“Baliq va asalari kasalliklari” fani, uning rivojlanish tarixi va umumbiologik fanlar bilan bog‘liqligi.
“Baliq va asalari kasalliklari” fani , uning rivojlanish tarixi va umumbiologik fanlar bilan bog‘liqligi. Reja: 1. Baliq kasalliklari fanini o‘rganishdan maqsad. 2. Baliq va asalari kasalliklari fanining qiskacha rivojlanish tarixi, uning umumbiologik fanlar orasida tutgan o‘rni. 3. Baliq va asalarilarda uchraydigan kasalliklarni o‘rganishning ahamiyati. 4. Baliqlarni yashash muhitiga ta’sir etuvchi omillar.
Ixtiopatologiya – bu grekcha «ixtio» - baliq, «patos» - kasallik, «logos» - o‘rganish degan ma’nolarni anglatib, ya’ni ixtiopatologiya – bu baliqlarda uchraydigan kasalliklarni, ularning qo‘zg‘atuvchilarini, kasallik tarqalishni, keladigan iqtisodiy zararini, qo‘zg‘atuvchilarning biologik rivojlanishini, epizootologiyasini, patogenezi, immunitet, patanatomik o‘zgarishlari, klinik belgilari, diagnoz qo‘yish usullari, boshqa kasalliklardan farqli tashxisi, davolash, oldini olish va qarshi kurashish chora-tadbirlarini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Ixtiopatologiya fani asosan poykilotermli, ya’ni sovuq qonli hayvonlar organizmida uchraydigan kasalliklarni, fiziologik, biologik rivojlanishi xususiyatlarini o‘rgatadi. Ular o‘zlarining sistematikasida joylashishiga ko‘ra xordalilar turkumining umurtqasiz kenja sinfiga mansub bo‘lib, 38 ming xordalilar turining 20 mingdan ortig‘i baliqlardir. Bundan 420 mln. Yil muqaddam paydo bo‘lgan. Savol tug‘ilishi mumkin: nima uchun baliqlar poykilotermli, ya’ni sovuq qonlilar guro‘higa kiradi. CHunki biz o‘rganadigan ob’ektlar, ya’ni baliqlarning termoregulyasiya (tana harorati muvozanatini idora qilish) mexanizmi bo‘lmasada, harorat asosan tashqi muhit haroratiga qarab muvozanatlashib boradi, shu sababli ularni poykilotermli – sovuq qon lilar guro‘hi deb atashadi. Ular okean, dengiz, ko‘l, daryo va har xil suv havzalari, suv omborlari, kanallarda yashab, urchib rivojlanadi. Baliqlar hatto okean va dengizlarning abadiy tinchlik hukm surgan, faslsiz, harorati barqaror bo‘lgan zimiston qa’rida, – 0,2 gradus Selsiya darajadagi va +52 gradusdagi suvlarda ham yashashlari mumkinligi aniqlangan. SHunday qilib, poykilotermli – sovuqqonli hayvonlarning tana harorati tashqi muhit harorati ta’sirida o‘zgaruvchan bo‘lib, organizmda kechayotgan barcha fiziologik va biologik jarayonlar ham ushbu faktorlar ta’sirida rivojlanib, o‘zgarib boradi. Ana shu jihatlari bilan biliqlar issiqqonli hayvonlardan keskin farq qilib, ularni umumrtqasizlarga – suv hayvonlarga yaqinlashtiriladi. SHu sababli ixtiopatologiya fani klassik veterinariya fanidan keskin farq qiladi va maxsus yondoshishni talab etadi. CHunki ular asosan suvda yashab vetvrach – ixtiopatolog nazoratidan uzoqroqda bo‘lishib, ularning organizmida kechayotgan barcha jarayonlarni birma-bir ko‘zdan kechirish, kuzatishning imkoniyat-iloji kamrokdir.
