logo

QOZON QURILMALARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

168.49609375 KB
QOZON QURILMALARI
Reja:
1. Asosiy   tushunchalar,   qozon   qurilmalarini   bug‘   unumiga,   bug‘   bosimiga   va
ishlatilishiga ko‘ra klassifikatsiyalanishi.
2. Qozon qurilmasi uning tuzilishi va ishlash tartibi. 
3. Qozon agregatining issiqlik balansi .  1 .   Asosiy   tushunchalar,   qozon   qurilmalarini   bug‘   unumiga,   bug‘   bosimiga   va
ishlatilishiga ko‘ra klassifikatsiyalanishi .   Issiq suv va bug‘ ishlab chiqarish uchun
mo‘ljallangan inshoot  va qurilmalar  majmui  qozon qurilmasi  deb aytiladi. Qozon
qurilmasi qozon agregati bilan qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topadi.
O‘txonada yoqilgan yoqilg‘idan ajralgan issiqlik hisobiga bosim ostida issiq
suv   va   bug‘   hosil   qiladigan   uskunalar   majmui   qozon   agregati   deyiladi.   Qozon
agregati tarkibiga quyidagilar kiradi: o‘txona qurilmasi (gorelkalar bilan kamera);
qozon   agregatining   asosiy   qismlaridan   biri   bo‘lgan   bug‘   qozoni,   unda   bug‘   hosil
bo‘ladi; bug‘ berilgan parametrgacha qizdiriladigan bug‘ qizdirgich; bug‘ qozoniga
beriladigan   suvni   isitish   uchun   mo‘ljallangan   suv   yekonomayzeri   va   yoqilg‘ini
yoqish   uchun   o‘txonaga   beriladigan   havoni   isituvchi   havo   isitkich.   Qozon
qurilmasining   yordamchi   qurilmalari   jumlasiga   mo‘ri,   shlak   va   kul   chiqaradigan
qurilmalar,   kulni   tutib   qolish   qurilmalari,   karkas,   ichki   qoplama   va   boshqalarni
kiritish mumkin. 
Qozon qurilmasi ishlab chiqargan mahsulot turiga ko‘ra bug‘ qozonlari, suv
isitadigan   qozonlar   va   bug‘-suv   isitadigan   qozonlarga   bo‘linadi.   Bug‘-suv
isitadigan   qozonlarda   bir   vaqtning   o‘zida   yoki   har   xil   vaqtda   bug‘   va   issiq   suv
ishlab chiqariladi, lekin bunday turdagi qozonlar kam qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda
sanoatda qozon-utilizatorlar keng qo‘llaniladi. Bunday qozonlarda issiqlik manbai
sifatida   texnologik   jarayonlarning   ikkilamchi   yenergiya   manbalari   (masalan,
sanoat   pechlarining   chiqib   ketayotgan   gazlari),   metallurgiya   zavodlaridan   va
domna pechlaridan chiqqan tutun-gaz aralashmalari ishlatiladi. 
Qozon qurilmasining asosiy ish tavsiflariga quyidagilar kiradi:
Bug‘   unumdorligi   (qozonning   quvvati),   bu   vaqt   birligida   hosil   bo‘lgan   bug‘
miqdori bilan aniqlanadi.
Bug‘ning parametrlari (bosim va o‘ta qizish temperaturasi).
Qozon agregatining F.I.K.
Qozon qurilmalarini quyidagi belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:
 1. Bug‘ unumdorligiga ko‘ra:
a) bug‘ unumdorligi past -(0,01-5,5 kg/s); b) bug‘ unumdorligi o‘rtacha-(30 kg/s gacha);
v) bug‘ unumdorligi yuqori -(500-1000 kg/s gacha);
2. Bug‘ bosimiga ko‘ra:
a) past bosimli -(P=0,8(1,6 MPa);
б) o‘rta bosimli -(P=2,4(4 MPa);
v) yuqori bosimli- (P=10(14 MPa);
g) o‘ta yuqori bosimli -(P=25(31 MPa)
3. Ishlatilishiga ko‘ra:
a)   Yenergetik   qozon   qurilmalari,   bular   issiqlik   yelektr   stansiyalarining   bug‘
turbinalarini bug‘ bilan ta’minlaydi;
b) Sanoat qozon qurilmalari, bular sanoat yehtiyojlari (issiqlik apparatlari, issiqlik
almashinuv apparatlari, mashinalarning bug‘ uzatmalari va shu kabilar) uchun bug‘
ishlab chiqaradi;
v)   Isitish   qozon   qurilmalari,   bular   mahalliy   qozon   qurilmalari   bo‘lib,   qozon
qurilmasi yaqinida joylashgan binolarni issiq suv bilan ta’minlaydi.
g)   Issiqlik–yenergetik   qurilmalar,   bularda   issiqlikning   asosiy   qismi   yelektr
yenergiyasi   olishga   sarflanadi,   kamroq   qismi   isitish   va   turli-tuman   texnologik
jarayonlarni bajarish uchun yuboriladi. 
