logo

Ko‘p hujayralilar tasnifi va filogeniyasi. Bulutlar paleontologiyasi va filogenezi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

522.9794921875 KB
Ko‘p   hujayralilar   tasnifi   va   filogeniyasi. Bulutlar paleontologiyasi va
filogenezi. 
Reja:
1. Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi va rivojlanishi.
2. Qutblanishning kelib chiqishi
3. Evolyusiya davomida tuzilishning murakkablashuvi
4. Bulutsimonlarning paleontologiyasi va filogeniyasi. 1. Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi va rivojlanishi.
Ko‘pchilik   zooologlarning   fikricha,   ko‘p   hujayralilar   va   bir   hujayrali
organizmlarda umumiy ajdod bo‘lgan. Ko‘p hujayralilarning kolonial bir hujayrali
xivchinlilardan  kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi klassik kolonial nazariya ko‘pchilik
zamonaviy   zoologlar   o‘rtasida   ko‘proq   tarqalgan.   Lekin,   alternativ   sinsitial
nazariya   ham   borki,   bu   nazariyaga   muvofiq   ko‘p   hujayralilar   ko‘p   yadroli,
shilimshiqlarga   yoki   kipriklilarga   o‘xshash   bir   hujayralilardan   kelib   chiqqan.
Keyinchalik  har   bir  yadro  atrofida  membranalar  hisobiga   chegara  paydo  bo‘lgan.
Bu   nazariyani   tasdiqlaydigan   bir   qancha   ma’lumotlar   bor.   Masalan,   shilimshiqlar
va   hasharotlar   (drozofila)   ning   rivojlanishida   dastlabki   ko‘p   yadroli   hujayralarda
sellyularizatsiya   kuzatilib,   ko‘p   hujayrali   tana   shakllanadi.   Lekin   ko‘pchilik
hayvonlarda   morfologik, gen ketma-ketligi  va    rivojlanish  xususiyatlari  haqidagi
filogenetik   ma’lumotlar   sinsitial   nazariyani   tasdiqlamaydi   va   kolonial   nazariyani
quvvatlaydi. Shu sababli quyida kolonial nazariya haqida to‘xtalamiz. 
Hozirgi kolonial nazariyaga ko‘ra ko‘p hujayrali hayvonlarning uzoq ajdodi
shar shaklidagi organizm bo‘lib, bir qator joylashgan xivchinli hujayralardan iborat
bo‘lgan.   Xivchinlar   harakatlanish   va   oziqlanish   uchun   xizmat   qilgan.   Koloniya
bitta   hujayraning   mitoz   usulida   ketma-ket   bo‘linishidan   yuzaga   kelgan.   Hosil
bo‘lgan qiz hujayralar bir-biridan ajralib ketmagan. Ular o‘zlarini  tashqi tomondan
o‘rab va ushlab turgan, oqsildan iborat hujayra tashqarisi  matriksiga botib turgan.
Sharning   ichki   qismi   ham   dildiroq   hujayra   tashqi   matriksi   bilan   to‘lib   turgan.
Hozirgi  yoqachaxivchinlilarga   (xoanoflagellata)   o‘xshab,  har   bir  hujayra  yoqacha
bilan o‘ralgan bitta xivchinga ega bo‘lgan. Ayrim xivchinga ega bo‘lmagan, lekin
xivchinli   hujayralar   va   gametalar   hosil   qilish   xususiyatiga   ega   bo‘lgan  hujayralar
tashqi qavat ostida, hujayra tashqi matriksida erkin joylashgan.   Rasm.1.   Metazoa   ning   kelib   chiqishi,   ko‘p   hujayralilarning   yoqacha   xivchinlilar
koloniyasidan   hosil   bo‘lishi.   A,B-   yoqacha   xivchinli   Proterospongia   haeckeli   kologniyasining
umumiy   ko‘rinishi   va   kesmasi;   V-   yoqacha   xivchinlilar   koloniyasi   asosida   rekonstruksiya
qilingan   gipotetik   protometozoy   organizm   (A,B);   G-   oldingi   va   orqa   o‘q   bo‘ylab   hujayralar
ixtisoslashuvi   yuzaga   kelgan   gipotetik   protometazoy   organizm.   Tashqi   tomonda   joylashgan
hujayralar   bir-biriga   zich   joylashgan   va   o‘zaro   aloqa   qiladi,   hamda   shu   orqali   tana   ichidagi
fiziologik boshqarilishni amalga oshiradi.
Kolonial   ajdodning   yuqoridagi   tipda   tuzilishini   tasdiqlovchi   bir   qator
ma’lumotlar   bor.   Mikrovorsinkalardan   iborat   yoqachaga   va   bitta   xivchinga   (yoki
kiprikka)   ega   bo‘lgan   hujayralar   ko‘p   hujayralilar   orasida   ko‘plab   uchrab   turadi.
Bundan tashqari, ko‘pchilik tuban ko‘p hujayralilar, jumladan, bulutlar, meduzalar,
aktiniyalar   va   korall   poliplarda   kiprikli   hujayralar   hamma   vaqt   faqat   bitta   kiprik
tutadi   (Rasm   2,   B).   Ham   molekulyar,   ham   morfologik     tahlil   ma’lumotlari
ko‘rsatishicha,   yoqachaxivchinlilar   va   ko‘p   hujayralilar   qarindosh   (opa-uka)
taksonlar hisoblanadi. Hujayra tashqi matriksning mavjudligi, unga hujayralarning birikib   turishi   va   unda   hujayralarning   erkin   harakatlanishi   deyarli   barcha   ko‘p
hujayralilarga   xos.   Tuxum   va   spermaning   shakllanishi   kabi   hujayralar
ixtisoslashishi   ayrim   kolonial   xivchinlilarga,   masalan,   sharsimon   koloniya   hosil
qiluvchi Volvox koloniyasida ham mavjud bo‘ladi.
