logo

Kompyuterning qo´shimcha qurilmalari

Загружено в:

19.11.2024

Скачано:

0

Размер:

103.287109375 KB
Kompyuterning qo´shimcha qurilmalari
  Mundarija
Kirish......................................................................................................................................
I.BOB.  Kompyuterning qo´shimcha 
qurilmalari.................................................................                                                         
II.BOB.ASOSIY 
QISM.........................................................................................................
2.1.  Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari 
…..............................................................
2.2.  Ma´lumotlarni kiritish-chiqarish 
qurilmalari    . ............................................................
2.3.  Shaxsiy kompyuterlarning qo´shimcha qurilmalari haqida 
……………………………
III.BOB.………………………………………………………………………………
3.1. Mavzuga oid 
testlar……………………………………………………………………
IV.BOB.XULOSA…………………………………………………………………
V.BOB.Foydalanilgan 
adabiyotlar……………………………………………………….                                                                Kirish
SHaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari
 Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot 
(hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir.
 Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha 
(atrof) qurilmalaridir .
Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari
 Sichqoncha
 Printer
 Skaner
 Plotte
 Tarmoq   qurilmasi
 Strimmer
 Modem
Sichqoncha- boshqaruvchi buyruqlarni jo`natish imkonini beradi.Biror sirt bo`ylab 
harakatlantirilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo`lgan 
signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga 
keladi
Sichqoncha   xaqida qiziqarli faktlar
 9 dekabr kompyuter sichqonchasining “tug‘ilgan kuni” hisoblanadi. 1968 yilning 
aynan shu kuni Stenford tadqiqot instituti xodimi Duglas Engelbart sichqonchani 
San-Frantsiskodagi hisoblash texnikasi bo‘yicha anjumanda taqdim qilgan.
 Kompyuter sichqonchasiga NASA tomonidan buyurtma berilgan. Koinot agentligi 
hisoblash tizimlari bilan ishlashni soddalashtirish usulini izlagan. Biroq sichqoncha 
agentlik mutaxassislarini qoniqtirmagan, chunki u bilan vaznsizlikda ishlashning 
iloji bo‘lmagan.
    Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan 
yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida
qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple
Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini 
tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter 
hayotimizga mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy 
vositasiga aytiladi. 
                    ^   Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik 
bilan ishlab berishni ta`minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish 
mumkin.     Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat 
qilmoqda. Ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi  qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi 
mashinalardagi qurilmalarda o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday kompyuter 
apparatli ta`minoti, asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy 
qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo'shimcha qurilmalar kompyuter bilan 
ishlash imkoniyatini kengaytiradi.
2 Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
     Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha 
qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va 
boshqalar misol bo'ladi.
     Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy 
xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan 
(DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish 
jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun
zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida 
saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta 
yuklangan vaqtda o'chib ketadi.
                    Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
Registr   - ma`lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik 
saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr 
o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti 
kondensator bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda -
"1", zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi
triggerlarning miqdori kompyuterning 
necha   razryadli   ekanini belgilaydi. 
Registrlar   uyachalar   (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir 
razryadida bir bit axborot joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1 
bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, 
ya`ni   adresiga   ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi   mashina so'zi   uzunligini belgilab 
beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 
2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki 
sakkiz bayt birlashib bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira
uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan 
ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access 
Memory - tanlov bo'yicha istagan qismiga o'tish mumkin bo'lgan xotira), chunki 
undagi bor, istagan adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud.
                     Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga 
mos keluvchi ma`lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda   videoxotira   deb yuritiladi. Agar tezkor xotirani IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u quyidagicha 
taqsimlanadi: dastlabki 640 Kbayti foydalanuvchi dasturlari va ma`lumotlar uchun, 
