TIL VA MADANIYATNING O‘ZARO ALOQASI
TIL VA MADANIYATNING O‘ZARO ALOQASI Reja: 1. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi 2. Olamning lisoniy manzarasi 3. “Geshtalt” tushunchasi
1. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi . Til ham madaniyat, ham tabiat hodisasi sifatida mavjud. Shubhasiz, til madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, insoniyatning ijtimoiy tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri sanaladi. Lekin boshqa tomondan tilning materiyasida insonning biologik tabiati namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda ko‘p narsa nutqiy faoliyatning fiziologik va psixofiziologik imkoniyatlari bilan aniqlangan. Masalan, dunyoning barcha tillarida unli va undoshlar hamda ko‘plab tovushlar almashinuvi zanjirining mavjudligi madaniyat bilan emas, tabiat bilan bog‘liqdir. Binobarin, inson faqat unlilar yoki undoshlarning o‘zi bilan nutq hosil qila olmaydi. Tabiat til strukturasining teran xususiyatlarini hamda matnni hosil qilish va uni qabul qilish qonuniyatlarini aniqlaydi. Madaniyat esa tilning mazmun jihatini aniqlaydi 1 . Insonning nutqiy faoliyati tug‘mami yoki keyin shakllanganmi? degan savol haligacha munozarali bo‘lib qolmoqda. Insonning nutq imkoniyatini psixofiziologik mexanizm bilan ta’minlaydigan tug‘ma lisoniy qobiliyatga egaligini barcha e’tirof etgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, bu inson miya qobiliyatining dastlabki ontogenez yillaridagi birinchidan, muayyan til belgilari tizimini, ikkinchidan, matn tuzishda kerakli belgilarni tanlash qoidalarini o‘zlashtirishini ifodalaydi. Lisoniy qobiliyatni amalga oshirish atrofdagi muayyan til eagalari bilan muloqot qilish jarayonida yuz beradi. N. Xomskiyning ta’limotiga ko‘ra, lisoniy qobiliyatning tug‘ma komponenti juda sermazmun bo‘ladi, shuning uchun ontogenezda til o‘rganish “noldan” boshlanmaydi. Lisoniy qobiliyat ayrim tug‘ma va universal bilimlarni o‘z ichiga oladi, inson ular yordamida jumlalar hosil qiladi va tushunadi. Shunday qilib, N.Xomskiy til strukturasi va semantikaning botiniy xususiyatlarini tabiiy-genetik asosga tutashtiradi 2 . “Til va madaniyat” masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, unga madaniyat tarixchisi, tilshunos, faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunos turlicha yondashadi. Biroq masalaning tilshunoslikka oid tomoni ikki jihatlidir, chunki til va madaniyat 1 Мечковская Н. Б. Социальная лингвистика. I. 2 изд. - М., 2000. 2 Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса. – М . 1972. - С.259; Язык и мышление. - М.,1972. – С.122.
o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ikkita savol tug‘iladi: 1) turli madaniy jarayonlar tilga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 2) madaniyatga til qanday ta’sir qiladi? Mashhur rus tilshunosi G.O.Vinokurning “tilni o‘rganayotgan har qanday tilshunos, albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo‘lgan o‘sha madaniyatning tadqiqotchisiga aylanadi” 3 degan tezisi tilshunoslikning shakllanishidan boshlab tasdiqlanib kelmoqda. I.Gerderning 1770-yilda yozilgan “Tilning kelib chiqishi haqida talqin” asarida inson faoliyatidagi to‘rt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh bir-biri bilan bog‘lagan. Til o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning madaniyat bilan organik bog‘liqligi uni milliy ruhning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi 4 . Til va madaniyatning o‘zaro munosabati V. fon Gumboldtning ta’limotida (1985) batafsil yoritilgan: 1) moddiy va ma’naviy madaniyat tilda mujassamlashadi. 2) har qanday madaniyat milliydir, uning milliy xarakteri tilda dunyoni o‘ziga xos ko‘rish vositasi bilan ifodalanadi. 3) tilga har bir xalq uchun o‘ziga xos bo‘lgan ichki shakl xosdir, tilning ichki shakli – “xalq ruhi” va uning madaniyatining ifodasi. 4) til inson va uning o‘rab olgan dunyo orasidagi halqa hisoblanad: V. fon Gumboldtning qarashlari A. Potebnyaning “Tafakkur va til”, Sh. Balli, J. Vandriyez, I.A. Boduen de Kurtene, R.O.Yakobson va boshqa tadqiqotchilarning asarlarida o‘ziga xos talqin qilingan. Tilshunoslarning hech biri “til va madaniyat” masalalari bilan amerikalik mashhur tilshunos va madaniyatshunos Edvard Sepirchalik (1884-1939) ko‘p va samarali shug‘ullanmagan deyish mumkin. E.Sepirning “Tilshunoslik va madaniyatshunoslik bo‘yicha tanlangan asarlari” ( “ Избранные труды по языкознанию и культурологии” M., 1993)da “til va madaniyat” masalalariga doir qator savollar quyidagicha yoritilgan. 3 Винокур Г. О. Избранные работы по русскому языку. –М., 1959. –C. 211. 4 Гердер И. Г. Идеи и философия истории человечества. –М., 1977. –C. 233.
