Sud jarayoni va notiqlik san’ati
Mavzu: Sud jarayoni va notiqlik san’ati Reja: 1.Notiqlik san’ati tarixi 2.Yunon notiqligi va rim notiqligi 3.Ritorika,snegorlar,logograflar 4.Sharq notiqligi
NOTIQLIK SAN’ATI TUSHUNCHASI HAQIDA.NOTIQLIK SA’NATI TARIX Kishilar chiroyli , mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo’yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi, notiqlikni san’at darajasiga ko’tardi. Yetuk inson bo’lishi uchun albatta , notiqlik san’atini egallash shart qilib qo’yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratildi. Uning Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqdi. Eramizning 335 -yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratildi. Unda notiq oldiga quyidagilarni vazifa qilib qo’ydi: - materialni har tomonlama tayyorlash ; - materialni joylashtirish rejasini belgilash; - materialni o’zlashtirish, nutq qurilishini to’g’rilash; - notiqning nutq materialini o’rganishi; - materialni so’z bilan ifodalash; - nutqni talaffuz qilish, ya’ni nutq jarayoni. Notiqlik san’atining tarixi juda uzoq bo‘lib, u eramizdan avvalgi V asr boshl arida Yunonistonda shakllana boshladi. Yunonistonda aristokratiya, demokratiy a tuzumi o‘rnatilishi natijasida davlat ishlarida, xalq majlislarida, senat kengashlarida, s ud va yig‘ilishlarda respublikaning har bir ozod kishisi erkin nutq so‘zlash huquqiga ega bo‘lgan. Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni hohlagan har bir kishi uchun chiroyli so‘zlash san’atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylana borgan. Sud ishlarida o‘rnatilgan tartib notiqlik san’atining y uksalishiga katta bir turtki bo‘ldi. Sud jarayonida javobgar o‘ziga qo‘yilayotgan aybning asosizligini isbotlab gapirishi, da’vogar
esa o‘z fikrida qattiq turishi, uni qoralashi lozimedi. Lekin hamma ham chir oyli so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lavermaydi. Shuning natijasida, nutq matnlari ni yozib beradigan bilimdon kishilarga ehtiyoj tug‘ila boshladi va yozma nut q san’atini yaxshi egallagan notiqlarni o‘sha zamon tili bilan "logograflar" deb atay boshladilar. Notiqlik san’atining keng ko‘lamda qanot yoyishi esa, o‘z navbatida uning sud noti qligi, harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik kabi shoxobchalarining paydo bo‘lish iga olib keldi. Sudda gapiriladigan chiroyli nutq o‘rnini, endilikda aniq qonuniyatga ega bo‘lgan sud notiqligi egalladi. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, noti qlikning yana bir turi - epideyktik, ya’ni tantanali nutq uslubi paydo bo‘ldi. Bulardan tashqari, notiqlik san’atining rivoji adabiy tilning shakllanish iga, notiqlik san’atining nazariyasidan iborat bo‘lgan "Ritorika" ilmining vuju dga kelishiga sabab bo‘ldi. Rimdagi barcha shoirlar va notiqlar shu maktabdan , ya’ni ritorika maktabidan ta’lim olganlar. Notiqlar tomonidan yaratilgan nutq matnlari nasriy va poetik ijod mazmunasi hisoblangan. Bunday ijodkor notiqlarning nomi o‘z mamlakati doi rasidan chiqib, jahonga ma’lum va mashhur bo‘lgan. Aristotel, Demosfen va Sitseronlar shular jumlasidandir. O‘rta Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo‘lgan Aristotel er amizdan avval, 384 yili Stagir (Makedoniya yarim orolidagi Xalkidik)da shifo kor oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Nikomax Aleksandr Makedonskiyning nabirasi podsho Aminti II saroyida shifokorlik qildi. Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu erda o‘z zamonasining,mash hur,olimlaridan,bo‘lgan.Platonga shogird bo‘ladi. 342 yili Makedoniya podshosi Filipp o‘zining Aleksandr nomli 13 yosh o‘g‘lining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu erda u falsafa maktabini ochadi,va katta kutubxona tashkil qiladi. Shu davrda Gretsyada chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan edi. Buning natijasida qato r notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablarda so‘z san’ati ustalari - shogirdl