Volvox ko‘p hujayrali organizm bo‘lmasada, uni ko‘p hujayrali organizmlar
ajdodining   qandaydir   analogi   sifatida   qarash   mumkin.   Volvoks   misolida   qanday
qilib   xlamidomonaga   o‘xshagan   bir   hujayrali   ajdoddan   ko‘p   hujayrali   organizm
paydo bo‘lishini tushuntirish mumkin. Volvoksning o‘zi ko‘p hujayrali hayvonlar
(Metazoa)   ning   ajdodi   emas.   U   avtotrof   organizm   va   uning   hujayralari   o‘simlik
hujayralariga   o‘xshaydi.   rRNK   nukleotidlar   ketma-ketligini   tahlil   qilish   shuni
ko‘rsatdiki,   volvoksdagi   ko‘p   hujayralilik   50-70   mln.   yil   ilgari   sodir   bo‘lgan.   Bu
vaqt   ko‘p   hujayrali   hayvonning   ajdodi   bo‘lish   uchun   juda   kech,   chunki   ko‘p
hujayrali   hayvonlar   taxminan   600   mln   yil   oldin   paydo   bo‘lgan.   Demak,
volvokssimonlarda   ko‘p   hujayralilik   hayvonlarda   ko‘p   hujayralilikning   paydo
bo‘lishi   bilan   parallel   ravishda   sodir   bo‘lgan.   Bundan   tashqari,   yana   4   ta   guruh:
zamburug‘lar,   qo‘ng‘ir   suvo‘tlar,   qizil   suvo‘tlar   va   yashil   o‘simliklardagi   ko‘p
hujayralilik ham ularga paralel ravishda sodir bo‘lgan.
Yuqorida   aytilganidek,     Metazoa   ga   haqiqiy   qarindosh   takson
Choanoflagellata   bo‘lishi   mumkin.   Hozirgi   vaqtda   yashab   turgan
yoqachaxivchinlilardan   Proterospongia   haeckeli   (Rasm   2.)   ko‘p   hujayralilarning
faraziy   ajdodiga   juda   o‘xshash.   Uning   koloniyalari   yoqacha   bilan   o‘ralgan
xivchinga ega hujayralardan tashkil topgan va bu hujayralar yuza qavat hosil qiladi
hamda   dildiroq   hujayra   tashqi   matriksga   botib   turadi.   Bo‘lishi   xususiyatiga   ega
bo‘lgan   xivchinsiz   hujayralar   esa   dildiroq   matriksning   chuqurroq   qatlamlarida
joylashadi.   Hujayralarning   tashqi   yuza   qavati   va   alohida   erkin   hujayralarga   ega
matriks, aslida, ko‘p hujayralilardagi dastlabki to‘qimalar-epitelial va biriktiruvchi
to‘qimalarning   boshlang‘ichi   hasoblanadi.   O‘zining   nozik   tuzilishlariga   ko‘ra
Xoanoflagellatalarning   yoqachaxivchinli   hujayralari   ko‘p   hujayrali
bulutsimonlarning   yoqachaxivchinli   hujayralariga   o‘xshashdir.
Yoqachaxivchinlilarning   hujayralari   ham,   bulutsimonlarning   xoanotsitlari   ham mikrovorsinkalardan   iborat   yoqachaga   ega   bo‘lgan   bitta   xivchinga   ega,
xivchinning bazal tomoni ikkita simmetrik joylashgan mastigonemalardan tuzilgan
kurakchaga   (o‘siqchaga)   ega.   Ikkala   takson   vakillarida   ham   xivchinlar
kinetosomadan   chiqadigan   mikronaychalar   yordamida   hujayra   ichki   qismiga
birikkan. 
Dastlabki   gipotetik       ko‘p   hujayrali   –   protometazoy   organizm,   aftidan,
premetazoy   organizmdan   bir   qancha   xususiyatlari   bilan   farq   qilgan.   Birinchidan,
ularning yuza qavatida joylashgan hujayralar bir-biriga zich tegib turgan va aloqa
qilgan,   bu   holat   hujayralararo   jipslilikni   osonlashtirgan   hamda   tashqi   muhit   va
organizm   ichki   qismidagi   hujayra   tashqi   matriks   o‘rtasidagi   chegara-to‘siqning
uzluksizligini ta’minlaydi. Ikkinchidan, hujayralarning bir-biriga zich tegib turishi
va   aloqasi   hujayralar   orasida   hujayra   tashqi   matriksning   bo‘lmasligiga   sabab
bo‘lgan. Buning natijasida hujayra tashqi matriksi tashqi va ichki qavatlarga ajralib
qolgan va ularning har biri keyinchalik turli funksiyalarni  bajarishga moslashgan.
Uchinchidan,   tananing   old   va   orqa   o‘q   bo‘ylab   qutublanishi   sodir   bo‘lgan.
To‘rtinchidan,   qatlamlarga   ajralish   va   tanining   qutblanishi   hujayralarning
ixtisoslashishiga yordam bergan. 