Suv   isitadigan   qozonlarning   issiqlik   unumdorligi   4(180   Gkal/soat   bo‘lishi
mumkin. Issiqlik unumdorligi 30 Gkal/soat bo‘lgan qozonlarda, suvning qozondan
chiqishidagi   temperaturasi   423   K,   suvning   qozonga   kirishdagi   bosimi   1,6   MPa
bo‘ladi.   Issiqlik   unumdorligi   30   Gkal/soat   va   undan   yuqori   bo‘lgan   qozonlarda,
chiqishdagi   yeng   yuqori   temperatura   450-470   K,   suvning   kirishdagi   bosimi   2,5
MPa   bo‘ladi.   Qozon   agregatlari   14.1-rasmda   ko‘rsatilgan   ketma-ketlikda
takomillashib bordi. Takomillashtirishdan asosiy maqsad metal sarfini kamaytirish,
qozonning   tejamliligini   va   bug‘   unumdorligini   oshirish,   hamda   parametrlari
yanada ham  yuqoriroq bo‘lgan bug‘  olishdir. Hozirgi  katta quvvatli  qozonlarning
boshlang‘ich sxemasi 14.1-rasm (a,b) da keltirilgan silindr shaklidagi oddiy qozon
edi.   XIX   asrning   o‘rtalarida   silindrsimon   va   o‘t-quvurli   qozonlardan   (v)   suv-
quvurli   (v-m)   qozonlarga   o‘tildi.   Qozonlarni   takomillashtirish   ikki   yo‘nalishda
bordi: birinchidan gaz-quvurli, ikkinchidan suv-quvurli qozonlar yaratildi.
Natijada   quvurlarning   diametrini   kamaytirgan   holda   isish   sirtini
kattalashtirishga yerishildi, chunki gazlarga qaraganda suvga issiqlik berish yuqori
bo‘ladi, bu yesa metallni tejash va unumdorlikni ko‘tarish imkonini berdi. 
Kamerali   gorizontal   suv-quvurli   qozonlarda   (d,ye)   qaynatish   quvurlar
to‘plami o‘zining uchlari bilan yassi kameralarga ulanar yedi. Bular anker boltlari
ko‘pligi  tufayli  murakkab bo‘lib, bug‘  bosimini  12-15 bar  dan yuqori  ko‘tarishga
imkon bo‘lmadi.
Bu kamchiliklar gorizontal suv-quvurli qozonlarda sezilarli darajada bartaraf
yetildi. Bularda yassi kameralar o‘rniga silindrsimon qopqoqlar qo‘llanildi, ularga
to‘g‘ri   quvurlar   to‘plami   ulandi,   quvurlar   ikki   to‘plam   holida   gorizontal   ravishda
barabanga ( j ) birlashdi. Shu tufayli  bug‘ning bosimi  ortdi, quvurlarning soni  va
uzunligi   ortishi   yesa,   qozonning   unumdorligini   oshirish   imkonini   yaratdi.
Barabanlar   avvalo   uzunasiga,   keyinroq   ko‘ndalangiga   joylashtirildi.   Suv
yekonomayzerlari va havo isitkichlarni qo‘llash natijasida qozonlarning tejamliligi
va unumdorligi ortdi. 
Gorizontal suv-quvurli qozonlar o‘z vaqtida gaz quvurli qozonlarga nisbatan
katta afzalliklarga yega yedi, lekin ularning hozirgi vertikal suv-quvurli qozonlarga
qaraganda muhim kamchiliklari bor. Avvalo, bir necha barabanning bo‘lishi metall
sarfini   oshirib   yuboradi,   qimmat   turadigan   tutashtirish   kameralari   esa,   qozon
narxini ortishiga sabab bo‘ldi. 
Bu kamchiliklar gorizontal suv-quvurli qozonlarda sezilarli darajada bartaraf
yetildi. Bularda yassi kameralar o‘rniga silindrsimon qopqoqlar qo‘llanildi, ularga
to‘g‘ri   quvurlar   to‘plami   ulandi,   quvurlar   ikki   to‘plam   holida   gorizontal   ravishda
barabanga ( j ) birlashdi. Shu tufayli  bug‘ning bosimi  ortdi, quvurlarning soni  va
uzunligi   ortishi   yesa,   qozonning   unumdorligini   oshirish   imkonini   yaratdi.
Barabanlar   avvalo   uzunasiga,   keyinroq   ko‘ndalangiga   joylashtirildi.   Suv yekonomayzerlari va havo isitkichlarni qo‘llash natijasida qozonlarning tejamliligi
va unumdorligi ortdi. 
