logo

MILLIY MADANIYATNING STEREOTIPLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.0126953125 KB
MILLIY MADANIYATNING STEREOTIPLARI
Reja:
1.  “ Stereotip ” tushunchasi      
2. Stereotip turlari
3. Stereotip yuzaga kelishining sabablari   1 .  “ Stereotip ” tushunchasi.  Har qanday madaniyat o‘zining dunyoni idrok
qilishiga   asoslangan,   o‘z   tafakkuri   va   xulq-atvorining   stereotipini   shakllantiradi.
Stereotip   –   muayyan   guruh   yoki   jamoaning   soddalashgan,   sxemalashgan,
emotsional   bo‘yoqdor   va   favqulodda   barqaror   bo‘lgan   obrazi,   turli   madaniyat
vakillarining tili va tafakkurining o‘ziga xosligidir.   Stereotip   – u yoki bu xalqning
milliy   xarakteri   haqida   obyektiv   ma’lumot   beradi.   V.A.   Maslovaning   ta’biricha,
“stereotip dunyoda mavjud tip bo‘lib, u faoliyat, xatti-harakat va h.k.ni o‘lchaydi” 1
.
Stereotiplar   hech   qachon   alohida   kishilarda   paydo   bo‘lmaydi,   ular   har   doim
guruhlarda yuzaga keladi.  
“Stereotip”   termini   (yunon.   stereos   –   qattiq,   typos   –   iz,tamg‘a)   amerikalik
sotsiolog U. Lippman tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. U 1922-yilda nashr
etilgan “Jamoat fikri” nomli kitobida stereotiplarning jamoat fikri tizimidagi o‘rni
va   rolini   aniqlashga   harakat   qilgan.   U.   Lippman   stereotipni   bizning   ongimizga
yetib   bormasidan   oldin   his-tuyg‘ularimizdagi   ma’lumotlarga   muayyan   ta’sir
ko‘rsatadigan atrof-muhitni alohida idrok qilish shakli sifatida tushuntirgan 2
.  
U.   Lippmanga   ko‘ra,   inson   uni   o‘rab   olgan   atrof-muhitni   uning   butun
qarama-qarshiliklari   bilan   anglashga   harakat   qilib,   o‘zi   bevosita     kuzatmagan
hodisalar   haqida   “o‘zining   miyasida   manzara”   hosil   qiladi.   Inson   o‘z   hayotida
bevosita qarshilashmagan juda ko‘p narsalar haqida oldindan aniq tasavvurga ega
bo‘ladi.   Shunga   o‘xshash   stereotiplar   tasavvuri   mazkur   individumning   madaniy
muhiti   ta’sirida   shakllanadi:   “Aksariyat   hollarda   biz   u   yoki   bu   hodisani   oldin
ko‘rib, keyin unga aniqlik kiritmaymiz, aksincha,  oldin u yoki bu hodisani o‘zimiz
uchun aniqlab, so‘ngra uni kuzatamiz. Tashqi dunyoning butun chalkashliklaridan
bizning madaniyatimizga aloqadorinigina yulib olamiz va biz mazkur ma’lumotni
stereotip   shaklida   qabul     qilishga   moyil   bo‘lamiz” 3
.   Stereotiplar   insonga   olam
haqida   yaxlit   tasavvurga   ega   bo‘lish,   o‘zining   tor   ijtimoiy,   geografik   va   siyosiy
muhitidan chiqishga imkon beradi.            
1
 Маслова В.А. Связь мифа и языка // Фразеология в контексте культуры. –М., 1999. –С. 63.
2
  Lippman W. Public Opinion. -N.Y.,1950. -P. 23, 95. 
3
   Lippman W. Public Opinion. -N.Y.,1950. -P. 81.  U.   Lippman   stereotiplar   tadqiqi   nazariyasiga   asos   sogan   bo‘lsa,   1933-yilda
amerikalik   olimlar   D.   Kas   va   K.   Breylilar   milliy   stereotiplarni   o‘rganish
metodikasini   ishlab   chiqishdi.   D.   Kas   va   K.   Breylilarning   tadqiqotida   bir   qancha
etnik guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi. 