1 Mbaytgacha bo'lgan qismi sistemali foydalanish uchun.
                    Doimiy xotira qurilmasida kompyuter ishlagan paytda yozilgan axborot 
o'zgarmasdan doim saqlanadi. Unda odatda, kompyuterning har yoqilishida
uning barcha asosiy qurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, diskyurituvchi, 
monitor, klaviatura qurilmalarining ishini boshqaruvchi dasturlar, operatsion sistema
diskning qaysi joyida joylashganligi haqidagi axborotlar joylashgan bo'ladi.
                    Protsessor   - kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va mantiqiy
amallar bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha mahalliy qurilmalarning ishini 
boshqaradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan 
dasturdan navbatdagi buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda 
keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayon.
  Dastur   - kompyuter bajarishi lozim bo'lgan buyruq va ko'rsatmalarining izchil 
ketma-ketligi. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga 
oshirish, ma`lumotlarni zarur joydan o'qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish 
boshqa qurilmalarning izlanishini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.
^   Demak, protsessor berilgan dastur va zarur malumotlar asosida odam aralashuvisiz
kompyuterning avtomatik ishlashini ta`minlovchi qurilma ekan.
                    Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini mikroprotsessor, ya`ni o'ta 
katta integral sxemalar bajarmoqda, u 10 mm kvadratdan ham kichik yuzada 
joylashgan yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan 
millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topadi. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, 
Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni 
saqlaydi.
                    Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar 
soni bilan belgilanadi Tezlik protsessorni 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan
belgilanadi va Gs bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 
10 million amal) tezlikka ega bo'lsa Pentium protsessori uchun bu ko'rsatkich 850 
MGsga teng. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga 
ishlash mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64,
128 razryadli prssessorlar keng qo'llanmoqda. Protsessorning tezligini oshirish 
uchun hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik hamprotsessorlar kabi 
vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan.
                    Komppyuter qurilmalari orasidagi axborot almashinuvi sistema magistrali - 
shinalar (elektr simlarining bog'lamlari) ko'magida amalga oshiriladi. Shinadagi 
simlar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishi 
uchun uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan malumotlar) shinasi, 
adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Bog'lamdagi simlarning miqdori, shinaning  razryadlari sonini belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu 
protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega 
ekanligini, ya`ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 2^32= 4 Gbayt hajmdagi 
adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyatini mavjudligini 
bildiradi.   Protsessor va asosiy xotira kompyuterning sistema bloki ichidagi asosiy 
platada joylashadi. Unga diskyurituvchi, printer kabi qo'shimcha qurilmalarni ulash 
uchun kontrollerlardan, ya`ni maxsus platalardan foydalaniladi. Ular ona platadagi 
maxsus qirqimlarga joylanadi,   portlar   deb yuritiluvchi ikkinchi uchlariga 
qo'shimcha qurilmalar bevosita ulanadilar.
                    ^   Ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari.   Kompyuterga turli 
shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni 
ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari (MKCHQ) deb yuritiladi. Ularni 
ba`zida maxalliy qurilmalar deb xam ataydilar.
Eng asosiy ma`lumotlarni kiritish -
chiqarish qurilmalari,
safiga   monitor   (displey),   klaviatura   va   diskyurituvchi   qurilmalari kiradi.
                    Kompyuterga turli shakldagi axborotlar kiritishning yo'llaridan biri 
klaviaturada joylashgan tugmalar ko'magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugmani 
yoki tugmalar birikmasini bosilishiga aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib 
keladi, Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma`lum bir tugma 
bosilishida hosil bo'ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.
  Monitor   kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan 
axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni 
ta`minlaydi. Monitor matn yoki grafik rejimda ishlaydi. 
Matn rejimida ekran belgi o'rinlari deb yuritiluvchi alohida 
qismlarga bo'linadi. Grafik rejimda ekran piksel deb 
ataluvchi nuqtalar to'plamidan tashkil topadi. Ikkala 
rejimda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, 
ravshanligi va boshqa parametrlar xaqidagi ma`lumotlar videoxotirada saqlanadi. 
Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb 
ataladi.
                    Hozirgi davrda keng tarqalgan monitorlarni tavsiflovchi jadvalni keltiramiz. 
Bu erda belgi o'rinlarining miqdori ekrandagi satr va ustunlardagi belgi o'rinlarning 
miqdorlari ko'paytmasi hamda piksellar soni gorizontal va vertikal bo'yicha piksellar sonining ko'paytmasi shaklida berilgan
  ^   Monitor 
nomi   Matn rejimi Grafik rejimi
Ranglar miqdori Belgi o'rinlar
miqdori Ranglar miqdori Piksellar miqdori
CGA 16 80x25 2 640x200
    4 620x200
EGA 16 80x25 16 640x350
16 80x43    
VGA 16 80x25 16 640x480
16 80x50    
SVGA 16 80x50 256 640x480
    16 800x600

