MASOFAVIY TALIM VA UNING TUSHUNCHALARI
MASOFAVIY TALIM VA UNING TUSHUNCHALARI. Reja: 1. Masofaviy talim tushunchasi. 2. Masofaviy talim modellari. 3. Masofaviy talim metodlari.
1.Masofaviy talim tushunchasi. Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog’ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti. Shunga ko’ra, ta’lim tizimidagi o’quv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanlarining o’qilitishi - davr talabi bo’lib qolmoqda. Shakshubhasiz, sungi yillarda mutaxasislar yakdil tasdiklayotganlaridek, mamlakatimizda bu yunalishda sezilarli kadamlar kuyildi. Lekin shu soxadagi faoliyat xozircha talablar darajasida emas. Masalan, 2003 yilda EXMlar uchun dasturlarga patent olish uchun faqatgina140 ariza ruyxatga olingan. Shu bilan birga, 2005-2013 yidagi ma’lumotlarga kura mamlakatdagi 631 akademik litsey va kasb-xunar kolledjining faqat 22 tasi, respublikadagi 64 oliy o’quv yurtning 40 tasi Internet tarmoklariga ulangan xolos. Respublikamizdagi kupgina o’quv yurtlari eski avlod kompyuterlar bilan jihozlangan yoki umuman kompyuterlashtirilmagan. Oliy ta’lim muassasalarning xar bir 100 talabasiga o’rtacha hisobda 3,3 kompyuter mos keladi (ma’lumotlar Toshkent aloqa institutida o’tkazilgan ilmiy amaliy konferensiya materiallaridan olingan). Kadrlar tayyorlashning sifatini yanada yaxshilash, ta’lim tugrisidagi konunni tula amalga oshirish uchun ta’limning turli shakllaridan foydalanish zarur bulib kelyapti. Bu borada hukumatimiz tomonidan ko’p ishlar olib borilmoqda. Shularga Respublikasizda yangi rivojlangan, "masofaviy ta’lim" deb nomlangan, ta’lim turi misol kilishimiz mumkin. Ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bulgan ta’lim turlaridan uzining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi. Masofaviy ta’lim (MT) – bu o’qituvchi va o’quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta’lim turi. Bu ta’lim turini paydo bo’lishiga asosiy sabab deb informatsion va kommunikativ texnologiyalarning tezkor rivojlanishi va ular asosida prinsipial yangi ta’lim texnologiyalar(internet texnologiyalar) yaratilishini xisoblash mumkin. Internet texnologiyalardan foydalanish bizga o’quv materiallarni cheksiz va juda arzon tarkatish va kupaytirish, xamda uni o’quvchilarga tezkor va anik yetkazish imkoniyatlarini yaratib berdi. Shu bilan birga ta’lim interaktiv bulganligi sababli, o’quvchining o’z ustidan mustaqil ishlashning urni juda katta axamiyatga ega buladi. Masofaviy ta’limning asosiy texnologiyalariga kuyidagilarni kiritish mumkin: 1.INTERAKTIV texnologiyalar: -Internet masofaviy ta’lim portali. -Video va audio konferensiyalar. -Elektron pochta orkali ta’lim. -Internet orkali mustakil ta’lim olish. -Uzokdan boshkarish sistemalar.
-Onlayn simulyator va o’quv dasturlar. -Test topshirish sistemalari. 2.INTERAKTIV bulmagan texnologiyalar: -Video, audio va bosmaga chikarilgan materiallar. -Televizion va radio kursatuvlar. -Disklarda joylashgan dasturlar. Video va audio konferensiyalar - bu Internet va boshka telekomunikasion aloka kanallari yordamida ikkita, uzoklashgan auditoriyalarni telekommunikasion xolatda bir biri bilan boglab ta’lim olish yuli. Video va audio konferensiyalar uchun katta xajmda maxsus texnika, yukori tezlikga ega bulgan a’loka kanali va ukitishni tashkil kilish uchun xizmat kursatuvchi mutaxassislarni jalb etish kerak buladi. Internet orkali mustakil ta’lim olish - bu Internetda joylashgan kupgina saytlarda joylashgan katta xajmdagi ma’lumotlar ustidan mustakil ravishda ishlash va yangi bilimlar olish yuli. Test topshirish sistemalar - bu maxsus dasturlar yordamida o’quvchilarning amaliy va nazariy bilimlarni tekshirish ing asosiy vazifasi bu talabalar bilimlarini tekshirib ularni baxolash. Internetning masofaviy ta’lim portali bu maxsus Internet saytlar (onlayn resurslar). Ush bu saytlarning asosiy vazifasi - ta’lim jarayonini tashkil kilish, yoki boshka suzlar bilan o’quvchi va ukituvchi urtasida elektron onlayn mulokotni urnatish, ukituvchilarga o’quv materiallarni joylashtirish va o’quvchilarga shu ma’lumotlar bilan ishlashga xamda boshka masofaviy ta’lim servislardan foydalanishga imkoniyat yaratish. Masofaviy ta’limni jarayonida kuyidagilar katnashishi shart, bular - masofaviy kurs avtori, metodist, ukituvchi (tyutor, koordinator), ruxshunos, administrator, dokumentovod, telekommunikasiya va dasturiy ta’minot gruppasi xamda o’quvchilar. -Avtor - masofaviy kursni yaratuvchi , uni yangilatuvchi va taxrirlovchi shaxs. -Metodist - masofaviy kurs avtoriga konsultasiyalar beruvchi va kursni taxrirlovchi shaxs. -Ukituvchi - o’quvchilar bilan ukish jarayonida mulokotda buluvchi va ularga yordam beruvchi xamda ularning bilimlarini tekshiruvchi shaxs. -Ruxshunos - ukish jarayonining psixologik monitoringni tashkil kiluvchi shaxs. -Administrator - o’quvchilarni kabul kilish va ukishdan chetlash masalalarini yechuvchi va malakali ukituvchilarni jalb kiluvchi shaxs. -Dokumentoved - xujjatlar bilan ishlovchi shaxs.
