Mikroorganizmlarning o‘zaro munosabatlari va ularni tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati
Mikroorganizmlarning o‘zaro munosabatlari va ularni tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati Reja: 1. Mikroorganizmlar va tuproq biologik singdirish kompleksi. 2. Mikroorganizmlar tarqalishiga ekologik geografik omillarning ta’siri. 3. Almashlab ekish va tuproq unumdorligi 4. Dehqonchilikda biologik azot 5. Chirindi to‘planishi va tuproq strukturasini yaratish 6. Tuproqni o‘g‘itlaydigan mikropriparatlar va ularning samaradorligi.
Tuproqning yutuvchi kompleksi va almashinadigan kationlarning tarkibi ham tuproqning havo, suv va oziq rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, tamomila tabiiyki, yutuvchi kompleksning miqdori tuproq mikrobiologik aktivligini ham ko‘p darajada belgilaydigan bo‘ladi. Mikroorganizmlar tuproq zarrachalarining yuzasida rivojlangani bilan, ular tanasini tuzish uchun kerakli oziq moddalarni oladigan tuproq eritmasining tarkibi o‘sha organizmlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Almashinadigan kationlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki tuproq strukturasi ularning xarakteriga ko‘p darajada bog‘liq. Tuproqda kalsiy bilan magniy ko‘p bo‘lsa, unda kolloid komplekslar bilan mustahkamlangan struktura agregatlari osonlik bilan yuzaga keladi. Bordi-yu, tuprokda kaliy, natriiy va ammiak ko‘p bo‘lsa, uning mikrostrukturasi juda maydalashib ketadi. Undagi organik modda mikroorganizmlar ta’sirida parchalanishiga ancha qulay bo‘lib qoladi va ular tomonidan minerallarga oson aylantiriladi. Yerga tuprokning yutuvchi kompleksiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan har xil o‘g‘itlar solinganda, ular tuproqning mikrobiologik aktivligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish kerak. Masalan, mikroorganizmlarga uncha qulay kelmaydigan kalsiy gumatlar hosil bo‘lishi tufayli, almashinadigan kalsiy chirindi moddalarning parchalanishini sekinlashtiradi. Biroq bu kalsiy qoldiqlaridagi organik moddaning parchalanishiga boshacha ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq organik moddasiga qarshi o‘laroq, o‘simlik qoldiqlari kalsiy ishtirokida shuning uchun tez parchalanadiki, eritmadagi rN mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay darajada saqlanib turadi. Bundan, tuprok strukturasi va yutilgan asoslar tarkibi muhim ahamiyatga ega, chunki ular mikroorganizmlar joylashagan zonalarda rN ning siljish darajasinigina emas, balki tuproq eritmasida ular uchun zararli bo‘lgan alyuminiy, marganes va temir ionlarining paydo bo‘lishini ham belgilab beradi, degan xulosa kelib chiqadi. Mana shularning hammasi mikroorganizmlar tuprokning yutuvchi kompleksiga bog‘liq ekanligini va qishloq xo‘jaligidagi mavjud sharoitda, xususan yerga har xil mineral va organik o‘g‘itlar solishda yutuvchi kompleks uning tarkibini hamda yutish sig‘imini hisobga olish kerakligini ko‘rsatadi. Mikroorganizmlarning hayot faoliyati tevarak-atrof muhiti
bilan chambarchas bog‘langan, shunga ko‘ra, biror xil tuprokdagi ekologik vaziyat tuproq mikroorganizmlari biror formasining rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim tuproqlarda uchraydigan mikroorganizmlarning sonidagina emas, balki hatto bir tur doirasida ham sifat tarkibi jihatdan farqlar bo‘lishini Ye. N. Mishustinning batafsil tekshirishlari ko‘rsatib berdi. Mikroorganizmlarning tuproq – iqlim sharoitiga moslashuvi bir qancha morfologik, kultural va fiziologik xossalari bilan bir-biridan farq qiladigan geografik gruppachalarning hosil bo‘lishiga olib keldi. Ye.N. Mishustin tuproqda keng tarqalgan mikroorganizm Bac. mycoides ning ekologik gruppachalarini tekshirar ekan, shu mikroorganizmning tegishli formalari