logo

Fe’l uslubiyati.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

118.60546875 KB
Fe’l uslubiyati.
Reja:
                 1.Fe’lning so‘z turkumlari doirasida miqdoriy va vazifaviy imkoniyatlariga
ko‘ra alohida mavqega ega ekanligi.
2.Fe’ldagi grammatik kategoriyalar uslubiyati. Zamon shakllarining uslubiy
xususiyatlari.   Ularning   o‘zaro   almashinib   qo‘llanishi.   Zamonni   ko‘rsatuvchi
shakllardagi sinonimiya.
3.Mayl   shakllarining   uslubiy   xususiyatlari.   Fe’l   mayllarining   shakliy   va
modallik nuqtai nazaridan farqlanishi, o‘zaro almashinib qo‘llanilishi.
4.Shaxs-son shakllarining uslubiy xususiyatlari. Ularning o‘zaro almashinib
qo‘llanilishi va til uslublariga ko‘ra xoslanishi. 
5.Bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakllari uslubiyati.   -ma   affiksining, yo‘q,   be-, no-,
na, -siz   so‘z va morfemalarning uslubiy imkoniyatlari.
6.Fe’llarning semantik-uslubiy xususiyatlari: a) fe’llarning semantik guruhi:
harakat, holat va munosabat fe’llari. Fe’llarning semantik qurilishi. Fe’l.   O‘zbek tili so‘z turkumlari orasida stilistik jihatdan eng e’tiborga loyig‘i fe’l
bo‘lib hisoblanadi. M.N.Kojina: “SHuning uchun ham fe’l shakllarining qo‘llanish
chastotasiga   ko‘ra   ilmiy   va   rasmiy   nutq   so‘zlashuv   va   badiiy   nutqqa   birmuncha
qarama-qarshi qo‘yiladi”.
Rasmiy   nutqqa   rasmiy   xarakterdagi   oborot   xarakterli:   tashrif   buyurmoq,
hozir   bo‘lmoq,   ishtirok   etmoq,   ma’lum   qilmoq,   e’tirof   etmoq,   kamchiliklarni
bartaraf etmoq   va hokazo.
Badiiy, ommabop va so‘zlashuv uslublarida harakat fe’llari ko‘p uchraydi va
otli   qurilmalardan   qochiladi.   Ilmiy   nutqda   gap   predmetlarning,   qonuniy
hodisalarning doimiy belgilari va sifatlari haqida ketganligi va tasvir asosiy o‘rinni
egallaganligi uchun ularda til tizimidan tegishli leksemalar va fe’l birliklari tanlab
olinadi.   Masalan,   aynan   ilmiy   uslubda   hozirgi   zamonda   qo‘llaniladigan   holat
fe’llari   nutq   paytidagi   so‘zlashuv-maishiy   nutqqa   xos   bo‘lgan   dinamik   holatni
emas,   balki   sifatni   bildiradi:   Suv   allaqachon   qaynayapti   -     Suv   100   gradusda
qaynaydi.
Turli   fe’l   kategoriyalari   va   shakllarining   stilistik   xususiyatlari   ularni
funksional   uslublarda   qo‘llash   darajasi   bilan   belgilanadi.   Masalan,   boshqa
uslublarda   ekspressivligi   va   emotsionalligi   aniq   ko‘rinib   turadiga   va   keng
qo‘llaniladigan   buyruq   shakli   ilmiy   va   rasmiy   uslublar   uchun   hos   emas.   Bu
maylning   ayrim   shakllarini   (mas.,   sin )     farmonlar,   qarorlar   va   buyruqlarda
uchratish mumkin.
Fe’lning   grammatik   ko‘rsatkichlari   o‘rtasida   sinonimiya   kuchli.   Masalan
zamon ko‘rsatkichlari. Ular biri o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilaveradi. Badiiy uslubda
bu   shakllarning   turli   ko‘rinishlari   uchratish   mumkin.   Ammo   ilmiy   yoki   rasmiy
uslublarda   bu   imkoniyatlar   chegaralangan.   Hatto   bu   uslub   doirasidagi   fanlarga
qarab   ham   bu   qo‘llanishlar   chegaralanishi   mumkin.   Biologiya   fani   bilan   tarix
fanidagi bayon suslubi bir birlariga o‘xshamasligi mumkin.   
SHaxs   ko‘rsatkichlari   sinonimiyasi   g‘oyatda   kuchli.   Ular   nutqqa   qo‘shicha
ma’no beradi, ekspressivlikni oshiradi. Fe’l   zamonlari   ko‘rsatkichlari   ham   stilistikada   qiziqish   uyg‘otadi.   Hozirgi
zamon shaklining qo‘llanishi badiiy, rasmiy va ilmiy nutqlarda farqlanadi. 
“Turli tuman zamon ma’nolari gammasi badiiy nutq uchun xarakterli, biroq
ular   odatda   ilmiy   nutqdan   farqlanadi”.   Bu   erda   tez-tez   hozirgi-tarixiy   yoki   jonli
tasvirga xizmat qiladigan o‘tgan zamon fonidagi shakllar qo‘llaniladi.
Badiiy va so‘zlashuv uslubida ayniqsa o‘tgan   zamon shakllarining ma’nosi
va vazifasi turli-tumandir. 
Fe’l mayllari sinonimiyasi ham mahsuldor.
Ravishdosh va sifatdoshlar kitobiy xarakterga va ottenkaga ega. 
Tantanavorlik.
+++
Zamon.   «Kontekstual   va   situativ   ma’no   real   ma’noga   (formaning   odatdagi
ma’nosiga)   mos   kelmay   qolishi   natijasida   ma’noda   ko‘chish   yuz   beradi,   ya’ni
ma’lum   forma   o‘zi   anglatishi   kerak   bo‘lgan   m’noni   emas,   balki   boshqa   ma’noni
ifodalash uchun xizmat qiladi» 128.
Fikr :   Fe’l   zamonlaridagi   ma’no   ko‘chishi   va   orqali   ma’lum   stilistik
maqsadlarning yuzaga chiqishi badiiy matnlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Syujetli
badiiy asardagi voqealar odatda o‘tgan zamonda sodir bo‘lgan, ammo uning tasviri
turli   zamon   shakllarida   ifoda   etiladi.   (Mana   shu   fikr   misollar   bilan   tasdiqlanadi).
Ilmiy   va   rasmiy   matnlardagi   zamon   shakllarida   birmuncha   turg‘unlik   hukmron
bo‘ladi. Ular asosan ___ zamon shaklida ifoda etiladi. Lekin so‘zlashuv nutqining
zamon   shakllari   haqida   gapirish   qiyin,   chunki   og‘zaki   nutqda   har   uch   zamon
shaklining baravar ishlatilaverishi ushbu uslubning o‘ziga xos xususiyati sanaladi.
+++
O‘tgan zamon ko‘rsatkichlari:   -di, -gan edi, -(i)bilan edi, -(a)r edi.   Kitobda
aytilishicha, ulardaharakat bajarilishining aniq va aniq emaslik ottenkalari mavjud.
Ana   shu   ottenkalar   farqlanmaganda   ularning   biri   o‘rnida   ikkinchisini   ishlatish
mumkin.   Mas.:   -di   –   harakatning   bajarilish   jarayonini,   -gan     bajarilish   natijasini
ko‘rsatadi. Buning ustga   –gan     ish-harakatning   –di   ga qaraganda yana ham  ilgari
bo‘lib o‘tganiga ishora qiladi. 129. Sinonimiya:   - di=-gan,   -di   =-(i)b,   -di=-gan   edi,   -gan   edi=-(i)bilan   edi,     -
yotgan edi=-yotib edi=-moqda edi=-(a)r edi=-guvchi edi
Xoslanish:  -moqda edi –  kitobiy, rasmiy;  -guvchi edi  – so‘zlashuv.
+++
Hozirgi   zamon   ko‘rsatkichlari:   -yotir,   -yap,   -moqda.   Kitobda   aytilishicha,
ular o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘ladi. Ottenkalari bilan farqlanadi.    -yotir, -
moqda     kitobiy,   -yap     og‘zaki   uslubda.   –moqda     harakatning   uzoqroq   davom
etishini ko‘rsatadi. Hamma vaqt ham sinonim bo‘lavermaydi.  –moq  dagi rasmiylik
bunga   yo‘l   qo‘ymasa   kerak.   Sintetik   shakl:   ishlamoqda;   analitik   shakl   ishlab
yuribdi.   YOt,   tur,   yur,   o‘tir     fe’llari.   Sinonimiya.   Borayapman,   boraman,
borajakman, boradiganman.
+++
Kelasi   zamon   ko‘rsatkichlari:   -r,   -ar;   -a,   -y.     kelasan,   kelmoqchisan,
kelajaksan, keladigansan.   
+++
Maqollarning mazmunan har uch zamonga tegishliligi.
Mayl.   «Fe’lning   mayl   formalari   harakat   bilan   sub’ekt   aloqasining   ob’ektga
munosabatini   bildiradi».   132.   Fe’l   mayllarining   har   biri   o‘z   grammatik
ko‘rsatkichiga ega va ular modal ma’nolarni ifodalashi bilan o‘zaro farqlanadi.
Biri o‘rnida ikkinchini qo‘llash o‘zbek tili uchun xos xususiyat. (Ijro mayli
grammatik ko‘rsatkichga ega emas).
Ijro mayli.  Kechirasiz –  iltimos ottenkasi. 
Borasan, kelasan –  buyruq shakli ijro ma’nosida (o‘ziga nisbatan).
Oldik –  ijro shakli buyruq ma’nosida.
«Va’da berdingmi – bajar= va’da bersang - bajar»  .
Buyruq   mayli.   Buyruq   shakli   ijro   ma’nosida:   -diring=-diribsiz;   -sin=-adi;
Fikr :   bu   kabi   mayl   almashishlari   badiiy   matnda   katta   emotsional-estetik   effekt
beradi.   Gumon:   - masin   (olgan   bo‘lmasin   kabi ).   Sinonimiya:   -sin=-sa,
ishoning=ishonsangiz ham.
SHart mayli:  -sa bo‘ladimi  (ijro ma’nosida) , -sang (iz) –  buyruq ma’nosida. SHaxs-son.  Agens-   so‘zlovchi, adresat – tinglovchi, nutq  jarayonida ishtirok
etmagan   shaxs.   I   shaxs   ko‘pligi   –   birlik   o‘rnida=   kamtarinlik,   manmanlik,
mag‘rurlanish, o‘zini katta olish ottenkalari. Kamtarinlik – ilmiy uslubda.
O‘ziga o‘zi murojjat qilish (Ulug‘bek). III shaxs shakli   I shaxs ma’nosida:
muallif o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
«Ba’zan   so‘zlovchi   tinglovchiga   II   shaxsga   murojaatda   I   shaxsning
ko‘pligidan   foydalanadi,   ya’ni   ishingiz   qanday,   sog‘ligingiz   yaxshimi,   yaxshi
uxladingizmi     deyish   o‘rniga   ishimiz   yaxshimi,   sog‘ligimiz   yaxshimi,   yaxshi
uxladikmi     tarzida   murojaat   qiladi.   Tinglovchini   o‘ziga   qo‘shib   oldai   va   uning
ko‘nglini ko‘taradi. Bu xususiyat og‘zaki nutq, badiiy asar tili uchun xarakterlidir».
136.
II shaxs ko‘pligi – ham ko‘plik, ham hurmat.
II   shaxs   birlik   ko‘plik   o‘rnida   –   hech   qaysing   ketmaysan,   ketsang,
ko‘radiganingni ko‘rasan.
II shaxs birligi I shaxs birligi o‘rnida.
Odam, kishi  so‘zlarining ishtiroki.
III   shaxs   o‘rnida   II   shaxs   (u   ishtirok   etmayotgan   bo‘ladi)   –   Sen   o‘zing
kimsanki, bunchalik gerdayasan.
III   shaxs   ko‘pligi   III   shaxs   birligi   o‘rnida:   kesatish   –   o‘zlari   ham   qo‘yil
qildilar   (mana shu gap II shaxs qaratilgan bo‘lishi ham mumkin) ,   hurmat –   ustoz
keldilar.
III shaxs ko‘rsatkichi I shaxs birligi ma’nosida:  men sabrsizlik bilan kutar, u
esa   kelishni   sira   o‘ylamas   edi.   Kitobda   quyidagi   misol   keltirilgan:   Ustod!
Onhazratim   sizni   g‘animlar   ko‘zidan   yiroq   bo‘lsin   dedilar,   kamina   o‘zim   borib
kelur… (OYO).137.   Bu   gapga   tanqidiy   munosabat   bildirish   lozim.   CHunki   gapda
kelur   aslida I shaxs birlikda, u faqat grammatik jihatdan shakllanmagan xolos. 
Poeziyada:   III   shaxs   ko‘pligi   II   shaxs   birligi   o‘rnida:   Rohat   ko‘rib   o‘sdi
qaysi biringiz?  (H.Olimjon).137.
III   shaxs   ko‘pligi   II   shaxs   birligi   o‘rnida   yoki   ko‘pligi   o‘nida   (hurmat).
Masalan:  Nozik ko‘ngillari nimani xohlaydilar, a? III   shaxs   shakli   II   shaxsga   qarata.   Masalan:   ovora   bo‘lmasinlar,   ovora
bo‘lmasinlar.
Bo‘lishsizlik.   Ko‘rsatkichi:   -ma.   Inkor   orqali   tasdiqni   ifodalashda   stilistika
bor.   Masalan   ritorik   so‘roq.   Ko‘ra   bila   turib,   qanday   indamaslik   mumkin?   Kim
chidab   tura   oladi?     kabi.   Ohangning   roli   katta   bo‘lishi   mumkin:   Oylik   olding?
Baloni olasan!
Bo‘lishsizlik   shakli   takror   qo‘llansa   tasdiq   ma’nosi   kelib   chiqadi.   Olmay
qo‘ymadi.   –ma+yo‘q   da   ham=   gapirmagan   odam   yo‘q.     Pleonastik   tarzda
qo‘llansa:  odamman, odammasman.
«Hozirgi   o‘zbek   tilida   inkor   ma’nosi   yo‘q,   be-,   no-,   na,   -siz     kabi   so‘z   va
morfemalar vositasida, tasdiq  ega, bor, to‘g‘ri, ham   va boshqa vositalar bilan ham
ifodalanadi».139.   Bor,   yo‘q     so‘zlari   maxsus   ohang   yordamida   bo‘lishli-
bo‘lishsizlikni   ifodalaydi:   bu   xonadonda   janjaldan   boshqa   nima   bor?   Dasturxon
ustida nima yo‘q, deysiz   kabi.
So‘roq   tasdiqni,   bo‘lishsizlik   shakli   bo‘lishlilikni   bildiradi:   sizni   hurmat
qilishga asos qoldimi?
Bo‘lishsizlik   na…,   na     yordamida:   Na   kuldi,   na   qatra   to‘kdi   yoshini
(A.Oripov).
Vaqtida keldimmi – vaqtida kelmadimmi.   Bu ham maxsus ohang talab etadi.
===================================
Ishning   I   bo‘limi   «Fe’lning   grammatik   kategoriyalari   va   ularning   stilistik
xususiyatlari» deb nomlangan. 
Dastlab fe’l mayllarining stilistik xususiyatlari tahlil etilgan. Muallif boshqa
ilmiy   manbalar   va   darsliklardagidan   farqli   o‘laroq   fe’l   mayllarini   beshga   bo‘ladi:
bayon-darak   mayli,   buyruq   mayli,   shart   mayli,   maqsad   mayli,   gumon-taxmin
mayli.
Buyruq mayli   sof buyruqdan tashqari yana bir qancha modallik ma’nolarini
ifodalay oladi.
Fikr : Sof buyruq maylidagi fe’l harakatning bajarilishiga qat’iy undash bilan
bog‘liq.   Bu   faqat   o‘zakdan   iborat   bo‘lgan   fe’llarda   aniq   sezilib   turadi:   tur,   o‘tir, yur     kabi.   Qo‘shimchalar   qo‘shilgan   holatlarda   ma’noda   kengaytish   yuz   beradi,
ya’ni   so‘z   ham   vaziyatga   qarab,   ham   sof   buyruqni,   ham   boshqa   qo‘shimcha
ottenkalarni  ifoda etishi  mumkin. Masalan:   boring, bajaring     kabi  so‘zlarni  ikkin
ma’noda  - ham buyruq, ham iltimos ma’nosida tushunish mumkin. Uning qanday
ma’noda   ekanligini   ohang   hal   qiladi.   Agar   urg‘u   birinchi   bug‘indagi   urg‘ularga
tushsa,   so‘z   buyruq   ohangini,   so‘z   oxiridagi   bo‘g‘inga   tushsa   iltimos   ma’nosini
anglatadi.
-sin     anglatadigan   ma’nolar   ko‘lami   keng.   U   rasmiy   uslubda   sof   buyruq
ma’nosini   anglatadi:   Respublika   «Ma’naviyat   va   ma’rifat»   markazi   Respublika
Ma’naviyat   va   ma’rifat   kengashining   amaliy   targ‘ibot   yo‘nalishida   faoliyat   olib
boradigan   Respublika   Ma’naviyat   targ‘ibot   markaziga   aylantirilsin .   Quyidagilar
Respublika   Ma’naviyat   targ‘ibot   markazining   asosiy   vazifalari   etib   belgilansin .
(Prezident qaroridan).
Fe’l   tarkibida   deb,   uchun     so‘zlarining   ishtirok   etishi   –sin     shaklli   fe’lning
buyruq ottenkasini o‘zgartirib yuboradi.
Ularni   sodiq bo‘lsin desang , qilichingni  ilgingda mahkam  ushla!  Boshimga
ne   musibat   tushmasin   sendan   nolimaymen,   bil’aks,   minbaad   shukrona   aytamen.
"Fuqaro   ko‘rmasin   deydur!"–Mirzo   Ulug‘bek   yuragida   ko‘tarilgan   alamli
tug‘yonni   ichiga   yutib,   Muhammad   Xisravning   ust-boshiga   razm   soldi.
