KRIMINALISTIKA VA SUD PSIXOLOGIYASIDAGI PSIXOLINGVISTIKA
KRIMINALISTIKA VA SUD PSIXOLOGIYASIDAGI PSIXOLINGVISTIKA Reja: 1. Tergov jarayonida nutq informatsiya manbasi sifatida 2. Yolg‘on fikr ifodalash psixolingvistikasi 3. Psixolingvistik ekspertiza
1. Tergov jarayonida nutq informatsiya manbasi sifatida Avvalo, bu o‘rinda ikki holat bilan to‘qnashiladi: 1) atributsiya (aniqlash) vazifasi bilan, ya’ni matnning muallifligini – ma’lum matnni mazkur shaxsga tegishli ekanligi yoki bu shaxsga tegishli emasligini aniqlash; 2) subyektning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot olish vazifasi bilan – yoshi, jinsi, u yoki bu ijtimoiy guruhga tegishliligi, ona tili, u yoki bu viloyatdan kelib chiqqanligi va h.k. Matnning atributsiyasi faqatgina kriminalistik amaliyotda amalga oshirilmaydi 1 . Matnni aniqlash tarix va filologiya fanlarining yordamchi sohasi hisoblangan, badiiy va boshqa asarlar matnlarining yaratilishi tarixi, taqdirini o‘rganadigan manbashunoslikning ham muhim masalalaridan biridir. Matnni to‘liq va ishonchli aniqlash manbasi sifatida grafik va yozuv ekspertizasini qayd qilish mumkin. Grafik va yozuv ekspertizasi matnning yozuvi, orfografiyasi, matnning sahifada joylashuvi va boshqa jihatlarini tahlil qiladi. Grafik ekspertizada orfografik, leksik, kompozitsion va h.k. identifik xususiyatlar e’tiborga olinadi. Ekspertizaning vazifasi atributsiya bo‘lmaganda psixolingvistikaning roli, hatto grafik ekspertizada ham ortadi. Masalan, bir kuni A.A.Leontev va bir guruh psixolingvistlar matn ijrochisi mazkur matn uchinchi shaxs nutqidan sinxron yozib olingan, deb iddao qilayotgan matn haqida xulosa berishi kerak bo‘lgan. Biroq qo‘lyozmaning qator belgilari (yangi qator yoki betga ko‘chirishlar, qisqartmalarning mavjud emasligi yoki ularning har xilligi va h.k.)dan kelib chiqqan psixolingvistlar ushbu qo‘lyozma ko‘chirilgan yoki, hatto tahrir qilingan degan xulosaga kelishgan. Boshqa bir tergov jarayonida ham psixolingvistlar qiziq voqeaga duch kelishgan. Tergovdagi shaxs ko‘rsatma matnini tergovchining diktovkasi ostida yozganligini aytib, tergovchini ayblagan. Tergov organlarida “Shunday bo‘lishi mumkinmi?” degan tabiiy savol tug‘ilgan. Ekspertlar guruhi ko‘rsatma matnlari va mazkur ijrochiga tegishli bo‘lgan boshqa matnlarni tekshirish natijasida tergovchi 1 Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл, 1999. –C. 248.
tahlil qilinayotgan mantning muallifi emas, biroq mazkur matn mazmunining muallifi, ya’ni u tergovdagi shaxsga nima yozish kerakligini aytib turgan, tergovdagi shaxs esa ayni mazmunni “o‘zining so‘zlari bilan” bayon qilgan degan xulosaga kelishgan 2 . So‘zlovchini identifikatsiya qilish yoki uning alohida kategorial belgilarini aniqlash maqsadida og‘zaki nutqning o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanish mumkin. Birinchi guruh og‘zaki nutqning fonetik xususiyatlaridir. Ular o‘z navbatida individual va guruhiy xususiyatlarga ajraladi. Ayniqsa, ovoz tembri va balandligi, intonatsiya, nutq tezligi, xarakteri, pauzaning davomliligi va taqsimlanishi, mantiqiy ajratishning xarakteri va darajasi, fonetik reduksiya darajasi ishonchli bo‘lgan individual fonetik belgilar hisoblanadi. Guruhiy belgilar sirasiga dialektal xususiyatlar va chet tilidagi aksentni kiritiah mumkin. Umuman, psixolingvistik tahlil bir qator holatlarda istisnolarga yo‘l beradi: agar mazkur shaxsning yoshi aniqlanmagan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda uni muayyan yosh guruhiga kiritish mumkin. Bu ijtimoiy va professional xususiyatlarga ham taalluqli. Ikkinchi guruh og‘zaki nutqning semantik-grammatik xususiyatlari bo‘lib, unga pauzani to‘ldirish xarakteri (immm...; anaqa...); so‘z va konstruksiyalarni tanlash; ifodalilik me’yori; nutq madaniyati darajasi; matnni tashkil qilish me’yori va h.k. kiradi. 11. 2. Yolg‘on fikr ifodalash psixolingvistikasi Yolg‘on fikr ifodalash deganda narsa va hodisalarning haqiqiy holatini ataylab noto‘g‘ri, buzib tasvirlash nazarda tutiladi. Mazkur muammo psixolingvistika paydo bo‘lmasidan oldin ko‘rsatma berish jarayonida haqiqatni qaror toptirish maqsadida tortishib kelingan masalalardan biri bo‘lib kelgan. Psixolingvistikada yozma va og‘zaki yolg‘on fikr ifodalash yuzasidan amalga oshirilgan talaygina nazariy va eksperimental tadqiqotlar mavjud. Ushbu tadqiqotlarda “Yolg‘on xabarni planlashtirish va amalga oshirishda uning muallifi 2 Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл, 1999. –C. 2 50 .
