PSIXOLINGVISTIKANING AHAMIYATI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
PSIXOLINGVISTIKANING AHAMIYATI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI Reja: 1. Psixolingvistikaning obyekti va predmeti 2. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari 3. Psixolingvistika psixologik fan sifatida 4. Psixolingvistika va tilshunoslik
1. 1. Psixolingvistikaning obyekti va predmeti Psixolingvistikaning asosiy tadqiqot obyekti nutqiy faoliyat subyekti bo‘lgan shaxs, til egasidir. Rus tilshunosligida mazkur soha rivojiga katta hissa qo‘shgan A.A.Zalevskaya psixolingvistikaning vazifasini “tilning amal qilinishini psixik fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi 1 . Psixolingvistika fanining obyekti – u o‘rganadigan individual obyektlar majmuyidan iborat. Turli fanlarda umumiy, bir tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Biroq ularning predmeti bir-biridan farq qilishi, ya’ni ayni obyektga bo‘lgan qarashi turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan, inson ham tibbiyot, ham psixologiyaning tadqiqot obyekti sanaladi. Lekin har bir fan unga o‘zining qarashidan kelib chiqqan holda yondashadi. Til va til belgilarining tizimi lingvistika, adabiyotshunoslik, antropologiya, dasturlash va psixolingvistika fanlarining tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin. Ya’ni mazkur fanlarning umumiy obyekti – turli maqsadlarda va turli vaziyatlarda qo‘llaniladigan inson tili va nutqi bo‘lishi mumkin 2 . Psixolingvistika fanining obyektini aniqlashtirishda A.A.Leontev qayd qilgan freym tushunchasini keltirish maqsadga muvofiqdir. Freym u yoki bu obyekt yoxud hodisani tasvirlovchi o‘lchovlar tizimini ifodalaydi. Masalan, “Ishlovchining shaxsiy varaqasi” (o‘lchovlari aniq shaklda keltirilgan)da mazkur shaxsning eng kamida uni ishga qabul qilinishi bilan bog‘liq xususiyatlarini tasvirlovchi freym mavjud bo‘ladi. Fanda modellashtirilgan aniq hodisalar, odatda, freym tamoyiliga ko‘ra tavsiflanadi. Masalan, psixologiyada aksariyat hollarda “faoliyat freymi” ishlatiladi. Unda hodisalarga muayyan savollar (Maqsad? Motiv? Sharoit? Qanday faoliyat turi? va h.k.) beriladi va mazkur o‘lchovlar asosida hodisalar tavsiflanadi. Psixolingvistikadagi turli yo‘nalishlar uning obyekti bo‘lgan aniq nutq hodisalariga turli freymlarning “prizmasi” orqali yondashishadi 3 . Biroq har qanday holatda, nutqqa har qanday metodologik yondashuvda ushbu freymning tuzilishida nutq subyekti, nutq obyekti yoki adresat, motiv yoki 1 Залевская А.А. Введение в психолингвистику. Учебник для студентов высших учебных заведений. –М., 1999. –С.25. 2 Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. – C . 8. 3 Леонтьев А.А. Основы психолингвистики: Учебник для студ. высш. учеб. заведений. –М.: Смысл, 1999. – C . 15-16.
