innovatsion talim jarayonini tashkil etishda muammoli talim texnologiyasidan foydalanishning amaliy ahamiyati.
O ’ZBEKISTON RESP UBLIKASI XALQ TA ’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT P EDAGOGIKA INSTITUTI TABIATSHUNOSLIK F AKULTETI ”Umumiy biologiya” kafedrasi Biologiya o`qitish metodikasi yo`nalishi talabasi Shodi eva Kamol a ning “Biologiya o`qitish nazariyasi va metodika si” fanidan yozgan Mavzu: INNOVATS ION TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYAS IDAN F OYDALANISHNING AMALIY AHAMIYATI . BAJARDI : Shodi yeva K. TEKSHIRDI: Baratova M Navoiy -2014
Mavzu : Innovatsion ta’lim jarayonini tashkil etishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanishning amaliy ahamiyati. Reja: I. KIRISH II. ASOSIY QISM 2. 1. Innovatsion texnologiyasi nazariya sining shakllanish bosqichlari. 2. 2. Pedagogik innovatsiyalar va ularni dars jarayonlarda foydalanish yo`llari . 2. 3. Muammoli ta ’lim texnologiyasi va undan foydalanish ning amaliy ahamiyati . III. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
KIRISH . «Ta ‟lim to‟ g` risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi » talab lari as o s id a umumiy ta‟ lim fanlari bo‟yicha Davlat ta‟lim standartlari ishlab chi qilib, bos qic hma -bos qic h amalga o s hiris hga kiris hilgand an keyin b u so hadagi ishlarni ani q bir tizimga solis h, qo‟llab -quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart -sharoitlar yaratadigan tizilmalarga bo‟lgan e htiyoj ya qq ol ko‟zga tashlandi. Butun dunyo mamlakatlarida kuzatilayotgan iqtizodiy inqirozlar davrida har bir shaxs eng avvalo vaziyatni to‟g‟ri tahlil qilish va undan chiqish yo‟llarini ham vijdonan harakat qilishida, ularda bukilmas iroda va madaniyatni shakllantirishda ham ayniqsa biz pedagoglarning ham roli kattadir . Mustaqi llikka erishgandan so`ng Respublikamiz da ta‟lim tizimi o„ziga xos ra vishda rivojlan di. Bu o„ziga xoslik eng avvalo ta‟lim –tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya‟ni o„zimizning juda boy o„tmishimiz va tariximiz, madaniyatimiz va ma‟naviyatimiz, fanimiz va tilimiz o„z mohiyati bilan yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo„lg an milliy urf -odatlarimiz asosida yanada takomillashtirilib, jahon ta‟lim standartlari darajasida modernizatsiyalashtirilmoqda. O‟quvchilarda yuksak axloqiy sifatlarni shakllantirish, chuqur bilimga ega bo`lgan barkamol shaxs sifatida tarkib toptirish av valo, bo‟lg‟usi biologiya o‟qituvchilarining kasbiy faoliyatga metodik jihatdan puxta tayyorlashni shu asosda ta‟lim –tarbiya jarayoniga yangicha yondoshish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni talab etadi. Hozirgi kunda vatanimiz iqtisodiyotini, fan -texnika taraqqiyotini asta -sekin yuksaltirayotgan bir vaqtda ta‟imda pedogogik taraqqiyot yuksak darajada bo`lishi lozim, albatta. Mamlakatimizdagi har qanday soha bo`yicha mavjud va yetishib chiqayotgan mutaxassislar qanchalik darajad a yuqori malakali bo`lsalar, bugungi kundagi jahon moliyaviy inqirozining mamlakatimiz taraqqiyotiga ta‟siri kam bo`ladi.
ASOSIY QISM 2. 1. Innovatsion texnologiyasi nazariyasining shakllanish bosqichlari Hozirgi davr ta‟lim tara qq iyoti yangi yo‟nal ish innovatsion faoliyatni maydonga olib chi qdi. “ Innovatsion pedagogika” termini va unga xos bo‟lgan tad qiqot lar 60 yillarda paydo bo‟lgan. Innovatsion faoliyat F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I. Zagvyazinskiy, V.A. Kan -Kalik, N.V. Kuzmina, V.A. Slatenin , A.I . Serbakov ishlarida tad qiq etilgan. Bu tad qiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg` or pedagogik tajribalarni keng yoyish nu qtai nazaridan yoritilgan. X. Barnet, Dj. Basset, D. Gamilton, N. Gross, M. Mayez, A. Xeyvlok, D. Chen, R. Yedem ishlarida innovatsion tara qq iyotlarni bosh qarish, ta‟limdagi o‟zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning “ hayoti va faoliyati” uchun zarur bo‟lgan shart sharoitlar masalalari ta hlil qilingan. Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik innovati k olimlardan biri E. Rodjers tomonidan ishlab chi qilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo‟lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tad qiq etadi. Innovatsiya (inglizcha innovation ) - yargilik kiritish, yangilik demakdir. A.I. Pirojkin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka tashkilot, a holi, jamiyat, guru hga yangi, nisbatan tur g` un unsurlarni kiritib boruvchi ma qsadga muvofi q o‟zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. A. I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, a holi, jamiyat, guru hga yangi, nisbatan tur g` un unsurlarni kiritib boruvchi ma qsadga muvofi q o‟zgarishlarni tushunadi, bu innovator faoliyatidir . Tad qiqotchilar A.I. Prigojin, B.V. Sazo nov, V.S. Tolstoy, A.G. Krug likov, A.S. Axiyezer, N.P. Stepanov va bosh qalar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‟rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilik ning individual mikrosat hi va alo hida -alo hida kiritilgan yangiliklarni o‟zaro ta‟ siri mikrosat hi. Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g` oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda alo hida -alo hida kiritilgan yangiliklarning o‟zaro ta‟siri, ularning birligi, ra qobati va o qibat natijada birining o‟rnini ikkinchisi egalla shdir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini ta hlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini far qlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‟lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chi qadi. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqt ga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof -muhitga o‟zaro ta‟sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o‟rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub‟ektiv yangilikka qiziqis h uyg`otadi. Xususiy yangilik V.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviy lashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko‟zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma‟lum unsurlarning yig`indisi shartli ya ngilik hisoblanadi. Mahalliy yangilik konkret ob‟ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Sub‟ektiv yangilik ma‟lum ob‟ekt uchun ob‟ektning o‟zi yangi bo‟lishi bilan belgilanadi. Ilmiy yo‟nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlana di. Yangilik -bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta‟rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g`oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu p edagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo‟lib, o‟zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta‟lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg`or boshlanmalarini o‟zida aks ettiradi. R.N. Yusufbekova pedagogik yangilikka o ‟qitish va tarbiya berishda avval ma‟lum bo‟lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o‟zgarib turishi mumkin bo‟lgan mazmuni sifatida qaraydi. Pedagogik innovatsiyada R.N. Yusu fbekova innovatsion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi: