logo

O’zbekiston Respublikasi DAF hujjatlarining ilmiy-ma’lumotnoma apparati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.3916015625 KB
O’zbekiston Respublikasi DAF hujjatlarining ilmiy-ma’lumotnoma
apparati
REJA:
1. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati haqidagi tushuncha
2. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati tarkibi
3. Hujjatlarni tavsiflashda differensial yondashuv Ilmiy-ma’lumotnoma apparati haqidagi tushuncha Arxivda   saqlanayotgan   hujjatlar
haqida umumiy  tasavvur hosil qilish,  zarurat tug’ilganda ularni tezda topish
va   ulardan   unumli   foydalanish   maqsadida   ilmiy-ma’lumotnoma   apparati
(IMA) yaratiladi.
Ilmiy-ma’lumotnoma   apparati   deganda   arxivlarda   saqlanayotgan
hujjatlar   to’g’risida   axborot   beruvchi   ma’lumotlar   tizimi   tushuniladi.   Arxiv
hujjatlari   haqidagi   ma’lumotlar   arxivshunoslikda   axborot-qidiruv   tizimi   deb
ataladi.
Arxivlarda   tashkil   etilgan   IMA   bu   yerda   saqlanayotgan   hujjatlarning
tarkibi,   mazmuni   va   manzili   haqida   aniq   ma’lumotlar   berishi   zarur.   Ayni
paytda   viloyatlar   va   butun   DAF   miqyosida   ham   arxiv   hujjatalrining   IMA
tuziladi.   Davlat   arxiv   fondi   IMA   tizimi   o’zaro   bog’langan   hisob   hujjatlari,
ya’ni arxiv ma’lumotnomalari, avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimidan
iboratdir. Bular bir xil usul va qoidalar asosida tayyorlanib, yig’majildlar va
arxiv   fondlari   tarkibida,   davlat   arxivlari   va   butun   DAF   doirasida   hujjatlarni
ehtiyot qilib saqlash va samarali qidirish uchun tuziladi.
IMA tarkibi IMA tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. yo’lko’rsatkich   (putevoditelp)   yoki   ma’lumotnoma   kitobi
(spravochnik);
2. qabul qilingan hujjatlar kitobi;
3. fondlar ro’yxati;Му ам м ол и савол :  Ил м ий-м аъ л у м отном а аппарати
ним а м ақ садда ту з ил ади ва қ андай ваз иф ал арни  4. fondlar varaqasi;
5. ro’yxatlar;
6. kataloglar;
7. ko’rsatkichlar.
Shuni ta’kidlab o’tish  kerakki, arxivlarda yuritiladigan hisob hujjatlari
va   IMA   tizimi   o’rtasida   bevosita   aloqadorlik   mavjud.   Hisob   hujjatlari   ham
fondlar   tarkibidagi   hujjatlar   haqida   zarur   axborotlar   beradi.   Masalan,   fond
varaqasi   fondning   tartib   raqami,   nomi,   bu   yerdagi   yig’majildlar   soni,
xronologik chegarasi, tarkibi haqida qisqa ma’lumotlar beradi.
Hujjatlarni   hisobga   oluvchi   asosiy   ma’lumotnoma   –   bu   yig’majildlar
ro’yxatidir.   Boshqa   arxiv   ma’lumotnomalaridan   farqli   o’laroq,   ro’yxat   fond
doirasida yig’majildlarni hisobga olish, hir bir yig’majildning varaqlar sonini
belgilash,   yig’majildning   tarkibi   va   mazmuni   hususida   ma’lumot   berish
imkoniyatiga egadir.
DAF   hujjatlariga   tuzilgan   IMA   tizimi   o’zaro   bog’liqligi,   birligi   bilan
ajralib   turadi.   Respublikadagi   barcha   hujjatlar   to’g’risidagi   eng   umumiy
ma’lumotnoma   arxivlardagi   fondlar   katalogidir.   Viloyat   arxiv   bo’limlarida
ham   viloyat   hududidagi   arxivlarning   fondlar   katalogi   tuziladi.   Bu
ma’lumotnomalar yordamida tadqiqotchilar qaysi arxivda u yoki bu mavzuga
doir   oid   hujjatlar   borligini   aniqlab   oladilar.   Shundan   keyin   kerakli   davlat
arxivlariga   borib,   o’sha   arxivning   yo’lko’rsatkichi   yoki   fondlar   ro’yxati   va
varaqasi   o’rganiladi.   Bu   ma’lumotnomalardan   tadqiqotchi   kerakli   hujjatlar
arxivning qaysi fondlarida mavjudligini bilib oladi.
Arxiv fondlarining yig’majildlari mavjud ro’yxati bilan tanishib chiqish
kerakli   hujjatlar   qaysi   yig’majildlarda   ekanligini   aniqlash   imkoniyatini
beradi. Kerakli yig’majildlar buyurtma asosida arxiv omborxonasidan olinib,
ulardan tadqiqot uchun zarur bo’lgan hujjatlar topiladi va kerakli ma’lumotlar
ko’chirib   olinadi.   Sistematik   va   mavzuiy   kataloglardan   foydalanish   kerakli hujjatlarni tezkorlik bilan topish va ularni tadqiq etishga yordam beradi.
Shunday   qilib,   IMA   tarkibiga   kiruvchi   ma’lumotnomalarning   har
birining o’z vazifasi, maqsadi bor va bir birini to’ldirib, O’zR DAF hujjatlari
to’g’risida zarur ma’lumotlar beradi.
Hujjatlarni tavsiflashda differensial yondashuv Ilmiy-ma’lumotnoma   apparatini   yaratish
uchun hujjat, yig’majild va fond asosiy axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Birlamchi   ma’lumot   beruvchi   bu   manbalarni   tahlil   etish   arxivshunoslikda
tavsiflash   deb   ataladi.   Arxiv   ishida   alohida   bir   hujjat,   yig’majild   va   arxiv
fondi tavsiflanishi mumkin.
Arxiv fondlari o’z ilmiy ahamiyati, ulardagi ma’lumotlarning salmog’i
nuqtai   nazaridan   bir   xil   emasdir.   Shuning   uchun   ham   hujjatlarni   tavsiflash
differensial yondashuvni talab qiladi.
Arxiv   fondlari   ulardagi   ma’lumotlarning   salmog’iga   qarab   3ta
kategoriyaga bo’linadi.
Birinchi   kategoriyali   fondlar   jumlasiga   jamyat   hayotining   turli
sohalariga   doir   xilma-xil   va   boy   ma’lumotlar   beradigan   fondlar   kiradi.
Odatda bu fondlarning materiallaridan keng ko’lamda va muntazam ravishda
foydalaniladi.   Shu   boisdan   birinchi   kategoriyali   fondlarning   ilmiy-
ma’lumotnoma apparati batafsil ma’lumotlarni aks ettirishi kerak. Aks xolda
hujjatlarni   tezda   topish   va   ulardan   keng   ravishda   foydalanish   ishi
qiyinlashadi. Birinchi kategoriyali fondlar jumlasiga quyidagi fondlar kiradi:
Turkiston   general-gubernatori   va   viloyat   harbiy   gubernatorlari   mahkamalari
fondlari,   Turkiston   komiteti   fondi,   Turkiston   ASSR,   Buxoro   va   Xorazm
respublikalari   hamda   O’zbekiston   SSR   Sovetlari,   viloyat   Sovetlari   fondlari
va hokazo.
Ikkinchi   kategoriyadagi   fondlar   qatoriga   jamiyat   hayotining   ayrim
yo’nalishlari   bo’yicha   ma’lumot   beruvchi   fondlar   kiradi.   Bu   kategoriyaga viloyat   Sovetlarining   boshqarma   va   bo’limlari,   uyezd   va   rayon   Sovetlari,
shahar dumalari va kengashlari hamda boshqa muassasalar fondlari kiradi.
Uchinchi   kategoriyaga   qimmatli   ma’lumotga   uncha   boy   bo’lmagan
fondlar   kiradi.   Bu   kategoriya   fondlari   materiallaridan   kam   foydalaniladi.
Shuning uchun ularga murakkab ma’lumot apparatini yaratish shart emas. Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik.  Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxvnogo dela v SSSR.  Moskva, 1980.

