logo

LINGVOKULTUROLOGIYANING ASOSIY TUSHUNCHAVIY TERMINOLOGIK APPARATI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.33203125 KB
LINGVOKULTUROLOGIYANING ASOSIY TUSHUNCHAVIY
TERMINOLOGIK APPARATI
Reja:
1. Lingvokulturologiya tushunchalarining talqini
2. Lingvomadaniy konsept  
    1.   Lingvokulturologiya   tushunchalarining   talqini.   Lingvokulturologiya
maxsus   fan   sohasi   sifatida   zamonaviy   tilshunoslikda   bir   qancha   sermahsul
tushunchalarni   keltirib   chiqardi:     lingvokulturema,   madaniyat   tili,   madaniy   matn,
madaniyat   konsepti,   submadaniyat,   lingvomadaniy   paradigma,   madaniy
universaliya,   madaniy   salohiyat,   madaniy   meros,   madaniy   an’analar,   madaniy
jarayon, madaniy ko‘rsatmalar va h.k. Shuningdek, lingvokulturologiyaning asosiy
tushunchaviy   apparatiga   mentalitet,   mentallik,   taomil,   rasm-rusumlar,   madaniyat
doirasi,  madaniyat turi,  tamaddun, majusiylik va boshqalar kiradi.  
Mazkur   tushunchalardan   eng   muhimlari   madaniy   sema,   madaniy   fon,
madaniy  konsept   va  madaniy   konnotatsiya   bo‘lib,   ular   madaniy   informatsiyaning
til birliklari vositasida ko‘rsata oladi.   
Madaniy sema – so‘zga nisbatan kichikroq va universalroq bo‘lgan semantik
birliklar,   semantik   belgilar.   Masalan,   palov,   do‘ppi,   o‘choq   so‘zlaridagi   quyidagi
madaniy semalarni ajratish mumkin:    palov   – guruch, sabzi, go‘sht, piyoz va yog‘
solib tayyorlanadigan o‘zbek milliy taomi;  do‘ppi  – avra-astarli, ko‘pincha qavima,
pilta   urilgan   to‘garak   yoki   to‘rtburchak   shakldagi   o‘zbeklarning   milliy   bosh
kiyimi;   o‘choq   –   ichiga   o‘t   yoqiladigan,   ovqat   pishirish   uchun   ustiga   qozon
o‘rnatiladigan qurilma. 
Madaniy fon – ijtimoiy hayot va tarixiy hodisalarni ifodalaydigan nominativ
birliklarning   (so‘zlar   va   frazeologizmlarning)   tavsifi.   Masalan,   Daqqiyunusdan
qolgan   /   Odam   atodan   qolgan   “juda   eski,   qadimgi”,   jamalak   o‘rtoq   “bolalikdagi
dugona”,   qizil   (Oktabr   inqilobi,   sho‘ro   tuzumi,   armiyasiga   oidlikni   bildiradigan
so‘z sifatida qo‘llangan).  
Yuqorida qayd qilingan madaniy informatsiyaning ikki turi denotatda
mavjud bo‘lib,  lingvomamlakatshunoslikda yaxshi o‘rganilgan. 
Madaniy   konsept  – mavhum  tushunchalarning nomlari bo‘lgani  uchun   bu
yerda madaniy informatsiya signifikatga, ya’ni tushuncha yadrosiga biriktiriladi. 
Madaniy meros – madaniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan  madaniy boyliklarni,
informatsiyalarning berilishi.   Madaniy   an’analar   –   ijtimoiy   va   madaniy   merosning   qimmatli
unsurlari majmuyi.
Madaniy   jarayon   –   madaniyat   hodisalari   tizimiga   aloqador   bo‘lgan
unsurlarning o‘zaro ta’siri.
Madaniy   makon   –   madaniyat   vakillari   ongidagi   madaniyatning   mavjud
bo‘lish shakllari.   Madaniy makon kognitiv makon (individual va jamoaviy) bilan
munosabatda   bo‘ladi,   chunki   u   mazkur   madaniy-milliy   jamiyatning   barcha
vakillari,   barcha   individual   va   jamoaviy   makonlar   majmuyi   bilan   shakllanadi.
Masalan, rus madaniy makoni, ingliz madaniy makoni va h.k. 
Lingvomadaniy     paradigma   –   bu   dunyoqarashning     etnik,   ijtimoiy,   tarixiy,
ilmiy   va   h.k.   o‘zaro   aloqadorlikdagi   kategoriyalarini   aks   ettiradigan   til
shakllarining   majmuyi.   Lingvomadaniy   paradigma   konseptlarni,     kategorial
so‘zlarni     va   shu   kabilarni   birlashtiradi.   Til   shakllari   paradigmaning   asosi
hisoblanadi. 
  Madaniy   an’ana   –   jamiyatda   to‘planadigan   va   qayta   tiklanadigan
ijtimoiy stereotiplashgan guruhlar tajribasini ifodalaydigan integral hodisa. 
Madaniy   fond   –u   yoki   bu   madaniyat   vakilining   bilimlari   majmuyi,     uning
milliy   va   jahon   madaniyati   sohasidagi   ayrim   qarashi.   Biroq   bu   shaxsning   mulki
emas,   balki   mazkur   madaniyatga   talluqli   bo‘lgan   o‘sha   asosiy   birliklarning
majmuyidir.   
Mentallik   –   milliy   xarakterning   intellektual,   ma’naviy   va   iroda
xususiyatlarini   o‘zida   birlashtiradigan,   ona   tili   kategoriyalari   va   shakllaridagi
dunyoqarashning ko‘rinishi. Mentallikning birligi mazkur madaniyatning konsepti
hisoblanadi. A. Ya. Gurevichga ko‘ra,   mentallik – dunyoni ko‘rish yo‘li, u g‘oya
bilan   o‘xshamaydi.     Mentallik     falsafiy,   ilmiy   yoki   estetik   tizimlar   emas,   u   fikr
emotsiyadan qismlarga ajralmagan jamiyat tafakkurining darajasi. Xalq mentalligi
tilning muhim konseptlarida dolzarblashadi.   
Mentalitet   –   (nem.   m entalität   <   lot.   mens,   mentis   –   aql,   idrok)   jamiyat,
millat,   jamoa   yoki   alohida   shaxsning   tarixiy   tarkib   topgan   tafakkur   darajasi,
madaniy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlardagi aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati. Mentalitet – xalq mentalligini, uning
aqliy va ruhiy quvvatining ichki   tuzilishini  va differensiatsiyasini  aks ettiradigan
kategoriya.   Mentalitetlar   turli   masshtablardagi   lingvomadaniy   jamoalarning
psixolingvo-intellektlarini   namoyon   qiladi.   Ilmiy   adabiyotlarda   qayd   qilinishicha
(Yu.D.Apresyan,   Ye.S.Yakovleva,   O.A.Kornilov),   mentalitet   termini   ositida
ijtimoiy-madaniy,   lisoniy,   geografik   va   boshqa   omillarga   bog‘liq   bo‘lgan   chuqur
aqliy   tuzulish   tushuniladi.   Jamiyat,   millat   yoki   shaxsning   mentaliteti   ularning
o‘ziga   xos   an’analari,   rasm-rusmlari,   urf-odatlari,   diniy   e'tiqod   va   irimlarini   ham
qamrab oladi.   
Madaniyat   tili   –   mavjud   bo‘lgan   yoki   qaytadan   hosil   bo‘lgan   tasavvurlar,
tushunchalar,   obrazlar   va   boshqa   ma’noviy   konstruksiyalar   tuzilishining   belgilar
va ularning munosabatlari tizimi vositasida shakllanishi.  
Submadaniyat   –   ikkinchi   darajali,   tobe   madaniyat   tizimi   (masalan,   yoshlar
submadaniyati va h.k.). 