Keyingi   yillarda   etnik   stereotiplarni   o‘rganishga   bag‘ishlangan   qator
tadqiqotlarni   tahlil   qilgan     psixolog   O.   Klenberg   “etnik   stereotip”   tushunchasini
quyidagicha   belgilagan:   “Etnik   stereotip   –insonlar   ongidagi   o‘zlari   yoki   boshqa
milliy   guruhlar   haqidagi   manzara.   Bunday   obrazlar   yoki   tasavvurlar   jamiyatda
keng tarqalgan bo‘ladi;  odatda, ular  ob’ektiv borliqqa nisbatan o‘ta jo‘n va qabul
qilinmaydigandir” 4
.  
Aksariyat   tadqiqotchilar   etnik   stereotiplarni   muqarrar,   lekin   xavfli   hodisa
hisoblashadi.   Ko‘pchilik   lug‘atlarda   “stereotip”   so‘zi   salbiy   ma’noda   qayd
qilingan.   Jumladan,   M.   Korduellning   psixologiyadan   tuzgan   lug‘atida   stereotipga
shunday   ta’rif   berilgan:   “Stereotip   –   ma’lum   guruh   yoki   kategoriyadagi   kishilar
haqidagi   keskin,   ko‘pincha   yuzaki   tasavvur.   Biz   umumiyatda   yuzakilikka   moyil
bo‘lganimiz uchun ham boshqa insonlarning xulq-atvorini oldindan ko‘rish uchun
stereotiplarni shakllantiramiz. Mazkur stereotiplar ko‘pincha salbiy mohiyat, soxta
tasavvur   va   tahqirlash   asosiga   ega   bo‘ladi.   Stereotiplar   har   doim   ham   yolg‘on
bo‘lmaydi;   odatda,   ularda   ma’lum   ma’noda   haqiqat   bo‘ladi.   Stereotiplarni
ko‘pchilik   tomonidan   bo‘lishilishi   ularning   singib   ketishiga   yordam   beradi.
Stereotiplar   vaqt   o‘tishi   bilan   o‘zgarishi   mumkin,   lekin   stereotip   sohiblarining
o‘zlashtirilgan tasavvurlardan qutulishi qiyin bo‘ladi” 5
.
  2.   Stereotip   turlari.   Stereotip   hodisasi   nafaqat   tilshunoslarning   ishlarida,
balki   sotsiologlar,   etnograflar,   kognitologlar,   psixologlar   va
etnopsixolingvistlarning   ham   tadqiqotlarida   o‘rganiladi.   Ushbu   fanlarning   har
qaysi   vakili   stereotiplarning   xususiyatini   o‘z   sohasining   tadqiqoti   nuqtayi
nazaridan belgilaydi. Shunga ko‘ra, ijtimoiy stereotiplar  (kasbiga,  yoshiga  ko‘ra),
muloqot   stereotiplari,   mental   stereotiplar,   madaniy   stereotiplar,   etnomadaniy
4
  Klenberg   O.   Tensions   Affecting   International   Understanding .   1950 . –P.  93.   
5
  Кордуэлл М. Психология А-Я. Словарь-справочник. –М., 2000. stereotiplar va h.k. farqlanadi. Masalan, ijtimoiy stereotiplar shaxsning tafakkuri va
muomalasini ko‘rsatadi. Etnomadaniy yoki milliy stereotiplar eng ko‘p o‘rganilgan
bo‘lib,   ular   biron   bir   xalqqa   xos   bo‘lgan   umumiy   xususiyatlarni   ifodalaydi.
Etnomadaniy   stereotiplar   milliy   guruhlar   o‘rtasidagi   munosabatlarni   ko‘rsatadi,
muayyan   millatning   o‘zini   o‘zi   anglashi   va   mentalitetining   tarkibiy   qismi
hisoblanadi, shuningdek, milliy xarakter bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. 
Lingvokulturologiyani   ko‘proq   etnomadaniy,   ya’ni   milliy   stereotiplar
qiziqtiradi.   Masalan,   yaponlar   bilan   dastlab   muloqotga   kirishgan   yevropaliklar
yaponlarning qayg‘uli  hodisalar, jumladan, yaqin  qarindoshlarining kasalligi  yoki
o‘limi   haqida   yuzlarida   tabassum   bilan   gapirishlaridan   hayratga   tushishgan   va
hozirgacha   hayratlanishadi.   Bu   kabi   hodisalar   berahm,   shavqatsiz   yapon
stereotipining   shakllanishiga   asos   bo‘lgan.   Biroq   mazkur   holatda   tabassumni
Yevropa   madaniyatining   o‘lchovlaridan   emas,   balki   yapon   madaniyatining
o‘lchovlaridan kelib chiqqan holda tushunish maqsadga muvofiqdir. Chunki qayd
qilingan   holat   yaponlarning   atrofdagilarni   o‘zining   qayg‘usi   bilan   bezovta
qilmasligini namoyon qiladi.  