Onhazratim   sizni   g‘animlar   ko‘zidan   yiroq   bo‘lsin   dedilar ,   kamina   o‘zim   borib
kelur...   Qochsin,   shahzoda   odamlarining   ko‘ziga   tushmasin   debdi!   Zero,
muslimalar ham  o‘qisin deb , ularni yo‘ldan urib, gunohga botgandur! (OYO)
SHunday   ekan,   o‘shanda   o‘rtoq   Rajabov   raport   yozmasin   edi !   Keyin
so‘zidan   qaytmasin   edi !   YAshasin   va   yashnasin,   Ulug‘   Oktyabr   sotsialistik
revolyusiyasi!  YAna qochib chiqish qulay   bo‘lsin uchun … eshik oldirog‘idan joy
oldi. (TM)
Bu dunyoda rohat ko‘rmadi, aqalli u yoqda tinch  yotsin  sho‘rlik! “ Yo‘qolsin
tekinxo‘r   boy   va   eshonlar!”   degan   xitoblar   yangradi.   Nima   qilsin   dehqon!
Qishloqda sut   aynimasin deb   ichiga qurvaqa solib qo‘yishardi.   Kim bilsin   tag‘in...
Iloyo   Qur’on   ursin   seni,   bildingmi?   —   Fotima   ko‘zlari   o‘tdek   yonib   Soatga chaqchaydi-da,   tizzalariga   shapatilab,   faryod   soldi:   —   Qur’on   urmasa,
rozimasman.   Onam   rozi   bo‘lsin   desang,   har   kuni   xat   yoz   SHahnozaga!   Bunaqa
paytda o‘q o‘tmas nimcha u yoqda  tursin  kombinezon ham ortiqchalik qilib qoladi.
Ammo   qayoqqa   borsin   yarim   kechada?   Kechasi   bo‘lgan   voqeani   eslamaslikka
harchand   urinmasin   ayasining   zor   qaqshab   yig‘lagani,   anavi   “Soat   aka”ning
dag‘dag‘alari   yodiga   tushib,   yuragiga   vahima   o‘rmaladi.   —   Nima?   Bolalar?!   —
Komissar   kvartiraga   o‘rnatilishi   ehtimol   bo‘lgan   “quloqlar”   yoki   pastda,   yo‘l
chetida   poylab   turgan   mashinadagi   “lokator”   eshitsin   uchun   ovozi   boricha
hayqirdi:   —   Itdan   bo‘lgan   qurbonlikka   yaramaydi!   Jillaqursa,   kaftdek   boshpana
bersin  menga. (O‘X)
Bugun   bir   bor   siylasin   meni!   /   Ko‘zlarimni   tark   aylasin   xob,   Xayolimda
ko‘rayin seni... (M.Ali. Seni sog‘inganda). Ularga ne kerak, ne kerak endi, / Axir
yosh joningga qilishsin shafqat! (M.Ali. Irmoq).
Matnda yuzaga kelayotgan effektni faqatgina mayl ko‘rsatkichlariga bog‘lab
qo‘yish   to‘g‘ri   emas.   Masalan   yuqoridagi   misrada   iltimosning   yuqori   darajasi
bo‘lgan   iltijoning   berilishida   ne   kerak     jumlasining   takrorlanishi,   axir
yuklamasining keltirilishi ham ma’lum darajada rol o‘ynagan.
Qushlar   yuraversin   ozod   fazoda,   /   SHamol   elaversin   arzu   samoda   (M.Ali.
Senga bag‘ishlangan sonetlar). Ko‘nglin asrasinmi, yo yozsinmi sher,   Qay biriga
etsin  bittagina qalb?  (M.Ali.  SHoir). Toshni  olsin,  farmon etsin  lashkarga,  Lanka
yoqqa kelsin endi  vallomat! (M.Ali. Sita).   Ont ichay: gar senga jilmayib boqsam,
Bitsin   o‘shal   zahot   baxtli   kunlarim!   (M.Ali.   Sitaning   qasami).   (shart   va   buyruq
mayli   shakllarining   matnda   parallellik   hosil   qilishi   ).   Har   kishini   dardi   bo‘lsa,
yig‘lasin   yor   oldida,   Qolmasun   armon   yurakda,   etsun   izhor   oldida.   (Mashrab).
Ukajon,   senga   bir   dildor   uchrasin,   Masiho   nafasli   nigor   uchrasin!   (misraning
oxiriga   olish,   uni   olti   qatorlik   besh   bandli   shn’rning   har   oxirgi   ikki   qatorida
takrorlash).   Kimlarga   ham   borib   dod   desin   endi,   Qaylarda   ham   kezsin   qon-qora
qaqshab?   (M.Ali.   Mashrab).   Qaydan   bilsin   buni   yigitlar?   Odimi   sher,   shahdi
burgutlar? (M.Ali.Sukunat).
Bundan ortiq yana qanaqa hukumat  bo‘lsin ? (TM) SHart   mayli.   –sa     qo‘shimchasini   olgan   fe’l   shakli   shart   ma’nosini
ifodalaydi.   Ottenkalari:   istak,   xohish,   orzu,   iltimos.     Lekin   bilib   qolsam,
ko‘radiganingni   ko‘rasan,   deyilsa   fe’l   shakli   ularning   birontasini   ham   ifoda
etmaydi, balki so‘zda ekspressiv ottenka yuzaka keladi.
-sa   shaklli   fe’llar   bilan   birga   shoyad,   zora,   qani,   qani   endi,   koshki,   koshki
edi,   nima   qilarkan,   nima   qilarkin-a     kabi   yordamchi   so‘z   va   iboralar   qo‘shilib
ishlatilsa ekspressivlik kuchayadi.
- sa   ham   mayli,   -sa   bo‘ldi,   -sa   bas,   -sa   bo‘lgani     kabi   qoliplar   ham
ekspressiyani kuchaytiradi.
 SHoyad shunday  bo‘lsa ! SHoyad!–Mavlono Muhiddin, dilida tug‘yon, ko‘z
oldida qandaydir tuman, go‘yo kalima keltirayotganday "shoyad" so‘zini takrorlay-
takrorlay, rasadxonaga etganini ham bilmay qoldi. Koshkiydi, ko‘zim ko‘r   bo‘lsa-
da ,   seni   ko‘rmasam !..   O,   koshkiydi,   hozir   shahzoda   bu   mash’um   fitnani   ochsa ,
uning tepasida turgan barcha g‘animlarni  tutsa ?
(Qani,   ortimdan   yur,   senga   aytadurg‘on   yana   bir   so‘zim   bor!–Mirzo
Ulug‘bek ro‘paradagi salomxona eshigini ochib, ichkariga kirdi. Qani, yuqori o‘t!
(OYO).   Qani!   Ayt,   kirsin!..Misoldagi   qani   so‘zida   da’vat   ma’nosi   mavjud.
Ikkinchi misollarda u buyruqni kuchaytiruvchi qo‘shimcha vositaga aylanadi).
Mayli,  ursa ham mayli . Suv yana ozgina oqizib  borsa bas . (O‘X)
Nasib   qilsa   bo‘lib   qolar,   ena...   Og‘u   bo‘lsa   bo‘lsin !   Alhol   o‘z   holimga
qo‘ysa   bo‘lmasmu? Bu nobakor shahzodaning qo‘l ostidan chiqquncha birga bo‘l
desa   bo‘lmasmidi?   Bu   munofiq   Sayid  Abbos   bilan   badxoh  amir   Jondorga   inonsa
bo‘lurmu   Bu   darbadarlik,   bu   ko‘rgiliklardan   ezilib,   musofirlikda   xor   bo‘lib
yurguncha  o‘sha  jang-jadalda o‘lib   ketsa   bo‘lmasmidi?  Har  qalay, bu hibsxonaga
shukur  qilsa  bo‘lardi. Mana endi pok vijdon bilan Xurshida bonuni olib o‘z yurtiga
ketsa  bo‘ladi. (OYO)
==
Vatanim Istiqlolga  erishmasa , bu asar dunyo yuzini ko‘rmas edi...(O‘X).
Ilojsizlik, murakkab chigal vaziyat, kuyinish, nozlanish, kinoya, 
iltimos, xushmuomalalik (Yo‘q demasangiz, ota-onasinikiga bir borib kelsa); masalahat:  shu ishni qlimasa degan edim.
Tahdid:  qo‘l ko‘tarib ko‘rsin-chi, nima qilar ekanman!
  —   Adabingni   berib   qo‘ymasam ,   —   dedi   Grisha   alamdan   titrab.   (O‘X).
“Hayronman, SHahnoz, shu qor degan narsa  yog‘masa  kimning ko‘ngli qolarkin?”
—deb gapni  hazilga burardi. Qaysar  yigit  ekan, bir  baloni   boshlamasa   go‘rgaydi.
Voy o‘lmasam ! — dedi  oyoq-qo‘lidan  mador  ketib. — Rustamjon-ku!  (O‘X). —
Bo‘lmasa ,   manavi   protokolni   eshiting.   Eskilari   ham   bir-biri   bilan   hushiga   kelsa
salomlashadi, bo‘lmasa serrayib, o‘tib ketaveradi.  Bo‘lmasa  ayting-chi, SHomatov
joniga   qasd   qilib,   o‘zini   erga   tashlagan   bo‘lsa,   uydagi   jihozlarni   kim   sindirdi?
Mana   bo‘lmasa !   Gumon:   Millioner   bo‘lmasa ,   “CHayka”ni   qaerdan   oladi   bular!
Hushingni   joyiga   keltirib   qo‘ymasam ,   yurgan   ekanman!   SMERSH-chilar   jasorat
ko‘rsatmasa ,   kim   bilsin,   nima   bo‘lardi   bu   yog‘i!   Vaqti-vaqti   bilan   “tozalash”
o‘tkazib   turmasa   eplab   bo‘ladimi   bu   turfa   jamiyatni!   Muncha   sho‘rpeshona
bo‘lmasam ,   Xudoyim!   Ishonmasangiz,   gospitalga   yotqizib   tekshirib   ko‘ring.
O‘shandayam   tamojnyada   olib   qo‘ymasa !   Mabodo   “ular”   ikki-uch   kun   katta
yo‘ldan yurmasa, demak, otishma bo‘ladi...  Ajablanish:  Ajal bilan ro‘para kelsang-
da,   qo‘rqmasang!   Ikkilanish:   —   Bilmasam ...   Ba’zan   kechalari   o‘t   qopim   og‘rib,
to‘lg‘anib   chiqaman.   CHorasizlik:   - Bilmasam ...   —   Onasi   egniga   eski   kamzulini
kiya   turib   tag‘in   Allohga   tavallo   qildi:   —   O‘zing   asra,   yaratgan   Egam!
Bilmaganda   ham:   —   Soat   aka!   To‘lagan   akam   tuhmatga   qolganini   boshqalar
bilmasa , siz bilasiz-ku, baraka topgur! Qo‘shqo‘llab tizzasiga shapatilay ketdi: —
Nima   qilay   axir!   Nima   dey?   Xudoga   ishonmasang !   Qur’onga   ishonmasang !
Bittayu   bitta   bolamni   o‘rtaga   qo‘yib   ont   ichsam   ishonasanmi?   Hech   bo‘lmasa
bolalarini o‘ylamaydimi, badbaxt?! Qishloqda turib sigir boqmasa, qanaqa gap bu?
—   O‘lsin,   aksiga   bittayam   taksi   uchramasa !   —   dedi   muloyim   jilmayib.   Otangni
yoniga badarg‘a  qilmasam ... Unsur! (O‘X)
-sa nima qipti? –sa nima bo‘pti? 
— Tinchlik bermasa nima qilay? YOzug‘i shu bo‘lsa nima qilsin! (O‘X.)
  -   Kunjara   bersam,   emasa   nima   qilayin?   Buni   sovet   tuzumi   dushmanlari
eshitib   qolsa   nima deydi? Birortasi  yig‘lab-yig‘lab, yong‘oq ostida…   uxlab   qolsa nima   bo‘ladi?   Qafasda   yashayotgan   kaptarni   qo‘yib   yuborsa   nima   bo‘ladi?   —
Makkajo‘xori   bo‘lsa nima bo‘pti ? — Sobiq   bo‘lsa nima qipti , sobiq    bo‘lsa nima
qipti ? (TM).
Ajablanish,   hayratlanish,   hayajonlanish,   tutoqish,   kinoya,   masxaralash,
o‘kinish,   kuyinish,   afsuslanish   nahotki,   munchash/buncha   elementlari   yordamida
kuchaytiriladi.   Nahotki,   shu   mittigina   keta   balig‘ichalik   bo‘lmasak?   «Nahotki,
partiya   tashkilotlari   befarq   qaraydi?   -   o‘yladi   Botir   firqa.   —   Nahotki,
kommunistlar   sukut   saqlaydi?»   (TM)   -   «Nahotki,   partiya   tashkilotlari   befarq
qarasa? - o‘yladi Botir firqa. — Nahotki, kommunistlar sukut saqlasa?»
Bular buncha baqiradi? (TM) - Bular buncha baqirmasa?
  Fe’lning   mayl   shakllarining   o‘zidangina   stilistik   ottenkalarni   anglab   olish
qiyin   kechadi.   Bu   ottenkalar   butun   gapdan   anglashiladi.   Fe’lning   mayl   shakllari
esa bu ma’noni kuchaytirishi mumkin.
Gumon, shubha, taxmin, hadiksirash ma’nolari   bordi-yu, agar, birdan     kabi
yordamchi   vositalar   yordamida   amalga   oshiriladi.       Bordi-yu ,   ota-onasi,   yor-
birodarlaridan   duo   yohud   istig‘for   borib   qolsa ,   bu   marhum   uchun   dunyodagi
barcha narsalardan mahbubroq bo‘ladi. -   Agar hidi chiqsa , beshtamiz ham manavi
yoqqa   boramiz.   Agar   feodalizm   zamonida   bo‘lsa   edi ,   Dilyaday   ayollar...   biror
boyni   yo   o‘ninchi,   yo   o‘n   beshinchi   xotini   bo‘lar   edi,   —   dedi   Botir   firqa.
SHe’rlarida hayotdan nishona bo‘lsa — o‘lsin  agar ! (TM).
Mobodo, yana    so‘zlari bilan birgalikda:   Mabodo  oshkor bo‘lib qolsa, o‘sha
suitsidchini... o‘zini aybladik! (TM)
U   yana   boyagiday   sirni   ochish-ochmasligini   o‘ylab   qiynalar,   ochay   desa ,
uning   yuragini   qon   qilishdan   qo‘rqar,   ochmay   desa ...   Bonu   butun   vujudi   quloq
bo‘lib kutib turardi.(OYO)
YAna biror kori-hol qilib o‘tirmasa go‘rga edi!
To‘siqsizlik:  -sa bo‘ladi.   Mana endi  pok vijdon bilan Xurshida bonuni olib
o‘z yurtiga ketsa bo‘ladi. Bu qop-qopa harflardan qanday qutulsa bo‘ladi? Buning
sinonimii:   sh   mumkin.   Lekin   ayrim   hujayralarni   oddiy   ko‘z   bilan   ham   ko‘rish
mumkin.   Qovun,   tarvuz,   pamidor   singari   o‘simliklarning   meva   eti   hujayralarini lupa yordamida ko‘rish mumkin. S.Mustafaevning «Botanika» darsligidan olingan
35   betlik   parchada   18   marta   qo‘llangan.   Ularni   tamoyillar   deb   atash   mumkin.
(R.Valijonov).   R.Valijonov   va   boshqalarning   «Menejment   asoslari»   kitobidan
olingan 39 betlik parchada 19 marta qo‘llanganligi uning ilmiy matnlar uchun xos
ekanligidan dalolat beradi.
-samikin/samikan/sami   ekan.   O‘zidan   so‘rasammikin?   YO   bir   Moskvaga
borib kelsammikin? Kampirga aytsammikin? CHin-da, bitta meni kutib o‘tiradimi?
– dedi. – Endi, qaytib ketaversammikin?
-sa   kerak:   Oftob   botgan   bo‘lsa   kerak,   tevarak   qorong‘ilashib   qolgan,   havo
sovib, yana kechagiday etni junjiktiruvchi izg‘irin boshlangan edi. U ham soqolini
tutamlab,   bir   nuqtaga   tikilib   o‘tirar,   o‘z   yurtini   eslab,   o‘ksingan   bo‘lsa   kerak,
so‘nik yuzida teran bir mahzunlik aks etardi. Tong yaqin bo‘lsa kerak, har joy-har
joyda   xo‘rozlar   qichqirar,   itlar   hurar,   eshaklar   hangrardi.   Xilvatiy   yanglig‘
munofiqlar   ko‘p   bo‘lsa   kerakkim,   kecha   enasi   Tillabibi   yana   keldi,   shahardagi
vahimalardan   so‘zlab,   uni   bo‘ynidan   quchib   uzoq   yig‘ladi,   uni   ham   shahardan
chiqib, biror joyda yashirinib turmoqqa da’vat etdi, yalinib-yolvordi... (OYO).
-sa   ham:   Tun   oysiz   bo‘lsa   ham,   yulduzlar   aks   etgan   firuza   gumbazlari
allaqanday ko‘kish jilo taratib, g‘alati yaltillab turar-di. Qaerdandir olisdan, Qusam
ibn   Abbos   dahmasi   tomondan   tilovat   qilayotgan   qorining   mungli   ovozi   kelardi.
Nozanin   harir   pushtirang   parda   orqasida   bosh   egib   turgan   bo‘lsa   ham,   Mirzo
Ulug‘bek   uning   bo‘lakcha   husnidan,   qayrilma   qoshlarining   nafisligi,   qirra
burnining   chetidagi   katta   qora   holi,   yozilib   ketib,   oq   shohi   ko‘ylagining   etagiga
tushgan mayin sochlarining xayoliy go‘zalligidan lol qolgan edi.
-sa bormi:   Mirzo Ulug‘bekka o‘xshab takabbur bo‘lsa bormi? (OYO). Agar
aortaga tegsa bormi, hozir yashikda yotgan bo‘larding...(O‘X).
-sa bo‘ladimi:   Petr Perviyni generali mana men Kutuzov deb, boshimga bir
solsa   bo‘ladimi?   (TM).   Devor   orasidan   sirg‘alib   chiqsa   bo‘ladimi?   Anavi   masala
bo‘yicha   indinga   borsa   bo‘ladimi?   –   qiyos.   Xuddi   shuning   ustiga   anavi   ahmoq
kelib qolsa bo‘ladimi? Ko‘cha supurib turgan joyida tutib qolsa bo‘ladimi? (O‘X). -sa mayli:  Boshim hech chiqmasa mayli, malomat birla bo‘htondan, / Fido jonimni
qildim yo‘lingga, mayli, uvol bo‘lsam.(HO). Sen uchun ochilgan, senga deb 
uzdim, / Ol,— deding,— qo‘lingda so‘lsa mayliga (Zulfiya. Hijron kunlarida).
-sa   edi:   Kimdandir   qo‘rquv,   nimadandir   qo‘rquv:   gap   tegib   qolmasa   edi.
