logo

MODUL TA’LIM TEXNOLOGIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

25.1259765625 KB
M O D U L   T A ’ L I M   T E X N O L O G I Y A S I
Modul ta’lim texnologiyasi
Reja:  
1. Modulli o’qitish.
2. Modulli o’qitishning tamoyillari.
3. Modul tuzilmasi.
4. Modulli ta’limda o’quv dasturlari.
5. Modulli ta’lim tizimida “subyekt-subyekt” munosabatlari. Modulli  o’qitish - o’qitishning istiqbolli  tizimlaridan biri  hisoblanadi, chunki u
ta’lim   oluvchilarning   bilim   imkoniyatlarini   va   ijodiy   qobiliyatlarini   rivojlantirish
tizimiga eng yaxshi moslashgandir. An’anaviy ta’limda o’quv maqsadlari pedagog
faoliyati   orqali   ifodalangan   ya’ni   bilim   berishga   yo’naltirilgan   bo’lsa,   modulli
o’qitishda   ta’lim   oluvchilar   faoliyati   orqali   ifodalanib,   kasbiy   faoliyatga
yo’naltirilgan bo’ladi. Modulli o’qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: -
ta’lim   muassasasining   moddiy-texnik   bazasi;   -   malakali   professor-o’qituvchilar
tarkibi   darajasi;   -   talabalar   tayyorgarligi   darajasiga;   -   kutiladigan   natijalar
bahosiga;   -   didaktik   materiallarning   ishlab   chiqilishiga;   -   modullar   natijasi   va
tahliliga.   Modulli   ta’limda   o’quv   dasturlari   to’la   qisqartirilgan   va
chuqurlashtirilgan   tabaqalash   orqali   bosqichma-bosqich   o’qitish   imkoniyati
yaratiladi. Ya’ni o’qitishni individuallashtirish mumkin bo’ladi. Modulli o’qitishga
o’tishda   quyidagi   maqsadlar   ko’zlanadi:   Ø   o’qitishning   uzluksizligini   ta’minlash;
Ø o’qitishni individuallashtirish; Ø o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish uchun
yetarli   sharoit   yaratish;   Ø   o’qitishni   jadallashtirish;   Ø   fanni   samarali
o’zlashtirishga   erishish.   Modulli   ta’lim   quyidagi   tamoyillarga   asoslanadi:
Faoliyatlilik   tamoyili:   Bu   tamoyil   mutaxassisning   kasbiy   faoliyati   mazmuniga
muvofiq   shakllanishini   anglatadi.   Bu   tamoyilga   ko’ra   modullar   fan   bo’yicha
faoliyat   yondashuvi   yoki   tizimli   faoliyat   yondashuv   asosida   tuzilishi
mumkin.   Tizimli   kvantlash   usuli   -   bu   prinsip   didaktik   birliklar   umumlashtirilgan
nazariyalarining   talablariga   asoslanadi.   Modulda   tizimli   kvantlash   tamoyili   o’quv
materialining tegishli tuzilmasini tuzish yo’li bilan erishiladi. Modul   umumiy
ko’rinishda quyidagi elementlardan iborat bo’lishi mumkin:
  - tarixiy - bu muammo teorema masala  kashfiyot va tushunchalarning tarixiga
qisqacha sharh berish;
- muammoli - bu muammoni shakllantirish;
- tizimli - bu modul tarkibi tizimini namoyon etish;
-   faollashtirish   -   bu   yangi   o’quv   materialini   o’zlashtirish   uchun   zarur   bo’lgan
tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko’rsatish;   -   nazariy   -   bu   asosiy   o’quv   materiali   bo’lib,   unda   -   didaktik   maqsadlar
muammoni   ifodalash   gipotezani   asoslash   muammoni   yechish   yo’llari   ochib
ko’rsatiladi;
-   tajribaviy   -   bu   tajribaviy   materialni   (o’quv   tajribasi   tajribaviy   ishni)   bayon
etish;
  -   umumlashtirish   -   bu   muammo   yechimini   va   modul   mazmunini
umumlashtirish;
-   joriy   etish-   bu   harakatlarning   yangi   usullarini   ishlab   chiqish   va   o’rganilgan
materialni amaliyotda qo’llash;
-   xatoliklar   –   talabalarning   modul   mazmunini   o’rganishdagi   o’zlashtirishda
kuzatiladigan   xatoliklarini   ochib   tashlash,   ularning   sababini   aniqlash   va   tuzatish
yo’llarini ko’rsatish;
-   bog’liqlik   -   o’tilgan   modulni   boshqa   modullar   bilan   shu   jumladan   yondosh
fanlar bilan bog’liqligini namoyon etish;
-   test   va   topshiriqlar   yordamida   baholash   -   modul   mazmunini   talabalar
tomonidan o’zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash.