                    Diskyurituvchi   -   disklarni   aylantirishga   xizmat   qiluvchi   motor   moslamasi
hamda   ularga   ma`lumot   yozish   va   o'qish   magnit   boshchasidan   tashkil   topuvchi
qurilma.   Disklar   asosan   uchga   bo'linadi:   egiluvchan   disk,   qattiq   disk   (vinchester)
hamda   kompakt   disk   (CD   ROM   -   Compakt   -   Disk   -   Read   Only   Memory).
                    Egiluvchan   disk   va   qattiq   disklarga   axborotlar   sektorlarga   bo'lingan
halqasimon   yo'lchalar   bo'ylab   yoziladi.   Disklar   temir   moddasini   saqlovchi
qotishmadan tayyorlanib ularning magnitlangan qismi birlarni, qolgan qismlari esa
nollarni   ifodalaydi.   Sektor   va   yo'lchalar   o'z   tartib   raqamlariga   ega   bo'lib,   har   bir
sektorning   sig'imi   0.5   Kbayt   ni   tashkil   etadi.
                    Egiluvchan disk asosan  ikki xil bo'lib ular diametrlarining uzunliklari  bilan
farqlanadilar   (3,5   dyuymli-   98mm,   5,25   dyuymli   -   133   mm).
                    Egiluvchan   disk   uni   himoya   qiluvchi   maxsus   qattiq   plastik   qutilarda saqlanadi.   Diskning   sig'imi   yo'lchalarning   zichligi   va   uning   ishchi   tomonlari
soniga  bog'liq. Zichliklarning  bir   karrali   (SD  -  Single Density),  ikki  karrali  (DD-
Double   Density),   to'rt   karrali   (QD-Quadruply   Density)   va   yuqori   darajali   (HD-
High  Density)   xillari   mavjud.  Diskning   faqat   bir   tomonidan   foydalanish   mumkin
bo'lsa,   u   -   SS   -   Single   Sided   belgi   bilan   va   diskning,   ikki   tomonini   ishlatish
imkoniyati   bo'lsa   -   DS   -   Double   Sided   belgilari   bilan   tamg'alanadi.
                    Masalan,   DS/HD   xildagi   3.5   dyuymli   diskning   axborot   sig'imi   1.44   Mbayt
ni,   5.25   dyuymli   disk   uchun   esa   1.2   Mbayt   ni   tashkil   etadi.
                    Vinchesterlar   kompyuterning   ichida   joylashgan   bo'lib,   uning   hajmi   bir
necha   Gbaytgacha   boradi.   Vinchester   deganda   silindrsimon   shaklidagi   maxsus
germetik idishga  joylashtirilgan bir  o'qqa  mustahkamlangan  ustma-ust  joylashgan
disklarning   majmuini   tushuniladi.   Kompyuter   ichida   birdaniga   bir   necha
vinchesterlar   joylashishi   ham   mumkin.
Kompakt   disklarning   axborot   sig'imi   o'rta   hisobda   640
Mbayt   ni   tashkil   etadi.   Undagi   axborotlarni   yozish
yo'lchalari spiralsimon shaklda bo'lib, ma`lumotlarni o'qish
va yozish lazer nuri ko'magida amalga oshiriladi. Kompakt
disklar   oltin   yoki   alyuminiy   qotishmalaridan   tayyorlanib,
doirasimon   plastik   ichiga   joylangan   holatda   bo'ladi.
Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdonning
vazifasi   ham   oddiy   diskdonnikiga   o'xshash   ammo   ish
prinsipi   magnitlanishga   emas,   balki   lazer   nuridan   foydalanishga   asoslangan.
Kompakt   diskning   zarur   qismlari   nur   berib
qizitib   bo'rttiriladi.   Kompakt   disklar   bilan   ishlashga   mo'ljallangan   diskdon   ichida
kichik   quvvatda   berilgan   nur   kompakt   diskning   bo'rtib   chiqqan   qismlariga   borib
urilib   akslanadi.   Nurning   akslanib   qaytgani   haqidagi   signal   birlarni,   teskarisi   esa
nollarni   ifodalaydi.   Hozirgi   davrda   sig'imi   10   Gbaytgacha   boradigan   kompakt
disklarni   ishlab   chiqish   yo'lga   qo'yilmoqda.   Kompakt   disklarda   axborot   saqlash
qulay   bo'lsada,   uning   ish   tezligi   vinchesternikiga   qaraganda   sekindir.   Ushbu
disklarning   diametrlari   ham   5.25   yoki   3.5   dyuymlik   bo'ladi.
                    Magnit   disklarning   yangi   xillariga   misol   sifatida   magnitooptik   disklarni
keltirishimiz   mumkin.   Bu   disklarni   yaratishda   magnit   va   optik   texnologiyaning
yutuqlari   birlashgan.   Magnitooptik   disklarning   ustunligi   ularning   sig'imlarining
kattaligi,   olib   yurish   mumkinligi,   ish   tezligining   kattaligidir.   Demak,   xuddi   shu
diametrli   egiluvchan   disklarga   qaraganda   o'rtacha   olganda   ularning   sig'imlari
hajmi   300,   axborotlarni   o'qish   yoki   yozish   tezligi   esa   10   barobardan   ham   ortiq
kattadir.                       Printer   -   ma`lumotlarni   qog'ozga   chiqarish   qurilmasi.   Printerlarning   uch
xili   mavjud:   bosma   (matritsa-o'yma   qolip),   purkovchi,   lazerli.   Bosma   printerda
qog'ozdagi   bosilayotgan   satr   bo'ylab   harakatlanadigan   maxsus   qurilmaga
o'rnatilgan metall ignachalar qog'oz va qurilma orasiga  o'rnatilgan rangli tasmaga
tegib qog'ozda iz qoldirib ma`lumotlarni hosil qiladi, shu nuqtalarning to'plami esa
qog'ozga   belgilar   yoki   shakllarni   chiqarilishini   ta`minlaydi.   Ko'rinib   turibdiki,
bosma   printerdan   chiqarilayotgan   axborotlarning   rangi   o'rnatilgan   tasma   rangiga
mos.
                    ^   Purkovchi   printer-   qog'ozga   chiqariladigan   ma`lumotlarni,   maxsus
idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo'li bilan hosil
qiladi.
Lazer   printeri -   ma`lumotlarni   chop   etishda   rang   solingan   maxsus   barabanga
elektr   maydonini   ta`sir   ettirishdan   foydalanadi.   Bunday   printerlar   tez   va   soz
ishlaydi,   qog'ozga   chiqariladigan   axborotli   mahsulotning   sifati   yuqoridir.   Bosma
yoki  purkovchi  printer  bir  minutda bir  bet  ma`lumot   chop  etsa,  lazer  printerining
shunday   ko'rsatkichi   o'n   betdan   ortiq.   Purkovchi   va   lazer   printerlarda
ma`lumotlarni   turli   rangli   qilib   chop   etish   imkoniyati   mavjud.
Yurgichni   boshqarish   va   qo'shimcha   boshqarish   vazifalarni   bajaruvchi
qurilmalarning   quyidagi   xillari   mavjud:   "sichqoncha",   trekbol,   joystik.
" Sichqoncha "   -   biror   sirt   bo'ylab   surib   yurgizilganda   ichida   joylashgan   sharcha
harakatga   keladi,   hosil   bo'lgan   signallar   kompyuterga   uzatiladi   va   ekranda
yurgichning   mos   harakatlari   yuzaga   keladi.   "Sichqonchada"   o'rnatilgan   tugmalar
ko'magida   boshqaruvchi   buyruqlarni   jo'natish   mumkin.
Trekbol   -   sichqoncha"ning   to'nkarib   qo'yilgan   holatiga   o'xshaydi,   undan   asosan
notebook   xilidagi   ko'chma   kompyuterlardan   foydalaniladi.
Joystik   - tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat
o'yin   yoki   mashq   bajaruvchi   dasturlarni   boshqarishda   qo'llanadi.
                  Plotter   (grafyasagich)   -   chizmalarni   qog'ozga   chiqarish   uchun   xizmat
qiluvchi   qurilma.  Qog'ozda   tasvirlanadigan  chizmalar  tushlangan   pero  bilan  hosil
qilinadi.   Chizmalar   300x300   sm   o'lchamgacha   bo'lgan   katta   qog'ozlarga   ham
chiqarilishi   mumkin.
                   