SHov-shuv bo‘lib ketmasa edi. Xo‘jayin bilib qolmasa edi. Reviziya kelib qolmasa
edi. Oxiri voy bo‘lmasa edi...(TM). Agar feodalizm zamonida bo‘lsa edi, Dilyaday
ayollar... biror boyni yo o‘ninchi, yo o‘n beshinchi xotini bo‘lar edi, — dedi Botir
firqa.   —   Qayta   quruvchilar...   kulmasa   edi,   deyman-da?   SHuni   hayotida   suitsid
sodir bo‘lmasa edi, deb qo‘rqaman. (TM).
Payt ma’nosi:  YOniga yugurib borsam, dadam g‘oyib bo‘lib qopti. (O‘X)
Maqsad,   niyat   ma’nosi:   Nasib   etsa,   o‘z   yurtimga   omon-eson   borsam,
SHahnoza qizimning qo‘lidan albatta osh eyman. Xudo nasibamni qo‘shib omon-
eson   borsam,   kelinimni   peshonasidan   o‘pib,   yana   bir   karra   oq   fotiha   beraman.
(O‘X).
Boshqa ma’no:   Maylimi borsam?(O‘X). Afg‘onistonga yuborsam bo‘larkan
–afsuslanish (O‘X).
Bo‘lsa:   Kadr   bo‘lsam,   qonsa   chanqoq   o‘lkam   talabi   (Zulfiya.   Qurdosh
qizga).   Uyli   bo‘lsa,   yayrab   yolchisa,   /   YAyraganan   o‘lmayin   ko‘rsam.   (Zulfiya.
Hojar).   Tun   oysiz   bo‘lsa   ham,   yulduzlar   aks   etgan   firuza   gumbazlari   allaqanday
ko‘kish   jilo   taratib,   g‘alati   yaltillab   turar-di.   Nasib   bo‘lsa   dovonda   uchrashurmiz.
Toki   bu   mushkul   ishda   suyangan   bir   tog‘im   sen   bo‘lsang,   bir   tog‘im   mavlono
Muhiddindur...   Ilgari,   Mirzo   Ulug‘bek   taxtda   muqim   o‘tirgan   mahalda   ular
tishlarini   tishlariga   qo‘yib   bo‘lsa   ham   chidab   yurishgan   edi.   –Bu   gaping   rost
bo‘lsa...   shamlarni   o‘chir,–dedi   ma’yus   kulimsirab.–Bir   daqiqa   bo‘lsa-da,
og‘ushingda dam olay, azizam. (OYO).
Oftob botgan bo‘lsa kerak, tevarak qorong‘ilashib qolgan, havo sovib, yana
kechagiday   etni   junjiktiruvchi   izg‘irin   boshlangan   edi.   U   ham   soqolini   tutamlab,
bir nuqtaga tikilib o‘tirar, o‘z yurtini eslab, o‘ksingan bo‘lsa kerak, so‘nik yuzida
teran bir mahzunlik aks etardi. Qancha tilla kerak bo‘lsa ayamaymen: mavlono Ali Qushchini qutqarmoq yo‘lini axtarib ko‘rgaysen. (OYO). Agar kerak bo‘lsa butun
jahonni / Nurga o‘raguvchi O‘zbekistonsan (A.Oripov0.
-sa nima, -masa nima :   –Uying bo‘lmasa nimang kuyadur? (OYO). Turgan
bo‘lsa   nima?   YOzug‘i   shu   bo‘lsa   nima   qilsin!   (O‘X).Buni   sovet   tuzumi
dushmanlari eshitib qolsa nima deydi? Birortasi yig‘lab-yig‘lab, yong‘oq ostida…
uxlab qolsa nima bo‘ladi? (TM).
Maqsad mayli. 
-moqchi:   Ammo...   sening   umringga   zavol   bo‘lmoqchi   emasmen.   Ali
Qushchi   eshikni   ohista   yopib,   orqaga   qaytmoqchi   bo‘ldi.   Ali   Qushchi   «ha,
mulohaza qilib ko‘rdim», demoqchi edi. (OYO)
-man   deb   :   -   Sovet   tuzumi   ana   shu   beshinchi   karomatda...   qosh   qo‘yaman
deb, ko‘z chiqarib qo‘ydi! (TM). Lekin uni bu ahvolda ko‘raman deb, boshida eski
kuloh,   egnida   juldur   janda,   soch-soqoli   o‘sib   ketgan   bir   devona   qiyofasida
ko‘raman deb, o‘ylamagan edi.- qiyos (OYO). Zargar uning aytganini qilaman deb,
bu uqubatga giriftor bo‘ldi. Ali Qushchi shu sovuq bo‘yrada  yotaman deb  oyoqdan
ayrildi... –  e’tibor berilsin  (OYO).
-sin uchun:   YAna qochib chiqish qulay bo‘lsin uchun… eshik oldirog‘idan
joy oldi. YAna yashirgan zeb-ziynatlari bilinsin uchun oyoqlarini erga urmasinlar!
Botir firqa kulib yubormasin uchun — kaftini og‘ziga qo‘ydi.(TM).
-sin   deb:   –Dafn   etdik!–dedi.–Bir   bandai   mo‘‘min   ko‘rmasin   deb,   Madrasa
hovlisining   bir   burchiga   erlatdim,   pushtipanoh...   Zero,   muslimalar   ham   o‘qisin
deb, ularni yo‘ldan urib, gunohga botgandur!
Men zambaraklardan bir yo‘la yigirmatadan o‘q, otilsin deb buyruq berdim,
xolos! – maqsad mayliga o‘xshamaydi (TM).
Gumon-taxmin mayli.
-r(ar): bilsa bilar, bilmaa xudo biladi.
-mikin:   YO   boshiga   tushgan   tashvish   bilan   bo‘lib,   shogirdini   chaqirgani
yodidan   ko‘tarildimikin?..   YO   uni   chaqirtirgani   hazratlarining   yodidan
ko‘tarildimikin?  YO  u  ham   Mirzo  Ulug‘bekning  fojiali  taqdirini   eshitib,  o‘ylanib
qoldimikin? (OYO) -dir/-dur:   Bu   borada   siz   hazratimning   qilgan   xizmatlari   shunday
ulug‘dirkim,   bunga   shak-shubha   yuqdir   ...   –   bu   misol   qiyos   uchun.   Balki   janob
undan   norozi   bo‘lgandir   yo   bil’aks,   bu   ikki   oyda   qilgan   yumushlaridan   hisob
so‘ramoq   maqsadidadir?   U   o‘z   qiblagohi   uchun   xun   olmoq   azmida   qilgandur   bu
ishni!   Xo‘sh,   qay   ko‘chada   yotgandur   oltinu   javohirlar?   –   bu   misol   qiyos   uchun.
Demakkim,   arshi   a’lo   hisoblanmish   osmoni   falakni   ummonga,   olloning
shamchiroqlarini   baliqlarga   o‘xshatmoqni   ham   o‘shal   betavfiq,   vohidi   zamon
o‘rgatgandur sizga? (OYO)
-mas:   Agar   mavlono   Muhiddin   Ali   Qushchiga   o‘xshab,   o‘z   so‘zi,   o‘z
e’tiqodida   qattiq   turganida   shahzoda   ehtimol   boyagidan   ham   darg‘azab   bo‘lar,
balki   uni   jallodga   topshirishdan   ham   toymas   edi.-   gumon   bu   erda   balki   siz
shakllanmaydi (OYO)
-ga   o‘xshaydi:   Go‘yo   dorussaltana   Samarqand   tahlika   ostida   qolganini
odamlargina   emas,   parranda   va   darrandalar   ham   sezganday,   na   qushlarning
sayrashi   eshitiladi,   na   qo‘y-qo‘zilarning   ma’rashi!   Hatto   itlar   ham   pana-panaga
kirib   ketganga   o‘xshaydi.   Filhaqiqat:   bu   so‘zda   bir   hikmat   borga   o‘xshaydikim,
kimki   u   donishi   jahonga   g‘animlik   qilsa,   holi   voy   bo‘ldi.(OYO).   —   Janoblar,
aftidan, keksa avlod osonlikcha taslim bo‘lmoqchi emasga o‘xshaydi. Keksa avlod
osonlikcha jon bermoqchi emasga o‘xshaydi!— dedi. (TM).
-sa   kerak:   U   ham   soqolini   tutamlab,   bir   nuqtaga   tikilib   o‘tirar,   o‘z   yurtini
eslab, o‘ksingan bo‘lsa kerak, so‘nik yuzida teran bir  mahzunlik aks  etardi. Tong
yaqin   bo‘lsa   kerak,   har   joy-har   joyda   xo‘rozlar   qichqirar,   itlar   hurar,   eshaklar
hangrardi. Bu safar hazrat huzurida mu’tabar bir zot bo‘lsa kerak, ichki va tashqi
hovlidagi   muridlar   oyoq   uchida   yurishar,   bir-birlarining   quloqlariga   shivirlashib
so‘zlashar, turnaqator bo‘lishib, oshxonadan ichkariga kumush barkashlarda ovqat
tashishar   edi...   (OYO).   Menimcha,   bolasi   bo‘lsa   kerak,   bag‘riga   bisib   yotibdi.   -
Endi...   Endi,   gap   bunday,   –   dedi   Botir   firqa.   –   Xabarlaringiz   bo‘lsa   kerak,   anavi
suv   bo‘yida   bir...   eskilik   sarqiti   bo‘lar   edi.   Ismi   sharifidan...   arab   shayxlaridan
bo‘lsa kerak (TM). -shi   mumkin:   Rost,   bir   oz   pul   yo   tilla   bo‘lsa   zarar   qolmas   edi,   lekin   tillani
yolg‘iz   shahzoda   in’om   etishi   mumkin.   SHahzoda   Mirzo   Ulug‘bekning   o‘limi
haqida gap tarqatishi  mumkin bo‘lgan Sayid Abbosdan qutulsam  ko‘nglim  taskin
topar,   degan   umidda   edi.(OYO.).   Inson   general   bo‘lishi   mumkin,   aksincha,   lider
bo‘lolmaydi. Inson ministr bo‘lishi mumkin, aksincha li der bo‘lolmaydi. (TM).
balki, shekilli, ehtimol, xudo biladi, kim biladi   so‘zlari ishtirok etadi.
Balki   janob   undan   norozi   bo‘lgandir   yo   bil’aks,   bu   ikki   oyda   qilgan
yumushlaridan hisob so‘ramoq maqsadidadir?   Ammo balki  hamma  vaqt  ham bun
ma’nni beravermaydi:   Agar mavlono Muhiddin Ali Qushchiga o‘xshab, o‘z so‘zi,
o‘z e’tiqodida qattiq turganida shahzoda ehtimol boyagidan ham darg‘azab bo‘lar,
balki   uni   jallodga   topshirishdan   ham   toymas   edi.   (OYO).   Balki   qo‘lidagi
bolasiyam...   o‘zlariga   qarashlidir,   o‘rtoq   rais?   —   Kim   biladi,   balkim   namoz
o‘qimoqni ixtiyor etgandir?
— Ukol... foydali bo‘ladi shekilli? (TM)
–Ehtimol   eshitgandursiz,   ustod.   Ehtimol   eshitgandursen,   Movarounnahr
osmonini   qora   bulutlar   qoplamoqda.   Bu   xazina   butkul   Movarounnahr,   ehtimolki
butkul   bashariyatning   boyligidur.   –   qiyos   uchun.   Ehtimolkim,   uni   tog‘larga   olib
chiqib   aniq   bir   joyga   yashirursen.   Hali   "Ajdar   g‘or"ga   yaqinlashganda   tuyalar
yurolmay qolsa ehtimol. (OYO).
+++
L.G.Barlas   «Russkiy   yaz ы k.   Stilistika»   kitobida   fe’l   turkumi   qo‘llanish
ko‘lamining   naqadar   kengligini   ko‘rsatish   maqsadida   ularning   uslublararo
taxminiy qo‘llanish chastotasini beradi va  ularning badiiy uslubda rasmiy uslubga
nisbatan   2,5   baravar,   ilmiy   uslubga   qaraganda   1,7   marta   ko‘p   qo‘llanishini
ta’kidlaydi. SHuningdek ommabop va so‘zlashuv uslubida ham fe’llardan samarali
foydalaniladi. 220.
+++
Ilmiy uslubda II shaxs birligi va ko‘pligi qo‘llanilmaydi. I shaxs birligi ham
qo‘llanilmaydi,   ko‘pligi   esa   qo‘llaniladi,   ammo   o‘z   ma’nosida   emas.   Nega   ilmiy
uslubda   men     o‘rnida   biz     qo‘llaniladi.   Buni   biz   odatda   kamtarlik   ma’nosida sharxlaymiz.   L.G.Barlas   esa   buni   muallif   sub’ektivliginidan   ko‘ra   ob’ektivligini
ko‘rsatishga xizmat qiladi, deb izohlaydi. Ayrim fe’l zamonlarining ilmiy uslubga
xoslanishini ham shu tarzda izohlaydi. 220. 
Rasmiy   matnlarda   esa   I   va   II   shaxs   shakllari   butunlay   uchramaydi.   Bu
matnlar uchun fe’lning noaniq (majhul nisbat) shakllari xos. 
Rasmiy   va   ilmiy   nutqlarda   fe’lning   hozirgi   zamon   shakllari,   badiiy   nutqda
esa   o‘tgan   zamon   shakllari   mahsuldor.   Ammo   ular   ham   o‘zaro   farqlanadi.   Ilmiy
uslubning   hozirgi   zamon   ko‘rsatkichlari   umumiy   ma’nosini   kasb   etsa,   rasmiy
uslubda bu ma’nolar aniq ko‘rsatiladi. (Kodekslardan misollar keltirish mumkin).
So‘zlashuv nutqida fe’l zamonlari shakllari teng proporsional. 220.
   Badiiy nutqda hozirgi zamon hikoya fe’li shakli keng qo‘llaniladi va ilgari
bo‘lib   o‘tgan   voqea   haqida   kitobxonda   go‘yo   hozir   bo‘lib   o‘tgandek   tasavvur
paydo   qiladi.   Badiiy   nutqdagi   xuddi   shakl   so‘zlashuv   nutqida   farq   qiladi   va
shuning   uchun   ular   qiyoslanishi   lozim.   CHunki   og‘zaki   nutqda   so‘zlovchining
bevosita ishtirok etishi nutq ottenkasiga ta’sir qiladi. Badiiy nutqda esa so‘zlovchi
yoki bayon etuvchi bilan voqea o‘rtasida jonli aloqa yo‘q.
Ommabop uslubda  muallif  «men»i   bevosita  ishtirok etadi,  bayon  juda aniq
beriladi.
Bayonning   hozirgi   zamon   shaklida   berilishining     badiiy   ifoda   uchun   ham
qulaylik   tomoni   bor.   Muallif:   ushbu   zamon   shakli   beradigan   emotsional-
ekspressivlikni   o‘tgan   zamon   shakli   bera   olmasligi   mumkin.221.   Hozirgi   zamon
shakli beradigan emotsionallik badiiy va so‘zlashuv uslublari uchun xarakterli.222.
Hozirgi zamon shakli kelasi zamonni ifodalashi ham mumkin.
So‘zlashuv nutqida o‘tgan zamon shakli kelasi zamonni ifodalashi mumkin:
Xo‘p, men ketdim   -  Xo‘p, men ketay  kabi. 
O‘tgan zamon shaklini qo‘llash limiy va rasmiy uslublarga xos.
O‘timli-o‘timlilik shakllari qo‘llanilishi ham funksional jihatdan farqlanadi.
+++
Rozental   D.E.:   ayrim   fe’llar   semantik   sabablarga   ko‘ra   I-II   shaxs   birlik   va
ko‘plik   qo‘llanilmaydi:   zanglamoq   kabi.   CHunki   bu   kabi   fe’llar   jonivorlarga, o‘simlik olamiga, tabiat hodisalariga nisbatan qo‘llaniladi. Bu kabi fe’llarning shu
shaxslarda  qo‘llanilishi   obrazlilik  talabi  bilan  (masalan   jonlantirish,  ritorik so‘roq
kabilar) amalga oshirilishi mumkin.
Ba’zi   fe’llarning   shaxs   doirasida   qo‘llanilishi   semantik   jihatdan
chegaralangan.  G‘alaba qilmoq. Nostrifikatsiya qilmoq, kompyuterlashtirmoq.
Qo‘llanilishi eskirgan fe’llar ham bo‘lishi mumkin.
Ayrim fe’llar bir zamon doirasida ikki xil ma’noni anglatishi mumkin.
Fe’lning   shaxs   ko‘rsatkichlari   o‘zaro   sinonimik   munosabatda   bo‘ladi.   Bu
o‘rinda aytiladigan gaplar xuddi olmoshlardagi singari bo‘lishi mumkin. Masalan:
ko‘plikning birlik o‘rnida qo‘llanilishi:   qayd qilamiz, ta’kidlaymiz    kabi. Ularning
ilmiy uslubga  xosligi;  2-shaxs  birligining 1-shaxs  birligi  o‘rnida qo‘llanilishi:   bir
jahon   og‘ushida   sezasan   o‘zingni   (Zulfiya);   3-shaxs   birligining   1-shaxs   birligi
o‘rnida   qo‘llanilishi:   O,   odam,   senga   gapirayapti,   qulog‘ingga   tom   bitganmi!;   3-
shaxs   birligining   2-shaxs   birligi   o‘rnida   qo‘llanilishi:   yana   uning   baqrayib
turishini   qara!   kabi;   1-shaxs   ko‘pligining   2-shaxs   ko‘pligi   o‘rnida   qo‘llanilishi:
mana   biz   qanday   odamlarmiz!     2-shaxs   birligining   2-shaxs   ko‘pligi   o‘rnida
qo‘llanilishi:  Ikki qator bo‘lib saflan!;   3-shaxs ko‘pligining 3-shaxs birligi o‘rnida
qo‘llanilishi:  nozik ko‘ngillari yana nimani xohlaydilar, a! 
Bu   sinonimik   munosabatlar   zamon   ko‘rsatkichlari   o‘rtasida   ham   sodir
bo‘ladi: hozirgi z.ning o‘tgan z. o‘rnida: (taxminan)  borayapti, kelayapti    kabi. Bu
(badiiy)   bayon   uchun   eng   qulay   usul;   hozirgi   z.ning   kelasi   z.   o‘rnida:   bugun
kechasi   pozedda   ketayapman,   ertaga   ertalab   samolyotda   uchayapman     kabi;
o‘tgan   z.shaklining   kelasi   z.ma’nosida   qo‘llanishi:   men   ishga   ketdim,   sen   esa
bolani   bog‘chaga   olib   borib,   keyin   ishga   o‘tasan;     kelasi   z.shakli   hozirgi
z.ma’nosida:   mass.,   it   huradi,   karvon   o‘tadi;   kelasi   z.shakli   o‘tgan   z.ma’nosida:
ketayapman,   ketayapman,   yo‘lning   hech   oxiri   ko‘rinmaydi.   Fe’l   infenetiv
shaklining zamonlar bilan sinonimik munosabatini ham tahlil qilish lozim.