O’zbekiston Respublikasi DAF hujjatlarining ilmiy-ma’lumotnoma apparati REJA: 1. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati haqidagi tushuncha 2. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati tarkibi 3. Hujjatlarni tavsiflashda differensial yondashuv

Ilmiy-ma’lumotnoma apparati haqidagi tushuncha Arxivda saqlanayotgan hujjatlar haqida umumiy tasavvur hosil qilish, zarurat tug’ilganda ularni tezda topish va ulardan unumli foydalanish maqsadida ilmiy-ma’lumotnoma apparati (IMA) yaratiladi. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati deganda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar to’g’risida axborot beruvchi ma’lumotlar tizimi tushuniladi. Arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar arxivshunoslikda axborot-qidiruv tizimi deb ataladi. Arxivlarda tashkil etilgan IMA bu yerda saqlanayotgan hujjatlarning tarkibi, mazmuni va manzili haqida aniq ma’lumotlar berishi zarur. Ayni paytda viloyatlar va butun DAF miqyosida ham arxiv hujjatalrining IMA tuziladi. Davlat arxiv fondi IMA tizimi o’zaro bog’langan hisob hujjatlari, ya’ni arxiv ma’lumotnomalari, avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimidan iboratdir. Bular bir xil usul va qoidalar asosida tayyorlanib, yig’majildlar va arxiv fondlari tarkibida, davlat arxivlari va butun DAF doirasida hujjatlarni ehtiyot qilib saqlash va samarali qidirish uchun tuziladi. IMA tarkibi IMA tarkibiga quyidagilar kiradi: 1. yo’lko’rsatkich (putevoditelp) yoki ma’lumotnoma kitobi (spravochnik); 2. qabul qilingan hujjatlar kitobi; 3. fondlar ro’yxati;Му ам м ол и савол : Ил м ий-м аъ л у м отном а аппарати ним а м ақ садда ту з ил ади ва қ андай ваз иф ал арни