2. Qutblanishning kelib chiqishi
Bir hujayralilar orasida hujayrasi qutblangan vakillari, ya’ni oldingi va orqa
tomonlarga ega bo‘lganlari   harakatchanligi bilan ajralib turadi. O‘troq vakillarida
bu   holat   erkin   oral   (og‘iz)   va   yopishadigan   aboral   tomoniga   to‘g‘ri   keladi.   Ko‘p
hujayralilar   ham   harakatchanligi   yoki   o‘troq   hayot   tarziga   bog‘liq   holda     shunga
o‘xshash  qutblilikka ega. Xo‘sh, ko‘p hujayralilardagi  qutblilik qanday qilib bitta
hujayraning   qutbliligi   asosida   paydo   bo‘ladi?   Bu   savolga   ayrim   guruh   ko‘p
hujayralilar   ootsitlarining   tuzilish   xususiyatlarini   o‘rganish   orqali   javob   topish
mumkin.   Ayrim   hayvonlarning   yetilgan   ootsitlarining   keyinchalik   zigotaning
animal     qutubiga   aylanadigan   tomonida   rudiment   holda   xivchin   va   yoqacha
saqlangan.   Umurtqasizlarning   ayrim   vakillarida   animal   qutb   lichinkalarning
oldingi tomoniga mos keladi (boshqa vakillarida orqa tomonga ham to‘g‘ri keladi). Albatta,   bu   holat   hali   oxrigacha   o‘rganilmagan,   lekin,   ayrim   zoologlarning
ta’kidlashicha,   hozirgi   vaqtdagi   ma’lumotlar   asosida   shunday   tasavvurga   kelish
mumkinki,   ko‘p   hujayralilar   tanasining   birlamchi   old   va   orqa   tomonlarga
qutblanishi   xoanotsitlarning   qutblanishidan   yuzaga   kelgan.   Aftidan,   prometazoy
organizmning tanasi  oldingi va orqa o‘q bo‘ylab qutblangan bo‘lgan, lekin tashqi
muhitning qaysi sharoitlari bu belgining tabiiy tanlanishiga yordam bergan? Suvda
yashovchi   ko‘p   hujayrali   organizm   uchun   tashqi   muhit   sharoitlari,   ya’ni
yoritilganlik,   harorat,   kislorod   miqdori   va   ozuqaning   miqdori   o‘zgarib   turgan.
Agar,   masalan,   ozuqani   qo‘lga   kiritish   yorug‘likka   bog‘liq   bo‘lsa   (masalan,
fotosintezda   ozuqaning   yaratilishi),     tabiiy   tanlanish   yorug‘lik   o‘zgarishini
aniqlashga   yordam   beradigan   har   qanday   tuzilish   variantlarni   saqlab   qoladi.     Bu
muammoning hal etilishi uchun ikki xususiyat talab qilinadi: ta’sirning manbai va
yo‘nalishini   aniqlash   qobiliyati   va   kerakli   yo‘nalishda   harakatlanishni
ta’minlaydigan lokomotor sistemaning mavjudligi.   Demak tabiiy tanlanish u yoki
bu   hayot   resurslarining   o‘zgarishini   aniqlash   qobiliyatiga   ega   har   qanday
organizmning saqlanib qolishiga yordam bergan.  Rasm 2. Metazoa da qutblilikning hosil bo‘lishi.
A-Xivchinlari   mastigonemalarga   ega   primitiv   yoqachaxivchinli   hujayra.   Bunday   hujayralar   bir
hujayralilardan yoqachaxivchinlilar, ko‘p hujayralilardan bulutsimonlarga xos; B-Aktiniya lisinkasi tashqi epiteliy
qavati hujayrasi, xoanotsitlarga o‘xshaydi, bitta xivchinga ega, xivchinning qo‘shimcha kinetosoma tomon harakati
punktir   chiziq   bilan   ko‘rsatilgan;   V-Qisqa   yoqachasi   va   rudiment   xivchini   saqlanib   qolgan,   differensiatsiyaning
dastlabki  bosqichida bo‘lgan goloturiya (Echinodermata)  tuxum hujayrasi; G-Goloturiya zigotasi. Shunga e’tibor
berish kerakki,  animal  va  vegetativ   qutblar  epiteliy  hujayralarning uchi  (apeks)   va  asosiga  (B)  to‘g‘ri   keladi;  D-
Ko‘p   hujayrali   organizmning   tipik   spermatozoidi,   uning   qutbliligi   uni   hosil   qilgan   epitelial   spermotogoniyning
qutbliligi   bilan   belgilanadi;   Ye-Sodda   tuzilgan   lichinkaning   (Cnidaria)   oldingi   tomoni.   Qushimcha   sentriolaning
joylashuviga e’tibor bering. U shuni ko‘rsatmoqdaki, kipriklarning zarbasi   lichinka tanasining orqa qismi tomon
yo‘nalgan va natijada lichinka oldinga harakat qiladi.
Rivojlanish   biologiyasi   bo‘yicha   mutaxassis   Lyuis   Uolpert   boshqa   farazni
ilgari   suradi.   Uning   fikricha,   tananing   qutblanishi   substratga   yopishish   natijasida
paydo   bo‘lgan.   Suvda   yashaydigan   va   toshlarga   yopishib   olgan   organizm   ikkita,
bir-biridan   keskin   farq   qiladigan   muhitlar   chegarasida   qoladi.   Bunday   holatda
shunday   organizmlar   saqlanib   qoladiki,   ularning   bir   tomoni   subtratga   qattiq
yopishishni   ta’minlasa,   ikkinchi     qarama-qarshi   tomoni   boshqa   funksiyalarni,
masalan, oziqlanishni,  samarali bajaradi. Bunday moslanishlar paydo bo‘lishining
natijasi- tananing yaqqol ifodalangan qutblanishidir. 
Evolyusiya jaraynida ko‘p hujayrali organizm tanasining qutublanishi paydo
bo‘lgandan   so‘ng,   ularning   harakatlanish   qobiliyati   muhim   rol   o‘ynay   boshlagan.
