Ўзбек тили лексикологияси, 169-б. shahzoda   gandiraklay-gandiraklay   charog‘on   xonaga   kirdi   (O.YOqubov.
Ulug‘bek xazinasi).
CHirkin,   otashin   kabi   so‘zlardagi   –in     qo‘shimchasi   to‘g‘risida   ham   shu
gaplarni aytish mumkin.   Botir firqa Rajabovday otashin bir kommunist  xolidan...
ezildi!   Otashin   kommunist   holidan...   kuyundi!   Oqibat,   o‘zi ni   ko‘z-ko‘z   etish,
otashin   nutqlar   so‘zlash   —   qayta     quruvchi   demokratlar   uchun   tasalli-taskin
bo‘ladi.   (T.Murod.   Bu   dunyoda   o‘lib   bo‘lmaydi). Go‘yo   u   kutubxonaga   emas,   bu
chirkin   olamdan   tamom   boshqa,   hayotning   ikir-chikir   tashvishlaridan   yiroq,
musaffo bir dunyoga parvoz qilgan edi...  (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi).
G‘amgin     so‘zining   sinonimi   bo‘lgan   g‘amnok   birligi   ham   badiiy   uslubda
ishlatiladi:   Alamda   tutog‘ib   daraxtga   ko‘chdi,   /   Kurtakni   uyg‘otib   so‘yladi
g‘amnok   (Zulfiya. Bahor keldi seni so‘roqlab).
Sifatlarning   darajalanish   xususiyati   ularda   stilistik   ottenkalarning
mavjudligidan   dalolat   beradi.   Belgining,   sifatning   ko‘pligi,   haddan   tashqari
ortiqligi,   nihoyatda   muhim   ekanligi   yoki   aksincha,   kamligi,   unchalik   ahamiyatli
emasligi,   qat’iy   ifoda   etib,   farqlanib   turmasligi   -   bularning   hammasi   sifatlardagi
semantik-stilistik ma’no ottenkalarini ajratishga xizmat qiladi.  
O‘zbek   tilida   ana   shu   belgi-xususiyatlarni   ko‘rsatib   turadigan   maxsus
grammatik   belgilar   mavjud   va   bu   belgilar   o‘rni   bilan   o‘zaro   sinonimik
munosabatda bo‘ladi.
Masalan, sifat darajalarini ko‘rsatuvchi  –li  bilan   -siz, be-, no-, ser-; -li  bilan
–gan   (o‘qimishli-o‘qigan);   li   bilan   –lik   (yozgi-yozlik,   qishki-qishlik);   -gi   bilan   -
dagi (yozgi-yozdagi, bahorgi-bahordagi, kuzgi-kuzdagi, qishki-qishdagi), -k  bilan  -
gan   (chirik-chirigan),   -ma   bilan   -gan   (suzma-suzilgan),   -ma   bilan   -digan,   -
laydigan (g‘irchillama-g‘irchillaydigan, qirchillama - qirchillaydigan),     -kir   bilan   -
ag‘on (chopqir-chopag‘on), -li  bilan  -mand (hunarli-hunarmand), -namo  bilan  -ga
o‘xshash   (olimnamo-olimga   o‘xshash),   -simon   bilan   -ga   o‘xshash,   kabi,   sifat
(maymunsimon-maymunga   o‘xshash,   maymun   kabi,   maymunsifat)     o‘rtasida,   ular
bilan   sifatning   ayrim   analitik   shakllari   o‘rtasida     ham   funksional
chegaralanishlarini   keltirib   chiqarish   mumkin   bo‘lgan   sinonimik   munosabatlar mavjud.   Ammo   ularning   bu   munosabati   stilistik   talablar   darajasida   turlichadir.
Masalan,   qishki   kiyim   -   qishdagi   kiyim   -   qishlik   kiyim     birikmalarining   semantik
mavqei bir xil emas.
O‘zaro   variantlar   hosil     qiladigan   -day,-dek,   -dayin     qo‘shimchalarida
uslubiy chegaralanishlar ko‘zga tashlanadi.  –day  barcha funksional uslublar uchun
baravar bo‘lsa, bu gapni  –dek   va  –dayin  haqida aytib bo‘lmaydi.  –dek  ning kitobiy
uslubga,   -dayin   ning   so‘zlashuv   uslubiga   xoslangani   kuzatiladi.   –dek     badiiy
matnlarda   juda   ham   faol:   Sochlari   oppoq  oqargan,   yuzlarini   qat-qat   ajin   bosgan
bu   mushtdekkina   kampirning   nigohi   cheksiz   mehrga,   unsiz   bir   iztirobga   to‘la  edi
(O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi).   Jonli   xalq   uslubida   ijro   etilgan   dostonlar   tilida
–dayin   ko‘p ishlatilgan:  G‘am bilan sarg‘ayib  guldayin  diydor, / Bir nechalar o‘z
holidan bexabar,   (Alpomish),   Tuyg‘unday   surating,   lochin yurakli, /   SHerdayin
qayqirgan,     arslon   bilakli   (Kuntug‘mish).   –dak     qo‘llanilishi   esa   so‘zlashuv
uslubida ham, badiiy uslubda  ham  chegaralanib qolgan:   Qalandar qalin   jingadak
soqolini   silab,   miyig‘ida   kulimsiradi.     Ha,   ha,   tokchada,   uning   zeb-ziynatlari
solingan   tilla   qutichasida,   uzukning   ko‘ziga   yashiringan   moshdakkina   og‘u   bor
(O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi). Qo‘shimchaning     -dog‘   varianti badiiy uslubga
xoslangan:  shundog‘, qandog‘, mundog‘, ushmundog‘   kabi.  