bilan tupro tipi o‘rtasida qonuniy bog‘lanish bo‘lishini aniqladi. Keng tarqalgan tuproq bakteriyalari gruppachalarining muayyan tuproq tiplariga moslashuvidan tashqari, tuproq mikroorganizmlarining butun-butunguruhlari ham o‘sha tuproq tiplariga moslashganligi kuzatiladi. Masalan, spora hosil qiluvchi bakteriyalar guruhida shu jihatdan katta farqlar bor. Tuproqning 1 g organik moddasiga to‘g‘ri keladigan basillalar soni har xil tupro tiplarida juda o‘zgarishi va shimol tuproqlaridan janub tuproqlariga o‘tilgan sayin tobora ko‘payib borishi yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdi. Ekologik sharoit spora hosil qiluvchi bakteriyalarning tarkibigagina ta’sir ko‘rsatib qolmay, balki spora hosil qilmaydigan bakteriyalar bilan zamburug‘larning dominant (ustun) formalariga ham ta’sir qiladi. Chunonchi, sellyulozani parchalaydigan mikroorganizmlarda mikroblar quyidagicha almashinadi. Ye. N. Mishustin ma’lumotlariga ko‘ra, tundra tuproqlarida sellyulozani parchalaydigan zamburug‘larning sekin o‘sadigan formalari ustun turadi. Bularga muhit sharoitiga kam talabchan bo‘lgan zamburug‘ Dematium ni, shuningdek takomillashmagan va piknidiyali zamburug‘larning ba’zi formalarini kiritish mumkin. Podzol tuproqli zonalarning, asosan, o‘tloq va o‘zlashtirilgan yerlarning tuprog‘ida Myxococcus, Polyangium avlodida kiradigan miksobakteriyalar ustun holda rivojlanadi, lekin ularda rejim ancha qulay bo‘lganda Cytophaga ham uchraydi.
Cho‘l zonasidagi tuproqlarda Cytophaga va Cellvibrio tipidagi miksobakteriyalar zo‘r berib rivojlanadi. Tuproqning asosiy ishlab chiqarish uchun muhim xossasi uning unumdorligi hisoblanadi. Unumdrlik bu tuproqning barcha xossalarining yig‘indisi (to‘plami) bilan juda yaqin bog‘liqlikda bo‘ladi. Tuproq unumdorligi nafaqat tuproqning tabiiy xossalariga, balki ishlab chiqarish munosabatlari harakteridan kelib chiqadigan tuproqni ekspulatasiya qilish tadbirlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Tuproqdan to‘g‘ri foydalanish unumdorlikni pasaytirmaydi, balki, aksincha, oshiradi. Hosilni yuqori darajasini ta’minlaydigan samarali uslublardan biri to‘g‘ri almashlab ekishni aniqlash va ishlab chiqarishga joriy qilish hisoblanadi. Buning yorqin isboti bo‘lib D.N.Pryanishnikov tomonidan chim-podzol tuproqlarda Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasida qo‘ygan tajribasi xizmat qiladi. Ushbu jadvalda 50 yillik o‘rtacha hosildorlik keltirilgan. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki almashlab ekishda monokulturaga nisbatan hosildorlik ancha yuqori bo‘ladi. Lekin, barcha holatlarda o‘g‘itlar hosildorlikni ishnarli oshirdi. To‘liq organik o‘g‘it, ya’ni go‘ng ko‘proq samarli bo‘ldi. Shunga o‘xshash ma’lumotlar Xarkov tajriba stansiyasining qora tuproqlarida o‘tkazilgan ko‘p yillik tajribalarda ham olingan. Dehqonlar ekinlarni almashinishini to‘lig‘icha baholadi. Shuning uchun «Dondan keyin don eksang – yanchimaysan, sovurmaysan (shopurmaysan)» degan ibora ishlatilmaydi. To‘g‘ri ayrim ekinlar makkajo‘xori va kartoshka boshqa ekinlarga nisbatan monokulturaga kam sezgir bo‘ladi. Hosildorlikni faqat mineral o‘g‘itlar ыщ llash hisobiga oshirish o‘zini oqlamadi. Nemis olimi Yustus Lebixning mashhur ishlaridan keyin Germaniyada 19-asrning o‘rtalarida mineral o‘g‘itlar keng ishlatila boshladi, lekin almashlab ekish to‘g‘risida o‘ylamay quydi. Oldin hosildorlik keskin ortdi, lekin tezda ixlosi qaytdi, chunki o‘g‘it meyori ortishi bilan hosildorlik ortmadi, yoki hatto pasaydi. Moskva universiteti professori Ya.A.Linkovskiyning ogohlantirishi o‘zini oqladi. U unumdorlik masalalarini yechishda nafaqat o‘simliklarni mineral oziqlanishini, balki, boshqa faktorlarni, jumladan almashlab ekishni ham hisobga olishga chaqirdi.
