logo

Masofaviy ta’lim texnologiyasi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

21.22265625 KB
Masofaviy ta’lim texnologiyasi.
Reja:
1.Masofaviy o’qitishning dolzarbligi
2. Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi
3. Masofaviy o’qitishning tamoyillari 1.Masofaviy   o’qitishning   dolzarbligi.   Ilmiy   texnik   taraqqiyotning
xususiyatlari   mustaqil   ishlash   kunikma   va   malakalarini   shakllantirish   va
uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta’lim xizmatlarini
ko’rsatish   istiqbolli,   zamonaviy   o’quv   tizimlariga   quyiladigan   talablardan
biridir.   YuNESKO   «Ta’limni   axborotlash   instituti»   mutaxassislarining
fikricha, ta’lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yunalishlaridan biri dunyo
aholisiga   axborotlashtirish   va   telekommunikasiya   texnologiyalardan
foydalangan   holda,   masofaviy   o’qitish   va   mustakil   o’qish   imkoniyatlaridan
keng foydalanish ta’minotini yaratishdir. 
Masofaviy   o’qitish   –   bu   masofadan   turib   o’qitish,   qaysiki   o’quv
mashg’ulotlarining   barchasi   yoki   ko’p   qismi   telekommunikasion   va
zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi. 
Masofaviy o’qitish, ayniqsa: 
 o’qitishning   an’anaviy   usullaridan   foydalanish   imkoniyatiga   ega
bulmagan,   bu   jarayon   imkoniyatlarining   chegaralanganligi   tufayli
o’qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar uchun; 
 turg’un   sharoitda   o’qish   imkoniyatlariga   ega   bulmagan,   imkoniyatlari
tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun; 
 o’qituvchilar   va   boshka   soha   mutaxassislarining   qayta   tayyorlash   va
malakasini oshirishda; 
 chet el o’quv muassasalarida ta’lim olishni istaydiganlar uchun; 
 ikkinchi   mutaxassislikni   egallashni   istaydiganlar   uchun   juda   dolzarb
bo’lishi mumkin. 
Istiqbolli zamonaviy o’qitish tizimlari har bir shaxsning o’zi istagan ta’lim
olish   huqiqidan   foydalana   olish   imkoniyatini   berishi   kerak.   Masofaviy
o’qitish aynan shunday o’qitish shakli bo’la oladi. 
O’qitishning bu tizimi boshlang’ich rivojlanish bosqichidadir. AQSh da 1 mlnga yaqin odam masofaviy o’qitish tizimida o’qimokda. Bu
tizimda televideniye imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. 
Ispaniyada   masofaviy   o’qitish   Milliy   universiteti   faoliyat   ko’rsatmokda.
Bu yerda sirtki oliy ta’lim olish xamda uqituvchilarning malakasini oshirish
mumkin. 
Fransiyadagi   masofaviy   o’qitish   Milliy   Markazi   120   davlatdagi   35   000
iste’molchini qamrab olgan. 
Germaniyada ochiq universitet ochilgan bo’lib, bu yerda sirtqi ta’lim olish
hamda malaka oshirish mumkin. 
Shvesiyada Baltika Universiteti  Baltika  xududidagi  50 da  ortiq universitetni
o’z ichiga qamrab oladi. 
Masofaviy   o’qitish   texnologiyasi   bo’yicha   barcha   topshiriqlar   masofadan
turib bajariladi, imtihonlar esa oliy o’quv yurtida topshiriladi. 
Masofaviy   o’qitish   Yaponiya,   Turkiya,   Xitoy,   Hindiston,   Iroq,   Koreya,
Finlyandiya, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda.
Masofaviy   o’qitish   faqat   milliy   ta’lim   tizimlardagina   rivojlanib   qolmay,
balkim,   alohida   tijorat   kompaniyalarida   ham   rivojlanmokda,   masalan   IBM,
General   Motors,   Ford   va   boshqalar.   Masofaviy   o’qitish   –   ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot   davrning   mahsulidir   va   ayni   vaktda   uning   rivojlanish
katalizatori hamdir.   
2. Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi 
Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
O’qitish   maqsadi   davlat   ta’lim   standartlari   asosida   shakllanib,   bilim,
ko’nikma va malakalar tizimini o’z ichiga oladi. Bu iyerarxik tizimda bo’lib:
o’qitish maqsadi, o’quv fani maqsadi, mavzuning o’quv maqsadi, mavzuning
tayanch tushunchalari o’quv maqsadidan shakllanadi. 
O’qitish mazmuni  an’anaviy o’qitish tizimiga to’g’ri keladi.  Masofaviy   o’qitishda   barcha   mutaxassisliklar   bo’yicha   tayyorlash
imkoniyati   yo’q.   O’qitishning   bunday   turida   o’qitilishi   taqiqlangan
yo’nalishlar   ro’yxati   qonun   dalolatnomalari   bilan   tasdiqlanib,   bu
yo’nalishlarda ushbu tizimni qo’llash taqiqlanadi. 
Ta’lim   oluvchilar.   Masofaviy   o’qitish   tizimida   ta’lim   oluvchilarning
nomlanishi   hali   aniqlanmagan.   Ba’zan   ularni   tinglovchilar   deb
ataydilar.   Masofaviy   o’qitish   tizimi   ta’lim   oluvchilarning   yetarli
tayyorgarligini va ish o’rinlarining texnik ta’minotini talab etadi. 
O’qitadiganlar . Bu o’qituvchilar, asosan ta’lim jarayonini tashkil etish
samaradorligi   bulardan   bog’liq   bo’ladi.   Ammo   masofaviy   o’qitishning
didaktik   tizimi   xususiyatlari   o’qituvchilar   bajaradigan   faoliyatlarini
turli   tuman   funksiyalarini,   serqirraligini   va   bajaradigan   rollarining
xilma-xilligini   talab   etadi.   Aynan   shuning   uchun   chet   davlatlarda
o’qituvchilar tavsiflanishi kengaytirilgan: 
 o’qituvchi – o’quv – uslubiy qo’llanmalarning ishlab chiquvchisi; 
 o’qitish uslublari bo’yicha maslahatchi (fasiliteyter); 
 o’quv kurslarining interaktiv uslublari bo’yicha mutaxassis (tyuter); 
 o’qish natijalarini nazorat qilish bo’yicha mutaxassis (invigilator); 
O’qitish   metodlari   (usullari ).   «Methodas»   so’zini   yunon   tilidan   tarjima
qilsak,   uning   ma’nosi   –   o’zini   tutish,   yo’l,   ma’nosini   anglatadi.   O’qitish
metodlari   deganda   o’qitish   maksadiga   erishish   uchun,   ta’lim   oluvchilarning
faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o’qituvchi va o’quvchi munosabatlari
haqida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi. 
Masofaviy   o’qitish   tizimida,   xuddi   an’anaviy   o’qitish   tizimidagidek,
o’qitishning   besh   metodi   qo’llaniladi:   axborot   –   reseptiv,   reproduktiv,
muammoli bayon, evristik va tadqiqot. 
O’qitish   vositalari.   O’qitish   mazmuni   va   o’qitish   vositalari   bir-biri   bilan
bog’liq. Har bir o’qitish vositasi o’z didaktik imkoniyatlariga ega. O’qituvchi bu   didaktik   imkoniyatlarni   bilishi   va   ulardan   kerakli   didaktik   maqsadlarga
erishish   uchun   kerakli   o’qitish   vositalari   majmuasini   (keys)   shakllantirishi
kerak. O’qitish vositalari quyidagilardan iborat: kitoblar (qog’oz va elektron
shaklda);   tizimdagi   o’quv   materiallar;   kopyuter   o’quv   tizimlari   oddiy   va
multimedia   variantda;   audio   o’quv   axborotlari;   video   o’quv   axborotlari;
Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; uzoqdagi
bilim   bazalari;   ekspert   o’quv   tizimidagi   va   geoaxborot   tizimidagi   didaktik
materiallar.   O’qitish   vositalari   -   o’qitishning   texnik   vositalari:   magnitofon,
videomagnitofon,   kinoproyektor,   diaproyektor,   kodoskop,   videoproyektor,
kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. 