14.1-rasm. Tabiiy sirkulyatsiyali qozonlarning takomillashib borishi:
a – silindrsimon; b-batareyali; v-o‘t quvurli; g-o‘t va tutun quvurli; d,ye-kamerali
gorizontal-suv quvurli; j-bo‘limli gorizontal-suv quvurli; z-qaynatish quvurlari
to‘g‘ri bo‘lgan; i,k-qaynatish quvurlari yegilgan; l- P-simon bir barabanli qozon;
m- T-simon zamonaviy barabanli qozon agregati.
Gorizontal suv-quvurli qozonlar o‘z vaqtida gaz quvurli qozonlarga nisbatan
katta afzalliklarga yega yedi, lekin ularning hozirgi vertikal suv-quvurli qozonlarga
qaraganda muhim kamchiliklari bor. Avvalo, bir necha barabanning bo‘lishi metall
sarfini   oshirib   yuboradi,   qimmat   turadigan   tutashtirish   kameralari   yesa,   qozon
narxini ortishiga sabab bo‘ldi. 
Shuning uchun ularni vertikal suv-quvurli qozonlar siqib chiqardi va hozirgi
paytda  gorizontal   suv-quvurli  qozonlar  ishlab   chiqarilmaydi.  Vertikal   suv-quvurli qozonlar dastlab qozonning yeng qimmat qismining–barabanlarning soni ko‘p qilib
qurilar (z,i) edi.
Vertikal   suv-quvurli   qozonlarning   keyingi   takomillashuvi   natijasida
barabanlarning   soni   bittaga   keltirildi   (k,l,m),   qaynatish   quvurlarining   to‘plami
bevosita   baraban   bug‘   yig‘gichga   tutashtirildi.   Shunday   qilib,   barabanlar   soniing
kamayishi   bilan   bir   vaqtda   qozon   isish   sirtining   konvektiv   qismi   qisqardi   va
o‘txonada yekranlar tarzida joylashgan radiatsion qismi ko‘paydi. 
2. Qozon qurilmasi uning tuzilishi va ishlash tartibi.  Zamonaviy bug‘ qozon
qurilmasi   (14.2-rasm)   qozon   agregatidan   va   yordamchi   qurilmalardan   (ko‘mirni
maydalash   va   chang   tayyorlash,   yoqilg‘i   va   suvni   uzatish,   havoni   va   yoqilg‘i
mahsulotlarini tortish va puflash, nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatik boshqarish
asboblari) tashkil topgan. Qozon devorlarining o‘ta qizib ketishi ularning buzilish
xavfini   tug‘diradi.   Buning   oldini   olish   uchun   qozonning   qizigan   sirtlaridan
issiqlikni   tez   olib   turish   kerak.   Buning   uchun   isitish   sirtlari   bo‘ylab   suv   va   suv-
bug‘ aralashmasining harakatini tegishli tarzda tashkil yetish lozim.
14.2-rasm. Qozon qurilmasining texnologik sxemasi.
1 – transporter; 2 – nam ko‘mir bunkeri; 3 – nam ko‘mir taqsimlagich; 4– ko‘mir
maydalaydigan tegirmon; 5 – separator; 6 – siklon; 7 – chang vinti; 8 – ko‘mir
changi bunkeri; 9 – ko‘mir changi ta’minlagichi; 10 – tegirmon ventilyatori; 11 –
gorelkalar; 12 – baraban; 13 – o‘txona; 14 – sovuq voronka; 15 – shlak yig‘gich;
16 – o‘txona yekranlari (ko‘tarish quvurlari); 17 - yekran kollektorlari; 18 –
tushirish quvurlari; 19 – feston; 20 – bug‘ qizdirgich; 21 – suv yekonomayzeri; 22
– havo qutisi; 23 – puflash ventilyatori; 24 – havo tortishi qutisi; 25 - gaz tozalash qurilmasi; 26 – so‘rish ventilyatori; 27 – tutun quvuri –mo‘ri; 28 – kul-shlak
chiqarish kanali.
Suv   va   suv-bug‘   aralashmasining   isitish   sirtlari   bo‘ylab   harakatlanish
tavsifiga ko‘ra qozon agregatlari uch turga bo‘linadi:
tabiiy sirkulyatsiyali;
majburiy sirkulyatsiyali;
to‘g‘ri oqimli.
14.3-rasmda suv quvurli qozonlarning sirkulyatsion sxemasi keltirilgan.
14.3- rasm .  Qozon   sxemalari .
a  –  tabiiy   sirkulyatsiyali ;  b  –  majburiy   sirkulyatsiyali ; 1 –  baraban ; 2 –  isitish
sirtlari ; 3 –  bug ‘  qizdirgich ; 4 –  yekonomayzer ; 5 –  havo   isitkich .