Tananing   o‘z   o‘qi   atrofida   harakatlanishi   natijasida   tananing   turli   qismlari   tashqi
muhitning   turlicha   ta’siriga   duchor   bo‘ladi,   natijada   tananing   turli   qismlarida
o‘ziga   xos   xususiyatlar   paydo   bo‘ladi.     Masalan,   tananing   oldingi   qismida
joylashgan   hujayralarning   membranalari   tashqi   muhitdan   keladigan   ta’surotlarga
sezgirligi oshadi, chunki ular tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga birinchi bo‘lib duch
keladi. Shunga o‘xshash, tananing ekvator qismida yoki keng qismida joylashgan
hujayralarda   xivchinlar   uzun,   zich   joylashgan   va   faol   bo‘lishi   kerak,   chunki   bu
holat   harakat   faolligini   oshiradi.   Tananing   keyingi   qismida   esa   bo‘linadigan   va
organizm   o‘sishini   ta’minlaydigan   hujayralar   to‘planishi   kerak.   Bu   yerda   bu
hujayralar harakatlanishga xalaqit bermasdan o‘z vazifasini bajara oladi. Shunday
qilib,   tananing   oldingi   va   orqa   o‘qi   bo‘ylab   harakatlanishi   o‘z-o‘zidan hujayralarning ixtisoslashishiga  olib keladi, chunki  ular  tashqi  muhit omillarining
o‘zgarishiga nisbatan har xil joylashgan. 
Rivojlanish   biologiyasi   bo‘yicha   mutaxassis   Leo   Bass   fikricha,   ko‘p
hujayrali  hayvonlarda hujayralarning   ixtisoslashishining  paydo  bo‘lishi  o‘sish  va
harakatlanish   jarayonlari   orasidagi   qarama-qarshilik   oqibatidir.     Volvox,
Proterospongia   hamda   ko‘pchilik   ko‘p   hujayralilarning   blastulasimon   lichinkalari
tashqi   qismidagi   xivchinlar   orqali   harakatlanadi.   Lekin   ko‘pchilik   xivchinli
hujayralar   mitoz   usulida   bo‘lina   olmaydi,   chunki   bo‘linish   urchug‘ini   hosil
qiluvchi   sentroolalar   xivchinning   kinetosomasi   sifatida   foydalaniladi.   Ko‘p
hujayralilar   xivchinli   hujayralarining   bo‘linishi   faqat   xivchinning   yo‘qolishidan
keyin mumkin bo‘ladi, chunki xivchin yemirilganda kinetosomalar ozod bo‘ladi va
mitotik ip hosil bo‘lish jarayoniga qatnashadi. 
Shunday qilib, faqat  xivchinli  hujayralardan iborat  premetozoy organizmda
(masalan   Proterospongia)   o‘sishni   ta’minlash   uchun   chegaralangan   imkoniyatlar
mavjud bo‘lgan:     1)   mavjud hujayralar  o‘lchamining  yiriklashuvi;   2)   xivchinning
yemirilishi,   hujayraning   bo‘linishi   va   keyin   xivchinning   qaytadan   tiklanishi;   3)
embrionning   turli   qismlaridagi   kam   sondagi   hujayralarning   bo‘linishi,   bunda
boshqa   hujayralar   xivchinlarini   saqlab   qoladi;     4)   o‘sishni   ta’minlaydigan   bir
nechta   alohida-alohida   joylashgan   hujayralarning   bo‘linishi.   Birinchi   holat   tana
o‘lchamini   chegaralaydi,   chunki   hujayralar   soni   cheklangan   bo‘ladi.   Lekin,
Volvoks   koloniyasi   va   ba’zi   mikroskopik   ko‘p   hujayralilar   postembrional   davrda
faqat   hujayralar  o‘lchamining  yiriklashi   hisobiga  o‘sadi.      Ikkinchi   holatda,  ya’ni
xivchinning   yemirilishi   talab   qilinganda,   harakatlanish   imkoniyatlari   nihoyatda
cheklanadi.   Uchinchi va to‘rtinchi holatlar o‘sish va harakatlanish xususiyatlarini
uyg‘unlashtirish   imkonini   beradi.   Lekin   ko‘pchilik   bir   va   ko‘p   hujayralilar
to‘rtinchi   holatdan   foydalanadi.   Mitotik   faol   hujayralarning   alohida   joylashuvi
ko‘p   hujayrali   organizmga   harakatlanish   qobiliyatini   saqlab   qolgan   holda   o‘sish
imkoniyatini beradi. 
Xivchinlarning   tashqi   tomonda   joylashuvi   prometozoy   organizmning
harakatlanishi   uchun     funksional   zaruriyat   hisoblanadi.   Lekin   o‘sishni ta’minlaydigan   maxsus   hujayralarning   to‘planishi   uchun   optimal   joy   qaerda
bo‘lishi   kerak.   Bass   fikricha,   bunday   hujayralarning   tashqi   yuzada   joylashishi
lokomotor   hujayralarning   sonining   ham   ortib   ketishiga   yoki   shishga   o‘xshash
o‘simta   hosil   bo‘lishiga   olib   keladi.   Bu   ikki   holat   ham   organizmning
haraklanishiga   to‘sqinlik   qiladi.   Bo‘linuvchi   hujayralarning   ichki   qismda   botib
kirishi   esa   organizmning   harakatlanishiga   to‘sqinlik   qilmaydi     hamda   uning
shaklining o‘zgarishiga ham olib kelmaydi. Aftidan, shu sababga ko‘ra bo‘linuvchi
va   o‘sishni   ta’minlaydigan   hujayralar   ichki   qismga   botib   kirgan   va   bu   jarayon
uning avlodlarida ham gastrulyatsiya shaklida saqlanib qolgan.