Modullilik tamoyili - bu tamoyil o’qitishni individuallashtirishning asosi  bo’lib
xizmat   qiladi.   Birinchidan,   modulning   dinamik   tuzilmasi   fan   mazmunini   uch   xil,
ya’ni   to’la   qisqartirilgan   va   chuqurlashtirilgan   ko’rinishda   namoyon   etish
imkoniyatini beradi. O’qitishning u yoki bu turini tanlash talabaning o’ziga havola
qilinadi.   Ikkinchidan,   modul   mazmunini   o’zlashtirishda   o’qitish   usuli   va
shakllarining   turliligida   ham   modullilik   namoyon   bo’ladi.   Bu   esa   o’qitishning
faollashtirishga shakl va usullar (dialog, mustaqil o’qish, o’quv, imitasion o’yinlar
va hokazo) hamda muammoli ma’ruzalar seminarlar maslahatlar bo’lishi mumkin.
Uchinchidan,   modullilik   yangi   materialni   pog’onasimon   o’zlashtirishda
ta’minlanadi, ya’ni har bir fan va har  bir  modulda o’qitish oddiydan murakkabga
qarab   yo’nalgan   bo’ladi.   To’rtinchidan,   modulga   kiruvchi   o’quv   elementlarining
moslanuvchanligi   tufayli   o’quv   materialini   muntazam   ravishda   yangilab   turish
imkoniyati   tug’iladi.   Muammolilik   tamoyili-   muammoli   vaziyatlar   va
mashg’ulotlarni   amaliy   yo’naltirilganligi   o’quv   materialining   o’zlashtirilish samaradorligini   oshishiga   imkon   beradi.   Kognitiv   vizuallik   (ko’z   bilan
kuzatiladigan)   tamoyili-bu   tamoyil   psixologik-pedagogik   qonuniyatlardan   kelib
chiqadi.   O’qitishdagi   ko’rgazmalar   nafaqat   so’roq   vazifasini,   shu   bilan   birga
kognitiv   vazifani   bajargan   taqdirdagina   o’zlashtirish   unumdorligini   oshiradi.
Aynan   shuning   uchun   kognitiv   grafika-sun’iy   intellekt   nazariyasining   yangi
muammoli sohasi bo’lib, murakkab obyektlar kompyuter sur’atchalari ko’rinishida
tasvirlanadi.  Modulning  tarkibiy  tuzilmasi  bo’lib  rangli  bajarilgan  kognitiv-grafik
o’quv   elementlari   xizmat   qiladi.   Xatoliklarga   tayanish   tamoyili-   bu   tamoyil
o’qitish   jarayonida   doimiy   ravishda   xatoliklarni   izlash   uchun   vaziyatlar
yaratilishiga   talabalarning   ruhiy   faoliyati   funksional   tizimi   tarkibida   oldindan
payqash   tuzilmasini   shakllantirishga   qaratilgan   didaktik   materiallar   va   vositalarni
ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’ladi.
O’quv   vaqtini   tejash   tamoyili   -   bu   tamoyil   talabalarda   individual   va   mustaqil
ishlash uchun o’quv vaqtining zahirasini yaratishga yo’naltirilgan bo’ladi. To’g’ri
tashkil   qilingan   modulli   o’qitish   o’qish   vaqtini   30%   va   undan   ortiq   tejash
imkoniyatini   beradi.   Bunga   esa   modulli   o’qitishning   barcha   tamoyillari   to’la
amalga   oshirilganda,   o’quvjarayoni   kompyuterlashtirilganda   yondosh   fanlarning
o’quv   dasturlari   muvofiqlashtirilganda   erishish   mumkin.   Modulli   ta’lim   yuqorida
aytib   o’tilganidek   “subyekt-subyekt”   munosabatlariga   qurilgan.   Shu   sababali
talabalarning   mustaqil   faoliyatiga   katta   e’tibor   qaratiladi.   Talaba   mustaqil
faoliyatini   samarali   bo’lishi   uchun   pedagogdan   turli   xildagi   maslahatlar   tizimi
talab   qilinadi.   Shu   sababli   xorij   tajribasida   pedagogik   yordamning   turli
ko’rinishlari takomillashib bordi va bugungi kunda pedagogik faoliyatiga ko’ra bir
qancha tushunchalar kelib chiqishiga sabab bo’ldi, jumladan:
Tyuter  - ( lot. tutorem – maslahatchi) faoliyati talabalarga o’quv jarayoniga
moslashish,   vujudga   keluvchi   ayrim   savollarga   javob   topishga   yordamlashishga
qaratilgan.