Bizlar – ya’ni bo‘lajak mutaxassislar masalaning ana shu tomonlarini inobatga olib kompleks tekshirish usullarini alohida-alohida tanlab, davolash yoki profilaktik tadbirlarni guro‘hlab olib borishimiz kerak. F anning rivojlanish ta’rixi. Baliqlarda uchraydigan parazitlar va ular tomonidan sodir etiladigan kasalliklar tarixdan ancha ilgari ma’lum. Masalan, baliqlarning ospa kasalligini 1563 yilda Gesner degan olim yozib qoldirgan, yoki mashhur olim Karl Linney (1758) o‘zining mashhur «Tabiat sistemasi» (Sistema prirodы) kitobida baliqlarda uchraydigan ko‘pgina parazitar kasalliklarni yozib qoldirgan. Keyinchalik evropaning ko‘pgina mamlakatlarida (Germaniya, CHexiya, Slovakiya, Polsha, Angliya, Italiya hamda Rossiya, YAponiya, Amerika mamlakatlarida baliq kasalliklari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Jumladan, M.Plen nomli olimning “Baaliqlarning alohida organlaridagi kasalliklar to‘g‘risida”gi kitobi bosmadan chikdi, keyinchalik V.SHeperklausning «Baliq kasalliklari» to‘g‘risida qo‘llanmasini keltirish mumkin. Keyingi yillarda e.Amlaxer (1962,1972) «Baliq kasalliklari» haqida ma’lumotnoma – Spravochnik po boleznyam rыb, G.Reyxenbax (1966)ning qo‘llanmalarini keltirishimiz mumkin. CHexiyada baliq kasalliklari to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni V.Dыk yozib qoldirgan. F.Volf va I.Gavelka 1954 yilda dunyoda birinchi bo‘lib karp turidagi baliqlarda uchraydigan krasnuxa kasalligini davolashda metilen ko‘ki (metilenovыy siniy) dorisini qo‘llashni tavsiya etganlar. R.Ergens va I.Lom degan olimlar esa CHexiyada baliqlarda uchraydigan parazitlarni aniqlovchilarini (opredelitel) yaratdilar. Polshada ixtiopatologiyaning rivojlanishida K.YAnitskiy va uning shogirdlari katta hissa qo‘shganlar. Bu olimlar baliqlarning parazitlarini o‘rganishgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng V.Vishnevskiy, YA.Kozitskaya, V.Mixaylov, YA.Grabkalar invazion kasalliklarni, B.Kotsыlovskiy xodimlari bilan infeksion kasalliklarni o‘rganmokdalar. Krasnuxaning etiologiyasini o‘rganishda yugoslaviyalik ixtiopatologlar I.Tomashets va N.Fiyanlarning xissalari kattadir. 1971 yilda Fiyan xodimlari va
Svilenberg ishtirokida krasnuxa kasalligining qo‘zg‘atuvchisi – virusini aniqlab ajratib olganlar Italiyada 1969-1970 yillarda P.Gittino «Baliqchilik va ixtiopatologiya» qo‘llanmasini chop etdi. SHimoliy Amerikadagi chuchuk suv baliqlaridagi parazitlar to‘g‘risida G.Xoffman (1967)ning kitobi bag‘ishlangan. Sinderman (1970) tomonidan chop etilgan birinchi qo‘llanma dengiz baliqlari va chuchuk suvdagi umurtqasizlarda uchraydigan kasalliklar qo‘llanmasi katta qiymatga ega. Rossiyada ham ixtiopatologiya fani rivojlanib, ko‘plab asarlar chop etildi. Dogel V.A. (zoolog) va uning shog‘irdlari Layman, Polyanskiy, Peshkov, epshteyn, A.Musselius, A.K.Щerbina, Kapaev, Guseva va boshqalar baliqlarda uchraydigan parazitar kasalliklarning asosiy muammolarini echishda ko‘pgina izlanishlar olib borib fanning rivojlanishiga g‘oyat katta hissa qo‘shganlar. Ko‘pgina o‘quv kitoblari, dasturlarini yaratishdiki, bu asarlar hozirda ham o‘zining aktualligi bilan qimmatlidir. Tarix saxifalaridan ma’lumki – baliqchilik odamizotning eng q adimiy kasblaridan biri. Bu kasb bilan ular juda qadim zamonlardan shug‘ullanishib, baliqlarning go‘shti, yog‘i, ikrasini is’temol qilishgan, uning terisi va boshqa xom ash’yosidan tayyorlangan maxsulotlar meditsina, kimyo, b iologiya, oziq-ovqat sanoatida va harbiy, kosmos xizmatida ham keng qo‘llanib, ishlatib kelinmoqda. Bizga etib kelgan rivoyatlardan ma’lumki podsho h Ivan Grozn ы y zamonida ham baliqchilikka katta ahamiyat berilgan. Masalan, podsho h ning Strelsov nomli bosh baliqchisi bo‘lib, u seleksiya ishi bilan shug‘ullangan. Podsho h ga Skandinaviya mamlakatlaridan urchitish uchun yosh baliqchalar taqdim etilgan. Podsho h bu baliqchalarni o‘zining yaqin joylashgan suv havzasida urchitishni buyurgan. Lekin bosh baliqchi bu baliqlar Siz ko‘rsatgan suv havzasida yashab urchimaydi deb e’tiroz bildirgan. SHunda podsho h ni jahli chiqib bosh baliqchining uchta barmog‘ini kestirib tashlaydi. Keyinchalik posho h o‘z xatosiga iqror bo‘lib, bosh baliqchini h aq ekanligini tan olib, uni qaytadan o‘z vazifasiga tiklaydi.