Madaniy   konnotatsiya   –   madaniyat   kategoriyalaridagi   denotativ   yoki
majoziy-motivlashgan   ma’no   jihatlarining   talqini.     Madaniy   konnotatsiya   til
belgisidagi madaniyat darajasining ko‘rsatkichini ifodalaydi. N. Yu. Shvedova rus
tilidagi   20   ta   umumiy   ma’no   kategoriyasini   ajratib   ko‘rsatgan:   jonlilik,   harakat,
holat, predmet, o‘lchov, o‘rin, vaqt va h.k. Mazkur kategoriyalar tilning ma’noviy
sinchini   tashkil   qiladi.     Biroq   har   bir   xalq   uchun     ikkilamchi   atovda   qo‘shimcha
ko‘chma   ma’no   kasb   etgan   maxsus   majoziy-assosiativ   mexanizmlar   ham   mavjud
bo‘ladi.   Masalan,   ruslarda     it   (salbiy   hodisalar   bilan   bir   qatorda)   sodiqlik,
vafodorlik,   oddiylikni   assotsiatsiyalaydi.   Jumladan,   собачья   верность,   собачья
преданность,   собачья   жизнь   kabi   frazeologik   birliklarda   mazkur   xususiyatlar
o‘z   aksini   topgan;   beloruslarda   it   salbiy   xususiyatlarni   ifodalaydi:     ушыцца   у
сабачую   скуру   (“layoqatsiz,   dangasa   odamga   aylanish”),   собакам   падшыты
(“yomon   odam”);   o‘zbeklarda,   qirg‘izlarda   va   qator   boshqa   turkiy   xalqlarda   it
haqoratni bildiradi. Ruslarda   cho‘chqa  a) ifloslik, b) nonko‘rlik, v) tarbiyasizlikni;
inglizlarda     pig     ochofatni,   o‘zbeklar,   qirg‘izlar,   qozoqlar   va   boshqa   musulmon xalqlarida   cho‘chqa   sof   diniy   nuqtayi   nazardan   o‘ta   haqoratni   ifodalaydi;
vetnamlarda  cho‘chqa  ahmoqlik ramzi bo‘lib keladi.   
Shunday   qilib,   it   va   cho‘chqa   so‘zlari   turli   xalqlarda   turlicha   belgilarni
konnotatsiyalaydi.   Bu   esa   mazkur   xalqlar   dunyo   manzarasining   shakllanishidagi
ularning o‘ziga xos, individual majoziy fikrlashini  ko‘rsatadi. Yuqoridagi misollar
o‘ziga   xos   qo‘shimcha   ma’nolar   –   konnotatsiyalar   yuzaga   kelishining   har   bir   til,
har bir madaniyat uchun  xos ekanligini ko‘rsatadi. 
7. 2. Lingvomadaniy konsept.  Rus tilshunosligida   konsept   tushunchasi XX
asrning   birinchi   choragida   faylasuf     S.   Askoldov   tomonidan   ilmiy   muomalaga
kiritiladi.   S.   Askoldovning   qarashicha,   konseptlar   vositasida   turli   millat   vakillari
muloqotga   kirishadi,   shunga   ko‘ra,   konseptlarni   yaratish   va   idrok   qilish   ikki
tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi.   Lisoniy makonda mavjud bo‘lgan
bunday tizim dunyo milliy manzarasining o‘ziga xosligini belgilaydi 1
. XX asrning
birinchi choragida konsept haqida mulohazalarga tanqidiy yondashiladi. Faqat 80-
yillarga kelib, bu terminga ehtiyoj qayta paydo bo‘ladi. Yu. S. Stepanov o‘zining
tadqiqotlarida   mental   shakllanishning   mohiyatini   ochishga   harakat   qilib,   konsept
so‘zining       etimologiyasiga   murojaat   qiladi.     Konsept   lotin   tilidagi   conceptus   –
“tushuncha”   so‘zining   kalkasidir.   Konsept   ikki   tomonli   xususiyatga   egadir.   Bir
tomondan,     madaniyat   konsept   ko‘rinishida   insonning   mental   dunyosiga   kirsa,
boshqa   tomondan,   inson   konsept   yordamida   madaniyatga   kiradi   va   ba’zan   unga
ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘zining individual, betakror madaniyatini saqlagan holda,
konsept   orqali   xalqlarning   madaniyatiga,   turli   millat   vakillarining   mental
dunyosiga  murojaat qiladi 2
. 
Konseptning   kognitiv   tilshunoslik,   lingvokulturologiya,   shuningdek,
adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi o‘zaro farqlanadi 3
. Ushbu termin tilshunoslikda
o‘tgan   asrning   80-yillariga   qadar   tushuncha   so‘ziga   sinonim   sifatida   ishlatilgan
1  Аскольдов, С. А. Концепт и слово [Текст] / С. А. Аскольдов // Русская словесность. От теории 
словес-ности к структуре текста. Антология. – М. : Academia, 1997. – С. 267–280. 