Edvayzer   - (advisor - qadimgi fransuz so’zi “avisen”, “o’ylamoq” so’zidan
olingan ) individual holda diplom ishi, kurs ishini ishlab chiqish, ilmiytadqiqot olib
borish,   individual   dasturlarni   ishlab   chiqish   jarayonida   maslahatchidir. Moderator   -   (   lot.   Moderor   –   me’yorlashtiraman,   tekshiraman)   qabul
qilingan   qoidalarga   amal   qilishni   tekshiradi,   talabalarning   qobiliyatlarni
ochilishiga, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi.
Fasilitator   (ingl.   facilitator,   lot.   facilis   –   «yengil,   qulay»   degan   ma’noni
bildiradi)   –   fasilitator   gruhlarda   faoliyatni   tashkil   etishda   ko’maklashadi.   U
guruhlardagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlashi, guruhda sog’lom muloqotni
o’rnatishi,   gruhda   ishlash   qoidalari   va   regamentlariga   amal   qilishni   ta’minlashi
joiz.   Fasilitator   gruhda   qulay   psixologik   muhitni   yaratadi   va   faoliyatni   samarali
bo’lishiga   yordam   beradi.   Ushbu   tushuncha   mumtoz   psixolog   Karl   Rodjers
tomonidan   kiritilgan   bo’lib,   ingliz   zabon   mamlakatlarining   ta’lim   muassasalarida
keng   foydalaniladi.   1989   yildan   buyon   Xalqaro   bosh   fasilitatorlar   assosiasiyasi
(The International Association of Facilitators) faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi
kunda   uning   faoliyatida   63   davlatning   1200   a’zosi   ishtirok   etmoqda.   Fasilitator
faoliyati turli modellarda uchraydi Modulli ta’lim bir qator g’oyalarga asoslangan
holda amalga oshiriladi. Ular: talabalar mustaqil tarzda bilimlarni o’zlashtirishlari,
o’rganishlari,   o’qituvchi   esa   ularning   o’quv   faoliyatini   boshqarishi   lozim.   Bu
jarayonda   o’qituvchi   talabalarni   o’quv   faoliyatiga   yo’naltirishi,   ularda   mazkur
faoliyatga nisbatan moyillikni hosil qilishi, ularning o’quv faoliyatini tashkil etishi,
muvofiqlashtirishi   va   maslahatlar   berishi   kerak.   Ushbu   texnologiya   pedagogika
nazariyasi   va   amaliyotida   to’plangan   barcha   ilg’or   tajribalarni   o’zida
mujassamlashtiradi.   Modulli   o’qitish   texnologiyasi   –   funksional   tizimlar,
fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogik psixologiyaning umumiy nazariyasidan
kelib   chiqadi1.   Odatda   modul   3-6   soatli   ma’ruzaviy   mashg’ulotlar   va   shu   bilan
bog’liq   bo’lgan   amaliy   (seminar),   laboratoriya   mashg’ulotlaridan   iborat   bo’ladi.
Fanning   tushuntiruv   apparatining   qat’iy   tizimli   (ko’p   qirrali)   tahlili   asosida   eng
samarali modul tuziladi. Bu esa fundamental iboralar guruhini ajratish, materialni
mantiqan   va   ixcham   guruhlash   imkoniyatini   beradi.   Modul   –   mustaqil   tarkibiy
birlik   bo’lgani   uchun,   ba’zi   hollarda,   alohida   talabalarga   fanni   to’laligacha   emas,
balki faqatgina bir qator modullarini tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli
talabalarning   individual   va   mustaqil   ishlarini   optimal   rejalash   imkoniyatini tug’diradi.   Modulli   o’qitishda   o’quv   dasturlarini   to’la,   qisqartirilgan   va
chuqurlashtirilgan   tabaqalash   orqali   o’qitishni   tabaqalash   imkoniyati   yaratiladi,
ya’ni   o’qitishni   individualashtirish   mumkin   bo’ladi.   Modulli   o’qitishga   o’tishda
quyidagi   maqsadlar   ko’zlanadi:   o’qitishning   (fanlar   orasida   va   fanning   ichida)
uzluksizligini   ta’minlash,   o’qitishni   individuallashtirish,   o’quv   materiallarini
mustaqil o’zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish, o’qitishni jadallashtirish, fanni
samarali o’zlashtirishga erishish. Shunday qilib, modulli o’qitishda talabalarni o’z
qobiliyatiga ko’ra bilim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. O’qitishning
modul   tizimiga   o’tish   samaradorligi   quyidagi   omillarga   bog’liq   bo’ladi:   –   o’quv
muassasasining   moddiy-texnikaviy   bazasi   darajasi;   –   professor-o’qituvchilar
tarkibining   malakaviy   darajasi;   –   ko’zlangan   natijalarni   baholash;   –   didaktik
materiallar   ishlab   chiqish;   –   natijalarning   tahlili   va   modullarni   optimallashtirish.