ehtiyoj, niyat yoki nutqiy maqsad, nutqiy muloqotning mazmuni va predmeti, lisoniy yoki semiotik vositalar tavsifi e’tiborga olinadi. Xullas, psixolingvistikaning obyekti qanday tushunilishidan qat’iy nazar, har doim nutqiy hodisalar yoki nutqiy vaziyatlar majmuyidan iborat bo‘ladi. Bu obyekt tilshunoslik va boshqa nutqiy faoliyat bilan bog‘liq fanlar bilan umumiy hisoblanadi. Psixolingvistikaning predmeti turli – obyektlarning mavhum tizimi yoki ayrim obyektlarning mavhum tizimi hisoblanadi. Psixolingvistika fanining predmetini belgilashda ayrim pisxolingvistlarning qarashlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi. Amerikalik psixolingvistlarning fikricha, “psixolingvistika so‘zlovchilar niyatining mazkur madaniyatda qabul qilingan kodda signallarga aylanishi va bu signallarning tinglovchilar tushunchasiga aylanishi jarayonlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, psixolingvistika kodlash va dekodlash jarayonlarini o‘rganadi” 4 . Shunga o‘xshash qarashlarni yevropalik psixolingvistlarning tadqiqotlarida ham uchratish mumkin. Jumladan, P.Fress psixolingvistikani “til orqali taqdim etiladigan bizning ekspressiv va kommunikativ ehtiyojlarimiz va vositalarimiz o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi fan”, - deb izohlagan 5 . T.Slama- Kazaku psixolingvistikaning predmeti xususida “muloqot vaziyatining xabarga ta’siri” degan qisqacha xulosaga keladi 6 . Rus psixolingvistikasi nazariyasining asoschisi A.A. Leontev shunday yozadi: “Psixolingvistika – til tizimi va lisoniy qobiliyat orasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan” 7 . Bu o‘rinda tubandagi sharh lozim bo‘ladi. A.A.Leontev F.de Sossyurning til va nutqni farqlashi xususida to‘xtalib, bu farqlash ikki mezondan: til (ijtimoiy) – nutq (individual) va til (abstrakt) - nutq (konkret)dan o‘tishini ta’kidlaydi. Bu ikkala qarama-qarshilikni faqat ikki tushuncha doirasida birlashtirish qiyin. Shuning uchun bu yerda uchinchi tushuncha, hatto F. de Sossyurning o‘zida ham mavjud bo‘lgan “lisoniy qobiliyat” tushunchasi kerak bo‘ladi. Lisoniy qobiliyat ijtimoiy hodisa bo‘lgan tildan farqli o‘laroq, har bir individga tegishlidir. Biroq u nutqdan farqli o‘laroq, mavhumdir. 4 Psycholinguistics. A Survey of Theory and Research Problems. 2 nd ed. –Bloomington, 1965. –P. 3. 5 Fraisse P. La psycho-linguistique // Problems de psycho-linguistique. –Paris, 1965. –P. 5. 6 Slama-Cazacu T. Indroduction to Psycholinguistics. –The Hague-Paris, 1973. –P. 57. 7 Леонтьев А.А. Язык, речь, речевая деятельность.–М., 1969.
Lisoniy qobiliyat – individual til, u mavhum ijtimoiy tildan konkret individual nutqqa o‘tish imkonini beradigan ko‘prik hisoblanadi. Chunki, nutqda darhol bevosita ijtimoiy til emas, balki ongda mavjud bo‘lgan uning nusxasi – lisoniy qobiliyat qo‘llaniladi. A.A.Leontevning belgilashicha, psixolingvistikaning predmeti ijtimoiy til va individual lisoniy qobiliyat orasidagi o‘zaro munosabatdir. U psixolingvistikani yanada kengroq tavsiflab: “Nutqiy faoliyat va uni kompleks modellashtirish qonuniyatlari psixolingvistikaning predmeti hisoblanadi”, - deb qayd qiladi. Shuning uchun ayrim adabiyotlarda psixolingvistika termining sinonimi sifatida nutqiy faoliyat nazariyasi termini qo‘llaniladi. A.A.Leontevning ta’kidlashicha, nutqiy faoliyat nazariyasi termini psixolingvistika shug‘ullanadigan masalalar doirasini aniqroq belgilab beradi. Psixolingvistika nutqiy faoliyatni nutq akti mazmuni bilan so‘zlovchining maqsad-niyati orasidagi aloqadorlik nuqtayi nazaridan o‘rganadigan fan. U nutqni idrok