logo

Milliy tarbiya konsepsiyasi.

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

22.9111328125 KB
               Mavzu: Milliy tarbiya konsepsiyasi.
                                    Reja:
 1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni. 
 2. Konsepsiya tushunchasining mazmuni.
 3. Milliy tarbiya konsepsiyasi.
 4. Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini 
rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. 
Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish , 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va
ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash 
imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasining birinchi 
prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va risolalarida 
istiqbolga erishishning yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan 
ko’rsatib bergan. Ayniqsa, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston
XXI asr bo’sag’asida”, “ Barkamol avlod orzusi ” kabi asarlarida 
jamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, 
tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon 
etilgan. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat 
taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, 
har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka 
erishgach , tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik 
tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. 
Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning 
tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi 
boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli 
sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga 
oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki 
tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya 
bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish 
jarayonidir. Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta 
ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan . 
‘’Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat ,
yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu  so’zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon 
ekanligini bilib olishimiz mumkin. Tarbiya - yosh avlodni har 
tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni 
tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni 
aqliy ,jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga 
qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash 
uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning 
jarayonlaridir. -arbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga 
berilaigan hayotiy tajriba bo’lib yosh avlodning ijtimoiy hayotga 
moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. Bunga misol 
qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib 
ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi 
balki umuman yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni 
keltirishimiz mumkin. - Har qanday fanlarni o’qitishning 
maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning 
dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy 
qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida 
metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli 
beqiyosdir. “Jamiyatda ijtimoiy-ma naviy muhit holatini 
aniqlash va manzilliʼ sog‘lomlashtirish metodikasi” hamda 
“Uzluksiz ma naviy tarbiya konsepsiyasi” ʼ asosida joylarda 
o‘tkazilgan so‘rovlar natijalaridan misollar keltirish mumkin. 
Jumladan, mazkur tashxis ishlarida aholi orasida Ota-onalarning
farzandiga yaxshi tarbiya berishi uchun nima xalaqit berayapti 
deb o‘ylaysiz? deb berilgan savolga Navoiy (60%), Jizzax 
(57,4%), Sirdaryo (57%), Samarqand (53%), Buxoro (44%) 
viloyati hamda Toshkent shahrida (50%) “ota-onalar tarbiya 
metodlarini bilmaydi va tarbiyadagi oilaning mas uliyatini 
anglamasligi” deb javob berishgan, bu ʼ ko‘rsatkichlar ota-
onalarning farzand tarbiyasiga e tibor borasida masalani jiddiy ʼ  o‘ylab ko‘rishlarini taqazo qiladi. Keyingi yillarda 
mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e tibor davlat siyosati ʼ 
darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida
2019-yil 23- avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq ta limi tizimini 
rivojlantirish, pedagoglarning ʼ malakasi va jamiyatdagi nufuzini 
oshirish, yosh avlod ma naviyatini yuksaltirish ʼ masalalariga 
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta lim va tarbiyaning ʼ 
ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz 
rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, 
“Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu 
masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. 
Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni 
o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”,
- deya alohida ta kidladi. ʼ Darhaqiqat, uzoq yillar davomida 
tarbiya bolalar ta limdan bo‘sh vaqtida ʼ amalga oshiriladigan 
qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq- 
yuluq jarayon bo‘lib kelganligi sir emas. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan
xatolar asoratlari kundalik hayotda, ommaviy axborot 
vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, 
jamoatchilikning haqli e tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Istiqlol 
sharofati bilan oilaviy munosabatlarda yuz bergan muayyan 
o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Bu o‘zgarishlarning zamini 
jamiyat va oilaning iqtisodiy asosi tubdan o‘zgarganligi, ijtimoiy 
mulk 
o‘rnini xususiy mulk egallay boshlaganligi bilan bog‘liq. Bu 
o‘rinda mulkka egalik hissiyotining tiklanganligini ta'kidlab o‘tish
kerak. Oila a'zolari va farzandlari oila mulkini ko‘paytirishdan, 
oilaning boy va farovon bo‘lishidan manfaatdor bo‘lib qoldi. 