Ilmiy   o’quv   material   bazasi .   Barcha   rivojlangan   mamlakatlar   tajribasi
shuni   ko’rsatadiki,   ta’lim   tizimning   me’yoriy   faoliyat   ko’rsatishi,   uning
iqtisodiy   va   ijtimoiy   maqomi   o’quv   muassasasining   o’quv   materiali   bazasi
bilan chambarchas bog’lik. An’anaviy o’quv muassasasining o’quv material
bazasi o’quv jarayoni uchun kerak bo’lgan barcha moddiy va texnik vositalar
majmuasini o’z ichiga oladi. Bular: o’quv va yordamchi binolar, laboratoriya
anjomlar,   asbob   uskunalar,   o’qitishning   texnik   vositalari,   darsliklar,   o’quv-
uslubiy materiallar. 
Identifikasiyaviy-nazorat   tizimi .   Masofaviy   o’qitish   tizimida   nazorat
qilishning   xususiyati,   o’qitish   tizimida   o’quvchi   shaxsini   aniqlash   –
identifikasiya   qilish   va   falsifakasiya   (boshka   shaxs   o’rnida   faoliyat
ko’rsatish)   uchun   imkoniyat   bermaslikdir.   Shuning   uchun   bu   tizimda   bilim
sifatini   ko’p   mezonli   va   obyektiv   nazorat   shakllarini   videokonferensiyalar
kabi turlarini o’tkazish ahamiyati ortadi. 
O’qitish   shakllari .   Bu   o’qitishning   tashkiliy   shaklini   tanlashdir.   O’qitish
shakllarining   quyidagilari   rivojlangan:   ma’ruzalar,   seminarlar,   laboratoriya
mashg’ulotlari, kurs ishlari, sinovlar, imtihonlar, maslahatlar, mustaqil ish.  Masofaviy   o’qitishda   o’quv   jarayoni   ketma-ket   keladigan   muloqotda
bo’lish va muloqotda bo’lmagan davrlardan iborat. 
O’qitish   shakllarining   barcha   turlari,   o’quv   jarayoni   muloqotda   bo’lish
davrida va muloqotda bo’lmagan davrida o’z xususiyatiga ko’ra qo’llaniladi. 
Moliyaviy-iqtisodiy   tizim .   Bu   masofaviy   o’qitish   tizimida   eng   ahamiyatli
omillardan   biri   bulib,   bozor   iqtisodi   sharoitida   u   faqat   o’z-o’zini   moddiy
ta’minlab qolmay, balkim, o’quv tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga
olib keladi. Shuning uchun har bir o’qituvchi o’qitish tizimi iqtisodiyoti bilan
tanish bo’lishi kerak. 
Chet   el   tajribalari   bu   masofaviy   o’qitish   tizimining   samaradorligini
ko’rsatdi,   ammo   har   bir   konkret   holatni   iqtisodiy   va   pedagogik   nuqtai
nazardan baholash lozim. 
Me’yoriy-huquqiy   tizim.   O’qitish   tizimining   rivojlanish   asosi   sifatida   bu
sohadagi qonunchilikning rivojlanishi va mukammalligi xizmat qiladi. 
O’quv   qonunchiligining   predmeti   –   pedagogik   munosabatlardir,   qolganlari
esa,   ya’ni,   boshqaruv,   mulkiy,   moliyaviy   va   hokazo   ishlab   chiqarish
xarakteriga   ega.   O’qitish   muassasasining   faoliyati   «Ta’lim   to’g’risidagi
qonun»,   Nizom,   Davlat   ta’lim   standartlari,   namunaviy   o’quv   dasturlar,
rejalar,   yo’riqnomalar,   buyruqlar,   kollegiya   va   ilmiy   kengash   qarorlariga
asoslanadi. 