-Telekommunikasiya va dasturiy ta’minot gruppasi -dasturlar va telekommunikasiya resurslar ishini ta’minlovchi shaxslar. -O’quvchilar - o’quv jarayonida katnashuvchi shaxs. -O’quv jarayoninin tashkil kilishda esa albatta kuyidagi kadamlarni bajarishimiz zarur buladi: -Kurs maksadlarini aniklash. Kaysi bilimlarni (mavzular, fan va ... ) va kimlar uchun ukitish kerak. -O’ish metodlarini tanlash. O’quv jarayoni davomida bilimlar va kunikmalar darajasini diagnostika xamda tekshirish manbalarini va usullarini aniklash kerak. -O’quv materialga metodik talablarini ishlab chikarish. Yangi bilimlarni berish usullarini va xajmlarni aniklash kerak. -Darslar jadvalini ishlab chikarish. Butun kursni bir nechta modullarga bulish, xar bitta modul tugallashidan keyin o’quvchi tomonidan kanaka bilimlarga ega bulishini aniklash kerak. -O’quv jarayonini monitoringni tashkil kilish. -Tekshiruv jarayonlarni rejalashtirish, -O’quvchilarning mustakil ishlarini rejalashtirish, -O’quv jarayoni natijalarini prognozlashtirish, -Natijalarni aniklash va taxlil kilish. 2.Masofaviy ta’lim modellari. Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil kilinishiga sabab bulgan vaziyatlari bilan farklanadi: geografik sabablar (mamlakat
maydoni, markazlardan geografik uzoklashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informasiyalashtirish darajasi, transport va kommunikasiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxasislar mavjudligi, ta’lim soxasida informasion va kommunikasion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim soxasidagi odatlari. Birlamchi model. Ushbu model fakat masofaviy o’quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning xar bittasi virtual ukituvchiga biriktirilgan bulishadi. Konsultasiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bulimlar bulishi shart. Shunday o’quv kurslarda ukituvchi va o’quvchilarga o’quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi. Bu modelga misol kilib Buyuk Britaniyaning Ochik Universitetidagi(http://www.ou.uk) ta’limni olish mumkin. Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim o’quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruxda bir xil o’quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o’quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga karaganda kup. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yunalishlarni izlanishlarida kullaniladi. Bu modelga misol kilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta’limni olish mumkin. Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim turlirini integrasiyalashtirish uchun yaratiladi. O’quvchilar o’quv kursning bir kismini kunduzgi, boshka kismini esa masofadan ukiydi. Shu bilan birga bu ta’lim turiga virtual seminar, prezentasiyalar va leksiyalar utkazish xam kiradi. Bu modelga misol kilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi(http://www.massey.ac.nz) ta’limni olish mumkin. Konsorsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini talab kiladi. Ushbu muassasalardan biri o’quv kurslarni tashkil kilib ishini ta’minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiklab, kurslarga o’quvchilarni ta’minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet urnida ta’lim soxasida ishlaydigan korxonalar xam katnashishi mumkin. Ushbu modelda o’quv kurslarni doimiy ravishda nazorat kilish va muallif xukuklarini tekshirish zarur buladi. Bu modelga misol kilib Kanadadagi Ochik O’quv Agentligidagi(http://www.ola.bc.ca) ta’limni olish mumkin. Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan uzlari yaratgan o’quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta’lim soxasida yetakchi bulgan o’quv muassasa bu soxada ilk kadam kuyadigan muassasaga uzining o’quv kurslarni takdim kiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o’quvchilari bir xil ta’lim va diplomlar olishadi. Bu modelga misol kilib Ochik Universitet Biznes maktabi