2  Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры [Текст] / Ю. С. Степанов. – М. : 
Академиче-ский проект, 2004. 
3  Демьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литаратуре и в научном языке // Вопросы 
филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47.  bo‘lsa 4
,   bugungi   kunga   kelib   uning   izohi   tushuncha   terminiga   nisbatan
kengayganini   ko‘rish   mumkin.   Binobarin,   N.Yu.   Shvedova   konseptni   tushuncha
ekanligini,   bu   tushuncha   ortida   esa   ijtimoiy   yoki   subyektiv   tarzda   anglanuvchi,
inson  hayotining muhim  moddiy,  aqliy, ruhiy tomonini  aks   ettiruvchi,  o‘z  tarixiy
ildizlariga   ega   bo‘lgan,   xalqning   umumiy   tajribasini   aks   ettiradigan   mazmun
turishini ta’kidlagan 5
.
Prof.   N.   Mahmudov   lingvokulturologiyada   konseptning   o‘rganilishi
xususida   shunday   yozadi:   “Lingvokulturologik   tadqiqotlarda   aynan   konseptning
ifodalanishi   muammolariga   juda   katta   e’tibor   qaratilmoqda,   internet   materiallari
bilan   tanishganda,   masalan,   Rossiyadagi   tilshunosliklarda   bu   yo‘nalish   nihoyatda
keng   tarqalganini   ko‘rish   mumkin,   bu   boradagi   ishlarni   sanab,   sanog‘iga   yetish
mushkul.   Hatto   so‘nggi   yillarda   yoqlangan   nomzodlik   dissertatsiyalarining   juda
katta   qismi   aynan   u   yoki   bu   tilda   konseptning   lingvokulturologik   tadqiqiga
bag‘ishlangan” 6
.
Demak, konsept lingvokulturologiyada eng faol qo‘llanuvchi birlik sanaladi.
Konsept   lingvomadaniy   birlik   sifatida   u   yoki   bu   xalq   madaniyatining   o‘ziga   xos
jihatlarini   ifodalaydi.   Masalan,   uy   konsepti     o‘zbek   kishilarining   tafakkurida
quyidagicha  assotsiatsiyalanadi: 
a) yashash joyi – bino – ko‘p qavatli uy – hovli – xonadon – oila;
b) katta, kichik, chiroyli, shinam, yorug‘, yangi, eski;
v) mehribonlik uyi, dam olish uyi, madaniyat uyi.
Ko‘chma   ma’noli   birliklarni   yuzaga   chiqaradi:   uy   ichi   “oila   a’zolari”,   uyi
buzilmoq  “er-xotinning ajralishi”,  uyi kuymoq  “xonavayron bo‘lmoq”.
  Lingvomadaniy   konsept   etnomadaniy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   va   borliq
haqidagi   funksional   ahamiyatga   molik   informatsiyani   uzatadigan   madaniyatning
asosiy  birligidir. U madaniy universaliyalarni  ifodalaydi. Lingvomadaniy konsept
tafakkurda   mavjud   bo‘ladi,   u   o‘zida   kognitiv-ratsional   va   emotsional-psixologik
4  Демьянков В.З. Кўрсатилга мақола. 
5  Шведова Н.Ю. Избранные работы. –М., 2005. –С.603. 
6  Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб...// Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 2012. -№ 5.  –Б. 9.  mazmunni   biriktiradi.   Lingvomadaniy   konsept   barcha   til   egalari   uchun
dunyoqarash   modeli   vazifasini   o‘taydi.     Lingvomadaniy   konsept   milliy
xarakterning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi madaniyat vositasi hisoblanadi.   
Lingvokulturologiyada   madaniyat   konseptlari   alohida   tadqiq   etiladi.
Madaniyatning asosiy konseptlari jamoaviy til ongida muhim ahamiyat kasb etadi.
Madaniyatning asosiy konseptlari deganda mavhum otlar, xususan, vijdon, taqdir,
qismat,   iroda,   gunoh,   qonun,   erkinlik,   ziyolilar,   vatan   va   h.k.   tushuniladi.
