logo

METAFORA – MADANIYATNING KO‘RSATKICHI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

37.5966796875 KB
METAFORA – MADANIYATNING KO‘RSATKICHI
Reja:
1. Metafora tildagi universal hodisa
2. Evfemizm va disfemizm 1.   Metafora   tildagi     universal   hodisa.   Xizmat   taqozosi   bilan   xorijiy
davlatlarda   bir   muddat   bo‘lib   qaytganimdan   keyin   do‘stlarim   va   yaqinlarim
ko‘pincha: “U yoqlarda ob-havo qanaqa ekan?” deb so‘rashadi. “Havosi juda dim,
namli”   deyman.   Bu   o‘ta   jo‘n   javob   bo‘ladi   va   suhbatdoshlarimning   men   his
qilganlarni   menday   his   qilmaganliklarini   payqayman.   Shunda:   “Kiyiming
badaningga yopishib qoladi. Pardozlaring oqib ketadi. Baliqday nafas olasan” deb
ma’joziy,   metaforik   tushuntirishga   harakat   qilaman.   Ana   shunda   ularning   yuz-
ko‘zlarida   o‘zlari   bo‘lmagan   mamlakatning   ob-havosi   haqida   o‘zlari   bo‘lgandek
tasavvur hosil bo‘lganini ko‘raman.   
Zero,   Gegel:   “o‘z   ma’nosida   qo‘llaniladigan   so‘z   o‘z-o‘zidan   tushunarli
ifodadir, metafora esa boshqacha ifodadir” 1
, – deb yozgan edi. Qator adabiyotlarda
metaforaning yashirin o‘xshatish  ekanligi  qayd qilinadi 2
. Binobarin, Aristotelning
fikricha,   o‘xshatish   ham   metaforadir,   chunki   ular   o‘rtasida   arzimagan   farqlar
mavjud,  xolos.   Masalan,   u  sherday  tashlandi   ifodasida  o‘xshatish   bor,  agar  ifoda
sher tashlandi  tarzida o‘zgartirilsa, metafora yuzaga keladi 3
. 
Metaforalarning   mazmun   jihati,   shuningdek,   ularga   biriktirilgan   madaniy
konnotatsiyalar   kognitiv   bilishning   manbasiga   aylanib   bormoqda.   Shuning   uchun
ham   obrazli-motivlashgan   so‘zlar   (metaforalar)   madaniy   belgilarning
ko‘rsatkichiga   aylanadi.   Lingvokulturologiyani   metaforalarning   aynan   mana   shu
jihati qiziqtiradi.  
Kognitiv   tilshunoslikning   taniqli   vakili   J.Lakoff   hamda   mashhur   faylasuf
M.Jonson metaforalarni shunday izohlashadi: “Metaforalar nafaqat kundalik hayot,
nafaqat   til,   balki   tafakkur   va   faoliyatimizga   ham   kirib   boradi.   Bizning   kundalik
tushunchaviy   tizimimiz   ham   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   metaforikdir” 4
.     J.Lakoff   va
M.Jonson   tadqiqotida   tahlil   etilgan   vaqt   bu   –   pul ,   vaqt   bu   –   cheklangan   zaxira ,
1  Гегель. –М., 1969. –С. 115.   
2  Арнольд И. Стилистика современного английского языка. –Л.: Просвещение, 1973. –С. 146; 
Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. –Т . : Маънавият, 
2013. –Б. 9.
3  Аристотель. Риторика / Античные риторики. –М.: МГУ, 1978. –С. 134. 
4  Лакофф Дж., Джонсон М. Метафоры, которыми мы живем (перевод Н.В. Перцова) // Теория 
метафоры. –М., 1990. –С. 387-416.  vaqt   bu   –   qimmatbaho   buyum   kognitiv   metaforalari   o‘zbek   tilida   so‘zlashuvchi
nutq egalari tezaurusida ham mavjudligi (Masalan:  Bu ishga ko‘p vaqt   sarfladim ;
Vaqtim   tugay   deyapti;   Behuda   ishlar   vaqtni   o‘g‘irlaydi )   bir   qator   kognitiv
metaforalarning kognitiv-semantik universaliya ekanligidan dalolat beradi 5
.
Tadqiqotlarda   metaforalar   ongning   universaliyalari   sifatida   belgilangan.
Zamonaviy   psixologlar   dunyoni   metaforalar   asosida   ko‘rishni   insonning   genezisi
va   madaniyati   bilan   bog‘lashga   harakat   qilishadi.   Bobo   tilning   metaforik
xususiyatga   ega   bo‘lgani,   protokommunikatsiyaning   esa   metaforalar   darajasida
amalga oshirilgani haqida taxmin qilinadi.    
Metafora   tildagi   universal   hodisa   bo‘lib,   u   barcha   tilga   xosdir.   Uning
universalligi   makonda   va   zamonda,   til   strukturasida   hamda   uning   vazifalarida
namoyon bo‘ladi. Metafora o‘zida fundamental madaniy qadriyatlarni aks ettiradi,
zero, u milliy-madaniy dunyoqarashga asoslangandir 6
.  
“Metafora   hosila   ma’no   yuzaga   kelishi   hodisalarining   faoli   hisoblanadi.   U
tilshunoslikda qayd etilishicha, hosila ma’no yuzaga kelishining hosil  qiluvchi  va
hosila   ma’no   referentlari   o‘zaro   o‘xshash   kelishiga   asoslanadi” 7
.   Prof.
M.Mirtojiyevning qayd qilishicha, buni differensial-semantik metod bo‘yicha tahlil
etib   ko‘rilganda   yaqqol   tasavvur   etish   mumkin.   Masalan,   ulamoq   fe’li   “uchlarini
biriktirib   bog‘lamoq”   leksik   ma’nosi   –   sememasiga   ega.   U   yana   “uchiga   qo‘shib
uzaytirmoq”   hosila   ma’no   –   sememani   orttirgan.   Ular   bildirgan   harakat   o‘rtasida
o‘xshashlik bor. Ya’ni hosila ma’no yuzaga kelishi metafora hisoblanadi 8
.  
Ba’zi   mutaxassislarning   fikricha,   “metafora   –   o‘xshatishning   qisqargan
shakli”.   Prof.   M.Mirtojiyevning   yozishicha,   “bu   fikr   ham   o‘rni   bilan   to‘g‘ri”dir.
“Masalan,  o‘zbek tilida tokni zararlaydigan oidium kasalligini  kul  so‘zining hosila
ma’nosi   ifodalaydi.   Uni   “kulga   o‘xshash   kasallik”   o‘xshatish   qurilmasining
5  Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. –Тошкент: Фан, 2013. –Б. 49. 
6   Маслова   В.   А.   Лингвокультурология:     Учеб.   пособие   для   студ.   высш.   учеб,   заведений.   –М.:
Издательский центр «Академия», 2001.  –С.88, 91. 
7  Baldinger K. Die Senasiologie. –Berlin: Akademie Verlag, 1957. –S. 87; Арнольд И.В. Лексикология
современного английского языка. –С. 70; Ҳожиев А. Семасиология // Ўзбек тили лексикологияси.
–Тошкент: Фан, 1981. –Б. 221 ва бошқа манбалар. 
8  Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.95.  qisqargan shakli deyish juda to‘g‘ri bo‘ladi. Bu o‘rinda o‘xshatish subyekti tushib
qolib,  o‘xshatish  qurilmasining  faqat   kul   etaloni   butun  ma’nosini   o‘zida   saqlagan
va   o‘xshatishning   qisqargan   shakli   –   metafora   yuzaga   kelgan.   Ya’ni   buni
metaforaning ayrim ko‘rinishi sifatida ko‘rsatish mumkin” 9
.
Lingvomadaniy   birliklarni   qiyoslashda   yoki   ularni   bir   tildan   ikkinchi   tilga
tarjima qilishda o‘sha davr madaniyati, xususan, xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos
xususiyatlarini   e’tiborga   olish   lozim.   Masalan,   “Shekspirning   “Qirol   Lir”
pyesasida  Lirga o‘zini  afgor  Tom  deb tanishtirgan Edgan  unga “o‘tmish  tarixi”ni
hikoya   qilib   berar   ekan,   uning   nutqida   qo‘llanilgan   muqoyasaviy   birliklar   rus   va
o‘zbek   tillariga   shu   tillarda   mavjud   bo‘lgan   muvofiq   lisoniy   vositalar   yordamida
adekvat   o‘girilgan:   …hog   in   sloth,   fox   in   stealth,   wolf   in   greediness,   dog   in
madness,   lion   in   pray   –   KL,   105   //   ...был   я   свиньёй   по   лености,   лисой   по
хитрости, волком по жадности, псом по ярости, львом по хищности    – КЛ,
539  //  ...yalqovlikda cho‘chqa, makkorlikda kal, so‘qtoylikda bo‘ri, badjahllikda it,
vahshiylikda arslon edim   – QL, 429. Birliklar tarkiblarida jonivorlarning uch tilda
ham   bir   xil   xulq-atvorni   jonlantira   olishlari   ularni   moddiy   jihatdan   aniq   tarjima
qilish,   aniqrog‘i,   ularni   tayyor   ekvivalentlari   bilan   almashtirish   imkoniyatini
bergan. O‘zbekcha tarjimada makkorlik an’anaviy “tulki” emas, balki “kal” obrazi
orqali jonlantirilgan ekan, ushbu holatda asliyatning davr xususiyati to‘g‘ri yaratib
berilgan. Hozirgi paytda makkorlik va mug‘ombirlikning tulki fe’l-atvoriga badiiy
muqoyasa   etilishi   an’anaviy   tus   olgan   bo‘lsa-da,   o‘tmish     o‘zbek   adabiyotida,
xususan,   xalq   og‘zaki   ijodiyotida   bu   xulq   “kal   kirdikorlari”ga   muqoyasa   etilar
edi” 10
.
Metaforalar shirinsuxanlik tasvirini yaratish vositasi vazifasini ham bajaradi.
