Linux operatsion tizimi,uning imkoniyatlari va qo`llanilish doiralari.Kimyoviy labaratoriya tajribalarini Crocodile chemistry dasturida bajarish
Mavzu:Linux operatsion tizimi,uning imkoniyatlari va qo`llanilish doiralari.Kimyoviy labaratoriya tajribalarini Crocodile chemistry dasturida bajarish Reja: 1. Linux operatsion yaratilish tarixi 2. Linux operatsion tizimi imkoniyatlari 3. Linux operatsion tizim harakterli hossalari
Linux operatsion tizimi 1991 yil X е lsinkidagi univ е rsit е tlardan birida taxsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dis е rtatsiya ishi natijasida, UNIX op е ratsion tizimi asosida yangi op е ratsion tizimi sifatida yuzaga k е ldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha "free", "freak" so’zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Tordaldsning do’sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi. Op е ratsion tizim Int е rn е t tarmog’iga joylashtirishi natijasida t е z orada o’z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo’ldi va ko’pgina dasturchi (programmist)larni o’ziga jalb qilishi Linux op е ratsion tizimining k е skin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi. Bugungi kunda dunyo miqyosidagi op е ratsion tizimlar ichida o’ziga xos o’riniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Int е rn е t tarmog’i orqali yoki bo’lmasa kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu op е ratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo’ljallangan int е rf е yslari bo’lib, ular GUI (Graphic User Interface) - grafikali int е rfays hamda CLI (Command Line Interface) - konsol, ya’ni komandalar qatoridan iboratdir. Linux OTining ishchi stoli ko’rinishi. Linux — bu shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun Unix — turkumli operatsion sistema. Bu tarmoqli darchali grafik sistemasiga ega bo’lgan X Window System sistemasi bo’lib, ko’p qo’llaniladigan, yaxshi himoyalangan tarmoqli operatsion sistema hisoblanadi. Linux О T Internet tarmog’idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini qo’llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentiari, dastlabki matnlar bilan birgalikda
chegaralanmagan holda barcha foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o’rnatish uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi. Linux О T Internet PC Pentium Pro platformalarida keng tarqalgan va qator boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power Macintosh va h.k.). Linux О T Xelsinki universitetida Linus Torvalds (Linus Torvalds) tomonidan va Internet tarmog’idan foydalanuvchi minglab odamlar, tadqiqot markazlarining xodimlari, fondlar, universitetlar va h.k. lardan tashkil topgan hamda son- sanog’iga yetib bo’lmaydigan juda keng miqyosdagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan. Foydalanuvchilarning ko’p qismi GNU/Linuxni o’rnatish uchun distributivlar bilan foydalanishadi. Distributiv – bu nafaqat programmalar to’plamidir, balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka sistemalar markaziy o’rnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari , moslashtirishlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng ko’p tarqalgan distributivlar: amerikaliklarning Red Hat va uninig bepul vorisi Fedora Core; nemislarning SuSE; frantsuzlarning Mandriva (eski nomi Mandrake); ayni bir xalqqa ta’luqli bo’lmagan Debian GNU/Linux; keksa distributivlardan biri bo’lmish Slackware; nisbatan yosh va aktiv rivojlanuvchi Gentoo;
juda yosh, lekin istiqbolli Ubuntu Linux. Linux О T tomonidan beriladigan imkoniyatlar Ham ish joyida, ham uyda foydalanish uchun legal (ochiq) ravishda zamonaviy OSga ega bo’lish imkoniyatini beradi; tez harakatlanish darajasiga ega; mustahkam, barqaror, uzilishlarsiz ishlaydi; viruslar ta’siridan xoli; zamonaviy РKlаr imkoniyatlaridan to’la foydalanishga imkoniyat beradi hamda Dos va MS Windowslarga xos bo’igan kompyuterlar xotirasi va protsessorlar resurslaridan foydalanishdagi cheklanganlikni olib tashlaydi ; ko’p vazifalilik va ustuvorliklarni samarali boshqaradi, fanga oid vazifalar (uzoq hisoblash, modem orqali elektron pochtani jo’natish, disketlarni formatlash va h.k.) interaktiv ishlashga xalal bermaydi; kompyuterni lokal va global tarmoqlarga, shu jumladan «Internet» ga oson integratsiya qilishga imkon beradi; Novell va MS Windows asosidagi tarmoqlar bilan ishlaydi; Unix, MS Dos va MS Windowslarning turli versiyalardagi boshqa OTlarning to’ldirilgan formatda berilgan amaliy dasturlarini bajarish imkoniyatini beradi;
Unix dunyosida jamlangan va dastlabki matnlar bilan birga ochiq tarqatilayotgan juda ko’p sonli turli dasturiy paketiardan foydalanish ga imkon yaratadi; Linux hamda boshqa OT da ishlashga yaroqli, obyektga oriyentirlashtirilgan , ko’p darchali matnli yoki grafik interfeysli kliyent-server klassidagi sistemani ham kiritgan holda istalgan darajadagi murakkab amaliy dasturlarni ishlab chiqish uchun instrumental vositalarning boy to’plami bilan ta’minlaydi; foydalanuvchiga va, ayniqsa, ishlab chiquvchiga barcha komponentlarning, OT yadrosini ham qo’shgan holda, boy hujjatlar va dastlabki matnlar ko’rinishida ajoyib o’quv bazasini beradi; barcha xohlovchilarga ishlab chiqishda o’z kuchini sinab ko’rishga, Linux OT chiquvchilarining istalgani bilan Internet orqali muloqot qilish va birgalikda ishlash hamda ushbu sistemaga hammuallif bo’lib o’z hissasini qo’shishga imkon beradi. Linux OT kimga va nima uchun kerak bo’ladi? Ko’p toifadagi foydalanuvchilar turli sabablarga ko’ra Linux ni qo’llashdan manfaatdor bo’lishlari mumkin. Linux — to’laqonli 32- razryadli (64-razryadlisi DEC AXP platformasida bo’ladi) operatsion sistema bo’lib, kompyuterni to’la quvvat bilan ishlatadi. Linux IBM PS shaxsiy kompyuterni haqiqiy ishchi stansiyaga aylantiradi. Shaxsiy kompyuterning narxi ishchi stansiya narxidan juda past turadi. Bu yerda narx bo’yicha yutuq juda katta, chunki asbob-uskunalar bo’yicha tejamkorlikdan tashqari , Linux ning dasturiy ta’minoti ochiq litsenziya bilan