Shuni   unutmaslik   lozimki,   modulli   o’qitish   jarayonida   talabalarning   o’quv-biluv
faoliyatini   tashkil   etishning   barcha   shakllari,   usullari,   metodlari,   texnologiyalari
juda   yaxshi   qorishib   ketadi.   Jumladan,   talabalar   bilan   yakkama-yakka   ishlash,
juftliklarda ishlash,   guruh  bo’lib  hamkorlikda  ishlash   usullari  kabilar. Oliy  ta’lim
muassasalarida   modulli   o’qitishning   o’ziga   xosligi   uning   boshqa   o’qitish
tizimlaridan farqini namoyon qilishidadir. Ular:
 1. O’quv jarayonining mazmuni yakunlangan mustaqil bloklar sifatida namoyon
bo’ladi. Mazkur mazmunni o’zlashtirish ta’lim maqsadiga muvofiq tarzda amalga
oshiriladi.   Didaktik   maqsadlar   talabalar   uchun   shakllantirilib,   nafaqat
o’zlashtiriladigan o’quv materiallari ko’lami, balki uni o’zlashtirish darajasini ham
belgilab   beradi.   Shu   bilan   bir   qatorda   har   bir   talaba   o’qituvchi   tomoni   dan   qay
darajada  unumli   harakat   qilish,   zarur  o’quv  materiallarini  qayerdan  topish   haqida
yozma shaklda ko’rsatma oladi.
  2.   Talaba   hamda   o’qituvchi   orasidagi   muloqotning   shakli   o’zgaradi.   U   modul
hamda shaxsiy individual muloqot shaklida amalga oshadi. Aynan modullar o’quv-
tarbiya   jarayonini   subyekt-subyekt   munosabatlari   asosida   tashkil   etish   imkonini
beradi.  3.   Talaba   o’quv   jarayonining   aksariyat   qismida   mustaqil   ishlaydi.   Ular   o’z
faoliyatlarini   rejalashtirish,   mustaqil   tashkil   etish,   nazorat   qilish   va   baholashga
o’rganadilar.   Bu   esa   talabaga   mazkur   faoliyat   jarayonida   o’z-o’zini   anglash
imkonini   beradi.   Ular   o’zlashtirgan   bilimlari   darajasini   mustaqil   aniqlaydilar,   o’z
bilim,   ko’nikmalari   orasidagi   bo’shliqni   ko’ra   oladilar.   O’qituvchi   ham
talabalarning   o’quv-biluv   faoliyatlarini   modulli   boshqarish   imkoniyatiga   ega
bo’ladi.   Muhimi,   ushbu   boshqaruv   muayyan   maqsadga   yo’naltiriladi.   Buning
uchun   pedagoglar   ta’lim   texnologiyalaridan   maqsadga   muvofiq   tarzda   modulli
foydalanish tajribasiga ega bo’lishlari kerak. 
4.   Yozma   tarzdagi   aniq   modullar   o’qituvchilarga   talabalar   faoliyatini
individuallashtirish   imkonini   beradi.   Bu   o’rinda   yakka   tartibdagi   maslahatlar
berish, yordam ko’lamini kengaytirish masalasi nazarda tutilmaydi. Buning uchun,
birinchi   navbatda,   o’qituvchilar   modulli   dasturga   ega   bo’lishlari   kerak.   Ushbu
dastur mujassamlashgan didaktik maqsadlar va modullar majmuidan iborat bo’lishi
lozim. Mazkur modullar qo’yilgan maqsadga erishishni ta’minlashga xizmat qilishi
zarur. Bunday dasturni tuzish uchun oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilari
o’quv   kursining   asosiy   ilmiy   g’oyalarini   ajrata   olishi   kerak.   Shundan   keyingina
o’quv   mazmuni   va   o’quv   bloklarini   mazkur   g’oya   atrofida   tarkiblashtirish   talab
etiladi.   Shu   asosda   mujassamlashgan   didaktik   maqsad   shakllantiriladi.   Didaktik
maqsad   o’zining   ikkita   darajasiga   ega:   talabalarning   o’quv   materiallarini
o’zlashtirishlari   va   o’zlashtirilgan   bilimlardan   kelgusidagi   amaliy   faoliyatlarida
to’g’ri   foydalana   olishlari.   Shuningdek,   istiqboldagi   o’quv   materiallarini
o’zlashtirish ham nazarda tutiladi. Dastur o’z nomiga ega bo’lishi kerak. Shundan
keyingina   mujassamlashgan   didaktik   maqsaddan   integrallashgan   didaktik   maqsad
ajratiladi   hamda   modullar   shakllantiriladi.   Chunki   har   bir   modul   o’zining
integrallashgan didaktik maqsadiga ega bo’ladi. Mazkur maqsadlarning yechimlari
yig’indisi   mujassamlashgan   didaktik   maqsadlarga   erishishni   ta’minlaydi.   Modul
tarkibiga ta’lim mazmunining yirik bloklari kiritiladi. Shuning uchun ham har bir
uyg’unlashgan   didaktik   maqsad   xususiy   didaktik   maqsadlarga   bo’linadi.   Ular
negizida o’quv elementlari ajratiladi. Har bir xususiy didaktik maqsad bitta o’quv elementiga muvofiq keladi. Natijada esa maqsadlar daraxti shakllantiriladi. Mazkur
daraxt: 
a) yuqori qatlam – modulli dastur uchun mujassamlashgan didaktik maqsad; 
b)   o’rta   qatlam   –   modul   qurish   uchun   zarur   bo’lgan   integrallashgan   didaktik
maqsad; 
v)   quyi   qatlam   –   o’quv   elementlarini   qurish   uchun   zarur   bo’ladigan   xususiy
didaktik maqsadlardan iborat bo’ladi. 