Masalan,   o‘zbek   lingvomadaniyatida   shirinsuxanlik ni   ifodalash   uchun
“ qo‘zichog‘im ” ,   “ bo‘talo g‘im”,   “asalim”,   “ chirog‘im ” ,   “ oppog‘im ” ,   “jonginam”,
“do‘mbog‘im”,   turk   lingvomadaniyatida   “ şekerim ”,   “bitanem”,   “ kuzum ”,
“yavrum”,   “hayatim”,   “ruhum”,     rus   lingvomadaniyatida   “ голубчик ”,   “котик”,
9   Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.95. 
10  Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. Дарслик. –Тошкент: Фан, 2005. –Б. 214-215. “ зайка ”,   “золотой”   ingliz   lingvomadaniyatida     “baby”,   “honey”,   “dove”,   “ frog ” ,
“sweet heart”  kabi  hissiy-ta’sirchan so‘zlardan keng foydalaniladi.
N.D.Arutyunovaning qayd qilishicha, metaforada yolg‘on va haqiqat o‘zaro
birlashadi...   Metafora   nafaqat   qisqargan   o‘xshatish,   shu   bilan   birga,   qisqargan
qarama-qarshilik hamdir 11
. 
Metaforalarni ham xuddi o‘xshatishlar singari turg‘un va individual-muallif
metaforalariga ajratish mumkin.  Turg‘un metaforalarga  dunyo  –  bu – teatr ,   dunyo
–  bu – kitob ,  sevgi – bu – olov ,  vaqt bu – pul  va h.k. misol bo‘ladi. 
Individual-muallif   metaforalariga   N.Eshonqulning   “Tun   panjaralari”   nomli
qissasidan   olingan   quyidagi   mikromatndagi   metaforalarni   misol   qilib   ko‘rsatish
mumkin:   “...Sen   nega   meni   bu   xilvatga,   bu   zulmatgan   tashlab   ketding?   Nega
qalbimdagi   imon   chiroqlarini   o‘chirding?   Axir   sendan   buni   kutmagandim-ku?
Mana shu kichkina ko‘rimsiz yuragimda  muhabbatning kemalari  suzib yurardi-ku?
Sen   nega   meni   yolg‘izlikning   yirtqich   quzg‘unlariga   tashlab   ketding?   Nega   meni
umidsizlikning oq ayiqlariga  yem qilib tashlab ketding?” 12
. 
Umuman,   metaforalarni   yaratish   mexanizmi   quyidagicha   bo‘ladi:   turli
mantiqiy sinflar orasidan umumiy xususiyatlar va belgilar asosida tenglashtirilgan
ikki   xil   predmet   tanlab   olinadi.   Masalan,   bosh   –   “tananing   bo‘yindan   yuqorigi,
oldingi qismi”; boshdagi yuqori, oldingi qismlik xususiyati “sabzavotning yumaloq
o‘rami”   hosila   ma’noga   ko‘chirilishi   mumkin.   Masalan,   o‘zbek   tilida:   bir   bosh
piyoz ; turk tilida:  bir baş soğan .  
Metaforalar   ma’lum   “vaqt   o‘tishi   bilan   o‘zining   estetik   qimmatini,
yangiligini yo‘qotishi mumkin”. Masalan,  stolning oyog‘i ,  shishaning og‘zi  va h.k.
Bunday   holatlarda   mazkur   metaforalar   obrazlilik   yaratish   vositasi   sifatida
iste’moldan chiqadi. Umuman, metaforalar tez eskirib, o‘rniga yangisi kelib turishi
bilan tavsiflanadi.  
2.   Evfemizm   va   disfemizm.   Turli   xalqlarning   ruhiyati   ularning   tilidagi
evfemizm  va  disfemizmning yuzaga  kelishida  namoyon  bo‘ladi.  Muayyan  tilning
11  Арутюнова Н.Д. Метафора дискурс / Теория метафоры. –М.: Прогресс, 1990. –С. 5-32. 
12  Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. –Тошкент: Фан, 2013. –Б. 104.  mazkur   hodisalarni   tadqiq   etishda   ana   shu   til   egasi   bo‘lgan   xalqning   ruhiyati,
dunyoqarashi,   urf-odatlari,   udumlari,   irim-sirimlari,   inonchlari   diqqatga   olinishi
lozim.
Evfemizm  ifodaga ijobiy yondashuvni yuzaga keltirish maqsadi bilan amalga
oshiriladi 13
.   U   shu   tilda   gaplashuvchi   xalqning   irimi,   madaniyligi   bilan   bog‘liq
holda yuzaga chiqariladi. Prof. A. Hojiyev evfemizm hodisasini shunday izohlaydi:
“Evfemizm   (yun.   euphemismos   <   eu   –   yaxshi   +   phemi   –     gapiraman)   –   narsa-
hodisaning   ancha   yumshoq   shakldagi   ifodasi;   qo‘pol   beadab   so‘z,   ibora   va   tabu
o‘rnida   qo‘pol   botmaydigan   so‘z   (ibora)ni   qo‘llash.   Masalan,   ikkiqat ,   bo‘g‘oz
so‘zlari   o‘rnida   homilador ,   og‘ir   oyoqli   so‘zlarini   qo‘llash” 14
.   Disfemizm   esa
ifodaga salbiy yondashuvni yuzaga keltirish maqsadi bilan amalga oshiriladi 15
. 