Sifatning   orttirma   darajasini   ko‘rsatadigan   morfologik   va   leksik   vositalar
predmetlardagi   belgi-xususiyatning   me’yordan   ortiqligini   turli   yo‘llar   bilan   ifoda
etadi   hamda   buning   natijasida   birliklararo   sinonimik   munosabat   vujudga   keladi.
Masalan:   dum-dumaloq     pak-pakana,   kap-katta,   sap-sariq,   qip-qizil,   sip-silliq,
qop-qorong‘i, yam-yashil  so‘zlaridagi morfologik-fonetik yo‘l bilan  hosil qilingan
intensiv   shakl   sifatdagi   belgi-xususiyatning   me’yoridan   ortiq   ekanligini
ko‘rsatmoqda. Ana shu ortiqlikni bu o‘rinda   juda, o‘ta, g‘oyatda, nihoyatda    kabi
leksik vositalar yordamida ham yuzaga keltirish mumkin. Masalan:   dum-dumaloq
- juda dumaloq, o‘ta dumaloq, g‘oyatda dumaloq, nihoyatda dumaloq;   kap-katta -
juda   katta,   o‘ta   katta,   g‘oyatda   katta,   nihoyatda   katta     kabi.   Ammo   masalaning
nozikligi shundaki, bu o‘zaro o‘rin bosishlar umumiy ma’nodadir. Stilistik jihatdan
olib qaraganda esa ular bir xil qiymatda emas. Ayrim misollarni tahlil qilamiz.   Kap-katta   bola har kuni siyib qo‘yadi, deb
noligandan ko‘ra yotar chog‘i qovug‘ini jinday yog‘lab qo‘ysa-ku, olam guliston!
(O‘.Xoshimov. Tushda kechgan umrlar).  O‘g‘lining bolalik chog‘laridagina emas,
Ali Qushchi   kap-katta   yigit bo‘lib, uloq, poyga va chovgon o‘yinlariga qatnashib
yuradigan paytlarida ham Tillabibi  uning orqasidan  qolmas, goho:  'Ehtiyot  bo‘l,
bo‘talog‘im!"  deb qichqirgancha  asov  otlar  orasiga  kirib ketar  edi   (O.YOqubov.
Ulug‘bek  xazinasi). Misollar  olingan har  ikki  roman matnida ham   kap-katta   ning
sinonimlari sifatida qaralgan  juda katta, o‘ta katta, g‘oyatda katta, nihoyatda katta
birikmalari uchramadi.
Garchi,   ilmiy   va   rasmiy   uslublarda   belgining   ortiqlik   darajasini   ko‘rsatish
faol   bo‘lmasa-da,   ularga   oid   matnlarda   quyidagi   gaplarda   qo‘llangan:   Jumladan,
ma’muriy-buyruqbozlik,   to‘rachilik   ti zimining   o‘zagini   tashkil   etgan,   markazdan
turib   rejalashtirish   tizimi   mustahkamligi   va   buzilmasligining   ifodasi   bo‘lgan
davlat   reja   qo‘mitasi,   davlat   ta’minot   qo‘mitasi,   davlat   narxlar   qo‘mitasi   va   bir
qator   vazirliklar   hamda   juda   katta   ma’muriy   apparatlar   tugatildi;   Eng   katta
kamchiliklari   “inson   omiliga”   etarli   e’tibor   bermaslik,   inson   xulqi,   motivlar
haqidagi   tasavvurning   sayozligidir.   (R.Valijonov.   Menejment   asoslari).   Hozir
farzandlarining   eng   kattasi   litsey   talabasi,   o‘sha   jahldor   er   markazdagi   obro‘li
o‘quv muassasalarining birida rahbarlik qiladi .(“Zarafshon”). Ammo misollardan
shu   narsa   anglashilmoqdaki,   ular   kattani   yana   katta   qilib   ko‘rsatish   maqsadida
qo‘llanilmagan, balki birinchi misoldagi  juda   boshqaruv apparatida ishlaydiganlar
qaerda son jihatdan ko‘p bo‘lsa, o‘shalar orasidan eng ko‘pi tanlab qisqartirilganini
ko‘rsatishga; ikkinchi misolda   eng   qiyos ma’nosida kelib, ko‘zga tashlanib turgan
kamchiliklardan   muhimlarini   anglatishga;   uchinchi   misolda   esa   u   farzandlarning
kattasi   jumlasidagi ma’noni bo‘rttirishga xizmat qilayotgani ma’lum bo‘ladi.
