Ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsion yondoshuvlar
Ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsion yondoshuvlar Reja: 1. Ta’lim jarayonlarini tashkil etishga innovatsion yondashuvlar. 2. Ta’limda innovatsion yondashuvlarning asosiy kategoriyalari. 3. Ta’lim jarayonlarini tashkil etishda innovatsion yondashuvlarning o’ziga xos xususiyatl ari
Innovatsiya-yangilash. Bu har qanday sohaga tegishli: fan, tibbiyot, ta'lim. G'arbiy Yevropa mamlakatlarida "pedagogik innovatsiya" tushunchasi 50- yillarning oxiridan boshlab o'rganila boshlandi, Rossiyada jamoatchilik ularga 90- yillarning boshlarida qiziqish bildira boshladi. Zamonaviy ta'lim axborot jamiyati ehtiyojlariga javob bermaydi. Maktablarda asosiy kompetentsiyalar shakllanmaydi, ular o'quvchilarni o'rganishga va kashfiyotlar qilishga o'rgatmaydi. Tizim hamon ularni izlashga o’rgatishdan ko’ra, bilimlarni “o’tkazish”ga qaratilgan. Bu esa ta’limni isloh qilish, yangi tizimga o’tish, pedagogik innovatsiyalarni faol joriy etish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Pedagogik innovatsiya: mohiyati va maqsadlari. Pedagogik innovatsiyalar - bu maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan ta’lim sohasidagi yangiliklarni ishlab chiqish, joriy etish, sinovdan o’tkazish va baholash jarayoni. Ular orasida: ta'lim jarayoni vaqt o'tishi bilan o'zgaradi, mehnat bozori bo'lajak xodimlarga yangi talablarni qo'yadi va o'qitish o'zgartiriladi, yangi maqsadlarga moslashtiriladi, bunga erishish uchun yangi pedagogik usullar, uslublar va usullar zarur. Ta'limdagi innovatsiyalar quyidagi maqsadlarga erishishga yordam beradi: Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish; Talabalarning kognitiv faolligini faollashtirish; Ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish; O'quv materialining metodika va didaktika nuqtai nazaridan o'zgartirishlari. Pedagogik jarayonga faol joriy etilayotgan yangi yondashuvlar belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradi. Ular ta'lim muassasalarida ishning yangi uslub va uslublarini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Og’zaki-ko’rgazmali
1. Tadqiqiy. 2. Izlanuvchan. 3. Tizimli. 4. Funksional. 5. Kompleks. 6. Texnologik. 7. M uammoli-unsurli . 8. F aoliyatli yondashuvlar . 1. Og’zaki-ko’rgazmali yondashuv. U an’anaviy bo’lib, asosan o’qituvchining axborot berishi, o’quvchi-talabalarning bilimni qabul qilishi, to’plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. «Bilim» tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushuniladi. Bunday bilimlar, ularni qo’llay olish ko’nikmalari (imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga bergan javobiga qarab) orqali tekshirib ko’riladi. Bu tizimdagi bilimlar – asosan esda saqlab qolish natijasi, ko’pincha rasmiy ma’lumotdir, u ko’pincha yuzaki bo’lishi ham mumkin . Ular xotira tubida saqlangan bo’ladi yoki boshqa so’z bilan aytganda, faqat unga qaratilgan to’g’ridan-to’g’ri savol qo’yilganda esga olinadi. Qayta esga olish darajasidagi bilim uzoq vaqt xotirada saqlanmaydi. Talaba savol berilganda uni eslashi, ba’zan esa umuman eslay olmasligi ham mumkin. Og’zaki-ko’rgazmali yondashuv respublikamiz o’quv yurtlarida keng tarqalgan. Ma’lumot berish tizimida tayyor bilimlarni «o’qituvchi-talabalarga», ularning ehtiyoji va faollik darajasi bog’liq bo’lmagan holda, bevosita berishi mumkin bo’lgan imkoniyatdan kelib chiqadi. Demak, shunga ko’ra o’qituvchining asosiy vazifasi – zaruriy axborotni ma’lum qilishi va uni xotirada mustahkamlash ustida ishlashdir. V.Guzeyevning ta’kidlashicha, an’anaviy metodikaga xos bo’lgan xususiyat dastur talablarida ifodalanuvchi ta’lim maqsadlarini «o’zlashtirish» tushunchasi qobig’iga o’ralgan qandaydir noaniq tasavvur bilan tavsiflanadi. Bunda ta’lim