Mavjud   so‘zga   evfemistik   ma’no   yuklanar   ekan,   bu   ma’no   qo‘llanmay
qolgan   so‘zning   ma’nosi   bo‘ladi.   Ya’ni   u   leksik   sathga   mansub   hisoblanadi.   Uni
asosan tabu bilan bog‘laydilar. Tabuga uchragan so‘z yoki ibora o‘rnida to‘g‘ridan
to‘g‘ri   evfemizm   qo‘llanadi,   ya’ni   ma’lum   so‘zga   tabuga   uchragan   lug‘aviy
birlikning ma’nosi yuklanadi, u evfemistik ma’no bo‘lib qoladi 16
.
Tabu   so‘zini   birinchi   marta   ingliz   kapitani   J.   Kook   1777-yilda
Polineziyadagi   Tonga   orolida   aniqlagan.     Tabu   so‘zi   tonga   tilidagi   <   tapu   <   ta   –
“belgilamoq”,     “ajratmoq”   va     pu   –   “butunlay”   so‘zlaridan   kelib   chiqqan   bo‘lib,
“butunlay   ajratilgan”,   “alohida   belgilangan”,   ya’ni   “man   etmoq,   taqiqlamoq”
ma’nosini   anglatgan.   Tabu   aksariyat   xalqlarning   mifologik   inonchlari   asosida
vujudga kelgan. 
Tabu   madaniy,   diniy,   irim   yoki   noxushlik   uyg‘otishi   nuqta y i   nazaridan
muayyan   xatti -harakatlar   yoki   ayrim   so‘zlar   qo‘llanishini   taqiqlash dir.   Masalan,
musulmonlarda   “Qur’on”   kitobini   tahoratsiz   qo‘lga   olish,   o‘zbeklarda   qiblaga
13  Қаранг: Вандриес Ж. Язык. –М., 1937. –С. 206; Булаховский Л.А. Введение в языковедение. –
С. 49; Арнольд И.В. Лексикология современного английского языка.   –С. 284; Ахманова О.С. 
Словарь лингвистических терминов. –М.: Советская энциклопедия, 1966. –С. 521. 
14  Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. –Тошкент: ЎзМЭ, 2002.  -Б. 131. 
15  Ахманова О.С. Ўша луғат.  –С. 137
16  Арнольд И.В. Лексикология современного английского языка.    –С. 284.  oyoq   uzatib   o‘tirish   yo   yotish,   mo‘g‘ullarda   pichoqni   olovga   tiqish   man   qilinadi.
Bular diniy nuqtayi nazardan belgilangan tabulardir. 
Tabular   ikkiga:   etnografik   va   lingvistik   tabularga   ajraladi.   O‘zbeklarda
supurgini,   o‘qlovni   tik   qo‘ymaslik,   birovning   orqasidan   supurmaslik,   axlatdan
hatlamaslik,   otashkurakni   oyoq   ostida   qoldirmaslik,   suprani   egasiz   yig‘ishmaslik,
nonning   ushog‘ini   yerga   tushirmaslik,   qaychini   ochib   qo‘ymaslik,   qalampirni
qo‘lga   bermaslik,   turkiy   va   eroniy   xalqlarda   suvni   ifloslatmaslik,   suvga
tupurmaslik,   mo‘g‘ullarda   qozondan   pichoq   bilan   go‘sht   olmaslik,   chodirda   suv
to‘kmaslik, olovga yaqin joyda daraxt kesmaslik, qamchiga tayanmaslik, koreyslar
va   xitoyliklarda   kosadagi   ovqatga   qoshiqni   tiqib   qo‘ymaslik   (faqat   marhumga
atalgan   ovqatgagina   qoshiq   tiqib   qo‘yiladi)   kabilar   irimga   asoslangan   etnografik
tabular hisoblanadi.
Lingvistik tabu lug‘aviy birlikning yo xalq irimi nuqtayi nazaridan, yo atash
noxushlik uyg‘otishi nuqtayi nazaridan muomalada qo‘llanishining taqiqlanishidir
17
. Masalan,  o‘zbek tilida  chayon  so‘zi tilga olinmaydi. Chunki uni atash chaqirish
ma’nosini   beradi,   deb   tushuniladi.   Ma’lumki,   bu   hasharot   havfli   bo‘lib,   zahari
nihoyatda   o‘tkir.   U   chaqsa,   qattiq   azob   beradi.   Shuning   uchun   uning   nomi
o‘zbeklarda  taqiq  qilingan.  Ya’ni   chayon   so‘zini  tilga  olmaslikning  o‘zi   tabu deb
qaraladi...   U   (ya’ni   tabu   ta’kid   bizniki   –   Sh.U.)   boshqa   xalqlarda   ham   ko‘plab
uchraydi.   Masalan,   nemislar   ham,   ruslar   ham,   tatarlar   ham   o‘z   tillarida   ayiqning
nomini atamaydilar 18
. 