Mitozga   qobiliyatli   hujayralarning   ichki   qismga   botib   kirishi   Volvox   va
Proterospongia   haeckeli   ga   xos.   Proterospongia   haeckeli   ning   o‘sishi   tashqi
tomonda joylashgan xoanotsitlar  sonining ko‘payishi  hisobiga boradi, lekin yangi
xoanotsitlar   ichkaridagi   hujayra   tashqi   matriksida   joylashgan   bo‘linuvchi
hujayralar   hisobiga   hosil   bo‘ladi.   Shunga   o‘xshash   Volvox   koloniyasida   ham
tashqi   tomonda   joylashgan   minglab   xivchinli   hujayralar   orasida   ichkariga   botib
kirgan   va   cho‘ntakchaga   o‘xshash   xivchinsiz,   bo‘linadigan     hujayralar   mavjud
(gonidiyalar). Gonidiyalar yangi koloniyaga yoki jinsiy hujayralarga asos soladi. 
Bir vaqtning o‘zida harakatlanish va o‘sish qobiliyatining zarurligi daslabki
ko‘p   hujayralilarda   ixtisoslashgan   ikki   qavat   hujayralardan   iborat   tananing
shakllanishiga   sabab   bo‘lgan.   Hujayralarning   kavat   bo‘lib   joylashishi
to‘qimalarning paydo bo‘lishiga va organizm ichki muhiti va tashqi muhit o‘rtasida
farq   hosil   bo‘lishiga   asos   bo‘ladi.   Yuza   qatlamda   joylashgan   hujayralar,   ya’ni
chegaraviy   joylashuvga   ega   hujayralar,   gazlar   va   boshqa   resurslardan   bevosita
foydalanish   imkoniga   ega   bo‘ladi,   lekin   ularning   ixtisoslashuvi   asosan   ikki
yo‘nalishda-harakatlanishga   va tashqi  muhit   bilan aloqa  qilishga  qaratilgan. Ichki
qavat   hujayralar   esa   tashqi   muhitning   bevosita   ta’siridan   ozid   bo‘lgan   va
ko‘payishga,   oziq   modda   to‘plashga   hamda   ichak   paydo   bo‘lgandan   keyin,
ozuqani hazm qilishga moslashgan.  Rasm   3.   Hujayra   va  to‘qimalarning   ixtisoslashishi.   Faraziy   prometozoy   organizmlarda
o‘sishni ta’minlaydigan hujayralarning joylashishi:
A-faraziy   organizmning   blastulasimon   bosqichi;   B-   O‘smaydigan   faraziy   blastulasimon
organizm,   chunki   uning   hujayralari   lokomotor   xovchinlarga   ega   va   bo‘lina   olmaydi;   V-D-
Uchta   sodda   tuzilgan   faraziy   ko‘p   hujayrali   organizmlarning   xivchinsiz,   mitotik   faol
hujayralarning   ichkariga   botib   kirishi   orqali   o‘sishi.   Bu   holat   hozirgi   hayvonlardagi
gastrulyatsiya  jarayonining uchta tipini  aks  ettiradi.  V- multipolyar  ingressiya  (hujayralarning
turli   tomonlardan   migratsiyasi);   G-unipolyar   ingressiya   (hujayralarning   bir   joydan   o‘sib
kirishi, shu joyda og‘iz teshigi shakllanadi). D-invaginatsiya. 
3. Evolyusiya davomida tuzilishning murakkablashuvi
Hozirgi davrda to‘plangan ma’lumotlar ko‘p hujayralilarning bir hujayralilar
kologiyasidan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi farazni tasdiqlaydi. Bu farazga asosan daslab bir xil bo‘lgan hujayralar turli funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan. Agar
shunday   bo‘lsa,   Metazoa   evolyusiyasi   o‘xshash   birliklarning   (hujayralarning)
replikatsiyasi   (ko‘payishi),   uning   davomida   bu   birliklarning   ixtisoslashuvi   va
murakkablikning yuqoriroq darajasi hisoblangan organizmda integratsiyasi sifatida
tavsiflanadi.   Replikatsiya-ixtisoslashish-integratsiya   ketma-ketligi   tana
o‘lchamining   yiriklashuvi   va   uning   tuzilishini   murakkablashuviga   asos   bo‘lgan.
Bunga   misol   tariqasida   ko‘pchilik   infuzoriyalarda   kipriklarning   replikatsiyasi,
ixtisoslashuvi va integratsiyasini keltirish mumkin, ular bir hujayralilar orasida eng
yirik,   juda   xilma-xil,   eng   faol   va   eng   murakkab   guruh   hisoblanadi.     Metazoa
orasida     shunga   o‘xshash   misol   tariqasida   yomg‘ir   chuvalchanglari   yoki
qisqichbaqasimonlarni   keltirish   mumkin.   Ularning   tanasi   bir-biriga   o‘xshash
sigmentlardan   tashkil   topgan.   Keyinchalik   bu   sigmentlar   ixtisoslashgan   va   tana
qismlari-bosh,  ko‘krak  va  qorin  sifatida guruhlarga birlashgan.     Quyidagi  rasmda
turli darajadagi biologik tizimlarda tuzilishning murakkablashuvi keltirilgan.  Rasm   4.   Biologik   tizimning   turli   darajalarida   birliklar   replikatsiyasi   va   ixtisoslashishi
natijasida tizimning murakkablashuvi.