Ilgari mulk ijtimoiy bo‘lgan davrlarda farzandlar ko‘proq ota-
onaga qaram edilar.Ularning fuqarolik yetukligi ham cho‘zilib,  uzoq davom etardi. Hozirgi yoshlar, ayniqsa, shahar joylarida 
biznes bilan shug‘ullanishdan, o‘z iqtisodiy bilimini oshirishdan 
manfaatdor bo‘lsalar, qishloq yoshlari mulkning turli shakllarmi 
tasarruf qilish, fermerlik, ishbilarmonlik yo‘llarini izlamoqda. Bu 
holat oilaning iqtisodiy quvvatini mustahkamlashga imkon 
berayotir. Oilada qizlarning tarbiyasiga alohida e'tibor berish 
imkoniyati vujudga kelayotir. Pensiya, nafaqa, ijtimoiy yordam, 
tibbiy sharoitning yaxshilanishi, onalar haqidagi g‘amxo‘rlik, 
ulaming bo‘sh vaqtining ko‘payishi, iqtisodiy ahvolning 
yaxshilanishi farzandlar tarbiyasiga ko‘proq e'tibor berishga 
imkoniyat yaratmoqda.O‘zbekiston Konstitutsiyasida ota-
onaning farzandlar oldidagi burchi aniq qilib yozilgan. Ota-
onalar o‘z farzandlarini ular voyaga 
yetgunga qadar boqishlari va tarbiyalashlari kerak(64-modda). 
Balog‘atga yetgan va mehnat qobiliyatini yo‘qotmagan bolalar 
o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar (66-
modda).
 Sharqona tarbiya talablaridan biri — ota-ona farzandiga 
chiroyli ism qo‘yishi, unga biror kasb-kor o‘rgatishi, voyaga 
yetkazib tarbiyalashi, balog‘atga yetgach, munosib juftini topib 
uylashi, boshini ikkita qilishidan iborat.
Farzandlarning burchi ota-ona qarigach, ularning holidan xabar 
olish, ularga ham moddiy, ham ma'naviy yordam qilishdan 
iborat. Ota bilan onaning tarbiya bobida gapining bir joydari 
chiqishi muhim ahamiyatga ega. Oiladagi sog‘lom muhit, mehr-
oqibat, o‘zaro hurmat, ota-onaning hayot tajribasi, bilimi, 
iymon-e'tiqodi, ma'naviyati bola tarbiyasida zaruriy omil 
hisoblanadi.Hozir O‘zbekistonda 23 milliondan ortiq aholi 
yashasa, shundan 10 million 800 ming nafari erkaklar, o‘n ikki 
milliondan ortig‘i ayollar. Ayollar-oilaning hayot tomirida oqayotgan qoni. Ayollarsiz oila 
bo‘lmaydi. Millatning davomiyligi ayol zotiga bog‘liq. Farzandlar 
o‘z onasini «volidayi mukarrama», «qiblagohim», «qiblayi 
ka'bam» deb e'zozlaydilar. Onalar ana shunday hurmatga loyiq. 
Afsuski, ona nomiga noloyiq, ma'naviy qashshoq onalar oz 
bo‘lsada, uchrab turadi.Oilada bola tarbiyasida otaning o‘rnini 
hech kim bosa olmaydi. 
Shuning uchun donishmandlar bitta ota yuzta o‘qituvchidan 
ustun bo‘lishi mumkinligini ta'kidlaganlar. Yaxshi otalarsiz 
yaxshi tarbiya bo‘lmaydi. Ota mehri ona mehridan kam emas. 
Oilada “otaning o‘rni boshqa”degan gap bejiz aytilmagan. O‘g‘il 
otadan erkaklik xarakterini 
o‘rganadi. o‘z otasiga taqlid qiladi. Boladagi er yigitga xos 
fazilatlarni ota tarbiyalaydi.
 Shu tarzda o‘qituvchi matn mazmuni bilan o‘quvchilarni 
tanishtiradi. Navro‘zda mahalla ahli birlashib, xuddi sizdek 
sumalaklar pishirishadi, Yalpiz, ismaloq kabi ko‘katlardan solib 
ko‘k somsalar, ko‘k chuchvaralar pishirishadi. Ko‘chalar 
supuriladi, ariq va zovurlar tozadanadi. Yangi mevali va 
manzarali daraxtlar ekilib, oqlanadi. Bobodehqonlar dalaga 
chiqib, yerga urug‘ qadaydilar. Navro‘z kunlari odamlar yakka-
yolg‘iz keksalar va bemorlar holidan xabar oladilar.Matnni ham 
uch-to‘rt o‘quvchilarga bo‘lib berish va ular tomonidan sharxlab
berish ham o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy.Bunday
usullar orqali matn mazmuni o‘quvchilarga tushuntirilganda:
1. O‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlari ortadi;
2. Matn mazmuni tez fursat ichida o‘zlashtiriladi;
3. Milliy qadriyatlarimiz haqidagi tushunchalari oshiriladi;
4. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizga bo‘lgan muhabbatlari
rivojlanadi; 5. O‘quvchilarning turli xil talent qirralari, yangi qobiliyatlari 
shakllanadi va rivojlanadi;
6. Aktyorlik mahoratlari shakllanadi va rivojlanadi;
7. Jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatlari rivojlanadi;
8. Tafakkur doiralari kengaytiriladi;
9. Dunyoqarashlari o‘stiriladi;
10.Fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi;
11.Lug‘at boyliklari oshiriladi;
12.Og‘zaki va yozma nutqlari rivojlanadi.