Madaniyatlararo   muloqotda   o‘zbeklar   mehmondo‘stligi,   ruslar
tavakkalchiligi, qozoqlar qaysarligi, turklar hissiyotliligi, xitoyliklar sertakallufligi,
yaponlar   xushmuomalaligi,   estonlar   sustkashligi,   italyanlar   qiziqqonligi,   inglizlar
sovuqqonligi,   nemislar   tartibga   aniq   rioya   qilishi   bilan   butun   xalq   haqidagi
stereotip tasavvurlarni yuzaga chiqargan 6
. 
Qayd   qilingan   etnomadaniy   stereotiplar   orasida,   ayniqsa,   nemis   stereotipi
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Nemis madaniyatida tartib ,  aniqlik, puxtalik, o‘z
vaqtida   bo‘lishlik,   buyruqqa,   qonunlarga   hurmat,   pog‘onalilik,   maqsadga   intilish,
ratsionalizm   sifatida   tushuniladi.   Nemis   mentalitetining   stereotiplari   asosida
protestantlik   etikasining   xususiyatlari   yotadi.   Unda   har   bir   kishi   o‘zining   xatti-
harakatlari   uchun   Xudo  oldida   javob  beradi.   Shuning   uchun  ham   nemislar   uchun
6
  Усманова Ш. Этномаданий стереотипларнинг лингвомаданий таҳлили // Лингвист . И лмий 
мақолалар тўплами. VI. –Тошкент: “ Akademnashr”, 2015.  –Б. 120-121.  qonun muqaddas, barcha narsadan ustun hisoblanadi: “Die Gesetze ohne Ansehen
der Person handhaben” (Mansabdan qat’iy nazar, qonun barcha uchun bir). 
Nemis   stereotipidagi   tartib,   qonunlarga   hurmat   xususiyatini   quyidagi
misolda ham yaqqol ko‘rish mumkin:  
“Germaniyada   faoliyat   olib   borayotgan   bir   ingliz   jurnalisti   tungi   soat   2da
baxtsiz   hodisaning   guvohi   bo‘lgan:   bo‘sh   yo‘lni   kesib   o‘tayotgan   piyodani
birdaniga paydo bo‘lgan mashina urib yuborgan. Jabrlangan piyodani kasalxonaga
olib   ketishgan.   Jurnalist   nemis   politsiyachisidan   endi   nima   bo‘lishini   so‘raganda,
politsiyachi:   “Hech   narsa   bo‘lmaydi,   agarda   yashab   ketsa,   50   marka   jarima
to‘laydi, chunki u yo‘lni   o‘tish mumkin bo‘lmagan joyda kesib o‘tdi”, - deb javob
qaytargan”.   
Xalqaro latifalar, turli ko‘rinishdagi hazillar, milliy badiiy adabiyot, folklor,
xalq og‘zaki  ijodi va milliy til stereotip tasavvurlarning keng tarqalgan manbalari
hisoblanadi.   Stereotip   tasavvurlar   asosida   milliy   xarakterlarni   ochib   berishga
qaratilgan  quyidagi latifani ko‘rib chiqamiz:
“Bir   kuni   turli   millat   vakillarini   kino   ko‘rishga   yuborishibdi.   Filmning
mazmuni quyidagicha ekan: cho‘g‘dek yonayotgan cho‘l va qizdirayotgan quyosh.
Erkak   va   ayol   zo‘rg‘a   sudralib   ketishmoqda.   Birdan   erkak   qayerdandir   sersuv
apelsin   topadi   va   uni   ayolga  beradi.   Tomoshabinlarga   shunday   savol   berilibdi:   U
qaysi   millat   vakili?”.   Fransuz-tomoshabin   shunday   javob   beribdi:   “Faqat
fransuzgina ayolga shunday sermulozamat bo‘lishi mumkin!” Rus: “Yo‘q. Bu rus!