Fe’l   mayllaridagi   sinonimiya.   Fe’l   mayllaridagi   ma’no   yaqinligi   ularning
sinonimiyasiga  asos   bo‘ladi.  Buyruq-istak  maylining  boshqa  fe’l   mayllari   o‘rnida
qo‘llanishi. Bu esa istak, majbur bo‘lish, zarurat kabi turli xil ottenkalarni keltirib chiqaradi. Buyruq-istak maylining o‘z doirasida ham turli xil ekspressiv ottenkalar
yuzaga   kelishi   mumkin.   Qat’iyat   o‘timli-o‘timsiz   o‘rtasida   ham   farqlanadi:
bajaringlar,  bajar.   (ushbu  misoldagi  – lar     qat’iyatning  yumshashiga   ta’sir   qilishi
mumkinmi. CHunki ko‘plikni  –ing  ado etmoqda, uni yana ta’kidlashga hojat yo‘q.
U tufayli ohang ham o‘zgarishi mumkin. Xuddi shuningdek, unga qo‘shilgan  –chi
yuklamasi   ham   ohangga   ta’sir   qiladi,   buyruqni   yumshatadi.   –gin   ham   alohida
ottenkalarni   keltirib   chiqaradi.   SHu   holatlar   tahlil   etilishi   lozim.   ( YUringlar-
yuraylik  kabi holatlarni ham solishtirib ko‘rish mumkin). 
-ma     qo‘shimchasi   harakatni   bajarmaslikka   da’vat   etish   bilan   birgalikda
ogohlantirishi, ehtiyotkorlikka chaqirishi ham mumkin.
Buyruq-istak   mayli   ijro   mayli   ma’nosida:   kun   bo‘yi   dalada   ishlaysan,
kechqurun charchab uyingga kelasan, uyda esa seni kutib oladigan odam yo‘q.
Fe’lning   o‘timli-o‘timsizlik   shakllari   o‘rtasida   ham   sinonimiya   mavjud.
Ammo   fe’llarning   bu   shakllarda   berilishi   ma’no   ottenkalariga   ko‘ra   farqlandi.
Funksional jihatdan ham farqlanishi mumkin.
Fe’llarda   juftliklar   bo‘lishi   mumkin:   sl ы shal-sl ы xal     kabi.   Ular   ham
funksional jihatdan farqlanadi.
Infinitiv   ko‘rsatkichlari   –moq     va   –(i)sh     o‘rtasidagi   sinonimik   munosabat
ham qiziqarli material beradi.
O‘timli va o‘timsiz fe’llar o‘rtasida ham sinonimiya mavjud.
Ravishdoshlarda ham sinonimiya bor.
+++
Bondaletov V.D. i dr.  Stilistika russkogo yaz ы ka. 
– M.: Prosve щ enie, 1989. -223 s.
Fe’l  turkumida shakllarning sinonimik munosabati  taraqqiy etganligi  ushbu
so‘z turkumining stilistik resurslari ko‘p ekanligidan dalolat beradi. Undagi barcha
kategoriyalar deyarli o‘z variantlariga ega. Avval   ham   bir   o‘rinda   aytilgan   edi.   Ayrim   fe’l   shakllarining   funksional
xoslinishi u bilan birgalikda klgan boshqa elementlarga, masalan, ko‘makchilarga
ham bog‘liq bo‘ladi.
«Bogatstvo   stilisticheskix   resursov   glagola   sozdaetsya   ne   tolko   i   ne   stolko
nalichiem   variantn ы x   form,   skolko   ix   mnogoznachnostyu,   vozmojnostyu
perenosnogo   upotrebleniya:   kategoriya   odnogo   nakloneniya   mojet   upotreblyatsya
v znachenii drugogo, odnogo vremeni – v znachenii drugogo i t.p.». 112.
Fe’l   mayllarining   ko‘pma’noliligi   va   sinonimiyasi.   Masalan,   buyruq
mayldagi   ottenkalar   qat’iy   buyruqdan   iltimosgacha   bo‘lgan   oraliqda   bo‘ladi.
(SHuni   darajalanish   deb   qarash   mumkinmi).   Ohang   esa   unga   qo‘shimcha
ekspressivlik   va   emotsionallik   bag‘ishlaydi.   Emotsional-ekspresivlik   darajasi   bu
fe’llarning o‘timli-o‘timsizligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan o‘timlilik qat’iyatni
ifoda   etadi,   shuning   uchun   rasmiy   uslub   uchun   xos   bo‘ladi.   Boshqa   uslubda   bu
tarzdagi   qat’iyatni   ifoda   eta   olmasligi   mumkin.   Rasmiy   va   badiiy   uslubdan
misollar   solishtiriladi.   O‘timsiz   fe’l   esa   qat’iyat,   buyruqdan   ko‘ra   iltimos   va
maslahat ottenkalarini beradi. (Inkor onstruksiyalar).
Buyruq-istak   maylining   o‘timsiz   shaklidagi   keng   semantik   imkoniyatlar
ularning barcha uslublarda baravar qo‘llanilishini taqozo qiladi.
Uyga   berib   hammamiz   biroz   dam   olamiz ,   keyin   dars   tayyorlaymiz ,   dedi
o‘qituvchi. Hamma uyga borib biroz   dam oladi,   keyin   dars tayyorlaydi.   (Mayl va
shaxs   jihatdan   tahlil   qilish   uchun).   Buyruq   maylidagi   so‘z   harbiylarning   tilida
uchraydigan   turli   xil   komandalarda   me’yor   sanalsa,   oddiy   muloqot   jarayonida
qo‘pollikday tuyuladi.
Zamon shakllarining ko‘pma’noliligi va sinonimiyasi. Hozirgi z.shakli ilmiy
va ommabop uslublarda etakchilik qiladi. «Pri etom v nauchnoy rechi nastoya щ ee
vremya,   kak   pravilo,   oboznachaet   deystvie,   ne   svyazann ы e  s   momentom   rechi,  a
prisu щ e predmetu postoyanno» .114.
Hozirgi   z.   shaklining   o‘tgan   va   kelasi   zamon   ma’nolarini   berishi   stilistik
jihatdan   ahamiyatlidir.   Bular   so‘zlashuv,   badiiy   va   ommabop   uslublarga   xos.   Bu
ham   ma’lum   stilistik   maqsadlar   bilan   bog‘liq.   Masalan,   voqeani   hozir bo‘layotganday   qilib,   ishonarli   tarzda,   jonlantirib   hikoya   qilish,   muhimligini
ta’kidlash   maqsadida   va   boshqa   intilishlar.   Ba’zan   ikki   zamon   shakli
uyg‘unlshtiriladi.
Hozirgi   z.shalini   kelasi   z.ma’nosida   qo‘llashda   ham   ma’lum   ishora   bor.
Voqeaning sodir bo‘lishiga ishonch qat’iy bo‘lgandagina shunday qilinadi.
Badiiy nutqda o‘tgan z.fe’lining chastotasi balanddir.
Sinonim: hozirgi va o‘tgan z.= kelasi z.; kelasi z.ning hozirgi zamon o‘rnida
kelishi   katta   emotsional-ekspressiv   ottenka   beradi:   O‘z   onasini,   vatanini   kim
sevmaydi!   ;   kelasi   z.ning   o‘tgan   z.   ma’nosini   berishi:   titrayman   hamohanglarni
jimgina  (A.Oripov).
Fe’lning shaxs va son shakllaridagi ko‘pma’nolilik va sinonimiya.
1-shaxs birlik manosini o‘zining asosiy vazifasidan tashqari 1-shaxs ko‘plik
shakli (Ilmiy uslubda:  fikrimizni isbotlashga urinib ko‘ramiz ), 2-shaxs birlik shakli
( bir jahon og‘ushida sezasan o‘zingni ), 3-shaxs birlik shakli ( Senga joyingdan tur
deyapti ).
Sifatdosh   va   ravishdoshlar   asosan   kitobiy   uslublarda   –   rasmiy,   ilmiy   va
ommabop   uslublarda   qo‘llaniladi.   Ular   uslublararo   quyidagicha   taqsimlanadi:
ktiobiy uslublarda – kitobiy va neytarllari; og‘zaki uslubda – neytral, ozg‘aki, jonli
tilga xos. «Obilie prichastiy v knijn ы x stilyax vo mnogom obuslovleno emkostyu
znacheniya   ix   form ы :   sovme щ aya   znachenie   priznaka   i   deystviya,   prichastiya
dayut   vozmojnost   opredelit   predmet   cherez   deystvie,   nazvat   deystvie   bez
ukazaniya   na   konkretnoe   vremya   i   litso.   Obob щ enno-otvlechenn ы e   znacheniya
grammaticheskix   form   (deystviteln ы e   i   stradateln ы e,   poln ы e   i   kratkie,
nastoya щ ego i proshedshego vremeni) sposobstvuet aktivizatsii ix v sovremennoy
knijnoy   rechi».117.   «CHastotnost   deeprichastiy   v   knijnoy   rechi   vo   mnogom
obuslovlena   spetsifikoy   ix   form,   pozvolyayu щ ix   oboznachit   ne   glavnoe,   a
vtorostepennoe   deystvie,   pokazat   posledovatelnost   soveresheniya   neskolkix
deystiviy,   peredat   odnovremenno   znachenie   i   deystviya,   i   obstoyatelstva,
oboznachit deystvie bez ukazaniya na konkternoe vremya i litso. Takie kachestva deeprichastiy sposbstvuyut aktivizatsii etoy form ы   v nauchnoy, ofitsialno-delovoy
i xudojestvennoy rechi».117.
Sifatdoshlar   va   ravishdoshlarning   variantlari   ularning   eskirgan   shakllari   va
hozirgilari o‘rtasida yuzaga kelgan.
+++
M.Sodiqovaga qaytamiz.
Fe’l   zamonlari.   Ilmiy   adabiyotlarda   fe’l   zamonlari   uchta   ekanligi
ko‘rsatiladi. Bu borada olimlarning qarashlarida ziddiyat yo‘q. Ammo ularning har
birining   ichki   bo‘linishlariga   bo‘lgan   munosabatda   turli   xilliklar,   bir-biriga
qarama-qarshi bo‘lgan fikrlar uchraydi. Ammo o‘zbek tilshunosligida 40-yillardan
hozirgacha  davom  etib kelayotgan bu munozaralarga munosabat  bildirish  bizning
vazifamizga   kirmaydi.   CHunki   stilistikani   ushbu   uch   zamon   –   o‘tgan,   hozirgi   va
kelasi   zamon   o‘rtasidagi   o‘zaro   ko‘chishlar   va   bu   ko‘chish   jarayonida   yuzaga
keladigan   emotsional-ekspressiv   ottenkalar,   zamonlarning   grammatik
ko‘rsatkichlari  o‘rtasida  sodir  bo‘ladigan sinonimik munosabatlar  hamda ularning
uslublararo funksional xoslanishlari qiziqtiradi. SHuning uchun ham fe’lga daxldor
bo‘lgan til faktlarini ana shu nuqtai nazardan tahlil qilamiz.
M.Sodiqova «Fe’l stilistikasi» asarida fe’l zamonlarining o‘zaro almashinib
qo‘llanishiga   nisbatan   «garchi   mantiqqa   zid   bo‘lsa-da»,   degan   jumlani   ishlatadi
(25). Ammo bu almashinib qo‘llanishda mantiqqa zidlikni, til nuqtai nazardan olib
qaraganda me’yorning buzilishini kuzatmaymiz. Ma’lum bir fe’l shakli ma’lum bir
matnda   o‘zi   anglatishi   lozim   bo‘lgan   asosiy   zamon   doirasidan   tashqariga   chiqib,
boshqa   zamon   ma’nosini   ham   anglatishga   qodir   bo‘lgan   ekan,   demak   bu   ikki
hodisadan dalolat beradi: ikkinchi ma’no fe’lning zamonni ko‘rsatish tabiatida yo
avvaldan   bo‘lib,   keyinchalik   yo‘qolgan   va   yana   qayta   tiklangan,   yoki   uning
zamonni   anglatishi   siljish   ro‘y   berib,   imkonyati   kengaygan.   Hozirgi   tilimizda
uning   o‘zining   asosiy   zamonni   ko‘rsatish   ma’nosidan   tashqari   ikkinchi   zamon
ma’nosini ham bildirishi til taraqqiyoti, uning stilistik imkoniyatlarining yana ham
kengaya borayotganidan dalolat deb tushunamiz. Negaki,  ertaga Sochiga uchaman
– ertaga Sochiga uchayapman     deyilganda nafaqat zamonda farqlar, balki ifodada ham   stilistik   nozikliklar   mavjud.   Fe’lning   hozirgi   zamon   shaklida   berilishi   aynan
ana shu ma’no nozikligi bilan bog‘liq, ya’ni  uchaman   deganda fikr o‘ziga nisbatan
qat’iy   hukm   tarzida   aytilayotgan  bo‘lsa,   uchayapman     bu   qat’iyat   va   hukm   yo‘q.
Unda   so‘zlovchining   adresatga   o‘zi   amalga   oshirishi   lozim   bo‘lgan   harakati
to‘g‘risida xabar ma’nosi bor, xolos.
YOki   bo‘lmasin,   Ahmad   zavodda   ishlaydi     degan   gapda   fe’lning   kelasi
zamon shaklida berilishini olib qaraylik.  O‘tgan zamonda  Ahmad zavoda ishlagan
deydigan   bo‘lsak,   uning   harakati   hozirda   to‘xtagan   va   kelasida   ham   davom
etmasligi   aniq   bo‘ladi.   Hozirgi   zamon   shaklini   qo‘llab,   Ahmad   zavoda
ishlamoqda/yotir/yapti     deydigan   bo‘lsak,   aniq   bir   payt,   ya’ni   hozir   nazarda
tutiladi.   Gapdan   uning   avval   ishlagan,   ishlamganligi   ma’lum   bo‘lmasdan
qolmoqda.   Gapda   fe’lning   kelasi   zamon   shaklida   berilishida   harakatning   har   uch
zamonda   davomlilik   ottenkasi   mavjud   vash   u   ma’noda   so‘zlovchining   bayondan
ko‘zda   tutilgan   muddaosiga   mos   kelishi   mumkin.   Bundan   tashqari   matnni,   ya’ni
nutqiy   vaziyatni   ham   e’tibordan   chetda   qoldirib   bo‘lmaydi.   SHu   ma’noda   bir
zamon o‘rnida ikkinchisining keltirilishida ham muayyan stilistik maqsad nazarda
tutilganligi haqida xulosa chiqarish noto‘g‘ri bo‘lmaydi. 
O‘tgan   zamon   ma’nosining   kelasi   zamon   shaklida   berilishi   ma’lum   uslub
bilan   bog‘liq.   Bo‘lib   o‘tgan   voqea-hodisalarni   hikoya   qilish   tarzi   kelasi   zamon
shaklini   ishlatishga   yo‘l   qo‘yadi.   SHuning   uchun   ham   badiiyat   bilan   bog‘liq
janrlarda,   masalan,   xalq   og‘zaki   ijodining   ertak   janrida,   hikoyachilik   va
romanchilikda kelasi shaklidan foydalanish xos xususiyat sanaladi. Ushbu zamonni
qo‘llashning   stilistik   ahamiyati   shundaki,   u   bo‘lib   o‘tgan   voqea-hodisani   haqida
aniq ma’lumot berishdan ko‘ra, bu hikoya jonli usulda, go‘yo hikoya qiluvchi ham
shu jarayonning faol ishtirokchisi sifatida beriladi.
Fe’lning   bu   shaklini   kuchaytiruvchi   vositalar   ham   gapda   ishtirok   etishi
mumkin.   Goh-goh,   bir   kabi   so‘zlar,   takror   usulini   M.Sodiqova   ana   shunday
vositalar deb hisoblaydi. (25).
SHu vazifani hozirgi zamon shakllari bajarishi ham mumkin. Tilda shunday birliklar mavjudki, ularning zamon ko‘rsatkichlari ma’nolarni
farqlash   nuqtai   nazaridan   ahamiyatli   bo‘lmaydi.   Frazeologik   birliklar,   maqollarni
ana shunday sintaktik qurilmalar qatoriga kiritish mumkin. CHunki ular mazmunan
barchaga qaratilgan bo‘ladi.
M.Sodiqova   edi     to‘liqsiz   fe’li   haqida   quyidagilarni   yozgan:   « edi     to‘liqsiz
fe’li turli xil formalarga qo‘shilib, sub’ektning ob’ektga, ob’ektiv borliqqa bo‘lgan
munosabatini,   psixologik   holatini,   ekspressivlik   ma’nolarini   ifodalaydi,   bunda
zamon ma’nosi ko‘pincha umumlik holatida bo‘ladi».26.
YUklama   uchun.   Sodiqova   M.:   «Bu   forma   yuklama   (oxirida   keladi)   yoki
kelishik   qo‘shimchalari   (birinchi   komponentga   qo‘shiladi)   olgan   holda   qo‘llanib,
ekspressiv holat – kutilmaganlik ma’nolarini bera oladi:   U bedaning orasini   ocha
boshlagan   edi-ki ,   to‘satdan   ovoz   eshitildi   (O.YOqubov).   –Sizdaqa…   jonon
qizlardan   bir   nechtasini   bizning   konservatoriyamizga   olib   borib   qo‘yishganda
edi … - dedi yigit  («SHarq yulduzi») va b.». 27.
« -mi   edi.   Bu   yuklama   bilan   kelgan   so‘zlar   turli-tuman   formalarga   ega
bo‘lishi   mumkin:   -armi+edi,   -sami+edi,   -ibmi+edi   (boruvmidi   –   toshk.shev. ),   -
sinmi+edi, -moqchimi+edi, -ganmi+edi; kerakmi edi, bormi edi, yoo‘qmi edi  va b.