4. fondlar varaqasi; 5. ro’yxatlar; 6. kataloglar; 7. ko’rsatkichlar. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, arxivlarda yuritiladigan hisob hujjatlari va IMA tizimi o’rtasida bevosita aloqadorlik mavjud. Hisob hujjatlari ham fondlar tarkibidagi hujjatlar haqida zarur axborotlar beradi. Masalan, fond varaqasi fondning tartib raqami, nomi, bu yerdagi yig’majildlar soni, xronologik chegarasi, tarkibi haqida qisqa ma’lumotlar beradi. Hujjatlarni hisobga oluvchi asosiy ma’lumotnoma – bu yig’majildlar ro’yxatidir. Boshqa arxiv ma’lumotnomalaridan farqli o’laroq, ro’yxat fond doirasida yig’majildlarni hisobga olish, hir bir yig’majildning varaqlar sonini belgilash, yig’majildning tarkibi va mazmuni hususida ma’lumot berish imkoniyatiga egadir. DAF hujjatlariga tuzilgan IMA tizimi o’zaro bog’liqligi, birligi bilan ajralib turadi. Respublikadagi barcha hujjatlar to’g’risidagi eng umumiy ma’lumotnoma arxivlardagi fondlar katalogidir. Viloyat arxiv bo’limlarida ham viloyat hududidagi arxivlarning fondlar katalogi tuziladi. Bu ma’lumotnomalar yordamida tadqiqotchilar qaysi arxivda u yoki bu mavzuga doir oid hujjatlar borligini aniqlab oladilar. Shundan keyin kerakli davlat arxivlariga borib, o’sha arxivning yo’lko’rsatkichi yoki fondlar ro’yxati va varaqasi o’rganiladi. Bu ma’lumotnomalardan tadqiqotchi kerakli hujjatlar arxivning qaysi fondlarida mavjudligini bilib oladi. Arxiv fondlarining yig’majildlari mavjud ro’yxati bilan tanishib chiqish kerakli hujjatlar qaysi yig’majildlarda ekanligini aniqlash imkoniyatini beradi. Kerakli yig’majildlar buyurtma asosida arxiv omborxonasidan olinib, ulardan tadqiqot uchun zarur bo’lgan hujjatlar topiladi va kerakli ma’lumotlar ko’chirib olinadi. Sistematik va mavzuiy kataloglardan foydalanish kerakli

hujjatlarni tezkorlik bilan topish va ularni tadqiq etishga yordam beradi. Shunday qilib, IMA tarkibiga kiruvchi ma’lumotnomalarning har birining o’z vazifasi, maqsadi bor va bir birini to’ldirib, O’zR DAF hujjatlari to’g’risida zarur ma’lumotlar beradi. Hujjatlarni tavsiflashda differensial yondashuv Ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish uchun hujjat, yig’majild va fond asosiy axborot manbai bo’lib xizmat qiladi. Birlamchi ma’lumot beruvchi bu manbalarni tahlil etish arxivshunoslikda tavsiflash deb ataladi. Arxiv ishida alohida bir hujjat, yig’majild va arxiv fondi tavsiflanishi mumkin. Arxiv fondlari o’z ilmiy ahamiyati, ulardagi ma’lumotlarning salmog’i nuqtai nazaridan bir xil emasdir. Shuning uchun ham hujjatlarni tavsiflash differensial yondashuvni talab qiladi. Arxiv fondlari ulardagi ma’lumotlarning salmog’iga qarab 3ta kategoriyaga bo’linadi. Birinchi kategoriyali fondlar jumlasiga jamyat hayotining turli sohalariga doir xilma-xil va boy ma’lumotlar beradigan fondlar kiradi. Odatda bu fondlarning materiallaridan keng ko’lamda va muntazam ravishda foydalaniladi. Shu boisdan birinchi kategoriyali fondlarning ilmiy- ma’lumotnoma apparati batafsil ma’lumotlarni aks ettirishi kerak. Aks xolda hujjatlarni tezda topish va ulardan keng ravishda foydalanish ishi qiyinlashadi. Birinchi kategoriyali fondlar jumlasiga quyidagi fondlar kiradi: Turkiston general-gubernatori va viloyat harbiy gubernatorlari mahkamalari fondlari, Turkiston komiteti fondi, Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari hamda O’zbekiston SSR Sovetlari, viloyat Sovetlari fondlari va hokazo. Ikkinchi kategoriyadagi fondlar qatoriga jamiyat hayotining ayrim yo’nalishlari bo’yicha ma’lumot beruvchi fondlar kiradi. Bu kategoriyaga

viloyat Sovetlarining boshqarma va bo’limlari, uyezd va rayon Sovetlari, shahar dumalari va kengashlari hamda boshqa muassasalar fondlari kiradi. Uchinchi kategoriyaga qimmatli ma’lumotga uncha boy bo’lmagan fondlar kiradi. Bu kategoriya fondlari materiallaridan kam foydalaniladi. Shuning uchun ularga murakkab ma’lumot apparatini yaratish shart emas.