Marketing   tizimi.   Bozor   iqtisodi   sharoitida   tizim   samaradorligini
ta’minlash   uchun,   har   bir   muassasa,   shu   jumladan   o’quv   muassasasi   ham
marketing   xizmatini   tashkil   qilishi   kerak.   Har   bir   muassasa,   shu   jumladan
o’quv   muassasasining   marketing   xizmatini   tashkil   qilish   bozor   iqtisodi
sharoitida   samarali   faoliyat   qilish   uchun   kerak.   Masofaviy   o’qitish   tizimida
marketing an’anaviy vazifalarni bajaradi, ya’ni, ishlab chiqarishni boshqarish
va   mahsulotni   sotish,   talablarni   aniqlashga   yo’naltirilgan,   o’quv   muassasasi
faoliyatini iste’molchi bozoriga moslashtiradi.  Masofaviy  o’qitish tizimini  tashkil  etishda marketingning  quyidagi  asosiy
tamoyillardan foydalaniladi: 
ta’lim   xizmatlari   bozorida   talabni   va   uning   o’sish   dinamikasini   hisoblash,
yo’nalishlarni   aniqlash,   kerak   bo’lgan   mutaxassislarning   soni   va   sifatini
aniqlash; 
ta’lim   xizmatlari   ishlab   chiqarishini   bozor   talablariga   makimal   darajada
moslash   (o’quv   rejalar   va   o’quv   dasturlar,   o’quv-uslubiy   adabiyot,
o’qituvchilar tayyorlash va h.z); 
masofaviy   o’qitish   tizimini   tashkil   etishda   iste’molchi,   jamiyat   va   ta’lim
muassasasi manfaatlarini uyg’unlashtirish; 
ta’lim xizmatlarini targ’ibot qilish (milliy va xalqaro masshtabda); 
Masofaviy   o’qitish   tizimining   didaktik   tizimini   izchillik   bilan   tashkil
etish,   zamon   talablariga   mos   mutaxassislarni   tayyorlashga   imkon
yaratadi. 
O’qitish   reglamenti   tamoyili .   O’quv   jadvalining   qat’iy   rejalashtirilishi   va
rejalashtirilgan jadvalning nazorati bilan belgilanadi. 
Yangi   axborot   texnologiya   vositalarini   qo’llashning   pedagogik
maqsadliligi tamoyili . Masofaviy o’qitish tizimini loyihalashtirishda, yaratish
va tashkil etishda mavjud bo’lgan texnik vositalarini qo’llashning maqsadga
muvofiqligini tahlil qilib, ularni qo’llashda xato qilishning oldini olish lozim.
Masofaviy   o’qitish   tizimida   qo’llaniladigan   texnik   vositalarning   optimal
nisbati kuyidagicha: bosma materiallar 40-50%, WWW serverlaridagi o’quv
materiallar   30-35%,   kompyuter   videokonferensiya   aloqasi   10-15%   ,
qolganlari 5-20%. 
Ta’limning   oshkoralik   va   o’zgaruvchanligini   ta’minlash   tamoyili.   Bu
tamoyil   yosh   va   boshlang’ich   ta’lim   darajasi   jihatdan   «mo’tadilligi»,
kirish nazoratining suhbat, imtihon, test shaklida o’tkazilishi va h.k. bilan
ifodalanadi.   Buning   natijasida   keyinchalik   o’quv   muassasasidan   bu tinglovchini   shaxsiy   (individual)   reja   bo’yicha   o’qitishda   qo’shimcha
harakatlar talab qilinadi. Ta’lim tizimining ko’p variantliligini ta’minlash
va   bir   o’quv   yurtidan   boshqa   o’quv   yurtiga   o’tish   imkoniyatini   mavjud
bo’ladi.   Masofaviy   o’qitish   tizimining   istiqbolligi   shundaki,   bu   tizim
shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri – ta’lim olish huquqini amalga
oshirishni ta’minlaydi.  Masofaviy o’qitish tizimining maqsadga
muvofiqligini   baholashda,   albatta   uning   ijtimoiy   samaradorligini
e’tiborga olish lozim. 