ar etishtirib chiqarilar edi. Keyinchalik chiroyli so‘zlash haqida qo‘llanmalar maydonga keldi. Shunday asarlardan biri Aristotelning "Ritorika" nomli kitobi dir. Buyuk olim uni mashhur "Poetika" nomli asaridan so‘ng, ya’ni eramizda n oldingi 330 yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib kelganda yozgan edi. Ma’lumki, ungacha Anaksimen, Lampsak ham "Ritorika" nomli qo‘llanma ya ratgan edi. Bu ikki asar birbiriga tamoman o‘xshamaydi. Ularningbirinchisi qo ‘llanma bo‘lsa, ikkinchisi chiroyli so‘zlash nazariyasi bo‘yicha,ilmiy,mulohazalardan iborat. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrini ifoda etishga qaratilishi, rav on tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissi yot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining tinglovchi qalbiga tez etishi ga muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, Aristotel notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazilmutoiba so‘zlar bilan lirik chekinish qili b tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollarda n foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni qo‘llasa, nutqinin g ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar ko‘payib ketib, tinglov chini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi. Aristotel fikrlari hozirgi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Umrini onaVatanining gullab yashnashiga bag‘ishlagan davlat arbobi, mashhur notiqDemosfen eramizdan old ingi 384 yili Afinada o‘ziga to‘q oilada dunyoga keldi. Uning otasining ismi ham Demosfen bo‘lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi. Demosfen notiqlik bilan shug‘ullanishdan avval o‘z ustozi yo‘lidan borib , boshqalarga sudda so‘zlanadigan nutqning matnini yozib berar va bu ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Borabora nutqiy matn,yyozish Demosfenni qo niqtirmaydi. U otashin vatanparvar sifatida ijtimoiy faoliyatini vatanining ravnaqi uchun sarflashni orzu,qiladi. Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli hol da: to‘polon, kulgi, qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan qarshi olinadi. U o‘z nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur bo‘ladi. Demosfen nutqining bunday ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki uning tovushi juda past bo‘lib, bir
oz duduqlanar, "r" harfini talaffuz etolmas, g‘uldirab, mujmal gapirar edi. B ulardan tashqari, uning elkasini qimirlatib turadigan odati ham bo‘lib, ko‘pchilik orasida o‘zini tog‘ri tuta bilmas edi. Xalq majlislaridan birida Demosfen o‘zini ikkinchi bor sinab ko‘radi. Lekin bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan so‘ng Demosfen o‘z nu tqidagi kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik uchun astoydil bosh qotiradi. Har ku ni bir necha soatlab noto‘g‘ri talaffuz etayotgan so‘zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Hatto og‘ziga tosh solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. "r" tovushini to‘g‘ri talaffuz etish uchun esa kuchuk bolasining irillashini kuzatad i va o‘zi ham xuddi shu tovushni qaytaradi. Nihoyat uzoq muddatli tinimsiz mashqlardan so‘ng Demosfer o‘z maqsadiga erishadi: mashhur notiq bo‘lib etishadi. Ammo, shunga qaramay, u hech qach on tayyorgarliksiz nutq so‘zlamas, oldindan yozib qo‘yilgan matnni yodlab ol ar, har bir so‘z ustida puxta o‘ylar, jumlalarni aniq va chiroyli tuzishga hara kat qilar edi. Ulug‘ notiqning nutqi shu qadar sodda, ravon, mantiqan puxta va jozibali bo‘ldiki, bu faqat mashaqqatli mehnat,samarasi,edi. Mark Tulliy Sitseron eramizdan oldingi 103 yilda Rimda n uzoq bo‘lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladiUning bolalik yillari Arpina shahridagi otasiga qarashli yerlarda o‘tadi otasi o‘z farzandiga yaxshi ta’lim-tarbiya berish maqsadida Rimga ko‘chib o‘tadi. Sitser on u erda yunon tili va adabiyotini mukammal egallagach, Yunonistonning mashhur so‘z ustalari Litsiniy Krass va Mark Antoniy kabi notiqlardan so‘z san’atining nozik sir-asrorlarini o‘rgatgan ularning ajoyib nutqlarini tinglaydi. Bo‘lajak notiq, ayni vaqtda, falsafa bilan ham shug‘ullanadi. Lekin uni ko‘pro notiqlik san’ati qiziqtiradi. Sitseron notiqlarning turli mimika va haraka tlari bilan so‘zlashayotganini ko‘rib, notiq bo‘lish uchun aktyorlikdan ham xa bardor bo‘lish kerakdegan xulosaga keladi. Shuning uchun Ezop va Rossiy kabi o‘z davrining mashhur aktyorlaridan saboq oladi.