Tabiiy   sirkulyatsiyali   bug ‘   qozonlarida   suv   yopiq   sirkulyatsiyali   konturda
(14.3- rasm ,   a ): « baraban   –   tushirish   quvuri   –   pastki   kollektor   –   ko ‘ tarish   quvuri   –
baraban »   da   harakat   qiladi .   Bunday   qozonlarda   suvning   va   suv   –   bug ‘
aralashmasining   harakatlanishi   ularning   zichliklari   orasidagi   farqqa   asoslanib
amalga   oshiriladi .   Majburiy   sirkulyatsiyali   qozonlarda   suv   bilan   suv-bug‘
aralashmasi sirkulyatsion nasos yordamida harakatlantiriladi.  14.4- rasm. Tabiiy sirkulyatsiyali TP-100 qozon agregati.
1- baraban; 2- bug‘ qizdirgichning konvektiv qismi; 3- ikkilamchi bug‘ qizdirgich;
4- quvurli havo isitkich; 5- yekonomayzer; 6- gaz yo‘llari; 7- regenerativ havo
isitkich; 8- ko‘mir changini yoqish gorelkasi; 9- o‘txonaning tirqishli tagi; 10- suv
vannasi va shlak transporteri; 11- bug‘ qizdirgichning radiatsion qismi.
Zamonaviy   qozon   agregatlari   asosan   tabiiy   yoki   sunpiy   gazda,   mazutda,
changsimon   ko‘mirda   ishlaydi.   Zamonaviy   qozon   agregatlarining   ishlab
chiqaradigan bug‘ining sarfi 400-450 t/soat, bosimi 2,5 MPa gacha, temperaturasi
700-850   K   ga   yetadi.   Qurilishi   jihatidan   zamonaviy   qozon   agregatlariga   kam
metall   sarflangan,   boshqarish   yetarli   darajada   mexanizatsiyalashtirilgan   va
avtomatlashtirilgan, yekologik nuqtaiy nazardan atrof muhitga o‘ta zaharli gazlarni
kamroq chiqaradi. Bunga 14.4-rasmda keltirilgan yuqori quvvatli, qattiq yoqilg‘ida
ishlaydigan   tabiiy   sirkulyatsiyali   TP-100   markali   (Taganrog   zavodi,   Rossiya)
qozon agregati misol bo‘la oladi. Bunday qozonning bug‘ unumdorligi 640 t/soat,
bug‘ning   bosimi   14   MPa   va   temperaturasi   5700C,   qaynoq   havo   temperaturasi
4030C,   chiqib   ketayotgan   gazlar   temperaturasi   1280C,   F.I.K.   90,2%.   Hozirgi
vaqtda   qozon   agregatlarini   yig‘ishni   arzonlashtirish   va   tezlashtirish   maqsadida
uning qismlari  tayyor  bloklar  tarzida tayyorlanmoqda.  Masalan,  unumdorligi  past va o‘rtacha (2,5 dan 15 kg/s gacha) bo‘lgan SU va SA turdagi  (Belgorod zavodi,
Rossiya)   qozonlar   olti   blokdan   tashkil   topgan.   Bloklar   yig‘ish   maydoniga   oson
tashib keltiriladi va u yerda qozon agregati tezda yig‘iladi.
3. Qozon   agregatining   issiqlik   balansi.   Qozon   agregatiga   issiqlik   kelishi   va
uni   sarflanishi   muvozanatlashgan,   ya’ni   balanslashgan   bo‘lish   kerak.   Issiqlik
balansi   asosida   yoqilg‘ini   sarfi   aniqlanadi   va   qozon   agregatining   asosiy   tavsifi
bo‘lgan F.I.K. hisoblanadi. Issiqlik balansi tenglamasi 1 kg qattiq suyuq yoki 1 m3
gaz yoqilg‘isi uchun tuziladi:Qμ
и=	Q1+Q2+Q3+Q4+	Q5+Q6
  (14.1)
bunda  	
Qμ
И - ixtiyorimizdagi   issiqlik;   Q
  1   –   foydalanilgan   issiqlik;   Q
  2   –   chiqib
ketayotgan   gazlar   bilan   issiqlikning   isrof   bo‘lishi;   Q
  3   –   kimyoviy   to‘la
yonmaslikdan   issiqlikning   isrof   bo‘lishi;   Q
  4   –   mexanik   to‘la   yonmaslikdan
issiqlikning   isrof   bo‘lishi;   Q  
  5   –   atrof   muhitga   issiqlikning   isrof   bo‘lishi;   Q
6   –
qozon   agregatidan   tashqariga   chiqariladigan   shlak   issiqligi   hisobiga   bo‘ladigan
issiqlik isrofi.