Ko‘rinadiki,   ularni   faqat   umumiy   leksik   fonda   ma’nodosh   sifatida   qarash
mumkin.   Ammo   matnda   ularning   stilistik   ma’nolari   keskin   farqlanmoqda.   SHu
farqlar mavjudligi uchun ham yuqridagi misollarda   kap-katta bola, kap-katta yigit
birikmalarini   juda katta bola/yigit, o‘ta katta bola/yigit, g‘oyatda katta bola/yigit,
nihoyatda   katta   bola/yigit     bilan   almashtirish   stilistik   jihatdan   mutlaqo   mumkin emas.   CHunki   bularning   birontasi   ham   yuqridagi   gaplarda   kap-katta   ifoda   etgan
sub’ektiv munosabatni bera olmaydi.
S.Mustafaevning     “Botanika”   asarida   orttirma   darajani   ifodalashning   xalq
tiliga xos bo‘lgan varianti qo‘llangan va bu qo‘llanish stilistik jihatdan o‘zini juda
oqlaydi:   U   odatda   shunchalik   katta   bo‘ladiki ,   ko‘pincha   hujayra   umumiy
hajmining 70—90 % ini egallaydi.  
Rang   bildiruvchi   sifatlar   daraja   ko‘rsatkichlari   stilistikasida   ham   qiziqarli
holatlarga   duch   kelinadi.   Ularning   ko‘proq   badiiy   niyatga   xizmat   qilganligini
kuzatamiz.   Agar   O‘.Xoshimovning   “Tushda   kechgan   umrlar”   asaridagi   Qozon
to‘la   sap-sariq   palov   ko‘rindi   gapida   sap-sariq     shunchaki   belgining   ortiqligini
ko‘rsatgan bo‘lsa, T.Murodning “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanida u stilistik
vazifa   ado   etgan:   Ufqlarga   tutash   cho‘l.   Sap-sariq   cho‘l.   Biyday   cho‘l.   Ana   shu
sap-sariq   cho‘l   qo‘ynida   gimn   yangradi .   CHo‘lni   ko‘z   oldimizga   keltiraylik.
Uning   biyday,   sap-sariq     singari   tasviriy   vositalar   bilan   berilishi   tasavvurimizni
yana ham oydinlashtiradi. Ayni paytda shunday bir vaziyatda gimnning chalinishi
va   uni   chalishning   majburiyat   sifatida   qabul   qilinishi   ensani   qotiradi.   CHo‘l   va
gimn.   Ular   kishining   ruhiyati   va   tasvirlanayotgan   voqelik   nuqtai     nazaridan
qarama-qarshi   qutbda   turibdi.   Ularga   berilgan   biyday     va   sap-sariq     sifatlari   esa
aynan   ana   shu   qarama-qarshilikni   kuchaytiruvchi,   yozuvchi   yuragidagi   ironiyani
bera oluvchi stilistik vositaga aylangan.
SHuningdek,   qip-qizil   sifati   ham   badiiy   matnlarda   ekspressivlik   uchun
xizmat qiladi. O‘.Xoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida bu so‘z epitet
sifatida 7 marta qo‘llangan:   Har yili somonshuvoq  qilinaverib qalin tortib ketgan
tomlar   ustida   qip-qizil   lolaqizg‘aldoqlar,   munis   chuchmomalar   ochilar,   qishloq
etagida   yoyilib   oqayotgan   Qonqus   olisdan   jigarrang   ilondek   to‘lganayotgani
ko‘zga tashlanardi. Bir tepgan edi, tarvuz paqqa yorilib, shimining pochasiga  qip-
qizil  sharbat sachradi . 
YUqoridagi   misollarda   u   belgining   ortiqligini   ko‘rsatish   barobarida   estetik
zavqni   qo‘zg‘atuvchi   stilistik   vositaga   ham   aylangan   bo‘lsa,   T.Murodning   “Bu
dunyoda   o‘lib   bo‘lmaydi”   asarida   u   nafratlanish,   masxaralash   ohangini   paydo etuvchi   poetik   vosita   sifatida   namoyon   bo‘ladi:   Mana   shu   qip-qizil   bilet   bizga
hayot   hadya   etibdi!   SHugina   bilet-a'   Demak   shu   qizil   bilet   bo‘lmasa   —   hayot
bo‘lmas ekanda?  .