  Adabiyotlar
1.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005 y. 
2.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
3. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
4.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
5. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
6. Musurmonova   O.   Pedagogik   texnologiyalar   –   ta’lim   samaradorligi   omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
7.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Masofaviy ta’lim texnologiyasi. Reja: 1.Masofaviy o’qitishning dolzarbligi 2. Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi 3. Masofaviy o’qitishning tamoyillari

1.Masofaviy o’qitishning dolzarbligi. Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash kunikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta’lim xizmatlarini ko’rsatish istiqbolli, zamonaviy o’quv tizimlariga quyiladigan talablardan biridir. YuNESKO «Ta’limni axborotlash instituti» mutaxassislarining fikricha, ta’lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yunalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o’qitish va mustakil o’qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta’minotini yaratishdir. Masofaviy o’qitish – bu masofadan turib o’qitish, qaysiki o’quv mashg’ulotlarining barchasi yoki ko’p qismi telekommunikasion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi. Masofaviy o’qitish, ayniqsa:  o’qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bulmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o’qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar uchun;  turg’un sharoitda o’qish imkoniyatlariga ega bulmagan, imkoniyatlari tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun;  o’qituvchilar va boshka soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda;  chet el o’quv muassasalarida ta’lim olishni istaydiganlar uchun;  ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb bo’lishi mumkin. Istiqbolli zamonaviy o’qitish tizimlari har bir shaxsning o’zi istagan ta’lim olish huqiqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o’qitish aynan shunday o’qitish shakli bo’la oladi. O’qitishning bu tizimi boshlang’ich rivojlanish bosqichidadir.

AQSh da 1 mlnga yaqin odam masofaviy o’qitish tizimida o’qimokda. Bu tizimda televideniye imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Ispaniyada masofaviy o’qitish Milliy universiteti faoliyat ko’rsatmokda. Bu yerda sirtki oliy ta’lim olish xamda uqituvchilarning malakasini oshirish mumkin. Fransiyadagi masofaviy o’qitish Milliy Markazi 120 davlatdagi 35 000 iste’molchini qamrab olgan. Germaniyada ochiq universitet ochilgan bo’lib, bu yerda sirtqi ta’lim olish hamda malaka oshirish mumkin. Shvesiyada Baltika Universiteti Baltika xududidagi 50 da ortiq universitetni o’z ichiga qamrab oladi. Masofaviy o’qitish texnologiyasi bo’yicha barcha topshiriqlar masofadan turib bajariladi, imtihonlar esa oliy o’quv yurtida topshiriladi. Masofaviy o’qitish Yaponiya, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Iroq, Koreya, Finlyandiya, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda. Masofaviy o’qitish faqat milliy ta’lim tizimlardagina rivojlanib qolmay, balkim, alohida tijorat kompaniyalarida ham rivojlanmokda, masalan IBM, General Motors, Ford va boshqalar. Masofaviy o’qitish – ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davrning mahsulidir va ayni vaktda uning rivojlanish katalizatori hamdir. 2. Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi Masofaviy o’qitishning didaktik tizimi, quyidagilarni o’z ichiga oladi: O’qitish maqsadi davlat ta’lim standartlari asosida shakllanib, bilim, ko’nikma va malakalar tizimini o’z ichiga oladi. Bu iyerarxik tizimda bo’lib: o’qitish maqsadi, o’quv fani maqsadi, mavzuning o’quv maqsadi, mavzuning tayanch tushunchalari o’quv maqsadidan shakllanadi. O’qitish mazmuni an’anaviy o’qitish tizimiga to’g’ri keladi.