Issiqlik balansi tenglamasini 	
Qии  ga nisbatan foizlarda ifodalash mumkin. 	
q1+q2+q3+q4+q5+q6=	100	%
(14.2)
bunda 	
q1=	Q1
Qии100	%	;q2=	Q2
Qии100	%  va h.q.
Ihtiyorimizdagi issiqlik quyidagi kattaliklarni yig‘indisiga teng bo‘ladi:	
Qi
i=	Qk
i+Q	fm+Qx.i+Qb.m
  (14.3)
bunda 	
Qki - yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi; 	Qfm - yoqilg‘ining fizik issiqligi;	
Qx.i
-   havo   bilan   kirgan   issiqlik;   bu   issiqlik   havo   tashqi   manbadan   isitilganda
hisobga olinadi; 	
Qb.m - puflanadigan bug‘ bilan mazut yoqishda keladigan issiqlik.
Havo bilan kirgan issiqlikni quydagi tenglamadan hisoblanadi: Qx.i=	αV	0cр
'(Тu	.х-Тc	.х)bunda 	
α - ortikcha havo koyeffitsiyenti;  	cр'  - havoning o‘rtacha xajmiy izobar
issiqlik   sig‘imi;  	
Тu	.х -   isitilgan   havo   temperaturasi;  	Тc	.х -   sovuq   havo
temperaturasi;  	
V0 -   1   kg   yoki   1   m3   yoqilg‘ining   yonishi   uchun   zarur   bo‘lgan
havoning   nazariy   miqdori.   Bug‘   bilan   kirgan   issiqlik   quyidagi   formuladan
aniqlanadi:	
Qбb.i=W	f(hf−r)
bunda 	
Wф - bug‘ning forsunkadagi sarfi, 0,3 – 0,4 kg/kg; 
   	
hф - bug‘ entalpiyasi, kJ/kg; 	r - bug‘ hosil qilish issiqligi, kJ/kg.
Yoqilg‘ining fizik issiqligi :
Qf.i=	cyo(Тyo−273	)
bunda 	
cё - yoqilg‘ining issiqlik sig‘imi; 	Тё  - yoqilg‘i temperaturasi, K.
Balans   tengalamasidagi  	
Qf.i+Qi.+Qx.i. yig‘indi  	Qki ga   nisbatan   juda   kichik
bo‘lganligi   sababli   ularni   ayrim   taqribiy   hisoblashlarda   e’tiborga   olmasa   ham
bo‘ladi. Unda tenglama quydagi ko‘rinishga keladi:	
Qii=Qki
.
Chiqib ketayotgan gazlar bilan issiqliklikning isrof bo‘lishi q
2   eng katta isrof
bo‘lib,   asosan   chiqib   ketayotgan   gazlarning   temperaturasiga   va   ortiqcha   havo
koyeffitsiyentiga bog‘liq. Gaz va suyuq yoqilg‘i yoqilganda (%) da :	
q2=	
hг−	αrhc.х	
Q	ii	100
  (14.4)
va qattiq yoqilg‘i yoqilganda (%)	
q2=	
hг−	arhc.x(100	−	qn)	
Q	м
м
  (14.5) bunda  αr -   chiqib   ketayotgan   gazlardagi   ortiqcha   havo   koyeffitsiyenti;  	hr -
yonish mahsulotlari entalpiyasi; 	
hc.х - o‘txonaga kirayotgan sovuq havo entalpiyasi;	
h	r=	V	r⋅cr⋅tr
  (14.6)
bu   yerda   V
r -   chiqib   ketayotgan   yonish   mahsulotlari   hajmi;  	
cr,tr -   chiqib
ketayotgan   gazlarning   issiqlik   sig‘imi   va   temperaturasi.   Xozirgi   paytda   qozon
qurilmalarini   loyihalashda   chiqib   ketayotgan   tutun   gazlarning   hisoblangan
temperaturasini 120 -170( S ga teng deb qabul qilinadi. Unumdorligi katta bo‘lgan
agregatlarda  q
2 = 3-7 %  ni   tashkil   yetadi. Suv  yekonomayzeri  va  havo  isitgichlari
bo‘lmagan qozonlarda q
2 = 20-30% ga yetadi.
Kimyoviy   to‘la   yonmaslikdan   bo‘ladigan   issiqlik   isroflari   q
3   ga   o‘txonada
havoning   umuman   yetishmasligi   yoki   yoqilg‘ining   havo   bilan   yomon   aralashishi
natijasida   shu   joyda   havoning   yetishmasligi   sabab   bo‘ladi.   Mexanik   to‘la
yonmaslikdan   bo‘ladigan   issiqlik   isroflari   q
4 ,   cho‘g‘donlarining   teshiklaridan
to‘kilib   qozon   agregatlaridan   kul   va   shlak   bilan   birga   hamda   tutun   gazlari   bilan
birga   chiqib  ketadigan   yoqilg‘ining  yonib  bo‘lmagan   zarralari   miqdoriga  bog‘liq.