O.YOqubovning   “Ulug‘bek   xazinasi”   romanida   esa   bu   so‘z   padarkush
Abdulatifning   taxtni   egallagandan   keyingi   ruhiy   holatini   ochishdagi   muhim
detallardan   biri     sifatida   ishtirok   etadi.   Uning   tush   ko‘rish   jarayoni   quyidagicha
chizilgan:   Egnida yal-yal yongan zarbof to‘n, boshida go‘yo qonga bo‘yalganday
qip-qizil   salla,   hatto   soqol-mo‘ylovlari   ham   qip-qizil   Mirzo   Ulug‘bek,   ko‘zlarida
yosh, xuddi  qanot yozganday qo‘llarini yozib, unga tomon ohista tushib kelardi...
Asarda   10   marta   qo‘llangan   bu   so‘z   har   bir   vaziyatda   belgining   ortiqligini
ko‘rsatish bilan birgalikda fikrning emotsional ifodasi uchun ham xizmat qilgan.
Qip-qizil,   qop-qora     modelidagi   yam-yashil     sifati   ham   badiiy   nutqda
samarali qo‘llaniladi. Ammo nasriy va nazmiy asarlar qiyoslangan ko‘proq poetik
asarlar matnida uchrashligi ma’lum bo‘ladi. M.Alining “Saylanma”sida u 9 marta
ishlatilgan:  Bugun barg yozdimi  yam-yashil  va yo / Ma’yus xotiraga aylandi ular?
(Bekinmachoq),   O,   janubning   quyoshi   qaynoq,   /   O,   janubiy   yam-yashil   bag‘ir!
(Seni sog‘inganda). O‘.Xoshimov va O.YOqubov romanlarida ham bu so‘zga 5 va
8 marta murojaat qilingan.
Funksionallik nuqtai nazaridan orttirma darajaning murakkab shakli umumiy
hisoblanadi ( eng yaxshi, eng arzon ), oddiy shakli esa ( yaxshiroq, arzonroq ) kitobiy
bo‘yoqdorlikka   ega   va   belgining   “faolligini”   ifodalash   va   baholashni   ham   o‘z
ichiga   oladi.   Buyuklardan   buyuk   har   qachon     kabi   orttirma   shakllar   ham
mubolag‘a xususiyatiga va ekspressiv xarakterga ega. 
O‘zbek   tilida   sifatning   –ish/-g‘ish,   -mtir/-imtir,   bir   oz,   nim,   yarim,   och,
xiyol, sal, uncha    kabi ozaytirma daraja ko‘rsatkichlari mavjud va ular ham o‘zaro
sinonimik   munosabatga   kirisha   oladi.   Masalan:   qizg‘ish-biroz   qizil-nim   qizil,och
qizil-sal   qizil;   qoramtir-biroz   qora-sal   qora;   sarg‘ish-sarg‘imtir-biroz   sariq-
nimsariq,   och   sariq,   sal   sariq     kabi.   Toshlar   ko‘k,   qizg‘ish ,   yashil   va   firuzarang
nur   taratar,   bu   nurlar   bir-biriga   qo‘shilib,   qamalakday   ajib   bir   manzara   kasb
etardi.   Uning   ko‘zlari   qisilib,   burun   kataklari   pirpiray   boshlagan,   jag‘   paylari bo‘rtib   chiqqan   qoramtir   yuzida,   butun   vajohatida   shafqatsiz   bir   ifoda   paydo
bo‘lgan edi. Ustod bu ishda darkor bo‘lur deb,  bir oz  tilla va qimmatbaho toshlar
qoldir  di...   (O.YOqubov.   Ulug‘bek  xazinasi).   YAdroda   unchalik  katta  bo‘lmagan
shar simon shakldagi yadrocha ham joylashgan  (S.Mustafaev. Botanika).
Ammo bu sifatlar ranglarning barchasi uchun ham qo‘llanilavermaydi.  Qora
ga nisbatan  –ish/-g‘ish  ko‘rsatkichini,  yarim,  so‘zlarini ishlatib bo‘lmagani singari,
oq  qa nisbatan ham  nim, och   so‘zlarini qo‘llash kulgili vaziyatni keltirib chiqaradi.
Bu   ko‘rsatkichlardan   nim     abadiy-badiiy   nutq   uchun   xoslangan:   Mavlono
sergaklanib   yuqori   oshyonaning   darchadan   kichik   o‘ymakor   eshigiga   tikildi,
nimqorong‘i   rasadxonada   yo‘g‘on   va   o‘ktam   ovoz   yangradi   Nozik   nimpushti   va
lojuvard   rangga   bo‘yalgan   baland   peshtoqlar,   ayvonning   o‘ymakor   ustunlari,
bezakli eshik va darchalari hozirgina chiqqan sovuq kuz oftobida charaqlab, keng
hovlini allaqanday nurafshon qilib yuborgan edi  (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi).
Kitobiy   mazmunga   ega   bo‘lgan   nisbatan     so‘zi   ham   qiyoslash   orqali
belgining   oz   yoki   ko‘pligini   ko‘rsatadi:   YOsh   hujayralarda   yadro   nisbatan   katta
va hujayra markazida joylashadi.  (S.Mustafaev. Botanika).