Kontekstga qarab, bu formalar oddiy so‘roq, ritorik so‘roq ma’nolarini, ekspressiv-
emotsionallik,   achinish,   afsuslanish   kabi   modallik   ma’nolarini   ifodalab   kelishi
mumkin.   Bu   formalardagi   zamon   ma’nosi,   ko‘pincha,   abstrakt   bo‘ladi.   Bu
yuklama   unli   bilan   tugagani   uchun   edi   to‘liqsiz   fe’li   –di     shaklini   oladi,   o‘zidan
oldingi   so‘zga   qo‘shib   aytiladi   ( -i+e→i ).   Orfografiyada   ham   shu   hol   saqlangan.
Bundan tashqari, - mi   yuklamasi  edi (-di)  bilan o‘rin almashinish xususiyatiga ega:
ko‘rganmidi? Ko‘rgan edimi?   kabi.
Ekspressiv-emotsionallik   holatlarini   berishda   forma   ketiga   –ya   yuklamasi
qo‘shilib, qo‘llanishi ham mumkin:  aytmasa bo‘lmasmidi-ya?!
-ar+mi+edi.   Bu formada   –mi    yuklamasi ritorik so‘roq ma’nosini beradi va
gapda   bo‘lishsizlik   va   ekspressivlik   ma’nolari,   modal   munosabat   ma’nosi
anglashiladi:  -Hazil emas, chin. Senga yolg‘on gapirarmidim?  (A.Ibrohimov)».28.
+++ -(i)bilan edi = -gan+edi   sinonimiya.
+++
Fikr:   Mayl   ko‘rsatkichlarining   o‘z   ma’nolaridan   tashqari   qo‘shimcha
ottenkalarni   anglatishi   mikroqurshovga   bog‘liq   bo‘ladi.   Masalan,   shart   mayli
ko‘rsatkichi  –sa  va buyruq mayli ko‘rsatkichi  –sin  ning ishtirokida matnda turli xil
emotsional-ekspressiv ottenkalarning yuzaga kelishi ular bilan birga keladigan   edi
to‘liqsiz fe’liga bog‘liq bo‘ladi.
+++
Sodda   fe’llarda   ma’no   aniq,   analitik   fe’llarda   esa   ko‘pincha   mavhum
bo‘ladi.   Bu   esa   analitik   fe’llarning   ma’no   anglatish   imkoniyatlari   kengligidan
dalolat beradi.
+++
SHaxs-son   shakllari.   M.Sodiqova   shaxs-son   shakllarini   murakkab   hodisa
sifatida   izohlaydi   va   buni   ularning   bir   necha   grammatik   vazifalarda   kelishi   bilan
izohlaydi.   Mas.,   oldim     so‘zidagi   –da     va   –m     ko‘rsatkichlari   zamon,   mayl   va
shaxs-son   kabi   grammatik   ma’nolarni   anglatib   kelayotganini   aytib,   «Keyingi
yaratiladigan   ishlarda   har   xillikka   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun   til   sistemasining
mustahkam   grammatik   qolipini   yaratish   va   uni   qoidalashtirish,   til   faktlarini
grammatik   jihatdan   analiz   qilish   protsessida   stilistik   hodisalarni   ayrim   qarash,
anormal – normaga zid holatlarni aralashtirib yubormalik, ularni alohida – stilistik
planda o‘rganish kerak deb o‘ylaymiz». 30.
Nutqda   haqiqatdan   ham   zamon   shakllarini   o‘rin   almashtirib   qo‘llash
hodisasi   uchraydi.   Ammo   unga   adabiy   til   me’yori   nuqtai   nazaridan   munosabat
bildirish   zarur.   M.Sodiqova:   «adabiy   til   normalariga   muvofiq   ishlatish   (normativ
holat) va stilistik maqsadda – stilistik talab bilan ishlatish (stilistik holat)». 30.
Fikr:  shaxs-son ma’nolarini  gapda ot va olmoshlar ham  ifoda etadi. Ammo
asosiy   ma’noni   fe’l   ko‘rsatkichi   shakllantiradi.   Ega   vazifasidagi   so‘zlar   esa   bu
ma’noni   kuchaytiruvchi   vosita   bo‘lib   xizmat   qiladi,   xolos.   Demak,   e’tibor   fe’l
ko‘rsatkichlariga qaratilishi lozim. Onang urgilsin, akasi jonidan, o‘lsang armonda ketasan, ko‘rib-bilib chidab
o‘tiraverasan;   ketaverasan,   yo‘lning   oxiri   ko‘rinmaydi;   shu   ishni   uddalay
olmasang,   yigit   bo‘lib   nima   qilib   yuribsan,   rostini   aytganda   (aytsam),   to‘g‘risini
aytganda   (aytsam)     kabi   holatlar.   Odam,   kishi,   kamina,   faqir,   kim     so‘zlarining
ishtiroki.
M.Sodiqova:  fe’llar  ko‘makchilar, kirish bo‘laklar vazifasida keladi:   bordi-
yu,   boring-ki     kabi.   Ushbu   holatlar   ham   stilistik   jihatdan   e’tiborga   molik.   Uni
qarang, qarang-a   kabi holatlardagi turg‘unlik ham.
M.Sodiqova:  « Seni  qara:  sen  o‘zingni  (o‘zingga)  qara;   keyin formalarning
semantik reduksiyasi, ko‘chish, kontominatsiya kabi hodisalarning ta’siri bilan bu
turg‘un ibora hosil bo‘lgan». 34.
Fe’l   nisbatlari.   Fe’l   nisbatlari   va   fe’l   darajalari   ilmiy   adabiyotlarda   bir   xil
ma’noda   qo‘llaniladi.   FNlari   quyidagicha   guruhlanadi:   bosh,   o‘zlik,   orttirma,
birgalik, majhullik nisbatlari.
Bosh   nisbat   –   harakat   grammatik   sub’ekt   tomonidan   bajariladi   va   bunda
mantiqiy   va   grammatik   kategoriyalar   bir-biriga   mos   kelgan   bo‘ladi:   keldim,
kelding, keldi.
O‘zlik nisbat – harakat bajarauvchisi ham, harakat ob’ekti ham bir xil shaxs
yoki predmet bo‘ladi:   yuvindi, kiyindi, tarandi.   Bunda:   -n(-in).   Qiyos:   almashibdi
–   almashtirilibdi   –   almashinibdi.   MSdan:   Bilasizmi,   -   dedi   Nosirov   kuyunib ,   …
kolxoz sekretari besh marta  almashinibdi   (A.Qahhor). 37.
Analitik usul ham mavjud:  o‘zini o‘zi.  
Orttirma   nisbat   –   bajartiruvchi-bajaruvchi   munosabatini   aks   ettiradi:
yig‘latdi, kuldirdi.  Bunda:  dir, -tir.  Bularga  – kaz   sinonim bo‘lishi mumkin. Farqlar
ochilishi lozim.
Olaytirdi, chaqchaytirdi   dagi  –dir   orttirma daraja emas.
-t = -dir/-tir   sinonimiya:  to‘lat, to‘ldir.
-kaz= -dir/-tir  sinonimiya: bitkaz, bitir, yurgiz-yurdir.
M.Sodiqova:  -kaz, -giz (-g‘iz), -qiz –  jonli so‘zlashuv tiliga xos. 42.
-r (o‘tkar)   eski o‘zbek tiliga xos. 42. Majhul nisbat – 
- il/-in.   Uslubiy   xoslanish   mavjud.   Rasmiy,   faromnlar,   buyruqlar.   SHuning
uchun «tomonidan» kabi ko‘makchilar bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Birgalik nisbat – 
gapirishdi   –   gaplashdi,   yoqalashgan   –   yoqalatishgan,   xayrlashdi   –
xayrlashishdi; yuvishishdi, tozalashishdi, tashishdi, ko‘malashdi.
-sh: tog‘amlar kelishdi = hurmat ma’nosi.
asabiylashdi =  birgalik emas.
shosh = shoshir = shoshtir = shoshiltir.
tiktirdi = tiktirtirdi; bostirdi = bostirtirdi.
Birgalik va majhullik yonma-yon yuradi.
almashdi   =     almashildi   =   almashindi   =   almashtirdi   =   almashtirildi   =
almashtirishdi.
+++
Fe’lning   bo‘lishsizlikni   ifoda   etuvchi   maxsus   grammatik   shakli   mavjud
bo‘lib,   u   –ma   dir.   Ammo   bu   ma’noni   ifoda   etishning   boshqa   vositalari   ham
mavjud:   -may,   mas+edi   kabi.   Bu   esa   ana   shu   vositalar   o‘rtasidagi   funksional
chegaralanishlarni, sinonimik munosabatlarni aniqlash va ular keltirib chiqaradigan
stilistik ottenkalarni farqlash imkonini beradi.
M.Sodiqova:   -ma     orqali   ovutish,   achinib   gapirish,   jon   kuydirish,   nasihat,
homiya,   muhofaza   qilish,   uqdirish,   ogohlantirish,   qat’iy   tartibga   chaqirish,   man’
etish, istak, iltimos, iltijo, so‘rash, ta’kid kabi modal ma’nolar ifoda etiladi. 49.
M.Sodiqova: kesimni bo‘lishsiz shaklda qo‘llash jonli nutqqa xos. 56. 
Sinonimiya:   -may=-masdan:   qo‘rqmay-qo‘rqmasdan;   –mas=-maydigan:
gapirmas-gapirmaydigan;   -magan/-gan   emas;   -maydi/maydigan=-adigan/ydigan
emas: kulmaydi-kuladigan emas   kabi.   (M.S.: jonli so‘zlashuvda qo‘llaniladi). Ular
alohida   emas,   balki   ko‘makchi   fe’llar   bilan   birgalikda   qo‘llaniladi.   Sinonimik
munosabatda   ikkichi   holat   birinchi   holat   anglatadigan   barcha   ma’nolarni   qamrab
ololmaydi:   hali-veri  bormaydi  - hali-veri  boradigan emas;  maktabga bormaydi  –
maktabga boradigan emas. Ko‘rmaganman- ko‘rgan emasman, qo‘rqmaganman – qo‘rqqan emasman.
Sinonimiya:  borgani yo‘q- bormagan.
Sinonimiya:   kelasanmi  – kelmaysanmi.   Ular o‘rtasida, ya’ni  bo‘lishililik va
bo‘lishsizlik o‘rtasida tenglik paydo bo‘ladi., lekin stilistik noziklik mavjud.
Mana bu narsa muhim:  bolasi tushmagur, yigit o‘lmagur, qurib ketmagur.
+++
Na.   Na   kuldi,   na   qatra   to‘kdi   yoshini   –   kulmadi,   ko‘z   yoshi   to‘kmadi.
Infenetiv   shakl   va   ekspressivlik   ottkenkasi.   Na   kitob   bor,   na   daftar   –   kitob   ham
yo‘q, daftar ham.   SHu o‘rinda  na   va  ham   sinonimiyami?
M.S.   ham   ham   bo‘lishsizlik   ko‘rsatkichlarining   semantik   ottenkalari   va
stilistik qo‘llanish xususiyatlari keng ekanligi haqida fikr yuritgan. 48.
Tildagi   bo‘lishli-bo‘lishsizlik   oppozitsiyasida   bo‘lishsizlik   ma’nosini   ifoda
etuvchi   grammatik   shakllarning   nafaqat   o‘z   ma’nolari   doirasida,   balki
bo‘lishlilikni,   tasdiqni   ifoda   etishda   ham   ishtirok   qilishi   uning   stilistik
imkoniyatlari  keng  ekanligidan   dalolat   beradi.   Mas.,   aytmay  qo‘ymadi,  gapirmay
qo‘ymadi,   emay   qo‘ymadi,   olmay   qo‘ymadi   kabi   qo‘shma   fe’llar   tarkibida   –ma
ning takrorlanishi bo‘lishlilik ma’nosini keltirib chiqaradi.
+++
M.Sodiqova:   «Bo‘lishsizlik   ma’nosi   ba’zan   bo‘lishsizlik   formalari
qo‘llanmagan   taqdirda   ham   ifodalanadi:   intonatsiya   ta’sirida,   turli   yuklamalar
vositasida   bo‘lishli   formadagi   gaplar   ham   bo‘lishsiz   ma’nolarni   bera   oldai.   Bular
ko‘proq   ekspressivlik,   modallik   ma’nolarini   bo‘rttiradi,   ta’sirchanlikni   oshiradi».
Qani endi nap uqdirib bo‘lsa  (A.Qahhor). 57
M.S.:   xudo   biladi,   ollo   biladi,   balki,   ehtimol     kabilar   esa   kuchaytiruvchi
vositalar.
Kim   biladi   -   bilmayman,   kim   bilsin   -   bilmayman,   qayoqdan   bilay   –
bilmayman.   Bular   safini   kengaytirish   mumkin.   Ammo   ularning   stilistik   qiymati
(muvozanati) bir xil emas. Birinchi qismida kuchli. Mas., kinoya ottenkasi bo‘lishi
mumkin. M.Sodiqova:   «Bo‘lishsizlik,   zidlash   kabi   mazmunlarni   berishda   aktiv
qo‘llaniladigan   bo‘lmasa,   bo‘lmasin,   bo‘lmasa-chi,   qaramay,   qaramasdan     kabi
bir qancha bo‘lishsiz «fe’l ko‘makchilar» bor». 59.
Madaniy muomala:  aytolmaysizmi, berib turolmaysizmi   kabi.
Kim senga aytdi yomon deb – yomon emas.
Yo‘q emas – bor, nolimagan odam yo‘q – hamma noliydi.
Gapirib bo‘pti- gapirolmaydi. Gapirib ko‘rsin-chi – gapirolmaydi – tahdid.
Uylanganini ko‘ray – uylanmaydi, uylana olmaydi.
M.S.:  akkilamay o‘l, gapirmay o‘l – gapirganing uchun o‘l   ma’nosi. 88.
Fe’llarning   semantik-stilistik   xususiyatlari.   M.Sodiqova   fe’llarni   uch
guruhga ajratib tahlil etgan: harakat fe’llari, holat fe’llari, munosabat fe’llari.
Harakat fe’llari.  Muallif  yurmoq   fe’lini tahlil qilgan. « yurmoq » - bu yolg‘iz
holda qo‘llanilganda yurish harakatidagi barcha usullarni, undagi maneralarni ocha
olmaydi.   Buning   uchun   tilda   leksik   vositalar   (ravishlarni   qo‘llash),   morfologik
vositalar   (ravishdoshlar,   ko‘makchi   fe’llarni   qo‘llash),   sintaktik-stilistik   usullar
(tasviriy yo‘llar bilan berish) ishga solinadi».63. «YUrish usullaridagi turliliklarni,
ma’no   nozikliklarini   ifodalashga   xizmat   etuvchi   ko‘makchi   fe’llarning   o‘zi   ham
ayni   vaqtda   mustaqil   fe’l   vazifasida   kelib,   «yurmoq»   fe’liga   sinonimik   variant
bo‘la   oladi».   63.   yo‘rg‘alab   yurmoq   –   yo‘rg‘alamoq.   Mana   shu   misol   asosida
tahlilni kengaytirish mumkin.
fe’l-so‘z   o‘rtasidagi   sinonimik   munosabatni   leksik   stilistika   bo‘limiga
qoldirib,   fe’l   stilistikasi   qismida   fe’lga   daxldor   bo‘lgan   morfologik   ko‘rsatkichlar
sinonimiyasi   o‘rganilishi   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Ammo   funksional
taqsimlanish masalasida fe’l-so‘zlarga ham murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Ekspressiv   ma’noning   ifoda   etilishida   fel   asosiy   vazifani   o‘z   zimmasiga
oladi. Ayni paytda, bu ma’noning yuzaga chiqishida olmosh, yuklama, ko‘makchi
kabi lingvistik vositalar kompleksi ham faol ishtirok etadi.
  Holat   ifodalovchi   fe’llar.   Holat   fe’llari   turg‘un   birikmalarning   tarkibiy
qismi hisoblanadi. Munosabat   fe’llari.   Sodda   fe’llar   bilan   ko‘makchili   fe’llar   o‘rtasida
sinonimiya  kuzatiladi. Ammo  ularning  ekspressivlik  xususiyati   bir   xil  emas.   Beti
qursin – qurib ketsin, o‘lsin-o‘lib ketsin, o‘ldim- o‘lib bo‘ldim, o‘lib yuribdi, o‘lib
qoldi (ikkinchi ma’nosida – ichi kuydi  ma’nosida ).  
Fe’lning   semantik   strukturasi.   Fe’l   struktural   jihatdan   bir,   ikki   yoki   undan
ortiq   so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. Bir ma’no atrofida birlashadigan mana shu
struktural farqlar o‘rtasida sinonimik munosabat bo‘lishi mumkin.
MS.:   M.Peshkovskiydan:   «fe’l   -   gapning   joni»,   «so‘z   turkumlarini   fazoda
harakat qilib yurgan planetalar deb farza qilsak, fe’l ularning quyoshidir». 96.
Harakat   ma’nosi   bir   fe’l   shakli   va   ko‘makchi   fe’llar   yohramida   ham
ifodalanishi mumkin.
Ko‘makchi   fe’llar   tarkibidagi   yordamchi   fe’l   harakat   ma’nosini   ifoda
etmaydi,   ammo   ular   qo‘shimcha   ma’no   ifolashaga   xizmat   qiladi.   Bu   ma’nolar
grammatik yoki stilistik ma’no hisoblanadi.
YOrdamchi   fe’llarni   A.Hojiev   uch   guruhga   bo‘lib   ko‘rsatgan:   bog‘lama
vazifasini   bajaruvchi,   ko‘makchi   va   to‘liqsiz   fe’llar.   5.   Ular   orasida   qo‘shma   va
ko‘makchi   fe’llar   stilistik   nuqtai   nazardan   ahamiyatlidir.   Bu,   ayniqsa,   ularni   bir
ma’noni ifoda etuvchi sodda fellar bilan taqqoslaganda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Fe’llar   ikki   xil   yo‘l   –   affiksatsiya   va   kompozitsiya   usuli   bilan   yasaladi.
A.Hojievning   ta’kidlashicha,   o‘zbek   tilida   so‘z   yasovchi   qo‘shimchalar   unchalik
ko‘p emas, ammo ularning so‘z yasash imkoniyatlari nihoyatda keng. 6. 
Masalan,   -la     qo‘shimchasida   bu   imkoniyat   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.