Kamerali   o‘txonada   qattiq   yoqilg‘i   yoqishda   isroflar   yig‘indisi   q
3 +q
4   1-7%   ni
tashkil yetadi. O‘txona devorlarining issiqlik izolyatsiyasi orqali issiqlik kam isrof
bo‘ladi.   Unumdorligi   2,78   kg/s   gacha   bo‘lgan   bug‘   qozonlari   uchun  
q5=2÷4% ;
16,7   kg/s   gacha   -  	
q5=1÷2% ,   16,7   dan   yuqori   bo‘lsa,  	q5=1÷0,5	%   bo‘ladi.   Kul   va
shlak   bilan   bilan   birga   issiqlik   isroflari   kam   bo‘ladi   va   u   asosan   qatlamli   va
kamerali yoqishda hisobga olinadi (	
q6=1÷1,5	% ).
O‘txonada   yoqilg‘i   yonganda   olingan   issiqliklardan   foydalanish   darajasi
qozon agregatining F.I.K. ga qarab aniqlanadi (% da) :	
ηka=	q1=	
Q	1
Q	i
i100
(14.7)
yoki	
ηka
br	=	100	−	(q2+	q3+	q4+	q5+	q6)
, (14.8)  Bunda ηкабр - qozon agregatining brutto F.I.K.
Qozon   agregatining   o‘ziga   sarf   bo‘ladigan   issiqlik   miqdorini   hisobga
olmasdan   hisoblangan   F.I.K.   qozonning   brutto   F.I.K.   deyiladi.   Agar   qozon
agregatining o‘ziga sarflangan issiqlikni etiborga olsak, u holda qozon agregatining
netto F.I.K. ni hosil qilamiz:	
ηka
n	=	ηka
br	−	qu.z
. (14.9)
Zamonaviy   qozon   agregatining   F.I.K.   90-95%   bo‘lib,   ular   sanoatning   turli
sohalarini   bug‘   va  suv   bilan   ta’minlaydi   hamda  bug‘   turbinasi   bilan   hamkorlikda
yelektr yenergiyasi ishlab chiqaradi. Foydalanilgan issiqlikni quyidagicha aniqlash
mumkin. V bilan yoqilg‘i sarfini, D bilan qozon agregatining bug‘ unumdorligini,
Qka   bilan   taminlash   suvini   bug‘ga   aylanishi   uchun   sarflangan   issiqlikni
belgilaylik. U holda qozon agregatida issiqlik sarfi quyidagiga teng bo‘ladi:	
BQ	i
iηka
br	=	Q	ka
              (14.10)
(14.10) tenglamadan yoqilg‘i sarfi B ni (kg/s da) aniqlash mumkin:	
B=	
Q	kа	
Q	и
и⋅ηка
бр
                 (14.11)
Q
ka  ni (kJda) quyidagi formuladan aniqlaymiz:	
Q	kа=	D	(hb-h	t⋅s)+D	P(h'−	ht⋅s),
                (14.12)
Bunda  ҳ
б , ҳ
т.с , ҳ'  - o‘ta qizigan bug‘ning, taminlash suvining va to‘yingan bug‘ning
yentalpiyasi, kJ/kg ; D – puflash suvining sarfi, kg.
Puflash suvining sarfi sanoat qozonlarining texnik ishlatish qoidalariga asosan
D ning 5% dan ortmasligi kerak.     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. K.SH. Latipov   «Gidravlika, gidromashinalar,   gidroyuritmalar» // T. «O‘qituvchi»
1992.
2. A.Y u .Umarov «Gidravlika» //  T. «O‘zbekiston» 2002.                                           
3. Isyanov   R.G.,   va   boshqalar     «Gidravlika   va   gidravlik   mashinalar»   //   T.   TDPU
2004.
4. K.SH. Latipov  «Gidravlika  va  gidromashinalar» // T. :  «O‘qituvchi» 19 86 .
5. J.Nurmatov.   N.A.Halilov.   O‘.Q.Tolipov.   « Issiqlik   texnikasi »   //   T. :   «O‘qituvchi»
19 98 .
6. T.S.Xudoyberdiyev.  « Issiqlik texnikasi asoslari » // T. :   2010 .  
7. R.A.Zohidov.  « Issiqlik texnikasi » //  O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati.   2010 .
8. R.V.Daminova,   V.K.Muhamedsaidov.   « Issiqlik   texnikasi »   fanidan   didaktik
materiallar  // T. :   TDPU.   2012 .
9. Б . Р . Андерс .   «Контрольно-измерительные   приборы»   //М.:   Высшая   школа.
1998 .