Modul   o’z   ichiga   2-3   ma’ruza   va   shu   ma’ruzalar   bilan   bog’liq   bo’lgan   amaliy
darslar   hamda   laboratoriya   ishlarini   qamrab   olishi   mumkin.   Oliy   ta’lim
muassasalari   o’quv-metodik   majmualari   moduli   bo’yicha   quyidagi   o’quv
materiallari tayyorlanadi: 
1. Sillabus. 
2. Modulni o’zlashtirishdan maqsad. 
3. Modul bilan ishlash uchun metodik tavsiyalar. 
4. Nazariy axborot banki va tayanch tushunchalar. 
5.   Seminar,   amaliy   va   laboratoriya   ishlarining   mazmuni,   topshiriqlar   va   ularni
bajarishga yordam beruvchi tavsiyalar. 
6. Joriy nazorat topshiriqlari. 
7. Individual holda bajariladigan mustaqil topshiriqlar. 
8. Talabalarning bilimini nazorat qilish uchun testlar (nostardart testlar).
9. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar.
 10. Talaba yig’ishi mumkin bo’lgan reyting ballari. Har bir modul test-sinovlari
bilan   tugallanishi   lozim:   joriy   modul   uchun   bu   o’tilgan   materialning   nazorati
bo’lsa, keyingi modul uchun esa kirish (boshlang’ich) nazorati bo’ladi. Har qaysi
modul   uchun   tarqatma   va   tasvirli   materiallar   to’plami   tuziladi   va   ular   talabaga
mashg’ulotdan oldin beriladi. 
Modul   tavsiya   qilinadigan   adabiyotlar   bilan   ta’minlanadi.   Har   bir   talaba
materiallarni   o’zlashtira   borib,   bir   moduldan   ikkinchi   modulga   o’tadi.   Iqtidorli
talabalar   boshqalarga   bog’liq   bo’lmasdan   test   sinovlaridan   o’tishlari   mumkin.
Modulli   o’qitish   fanning   asosiy   masalalari   bo’yicha   umumlashtirilgan   axborotlar beruvchi   muammoli   va   yo’riqli   ma’ruzalar   o’qilishini   taqozo   etadi.   Ma’ruzalar
talabalarning   ijodiy   qobiliyatini   rivojlantirishga   qaratilmog’i   lozim.   Modulning
amaliy   va   laboratoriya   mashg’ulotlari   ma’ruzalar   bilan   birga   tuziladi,   ular
ma’ruzalar   mazmunini   o’rganiladigan   yangi   material   bilan   to’ldiradi.   Talabalar
ma’lum   amaliy   ko’nikmalarga   ega   bo’ladilar.   Ma’ruzalar   matnini   tayyorlashda,
strukturalash   va   tizimlash   usullarini   qo’llab,   materiallarning   blok-sxema,   rasmlar
bloki   ko’rinishida   taqdim   etilishi   maqsadga   muvofiq   bo’ladi.   Bunda   materialning
o’zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki: 
● modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi; 
●   o’quv   materialining   elementlari   orasidagi   bog’lanishlar   va   uning   o’tishlari
yaqqol ko’rsatiladi; 
● o’quv materiali (modul)ning butun hajmi talabaning ko’z oldida gavdalanadi.
Modul   tizimida   o’quv   materialining   mazmunini   strukturalashda   eng   avvalo
axborotni   ixchamlashtirish   vazifasi   ko’zlanadi.   Bilimlarning   to’la   foydalanish
uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim.