Madaniyat   konseptlarini   A.   Ya.   Gurevich   ikki   guruhga:   “fazoviy”,   falsafiy
kategoriyalar,   ya’ni   madaniyatning   universal   kategoriyalari   (vaqt,   makon,   sabab,
o‘zgarish,   harakat)   hamda   ijtimoiy   kategoriyalar,   ya’ni   madaniyat   kategoriyalari
(erkinlik, huquq, haqiqat, mehnat, boylik, mulk)ga ajratadi.  
V.   A.   Maslova   bunga   yana   bir   guruhni   –   milliy   madaniyat   kategoriyasini
ham   ilova   qiladi 7
.   Konseptlarni   tahlil   qilish   jarayonida   har   qanday   tilda   madaniy
o‘ziga   xos   konseptlarning   ko‘pligi   aniqlangan.   Masalan,   kartoshka   konsepti
madaniy o‘ziga xos konseptlardan biri hisoblanadi. Kartoshka ruslar uchun  nochor
ovqatlanish   etaloni,   buni     сидеть   на   одной   картошке   frazeologizmi   misolida
ham   ko‘rish   mumkin;   beloruslar   uchun   odatiy   milliy   taom,   ikkinchi   non,   muhim
ozuqa hisoblanadi. Yoki   non   konseptini olsak, o‘zbeklar uchun non muhim ozuqa
etaloni   hisoblansa,   koreys,   yapon,   xitoy   xalqlari   uchun   muhim   ozuqa
hisoblanmaydi. Ular uchun  guruch  asosiy ozuqa etaloni sanaladi. 
7  Маслова В. А. Лингвокультурология:  Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: 
Издательский центр «Академия», 2001.  –С.51. ADABIYOTLAR
1 . Usmanova Sh.  “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza  kurslari .  – Toshkent: 
Universitet, 2014.
2 .  Алефиренко Н.Ф.  Лингвокультурология. Ценностно-смысловое  
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.  
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии.  Учебное пособие.  – М. : 
Наука, 2009. 
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990. 
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998. 
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993. 
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996. 
9.  Воркачёв С.Г.  Лингвокультурология, языковая личность, концепт: 
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // 
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11.  Воробьев В.В.  Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984. 
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. 
1 4 . Гуревич   А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990. 
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в 
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47. 
1 6.  Ибрагимова Р.С. Француз ва  ўзбек тилларида  АЁЛ  концептининг 
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф.  –Тошкент, 
2012.

LINGVOKULTUROLOGIYANING ASOSIY TUSHUNCHAVIY TERMINOLOGIK APPARATI Reja: 1. Lingvokulturologiya tushunchalarining talqini 2. Lingvomadaniy konsept

1. Lingvokulturologiya tushunchalarining talqini. Lingvokulturologiya maxsus fan sohasi sifatida zamonaviy tilshunoslikda bir qancha sermahsul tushunchalarni keltirib chiqardi: lingvokulturema, madaniyat tili, madaniy matn, madaniyat konsepti, submadaniyat, lingvomadaniy paradigma, madaniy universaliya, madaniy salohiyat, madaniy meros, madaniy an’analar, madaniy jarayon, madaniy ko‘rsatmalar va h.k. Shuningdek, lingvokulturologiyaning asosiy tushunchaviy apparatiga mentalitet, mentallik, taomil, rasm-rusumlar, madaniyat doirasi, madaniyat turi, tamaddun, majusiylik va boshqalar kiradi. Mazkur tushunchalardan eng muhimlari madaniy sema, madaniy fon, madaniy konsept va madaniy konnotatsiya bo‘lib, ular madaniy informatsiyaning til birliklari vositasida ko‘rsata oladi. Madaniy sema – so‘zga nisbatan kichikroq va universalroq bo‘lgan semantik birliklar, semantik belgilar. Masalan, palov, do‘ppi, o‘choq so‘zlaridagi quyidagi madaniy semalarni ajratish mumkin: palov – guruch, sabzi, go‘sht, piyoz va yog‘ solib tayyorlanadigan o‘zbek milliy taomi; do‘ppi – avra-astarli, ko‘pincha qavima, pilta urilgan to‘garak yoki to‘rtburchak shakldagi o‘zbeklarning milliy bosh kiyimi; o‘choq – ichiga o‘t yoqiladigan, ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan qurilma. Madaniy fon – ijtimoiy hayot va tarixiy hodisalarni ifodalaydigan nominativ birliklarning (so‘zlar va frazeologizmlarning) tavsifi. Masalan, Daqqiyunusdan qolgan / Odam atodan qolgan “juda eski, qadimgi”, jamalak o‘rtoq “bolalikdagi dugona”, qizil (Oktabr inqilobi, sho‘ro tuzumi, armiyasiga oidlikni bildiradigan so‘z sifatida qo‘llangan). Yuqorida qayd qilingan madaniy informatsiyaning ikki turi denotatda mavjud bo‘lib, lingvomamlakatshunoslikda yaxshi o‘rganilgan. Madaniy konsept – mavhum tushunchalarning nomlari bo‘lgani uchun bu yerda madaniy informatsiya signifikatga, ya’ni tushuncha yadrosiga biriktiriladi. Madaniy meros – madaniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan madaniy boyliklarni, informatsiyalarning berilishi.