Ularning   nutqda   mahsuldor   qo‘llanishi   ayrim   fe’llar   bilan   sinonimik
munosabatlarni   vujudga   keltiradi:   qilmoq :   shibbalamoq   –   shibba   qilmoq,
dambalamoq   –   damba   qilmoq,   tambalamoq   –   tamba   qilmoq,   plombalamoq   –
plomba   qilmoq,   andavalamoq   –   andava   qilmoq,   kalavalamoq   –   kalava   qilmoq,
muqovalamoq   –   muqova   qilmoq,   maydalamoq   –   mayda   qilmoq,   ifodalamoq   –
ifoda qilmoq, burdalamoq – burda qilmoq, to‘dalamoq – to‘da qilmoq, tozalamoq
–   toza   qilmoq,   ermaklamoq   –   ermak   qilmoq,   xulosalamoq   -   xulosa   qilmoq,
egalamoq/egallamoq – egalik qilmoq   kabi. -la   yasovchisi bilan sinonimik munosabatga kirishishi jihatdan o‘zbek tilida
bormoq    fe’li  qilmoq  dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi:  baholamoq – baho bermoq,
xabarlamoq   –   xabar   bermoq,   zaharlamoq   –   zahar   bermoq,   o‘g‘itlamoq   –   o‘g‘it
bermoq, ta’riflamoq – ta’rif bermoq, kafolatlamoq – kafolat bermoq   singari.
-la  qo‘shimchasining sinonimik munosabatlari ko‘lami yana quyidagi fe’llar
hisobiga kengayadi:   solmoq : yuganlamoq – yugan solmoq, kishanlamoq – kishan
solmoq, qulflamoq – qulf solmoq, dolamoq – dod solmoq;  bog‘lamoq : arqonlamoq
–   arqon   bog‘lamoq;   tashlamoq :   qadamlamoq   –   qadam   tashlamoq,   odimlamoq   –
odim tashlamoq;  chekmoq : imzolamoq – imzo chekmoq;   tizmoq : saflamoq – safga
tizmoq;  qoqmoq : mixlamoq – mix qoqmoq;  tortmoq : uflamoq – uf tortmoq;  etmoq :
ta’minlamoq   –   ta’min   etmoq;   otmoq :   ildizlamoq   –   ildiz   otmoq;   chiqarmoq :
barglamoq – barg chiqarmoq;  demoq : sizlamoq, senlamoq – siz demoq, sen demoq
–   sizsiramiz,   sensiramoq;   olmoq :   yodlamoq   –   yod   olmoq,   qarshilamoq   –   qarshi
olmoq;   ko‘rmoq :   hidlamoq   –   hidlab   ko‘rmoq;   urmoq :   bolg‘alamoq   –   bolg‘a
urmoq,   sovunlamoq   –   sovun   urmoq;   ajratmoq :   guruhlamoq   –   guruhga   ajratmoq
kabi.
-la     qo‘shimchasi   yordamida   taqlidiy   so‘zlardan   ham   fe’llar   yasaladi:
vizillamoq,   g‘izillamoq,   chiyillamoq,   chakillamoq,   likkillamoq,   dirkillamoq,
tarillamoq,   dirillamoq,   pirillamoq     kabi.   Bu   sodda   fe’llarning   qo‘shma   fe’l
variantlari   hosil   qilinganda   uning   taqlidiy   so‘z   qismi   qavatlanadi:   viz-viz   qilmoq,
g‘iz-g‘iz   qilmoq,   chiy-chiy   qilmoq,   chak-chak   qilmoq,   lik-lik   qilmoq,   dirk-dirk
qilmoq,   tar-tar   qilmoq,   dir-dir   qilmoq,   pir-pir   qilmoq     singari.   (shu   holatni
sharhlash kerakmikin…)
-la     qo‘shimchasi   bilan   yasalgan   fe’llar   faqatgina   qo‘shma   fe’llarga   emas,
balki   sodda   fe’llarga   ham   sinonim   bo‘ladi:   tomchilamoq   –   tommoq,   uylamoq   –
uylantirmoq   singari.
-la    qo‘shimchasi yordamida yasalgan fe’llarning yuqorida keltirilgan fe’llar
bilan   sinonimik   munosabatga     kirishishi   ushbu   qo‘shimchaning   yasovchilik
xususiyatidan tashqari tilda qo‘shimcha vazifalarni ham ado etishi haqida dastlabki
xulosalarni   chiqarishga   imkon   beradi.   Binobarin,   u   so‘z   yasash   bilan   birgalikda tildagi   soddalanish   qonunining   amalga   oshishiga   xizmat   qiladi.   Damba   qilmoq,
tamba   qilmoq     deyishdan   ko‘ra     dambalamoq,   tambalamoq     deyishning   har
jihatdan   qulaylik   va   osonlik   tug‘dirishi   tildagi   tejamkorlik   qonunlariga   ham   mos
keladi.   Lekin   masalaning   biz   uchun   o‘ta   jiddiy   va   muhim   tomoni   –   bu   matnda
parallel   qo‘llanishdagi   ikki   tomonning   birida     o‘rni   bilan   vujudga   keladigan
stilistik o‘zgarishlardir.
Bu sinonimik juftliklar  umumiy ma’nodagina bir-biriga  teng kelishi  va biri
o‘rnini   ikkinchisi   bosib   turishi   mumkin.   Aslida   esa,   bu   sinonimik   parallellar
hamma   vaqt   ham   birining   o‘rnini   ikkinchisi   boavermaydi.   Masalan,   suvamoq,
tekislamoq, silliqlamoq   ma’nosini beradigan  andavalamoq  o‘rnida  andava qilmoq
ni ishlatish mumkin bo‘lgani holda, bu so‘zda ko‘chim yuz berib,  bekitmoq, yopib
ketmoq, xaspo‘shlamoq    ma’nolarida qo‘llanilganda  andava qilmoq   fe’lini qo‘llab
bo‘lmaydi.   Ovlamoq     fe’li   baliq   ovlamoq,   bedana   ovlamoq,   quyon   ovlamoq
jumlalarida   ov   bilan   shug‘ullanish   ma’nolarini   berganda     ov   qilmoq     shaklini
qo‘llash mumkin. Ammo bu so‘z ma’nosida ham ko‘chim sodir bo‘lganda ularning
o‘rnini   almashtirish   qiyin   bo‘ladi.   Qiyos   uchun:   SHunda   to‘rasi   Xolbekaning
boshiga   soya   solib,   yorini   suyab,   ko‘nglini   ovlab :   -   Bir   g‘ayrat   qil,   yo‘l i miz
yaqindi,   -   deb   ko‘nglini   ko‘tarib   bir   so‘z   dedi   (Kuntug‘mish).   Ko‘nglini   qanday
ovlaydi ?   (O.YOqubov).   Sadoqati   zohir   qulingiz   sizday   valine’mat   pushti-
panohimga   kiyik   ovlab ,   tog‘larda   yurgan   edim   (O.YOqubov).   Og‘zaki   nutqda
ba’zan bu fe’lli birikma quyidagicha shakllanadi:   Ernazar yigitlari bilan   ov ovlab
rabotda yotib edi  (YAkka Ahmad) .
SHu tarzda ko‘plab misollarni tahlil etish mumkin. Bu tahlillardan shunday
xulosa kelib chiqadiki, o‘zaro sinonim bo‘lgan sodda va qo‘shma fe’l shakllaridan
sodda   fe’lning   qo‘llanish   chastotasi   yuqori   bo‘ladi   va   bu   hol   unda   ma’no
taraqqiyotining yuz berishi, ko‘lamining kengayib borishiga yo‘l ochadi. Qo‘shma
fe’l qo‘llanish chastotasining pastligi uning imkoniyatlarini chegaralaydi va asosan
o‘z – birlamchi hamda to‘g‘ri ma’nosida saqlanib qoladi. 
Bu kabi stilistik ottenkalardagi farqlanishlar va chegaralanishlar yana boshqa
yo‘nalishda   ham   kuzatiladi.   Sodda   fe’l   ma’nosida   sodir   bo‘lgan   ko‘chim   tufayli undagi ikki yoki undan ortiq ma’nolar turg‘unlashib, polisemantizm yuzaga kelishi
mumkin.   Masalan,   xulosalamoq     so‘zi   ikki   ma’noda   tushuniladi:     a)   fikrning
mantiqiy natijasini ifodalamoq, xulosani bayon qilmoq; b) yakunlamoq (O‘TIL, 1
tom, 338-bet). Ushbu har ikki ma’noni ifoda etishda   xulosalamoq    o‘rnida   xulosa
qilmoq     fe’lini   qo‘llash   mumkin.   Sen   ushbu   gapda   tegishli   xulosa   chiqar;   Men
aytganlaringizdan   xulosa   qildim     gaplaridagi   xulosa   chiqarmoq,   xulosa   qilmoq
o‘rnida   esa   xulosalamoq   ni   qo‘llab   bo‘lmaydi.   Bunday   shunday   xulosa   kelib
chiqadiki,   xulosalamoq     va   xulosa   qilmoq     fe’llaridagi   harakatning   davomlilik
darajasi   bir   xil   emas.   Xulosalamoq   da   harakat   nihoyasiga   etgan,   xulosa   qilmoq
orqali esa bu harakat  qandaydir ma’noda davom etib turganligi anglashiladi. Ular
ma’nosidagi   ana   shu   farqlar   yuqoridagi   gaplarda   ularning   o‘rnini   almashtirib
qo‘llashga imkon bermaydi.
-la     yordamida   yasalgan   fe’llar   bilan   ularga   sinonim   bo‘lgan   fe’l   shakllari
munosabatida yana bir ottenkani – qat’iyat, axborotning aniqligi ottenkasini sezish
mumkin:   ko‘chani tozaladim – ko‘chani toza qildim; erni egalladim – erga egalik
qildim     singari.   Harakatni   alohida   ta’kidlash   ustun   bo‘lgan   holatlarda   qo‘shma
fe’lga ko‘proq murojaat qilinganligi ko‘zga tashlanadi. Masalan,  O.YOqubovning
«Ulug‘bek xazinasi» romanida   shubhalanmoq    so‘ziga 1 marta murojaat qilingani
holda   shubha   qilmoq   so‘zi   fe’li   11   marta   qo‘llanilgan:   Lekin   ovqatdan
shubhalangan   Mirzo   Ulug‘bek   hanuz   tuz   totgani   yo‘q.   –Nahot   faqirdan   shubha
qilursiz ,   ustod?   –Yo‘q!   Agar   shubha   qilsam   bu   sirni   ochmas   edim.
O‘.Xoshimovning   «Tushda   kechgan   umrlar»   romanida   ular   faqat   bir   martadan
ishlatilgan:   “Mabodo   u   yoqqa   olib   ketishsa   Mug‘ulistonga   tushdik,   deb   yozaver,
bo‘lmasa   oyimlar   Rustam   borgan   shaharning   adresini   nega   yozmaydi,   deb
shubhalanadilar”, debdi. Qurbonoy ayasining gaplari rostligiga shubha qilmasdi.
T.Murodning   «Bu   dunyoda   o‘lib   bo‘lmaydi»   romanida   bir   marta   ham
qo‘llanilmagan.
Ulardagi   ana   shu   xususiyatlardan   kelib   chiqib,   funksional   chegaralanishlar
ham   sodir   bo‘ladi.   Boshqacha   aytganda,   sinonimik   paralleldagi   fikrni   birmuncha
aniq va qat’iyat bilan ifoda etadigan shakllar shu xususiyatlarga talab va moyillik kuchli   bo‘lgan   rasmiy   va   ilmiy   uslublarga   xoslana   boradi.     Rasmiy   uslubda:   -
badiiy asar yaratish va uni  tahlil qilish  jarayonini o‘z ichiga oladigan yo‘nalish; -
tabiatni   muhofaza qilishning  ekologik tamoyillari va tabiatdan maqsadga muvofiq
foydalanish, tabiatni buzmas texnologiyalar yaratishning kelajagi haqida;   - inson
atrof-muhitini   fizik,   kimyoviy   va   biologik   hodisalarning   zararli   ta’sirlaridan
himoya   qilish   vositalari   va   usullari;   -   manba   matnlarini   transkripsiya   qilish
(Davlat  ta’lim  standartlari). DTS matnida bu fe’llar   tahlillamoq, muhofazalamoq,
himoyalamoq,   transkripsiyalamoq     tarzida   qo‘llangan   emas.   S.Mustafaevning
«Botanika»   asarida   sintez   so‘zi   28   marta   qo‘llanilgan   bo‘lsa,   shundan   17   holat
harakat bilan bog‘langan. Faqat majhul darajada –   sintezlanmoq    shaklida 3 marta
qo‘llangan,   qolgan   12   holatda   sintez     qilmoq,   2   holatda   sintez   bo‘lmoq     tarzida
qo‘llanilgan:   Ribosomalarning   asosiy   vazifasi   aminokislotadan   ribonuklein
kislotasi   (RNK)   ishtirokida   sitoplazmaning   oqsil   molekulalarini   sintez   qilishdan
iboratdir   kabi.
Fe’l   yasovchi   qo‘shimchalar   sirasidagi   –lan     va   –lash     ko‘rsatkichlari   bir-
biridan   mutlaqo   farq   qiluvchi   harakat   ma’nolarini   ifodalaydigan   fe’llarni   hosil
qilishiga   qaramasdan,   ba’zan   nutqda   o‘zaro   almashtirilib   qo‘llaniladi:
asabiylanmoq-asabiylashmoq,   baravarlanmoq-baravarlashmoq,   dadillanmoq-
dadillashmoq,   dag‘allanmoq-dag‘allashmoq,   darmonsizlanmoq-
darmonsizlashmoq, durustlanmoq- durustlashmoq, yomonlanmoq- yomonlashmoq,
engillanmoq-engillashmoq,   zaiflanmoq-zaiflashmoq,   mujassamlanmoq-
mujassamlashmoq,   murakkablanmoq-murakkablashmoq,   ravshanlanmoq-
ravshanlashmoq,   razillanmoq-razillashmoq,   salqinlanmoq-salqinlashmoq,
sekinlanmoq-sekinlashmoq,   siyqalanmoq-siyqalashmoq,   siyraklanmoq-
siyraklashmoq,   soddalanmoq-soddalashmoq,   sog‘lomlanmoq-sog‘lomlashmoq,
takomillanmoq-takomillashmoq,   taranglanmoq-taranglashmoq,   tetiklanmoq-
tetiklashmoq,   tinchlanmoq-tinchlashmoq,   to‘dalanmoq-to‘dalashmoq,
uymalanmoq-uymalashmoq,   xiralanmoq-xiralashmoq,   chuvalanmoq-
chuvalashmoq,   yuqorilanmoq-yuqorilashmoq,   yalqovlanmoq-yalqovlashmoq,
holsizlanmoq-holsizlashmoq   kabi.  Vaholanki,   ushbu   qo‘shimchalar   yangi   fe’l   yasashdan   tashqari   qo‘shimcha
grammatik  vazifalarni ham bajaradi. A.Hojiev  –lan   qo‘shimchasi bilan yasaluvchi
fe’llarda   o‘zlik   darajaga   xos   xususiyatning,   -lash   qo‘shimchasi   yordamida
yasaluvchi fe’llarda esa o‘zlik va birgalik darajaga xos xususiyatning saqlanishini
ta’kidlaydi.   9.   SHu   holatning   o‘ziyoq   ularning   o‘zaro   almashinib   qo‘llanilishi
qandaydir ma’noda mantiqqa zid ekanligini ko‘rsatadi. CHunki bir vaqtning o‘zida
bir   fe’lda   ham   o‘zlik,   ham   birgalik   darajasining   mujassam   bo‘lishi   qiyin.   –lash
qo‘shimchasining darajani ko‘rsatish imkoniyati   –lan   ga qaraganda keng bo‘lib, u
bir  holatda o‘zlik, boshqa  bir  holatda birgalik darajasini  ifoda eta olishi  mumkin.
Bundan   shunday   xulosa   kelib   chiqadiki,   bu   ikki   qo‘shimchaning   daraja
ko‘rsatkichlari   o‘zaro   mos   kelgan,   aniqrog‘i,   o‘zlik   darajani   ifodalagandagina
ularning   biri   o‘rnida   ikkinchisini   qo‘llash   mumkin   bo‘ladi:   darmonsizlanmoq-
darmonsizlashmoq, dadillanmoq-dadillashmoq   va hokazo.
A.Hojiev   aytgan   yuqoridagi   fikrning   davomi   ham   bor:   « -lan,   -lash     affiksi
bilan   yasaluvchi   fe’llarda   o‘zlik   yoki   birgalik   darajasiga   xos   xususiyat   ma’lum
darajada   saqlansa-da,   lekin   bu   fe’llarni   o‘zlik   yoki   birgalik   darajalari   formalari
qatoriga kiritish mumkin emas. O‘zlik va birgalik daraja formalari maxsus affikslar
yordamida yasaladi va bu affikslarni fe’l o‘zak-negizidan ajratish mumkin bo‘ladi.
Rivojlanmoq, og‘irlashmoq   kabi fe’llarda daraja formasini yasovchi formant yo‘q.
Fe’lning hech qanday daraja ko‘rsatkichiga ega bo‘lmagan formasi esa bosh daraja
hisoblanadi». 10.
YUqorida   keltirilgan   va   o‘zaro   almashtirib   qo‘llash   mumkin   bo‘lgan
fe’llarning bu o‘rinda qaysi darajada kelayotganligi emas, balki qanday sabablarga
ko‘ra   bu   almashinishning   sodir   bo‘lishi   sabablarini   aniqlash   muhim.   Misollardan
anglashilmoqdaki,   yasovchi   shakllar   turlicha   bo‘lishidan   qat’iy   nazar,   daraja
mazmuni bir xil bo‘lgan holatlardagina ularni o‘zaro almashtirib qo‘llash mumkin
bo‘lmoqda.   Ikkinchidan,   ob’ektli-ob’ektsizlik   ham   o‘zaro   almashinishga   ta’sir
o‘tkazadi. Mas.,   to‘dalandi-to‘dalashdi    fe’llarini olib qaraylik:   xashak to‘dalandi
–   ob’ektsiz,   xashakni   to‘dalashdi   –   ob’ektli   fe’l.   Bunday   paytda   ularning   biri
ikkinchisining   o‘rnini   bosa   olmaydi.   Odamlar   to‘dalandi   –   odamlar   to‘dalashdi deyilganda   esa   ularning   har   ikkalasi   ham   ob’ektsiz   fe’l   va   almashtirishni   amalga
oshirish mumkin.
SHunday qilib,  -lan   va  –lash   yordamida yasalgan fe’llar daraja va ob’ektli-
ob’ektsizlik   nuqtai   nazaridan   bir   xil   bo‘lganda   ular   bir   xil   ma’nolarni   anglatishi
mumkin.   Ushbu   qo‘shimchalardan   yasalgan   fe’llarni   imlo   va   ters   lug‘atlar
yordamida   tahlil   qilish   shuni   ko‘rsatadiki,   bu   kabi   fe’llar   o‘zbek   tilida   sanoqli
miqdorni tashkil etadi.