Sifatning daraja ko‘rsatkichini ifodalaydigan     –roq  da ikki xususiyat – ham
ozlik, zaiflik   ma’nosini berish, ham qiyoslash xususiyati mavjud. Masalan: ozlik:
Parda   ochilganda   bir   kishi   zo‘rg‘a   sig‘adigan,   raxlariga   mis   tasma   qoqligan
kichiqroq   eshik ko‘rindi. Hovlining so‘l tomonida   pastqamroq   binolar saf tortgan
bo‘lib,   bu   –   devonxona   edi   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi);   qiyoslash:   Lekin
o‘shanda uni bu mudhish   tushdan ham ko‘ra ko‘proq   hayratga solgan narsa shu
bo‘ldiki, tong paytida olis YAssidan uning huzuriga o‘n nafar yigit arz qilib kel-di
(O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi).
Ushbu   sifatga   xos   grammatik   ko‘rsatkichning   faol   qo‘llanilishi   unda
semantik-stilistik   ottenkalar   ko‘lamining   kengayishiga   olib   kelgan.   “O‘zbek   tili
grammatikasi”da   bu   qo‘shimcha   yaqqol   ifoda   etgan   ozlik,   zaiflik   va   qiyoslash
ma’nolari   haqida   gap   ketgan   bo‘lsa,   misollar   tahlili   hozirgi   o‘zbek   tilida   u
anglatadigan   ma’no   ottenkalari   ko‘payganligidan   dalolat   beradi.   bu   ottkenkalarni
aniqlash   uchun   misollarni   solishtirib   ko‘ramiz:   Undan   nariroqdagi   raxlariga hayvon   va   qushlarning   suratlari   o‘yilgan   naqshinkor   javonlarga   CHin   va
Hindistondan   keltirilgan   noyob   kitoblar   terilgan   (O.YOqubov.   Ulug‘bek
xazinasi) -   Undan   naridagi   raxlariga   hayvon   va   qushlarning   suratlari   o‘yilgan
naqshinkor javonlarga CHin va Hindistondan keltirilgan noyob kitoblar terilgan.
Birinchi   holatda   raxlar   va   javonlar   joylashgan   o‘rin   aniq   emas,   ya’ni   undan
umuman narida, joylashgan o‘rin haqida tasavvur ham mavhum. Ikkinchi holatda,
raxlar va javonlar joylashgan o‘rin aniq, yozuvchi uni o‘z ko‘zi bilan kuzatganlik
ma’nolari   anglashiladi.   SHunday   ekan,   bayon   mantiqi   nuqtai   nazaridan   birinchi
holat   badiiy   haqiqatga   yaqin   keladi.   Demak,   bu   o‘rinda   – roq   yana   bir   vazifani   –
umumiylik ottenkasini bermoqda.  Undan  sal beriroqda , o‘sha harir qirmizi parda
orasida,   Ulug‘bek   madrasasining   yuksak   peshtoqlari   tovlanadi,   CHodirlarning
orqasidagi   yashil   bedazorga   oq   biyalar   bog‘langan,   biyalardan   olisroqda
kiyikchalarga   o‘xshagan   go‘zal   toychalar   kishnashib   turardi   (O.YOqubov.
Ulug‘bek xazinasi) gaplarida ham u shu ma’nodadir.
Ana   shu   mantiqqa   quyidagi   misol   ham   to‘g‘ri   keladi:   SHu   boisdanmi,
a’lohazratlarining  yonida ustod Qozizoda Rumiy yana ham   nimjonroq   va   ojizroq
ko‘rinardi   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi) -   SHu   boisdanmi,   a’lohazratlarining
yonida   ustod   Qozizoda   Rumiy   yana   ham   nimjon   va   ojiz   ko‘rinardi .   Ikkinchi
holatda   fikr   aniq   va   keskin   bayon   etilgan.   Ammo   tavsifning   bu   darajada   bayon
etilishi   yozuvchi   niyatiga   to‘g‘ri   kelmayotgan   bo‘lishi   mumkin,   u   fikrni   biroz
yumshoq   tarzda   keltirmoqchidir.   –roq   esa   ana   shu   keskinlikni   yumshatuvchi
stilistik   vositaga   aylangan.   Hushiga   keldi-yu,   qo‘lidagi   shamni   baland   ko‘tarib,
chor-atrofiga   qaradi     misolidagi   harakat   ( ko‘tarmoq )   ning   bajarilishida   qat’iyat
ma’nosi mavjud. Ammo bu mantiqqa zid. CHunki, endi hushiga kelgan odamning
qat’iyat   va   ishonch   bilan   va   me’yoriga   etkazib   harakat   harakat   qilishi   qiyin.
SHuning   uchun   ham   yozuvchi   so‘zning   balandroq     variantini   ishlatadi:   Hushiga
keldi-yu, qo‘lidagi shamni   balandroq   ko‘tarib, chor-atrofiga qaradi   (O.YOqubov.