YAna bir tarixiy manbadan ma’lumotni eslasak. O‘sha Ivan Grozn ы y ning Grishka solovey degan yana bir baliqchisi bo‘lib, suvdagi yomon hidni darrov aniqlab, uni tozalash chorasini mukammal bilgan, birinchi marta 1630 yilda suvda aeratsiya usulini qo‘llagan va suv kartasini tuzgan. Hozirda esa SNG mamlakatlarida ham bu sohada bir necha ilmiy tekshirish institutlari, laboratoriyalar, fak u ltetlar, tajriba stansiyalari (Moskva, Sankt-Peterburg, Vladivostok, Toshkent) faoliyat ko‘rsatib kelmoqdda . SHunday qilib, mamlakat a h olisini t o‘ yimli, oqsil, proteinga boy ma h sulotlar, ozi q-ovqat bilan ta’minlash xukumatimiz oldida turgan vazifalardan hisoblanadi. Buningg uchun bizlar, bo‘lajak vetvrach-ixtiopatologlar ham ushbu baliq kasalliklari fanini mukammal o‘rganish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak. Bizning yurtimiz va bizga qo‘shni bo‘lgan MDX mamlakatlari g‘oyat keng suv havzalariga ega. Sobik ittifokdagi daryolarning uzunligi 473000 km ga teng, 250 mingdan ortiq ko‘llar bo‘lib, ularning suv satxi 5 mln ga teng, anna shu chuchuk suvlarda minglab baliq turlari urchitiladi. Kaspiy dengizi dunyoda eng kat t a dengiz hisoblanadi, uning uzunligi 1200 km, suv satxi 361000 kub km bo‘lib , o‘rtacha chuqurligi 200 m dan to 1,5 km gacha. Orol dengizi kichikroq bo‘lib, uzunligi 480 km, chuqurligi 12-68 metr, suv satxi 65000 ga teng , tuzi 11,3%-ni tashkil qiladi. Dunyo miqyosida ovlanadigan barcha baliqlar mikdori tobora ortib 2000 yilda kelib 200 mln. Tonnadan ortdi, bu esa oqsil , protein moddasi bo‘yicha hisoblaganda 950 mln. Bosh qoramol soniga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda ovlanadigan baliqlarning 90% okean va dengiz va atigi 10%-i chuchuk suv havzalari hisobiga to‘g‘ri keladi. 20 ming baliq turlaridan faqatgina 150 turi ovlanib, iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Markaziy Osiyoda ovlanadigan baliqlar SNG mamlakatlarida ovlanadigan baliqlarning 5-7 foizini tashkil qiladi. Bizdagi chuchuk suv havzalarimizda osetr, karp, za g‘ ora, o q chebak, cho‘rtan, tovonbaliq, peshonado‘ng, o q amur, ilonbosh kabi baliqlar ko‘paytirilib ovlamoqda. 2000 yilda 20000 tonna baliq ovlanib is’temolga chiqarilishi