Madaniy an’analar – ijtimoiy va madaniy merosning qimmatli unsurlari majmuyi. Madaniy jarayon – madaniyat hodisalari tizimiga aloqador bo‘lgan unsurlarning o‘zaro ta’siri. Madaniy makon – madaniyat vakillari ongidagi madaniyatning mavjud bo‘lish shakllari. Madaniy makon kognitiv makon (individual va jamoaviy) bilan munosabatda bo‘ladi, chunki u mazkur madaniy-milliy jamiyatning barcha vakillari, barcha individual va jamoaviy makonlar majmuyi bilan shakllanadi. Masalan, rus madaniy makoni, ingliz madaniy makoni va h.k. Lingvomadaniy paradigma – bu dunyoqarashning etnik, ijtimoiy, tarixiy, ilmiy va h.k. o‘zaro aloqadorlikdagi kategoriyalarini aks ettiradigan til shakllarining majmuyi. Lingvomadaniy paradigma konseptlarni, kategorial so‘zlarni va shu kabilarni birlashtiradi. Til shakllari paradigmaning asosi hisoblanadi. Madaniy an’ana – jamiyatda to‘planadigan va qayta tiklanadigan ijtimoiy stereotiplashgan guruhlar tajribasini ifodalaydigan integral hodisa. Madaniy fond –u yoki bu madaniyat vakilining bilimlari majmuyi, uning milliy va jahon madaniyati sohasidagi ayrim qarashi. Biroq bu shaxsning mulki emas, balki mazkur madaniyatga talluqli bo‘lgan o‘sha asosiy birliklarning majmuyidir. Mentallik – milliy xarakterning intellektual, ma’naviy va iroda xususiyatlarini o‘zida birlashtiradigan, ona tili kategoriyalari va shakllaridagi dunyoqarashning ko‘rinishi. Mentallikning birligi mazkur madaniyatning konsepti hisoblanadi. A. Ya. Gurevichga ko‘ra, mentallik – dunyoni ko‘rish yo‘li, u g‘oya bilan o‘xshamaydi. Mentallik falsafiy, ilmiy yoki estetik tizimlar emas, u fikr emotsiyadan qismlarga ajralmagan jamiyat tafakkurining darajasi. Xalq mentalligi tilning muhim konseptlarida dolzarblashadi. Mentalitet – (nem. m entalität < lot. mens, mentis – aql, idrok) jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, madaniy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy

sharoitlardagi aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati. Mentalitet – xalq mentalligini, uning aqliy va ruhiy quvvatining ichki tuzilishini va differensiatsiyasini aks ettiradigan kategoriya. Mentalitetlar turli masshtablardagi lingvomadaniy jamoalarning psixolingvo-intellektlarini namoyon qiladi. Ilmiy adabiyotlarda qayd qilinishicha (Yu.D.Apresyan, Ye.S.Yakovleva, O.A.Kornilov), mentalitet termini ositida ijtimoiy-madaniy, lisoniy, geografik va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lgan chuqur aqliy tuzulish tushuniladi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusmlari, urf-odatlari, diniy e'tiqod va irimlarini ham qamrab oladi. Madaniyat tili – mavjud bo‘lgan yoki qaytadan hosil bo‘lgan tasavvurlar, tushunchalar, obrazlar va boshqa ma’noviy konstruksiyalar tuzilishining belgilar va ularning munosabatlari tizimi vositasida shakllanishi. Submadaniyat – ikkinchi darajali, tobe madaniyat tizimi (masalan, yoshlar submadaniyati va h.k.). Madaniy konnotatsiya – madaniyat kategoriyalaridagi denotativ yoki majoziy-motivlashgan ma’no jihatlarining talqini. Madaniy konnotatsiya til belgisidagi madaniyat darajasining ko‘rsatkichini ifodalaydi. N. Yu. Shvedova rus tilidagi 20 ta umumiy ma’no kategoriyasini