Skaner   -   foto   rasm,   grafik   va
matn   shaklidagi   axborotlarni
kompyuterga   kiritish   uchun
ishlatiladi.   Demak,   rasm,   shakl
yoki   matnni   albatta   bevosita kompyuterda   hosil   qilish   shart   emas,   balki   uni   oldin   tashqarida   tayyorlab   olib
kompyuterga   kiritish   sharoitini   yaratib,   bu   rasmdan   kompyuterda   ko'rsatmali
foydalanish imkoniyatini beradi. Hozirda stol usti skanerlari va qo'l skanerlari keng
tarqalgan.   Stol   usti   skanerlari   o'z   navbatida   planshet,   rulon,   proeksionxillarga
bo'linadi. Skanerning har bir turi qo'yilgan masalaga mos ravishda bajara oladigan
vazifaga   qarab   o'z   joyida   qo'llanadi.
Strimer   -   vinchesterdagi   eng   zarur   axborotlarni   buzmasdan   asrash   uchun,   uning
nusxasini   ko'chirib   zahirada   saqlash   uchun   xizmat   qiladigan   qurilma.   Strimer
ma`lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko'chirishni tashkil etadi. Magnit lentalar
sifatida   audio   yoki   video   tasmalardan   foydalaniladi.
                      Modem   -   kompyuter   signallarini   telefon
signallariga   aylantiruvchi   va   aksincha   telefon
signallarini   kompyuter   signallariga   aylantirishni
ta`minlovchi maxsus qurilma. Demak, modem telefon
tarmoqlari   orqali   kompyuterlarni   o'zaro   bog'lash
imkoniyatini yaratib berar ekan. Modem kompyuterda
o'zgarmas tok orqali hosil qilingan signallarni turli chastotali tovush signallarining
kombinatsiyasiga aylantiradi va shu jarayonni teskari tartibda ham bajaradi. Bu esa
yakka   kompyuterdan   foydalanganga   qaraganda,   ancha   katta   hajmdagi   axborot
bilan   ishlash   imkoniyatlarini   ochib   beradi.
                    Soundblaster   -   axborot   saqlagichlarga   yozilgan   raqamli   audioaxborotni
tovushlarga   aylantirib   beruvchi   qurilma.   Soundblaster   qurilmasining   chiqish
qismiga   ovoz   kuchaytirgich   yoki   ovoz   kolonkalarini   ulash   mumkin,   bu   bilan
kompyuterning   multimedia   imkoniyatlarini   to'liq   namoyon   etishga   yo'l   ochiladi.
Multimedia   -   matn,   tovushli   ma`lumotlarni,
tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot
texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD
-   ROM   texnologiyalar   taqdimnomasi   ilk   marta
1987   yili   Sietldagi   konferensiyada   (Second
Microsoft CD - ROM Conference) bo'lib o'tdi va
bu   sana   video   va   audioaxborotli   to'laqonli
multimedianing   paydo   bo'lishining   boshlanishi
deb hisoblanadi.                                        Mavzuga oid testlar
1.Sichqoncha nechinchi yilda taqdim etilgan?
 
