MAKTABGACHA TA'LIMNING ME'YORIY ASOSLARI


A. KARIMOVA MAKTABGACHA TA’LIMNING ME’YORIY ASOSLARI 1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI A. KARIMOVA MAKTABGACHA TA’LIMNING ME’YORIY ASOSLARI darslik SAMARQAND-2022 2
Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari. Darslik / A.Karimova – SamDU “ Maktabgacha ta’lim ” kafedrasi o`qituvchisi , 2022 yil. -275 bet Ushbu darslikda maktabgacha ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning me’yoriy asoslari, maktabgacha ta’limni tashkil qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritish kabi muammolar atroflicha yoritilgan. Darslik pedagogika oliy o’quv yurtlari, pedagogika kollejlarining maktabgacha ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatayotgan pedagoglar uchun mo’ljallangan. Mas’ul muharrir: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent: G. M. Karimova Taqrizchilar: Pedagogika fanlari nomzodi, professor: M. Tursunova Pedagogika fanlari doktori, professor: M. Maxmudova Darslik M aktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti «Maktabgacha ta’lim» kafedrasining 202 2 yil _ fevral d agi 7 – sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. 3
KIRISH Pedagogik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Maktabgacha ta’lim fakultetini bitirib chiquvchi mutaxassis maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya ishlarida o’zini har tomonlama ko’rsata olishida maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslarini bilishi juda muhumdir. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni tashkil etishning asosiy bosqichlari, asosiy xususiyatlari va maktabgacha ta’lim bo‘yicha yuqori malakali rahbar, metodist-nazoratchi va tarbiyachilarni tayyorlash vazifalari, usul-uslublari, xalq ta’limi bo‘limining asosiy vazifalari metodik rahbarlik qilish tamoyillari o ‘quv qo’llanmaning mazmunini tashkil etadi. Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari fani bo‘lajak tarbiyachilarni ta’lim- tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirishni, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablar, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o‘rgatadi. Darslik “Ta’lim to’g’risidagi Qonun”, “Maktabgacha ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”, O’zbekiston Prezidentining maktabgacha ta’lim sohasidagi Qaror va Farmonlari, “O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “Maktabgacha ta’limni tashkil qilish to’g’risidagi Nizom”, “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 155-sonli buyruq ”, “Ilm yo’li” variativ dasturi, “Bola huquqlarini himoya qilish Konvensiyasi” kabi mavzularga bag’ishlangan boblarni o’z ichiga olgan. Bo’lajak tarbiyachilar darslik dan maktabgacha ta’lim sohasining huquqiy- me’yoriy asoslarini, maktabgacha ta’limda ish hujjatlari bilan ishlashni, maktabgacha ta’limni tashkil etishni va boshqa faoliyatlarni tashkil etishda o’zlariga yordam beradigan amaliy materiallarni topa oladilar. 4