Buni qarang,  ahmoq. O‘zi yeyishi mumkin edi”. Yahudiy: Yo‘q, bu yahudiy. Kim
ham   cho‘ldan   apelsin   topa   olardi?”   Mazkur   stereotiplar   vositasida   fransuzlarning
sermulozamatligi,   ruslarning   beparvoligi   va   yahudiylarning   uddaburonligi
ko‘rsatilgan.
Stereotiplarning     avtostereotip     va     geterostereotip   turlari   ham   mavjud.
Avtostereotiplar   kishilarning   o‘zlari   haqida   nima   o‘ylashlarini,     geterostereotiplar
boshqa   xalqlar   haqidagi   o‘y-fikrlar,   munosabatlarni   (ko‘proq   tanqidiy munosabatlarni)   aks   ettiradi.   Masalan,   o‘z   xalqida   tejamkorlik   hisoblangan   odat,
boshqa xalqda kuzatilganda xasislik sifatida baholanadi 7
.       
Kishilar   etnomadaniy   stereotiplarni   namuna   sifatida   qabul   qilishadi   va
“boshqalar ga   kulgi   bo‘lmaslik ”   uchun   ularga   moslashishga   harakat   qilishadi.
Shuning uchun ham stereotiplar kishilarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Stereotiplarda aks
etgan xususiyatlar kishilarda ham shakllana boshlaydi. Etnomadaniy stereotiplarni
o‘rgangan etnopsixologiya mutaxassislarining qayd qilishlaricha, iqtisodiy jihatdan
yuksak   darajada   rivojlangan   millatlarda   aqllilik,   ishbilarmonlik,   uddaburonlik,
iqtisodiy   jihatdan   qoloq   bo‘lgan   millatlarda   esa   mehr-muruvvat,   samimiylik,
mehmondo‘stlik kabi fazilatlar mujassamlashgan bo‘ladi 8
. 
S.G.Ter-Minasovaga   ko‘ra,   ingliz   jamiyatida   kasbiy   mahorat,
mehnatsevarlik,   mas’uliyat   va   h.k.,   rus   jamiyatida   esa   mehmondo‘stlik,
kirishimlilik, haqqoniylik singari hislatlar qadrlanadi 9
.
V.A.Maslovaning fikricha, “stereotiplar har doim milliy bo‘ladi, agar boshqa
madaniyatlarda  ayni   stereotiplar   uchrab  qolsa,  unda  ular  haqiqiy  emas.   Yoki   ular
bir-biriga to‘la mos kelsa ham baribir qaysidir jihatlari bilan farq qiladi. Masalan,
turli madaniyatlarda navbatga turish holatlari har xil bo‘ladi, shunga ko‘ra stereotip
muomalasi ham farq qiladi. Rossiyada “Kim oxiri?” deb so‘raladi yoki shunchaki
navbatga   turiladi.   Yevropa   mamlakatlarining   aksariyatida   navbatga   turish   uchun
maxsus   apparatdan   chipta   (raqam   yozilgan   kichik   kvitansiya)   yirtib   olinadi   va
shundan keyin darcha tepasidagi elektron  raqamlar ta’qib qilinadi” 10
. 
Amerika va Janubiy Koreyada ham bank, pochtaxona, kasalxona va x.k.dagi
navbat   maxsus   apparatdan   yirtib   olingan   chiptaga   muvofiq   ta’qib   etiladi.   O‘zbek
madaniyatida ham navbatga turish uchun “Kim oxiri?” deb so‘raladi. Ba’zan juda
katta navbat bo‘lgan holatlarda ro‘yxat qilinadi. 
7
 Акиншина А. А. Стереотипы национальной культуры в межкультурном общении. –Н.Новгород: 
НГГУ, 2009. 
8
 Маслова В. А. Лингвокультурология:  Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: 
Издательский центр «Академия», 2001.  –С. 108.
9
  Тер-Минасова С.Г. Язык и межкультурная коммуникация. М.: Слово, 2000. –С. 255.
10
  Маслова В. А. Лингвокультурология:  Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений. –М.: 
Издательский центр «Академия», 2001.   – С . 110.    3.   Stereotip   yuzaga   kelishining   sabablari .   Stereotip   yuzaga   kelishining
sabablari turlichadir. Ulardan asosiylari quyidagicha:
1.   Ongning   himoyali   reaksiyasi.   Informatsiyalar   hajminig   doimiy   ravishda
o‘sib   borishidan   miyani   haddan   ziyod   zo‘riqishi   himoyalash.   Axborotlarni
stereotiplashtirish miya zo‘riqishini tabiiy shaklda himoyalashni yuzaga chiqaradi.