O’quv   axboroti   bir   vaqtning   o’zida   4   xil   –   rasmli,   sonli,   belgili   va   og’zaki
ko’rinishda   uzatilganida   eng   mustahkam   o’zlashtirishga   erishiladi.   Har   qaysi
modul  bo’yicha rasmlar  bloklarida belgili  alomatlarni  (savollar  qo’yilishi  tarzida)
joylashtirish,   savollarni   rasm   tarzida   tasvirlash,   formulalar,   jadvallar,   grafiklar   va
uslubiy   ko’rsatmalarni   taqdim   etish   maqsadga   muvofiq   bo’ladi.   Rasmlar   bloki,
sxemalar bloki va boshqa suratli (ko’rgazmali) materiallar talabalar uchun tarqatma
material   vazifasini   ham   bajaradi.   Shu   bilan   bir   qatorda   har   bir   fan,   jumladan,
modul   uchun   atamalarning   izohli   lug’atini   tuzish   maqsadga   muvofiq   bo’ladi.
Modulni   o’qitishning   samaradorligini   oshirishga   erishish   uchun   o’qitishning
quyidagi   usullarni   qo’llash   lozim:   aqliy   hujum,   muammoli   muloqotlar,   evristik
suhbatlar,   o’quv   o’yinlar,   o’quv   loyihalar,   savolli   va   topshiriqli   keyslar   va   h.k.
Modulli o’qitish tizimining quyidagi ustunliklari namoyon bo’ladi: 
● fanlar, fanlar ichidagi modullar orasidagi o’qitish uzluksizligi ta’minlanadi;   ●   har   bir   modul   ichida   va   ular   orasida   o’quv   jarayoni   barcha   turlarining
metodik jihatdan asoslangan muvofiqligi o’rgatiladi; 
● fanning modulli tuzilish tarkibining moslashuvchanligi ta’minlanadi; 
● talabalar o’zlashtirishi muntazam va samarali nazorat qilinadi; 
●   talabalarning   zudlik   bilan   qobiliyatiga   ko’ra   tabaqalanishi   amalga   oshadi
(dastlabki   modullardan   so’ng   o’qituvchi   ayrim   talabalarga   fanni   individual
o’zlashtirishni tavsiya etishi mumkin); 
●   axborotni   ixchamlashtirish   natijasida   o’qitish   jarayoni   jadallashadi   va   o’quv
vaqti tarkibi, ma’ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg’ulotlar, individual va mustaqil
ishlar uchun ajratilgan soatlar optimallashadi. 
Modulli   o’qitish   texnologiyasida   talabaning   o’quv-biluv   faoliyatini   yuqori
darajada   o’zini-o’zi   tashkil   etishi   o’quv   maqsadlarini   mustaqil   qo’yish,   faoliyat
usullarini   tanlash   ko’nikmasi,   o’z   harakati   va   munosabatlarini   boshqalar   bilan
moslashtirish   va   muvofiqlashtirishga   asoslangan.   Modulli   o’qitish   sharoitida   bu
shu   bilan   ta’minlanadiki,   talabalar   o’z   vaqtlarining   katta   qismida   mustaqil
ishlaydilar.  Talaba   maqsad   qo’yish,   o’z   faoliyatini   tashkil   etish,   nazorat   qilish   va
baholashni   o’rganadi.   Natijada   har   bir   kishi   o’zining   bilim   va   ko’nikmalaridagi
mavjud kamchiliklarni ko’rishi mumkin bo’ladi. FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.A:8.  Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary Schools. 
2. A:9. Michael Uljens.School Didactics and Learning: A School Didactik Model 
Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 2008-y. 
3.   A:10.   John   Dewey,   how   we   think   (1910).   Martin,   Jay.The   Education   of   John
Dewey.   (2003)   Columbia   University   Press.Gutek   Gerald   L.   (2009)   New
Perspectives on Philosophy and education. Pearson Education Inc.
4.A:6.  Pedagogic texnologiyalar va pedagogic mahorat. 2009. Tosh.H.T. Omonov,
N.X. Xo’jayev, S.A. Madyarova.
5.   A:2.   Azizxo`jaeva   N.N.   «Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat»   -T.:
2003 – 174 b 
6.   A:1.   “Innovatsion   ta’lim   texnologiyalari   vapedagogik   kompetentlik”-T.:2016
N.A. Muslimov, M. Usmonboveya 
7. Bespalko V.P. Pedagogika i progressivn ы ye texnolog. obucheniya. - M., 1995. 
8.   A:5.   Ishmuxamedov   R.,   Abduqodirov   A.,   Pardayev   A.   Ta’limda   innovasion
texnologiyalar.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Iste’dod”   jamg’armasi.