Umuman,   tabular,   taqiqlar,   ogohlantirishlarning   o‘z   asosli   manti g‘i ,
mazmuni va voqea-hodisalari bo‘ladi. Ko‘p marta takrorlangan mazkur hodisalarda
hosiyat bo‘lganligi uchun xalq bilib ularni taqiqlab, keyingi avlodlarni ogohlantirib
ketgan.   Shuning   uchun   ham   tabular   bir   xalq   madaniyatidan   ikkinchisiga,
uchinchisiga ko‘chib yuradi. 
Evfemizm   tabuga   uchragan   so‘z   ma’nosini   yoqimliroq   ifodali   biror   so‘z
hosila   ma’no   sifatida   aks   etilishi   hisoblanadi.   Masalan,   chayon   so‘zi   tabuga
17  Булаховский Л.А. Введение в языковедение.  –С. 49;  Ахманова О.С. Словарь лингвистических
терминов. –М.: Советская энциклопедия, 1966. –С. 467. 
18  Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.121.  uchragan, qo‘llanishi man qilingan edi. Bu leksik hodisadir. Uning ma’nosi   eshak
so‘zida ifoda topdi. Evfemizm so‘z yoki iboraning hosila ma’no yuzaga keltirishi
bilan   bog‘li   holda   voqelanadi...   metafora   evfemik   ma’no   hosil   bo‘lishida   katta
ahamiyat   kasb   etadi.   Masalan,   chayon   so‘zi   leksik   ma’nosi   eshak   so‘zi   leksik
ma’nosi   so‘zning   evfemik   ma’nosi   sifatida   voqelangan.   Chunki   chayon   dumini
gajak   qilib   turishi   jihatidan   eshakka   o‘xshaydi.   Mana   shu   o‘xshashlik   eshak
so‘zida evfemistik metaforik ma’no hosil bo‘lishi uchun sababdir 19
.  
Evfemizmlar “ovchilik tili”da keng qo‘llaniladi. Masalan,  rus tilida   медвед
so‘zining   o‘rniga   лесник,   хозяин,   потапич   so‘zlaridan   foydalaniladi.     Kabardin
tilida   ayiq   –   maymoq ,   kiyik   –   sershox ,   to‘ng‘iz   –   yirik ,   bo‘ri  – kul rang ,   quyon –
uch labli ,  ilon – uzun dumli  va h.k.dan istifoda etiladi.  
Ba’zi   o‘zbek   oilalarida   erkak   xotiniga   katta   qizining   ismi   bilan,   xotin   esa
eriga katta o‘g‘lining ismi bilan xitob qiladi. Xotinga nisbatan   onasi, oyisi, ayasi,
erga   nisbatan   otasi,   dadasi,   adasi   kabi   murojaat   shakllarini   qo‘llash   mumkin:
To‘g‘ri, dadasi, men aytaman. Hoy onasi, suyunchini cho‘z.  Mazkur xitob shakllari
ibtidoiy   davrlardan   qolgan   tabu   qoldig‘i   bo‘lib 20
,   u   oilada   er-xotindan   ko‘ra
ko‘proq   bolalarning   ota-ona   juftligini,   sherikligini,   ya’ni   bolalarning   qadrini,
ahamiyatini   namoyon   qiladi.   Ayni   holat   koreys   tilida   ham   kuzatiladi.   Oilada
farzand   tug‘ilgandan   keyin   er-xotinning   munosabatlari   o‘zgacha   tus   oladi.
Ularning   bir-biriga   bo‘lgan   hurmati   yanada     ortadi.   Bu   hurmat   katta   farzandning
ismini     qo‘shib   xitob   qilish   orqali   amalga   oshiriladi:   er   xotiniga   (farzandning
ismi+omma)   Arim-omma   “Arimning   onasi”,   xotin   esa   eriga   (farzandning
ismi+abba)   Arim-abba   “Arimning   otasi”,   yoki   egi   abba   “bolamning   otasi”,     deb
murojaat qiladi. 
Lingvomadaniyatlarda   evfemik   omonimiya   ham   keng   tarqalgan
hodisalardan biri sanaladi. Masalan,    o‘zbek tilida   ketmoq 1,   turk tilida   gitmek 1,
koreys tilida  torakata (qaytmoq)1 ,  rus tilida  уйти  1,    ketmoq 2  “o‘lmoq” , gitmek 2
( Ben gidersem adım kalır / Dostlar beni hatırlasın ),   torakata 2,    уйти  2  (“ ушёл из
19  Миртожиев М. Кўрсатилган асар, 122, 124-бетлар. 
20   Kuçkartayev   İ.   Özbeklerde   Hitap   Sözleri   ve   Hitap   Kültürü   //   Uluslararası   Dördüncü   Türk   Kültürü
Kongresi Bildirileri. A., 2000, s. 325. жизни ”);    o‘zbek  tilida   xayrlashmoq  1 ,  turk  tilida   vedala ş mak  1     xayrlashmoq  2
“o‘lmoq”   (Bultur shunaqa “uka”lardan uchtasi bilan xayrlashdim...),  vedala ş mak 2 ;
o‘zbek   tilida   kuzatmoq   1 ,   turk   tilida   uğurlamak   1 ,   kuzatmoq   2   “o‘lmoq”   (Tunov
kuni qishloq eng aziz kishisini kuzatdi),    uğurlamak 2    va h.k. 