Mazkur   himoyasiz   inson   ongi   doimiy   mulohazalardan   boshi   berk   ko‘chaga   kirib
qolishi mumkin. Stereotiplarning mavjudligi bu jarayonni yengillashtiradi.  Kishilar
sodir   bo‘layotgan   hodisalarga   har   doim   ham   e’tibor   bermasdan,   ya’ni   har   safar
hissiyot,   iztipoblarga   berilmasdan   ularni   o‘zlarining   tajribasidan   ma’lum   bo‘lgan
mavzuiy   guruhlarga   kiritishadi.   Doimo   o‘zgarishda   bo‘lgan   dunyo   insonni   kelib
tushayotgan   axborotlarni  qulayroq va  ixchamroq modellarga tasniflashga  majbur
qiladi.   Bunday   modellar   stereotiplar,   deb   nomlanadi.   Stereotiplarni   rad   etish
insondan   butun   diqqat-e’tiborini   jalb   etishni   talab   qilib,   uning   hayotini   bitmas-
tuganmas   sinovlar   va   xatolarga   to‘ldirgan   bo‘lardi.   Stereotiplar   insonga   o‘rab
olgan dunyoni farqlay olishi, uni soddalashtirishi, tartibga solishida yordam beradi.
Insonni   har   safar   “Amerika   ochish”   yoki   “radio   ixtiro   qilish”dan   xalos   qiladi.
Demak, insonning o‘z hayotida stereotiplardan foydalanishi tabiiy hol sanaladi. 
1.   O‘z   guruhining   qadriyatlari,   qiziqishlari,   o‘bro‘yi   va   h.k.ni   himoyalash.
O‘zini muayyan madaniyatga aloqador qilish va boshqa xalqlar bilan qiyoslash har
bir   insonga   uning   o‘ziga   xosligini,   individualligini   his   qilishiga   yordam   beradi.
Masalan,   fransuzlar   nazdida   belgiyaliklar   hazil-mutoyibadan   yiroq,   kaltafahm,
shetsariyaliklar   –   xasis,   ziqna,   maydakash,   italyanlar   –   yolog‘on-yashiqlarni
qo‘shib gapiradigan, turklar – jismonan baquvvat, inglizlar xudbin  xalqdir. 
Inson stereotiplarni turli yo‘llar vositasida o‘zlashtiradi. 
Birinchidan, boshqa guruhlar haqida o‘ylash “odati” ma’lum ma’noda “ona
suti   orqali”   o‘zlashtiriladi.   Stereotiplarning   aksariyati   ota-onalar   tomonidan
farzandlarning   ongiga   singdirilgan   obrazlar   orqali   o‘tadi   va   rivojlanadi.
Stereotiplar   12   yoshdan   30   yoshgacha   bo‘lgan   davrda   batamom   shakllanib
mustahkamlanadi   va   ularni   bu   yoshdan   kayin   o‘zgartish   juda   qiyin   kechadi.
Binobarin,   bu   nafaqat   begona   guruhlarga   aloqador,   balki   boshqa   guruhlar nazdidagi   o‘z   millatiga  ham   tegishli   bo‘ladi.   Masalan,   o‘zbek   xonadonida   bolaga
“o‘zbeklar   mehmodo‘st,   bag‘rikeng”   yoki   “lo‘lilar   firibgar,   tovlamachi”   deyilsa,
bola so‘zsiz mazkur stereotiplarni qabul qiladi.
Ikkinchidan,  stereotiplar cheklangan shaxsiy aloqalar vositasida ham yuzaga
kelishi mumkin. Masalan, sizni bozorda Tojikistondan kelgan savdogar aldasa, siz
butun tojik xalqi haqida tovlamachi degan noto‘g‘ri xulosaga kelishingiz mumkin.
Bunday   holatda   stereotip   insonning   cheklangan   informatsiyasi   natijasida   paydo
bo‘ladi.
  Uchinchidan,   stereotiplarning   vujudga   kelishida   ommaviy-axborot
vositalarining alohida o‘rni bo‘ladi. Ommaviy-axborot vositalarining stereotiplarni
shakllantirish   imkoniyati   cheklanmagan.   Ko‘pchilik   uchun   matbuot,   radio   va
televideniya   ishonchli   manba   sanaladi.   Ommaviy-axborot   vositalarining   fikri
ommaning fikriga aylanadi.  