etish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi. Psixolingvistikaning diqqat markazida individ va kommunikatsiya turadi. Unga ko‘ra, so‘zlovchi nutqni yuzaga chiqarar ekan, o‘zi o‘ylagan niyatini ma’lum qoidalar asosida aniq tilning nutq birliklariga uzatadi. Tinglovchi nutqni qabul qilar ekan, nutq ifodalarining tashqi shaklida o‘z aksini topgan ma’noni chiqarib oladi. Charlz Osgudning fikricha, “Psixolingvistika so‘zlovchi niyatining muayyan madaniyat kodida (tilida) qabul qilingan signalga aylanishi va bu signallar tinglovchining interpretatsiyasida qaytadan namoyon bo‘lishi jarayonlarini o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, psixolingvistika kommunikatsiyaning kodlash va dekodlash jarayonlari bilan shug‘ullanadi”. Shuni ta’kidlash joizki, psixolingvistikaning tadqiqot predmeti faqat kod (til) strukturasi va signal bo‘lib qolmay, balki matn yaratish va uni tushunish bilan bog‘liq jarayonlar, kishilar muloqotidagi barcha murakkab omillar hisoblanadi. Inson tilni to‘liq egallash imkoniyatiga ega bo‘lib tug‘iladi. Biroq bu imkoniyatni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Buni qanday yuz berishini tushunish uchun psixolingvistika bolalar nutqining rivojlanishini o‘rganadi. Psixolingvistika, shuningdek, nutqiy faoliyat va uning harakatga kelish jarayonining me’yordan
chiqib ketish sabablarini tadqiq qiladi. Kattalar va bolalar nutqidagi buzilishlarni o‘rganadi. Psixolingvistika ba’zan til va tafakkurni o‘rganadigan fan sifatida belgilanadi. Psixolingvistikaning asosiy maqsadi insonning so‘zlash va tilni tushunish qobiliyati zamirida yotgan struktura va jarayonlarni aniqlashdir. Psixolingvistlarning kishilar orasidagi o‘zaro til munosabatlari bilan qiziqishlari shart emas. Ular individning ichida kechayotgan hodisalarni tadqiq qilishga harakat qiladi. 1. 2. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari P sixolingvistikaga qiziqish bildirgan tilshunoslarning maxsus adabiyotlar bilan tanishish jarayonida o‘ziga xos psixik to‘siqlarga duch kelishi tabiiy holdir. Chunki, muayyan “ilmiy paradigma” doirasida “tarbiyalangan” tilshunosning boshqa “ilmiy paradigma”ga kirishi, yangi terminologiya, tushunchalar, materiallar va noan’anaviy vazifalarni qabul qilishi qiyin kechadi. Shunda tilshunos o‘zi uchun qulay bo‘lgan yondashuvdan kelib chiqqan holda shunday xulosaga keladi: “Psixolingvistika shug‘ullanadigan masalalar juda qiziqarli bo‘lishi mumkin. Lekin bu tilshunoslik emas!”. Bu o‘rinda psixolingvist L.V.Saxarniy tomonidan qayd qilingan zamonaviy nazariy tilshunoslikning quyidagi ziddiyatini keltirish o‘rinli bo‘ladi: “Tilshunos tilni kishilarning aloqa qilishi va fikrlash vositasi ekanligini e’lon qiladi, biroq tilni tadqiq etishda til egalarining umuman keragi bo‘lmaydi. Til strukturasi uni yaratgan, undan foydalanayotgan inson faoliyatidan mustaqil ravishda tasvirlanadi. Boshqacha qilib aytganda, zamonaviy tilshunoslikning ziddiyati shundaki, inson tilini o‘rganayotgan tilshunoslik insonsiz ish ko‘radi” 8 . O‘z davrida mashhur psixolog, nutq bo‘yicha mutaxassis N.I. Jinkin shunday yozgan edi: “Agar lingvistika va psixologiya aniq tafakkur jarayonini tadqiq etishni rad etsa, ular juda katta yo‘qotishga, ya’ni inson va uning nutqi tushib qolgan yo‘qotishga uchraydi” 9 . Afsuski, bunday yo‘qotishni tilshunoslik tarixida kuzatish mumkin. Binobarin, XX asrning boshida F. de Sossyur (1857-1913) va 8 Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. –Л.: Изд-во Ленинградского ун-та, 1989. –С.6. 9 Жинкин Н.И. О кодовых переходах во внутренней речи // Вопросы языкознания. 1964. -№ 6. –С.28.