A)1968-yil       B)1868-yil          C)1969-yil          D)1869-yil
2.Birinchi shaxsiy kompyuter nechinchi yilda yaratilgan?
A)1972-yil       B)1979-yil         C)1973-yil           D)1873-yil
3.  Egiluvchan disk asosan necha xil bo'ladi?
A)4 xil             B)2 xil              C)3 xil                  D)6 xil
4. Kompakt disklarning axborot sig'imi o'rta hisobda necha Mbayt ni tashkil etadi?
A)320             B)480                 C)640                   D)360                                                    Xulosa
Men   ushbu   Kompyuterning   qo´shimcha   qurilmalari     mavzusidagi   mustaqil
ishimda ko´plab ma´lumotlarga ega bo´ldim.Kopmyuterning qo´shimcha va asosiy
qurilmalari bilan tanishdim.
Hozirgi   kunda   bizga   kompyuter   juda   kerak   va   zarur   bo´lgan   qurilma
hisoblanadi.Kompyuter   qurilmalari   bizga   qo´l   oyog´imiz   qanchalik   zarur   bo´lsa
asosiy va qo´shimcha qurilmalari ham shunchalik zarur.Jadal rivojlanib kelayotgan
bu   zamonda   kompyuterdan   foydalanish   talab   qilinmoqda.Men   ushbu   mustaqil
ishimda   sizlarga   kompyuter   va   ularning     qurilmalarini   qo´ldan   kelguncha   taqdim
etishga harkat qildim.                   Foydalanilgan  adabiyotlar
1. A.R.Maraximov, S. I. Raxmon қ ulova «Internet va undan foydalanish asoslari».
Toshkent-2001.
 2. Matrosov, Sergev, Chaunin. HTML 4.0 v podlinnike. BHV-SPb, 2000 
3. Vaynam L, Vaynam V, Dinamicheskiy HTML. Diasoft 2001 
4. Uilton P. Java Script. Osnov ў . Simvol-plyus. 2002 
5. M.Aripov. Internet va Ye-mailda ishlash, Universitet nashriyoti, 2000. 
6. Microsoft FrontPage 2000. Shag za shagom.M., EKOM,2000.
 7. I.Shaposhnikov. Web - sayt svoimi rukami. SPb.:BXV-Peterburg, 2000. 
8. D. Kirsanov. Veb-dizayn. -SPb: Simvol-Plyus,2001. 
9. Uilton P. Java Script. Osnov ы . Simvol-plyus. 2002 Qo„shimcha adabiyotlar 
10.Vazirlar Ma ҳ kamasining kompyuterlashtirishni va AKT larni rivojlantirishning
2002-2010 yillarga mo´ljallangan davlat dasturi. 
11.Xolmatov   T.   Informatika   Uzbekiston   Milliy   ensiklopediyasi   -2003
12.M.Aripov. Informatika, Universitet nashriyoti, 2001. 
13.D. Mironov. Sogel DRAW, Uchebno„y kurs-SPb.: Piter, 2000. 
14.O.   E.   Kolesnikov.   Internet   dlya   delovogo   cheloveka.   M.,MSF.   Izdat.   Firma
«Yauza», 1996.