ajratib ko‘rsatgan: jonlilik, harakat, holat, predmet, o‘lchov, o‘rin, vaqt va h.k. Mazkur kategoriyalar tilning ma’noviy sinchini tashkil qiladi. Biroq har bir xalq uchun ikkilamchi atovda qo‘shimcha ko‘chma ma’no kasb etgan maxsus majoziy-assosiativ mexanizmlar ham mavjud bo‘ladi. Masalan, ruslarda it (salbiy hodisalar bilan bir qatorda) sodiqlik, vafodorlik, oddiylikni assotsiatsiyalaydi. Jumladan, собачья верность, собачья преданность, собачья жизнь kabi frazeologik birliklarda mazkur xususiyatlar o‘z aksini topgan; beloruslarda it salbiy xususiyatlarni ifodalaydi: ушыцца у сабачую скуру (“layoqatsiz, dangasa odamga aylanish”), собакам падшыты (“yomon odam”); o‘zbeklarda, qirg‘izlarda va qator boshqa turkiy xalqlarda it haqoratni bildiradi. Ruslarda cho‘chqa a) ifloslik, b) nonko‘rlik, v) tarbiyasizlikni; inglizlarda pig ochofatni, o‘zbeklar, qirg‘izlar, qozoqlar va boshqa musulmon

xalqlarida cho‘chqa sof diniy nuqtayi nazardan o‘ta haqoratni ifodalaydi; vetnamlarda cho‘chqa ahmoqlik ramzi bo‘lib keladi. Shunday qilib, it va cho‘chqa so‘zlari turli xalqlarda turlicha belgilarni konnotatsiyalaydi. Bu esa mazkur xalqlar dunyo manzarasining shakllanishidagi ularning o‘ziga xos, individual majoziy fikrlashini ko‘rsatadi. Yuqoridagi misollar o‘ziga xos qo‘shimcha ma’nolar – konnotatsiyalar yuzaga kelishining har bir til, har bir madaniyat uchun xos ekanligini ko‘rsatadi. 7. 2. Lingvomadaniy konsept. Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinchi choragida faylasuf S. Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. S. Askoldovning qarashicha, konseptlar vositasida turli millat vakillari muloqotga kirishadi, shunga ko‘ra, konseptlarni yaratish va idrok qilish ikki tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi. Lisoniy makonda mavjud bo‘lgan bunday tizim dunyo milliy manzarasining o‘ziga xosligini belgilaydi 1 . XX asrning birinchi choragida konsept haqida mulohazalarga tanqidiy yondashiladi. Faqat 80- yillarga kelib, bu terminga ehtiyoj qayta paydo bo‘ladi. Yu. S. Stepanov o‘zining tadqiqotlarida mental shakllanishning mohiyatini ochishga harakat qilib, konsept so‘zining etimologiyasiga murojaat qiladi. Konsept lotin tilidagi conceptus – “tushuncha” so‘zining kalkasidir. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko‘rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘zining individual, betakror madaniyatini saqlagan holda, konsept orqali xalqlarning madaniyatiga, turli millat vakillarining mental dunyosiga murojaat qiladi 2 . Konseptning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi o‘zaro farqlanadi 3 . Ushbu termin tilshunoslikda o‘tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha so‘ziga sinonim sifatida ishlatilgan 1 Аскольдов, С. А. Концепт и слово [Текст] / С. А. Аскольдов // Русская словесность. От теории словес-ности к структуре текста. Антология. – М. : Academia, 1997. – С. 267–280. 2 Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры [Текст] / Ю. С. Степанов. – М. : Академиче-ский проект, 2004. 3 Демьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литаратуре и в научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47.