Xullas,   “evfemizm   tabuga   uchragan   yoki   atash   uchun   noqulaylik
tug‘diradigan so‘z o‘rnida yoqimli  his uyg‘otuvchi  belgi  berish maqsadida,  xuddi
shunday   belgiga   yaqin   narsa,   harakat,   holat   kabilarning   nomi   yoki   o‘sha
noqulaylikni yopib yuboruvchi so‘z yo lug‘aviy birlik bilan atashdir”. 
Disfemizm   so‘zlovchining   tinglovchiga   yoki   biror   predmetga   nisbatan
masxara,   istehzoli,   iltifotsiz   qarashini   bildiradi 21
.   Disfemizmlar   so‘zning   deyarli
hosila   ma’nosi   sifatida   yuzaga   keladi.   U   hosila   ma’noni   yuzaga   keltiruvchi
quyidagi hodisalar natijasi bo‘ladi 22
:
1.   Metaforaga   ko‘ra   hosil   bo‘ladi.   Masalan,   cho‘chqa   (o‘zbekcha),   domuz
(turkcha),  tweji  (koreyscha);  tulki  (o‘zbekcha),  tilki  (turkcha),  you  (koreyscha).
2.   Metonimiyaga   ko‘ra   hosil   bo‘ladi.   Masalan,   chuvrindi,   eshak   kabi
disfemizmlar   odamga   nisbatan   qo‘llanar   ekan,   yo   uning   ustidagi,   yo   uning
harakatiga qarab aloqadorligi nazarda tutilgan.
3.   Sinekdoxaga   ko‘ra   hosil   bo‘ladi.   Masalan,   qorin   (o‘zbekcha),   g öbek
(turkcha),   kalla   kabi   disfemizmlar   odamga   nisbatan   qo‘llanar   ekan,   uning   belgili
muchasi e’tiborga olinadi. 
Disfemizmlar   tilning   yashovchan   qatlami   bo‘lib,   ular   barqarorligi   bilan
tavsiflanadi.   
21   Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси. –Тошкент: 
Ўқитувчи, 1983. –Б.67.
22  Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.131.   ADABIYOTLAR
1 . Usmanova Sh.  “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza  kurslari .  – Toshkent: 
Universitet, 2014.
2 .  Алефиренко Н.Ф.  Лингвокультурология. Ценностно-смысловое  
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.  
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии.  Учебное пособие.  – М. : 
Наука, 2009. 
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990. 
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998. 
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993. 
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996. 
9.  Воркачёв С.Г.  Лингвокультурология, языковая личность, концепт: 
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // 
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11.  Воробьев В.В.  Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984. 
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. 
1 4 . Гуревич   А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990. 
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в 
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47. 
1 6.  Ибрагимова Р.С. Француз ва  ўзбек тилларида  АЁЛ  концептининг 
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф.  –Тошкент, 
2012.

METAFORA – MADANIYATNING KO‘RSATKICHI Reja: 1. Metafora tildagi universal hodisa 2. Evfemizm va disfemizm

1. Metafora tildagi universal hodisa. Xizmat taqozosi bilan xorijiy davlatlarda bir muddat bo‘lib qaytganimdan keyin do‘stlarim va yaqinlarim ko‘pincha: “U yoqlarda ob-havo qanaqa ekan?” deb so‘rashadi. “Havosi juda dim, namli” deyman. Bu o‘ta jo‘n javob bo‘ladi va suhbatdoshlarimning men his qilganlarni menday his qilmaganliklarini payqayman. Shunda: “Kiyiming badaningga yopishib qoladi. Pardozlaring oqib ketadi. Baliqday nafas olasan” deb ma’joziy, metaforik tushuntirishga harakat qilaman. Ana shunda ularning yuz- ko‘zlarida o‘zlari bo‘lmagan mamlakatning ob-havosi haqida o‘zlari bo‘lgandek tasavvur hosil bo‘lganini ko‘raman. Zero, Gegel: “o‘z ma’nosida qo‘llaniladigan so‘z o‘z-o‘zidan tushunarli ifodadir, metafora esa boshqacha ifodadir” 1 , – deb yozgan edi. Qator adabiyotlarda metaforaning yashirin o‘xshatish ekanligi qayd qilinadi 2 . Binobarin, Aristotelning fikricha, o‘xshatish ham metaforadir, chunki ular o‘rtasida arzimagan farqlar mavjud, xolos. Masalan, u sherday tashlandi ifodasida o‘xshatish bor, agar ifoda sher tashlandi tarzida o‘zgartirilsa, metafora yuzaga keladi 3 . Metaforalarning mazmun jihati, shuningdek, ularga biriktirilgan madaniy konnotatsiyalar kognitiv bilishning manbasiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham obrazli-motivlashgan so‘zlar (metaforalar) madaniy belgilarning ko‘rsatkichiga aylanadi. Lingvokulturologiyani metaforalarning aynan mana shu jihati qiziqtiradi. Kognitiv tilshunoslikning taniqli vakili J.Lakoff hamda mashhur faylasuf M.Jonson metaforalarni shunday izohlashadi: “Metaforalar nafaqat kundalik hayot, nafaqat til, balki tafakkur va faoliyatimizga ham kirib boradi. Bizning kundalik tushunchaviy tizimimiz ham o‘z mohiyatiga ko‘ra metaforikdir” 4 . J.Lakoff va M.Jonson tadqiqotida tahlil etilgan vaqt bu – pul , vaqt bu – cheklangan zaxira , 1 Гегель. –М., 1969. –С. 115. 2 Арнольд И. Стилистика современного английского языка. –Л.: Просвещение, 1973. –С. 146; Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. –Т . : Маънавият, 2013. –Б. 9. 3 Аристотель. Риторика / Античные риторики. –М.: МГУ, 1978. –С. 134. 4 Лакофф Дж., Джонсон М. Метафоры, которыми мы живем (перевод Н.В. Перцова) // Теория метафоры. –М., 1990. –С. 387-416.