Masofaviy o’qitishda barcha mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash imkoniyati yo’q. O’qitishning bunday turida o’qitilishi taqiqlangan yo’nalishlar ro’yxati qonun dalolatnomalari bilan tasdiqlanib, bu yo’nalishlarda ushbu tizimni qo’llash taqiqlanadi. Ta’lim oluvchilar. Masofaviy o’qitish tizimida ta’lim oluvchilarning nomlanishi hali aniqlanmagan. Ba’zan ularni tinglovchilar deb ataydilar. Masofaviy o’qitish tizimi ta’lim oluvchilarning yetarli tayyorgarligini va ish o’rinlarining texnik ta’minotini talab etadi. O’qitadiganlar . Bu o’qituvchilar, asosan ta’lim jarayonini tashkil etish samaradorligi bulardan bog’liq bo’ladi. Ammo masofaviy o’qitishning didaktik tizimi xususiyatlari o’qituvchilar bajaradigan faoliyatlarini turli tuman funksiyalarini, serqirraligini va bajaradigan rollarining xilma-xilligini talab etadi. Aynan shuning uchun chet davlatlarda o’qituvchilar tavsiflanishi kengaytirilgan:  o’qituvchi – o’quv – uslubiy qo’llanmalarning ishlab chiquvchisi;  o’qitish uslublari bo’yicha maslahatchi (fasiliteyter);  o’quv kurslarining interaktiv uslublari bo’yicha mutaxassis (tyuter);  o’qish natijalarini nazorat qilish bo’yicha mutaxassis (invigilator); O’qitish metodlari (usullari ). «Methodas» so’zini yunon tilidan tarjima qilsak, uning ma’nosi – o’zini tutish, yo’l, ma’nosini anglatadi. O’qitish metodlari deganda o’qitish maksadiga erishish uchun, ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o’qituvchi va o’quvchi munosabatlari haqida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi. Masofaviy o’qitish tizimida, xuddi an’anaviy o’qitish tizimidagidek, o’qitishning besh metodi qo’llaniladi: axborot – reseptiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va tadqiqot. O’qitish vositalari. O’qitish mazmuni va o’qitish vositalari bir-biri bilan bog’liq. Har bir o’qitish vositasi o’z didaktik imkoniyatlariga ega. O’qituvchi

bu didaktik imkoniyatlarni bilishi va ulardan kerakli didaktik maqsadlarga erishish uchun kerakli o’qitish vositalari majmuasini (keys) shakllantirishi kerak. O’qitish vositalari quyidagilardan iborat: kitoblar (qog’oz va elektron shaklda); tizimdagi o’quv materiallar; kopyuter o’quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio o’quv axborotlari; video o’quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; uzoqdagi bilim bazalari; ekspert o’quv tizimidagi va geoaxborot tizimidagi didaktik materiallar. O’qitish vositalari - o’qitishning texnik vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproyektor, diaproyektor, kodoskop, videoproyektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. Ilmiy o’quv material bazasi . Barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, ta’lim tizimning me’yoriy faoliyat ko’rsatishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy maqomi o’quv muassasasining o’quv materiali bazasi bilan chambarchas bog’lik. An’anaviy o’quv muassasasining o’quv material bazasi o’quv jarayoni uchun kerak bo’lgan barcha moddiy va texnik vositalar majmuasini o’z ichiga oladi. Bular: o’quv va yordamchi binolar, laboratoriya anjomlar, asbob uskunalar, o’qitishning texnik vositalari, darsliklar, o’quv- uslubiy materiallar. Identifikasiyaviy-nazorat tizimi . Masofaviy o’qitish tizimida nazorat qilishning xususiyati, o’qitish tizimida o’quvchi shaxsini aniqlash – identifikasiya qilish va falsifakasiya (boshka shaxs o’rnida faoliyat ko’rsatish) uchun imkoniyat bermaslikdir. Shuning uchun bu tizimda bilim sifatini ko’p mezonli va obyektiv nazorat shakllarini videokonferensiyalar kabi turlarini o’tkazish ahamiyati ortadi. O’qitish shakllari . Bu o’qitishning tashkiliy shaklini tanlashdir. O’qitish shakllarining quyidagilari rivojlangan: ma’ruzalar, seminarlar, laboratoriya mashg’ulotlari, kurs ishlari, sinovlar, imtihonlar, maslahatlar, mustaqil ish.