QOZON QURILMALARI Reja: 1. Asosiy tushunchalar, qozon qurilmalarini bug‘ unumiga, bug‘ bosimiga va ishlatilishiga ko‘ra klassifikatsiyalanishi. 2. Qozon qurilmasi uning tuzilishi va ishlash tartibi. 3. Qozon agregatining issiqlik balansi .

1 . Asosiy tushunchalar, qozon qurilmalarini bug‘ unumiga, bug‘ bosimiga va ishlatilishiga ko‘ra klassifikatsiyalanishi . Issiq suv va bug‘ ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan inshoot va qurilmalar majmui qozon qurilmasi deb aytiladi. Qozon qurilmasi qozon agregati bilan qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topadi. O‘txonada yoqilgan yoqilg‘idan ajralgan issiqlik hisobiga bosim ostida issiq suv va bug‘ hosil qiladigan uskunalar majmui qozon agregati deyiladi. Qozon agregati tarkibiga quyidagilar kiradi: o‘txona qurilmasi (gorelkalar bilan kamera); qozon agregatining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan bug‘ qozoni, unda bug‘ hosil bo‘ladi; bug‘ berilgan parametrgacha qizdiriladigan bug‘ qizdirgich; bug‘ qozoniga beriladigan suvni isitish uchun mo‘ljallangan suv yekonomayzeri va yoqilg‘ini yoqish uchun o‘txonaga beriladigan havoni isituvchi havo isitkich. Qozon qurilmasining yordamchi qurilmalari jumlasiga mo‘ri, shlak va kul chiqaradigan qurilmalar, kulni tutib qolish qurilmalari, karkas, ichki qoplama va boshqalarni kiritish mumkin. Qozon qurilmasi ishlab chiqargan mahsulot turiga ko‘ra bug‘ qozonlari, suv isitadigan qozonlar va bug‘-suv isitadigan qozonlarga bo‘linadi. Bug‘-suv isitadigan qozonlarda bir vaqtning o‘zida yoki har xil vaqtda bug‘ va issiq suv ishlab chiqariladi, lekin bunday turdagi qozonlar kam qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda sanoatda qozon-utilizatorlar keng qo‘llaniladi. Bunday qozonlarda issiqlik manbai sifatida texnologik jarayonlarning ikkilamchi yenergiya manbalari (masalan, sanoat pechlarining chiqib ketayotgan gazlari), metallurgiya zavodlaridan va domna pechlaridan chiqqan tutun-gaz aralashmalari ishlatiladi. Qozon qurilmasining asosiy ish tavsiflariga quyidagilar kiradi: Bug‘ unumdorligi (qozonning quvvati), bu vaqt birligida hosil bo‘lgan bug‘ miqdori bilan aniqlanadi. Bug‘ning parametrlari (bosim va o‘ta qizish temperaturasi). Qozon agregatining F.I.K. Qozon qurilmalarini quyidagi belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin: 1. Bug‘ unumdorligiga ko‘ra: a) bug‘ unumdorligi past -(0,01-5,5 kg/s);

b) bug‘ unumdorligi o‘rtacha-(30 kg/s gacha); v) bug‘ unumdorligi yuqori -(500-1000 kg/s gacha); 2. Bug‘ bosimiga ko‘ra: a) past bosimli -(P=0,8(1,6 MPa); б) o‘rta bosimli -(P=2,4(4 MPa); v) yuqori bosimli- (P=10(14 MPa); g) o‘ta yuqori bosimli -(P=25(31 MPa) 3. Ishlatilishiga ko‘ra: a) Yenergetik qozon qurilmalari, bular issiqlik yelektr stansiyalarining bug‘ turbinalarini bug‘ bilan ta’minlaydi; b) Sanoat qozon qurilmalari, bular sanoat yehtiyojlari (issiqlik apparatlari, issiqlik almashinuv apparatlari, mashinalarning bug‘ uzatmalari va shu kabilar) uchun bug‘ ishlab chiqaradi; v) Isitish qozon qurilmalari, bular mahalliy qozon qurilmalari bo‘lib, qozon qurilmasi yaqinida joylashgan binolarni issiq suv bilan ta’minlaydi. g) Issiqlik–yenergetik qurilmalar, bularda issiqlikning asosiy qismi yelektr yenergiyasi olishga sarflanadi, kamroq qismi isitish va turli-tuman texnologik jarayonlarni bajarish uchun yuboriladi. Suv isitadigan qozonlarning issiqlik unumdorligi 4(180 Gkal/soat bo‘lishi mumkin. Issiqlik unumdorligi 30 Gkal/soat bo‘lgan qozonlarda, suvning qozondan chiqishidagi temperaturasi 423 K, suvning qozonga kirishdagi bosimi 1,6 MPa bo‘ladi. Issiqlik unumdorligi 30 Gkal/soat va undan yuqori bo‘lgan qozonlarda, chiqishdagi yeng yuqori temperatura 450-470 K, suvning kirishdagi bosimi 2,5 MPa bo‘ladi. Qozon agregatlari 14.1-rasmda ko‘rsatilgan ketma-ketlikda takomillashib bordi. Takomillashtirishdan asosiy maqsad metal sarfini kamaytirish, qozonning tejamliligini va bug‘ unumdorligini oshirish, hamda parametrlari yanada ham yuqoriroq bo‘lgan bug‘ olishdir. Hozirgi katta quvvatli qozonlarning boshlang‘ich sxemasi 14.1-rasm (a,b) da keltirilgan silindr shaklidagi oddiy qozon edi.