jarayonida ko’proq muvaffaqiyatga erishgan o’qituvchilarning ish tajribalarini umumlashtirish asosida ta’lim jarayonlari tashkil etiladi. Har bir aniq vaziyat uchun ilg’or o’qituvchi (pedagog)larning pedagogik faoliyati namunasi qidiriladi, ammo ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan bir qator olimlar va amaliyotchilar alohida metodikalarning davri o’tib ketganligi va har qanday ilg’or pedagoglar tajribalarini umumlashtirish tizimli va maqsadga yo’naltirilgan, samarali ta’limni qurish imkonini bermasligini jiddiy ta’kidlashmoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi bir qator ijobiy ishlar, fan-texnikaning jadal sur’atlar bilan o’sishi, bugungi kunda raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish darajasini yuqori tarzda ta’minlashga nisbatan jamiyat ehtiyojlari bilan o’qitish uslublari o’rtasida ziddiyatlar tug’ilishiga olib keladi. Shuning uchun ta’lim jarayonida boshqa yondashuvlarni ham qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi 2. Tadqiqiy-ijodiy yondashuv. Ta’limning maqsadi talabada biror muammoni yechish qobiliyatini o’stirish, yangi bilim va tajribani mustaqil ravishda o’zlashtirish, harakatning yangi zamonaviy usullarini topish va tashabbus ko’rsatishni nazarda tutadi. Tadqiqiy–ijodiy yondashuvda pedagog talabaning o’quv faoliyatiga rag’batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, shaxsiy tashabbusini qo’llab-quvvatlab, u bilan hamkorlik qiladi hamda uning fikr va qiziqishlarini doimo nazarda tutadi. Pedagogning talaba shaxsiga bo’lgan munosabati, ularga muhabbati va jon koyitishi, yuksak ishonchi, o’zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo’lishi, tahsil olish jarayonida talabalarni to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan voz kechish va aksincha, ijobiy rag’batlantirishning ustunligi tufayli ko’zlangan maqsadga erishish, talabalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo’lish, ularni bartaraf etishning eng samarali yo’larini qo’llashda namoyon bo’ladi. Ushbu yondashuv bo’yicha pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan. Tadqiqiy-ijodiy yondashuvning ta’lim tizimida o’z o’rni bor va u o’z joyida qo’llanishi lozim. 3. Izlanuvchan yondashuv. Bu yondashuvdagi maqsad talabalarda
muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani mustaqil o’zlashtirish, ta’sir etishning yangi yo’llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir. Izlanuvchan ta’lim andozasida ta’lim mazmuni tabiat va jamiyat bilan uzviy o’zaro ta’sirdagi shaxsni tadqiqotchilik yo’liga boshlash, uning jadal ijodiy faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga pedagog ta’lim oluvchilar o’quv faoliyatini boshqarishda demokratik, rag’batlantiruvchi yo’l tutadi, ularning shaxsiy tugallanmagan tajribani mustaqil o’zlashtirish, xatti-harakati, harakatning yangi yo’llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy ma’no kasb etishini rivojlantirish yo’lini tutadi. Izlanuvchan ta’lim andozasining ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o’zaro ta’siri shaxsni tadqiqotchilik yo’liga boshlashi uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan bog’liq. Pedagog ta’lim oluvchilar o’quv faoliyatini boshqarishda ijodiy yo’l tutadi, talabalarning o’quv faoliyatining operativ-texnik jihatlarini o’zlashtirishga qadar uning ahamiyati va rag’batlarini birinchi o’ringa olib chiqadi. Bugungi kunga qadar o’qitishda izlanuvchan yondashuvni o’z ichiga oluvchi pedagogik texnologiya ko’rinishlari ishlab chiqilgan. Tizimli yondashuv – ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo’nalishi sifatida universal tavsifga ega, u pedagogikada keng qo’llanadi. «Tizimli yondashuv» tushunchasi ko’pincha «tizimli metod», «tizimli tahlil usuli» tushunchalari bilan uzviy bog’liq holda anglanadi. Chunki tizimli tahlil usullari ham obyektni yaxlit tizim sifatida o’rganishni nazarda tutadi. Tizimli yond a shuv tuzilish vazifasiga ko’ra bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning obyekti yaxlit narsa yoki hodisa hisoblanadi, u obyektning turli qismlarini, qismlarning o’zaro uzviyligini, tizimning chegaralarini va tizimning atrof-muhit bilan bog’liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi. Bu tizimda bir qancha qoida va prinsiplar majmuidan foydalaniladiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.