Kompyuterning qo´shimcha qurilmalari Mundarija Kirish...................................................................................................................................... I.BOB. Kompyuterning qo´shimcha qurilmalari................................................................. II.BOB.ASOSIY QISM......................................................................................................... 2.1. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari ….............................................................. 2.2. Ma´lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari . ............................................................ 2.3. Shaxsiy kompyuterlarning qo´shimcha qurilmalari haqida …………………………… III.BOB.……………………………………………………………………………… 3.1. Mavzuga oid testlar…………………………………………………………………… IV.BOB.XULOSA………………………………………………………………… V.BOB.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….

Kirish SHaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari  Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir.  Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir . Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari  Sichqoncha  Printer  Skaner  Plotte  Tarmoq qurilmasi  Strimmer  Modem Sichqoncha- boshqaruvchi buyruqlarni jo`natish imkonini beradi.Biror sirt bo`ylab harakatlantirilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo`lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi Sichqoncha xaqida qiziqarli faktlar  9 dekabr kompyuter sichqonchasining “tug‘ilgan kuni” hisoblanadi. 1968 yilning aynan shu kuni Stenford tadqiqot instituti xodimi Duglas Engelbart sichqonchani San-Frantsiskodagi hisoblash texnikasi bo‘yicha anjumanda taqdim qilgan.  Kompyuter sichqonchasiga NASA tomonidan buyurtma berilgan. Koinot agentligi hisoblash tizimlari bilan ishlashni soddalashtirish usulini izlagan. Biroq sichqoncha agentlik mutaxassislarini qoniqtirmagan, chunki u bilan vaznsizlikda ishlashning iloji bo‘lmagan. Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter hayotimizga mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aytiladi. ^ Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta`minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi

qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo'shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi. 2 Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi. Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta yuklangan vaqtda o'chib ketadi. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr - ma`lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti kondensator bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda - "1", zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya`ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo'yicha istagan qismiga o'tish mumkin bo'lgan xotira), chunki undagi bor, istagan adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud. Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga mos keluvchi ma`lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda videoxotira deb yuritiladi.

Agar tezkor xotirani IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u quyidagicha taqsimlanadi: dastlabki 640 Kbayti foydalanuvchi dasturlari va ma`lumotlar uchun, 1 Mbaytgacha bo'lgan qismi sistemali foydalanish uchun. Doimiy xotira qurilmasida kompyuter ishlagan paytda yozilgan axborot o'zgarmasdan doim saqlanadi. Unda odatda, kompyuterning har yoqilishida uning barcha asosiy qurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, diskyurituvchi, monitor, klaviatura qurilmalarining ishini boshqaruvchi dasturlar, operatsion sistema diskning qaysi joyida joylashganligi haqidagi axborotlar joylashgan bo'ladi. Protsessor - kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha mahalliy qurilmalarning ishini boshqaradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayon. Dastur - kompyuter bajarishi lozim bo'lgan buyruq va ko'rsatmalarining izchil ketma-ketligi. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, ma`lumotlarni zarur joydan o'qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish boshqa qurilmalarning izlanishini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi. ^ Demak, protsessor berilgan dastur va zarur malumotlar asosida odam aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta`minlovchi qurilma ekan. Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini mikroprotsessor, ya`ni o'ta katta integral sxemalar bajarmoqda, u 10 mm kvadratdan ham kichik yuzada joylashgan yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topadi. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi. Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni bilan belgilanadi Tezlik protsessorni 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo'lsa Pentium protsessori uchun bu ko'rsatkich 850 MGsga teng. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlash mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli prssessorlar keng qo'llanmoqda. Protsessorning tezligini oshirish uchun hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik hamprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan. Komppyuter qurilmalari orasidagi axborot almashinuvi sistema magistrali - shinalar (elektr simlarining bog'lamlari) ko'magida amalga oshiriladi. Shinadagi simlar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishi uchun uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan malumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Bog'lamdagi simlarning miqdori, shinaning

razryadlari sonini belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya`ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 2^32= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyatini mavjudligini bildiradi. Protsessor va asosiy xotira kompyuterning sistema bloki ichidagi asosiy platada joylashadi. Unga diskyurituvchi, printer kabi qo'shimcha qurilmalarni ulash uchun kontrollerlardan, ya`ni maxsus platalardan foydalaniladi. Ular ona platadagi maxsus qirqimlarga joylanadi, portlar deb yuritiluvchi ikkinchi uchlariga qo'shimcha qurilmalar bevosita ulanadilar. ^ Ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari. Kompyuterga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari (MKCHQ) deb yuritiladi. Ularni ba`zida maxalliy qurilmalar deb xam ataydilar. Eng asosiy ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari, safiga monitor (displey), klaviatura va diskyurituvchi qurilmalari kiradi. Kompyuterga turli shakldagi axborotlar kiritishning yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugmalar ko'magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugmani yoki tugmalar birikmasini bosilishiga aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi, Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma`lum bir tugma bosilishida hosil bo'ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta`minlaydi. Monitor matn yoki grafik rejimda ishlaydi. Matn rejimida ekran belgi o'rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo'linadi. Grafik rejimda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to'plamidan tashkil topadi. Ikkala rejimda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar xaqidagi ma`lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb ataladi. Hozirgi davrda keng tarqalgan monitorlarni tavsiflovchi jadvalni keltiramiz. Bu erda belgi o'rinlarining miqdori ekrandagi satr va ustunlardagi belgi o'rinlarning miqdorlari ko'paytmasi hamda piksellar soni gorizontal va vertikal bo'yicha piksellar