4. Bulutsimonlarning paleontologiyasi va filogeniyasi. Bulu ts imonlar   o‘z   tuzilishi   va   rivojlanish   xususiyatlariga   ko‘ra   boshqa   ko‘p
hujayralilardan   farq   qiluvchi   e ng   qadimgi   hayvonlar   hisoblanadi.   Ular   paleozoy
erasining kembriy davri qazilmalaridan ma’lum. Ba’zi  ma’lumotlarga binoan ular
hatto   proterozoy   erasi   qatlamlaridan   ham   ma’lumdir.   Zoologlarning   farazlariga
muvofiq   bulu ts imonlar   bir   hujayrali   yoqachali   xivchinlilarning   kolonial
formalaridan kelib chiqqan deyishadi. Lekin boshqa fikrlarga binoan bulutsimonlar
kovakichlilar   bilan   bir   ajdoddan   kelib   chiqqan   va   alohida   tarmoqni   hosil   qilib,
o‘zlaridan   kelgusida   boshqa   ko‘p   hujayralilarni   kelib   chiqishiga   hech   qanday   rol
o‘ynamagan. Bulutsimonlarni kovakichlilar bilan birga  bir ajdoddan kelib chiqqan
deyilishiga   sabab,   ularning   parenximula   lichinkasi   kovakichlilarning   planula
lichinkasiga o‘xshashdir.
Bugungi   kunda   yashayotgan   sistematik   guruhlar   -   Hexactinellida,
Demospongiae va  Calcarea lar Paleozoy erasining kembriy va ordovik davrlaridan
ma’lum.   Lekin   qirilib   ketgan   hayvonlardan   2   ta   sistematik   guruhlar   -
Archaeocyatha   (kembriy   davrida   )   va   Stromatoporata     (Ordovik   davridan   bo‘r
davrigacha) ham bulutlarga tegishli deb taxmin qilinadi.  
Archaeocyatha   sistematik   guruhiga   kiradigan   vakillar   tanasining   radial
simmetriyasi,   kameralarni   bo‘lishi,   tanani   ikki   qavatliligi   va   ohaktoshdan   iborat
skletini   bo‘lishi   bo‘lsa,   Stromatoporata   guruhini   esa   hozirgi   korall   bulutlarni
(Sclerospongiae)   eslatadilar.Ularda   ham   ohaktoshdan   iborat   bo‘lgan   yirik   skletli
bo‘lgan,   lekin   ularda   kremniyli   spikulalar   bo‘lmaganligi   bilan   xarakterlanadi.
Ordovik davridan trias davrigacha yashagan Sphinctozoa lar guruhini vakillari ipga
o‘xshash   uzun   teshikchalar   bilan   ta’minlangan   ohak   skletga   ega   bo‘lgan.   Ushbu
taksonga   mansub   va   bugungi   kungacha   saqlanib   qolgan     Vaceletia   crypta   relekt
turni   o‘rganish   natijalariga   ko‘ra,   qirilib   ketgan   Sfinktozoa   (Sphinctozoa)
bulutlarining yumshoq to‘qimalari skelet ichida bo‘lgan. Vaceletia crypta va oddiy
bulutlarda   hujayralarning   o‘xshashligi   ushbu   turni   (balki   boshqa   ayrim
sfinktozoalarni ham) Demospongiae guruhiga kiritish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Porifera ning filogenetik sistemasi:
   Porifera Symplazma ( Hexactinellida)  
Cellularia
Demospongiae  
Calcarea
Rasm.   Bulutsimonlarning   filogenetik   sistemasi.   1-N.N.:   xoanotsitlari   kichik   va   asosida
mastigonemalar   bor,   mikronaychalardan   iborat   ildizchaga   ega,   qumdan   (kremnezyom)   iborat
spikulalar   hujayra   ichida   hosil   bo‘ladi,   arxeotsitlarga   ega;   2-   Porifera:   yetuk   davri   yopishib
yashaydi,   pinakoderma,   mezoxil   va   ichki   suv   aylanish   sistemasi   bor,   to‘qimalari   tez   qayta
quriladi  (hujayralari bir-biriga aylanishi sodir bo‘ladi),  arxeotsit,  sklerotsitlarga ega, qumdan
iborat   spikulalari   organik   toladan   iborat   o‘q   atrofida   hujayra   ichida   hosil   bo‘ladi,   lichinkasi
sterroblastula. 3- Symplazma ( Hexactinellida): sinsitial to‘r, xoanosinsitiy, olti o‘qli kremniydan
iborat spikulalari  bor, ikkilamchi  kremniy bilan  qoplangan. 4-   Cellularia:  hujayraviy tuzilgan,
porotsitlarga ega, hujayra tashqi ohaklanishi mavjud; 5-   Demospongiae: spikulalari to‘rt o‘qli
va kremniydan iborat, spongotsit va sponginga ega; 6- Calcarea: xoanotsitlari yirik, spikulalari
ohakdan iborat, kremniyli spikulalar yo‘qolgan, lichinkasi seloblastula.  Archaeocyatha,   Sphinctozoa,   Stromatoporata   hamda     Demospongiae   ning
qadimgi  vakillari  kembriy va mezozoydagi  dengizlarda  riflarning hosil  bo‘lishida
katta   rol   o‘ynagan.   Bu   holat   ko‘pchilik   olimlarda   bulutsimonlarning   evolyusiyasi
qadamgi formalarga xos bo‘lgan va rif hosil qiladigan zich skeletning reduksiyasi
hamda uni spikulalardan iborat skelet  bilan almashinuvi tomon borgan degan fikr
uyg‘otmoqda. Hozirgi davrdagi zich va ko‘p skeletli bulutsimonlarning korallarga
nisbatan   sekin   o‘sishi   rif   hosil   qiluvchi   bulutlar   evolyusiyasining   tugallanishiga
sabab   bo‘lgan.   Lekin,   bulutlar   bilan   umumiy   ajdodga   ega   bo‘lgan
xoanoflagellatalarda   kremniy   oksididan   tuzilgan   spikulalardan   iborat   skeletning
borligi yuqoridagi farazni tasdiqlamaydi. 