vaqt bu – qimmatbaho buyum kognitiv metaforalari o‘zbek tilida so‘zlashuvchi nutq egalari tezaurusida ham mavjudligi (Masalan: Bu ishga ko‘p vaqt sarfladim ; Vaqtim tugay deyapti; Behuda ishlar vaqtni o‘g‘irlaydi ) bir qator kognitiv metaforalarning kognitiv-semantik universaliya ekanligidan dalolat beradi 5 . Tadqiqotlarda metaforalar ongning universaliyalari sifatida belgilangan. Zamonaviy psixologlar dunyoni metaforalar asosida ko‘rishni insonning genezisi va madaniyati bilan bog‘lashga harakat qilishadi. Bobo tilning metaforik xususiyatga ega bo‘lgani, protokommunikatsiyaning esa metaforalar darajasida amalga oshirilgani haqida taxmin qilinadi. Metafora tildagi universal hodisa bo‘lib, u barcha tilga xosdir. Uning universalligi makonda va zamonda, til strukturasida hamda uning vazifalarida namoyon bo‘ladi. Metafora o‘zida fundamental madaniy qadriyatlarni aks ettiradi, zero, u milliy-madaniy dunyoqarashga asoslangandir 6 . “Metafora hosila ma’no yuzaga kelishi hodisalarining faoli hisoblanadi. U tilshunoslikda qayd etilishicha, hosila ma’no yuzaga kelishining hosil qiluvchi va hosila ma’no referentlari o‘zaro o‘xshash kelishiga asoslanadi” 7 . Prof. M.Mirtojiyevning qayd qilishicha, buni differensial-semantik metod bo‘yicha tahlil etib ko‘rilganda yaqqol tasavvur etish mumkin. Masalan, ulamoq fe’li “uchlarini biriktirib bog‘lamoq” leksik ma’nosi – sememasiga ega. U yana “uchiga qo‘shib uzaytirmoq” hosila ma’no – sememani orttirgan. Ular bildirgan harakat o‘rtasida o‘xshashlik bor. Ya’ni hosila ma’no yuzaga kelishi metafora hisoblanadi 8 . Ba’zi mutaxassislarning fikricha, “metafora – o‘xshatishning qisqargan shakli”. Prof. M.Mirtojiyevning yozishicha, “bu fikr ham o‘rni bilan to‘g‘ri”dir. “Masalan, o‘zbek tilida tokni zararlaydigan oidium kasalligini kul so‘zining hosila ma’nosi ifodalaydi. Uni “kulga o‘xshash kasallik” o‘xshatish qurilmasining 5 Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. –Тошкент: Фан, 2013. –Б. 49. 6 Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: Издательский центр «Академия», 2001. –С.88, 91. 7 Baldinger K. Die Senasiologie. –Berlin: Akademie Verlag, 1957. –S. 87; Арнольд И.В. Лексикология современного английского языка. –С. 70; Ҳожиев А. Семасиология // Ўзбек тили лексикологияси. –Тошкент: Фан, 1981. –Б. 221 ва бошқа манбалар. 8 Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.95.