Toshkent, 2008 yil, 180 bet -------------
9.   A:4.   Sayidahmedov   N.,   Ochilov   M.,   Yangi   pedagogik   texnologiyalarning
mohiyati va zamonaviy loyihasi T., 1999.-55b 
10.   A:7.   Selevko   G.K.   Sovremennie   texnologii.   Moskva,   Narodnoe   obrazovanie.
199 R.A. Mavlonova, 
11. Pityukov V.Yu. Osnov ы  pedagogicheskoy texnologii. – M.: Gnom-press, 1999.
12.A:3.   Yo`ldoshev   J,   Usmonov   S.   Pedagogik   texnologiya   asoslari.   Toshkent.
O`qituvchi, 2004.

M O D U L T A ’ L I M T E X N O L O G I Y A S I Modul ta’lim texnologiyasi Reja:   1. Modulli o’qitish. 2. Modulli o’qitishning tamoyillari. 3. Modul tuzilmasi. 4. Modulli ta’limda o’quv dasturlari. 5. Modulli ta’lim tizimida “subyekt-subyekt” munosabatlari.

Modulli o’qitish - o’qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir. An’anaviy ta’limda o’quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo’naltirilgan bo’lsa, modulli o’qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan bo’ladi. Modulli o’qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: - ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi; - malakali professor-o’qituvchilar tarkibi darajasi; - talabalar tayyorgarligi darajasiga; - kutiladigan natijalar bahosiga; - didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga; - modullar natijasi va tahliliga. Modulli ta’limda o’quv dasturlari to’la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o’qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o’qitishni individuallashtirish mumkin bo’ladi. Modulli o’qitishga o’tishda quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: Ø o’qitishning uzluksizligini ta’minlash; Ø o’qitishni individuallashtirish; Ø o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish; Ø o’qitishni jadallashtirish; Ø fanni samarali o’zlashtirishga erishish. Modulli ta’lim quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Faoliyatlilik tamoyili: Bu tamoyil mutaxassisning kasbiy faoliyati mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga ko’ra modullar fan bo’yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzilishi mumkin. Tizimli kvantlash usuli - bu prinsip didaktik birliklar umumlashtirilgan nazariyalarining talablariga asoslanadi. Modulda tizimli kvantlash tamoyili o’quv materialining tegishli tuzilmasini tuzish yo’li bilan erishiladi. Modul umumiy ko’rinishda quyidagi elementlardan iborat bo’lishi mumkin: - tarixiy - bu muammo teorema masala kashfiyot va tushunchalarning tarixiga qisqacha sharh berish; - muammoli - bu muammoni shakllantirish; - tizimli - bu modul tarkibi tizimini namoyon etish; - faollashtirish - bu yangi o’quv materialini o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko’rsatish;

- nazariy - bu asosiy o’quv materiali bo’lib, unda - didaktik maqsadlar muammoni ifodalash gipotezani asoslash muammoni yechish yo’llari ochib ko’rsatiladi; - tajribaviy - bu tajribaviy materialni (o’quv tajribasi tajribaviy ishni) bayon etish; - umumlashtirish - bu muammo yechimini va modul mazmunini umumlashtirish; - joriy etish- bu harakatlarning yangi usullarini ishlab chiqish va o’rganilgan materialni amaliyotda qo’llash; - xatoliklar – talabalarning modul mazmunini o’rganishdagi o’zlashtirishda kuzatiladigan xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yo’llarini ko’rsatish; - bog’liqlik - o’tilgan modulni boshqa modullar bilan shu jumladan yondosh fanlar bilan bog’liqligini namoyon etish; - test va topshiriqlar yordamida baholash - modul mazmunini talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash. Modullilik tamoyili - bu tamoyil o’qitishni individuallashtirishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Birinchidan, modulning dinamik tuzilmasi fan mazmunini uch xil, ya’ni to’la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan ko’rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi. O’qitishning u yoki bu turini tanlash talabaning o’ziga havola qilinadi. Ikkinchidan, modul mazmunini o’zlashtirishda o’qitish usuli va shakllarining turliligida ham modullilik namoyon bo’ladi. Bu esa o’qitishning faollashtirishga shakl va usullar (dialog, mustaqil o’qish, o’quv, imitasion o’yinlar va hokazo) hamda muammoli ma’ruzalar seminarlar maslahatlar bo’lishi mumkin. Uchinchidan, modullilik yangi materialni pog’onasimon o’zlashtirishda ta’minlanadi, ya’ni har bir fan va har bir modulda o’qitish oddiydan murakkabga qarab yo’nalgan bo’ladi. To’rtinchidan, modulga kiruvchi o’quv elementlarining moslanuvchanligi tufayli o’quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati tug’iladi. Muammolilik tamoyili- muammoli vaziyatlar va mashg’ulotlarni amaliy yo’naltirilganligi o’quv materialining o’zlashtirilish