o‘zining individual nutqiy amaliyotida hamda u mansub bo‘lgan ijtimoiy guruhning nutqiy muamalasida qo‘llanish chastotasi kam bo‘lgan so‘zlarni muayyan qiyinchiliklar bilan faollashtiradi” degan muhim xulosaga kelingan (Leontev, Shaxnarovich, Batov 1977, 37-bet). Keng omma uchun yolg‘on fikr ifodalash muammosi “yolg‘on detektori” yoki poligraf qo‘llash bilan bir xil hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishning asoschisi sifatida 1920-yillarda “O‘zaro bog‘langan metodika usuli”ni ishlab chiqqan A.R.Luriyani ko‘rsatish mumkin. A.R.Luriyaning ingliz tilida nasr qilingan “The nature of Human Conflicts” (Luria, 1932) nomli kitobida bu usul batafsil yoritilgan va AQSHda katta muvaffaqiyat qozongan. AQSHda poligrafning amaliy qo‘llanishi keng tarqalgan. A.R.Luriyaning yozishicha “bu tadqiqot yolg‘on detektorining dastlabki modeli bo‘lib, u kriminalistlarning faoliyatida amaliy jihatdan katta yordam bergan” (Luriya, 1982, 23-bet). 3. Psixolingvistik ekspertiza Ekspertiza tushunchalari . Ekspertizaning turlari ko‘p bo‘lgani uchun uni huquqiy maqomga ko‘ra sud ekspertizasi va kriminal ekspertizaga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Exspert sud ekspertizasida yakuniy xulosa beruvchi shaxs hisoblanadi. Ekspertiza deganda keng ma’noda jinoyatni ochish jarayonida (sudgacha va sud jarayonida) gumondor shaxsni, vaziyatni, jinoyat sodir etilganda foydalanilgan vositani topish, gumon qilinayotga shaxsning psixologik holatini aniqlash, shuningdek, jarayonga taalluqli qo‘shimcha ma’lumot olish maqsadida maxsus bilim va tajribaga ega mutaxassisning kriminal tekshiruvi va h.k.ni tushunish mumkin. Agar ekspertiza dastlabki tergov doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u kriminal ekspertiza, sud tergov ishlari doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa unda sud ekspertizasi hisoblanadi. Umuman, fuqarolik, xo‘jalik va konstitutsiyaviy sud jarayonlarida ham kriminal va sud ekspertizalaridan foydalanish mumkin, biroq bu o‘rinda uning vazifalari cheklangan bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, ekspertiza turlarining umumiy tasnifi mavjud emas. Ko‘pincha kriminal ekspertiza quyidagi turlarga ajratiladi: a) trasologik ekspertiza (avtotransport hodisalari izlarini aniqlash ekspertizasi); b) ballistik ekspertiza (o‘qotar qurollari izlarini aniqlash yuzasidan olib boriladigan ekspertiza); d) hujjatlar ekspertizasi (hujjatlardagi imzolar, muhrlar, shtamplar, yozuvlar yuzasidan olib boriladigan ekspertiza); e) gabitologik ekspertiza (shaxsning tashqi belgilariga ko‘ra aniqlash ekspertizasi). Ekspertiza sistemasida sud psixologik ekspertizasi (kriminal ekspertiza va sud ekspertizasidan tashkil topgan) asosiy o‘rinni egallaydi. Sud psixologik ekspertizasi. Sud psixologik ekspertizasining asosiy vazifasi psixologik mazmunga ega bo‘lgan muammolarni yechishda adliya organlariga yordam berish, uning funksiyasi esa maxsus psixologik bilimlar va metodlar vositasida aybdorlar, guvohlar va jabrlanuvchilar psixik faoliyatining individual xususiyatlarini obyektiv baholashga imkon beradigan yangi dalillarni qo‘lga kiritishdan iborat. Sud psixologik ekspertizasining predmeti ish yuzasidan obyektiv haqiqatni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etgan inson psixik faoliyati komponentlarini bir butunlikda belgilash va baholash hisoblanadi. Psixolingvistik ekspertizaning turlari va tushunchalari. Psixolingvistik ekspertiza odatda, mutaxassislar tomonidan lingvistik va yozuv ekspertizasi bilan bir qatorga qo‘yiladi. Biroq ekspertiza vositasida hal qilinadigan masalalar aksariyat hollarda ekspertizaning barcha turlari, jumladan, psixolingvistik, lingvistik va yozuv ekspertizalarining ishtirokini talab qiladi. Ekspertizani maqsadiga ko‘ra ham turlarga ajratish mumkin: a) mualliflik ekspertizasi – matn muallifini aniqlash yoki shu matnni yozishi mumkin bo‘lgan shaxsni aniqlash. Bunda shaxsning jinsi, yoshi, millati, ona tili, tug‘ilgan joyi, yashash joyi, ma’lumoti va h.k. tekshiriladi; b) matn muallifining vaqtinchalik belgilariga, masalan, uning emotsional holatini aniqlashga qaratilgan ekspertiza;