qisqargan shakli deyish juda to‘g‘ri bo‘ladi. Bu o‘rinda o‘xshatish subyekti tushib qolib, o‘xshatish qurilmasining faqat kul etaloni butun ma’nosini o‘zida saqlagan va o‘xshatishning qisqargan shakli – metafora yuzaga kelgan. Ya’ni buni metaforaning ayrim ko‘rinishi sifatida ko‘rsatish mumkin” 9 . Lingvomadaniy birliklarni qiyoslashda yoki ularni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda o‘sha davr madaniyati, xususan, xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Masalan, “Shekspirning “Qirol Lir” pyesasida Lirga o‘zini afgor Tom deb tanishtirgan Edgan unga “o‘tmish tarixi”ni hikoya qilib berar ekan, uning nutqida qo‘llanilgan muqoyasaviy birliklar rus va o‘zbek tillariga shu tillarda mavjud bo‘lgan muvofiq lisoniy vositalar yordamida adekvat o‘girilgan: …hog in sloth, fox in stealth, wolf in greediness, dog in madness, lion in pray – KL, 105 // ...был я свиньёй по лености, лисой по хитрости, волком по жадности, псом по ярости, львом по хищности – КЛ, 539 // ...yalqovlikda cho‘chqa, makkorlikda kal, so‘qtoylikda bo‘ri, badjahllikda it, vahshiylikda arslon edim – QL, 429. Birliklar tarkiblarida jonivorlarning uch tilda ham bir xil xulq-atvorni jonlantira olishlari ularni moddiy jihatdan aniq tarjima qilish, aniqrog‘i, ularni tayyor ekvivalentlari bilan almashtirish imkoniyatini bergan. O‘zbekcha tarjimada makkorlik an’anaviy “tulki” emas, balki “kal” obrazi orqali jonlantirilgan ekan, ushbu holatda asliyatning davr xususiyati to‘g‘ri yaratib berilgan. Hozirgi paytda makkorlik va mug‘ombirlikning tulki fe’l-atvoriga badiiy muqoyasa etilishi an’anaviy tus olgan bo‘lsa-da, o‘tmish o‘zbek adabiyotida, xususan, xalq og‘zaki ijodiyotida bu xulq “kal kirdikorlari”ga muqoyasa etilar edi” 10 . Metaforalar shirinsuxanlik tasvirini yaratish vositasi vazifasini ham bajaradi. Masalan, o‘zbek lingvomadaniyatida shirinsuxanlik ni ifodalash uchun “ qo‘zichog‘im ” , “ bo‘talo g‘im”, “asalim”, “ chirog‘im ” , “ oppog‘im ” , “jonginam”, “do‘mbog‘im”, turk lingvomadaniyatida “ şekerim ”, “bitanem”, “ kuzum ”, “yavrum”, “hayatim”, “ruhum”, rus lingvomadaniyatida “ голубчик ”, “котик”, 9 Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.95. 10 Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. Дарслик. –Тошкент: Фан, 2005. –Б. 214-215.

“ зайка ”, “золотой” ingliz lingvomadaniyatida “baby”, “honey”, “dove”, “ frog ” , “sweet heart” kabi hissiy-ta’sirchan so‘zlardan keng foydalaniladi. N.D.Arutyunovaning qayd qilishicha, metaforada yolg‘on va haqiqat o‘zaro birlashadi... Metafora nafaqat qisqargan o‘xshatish, shu bilan birga, qisqargan qarama-qarshilik hamdir 11 . Metaforalarni ham xuddi o‘xshatishlar singari turg‘un va individual-muallif metaforalariga ajratish mumkin. Turg‘un metaforalarga dunyo – bu – teatr , dunyo – bu – kitob , sevgi – bu – olov , vaqt bu – pul va h.k. misol bo‘ladi. Individual-muallif metaforalariga N.Eshonqulning “Tun panjaralari” nomli qissasidan olingan quyidagi mikromatndagi metaforalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin: “...Sen nega meni bu xilvatga, bu zulmatgan tashlab ketding? Nega qalbimdagi imon chiroqlarini o‘chirding? Axir sendan buni kutmagandim-ku? Mana shu kichkina ko‘rimsiz yuragimda muhabbatning kemalari suzib yurardi-ku? Sen nega meni yolg‘izlikning yirtqich quzg‘unlariga tashlab ketding? Nega meni umidsizlikning oq ayiqlariga yem qilib tashlab ketding?” 12 . Umuman, metaforalarni yaratish mexanizmi quyidagicha bo‘ladi: turli mantiqiy sinflar orasidan umumiy xususiyatlar va belgilar asosida tenglashtirilgan ikki xil predmet tanlab olinadi. Masalan, bosh – “tananing bo‘yindan yuqorigi, oldingi qismi”; boshdagi yuqori, oldingi qismlik xususiyati “sabzavotning yumaloq o‘rami” hosila ma’noga ko‘chirilishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilida: bir bosh piyoz ; turk tilida: bir baş soğan . Metaforalar ma’lum “vaqt o‘tishi bilan o‘zining estetik qimmatini, yangiligini yo‘qotishi mumkin”. Masalan, stolning oyog‘i , shishaning og‘zi va h.k. Bunday holatlarda mazkur metaforalar obrazlilik yaratish vositasi sifatida iste’moldan chiqadi. Umuman, metaforalar tez eskirib, o‘rniga yangisi kelib turishi bilan tavsiflanadi. 2. Evfemizm va disfemizm. Turli xalqlarning ruhiyati ularning tilidagi evfemizm va disfemizmning yuzaga kelishida namoyon bo‘ladi. Muayyan tilning 11 Арутюнова Н.Д. Метафора дискурс / Теория метафоры. –М.: Прогресс, 1990. –С. 5-32. 12 Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. –Тошкент: Фан, 2013. –Б. 104.