samaradorligini oshishiga imkon beradi. Kognitiv vizuallik (ko’z bilan kuzatiladigan) tamoyili-bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi. O’qitishdagi ko’rgazmalar nafaqat so’roq vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o’zlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan shuning uchun kognitiv grafika-sun’iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo’lib, murakkab obyektlar kompyuter sur’atchalari ko’rinishida tasvirlanadi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo’lib rangli bajarilgan kognitiv-grafik o’quv elementlari xizmat qiladi. Xatoliklarga tayanish tamoyili- bu tamoyil o’qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga talabalarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quv vaqtini tejash tamoyili - bu tamoyil talabalarda individual va mustaqil ishlash uchun o’quv vaqtining zahirasini yaratishga yo’naltirilgan bo’ladi. To’g’ri tashkil qilingan modulli o’qitish o’qish vaqtini 30% va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o’qitishning barcha tamoyillari to’la amalga oshirilganda, o’quvjarayoni kompyuterlashtirilganda yondosh fanlarning o’quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin. Modulli ta’lim yuqorida aytib o’tilganidek “subyekt-subyekt” munosabatlariga qurilgan. Shu sababali talabalarning mustaqil faoliyatiga katta e’tibor qaratiladi. Talaba mustaqil faoliyatini samarali bo’lishi uchun pedagogdan turli xildagi maslahatlar tizimi talab qilinadi. Shu sababli xorij tajribasida pedagogik yordamning turli ko’rinishlari takomillashib bordi va bugungi kunda pedagogik faoliyatiga ko’ra bir qancha tushunchalar kelib chiqishiga sabab bo’ldi, jumladan: Tyuter - ( lot. tutorem – maslahatchi) faoliyati talabalarga o’quv jarayoniga moslashish, vujudga keluvchi ayrim savollarga javob topishga yordamlashishga qaratilgan. Edvayzer - (advisor - qadimgi fransuz so’zi “avisen”, “o’ylamoq” so’zidan olingan ) individual holda diplom ishi, kurs ishini ishlab chiqish, ilmiytadqiqot olib borish, individual dasturlarni ishlab chiqish jarayonida maslahatchidir.

Moderator - ( lot. Moderor – me’yorlashtiraman, tekshiraman) qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, talabalarning qobiliyatlarni ochilishiga, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Fasilitator (ingl. facilitator, lot. facilis – «yengil, qulay» degan ma’noni bildiradi) – fasilitator gruhlarda faoliyatni tashkil etishda ko’maklashadi. U guruhlardagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlashi, guruhda sog’lom muloqotni o’rnatishi, gruhda ishlash qoidalari va regamentlariga amal qilishni ta’minlashi joiz. Fasilitator gruhda qulay psixologik muhitni yaratadi va faoliyatni samarali bo’lishiga yordam beradi. Ushbu tushuncha mumtoz psixolog Karl Rodjers tomonidan kiritilgan bo’lib, ingliz zabon mamlakatlarining ta’lim muassasalarida keng foydalaniladi. 1989 yildan buyon Xalqaro bosh fasilitatorlar assosiasiyasi (The International Association of Facilitators) faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda uning faoliyatida 63 davlatning 1200 a’zosi ishtirok etmoqda. Fasilitator faoliyati turli modellarda uchraydi Modulli ta’lim bir qator g’oyalarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ular: talabalar mustaqil tarzda bilimlarni o’zlashtirishlari, o’rganishlari, o’qituvchi esa ularning o’quv faoliyatini boshqarishi lozim. Bu jarayonda o’qituvchi talabalarni o’quv faoliyatiga yo’naltirishi, ularda mazkur faoliyatga nisbatan moyillikni hosil qilishi, ularning o’quv faoliyatini tashkil etishi, muvofiqlashtirishi va maslahatlar berishi kerak. Ushbu texnologiya pedagogika nazariyasi va amaliyotida to’plangan barcha ilg’or tajribalarni o’zida mujassamlashtiradi. Modulli o’qitish texnologiyasi – funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogik psixologiyaning umumiy nazariyasidan kelib chiqadi1. Odatda modul 3-6 soatli ma’ruzaviy mashg’ulotlar va shu bilan bog’liq bo’lgan amaliy (seminar), laboratoriya mashg’ulotlaridan iborat bo’ladi. Fanning tushuntiruv apparatining qat’iy tizimli (ko’p qirrali) tahlili asosida eng samarali modul tuziladi. Bu esa fundamental iboralar guruhini ajratish, materialni mantiqan va ixcham guruhlash imkoniyatini beradi. Modul – mustaqil tarkibiy birlik bo’lgani uchun, ba’zi hollarda, alohida talabalarga fanni to’laligacha emas, balki faqatgina bir qator modullarini tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli talabalarning individual va mustaqil ishlarini optimal rejalash imkoniyatini