Ulug‘bek xazinasi).
-roq   ayrim   holatlarda   belgini   kuchaytirish   uchun   xizmat   qiladi:   Mavlono
Muhiddin   hamon   boyagi   vaziyatda   churq   etmay   o‘tirar,   faqat,   duxoba   taqya kiygan   boshi   yana   ham   pastroq   egilgan   edi   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi).   U
tez  ravishiga qo‘shilganda bu ma’noga yana harakatni jadallashtirish ottenkasi ham
qo‘shiladi:   U   faqat   bir   narsaga   pushaymon   qilardi:   tezroq   jang   bo‘lmadi-yu,
shahzodani   bir   ko‘rmadi!..   (O.YOqubov.   Ulug‘bek   xazinasi).   Bu   uning   nutqiy
jarayonda yuzaga kelgan qo‘shimcha imkoniyatlaridir.
Sifat   doirasidagi   grammatik   ko‘rsatkichlarda   emotsionallik   darajasi   turli
bo‘lishini yuqorida tahlil etgan misollar asosida kuzatdik. Ular yordamida belgini
anglatuvchi   shakllarning   turli   xil   variantlari   yuzaga   kelishi   ma’lum   bo‘ldi.
Masalan:   shirin,   shirinroq,   biram   shirin,   juda   shirin,   g‘oyatda   shirin,   o‘ta   shirin,
shiringina,   biram   shiringina   kabi   variantlarda   darajalanish,   ya’ni   predmetdagi
belgixususiyatning   tobora   orta   borishini   ko‘ramiz.   Bu   esa   o‘z   navbatida
sifatlarning   funksional   uslublarga   xos   chegaralanishlarni   keltirib   chiqaradi.
Masalan,   botanikaga   oid   adabiyotlarda   SHaftoli   olmaga   qaraganda   shirinroq
deyish   mumkin   bo‘lgani   holda,   SHaftoli   olmaga   qaraganda   shiringina     deb
bo‘lmaydi.
Bu   esa   o‘zbek   tilida   sifatlarda   stilistik   resurslar   ko‘lami   keng   ekanligidan
dalolat   beradi   va   kelajakda   masalaning   ushbu   jihatlari   turli   uslublarga   tegishli
bo‘lgan   matnlar   misolida   statistik-leksikografik   usulga   tayanilgan   holda   tahlil
etilishi   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Masalan,   o‘zbek   tilining   imlo   va   ters
lug‘atlarini   solishtirish   yordamida   bu   ishni   amalga   oshirish   va   bundan   mustaqil
stilistik vazifa bajarishi to‘g‘risida asosli xulosalar chiqarish mumkin.
Adabiyotlar:
1.  Мамажонов  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов А., Расулов И., Қўнғуров Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  Содиқова М.  Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
4. Қў нғуров Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров   Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975. 6.   Қў нғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7. Қў нғуров Р.   Стилистика имени существительного в узбекском языке.
– Ташкент, 1983.
8. Қў нғуров Р.  Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек тили
стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982.
10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984.
11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.

Sifat uslubiyati. Reja: 1. Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar uslubiyatining namoyon bo‘lishida poetik matn. 2.Sifatlarning badiiy uslubda asosiy tasviriy vositalardan biri – poetik aniqlovchi bo‘lib kelish imkoniyatlari. Doimiy va metaforik epitetlar. 3.Sifatlar sinonimiyasi, ularning vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan taqsimlanishi. Sifat yasovchi affikslar sinonimiyasi. O‘zbekcha va fors-tojikcha affiksal parallellar hamda antonimiya. 4.Sifatlarda daraja. Ularning belgi-xususiyatni ko‘rsatishdagi uslubiy imkoniyatlari.

Sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar uslubiyatining namoyon bo‘lishida poetik matn. Sifatlarning badiiy uslubda asosiy tasviriy vositalardan biri – poetik aniqlovchi bo‘lib kelish imkoniyatlari. Doimiy va metaforik epitetlar. Sifatlar sinonimiyasi, ularning vazifaviy uslublar nuqtai nazaridan taqsimlanishi. Sifat yasovchi affikslar sinonimiyasi. O‘zbekcha va fors-tojikcha affiksal parallellar hamda antonimiya. Sifatlarda daraja. Ularning belgi-xususiyatni ko‘rsatishdagi uslubiy imkoniyatlari. Son so‘z turkumiga oid so‘zlar ma’nosidagi aniqlik ularning uslubiy imkoniyatlarini bir qadar cheklab qo‘yishi. Bir sonining uslubiy imkoniyatlari. Sonlardagi ramziylik, ularning xalq og‘zaki ijodida, so‘zlashuv uslubida qo‘llanishidagi an’anaviylik. Numerativlar. Ularning o‘zaro va boshqa so‘zlar bilan sinonimiyasi. Songa oid affikslar sinonimiyasi. Olmoshlarning umumlashtiruvchilik va o‘rin almashtiruvchilik imkoniyatlari. Olmoshlarda tanlanish imkoniyatining mavjudligi. Ularning biri o‘rnida ikkinchisining qo‘llanishi mumkinligi, bu esa uslubiy rang-baranglikning dalili ekanligi. Olmoshlarni qo‘llashda vazifaviy chegaralanishlar. Ko‘rsatish olmoshlari. Ulardagi ta’kidlash, ajratish ottenkalari, masofa chegarasi, nutq momenti, umumiylik. Ularning ayrimlari o‘rtasidagi yaqinlik, vazifaviy chegaralanishi. So‘roq olmoshlari, ularning shaxs, predmet, voqea-hodisaga ko‘ra hamda vazifaviy chegaralanishi, tarixiy va qisqargan shakllari. O‘zlik olmoshi, uning kishilik olmoshlariga munosabati. Belgilash olmoshi, ularning ajratish, jamlash va umumlashtirish xususiyatlari, o‘zaro sinonimiyasi, vazifaviy chegaralanishi. Gumon olmoshidagi taxmin, gumon ma’nolari. Ularning bir so‘zi bilan almashinish holatlari. +++

Sifat stilistikasi. O‘zbek tilidagi boshqa so‘z turkumlarida bo‘lgani kabi sifatlarda ham stilistik resurslar mavjud. Ularni shartli ravishda ikkiga bo‘lib qarashimiz mumkin. Emotsional-ekspressiv ottenkaga ega bo‘lgan va matnda epitet vazifasini o‘taydigan alohida so‘zlar birinchi guruhni tashkil etsa, sifat yasovchi yoki uning darajalarini belgilovchi morfologik ko‘rsatkichlar ikkinchi guruhni tashkil etadi. SHundan kelib chiqib, sifatlardagi stilistik resurslarni uch yo‘nalishda – emotsional-ekspressiv mottenkalari mavjud bo‘lgan leksik birliklar, sinonimiyani vujudga keltiradigan morfologik ko‘rsatkichlar va sifatlarning funksional uslublar doirasida chegaralanishi. Masalan, sifatning orttirma darajasini ko‘rsatishda ajoyib, behad, benihoya, bir, biram, go‘zal, juda, zap, naq, naqadar, ne-ne, nihoyat, nihoyatda, tag‘in, tim, cheksiz, eng, yana, yanada, yana ham, g‘oyat, g‘oyatda; ozaytirma darajasini ko‘rsatishda esa aytarli, nim, och, sal, uncha, unchalik u qadar emas, xiyol, xiyla, emas, yarim kabi maxsus so‘zlar ishtirok etadi. Bular orasida behad, benihoya, beqiyos, nihoyasiz, nim, xiyol, ne-ne, g‘oyat so‘zlarida badiiylik kuchlidir. Misollar: Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam, / Labing yaprog‘idan tomganki go‘yo qatra bol bo‘lsam (H.Olimjon. G‘azal), Bir lahzali dil ayyomidan, / Sira so‘nmas shirin boqishing (Zulfiya. Visol bayrami), SHunda shivirlar menga kaftda qolgan chimdim qum, / Xorazm bir shirin tush, gar oni ko‘rmoq bo‘lsang, / Qol Amu bo‘ylarida qolgin do‘stginam (O.Matjon. CHorlov). Qip-, sap-, qop- kuchaytiruvchi vositalar yordamida yasalgan qip-qizil, sap- sariq, qop-qora singari sifatlarda ham ekspressiv-emotsional ottenka mavjud. Umuman sifat yasovchi qo‘shimchalar ekspressiyasi stilistik jihatdan rang barang. Masalan, -boz (ishqiboz), -xon (kitobxon), -xo‘r (aroqxo‘r), -shunos (tilshunos), -soz (mashinasoz) lar asosan neytral bo‘lgani holda –simon, -namo, - sifat, -parast kabi yasovchilar kitobiyligi bilan farqlanadi va bu affiksoidlar bilan yasalgan sifatlarda ekspressivlik mavjud. SHuning uchun bo‘lsa kerak O.YOqubov bu qo‘shimcha yordamida yasalgan qubbasimon, oysimon epitetlariga “Ulug‘bek xazinasi” romanida tez-tez murojaat qilgan: Xurshida bonu uni tirnog‘ining uchi