Bulutsimonlarning   sistematikasida   ancha   noaniqliklar   mavjud.   Keyingi
yillarda   korall   bulutsimonlar   (oldin   alohida   Sclerospongiae   taksoni)   oddiy
bulutsimonlarga   (Demospongiae)   kiritilmoqda.   Hozir   kunda   bulutsimonlarni
Symplazma ( Hexactinellida)  va  Cellularia kichik taksonga ajratish qabul qilingan.
Symplazma   lar   sinsitial   tuzilishga   ega   bo‘lsa,   Cellularia   lar   hujayraviy   tuzilishga
ega.

Ko‘p hujayralilar tasnifi va filogeniyasi. Bulutlar paleontologiyasi va filogenezi. Reja: 1. Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi va rivojlanishi. 2. Qutblanishning kelib chiqishi 3. Evolyusiya davomida tuzilishning murakkablashuvi 4. Bulutsimonlarning paleontologiyasi va filogeniyasi.

1. Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi va rivojlanishi. Ko‘pchilik zooologlarning fikricha, ko‘p hujayralilar va bir hujayrali organizmlarda umumiy ajdod bo‘lgan. Ko‘p hujayralilarning kolonial bir hujayrali xivchinlilardan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi klassik kolonial nazariya ko‘pchilik zamonaviy zoologlar o‘rtasida ko‘proq tarqalgan. Lekin, alternativ sinsitial nazariya ham borki, bu nazariyaga muvofiq ko‘p hujayralilar ko‘p yadroli, shilimshiqlarga yoki kipriklilarga o‘xshash bir hujayralilardan kelib chiqqan. Keyinchalik har bir yadro atrofida membranalar hisobiga chegara paydo bo‘lgan. Bu nazariyani tasdiqlaydigan bir qancha ma’lumotlar bor. Masalan, shilimshiqlar va hasharotlar (drozofila) ning rivojlanishida dastlabki ko‘p yadroli hujayralarda sellyularizatsiya kuzatilib, ko‘p hujayrali tana shakllanadi. Lekin ko‘pchilik hayvonlarda morfologik, gen ketma-ketligi va rivojlanish xususiyatlari haqidagi filogenetik ma’lumotlar sinsitial nazariyani tasdiqlamaydi va kolonial nazariyani quvvatlaydi. Shu sababli quyida kolonial nazariya haqida to‘xtalamiz. Hozirgi kolonial nazariyaga ko‘ra ko‘p hujayrali hayvonlarning uzoq ajdodi shar shaklidagi organizm bo‘lib, bir qator joylashgan xivchinli hujayralardan iborat bo‘lgan. Xivchinlar harakatlanish va oziqlanish uchun xizmat qilgan. Koloniya bitta hujayraning mitoz usulida ketma-ket bo‘linishidan yuzaga kelgan. Hosil bo‘lgan qiz hujayralar bir-biridan ajralib ketmagan. Ular o‘zlarini tashqi tomondan o‘rab va ushlab turgan, oqsildan iborat hujayra tashqarisi matriksiga botib turgan. Sharning ichki qismi ham dildiroq hujayra tashqi matriksi bilan to‘lib turgan. Hozirgi yoqachaxivchinlilarga (xoanoflagellata) o‘xshab, har bir hujayra yoqacha bilan o‘ralgan bitta xivchinga ega bo‘lgan. Ayrim xivchinga ega bo‘lmagan, lekin xivchinli hujayralar va gametalar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan hujayralar tashqi qavat ostida, hujayra tashqi matriksida erkin joylashgan.

Rasm.1. Metazoa ning kelib chiqishi, ko‘p hujayralilarning yoqacha xivchinlilar koloniyasidan hosil bo‘lishi. A,B- yoqacha xivchinli Proterospongia haeckeli kologniyasining umumiy ko‘rinishi va kesmasi; V- yoqacha xivchinlilar koloniyasi asosida rekonstruksiya qilingan gipotetik protometozoy organizm (A,B); G- oldingi va orqa o‘q bo‘ylab hujayralar ixtisoslashuvi yuzaga kelgan gipotetik protometazoy organizm. Tashqi tomonda joylashgan hujayralar bir-biriga zich joylashgan va o‘zaro aloqa qiladi, hamda shu orqali tana ichidagi fiziologik boshqarilishni amalga oshiradi. Kolonial ajdodning yuqoridagi tipda tuzilishini tasdiqlovchi bir qator ma’lumotlar bor. Mikrovorsinkalardan iborat yoqachaga va bitta xivchinga (yoki kiprikka) ega bo‘lgan hujayralar ko‘p hujayralilar orasida ko‘plab uchrab turadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik tuban ko‘p hujayralilar, jumladan, bulutlar, meduzalar, aktiniyalar va korall poliplarda kiprikli hujayralar hamma vaqt faqat bitta kiprik tutadi (Rasm 2, B). Ham molekulyar, ham morfologik tahlil ma’lumotlari ko‘rsatishicha, yoqachaxivchinlilar va ko‘p hujayralilar qarindosh (opa-uka) taksonlar hisoblanadi. Hujayra tashqi matriksning mavjudligi, unga hujayralarning