  Umuman ,   har   qanday   shaxs   muayyan   madaniyatlar   bilan   bog‘langan
stereotiplar   olamida   yashaydi.   Stereotip   turli   madaniyat   vakillarining   tili   va
tafakkurining   o‘ziga   xosligidir.   Stereotiplarni   o‘rganish,   madaniyatlararo
muloqotlarda   yuzaga   chiqishi   mumkin   bo‘lgan   tushunmovchiliklarni,
to‘qnashuvlarni oldini oladi.      ADABIYOTLAR
1 . Usmanova Sh.  “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza  kurslari .  – Toshkent: 
Universitet, 2014.
2 .  Алефиренко Н.Ф.  Лингвокультурология. Ценностно-смысловое  
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.  
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии.  Учебное пособие.  – М. : 
Наука, 2009. 
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990. 
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998. 
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993. 
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996. 
9.  Воркачёв С.Г.  Лингвокультурология, языковая личность, концепт: 
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // 
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11.  Воробьев В.В.  Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984. 
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. 
1 4 . Гуревич   А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990. 
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в 
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47. 
1 6.  Ибрагимова Р.С. Француз ва  ўзбек тилларида  АЁЛ  концептининг 
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф.  –Тошкент, 
2012.

MILLIY MADANIYATNING STEREOTIPLARI Reja: 1. “ Stereotip ” tushunchasi 2. Stereotip turlari 3. Stereotip yuzaga kelishining sabablari

1 . “ Stereotip ” tushunchasi. Har qanday madaniyat o‘zining dunyoni idrok qilishiga asoslangan, o‘z tafakkuri va xulq-atvorining stereotipini shakllantiradi. Stereotip – muayyan guruh yoki jamoaning soddalashgan, sxemalashgan, emotsional bo‘yoqdor va favqulodda barqaror bo‘lgan obrazi, turli madaniyat vakillarining tili va tafakkurining o‘ziga xosligidir. Stereotip – u yoki bu xalqning milliy xarakteri haqida obyektiv ma’lumot beradi. V.A. Maslovaning ta’biricha, “stereotip dunyoda mavjud tip bo‘lib, u faoliyat, xatti-harakat va h.k.ni o‘lchaydi” 1 . Stereotiplar hech qachon alohida kishilarda paydo bo‘lmaydi, ular har doim guruhlarda yuzaga keladi. “Stereotip” termini (yunon. stereos – qattiq, typos – iz,tamg‘a) amerikalik sotsiolog U. Lippman tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. U 1922-yilda nashr etilgan “Jamoat fikri” nomli kitobida stereotiplarning jamoat fikri tizimidagi o‘rni va rolini aniqlashga harakat qilgan. U. Lippman stereotipni bizning ongimizga yetib bormasidan oldin his-tuyg‘ularimizdagi ma’lumotlarga muayyan ta’sir ko‘rsatadigan atrof-muhitni alohida idrok qilish shakli sifatida tushuntirgan 2 . U. Lippmanga ko‘ra, inson uni o‘rab olgan atrof-muhitni uning butun qarama-qarshiliklari bilan anglashga harakat qilib, o‘zi bevosita kuzatmagan hodisalar haqida “o‘zining miyasida manzara” hosil qiladi. Inson o‘z hayotida bevosita qarshilashmagan juda ko‘p narsalar haqida oldindan aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Shunga o‘xshash stereotiplar tasavvuri mazkur individumning madaniy muhiti ta’sirida shakllanadi: “Aksariyat hollarda biz u yoki bu hodisani oldin ko‘rib, keyin unga aniqlik kiritmaymiz, aksincha, oldin u yoki bu hodisani o‘zimiz uchun aniqlab, so‘ngra uni kuzatamiz. Tashqi dunyoning butun chalkashliklaridan bizning madaniyatimizga aloqadorinigina yulib olamiz va biz mazkur ma’lumotni stereotip shaklida qabul qilishga moyil bo‘lamiz” 3 . Stereotiplar insonga olam haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish, o‘zining tor ijtimoiy, geografik va siyosiy muhitidan chiqishga imkon beradi. 1 Маслова В.А. Связь мифа и языка // Фразеология в контексте культуры. –М., 1999. –С. 63. 2 Lippman W. Public Opinion. -N.Y.,1950. -P. 23, 95. 3 Lippman W. Public Opinion. -N.Y.,1950. -P. 81.