Madaniyat nima? E.Sepirning fikricha, madaniyat – turmush tarzimizni tavsiflovchi, ijtimoiy meros qilib olingan amaliy malakalar va g‘oyalar majmuyi (185-bet). E.Sepirning boshqa bir talqiniga ko‘ra, madaniyat – jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan qadriyatlarning tanlab olinishi (193-bet). Madaniyat xatti- harakatlar bilan qiyoslanadi (207-bet). Til oldin paydo bo‘lganmi yoki madaniyat? E.Sepir til madaniyatdan oldin paydo bo‘lgan, chunki til madaniyatga nisbatan ma’no ifodalovchi vosita sanaladi, deb hisoblagan (42-bet). Til milliy madaniyat mavjudligi va uning ifodalanishining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq E.Sepirga ko‘ra, til ijtimoiy va madaniy rivojlanish mahsulidir. Til madaniyatning ijtimoiylashgan qismidir (265- bet). Til va madaniyatning mushtarakligi nimada? Birinchidan, nutq ham madaniyat ham konseptual tanlab olishni talab qiladi (60-bet). Ikkinchidan, tillar ham, madaniyatlar ham kamdan kam holatlarda o‘z-o‘zicha yetarli bo‘ladi (173- bet). Bu ikki hodisaning farqini E.Sepir shunday izohlagan: “Jamiyatning nima qilishi va nimani o‘ylashiga qarab madaniyatni, qanday o‘ylashiga qarab esa tilni aniqlash mumkin” (193-bet). Til va madaniyat qanday o‘zaro ta’sir qiladi? Til madaniyatga nisbatan madaniyatni to‘plash va uni meros qilish kumulyativ (lot. cumulatio - to‘plash, yig‘ish, jamg‘arish) xususiyatiga ega bo‘ladi. Chunonchi, kumulyativlik ham oddiy, ham rivojlangan tillar va madaniyatlarning xususiyatidir (233-bet). E.Sepirning fikricha, madaniyatni saqlanib qolishining asosiy shakllaridan biri “maqollar, standartlashgan duolar, qarg‘ishlar, xalq rivoyatlari, nasl-nasab shajarasi” hisoblanadi. Tildagi farqliliklar madaniyat farqliliklarini ko‘rsatadi (245-bet) 5 . Til va madaniyat 1) kommunikativ jarayonlarda; 2) ontogenez (inson lisoniy qobiliyatlarining shakllanishi)da; 3) filogenez (insonning irsiy va ijtimoiy shakllanishi)da o‘zaro aloqada bo‘ladi. 5 Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологии. –М., 1993.
Ushbu ikki mohiyat 1) tilda ommaviy adresat (so‘zlovchi murojaat qilgan kishi)ni belgilash hodisasi, madaniyatda saralanganlik qadrlanadi; 2) madaniyat (tilga o‘xshash) belgilar tizimi bo‘lsa-da, u o‘zicha tashkil bo‘la olmaydi; 3) til va madaniyat turli semiotik tizimlardir 6 . “Til va madaniyat” masalasi favqulodda murakkab va ko‘p qirrali bo‘lgani uchun mazkur masalaga turlicha yondashiladi: Birinchi yondashuv rus faylasuflari S.A.Atanovskiy, G. A. Brutyan, Ye. I. Kukushkin, E. S. Markaryanlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy mazmuni quyidagicha: til va madaniyatning o‘zaro aloqasi bir tomonga bo‘lgan harakatdir; til borliqni aks ettiradi, madaniyat esa bu borliqning ajralmas qismidir, til madaniyatning in'ikosidir. Ikkinchi yondashuv E. Sepir va B.Uorf maktabining qarashlarida o‘z aksini topgan. Mazkur gipotezaning asosida insonlar olamni o‘z ona tillari vositasida turlicha ko‘rishadi. Tilda aks ettirilgan olamgina mavjud. Modomiki, har bir til borliqni o‘ziga xos usullar bilan aks ettirar ekan, unda tillar bir-biridan o‘zining “olamning lisoniy manzarasi”ga ko‘ra farqlanadi. E. Sepir va B.Uorfning gipotezasida quyidagi asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so‘zlashuvchi xalqning tafakkur usuli bilan bog‘liqdir. 2. Olamni bilish usuli subyektlarning qanday tillarda fikrlashiga bog‘liqdir 7 . Uchinchi yondashuvga ko‘ra, til madaniyatning dalilidir: 1) til – biz ajdodlarimizdan meros qilib olgan madaniyatning tarkibiy qismi; 2) til – madaniyatni o‘zlashtirishning asosiy vositasi; 3) til – barcha madaniy hodisalarning eng muhimi. Xullas, til madaniyatning tarkibiy qismi va uning vositasidir. U ruhimizning borlig‘i, madaniyatimizning ko‘rinishidir; u milliy mentallikning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Til inson oldida tafakkur sohasini ochgan mexanizmdir (N.I.Jinkin). 6 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001. –С.60. 7 Уорф Б. Л. Отношение норм поведения и мышления к языку // Новое в зарубежной лингвистике. –М., 1960. –Вып. 1. –С. 174.