birikib turishi va unda hujayralarning erkin harakatlanishi deyarli barcha ko‘p hujayralilarga xos. Tuxum va spermaning shakllanishi kabi hujayralar ixtisoslashishi ayrim kolonial xivchinlilarga, masalan, sharsimon koloniya hosil qiluvchi Volvox koloniyasida ham mavjud bo‘ladi. Volvox ko‘p hujayrali organizm bo‘lmasada, uni ko‘p hujayrali organizmlar ajdodining qandaydir analogi sifatida qarash mumkin. Volvoks misolida qanday qilib xlamidomonaga o‘xshagan bir hujayrali ajdoddan ko‘p hujayrali organizm paydo bo‘lishini tushuntirish mumkin. Volvoksning o‘zi ko‘p hujayrali hayvonlar (Metazoa) ning ajdodi emas. U avtotrof organizm va uning hujayralari o‘simlik hujayralariga o‘xshaydi. rRNK nukleotidlar ketma-ketligini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, volvoksdagi ko‘p hujayralilik 50-70 mln. yil ilgari sodir bo‘lgan. Bu vaqt ko‘p hujayrali hayvonning ajdodi bo‘lish uchun juda kech, chunki ko‘p hujayrali hayvonlar taxminan 600 mln yil oldin paydo bo‘lgan. Demak, volvokssimonlarda ko‘p hujayralilik hayvonlarda ko‘p hujayralilikning paydo bo‘lishi bilan parallel ravishda sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, yana 4 ta guruh: zamburug‘lar, qo‘ng‘ir suvo‘tlar, qizil suvo‘tlar va yashil o‘simliklardagi ko‘p hujayralilik ham ularga paralel ravishda sodir bo‘lgan. Yuqorida aytilganidek, Metazoa ga haqiqiy qarindosh takson Choanoflagellata bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda yashab turgan yoqachaxivchinlilardan Proterospongia haeckeli (Rasm 2.) ko‘p hujayralilarning faraziy ajdodiga juda o‘xshash. Uning koloniyalari yoqacha bilan o‘ralgan xivchinga ega hujayralardan tashkil topgan va bu hujayralar yuza qavat hosil qiladi hamda dildiroq hujayra tashqi matriksga botib turadi. Bo‘lishi xususiyatiga ega bo‘lgan xivchinsiz hujayralar esa dildiroq matriksning chuqurroq qatlamlarida joylashadi. Hujayralarning tashqi yuza qavati va alohida erkin hujayralarga ega matriks, aslida, ko‘p hujayralilardagi dastlabki to‘qimalar-epitelial va biriktiruvchi to‘qimalarning boshlang‘ichi hasoblanadi. O‘zining nozik tuzilishlariga ko‘ra Xoanoflagellatalarning yoqachaxivchinli hujayralari ko‘p hujayrali bulutsimonlarning yoqachaxivchinli hujayralariga o‘xshashdir. Yoqachaxivchinlilarning hujayralari ham, bulutsimonlarning xoanotsitlari ham

mikrovorsinkalardan iborat yoqachaga ega bo‘lgan bitta xivchinga ega, xivchinning bazal tomoni ikkita simmetrik joylashgan mastigonemalardan tuzilgan kurakchaga (o‘siqchaga) ega. Ikkala takson vakillarida ham xivchinlar kinetosomadan chiqadigan mikronaychalar yordamida hujayra ichki qismiga birikkan. Dastlabki gipotetik ko‘p hujayrali – protometazoy organizm, aftidan, premetazoy organizmdan bir qancha xususiyatlari bilan farq qilgan. Birinchidan, ularning yuza qavatida joylashgan hujayralar bir-biriga zich tegib turgan va aloqa qilgan, bu holat hujayralararo jipslilikni osonlashtirgan hamda tashqi muhit va organizm ichki qismidagi hujayra tashqi matriks o‘rtasidagi chegara-to‘siqning uzluksizligini ta’minlaydi. Ikkinchidan, hujayralarning bir-biriga zich tegib turishi va aloqasi hujayralar orasida hujayra tashqi matriksning bo‘lmasligiga sabab bo‘lgan. Buning natijasida hujayra tashqi matriksi tashqi va ichki qavatlarga ajralib qolgan va ularning har biri keyinchalik turli funksiyalarni bajarishga moslashgan. Uchinchidan, tananing old va orqa o‘q bo‘ylab qutublanishi sodir bo‘lgan. To‘rtinchidan, qatlamlarga ajralish va tanining qutblanishi hujayralarning ixtisoslashishiga yordam bergan. 2. Qutblanishning kelib chiqishi Bir hujayralilar orasida hujayrasi qutblangan vakillari, ya’ni oldingi va orqa tomonlarga ega bo‘lganlari harakatchanligi bilan ajralib turadi. O‘troq vakillarida bu holat erkin oral (og‘iz) va yopishadigan aboral tomoniga to‘g‘ri keladi. Ko‘p hujayralilar ham harakatchanligi yoki o‘troq hayot tarziga bog‘liq holda shunga o‘xshash qutblilikka ega. Xo‘sh, ko‘p hujayralilardagi qutblilik qanday qilib bitta hujayraning qutbliligi asosida paydo bo‘ladi? Bu savolga ayrim guruh ko‘p hujayralilar ootsitlarining tuzilish xususiyatlarini o‘rganish orqali javob topish mumkin. Ayrim hayvonlarning yetilgan ootsitlarining keyinchalik zigotaning animal qutubiga aylanadigan tomonida rudiment holda xivchin va yoqacha saqlangan. Umurtqasizlarning ayrim vakillarida animal qutb lichinkalarning oldingi tomoniga mos keladi (boshqa vakillarida orqa tomonga ham to‘g‘ri keladi).