Endi asosiy muddaoga o‘tamiz. Ma’lum bir daraja shaklidagi yoki ob’ektga
munosabatdagi   ayrim   fe’llarni   o‘zaro   o‘rin   almashtirib   qo‘llash   mumkin   ekan,
ularni   sinonim   sifatida   qarash   yoki   stilistik   farqlanishlarini   aniqlash   mumkinmi,
degan   savol   tug‘iladi.   Misollarga   murojaat   qilamiz:   Eshik   ochilganda   bir   zum
ustodning   asabiylashgan   bo‘g‘iq tovushi eshitilib, eshik yopilishi  bilan yana tindi
(O.YOqubov) -   Eshik ochilganda bir zum ustodning   asabiylangan  bo‘g‘iq tovushi
eshitilib,   eshik   yopilishi   bilan   yana   tindi .   Xayoli   chuvalashib   ketgan   Qalandar,
ko‘z   oldi   qorong‘ilashib,   ustunga   suyanib   qoldi   (O.YOqubov)   -   Xayoli
chuvalashib   ketgan   Qalandar,   ko‘z   oldi   qorong‘ilashib,   ustunga   suyanib   qoldi.
Ushbu   misollarda   –lan     va   –lash     ham,   ushbu   qo‘shimchalar   tarkibidagi   o‘zlik
ma’nosini ifoda etuvchi  –n   va  –sh   ham biror bir stilistik ottenkani bera olmayapti.
Bu   holat   yuqorida   keltirilgan   boshqa   misollarda   ham   kuzatiladi.   Faqatgina   shu
narsani   qayd   etish   mumkinki,   bu   parallellikda   –lan   ga   nisbatan   –lash   ning   faol
ekanligi payqaladi. Jumladan, O.YOqubovning «Ulug‘bek xazinasi» romanida shu
narsa   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi.   Ayrim   misollarni   keltirish   bilan   chegaralanamiz:
Salohiddin zargar  asabiylashib , bir qo‘zg‘alib oldi  (3 marta).  SHarob uning fikrini
ravshanlashtirdi ,   oyog‘ini,   butun   vujudini   qaqshatgan   og‘riqni   xiyol   bosdi   (2
marta).   Qirlar   balandlashgan   sayin   tuyalarning   yurishi   sekinlashib ,   "bo‘h-
bo‘h"lari   ko‘paydi.   YAproqlari   siyraklashib   qolgan   yarim   yalang‘och   bog‘
daryoday sokin shovillar, chirs-chirs uzilgan xazonlar havoda pir-pir uchib oyoq
ostidagi "gilam" ustiga unsizgina qo‘nar edi  (3 marta).  YO ko‘k unga o‘z sirlarini
ochishni tilamas, yo uning aql ko‘zgusi  xiralashib  qolgan  (4 marta).  –lan  quyidagi
gaplarda qo‘llanilgan:  Otasi chiqishi bilan mavlono  holsizlanib  to‘shakka cho‘zildi (5).   Ali   Qushchi   darmonsizlanib   ko‘zlarini   yumdi   (3marta).   Ali   Qushchi   avval
tortinib, keyin esa xiyol  dadillanib , hamma so‘roqlarga javob berdi .
Keltirilgan   misollar   shuni   tasdiqlaydiki,   yuqoridagi   savolga   ijobiy   javob
berib bo‘lmaydi.
+++
Taqlidiy so‘zlardan  –illa, -irla   va  –ira   qo‘shimchalari bilan yasalgan ayrim
fe’llarni   ham   o‘zaro   almashtirib   qo‘llash   mumkin:   bidillamoq-bidirlamoq,
big‘illamoq-big‘irlamoq,   vag‘illamoq-vag‘irlamoq   /vang‘illamoq-vang‘irlamoq,
gupillamoq-gupirlamoq,   dikillamoq-dikirlamoq,   do‘pillamoq-do‘pirlamoq,
g‘ijillamoq-g‘ijirlamoq,   g‘imillamoq-g‘imirlamoq,   g‘ing‘illamoq-g‘ing‘irlamoq,
jimillamoq-jimirlamoq,   jingillamoq-jingirlamoq,   zirqillamoq-zirqiramoq,
yiltillamoq-yiltiramoq,   qimillamoq-qimirlamoq,   miltillamoq-miltiramoq,
ming‘illamoq-ming‘irlamoq,   mo‘ltillamoq-mo‘ltiramoq,   patillamoq-patirlamoq,
tapillamoq-tapirlamoq,   tipillamoq-tapirlamoq,   to‘pillamoq-to‘pirlamoq,
chikillamoq-chikirlamoq,   chirqillamoq-chirqiramoq,   chug‘illamoq-chug‘irlamoq,
sharqillamoq-shaqirlamoq,   shatillamoq-shatirlamoq,   yaltillamoq-yaltiramoq,
yarqillamoq-yarqiramoq   kabi.
Taqlidiy-obrazli so‘zlardan fe’l yasagan   –ira     aslida   –ir+ra    qo‘shilmasidan
hosil bo‘lganligi ilmiy manbalarda qayd etilgan. ( Qarang:     G‘ulomov A., Tixonov
A., Qo‘ng‘urov R.   So‘z yasovchi  va forma yasovchi affikslar. O‘zbek tili morfem
lug‘ati. – T.: o‘qituvchi, 1977, 419-b.).   –illa     ham bu qo‘shilmaning og‘zaki nutq
uchun moslashgan shakli bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ularning qo‘llanilishiga
stilistik nuqtai nazardan qaraganda   –illa     bilan yasalgan fe’l shakllarini og‘zaki,   -
ira,   -irla     yordamida   hosil   bo‘lgan   variantlarini   esa   kitobiy   uslublarga   xoslangan
deb aytish mumkin. Buning ustiga, ularda asta sekinlik bilan qo‘llanish ko‘lamida
chegaralanish   yuz   bera   boshlaganligini   ham   payqash   mumkin.   Masalan,   bel
zirqillaydi,   yurak   zirqiraydi;   odam   g‘ijillaydi,   karavot   g‘ijirlaydi;   odam
vag‘illaydi/vag‘irlaydi,   motor   vang‘illaydi/vang‘irlaydi;   bola   chug‘illaydi,
chumchuq chug‘irlaydi   va boshqalar.
(Tahlillar buni tasdiqlaydi) +++
O‘zbek   tilida   fe’lda  soodv   va  qo‘shma   so‘z  shakllarining  mavjudligi   ularni
o‘zaro sinonimik munosabatda  olib qarash va funksional  chegaralanishlari  haqida
mulohaza yuritish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ikki yoki undan ortiq (asosan ikki) so‘zning birikuvidan hosil bo‘lgan fe’llar
yo   qo‘shma,   yoki   ko‘makchili   bo‘lishi   mumkin.   A.Hojievning   qayd   etishicha,
o‘zbek   tilida   qo‘shma   fe’llar   ko‘pchilikni   tashkil   etmaydi.   Ularning   o‘ziga   xos
xususiyati   sodda   fe’llar   bilan     sinonimik   muonsabatning   yuzaga   kelishidir   (HA.
O‘zbek tilida qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar, 37-bet). Olim tomonidan keltirilgan
olib   bormoq     fe’liga   etmoq     ning   sinonim   bo‘lishi   va   olib   bormoq   ning   bir   so‘z
sifatida   qaralishi   lozimligi   haqidagi   fikriga   biz   ham   qo‘shilamiz.   Ammo   shu
o‘rinda   keltirilgan   sotib   olmoq,   olib   qolmoq,   qoyil   qolmoq,   javob   bermoq     kabi
qo‘shma   fe’llar   ulardagi   sinonimik   munosabatlarni   bir   sodda   fe’l   bilan   bo‘lgan
munosabat   doirasida   chegaralab   bo‘lmasligini   ko‘rsatadi.   Tasdiq   qilmoq   –
tasdiqlamoq, olib bormoq – eltmoq   deyish mumkin bo‘lgani holda,  sotib olmoq  ni
bir  so‘z   bilan   ifodalab  bo‘lmaydi,  unga     xarid  qilmoq     sinonim  bo‘lishi   mumkin.
Sotib olmoq   og‘zaki,  xarid qilmoq   kitobiy nutqqa xoslanadi.
Qoyil   qolmoqni   ham   bir   so‘z   bilan   almashtirib   bo‘lmaydi,   qoyil   qolmoq
deyish   mumkin.   Qoyil   qimoq     esa     qoyillatmoq     bilan   sinonimik   munosabatda
bo‘ladi   va   stilistik   ottenkalarida   o‘zaro   farqlanadi:   Qoyil   qilib   bajarmoq   –
qoyillatib   barajmoq     kabi.   Ikkinchi   holatda   ekspressiya   kuchli.   Ulardagi   ma’no
ottankalarining   farqlanishini   quyidagi   misollarda   ham   kuzatsa   bo‘ladi:   Hammani
qoyil   qilding     deyish   mumkin   bo‘lgani   holda   hammani   qoyillatding     deb
bo‘lmaydi.   Bu   harakat   ob’ekti   predmet   yoki   narsa-hodisa   bilan     bog‘liq   bo‘lgan
qoyillatmoq   ni   harakat   ob’ekti   odam   bo‘lgan   holatga   qo‘llab   bo‘lmasligi   bilan
izohlanadi.
+++
Ko‘makchili fe’l shakllari fe’llarning funksional-stilistik ko‘lamini yana ham
kengaytiradi. Bunga ma’lum ma’noda ko‘makchi fe’lning semantik maydoni ham
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sinonimik munosabatlar va funksional chegaralanishlar asosiy va ko‘makchi
fe’llarni   biriktiruvchi   –(i)b     va   –a,-y     ravishdosh   yasovchilar   orqali   reallashadi.
Masalan:   yozib   boshlamoq   –   yoza   boshlamoq   –   yozib   turmoq   –   yoza   turmoq   –
yozib bilmoq – yoza bilmoq; ishlab boshlamoq – ishlay boshlamoq; o‘qib bilmoq –
o‘qiy   bilmoq     kabi.   Bu   ikki   ravishdosh   qo‘shimchasi   ishtirok   etgan   fe’lli
birikmalarning adabiy tilda me’yorlashuv darajasi bir xil emas:     yoza boshlamoq,
ishlay boshlamoq  fe’llari ularning  yozib boshlamoq, ishlab boshlamoq   shakllariga
nisbatan   faol   qo‘llaniladi.   YOzib   turmoq,   yoza   turmoq   qa   qaraganda   ko‘p
qo‘llaniladi.   YOzib   bilmoq,   o‘qib   bilmoq     ko‘rinishlari   dialektal   chegaralanishga
ega.   SHuning   uchun   –(i)b   va   –a,-y     ishtirok   etgan   fe’llarning   qaysi   biri   faolligi
haqida   qat’iy   xulosa   chiqarib   bo‘lmaydi.   Funksional   jihatdan   esa   faqatgina   yoza
turmoq   ning   kitobiy   ottenkasi   ajarilb   turadi.   O‘qib   bilmoq     va     o‘qiy   bilmoq
ma’nosida   ko‘pincha   o‘qiy   olmoq     fe’li   mahsuldor   qo‘llaniladi.   Sen   mana   shu
qo‘lyozmani   o‘qib   bilasanmi   -   Sen   mana   shu   qo‘lyozmani   o‘qiy   bilasanmi   -   Sen
mana   shu   qo‘lyozmani   o‘qiy   olasanmi   kabi.   Ammo   bu   gapda   o‘qiy   bilmoq   fe’li
o‘qiy olmoq  bilan   sinonimik munosabatga kirisha olmaydi, mazmn o‘zgarib ketadi.
Umuman  olganda,   o‘zbek   tilida   bu  kabi   sinonimik   holatlarning   o‘zi   kam.  Asosiy
holatlarda   bu   ikki   qo‘shimcha   yasagan   fe’llar   mazmun   jihatdan   farqlanadi.
SHuning uchun ham A.Hojiev quyidagilarni qayd etgan: «Ravishdoshning har ikki
turiga   birikkanda   ham   bir   xil   ma’no   ifodalash   bir-ikki   ko‘makchi   fe’ldagina
uchraydi:   savalab   ketdi   –   savalay   ketdi.   Lekin   shunda   ham   ravishdoshning   –(i)b
affiksli   turiga   birikkan   form   bilan   –a,-y   affiksli   turiga   birikkan   forma   ma’nodagi
nozik o‘zgachaligi va boshqa xususiyati bilan bir-biridan farqlanadi».17.
Sinonimiya   hodisasi   fe’lning   ko‘makchi   qismlari   o‘rtasida   sodir   bo‘ladi:
kitobni o‘qib chiqmoq – kitobni o‘qib tugatmoq – kitobni o‘qib bo‘lmoq – kitobni
o‘qib  tugallamoq  –  kitobni  o‘qib  tamomlamoq   –  kitobni   o‘qib  bitirmoq  –  kitobni
o‘qib qo‘ymoq – kitobin o‘qit  tashlamoq    kabi. Bu gaplarning barchasidan o‘qish
harakatining   o‘z   nihoyasiga   etganligi,   yakunlanganligi   anglashiladi.   Ulardan
ba’zilarida   bu   ma’nodan   tashqari   yana   qo‘shimcha   ottenkalar   ham   anglashiladi.
Masalan:   kitobni   o‘qib   chiqmoq   da   batafsillik,   boshdan-oxirigacha   ma’nolari, kitobni   o‘qib   tashlamoq   da   o‘qish   jarayoni   uzoq   davom   etmaganligi,   tezda
tugaganlik,   kitobni   o‘qib   qo‘ymoq   da   kitob   omonatga   olingan-u,   uni   qaytarishga
tayyor ekanligi ma’nolari ustunlik qiladi.
Ko‘makchi   fe’llar   orasida   turmoq     har   ikki   ravishdosh   yasovchi
qo‘shimchani   o‘ziga   biriktira   olishi   bilan   ajralib   turadi.   Uning   bu   xususiyatlari
A.Hojiev  tomonidan   yaxshi   tahlil   etilgan:   «Ravishdoshning   –a,  -y     affiksli   turiga
birikkanda:  1. Harakatning vaqtincha, biror boshqa harakat-hodisa yuz berguncha
davom  etishi  ma’nosni  (ruscha «poka»  degan ma’noni)  bildiradi:   bora tur,  qo‘ya
tur, yoza tur, ishlay tur. Tur  ko‘makchi fe’li  –(i)b  affiksli ravishdoshga birikkanda
ham   shu   ma’noni   ifodalay   oladi.   Lekin   bu   ikki   forma   ( yozib   tur   va   yoza   tur
formasi) o‘ziga xos farqli xususiyatlarga ega. Birinchidan, harakatning davomliligi
yozib   tur     formasidagiga   nisbatan     yoza   tur   formasida   qisqaroq   bo‘ladi.
Ikkinchidan,   tur     ko‘makchi  fe’li ravishdoshning   –a, -y   affiksli  turiga birikkanda,
«vaqtincha»,   «hozircha»   («poka»)   degan   ma’no   kontekstdan   tashqarida   ham   aniq
ifodalanaveradi… To‘rtinchidan, buyruq-istak mayli formasida qo‘llanganda,  yoza
tur,   ishlay   tur     formasida   buyruq   juda   kuchsizlanadi,   hatto,   yo‘q   holatda   bo‘ladi.
Ishlab   tur,   yozib   tur   formasida   esa   buyruq   o‘z   kuchida   bo‘ladi».   20.   olim   qayd
etgan ko‘makchili fe’llardagi ma’no ottenkalarining farqlanishi stilistik nozikliklar
sifatida baholanadi.
-(i)b   va   –a,-y     qo‘shimchalari   bilan   shakllangan   ravishdoshlarning   bormoq
ko‘makchi   fe’li   ishtirok   etadigan   birikuvlarida   ham   stilistik   ottenkalar   yuzaga
keladi.   Masalan:   yo‘qolmoq   -   yo‘qolib   bormoq,   yo‘qola   bormoq;   suyulmoq   -
suyulib   bormoq,   suyula   bormoq;   to‘lmoq   -   to‘lib   bormoq,   to‘la   bormoq;
o‘rganmoq   -   o‘rganib   bormoq,   o‘rgana   bormoq;   alangalanmoq   -   alangalanib
bormoq,   alangalana   bormoq;   tozalanmoq   -   tozalanib   bormoq,   tozalana   bormoq;
loyqalanmoq - loyqalanib bormoq, loyqalana bormoq; jonsizlanmoq - jonsizlanib
bormoq, jonsizlana bormoq; obro‘sizlanmoq – obro‘sizlanib bormoq, obro‘sizlana
bormoq;     yaxshilanmoq   –   yaxshilanib   bormoq,   yaxshilana   bormoq     kabi.   –a,   -y
qo‘shimchalari ayrim fe’llarga qo‘shilganda  –y  ga aylanadi:  kamaymoq – kamayib
bormoq,   kamaya   bormoq;   ko‘paymoq   –   ko‘payib   bormoq,   ko‘paya   bormoq; toraymoq – torayib bormoq, toraya bormoq; qoraymoq – qorayib bormoq, qoraya
bormoq, kichraymoq – kichrayib bormoq, kichraya bormoq, zo‘raymoq – zo‘rayib
bormoq,   zo‘raya   bormoq;   pasaymoq   –   pasayib   bormoq,   pasaya   bormoq;
keksaymoq   –   keksayib   bormoq,   keksaya   bormoq;   susaymoq   –   susayib   bormoq,
susaya   bormoq,   ulg‘aymoq   –   ulg‘aib   bormoq,   ulg‘aya   bormoq,   sog‘aymoq   –
sog‘ayib   bormoq,   sog‘aya   bormoq     singari.   Keltirilgan   har   uchala   variant   ham
o‘zaro   sinonimik   munosabatga   kirishishi   mumkin.   Masalan:   Mirzo   Ulug‘bek   to
Afrosiyob   xarobalariga   etguncha   go‘yo   onasidan   ayrilgan   bo‘taday   orqasiga
qaray-qaray   bordi... (O.YOqubov) -   Mirzo   Ulug‘bek   to   Afrosiyob   xarobalariga
etguncha   go‘yo   onasidan   ayrilgan   bo‘taday   orqasiga   qarab-qarab   bordi.   Ali
Qushchi   tepaga   chiqquncha   orqasiga   qaray-qaray   bordi   (O.YOqubov) -   Ali
Qushchi   tepaga   chiqquncha   orqasiga   qarab-qarab   bordi.   Ammo   «Ulug‘bek
xazinasi» romanidagi ravishdosh yasovchi ushbu shakllarning qo‘llanish chastotasi
shuni ko‘rsatadiki, nutqda  -(i)b   qo‘shimasining qo‘llanishi nihoyatda faol. Asarda
bu   qo‘shimcha   bormoq   fe’lli   birikuvda   119   marta   ravishdosh   yasagani   holda,   -y
bor-yo‘g‘i 2 marta shu vazifani bajargan. Ilmiy matnlarda ham nisbatan shu holat
kuzatildi.