U. Lippman stereotiplar tadqiqi nazariyasiga asos sogan bo‘lsa, 1933-yilda amerikalik olimlar D. Kas va K. Breylilar milliy stereotiplarni o‘rganish metodikasini ishlab chiqishdi. D. Kas va K. Breylilarning tadqiqotida bir qancha etnik guruhlarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi. Keyingi yillarda etnik stereotiplarni o‘rganishga bag‘ishlangan qator tadqiqotlarni tahlil qilgan psixolog O. Klenberg “etnik stereotip” tushunchasini quyidagicha belgilagan: “Etnik stereotip –insonlar ongidagi o‘zlari yoki boshqa milliy guruhlar haqidagi manzara. Bunday obrazlar yoki tasavvurlar jamiyatda keng tarqalgan bo‘ladi; odatda, ular ob’ektiv borliqqa nisbatan o‘ta jo‘n va qabul qilinmaydigandir” 4 . Aksariyat tadqiqotchilar etnik stereotiplarni muqarrar, lekin xavfli hodisa hisoblashadi. Ko‘pchilik lug‘atlarda “stereotip” so‘zi salbiy ma’noda qayd qilingan. Jumladan, M. Korduellning psixologiyadan tuzgan lug‘atida stereotipga shunday ta’rif berilgan: “Stereotip – ma’lum guruh yoki kategoriyadagi kishilar haqidagi keskin, ko‘pincha yuzaki tasavvur. Biz umumiyatda yuzakilikka moyil bo‘lganimiz uchun ham boshqa insonlarning xulq-atvorini oldindan ko‘rish uchun stereotiplarni shakllantiramiz. Mazkur stereotiplar ko‘pincha salbiy mohiyat, soxta tasavvur va tahqirlash asosiga ega bo‘ladi. Stereotiplar har doim ham yolg‘on bo‘lmaydi; odatda, ularda ma’lum ma’noda haqiqat bo‘ladi. Stereotiplarni ko‘pchilik tomonidan bo‘lishilishi ularning singib ketishiga yordam beradi. Stereotiplar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin, lekin stereotip sohiblarining o‘zlashtirilgan tasavvurlardan qutulishi qiyin bo‘ladi” 5 . 2. Stereotip turlari. Stereotip hodisasi nafaqat tilshunoslarning ishlarida, balki sotsiologlar, etnograflar, kognitologlar, psixologlar va etnopsixolingvistlarning ham tadqiqotlarida o‘rganiladi. Ushbu fanlarning har qaysi vakili stereotiplarning xususiyatini o‘z sohasining tadqiqoti nuqtayi nazaridan belgilaydi. Shunga ko‘ra, ijtimoiy stereotiplar (kasbiga, yoshiga ko‘ra), muloqot stereotiplari, mental stereotiplar, madaniy stereotiplar, etnomadaniy 4 Klenberg O. Tensions Affecting International Understanding . 1950 . –P. 93. 5 Кордуэлл М. Психология А-Я. Словарь-справочник. –М., 2000.