XIX asrning o‘rtalarida silindrsimon va o‘t-quvurli qozonlardan (v) suv- quvurli (v-m) qozonlarga o‘tildi. Qozonlarni takomillashtirish ikki yo‘nalishda bordi: birinchidan gaz-quvurli, ikkinchidan suv-quvurli qozonlar yaratildi. Natijada quvurlarning diametrini kamaytirgan holda isish sirtini kattalashtirishga yerishildi, chunki gazlarga qaraganda suvga issiqlik berish yuqori bo‘ladi, bu yesa metallni tejash va unumdorlikni ko‘tarish imkonini berdi. Kamerali gorizontal suv-quvurli qozonlarda (d,ye) qaynatish quvurlar to‘plami o‘zining uchlari bilan yassi kameralarga ulanar yedi. Bular anker boltlari ko‘pligi tufayli murakkab bo‘lib, bug‘ bosimini 12-15 bar dan yuqori ko‘tarishga imkon bo‘lmadi. Bu kamchiliklar gorizontal suv-quvurli qozonlarda sezilarli darajada bartaraf yetildi. Bularda yassi kameralar o‘rniga silindrsimon qopqoqlar qo‘llanildi, ularga to‘g‘ri quvurlar to‘plami ulandi, quvurlar ikki to‘plam holida gorizontal ravishda barabanga ( j ) birlashdi. Shu tufayli bug‘ning bosimi ortdi, quvurlarning soni va uzunligi ortishi yesa, qozonning unumdorligini oshirish imkonini yaratdi. Barabanlar avvalo uzunasiga, keyinroq ko‘ndalangiga joylashtirildi. Suv yekonomayzerlari va havo isitkichlarni qo‘llash natijasida qozonlarning tejamliligi va unumdorligi ortdi. Gorizontal suv-quvurli qozonlar o‘z vaqtida gaz quvurli qozonlarga nisbatan katta afzalliklarga yega yedi, lekin ularning hozirgi vertikal suv-quvurli qozonlarga qaraganda muhim kamchiliklari bor. Avvalo, bir necha barabanning bo‘lishi metall sarfini oshirib yuboradi, qimmat turadigan tutashtirish kameralari esa, qozon narxini ortishiga sabab bo‘ldi. Bu kamchiliklar gorizontal suv-quvurli qozonlarda sezilarli darajada bartaraf yetildi. Bularda yassi kameralar o‘rniga silindrsimon qopqoqlar qo‘llanildi, ularga to‘g‘ri quvurlar to‘plami ulandi, quvurlar ikki to‘plam holida gorizontal ravishda barabanga ( j ) birlashdi. Shu tufayli bug‘ning bosimi ortdi, quvurlarning soni va uzunligi ortishi yesa, qozonning unumdorligini oshirish imkonini yaratdi. Barabanlar avvalo uzunasiga, keyinroq ko‘ndalangiga joylashtirildi. Suv

yekonomayzerlari va havo isitkichlarni qo‘llash natijasida qozonlarning tejamliligi va unumdorligi ortdi. 14.1-rasm. Tabiiy sirkulyatsiyali qozonlarning takomillashib borishi: a – silindrsimon; b-batareyali; v-o‘t quvurli; g-o‘t va tutun quvurli; d,ye-kamerali gorizontal-suv quvurli; j-bo‘limli gorizontal-suv quvurli; z-qaynatish quvurlari to‘g‘ri bo‘lgan; i,k-qaynatish quvurlari yegilgan; l- P-simon bir barabanli qozon; m- T-simon zamonaviy barabanli qozon agregati. Gorizontal suv-quvurli qozonlar o‘z vaqtida gaz quvurli qozonlarga nisbatan katta afzalliklarga yega yedi, lekin ularning hozirgi vertikal suv-quvurli qozonlarga qaraganda muhim kamchiliklari bor. Avvalo, bir necha barabanning bo‘lishi metall sarfini oshirib yuboradi, qimmat turadigan tutashtirish kameralari yesa, qozon narxini ortishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun ularni vertikal suv-quvurli qozonlar siqib chiqardi va hozirgi paytda gorizontal suv-quvurli qozonlar ishlab chiqarilmaydi. Vertikal suv-quvurli