bilan ko‘chirib oldi, lekin og‘ziga solishdan oldin, ko‘ngli bir xil bo‘lib, zeb- ziynatlarga to‘la charog‘on xonaga, shiftdagi oltin qandilga, nozik o‘ymakorlik bilan ishlangan qubbasimon tokchalardagi munaqqash idishlarga bir-bir tikildi. Lekin oysimon egri qilichlarini o‘ynatib, ustiga bostirib kelayotgan ikki suvoriyni ko‘rib, hushini yig‘di. -namo yordamida yasalgan epitetlar esa kitobiylik ottenkasiga ega: Voajabo! Bu telbanamo darvesh ne deydi? SHuning uchun ham u ayrim so‘zlar tarkibida o‘zakka mustahkam bog‘lanib, ajratib bo‘lmaydigan holatga kelgan va otlashgan: Naqshbandiylar jamoasining rahnamosi janob Nizomiddin Xomush yanglig‘ din peshvolarining domiga ilinib qoldi. (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi). -sifat affiksoidi yordamida obrazli, badiiy uslubga xoslangan epitetlar yuzga keladi: majnunsifat, devsifat, zanjisifat, qaroqchisifat kabi. Bu jununsifat devona tillaning daragini qaydin eshitdi? Uni bu erga kim yubordi? (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi). -parast yordamida ham ana shunday epitetlar hosil qilinadi.Masalan: O, insof neligin bilmagan shahvatparast hoqon! (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi), Bular rus oppozitsiyachilari edi, beti yo‘q mansabparast-shuhratparastlar edi. (T.Murod. Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi). Xuddi shu kabi holatlarni ekspressivlik ottenkasi bo‘lgan notavon, nodon, nokas, noyob, notekis sifatlariga nisbatan aytishimiz ham mumkin. Bu ekspressif be- yordamida yasalgan betavfiq, bebaqo, behuzur, betob, behayo, behuda, beozor, benasib; bad- orqali shakllangan badfe’l, badxulq, badnafs, badbo‘y, badnom kabi sifatlarda ham bor. Sifat yasovchi passiv qo‘shimchalar sifatida qaraladigan -vor, -kor, -qin/- gin/-g‘in, -on elementlarida kitobiylik ottenkasi, binobarin eksperssivlik mavjud: ulug‘vor, tantanavor, mardonavor, fusunkor, shiddatkor, naqshinkor, toshqin, shoshqin, g‘amgin, so‘lg‘in, charog‘on, za’faron, nurafshon, daraxshon kabi. Misollar sifat ko‘rsatkichlari modallik munosabatlarini yuzaga keltirishga ham xizmat qilishini ko‘rsatadi. Bu modallik -gina/-kina/-qina qo‘shimchalarida ayniqsa seziladi: Bu erda esa... qora movut chakmoni ozg‘in tanasida qopday

shalviragan, nimjongina bir kimsa oyoqlari ostida yumalab yotardi. Mirzo Ulug‘bek chakmonining qo‘ltig‘idan ozgina tivit yulib, pilik yasadi (O.YOqubov. Ulug‘bek xazinasi). Ushbu yasalgan sifatlardagi neytrallik va ekspressivlik qo‘shimchalar tufayli uslubiy chegaralanishlar sodir etayotganligini sezish mumkin. Ko‘rinadiki, sifat yasovchi qo‘shimchalarning asosiy qismi umumiste’moldagi birliklar bo‘lib, so‘zlashuv uslubida faol ishlatilsa-da, -dor, -kor, -omuz, -parvar, ba-, no- lar adabiy tilda so‘zlashuvchilar nutqida, -iy, -viy, -gan, -simon, -on, -ik, iv, -al, - shunos elementlarining ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda birmuncha faolligi seziladi. Ular bu uslublarda atamalar yasashga xizmat qiladi. Bu masalaning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchidan, har bir fan sohasida alohida atamali birliklar yasaydiki, bu ham ularning funksional xususiyatlaridan dalolat beradi. Fikrimiz asosli bo‘lishi uchun ayrim fanlarga oid atamalarni keltiramiz. Iqtisodiyot sohasida: -ik: analitik yondashuv, analitik mashinalar, demokratik tuzum, dialektik bog‘liqlik, matema tik apparat, mate matik metodlar, matematik tahlil, matematik ta’minlash, matematik usullar, monopolistik birlashma, statistik ma’lumot; -iv: kollektiv qaror, korporativ shakl, nor mativ yondashuv, ob’ektiv asos, ob’ektiv qonun, ob’ek tiv shart-sharoit, passiv ijrochi, sub’ektiv qaror (R.Valijonov. Menejment asoslari) Biologiya sohasida: -ik: aromatik moddalar, biosintetik funksiya, genetik axborotlar, meristematik to‘qima, osmotik bosim, osmotik ish faoliyati, osmotik munosabat, parenximatik-yumaloq hujayralar, prozenximatik-cho‘ziq hujayralar, sistematik belgi, somatik bo‘linish, somatik hujayralar, spazmatik nurlanish, fotosintetik kraxmal, sitoplastik komponentlar, egrastik moddalar, elastik oqsil, elastik po‘st, endoplazmatik to‘r, ener getik markaz; -iv: vegetativ hujayra, vegetativ tana, pigmentativ tarkib, radioaktiv nur, fermentativ aktiv, fermentativ jarayon (S.Mustafaev. Botanika). Ommabop uslubda: -ik: analitik ximiya, genetik ustunlik, diplomatik manbalar, liberal-demokratik partiya, energetik resur (“Zarafshon”)