stereotiplar va h.k. farqlanadi. Masalan, ijtimoiy stereotiplar shaxsning tafakkuri va muomalasini ko‘rsatadi. Etnomadaniy yoki milliy stereotiplar eng ko‘p o‘rganilgan bo‘lib, ular biron bir xalqqa xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni ifodalaydi. Etnomadaniy stereotiplar milliy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatadi, muayyan millatning o‘zini o‘zi anglashi va mentalitetining tarkibiy qismi hisoblanadi, shuningdek, milliy xarakter bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Lingvokulturologiyani ko‘proq etnomadaniy, ya’ni milliy stereotiplar qiziqtiradi. Masalan, yaponlar bilan dastlab muloqotga kirishgan yevropaliklar yaponlarning qayg‘uli hodisalar, jumladan, yaqin qarindoshlarining kasalligi yoki o‘limi haqida yuzlarida tabassum bilan gapirishlaridan hayratga tushishgan va hozirgacha hayratlanishadi. Bu kabi hodisalar berahm, shavqatsiz yapon stereotipining shakllanishiga asos bo‘lgan. Biroq mazkur holatda tabassumni Yevropa madaniyatining o‘lchovlaridan emas, balki yapon madaniyatining o‘lchovlaridan kelib chiqqan holda tushunish maqsadga muvofiqdir. Chunki qayd qilingan holat yaponlarning atrofdagilarni o‘zining qayg‘usi bilan bezovta qilmasligini namoyon qiladi. Madaniyatlararo muloqotda o‘zbeklar mehmondo‘stligi, ruslar tavakkalchiligi, qozoqlar qaysarligi, turklar hissiyotliligi, xitoyliklar sertakallufligi, yaponlar xushmuomalaligi, estonlar sustkashligi, italyanlar qiziqqonligi, inglizlar sovuqqonligi, nemislar tartibga aniq rioya qilishi bilan butun xalq haqidagi stereotip tasavvurlarni yuzaga chiqargan 6 . Qayd qilingan etnomadaniy stereotiplar orasida, ayniqsa, nemis stereotipi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Nemis madaniyatida tartib , aniqlik, puxtalik, o‘z vaqtida bo‘lishlik, buyruqqa, qonunlarga hurmat, pog‘onalilik, maqsadga intilish, ratsionalizm sifatida tushuniladi. Nemis mentalitetining stereotiplari asosida protestantlik etikasining xususiyatlari yotadi. Unda har bir kishi o‘zining xatti- harakatlari uchun Xudo oldida javob beradi. Shuning uchun ham nemislar uchun 6 Усманова Ш. Этномаданий стереотипларнинг лингвомаданий таҳлили // Лингвист . И лмий мақолалар тўплами. VI. –Тошкент: “ Akademnashr”, 2015. –Б. 120-121.

qonun muqaddas, barcha narsadan ustun hisoblanadi: “Die Gesetze ohne Ansehen der Person handhaben” (Mansabdan qat’iy nazar, qonun barcha uchun bir). Nemis stereotipidagi tartib, qonunlarga hurmat xususiyatini quyidagi misolda ham yaqqol ko‘rish mumkin: “Germaniyada faoliyat olib borayotgan bir ingliz jurnalisti tungi soat 2da baxtsiz hodisaning guvohi bo‘lgan: bo‘sh yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani birdaniga paydo bo‘lgan mashina urib yuborgan. Jabrlangan piyodani kasalxonaga olib ketishgan. Jurnalist nemis politsiyachisidan endi nima bo‘lishini so‘raganda, politsiyachi: “Hech narsa bo‘lmaydi, agarda yashab ketsa, 50 marka jarima to‘laydi, chunki u yo‘lni o‘tish mumkin bo‘lmagan joyda kesib o‘tdi”, - deb javob qaytargan”. Xalqaro latifalar, turli ko‘rinishdagi hazillar, milliy badiiy adabiyot, folklor, xalq og‘zaki ijodi va milliy til stereotip tasavvurlarning keng tarqalgan manbalari hisoblanadi. Stereotip tasavvurlar asosida milliy xarakterlarni ochib berishga qaratilgan quyidagi latifani ko‘rib chiqamiz: “Bir kuni turli millat vakillarini kino ko‘rishga yuborishibdi. Filmning mazmuni quyidagicha ekan: cho‘g‘dek yonayotgan cho‘l va qizdirayotgan quyosh. Erkak va ayol zo‘rg‘a sudralib ketishmoqda. Birdan erkak qayerdandir sersuv apelsin topadi va uni ayolga beradi. Tomoshabinlarga shunday savol berilibdi: U qaysi millat vakili?”. Fransuz-tomoshabin shunday javob beribdi: “Faqat fransuzgina ayolga shunday sermulozamat bo‘lishi mumkin!” Rus: “Yo‘q. Bu rus! Buni qarang, ahmoq. O‘zi yeyishi mumkin edi”. Yahudiy: Yo‘q, bu yahudiy. Kim ham cho‘ldan apelsin topa olardi?” Mazkur stereotiplar vositasida fransuzlarning sermulozamatligi, ruslarning beparvoligi va yahudiylarning uddaburonligi ko‘rsatilgan. Stereotiplarning avtostereotip va geterostereotip turlari ham mavjud. Avtostereotiplar kishilarning o‘zlari haqida nima o‘ylashlarini, geterostereotiplar boshqa xalqlar haqidagi o‘y-fikrlar, munosabatlarni (ko‘proq tanqidiy