Boshida madaniy almashlab ekishlarning foydasi aniqlangan bo‘lsada tuproqni oriqlatadigan uch dalali almashlab ekish joriy qilindi. Keyinchalik uch dalali almashlab ekish o‘rniga o‘t dalali va meva almashinish tizimlari keldi. O‘t dalali almashlab ekishda o‘tlar 30-40 % maydonni, meva almashinishda 20-25 % maydonni egallaydi. Oldin almashlab ekishga tuproq unumdorligini tiklaydigan dala (qora shudgor, o‘t, siderat) kiritishga harakat qilinardi. Intensiv (jadal) dehqonchilikda tuproq unumdorligini ushlab turish yoki oshirish almashlab ekishning barcha dalalarida agrpotexnik tadbirlar tizimi bilan ekinlarni almashtirish, ishlov beri shva tuproqni o‘g‘itlash va hakozolar bilan amalga oshiriladi. O‘tmishdosh ekin keyingi ekinlarga qanday qilib ta’sir qiladi va bunda mikrobiologik faktorga qanday rol tegishli bo‘ladi. Bu yerda biz kompleks xodisalarni uchratishimiz, o‘simliklar tomonidan u yoki bu elementlarni tanlab o‘zlashtirilishi, tuproqning kimyoviy va fizik xossalarini o‘zgarishi va hakozolar. Ayrim щ simliklar, masalan qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar ostida tuproq oriqlaydi va uning strukturasi yomonlashadi. Umumiy zararkunanda va mikrobiologik kasalliklarga ega bo‘lgan o‘simliklarni ketma-ket ekish tavsiya etilmaydi. Masalan, kuzgi bug‘doydan keyin tuproqda donli ekinlarning ildiz chirish kasalligin keltirib chiqaruvchi qor mug‘ori k o‘payadi boshqa holatlari ham mavjud. Bu yerda kimyoviy harakterga ega bo‘lgan momentlar ham bor, u o‘simliklarning allelopatik ta’siri deb ataladigan narsani keltirib chiqaradi. «Allelopatiya» termini o‘z vaqtida nemis olimi G.Molish tomonidan bir o‘simlikni boshqasiga kimyoviy ta’sirini aniqlash uchun taklif etilgan ko‘pchilik yopiq urug‘li u yoki bu toksik moddalarni, jumladan alkaloidlarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega. Bu birikmalar o‘simlik tuqimalarida akkumulyasiyalanadi va qisman tuproqqa ajralib chiqadi. T.Suzynning gipotezasi mavjudki, unga ko‘ra Yerni ommoviy qamrab olgan Dinozavrlar Alkoloidlarga boy bo‘lgan yopiq urug‘li o‘simliklarni toksik bo‘lmagan ochiq urug‘li o‘simliklarni almashtirgandan keyin mavjud bo‘lib ketdilar. Dinozavrlar ko‘p miqdorda o‘simlik massasini yeb yangi o‘simlik ovqatidan zaharlandi. Bu nazariya baxs munozarali, lekin yuksak o‘simliklarni o‘zi