Buning   sabablarini   A.Hojiev   bormoq   ning   –(i)b     qo‘shimchasi   orqali
birikkan   turi   barcha   zamon   shakllarida   qo‘llanila   olishi   bilan   izohliydi.   23.   –(i)b
va   –a,   -y     o‘rtasidagi   stilistik     nozikliklarni   esa   quyidagicha   izohlaydi:   « -a,   -y
affiksi   bilan   yasalgan   ravishdoshga   birikkan   formasi   …   kontekstdan   tashqarida
ham   harakatning   yo‘lakay   bajariluvchi   harakat   ekanligini   aniq   ifodalaydi:   Biz
ruspublika qishloq xo‘jalik ilg‘orlarining hamma ishlarini kuzatib boramiz.
Bu   misolda   etakchi   fe’ldagi   harakatning   asosiy   harkat   yoki   yo‘lakay
bajariluvchi   harakat   ekanligi   aniq   ifodalanmaydi.   Agar   kuzatib   boramiz     formasi
o‘rnida   kuzata   boramiz     qo‘llansa,   etakchi   fe’ldagi   harakat   yo‘lakay   bajariluvchi
harakat ekanligi ifodalanadi.
Lekin   harakatning   yo‘lakay   bajariluvchi   harakat   ekani   ko‘pincha,   kontekst
yoki   umumiy   holatdan   ma’lum   bo‘lib   turadi.   SHu   sababli   yo‘lakay   bajarilish
ma’nosida   ham   –(i)b   affiksi   bilan   yasalgan   ravishdoshga   birikkan   formasi qo‘llanilaveradi.   Bu   hodisa   –a,   -y     affiksi   bilan   yasalgan   ravishdoshga   birikkan
formasining qo‘llanish doirasini ancha chegaralab qo‘yadi».24.
+++
A.Hojiev «Ot+fe’l» tipidagi fe’llarning komponentlari she’riyatda qofiya va
boshqa talablarga ko‘ra o‘rin almashinishi  mumkin», deydi va   chekdi  imzo, qilar
seni yod   kabi misollarni keltiradi. 38.
+++
Ol     ko‘makchi   fe’lining   etakchi   fe’lga   birikuvida   ham   –(i)b,   -a,   -y
ravishdosh   yasovchilari   ishtorok   etadi.   Ular   hrtasidagi   ham   bormoq     fe’li
birikuvidagi singari sinonimik munosabat mavjudmi-yo‘qmi, degan savolga javob
topish   maqsadida   O.YOqubovning   «Ulug‘bek   xazinasi»   romanidagi   birikuvlarni
qarab   chiqamiz.   –(i)b     olmoq     birikuvidagi   fe’llar   roman   matnida   274   marta
uchragani holda  –a olmoq, -y olmoq, -ya olmoq   birikuvidagi fe’llar 19 tani tashkil
etgan. Bu raqamlar ravish yasovchi  qo‘shimchalarning   bormoq     fe’li birikuvidagi
statistikani yana bir bor tasdiqlaydi. Ular ishtirokidagi misollarning qiyosiy tahlili
shuni   ko‘rsatadiki,   ularning   olmoq   ko‘makchi   fe’li   birikuvida   butunlay   boshqa
manzara ko‘zga tashlanadi, ya’ni bu erda ularning o‘zaro sinonimik munosabatga
kirisha   olmasligi   ma’lum   bo‘ladi:   1.   Lekin   Ali   Qushchi   uzangini   topib,
tipirchilagan otga o‘zi sapchib mindi-da, jilovini qo‘liga oldi: u «qushchi» 1
 nomini
bekorga   olmagan,   a’lohazratlari   bilan   ovga   chiqqan   paytlarida,   ne-ne   asov
tulporlarni  jilovlab, bir lahzada o‘ziga   o‘rgatib olardi !.. Birinchi  yasovul  karnay
qilib   o‘rab   olgan   yorlig‘ini   ko‘rsatib   darvozaxonaga   kirdi.   Ularni   eshikda   kutib
olgan   tund   yuzli   tanish   saroybon   Ali   Qushchini   yuqoriga   boshladi;     2.   Suyukli
yurting,   muqaddas   YAssini   badxoh   Baroqxon   zulmidan   qutqara   olmadim .   Bog‘
tomondagi shu eshikdan  kira olsa  bas – mavlononing mehmonxonasiga o‘tib olish
oson. Necha kunga bardosh  bera oladi ?   kabi.
A.Hojiev bu holatning sabablarini ochib bergan.  –(i)b   ishtirok etgan holatda
harakatning   yo‘nalganligi,   harakatning   bajarilishi   va   holatning   yuzaga   kelishi   va
bir   martalik   ma’nolari   anglashilsa,   -a,   -y,   -ya     ishtirok   etgan   holatda   harakatni
1
 Қушчи–бу ерда моҳир овчи маъносида. bajarishga   qobiliyatililik,   bajarish   imkoniyatiga   egalik,   qodirlik,   bajarishning
uddasidan chiqa olishlik kabi ma’no ottenkalari ifoda etiladi. 34. Tabiiyki, bu kabi
turli   semantik   ma’nolarning   ifoda   etilishi   jarayonida   ular   o‘zaro   sinonimik
munosabatga kirisha olmaydi.
+++
Ber     ko‘makchi fe’lining etakchi fe’lga qo‘shilish jarayonida ham   -(i)b      va
a,   y   qo‘shimchalari   qatnashadi.   O.YOqubovning   «Ulug‘bek   xazinasi»   romanidan
olingan  -(i)b  ishtirok etgan 92 ta,  -a   ishtirok etgan 2 ta,  -y   ishtirok etgan 1 holatni
qiyoslash shuni ko‘rsatadiki, ularning  ber   ko‘makchili fe’lli birikuvida sinonimiya
hodisasi   yuz   bermaydi.   -(i)b   da   harakatning   tugallanganlik   ma’nosi,   -a,   y   dan
davomlilik   ma’nosi   anglashilganligi   tufayli   ularni   ham   sinonimik   munosabatga
kirishtirib   bo‘lmaydi.   –a   bermoq     o‘rnida   –avermoq     shakli   qo‘llanilishining
faolligi seziladi. Romanda bunday qo‘llanish 12 o‘rinda sodir bo‘lgan.
Adabiyotlar:
1.  Мамажонов  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов А., Расулов И., Қўнғуров Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  Содиқова М.  Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
4. Қў нғуров Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров   Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975.
6.   Қў нғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7. Қў нғуров Р.   Стилистика имени существительного в узбекском языке.
– Ташкент, 1983.
8. Қў нғуров Р.   Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек
тили стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982. 10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984.
11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.

Fe’l uslubiyati. Reja: 1.Fe’lning so‘z turkumlari doirasida miqdoriy va vazifaviy imkoniyatlariga ko‘ra alohida mavqega ega ekanligi. 2.Fe’ldagi grammatik kategoriyalar uslubiyati. Zamon shakllarining uslubiy xususiyatlari. Ularning o‘zaro almashinib qo‘llanishi. Zamonni ko‘rsatuvchi shakllardagi sinonimiya. 3.Mayl shakllarining uslubiy xususiyatlari. Fe’l mayllarining shakliy va modallik nuqtai nazaridan farqlanishi, o‘zaro almashinib qo‘llanilishi. 4.Shaxs-son shakllarining uslubiy xususiyatlari. Ularning o‘zaro almashinib qo‘llanilishi va til uslublariga ko‘ra xoslanishi. 5.Bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakllari uslubiyati. -ma affiksining, yo‘q, be-, no-, na, -siz so‘z va morfemalarning uslubiy imkoniyatlari. 6.Fe’llarning semantik-uslubiy xususiyatlari: a) fe’llarning semantik guruhi: harakat, holat va munosabat fe’llari. Fe’llarning semantik qurilishi.

Fe’l. O‘zbek tili so‘z turkumlari orasida stilistik jihatdan eng e’tiborga loyig‘i fe’l bo‘lib hisoblanadi. M.N.Kojina: “SHuning uchun ham fe’l shakllarining qo‘llanish chastotasiga ko‘ra ilmiy va rasmiy nutq so‘zlashuv va badiiy nutqqa birmuncha qarama-qarshi qo‘yiladi”. Rasmiy nutqqa rasmiy xarakterdagi oborot xarakterli: tashrif buyurmoq, hozir bo‘lmoq, ishtirok etmoq, ma’lum qilmoq, e’tirof etmoq, kamchiliklarni bartaraf etmoq va hokazo. Badiiy, ommabop va so‘zlashuv uslublarida harakat fe’llari ko‘p uchraydi va otli qurilmalardan qochiladi. Ilmiy nutqda gap predmetlarning, qonuniy hodisalarning doimiy belgilari va sifatlari haqida ketganligi va tasvir asosiy o‘rinni egallaganligi uchun ularda til tizimidan tegishli leksemalar va fe’l birliklari tanlab olinadi. Masalan, aynan ilmiy uslubda hozirgi zamonda qo‘llaniladigan holat fe’llari nutq paytidagi so‘zlashuv-maishiy nutqqa xos bo‘lgan dinamik holatni emas, balki sifatni bildiradi: Suv allaqachon qaynayapti - Suv 100 gradusda qaynaydi. Turli fe’l kategoriyalari va shakllarining stilistik xususiyatlari ularni funksional uslublarda qo‘llash darajasi bilan belgilanadi. Masalan, boshqa uslublarda ekspressivligi va emotsionalligi aniq ko‘rinib turadiga va keng qo‘llaniladigan buyruq shakli ilmiy va rasmiy uslublar uchun hos emas. Bu maylning ayrim shakllarini (mas., sin ) farmonlar, qarorlar va buyruqlarda uchratish mumkin. Fe’lning grammatik ko‘rsatkichlari o‘rtasida sinonimiya kuchli. Masalan zamon ko‘rsatkichlari. Ular biri o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilaveradi. Badiiy uslubda bu shakllarning turli ko‘rinishlari uchratish mumkin. Ammo ilmiy yoki rasmiy uslublarda bu imkoniyatlar chegaralangan. Hatto bu uslub doirasidagi fanlarga qarab ham bu qo‘llanishlar chegaralanishi mumkin. Biologiya fani bilan tarix fanidagi bayon suslubi bir birlariga o‘xshamasligi mumkin. SHaxs ko‘rsatkichlari sinonimiyasi g‘oyatda kuchli. Ular nutqqa qo‘shicha ma’no beradi, ekspressivlikni oshiradi.

Fe’l zamonlari ko‘rsatkichlari ham stilistikada qiziqish uyg‘otadi. Hozirgi zamon shaklining qo‘llanishi badiiy, rasmiy va ilmiy nutqlarda farqlanadi. “Turli tuman zamon ma’nolari gammasi badiiy nutq uchun xarakterli, biroq ular odatda ilmiy nutqdan farqlanadi”. Bu erda tez-tez hozirgi-tarixiy yoki jonli tasvirga xizmat qiladigan o‘tgan zamon fonidagi shakllar qo‘llaniladi. Badiiy va so‘zlashuv uslubida ayniqsa o‘tgan zamon shakllarining ma’nosi va vazifasi turli-tumandir. Fe’l mayllari sinonimiyasi ham mahsuldor. Ravishdosh va sifatdoshlar kitobiy xarakterga va ottenkaga ega. Tantanavorlik. +++ Zamon. «Kontekstual va situativ ma’no real ma’noga (formaning odatdagi ma’nosiga) mos kelmay qolishi natijasida ma’noda ko‘chish yuz beradi, ya’ni ma’lum forma o‘zi anglatishi kerak bo‘lgan m’noni emas, balki boshqa ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi» 128. Fikr : Fe’l zamonlaridagi ma’no ko‘chishi va orqali ma’lum stilistik maqsadlarning yuzaga chiqishi badiiy matnlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Syujetli badiiy asardagi voqealar odatda o‘tgan zamonda sodir bo‘lgan, ammo uning tasviri turli zamon shakllarida ifoda etiladi. (Mana shu fikr misollar bilan tasdiqlanadi). Ilmiy va rasmiy matnlardagi zamon shakllarida birmuncha turg‘unlik hukmron bo‘ladi. Ular asosan ___ zamon shaklida ifoda etiladi. Lekin so‘zlashuv nutqining zamon shakllari haqida gapirish qiyin, chunki og‘zaki nutqda har uch zamon shaklining baravar ishlatilaverishi ushbu uslubning o‘ziga xos xususiyati sanaladi. +++ O‘tgan zamon ko‘rsatkichlari: -di, -gan edi, -(i)bilan edi, -(a)r edi. Kitobda aytilishicha, ulardaharakat bajarilishining aniq va aniq emaslik ottenkalari mavjud. Ana shu ottenkalar farqlanmaganda ularning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish mumkin. Mas.: -di – harakatning bajarilish jarayonini, -gan bajarilish natijasini ko‘rsatadi. Buning ustga –gan ish-harakatning –di ga qaraganda yana ham ilgari bo‘lib o‘tganiga ishora qiladi. 129.

Sinonimiya: - di=-gan, -di =-(i)b, -di=-gan edi, -gan edi=-(i)bilan edi, - yotgan edi=-yotib edi=-moqda edi=-(a)r edi=-guvchi edi Xoslanish: -moqda edi – kitobiy, rasmiy; -guvchi edi – so‘zlashuv. +++ Hozirgi zamon ko‘rsatkichlari: -yotir, -yap, -moqda. Kitobda aytilishicha, ular o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘ladi. Ottenkalari bilan farqlanadi. -yotir, - moqda kitobiy, -yap og‘zaki uslubda. –moqda harakatning uzoqroq davom etishini ko‘rsatadi. Hamma vaqt ham sinonim bo‘lavermaydi. –moq dagi rasmiylik bunga yo‘l qo‘ymasa kerak. Sintetik shakl: ishlamoqda; analitik shakl ishlab yuribdi. YOt, tur, yur, o‘tir fe’llari. Sinonimiya. Borayapman, boraman, borajakman, boradiganman. +++ Kelasi zamon ko‘rsatkichlari: -r, -ar; -a, -y. kelasan, kelmoqchisan, kelajaksan, keladigansan. +++ Maqollarning mazmunan har uch zamonga tegishliligi. Mayl. «Fe’lning mayl formalari harakat bilan sub’ekt aloqasining ob’ektga munosabatini bildiradi». 132. Fe’l mayllarining har biri o‘z grammatik ko‘rsatkichiga ega va ular modal ma’nolarni ifodalashi bilan o‘zaro farqlanadi. Biri o‘rnida ikkinchini qo‘llash o‘zbek tili uchun xos xususiyat. (Ijro mayli grammatik ko‘rsatkichga ega emas). Ijro mayli. Kechirasiz – iltimos ottenkasi. Borasan, kelasan – buyruq shakli ijro ma’nosida (o‘ziga nisbatan). Oldik – ijro shakli buyruq ma’nosida. «Va’da berdingmi – bajar= va’da bersang - bajar» . Buyruq mayli. Buyruq shakli ijro ma’nosida: -diring=-diribsiz; -sin=-adi; Fikr : bu kabi mayl almashishlari badiiy matnda katta emotsional-estetik effekt beradi. Gumon: - masin (olgan bo‘lmasin kabi ). Sinonimiya: -sin=-sa, ishoning=ishonsangiz ham. SHart mayli: -sa bo‘ladimi (ijro ma’nosida) , -sang (iz) – buyruq ma’nosida.

SHaxs-son. Agens- so‘zlovchi, adresat – tinglovchi, nutq jarayonida ishtirok etmagan shaxs. I shaxs ko‘pligi – birlik o‘rnida= kamtarinlik, manmanlik, mag‘rurlanish, o‘zini katta olish ottenkalari. Kamtarinlik – ilmiy uslubda. O‘ziga o‘zi murojjat qilish (Ulug‘bek). III shaxs shakli I shaxs ma’nosida: muallif o‘z minnatdorchiligini bildiradi. «Ba’zan so‘zlovchi tinglovchiga II shaxsga murojaatda I shaxsning ko‘pligidan foydalanadi, ya’ni ishingiz qanday, sog‘ligingiz yaxshimi, yaxshi uxladingizmi deyish o‘rniga ishimiz yaxshimi, sog‘ligimiz yaxshimi, yaxshi uxladikmi tarzida murojaat qiladi. Tinglovchini o‘ziga qo‘shib oldai va uning ko‘nglini ko‘taradi. Bu xususiyat og‘zaki nutq, badiiy asar tili uchun xarakterlidir». 136. II shaxs ko‘pligi – ham ko‘plik, ham hurmat. II shaxs birlik ko‘plik o‘rnida – hech qaysing ketmaysan, ketsang, ko‘radiganingni ko‘rasan. II shaxs birligi I shaxs birligi o‘rnida. Odam, kishi so‘zlarining ishtiroki. III shaxs o‘rnida II shaxs (u ishtirok etmayotgan bo‘ladi) – Sen o‘zing kimsanki, bunchalik gerdayasan. III shaxs ko‘pligi III shaxs birligi o‘rnida: kesatish – o‘zlari ham qo‘yil qildilar (mana shu gap II shaxs qaratilgan bo‘lishi ham mumkin) , hurmat – ustoz keldilar. III shaxs ko‘rsatkichi I shaxs birligi ma’nosida: men sabrsizlik bilan kutar, u esa kelishni sira o‘ylamas edi. Kitobda quyidagi misol keltirilgan: Ustod! Onhazratim sizni g‘animlar ko‘zidan yiroq bo‘lsin dedilar, kamina o‘zim borib kelur… (OYO).137. Bu gapga tanqidiy munosabat bildirish lozim. CHunki gapda kelur aslida I shaxs birlikda, u faqat grammatik jihatdan shakllanmagan xolos. Poeziyada: III shaxs ko‘pligi II shaxs birligi o‘rnida: Rohat ko‘rib o‘sdi qaysi biringiz? (H.Olimjon).137. III shaxs ko‘pligi II shaxs birligi o‘rnida yoki ko‘pligi o‘nida (hurmat). Masalan: Nozik ko‘ngillari nimani xohlaydilar, a?