Milliy mafkuraning – Xalq farovonligi g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirishda mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usul va vositalari.
Milliy mafkuraning – Xalq farovonligi g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirishda mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usul va vositalari. Reja. 1. Xalq tushunchasi. Farovonlik tushunchasi va uning ijtimoiy-falsafiy talqini. 2. Xalq farovonligi g’oyasi tushunchasi, uning mazmuni va mohiyati. 3. Xalq farovonligi g’oyasini amalga oshirishdagi asosiy vazifalar. Ommaviy madaniyat” tushunchasining ma’no-mazmuni .
O’zbek xalqi azaldan tinchliksevar xalq. «...Unga birovning yeri kerak emas. Mabodo qo’liga qurol olguday bo’lsa, faqat o’zini himoya qilish uchungina oladi» 1 . Yurtda tinch va osoyishta yashash o’zbekning mentalitetiga xos bo’lgan xususiyatdir. Odatda, yurt deganda birinchidan , ma’lum xalq, aholi yashab turgan joy, o’lka, mamlakat, vatan; ikkinchidan esa biror mamlakat yoki o’lkada yashovchi xalq, el, aholi tushuniladi 2 . Huddi shu ma’noda o’zbeklar yurti deganda o’zbek xalqi yashayotgan mustaqil O’zbekiston mamlakatini tushunmoq kerak. Yurt so’zidan yurtboshi, yurtgarchilik, yurtdosh, yurtfurush degan iboralar kelib chiqqan. Bunda yurtboshi deganda el-yurt boshlig’i, sardori, hukmdori, oqsoqali tushuniladi. Bu so’z bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining Prezidentiga nisbatan hurmat ma’nosida qo’llanilmoqda. Shuningdek yurtgarchilik deganda yurtda bo’ladigan turli taomil, munosabat, urf-odatlar; yurtdosh deganda esa bir yurtda yashovchi yoki yashagan kishilarning har biri,bir –biriga nisbatan bo’lgan munosabati tushunilsa; yurtfurush deb o’z yurti yoki vataniga xiyonat qiluvchi, vatanfurush, xoinlarga aytiladi. Demak, yurt tushunchasi keng qamrovli bo’lib, kishilarda o’zining kindik qoni to’kilgan joyni teran anglatish uchun ishlatiladi. Tinchlik tushunchasi, uning mohiyati va tabiati. Insoniyat paydo bo’libdiki, uning aqli zukko vakllari doimo tinchlik uchun kurashib kelmoqdalar. Tinchlikda hosiyat katta.Chunki u har qanday shaxs,elat,millat va jamiyatning mavjudlik sharti, kelgusidagi taraqqiyotining asosiy omili hisoblanadi. «Tinchlik» so’zi odamlarning kundalik hayotida 1) g’ala-g’ovur, shovqin-suron kabilardan xolilik; 2) kishini bezovta qilmaydigan osoyishtalik; 3) urish-janjalsiz hamma narsa me’yorida, joyida bo’lishlilik; 4) urush, o’zaro ziddiyatli to’qnashuvlardan xoli bo’lgan sharoit degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi 3 . Shunday qilib tinchlik bu har bir inson, elat, millat, xalq va davlatlarning hayoti faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan, ularni har xil yomonliklar bilan bezovta qilmaydigan betashvish, urish-janjallarsiz osoyishta yashashlari uchun to’s- 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Унинг ўзи: Б.143. 2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.5. – Т.,200.– Б.93. 3 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.4. – Т.,2008.– Б.104 – 105.
to’polonlardan, o’zaro ziddiyatli to’qnashuvlardan, katta-kichik urushlardan xoli bo’lgan sharoitdir. O’zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi, uni o’z orzu-intilishlari, maqsad- muddaolari ro’yobga chiqishining sharti deb biladi. Shuning uchun ham doimo Yaratgandan tinchlik va omonlik tilaydi. Islom Karimov tinchlikning hozirgi va kelajak hayotimiz uchun ahamiyatini quyidagicha ta’riflaydi: «Biz - Sharq farzandlarimiz. Sharq mamlakatlarining qayeriga bormang, odamlar bir-biri bilan uchrashganda, avvalambor, «Assalomu alaykum!» deyishadi. Ushbu kalom arabchadan olingan bo’lib, «Sizga tinchlik yor bo’lsin» degan ma’noni anglatadi. «Salom», ya’ni «tinchlik» so’zi Qur’oni Karimda 40 marta uchraydi. Bu muqaddas kitobning oyatlaridan bi rida shunday deyiladi: «Mehribon Parvardigor tomonidan odamlarga olqish ma’nosida «tinchlik» so’zi aytilur» 4 . Ko’rinib turibdiki, har bir inson uchun yurt tinchligi bebaho ne’mat, ulug’ saodatdir. Bashariyat o’z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, avvalo, tinchlik- totuvlikka intilib kelgan. Yurt tinchligi - barqaror taraqqiyot garovi. Tinchlikni saklash va mustahkamlash masalasi umumbashariy muammodir. Insoniyat taraqqiyo tining barcha bosqichlarida jamiyatning asosiy masalalari, birinchi navbatda, tinchlik-totuvlik holatidagina samarali hal etilgan. Shu boisdan ham yurt tinchligi - barqaror ta raqqiyot garovidir. Tinchlikni saklash muammosini o’z-o’zidan kishilarning xohish-istagi, orzu-umidlari bilan hal qilib bo’lmaydi. Insoniyat uchun muqaddas bu qadriyatga doimo izchil va qat’iy harakatlar tufayligina erishilgan. Urush tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Tinchlikning dushmani urushdir. Urush oddiy ma’noda inson,elat,millat,xalq va davlatlarni o’z girdobiga tortish oqibatida ularni halokatga olib keluvchi vahshiyona hatti-harakatdir. Ijtimoiy falsafiy ma’noda urush deb davlatlar yoki ijtimoiy guruhlar o’rtasida ularning iqtisodiy va siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun olib boradigan uyushgan tarzdagi qurolli kurash,jang,to’qnashuvlariga, yurgizayotgan siyosatlarini zo’rlik vositalari bilan davom ettirishlariga aytiladi. 4
Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, bosqinchilik harakatlari, milliy, diniy va boshqa nizo lar oqibatida urushlar olib borilishi ming yillar mobay nida jamiyat taraqqiyotiga to’sqinlik qilib keldi. O’tgan besh ming yilda insoniyat 15 mingdan ortiq urushni boshidan ke chirdi. XX asrdagi ikkita jahon urushida 60 mln. kishi halok bo’ldi. Afsuski, bu illatdan insoniyat hanuzgacha to’la qutu lish imkoniga ega bo’lmayapti. Urush va nizo, beqarorlik va buzg’unchilik g’oyalari, har qanday g’oya singari avvalo, ba’zi insonlar miyasida paydo bo’lib, so’ngra ma’lum bir guruhlar ongiga singgach, amaliyotga o’tadi. Xudsi shunday fashizm ham, avvalo, Mussolini va Gitler kabilar ongida paydo bo’lgan, so’ngra o’z ortidan odamlarni ergashtirib ne-ne balolarga sabab bo’lgan edi. O’zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi hamda uni o’z orzu-umidlari, oliy maqsadlari ro’yobga chiqishining kafola ti, deb biladi. Shu boisdan ham bobo- momolar duoga qo’l och ganlarida dastavval yaratgandan tinchlik-omonlik tilaydilar. Xalqimiz orasida ham «tinchlik bo’lsa, har qanday maqsadga erishish mumkin», degan tushuncha keng tarqalgan. Yurt tinchligi g’oyasini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. Yurt tinchligi g’oyasini amalga oshirish uchun quyidagi bir qator: 1) mamlakatimizning hududiy bo’linmasligi va sarhadlarining daxlsizligini qonuniy yo’l bilan uzluksiz ravishda ta’minlab borish ishlarini kuchaytirish; 2) mamlakatimizning mustaqilligi va davlat hokimiyatining suverenitetini himoya etuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va qurolli kuchlarimizning jangovar shayligini oshirish va takomillashtirish; 3) yoshlarni vatanparvarlik va fidokorlik ruhida tarbiyalash ishlarini zamon talablari darajasida olib borish; 4) mamlakatimiz aholisining fuqarolik burchi va Vatanga sadoqat tuyg’usini yanada oshirish; 5) jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishni izchil yo’lga qo’yish; 6) mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish yo’lida birlashish ishlarini takomiliga yetkazish kabi ishlarni amalga oshirish zurur bo’ladi.
Yurt tinchligi - Vatan ozodligi va istikloli bilan cham barchas bog’liq. Birovga qaram xalq hyech qachon erkin va faro von yashay olmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz Konstitu siyasida Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun kurashish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani qayd etib qo’yilgan. Xalqimizning tinch va osoyishta yashashi, oydin kelajagi Vatan, yurt takdiri bilan bog’liq. Shuning uchun bugungi kunda har bir fuqaro yurtim tinch - men tinch, elim to’q bo’lsa, men ham to’qman. Elimning boshiga kulfat kelsa, mening boshimga ham tegirmon toshi tushadi, demak, yurtim men uchun, men esa yurtim uchun javobgarman, o’zimni, o’z uyimni o’zim asramog’im darkor, degan haqiqatni shior qilib olishi lozim. Yuksak ma’naviyat, siyosiy madaniyat, millatning g’oyaviy va mafkuraviy yetukligi - yurt tinchligini sakdashning muhim omilidir. Xalqimiz uchun muqaddas bu g’oya jamiyatdagi turli cha fikr va qarashga ega bo’lgan barcha kuch va harakatlarni birlashtirishga va shu orqali milliy hamjihatlikni mus- tahkamlashga xizmat qiladi. Xalq farovonligi g’oyasi ni g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirishda mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usul va vositalari. Xalq tushunchasi. Har bir mustaqil mamlakatda yashayotgan xalq farovon turmush kechirishni istaydi va bu istakni amalga oshirishga harakat qiladi. «Xalq» so’zi arabchadan o’zbek tiliga kirib kelgan bo’lib lug’aviy jihatdan «yaratish, ijod qilish, yaratilgan jonzot va odamlar» degan ma’nolarni bildiradi. Kishilarning kundalik hayotida esa bu so’z: 1) odamlar; 2) qabila, elat, millat; 3) muayan joy aholisi; 4) biror joyga to’plangan odamlar xaloyiq, olomon; 5) kasb, mashg’ulot, toifa, yoki jinsga mansub kishilar guruhini bildiruvchi so’z; 6) umum tomonidan e’tirof etilgan muassasalar, lavozim va unvonlarni ifodalash uchun ishlatiladi 5 . Demak, xalq deganda muayyan joyda yashayotgan odamlar, elat, millatlar tushuniladi. Shunga ko’ra «O’zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar,O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» 6 . 5 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.4. – Т.,2008.– Б.381 – 382. 6 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон,2012. – Б.5.