 Shuni aytish lozimki, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishda milliy
urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr- 
oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va 
totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish 
kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Bu borada ma'naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan 
hashar odati istiqlol davrida yangicha ma'no-mazmunga ega 
bo‘lib, umummilliy an'ana tusini olgani barchamizni mamnun 
etadi.Har yili Navro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida 
o‘tkaziladigan umumxalq hasharlari buning tasdig‘idir. Ana shu 
hasharlar paytida mahalla va guzarlar, yo‘llar va maydonlar, 
bog‘u rog‘larni tartibga keltirish, dov-daraxtlar o‘tqazish, kam 
ta'minlangan, muhtoj oilalar, yolg‘iz va qarovchisiz keksalarga 
amaliy yordam ko‘rsatish, hech shubhasiz, jamiyat tafakkurining
yangilanishiga kuchli ta'sir qilmoqda.
Muhtaram prezidentimizning yuqoridagi bildirgan fikrlari 
asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy 
qadriyatlarimizdan bo‘lmish hashar haqidagi tushunchadarini 
shakllantirish va uni rivojlantirish insonlarni bir-biriga 
yaqinlashtiradi, ular orasidagi o‘zaro mehroqibatni kuchaytiradi,
ahil-inoq, tinch-totuv yashash, hamjihat bo‘lib ishlash kabi  xususiyatlarni teran anglash imkonini beradi. Shuni inobatga 
olgan holda bshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarga 
hashar va uning eng ma'naviy boy milliy  qadriyatlarimizdan biri 
ekanligi haqidagi tushunchalarini rivojlantirish maqsadida 
darsning ma'lum bir qismlarida hashar o‘tkazish maqsadga 
muvofiqdir. Masalan, darsning boshida sinfni va o‘quvchilarni 
darsga tayyorgarligini tekshirish jarayonida agar sinf tozalik 
jihatidan talabga javob bermasa, o‘qituvchi o‘quvchilarga 
tozalik va ozodalik haqida 
qisqacha gapirib o‘tib, shunday deyishi mumkin:
O‘qituvchi:
- O‘quvchilar, xalqimiz qadim-qadimdan tozalikka, ozodalikka 
katta e'tibor berishgan. Ular nafaqat o‘zlarini ozoda tutishgan, 
balki o‘zlari yashaydigan hovli, ko‘cha, mahalla, qishloq va 
shaharlarini ozoda tutishga harakat qilganlar. Iflos joydan, ahlat 
ko‘p yig‘ilgan joylardan har xil kasalliklar chiqishi va odamlarni 
kasalga chalinishiga olib kelishi mumkin. Ana shunday damlarda
odamlar yig‘ilishib, ko‘cha va qishloqlarni hashar yo‘li bilan 
tozalashgan, bir so‘z bilan aytganda obodonlashtirish ishlarida 
bahamjihat bo‘lib birlashaganlar.
 Farzandlarning ota-onaga hurmati Sharqda hamma vaqt juda 
yuqori boigan. Farzandlar yoshligidanoq otasiga suyanib, 
onasining allasini tinglab, ularning mehriga qonib voyaga 
yetganlar. Ular ko‘ngliga mehr ona suti bilan kirgan, Hazrat 
Navoiy aytganlaridek, onani oy, otani quyosh deb bilganlar.Ota-
onaga bo‘lgan bunday izzat- hurmat eilada 
shakllangan. Oilaga bunday jiddiy e'tibor berilishi bejiz emas. 
Oila va jamiyat o‘zaro bog‘langan. Oila - jamiyatning tarkibiy 
qismi. Jamiyatning barcha yutuq va kamchiliklari, ziddiyatlari 
oilada o‘z aksini topadi. Oilainsonning o‘zini ishlab chiqaruvchi  muqaddas makon. U inson zotini, uning avlodini davom ettirish 
manbai. Ota-ona, oila bolalarni tarbiyalash va ularni jismonan 
hamda aqlan kamolotga erishuvi uchun mas'uldirlar.
Bizning huquqiy-demokratik davlatimizning ravnaqi oila 
farovonligi bilan bog‘liq. Binobarin, «Oila - bizning xalqimiz 
uchun millatning ko‘p asrlik an'analari va ruhiyatiga mos 
bo‘lgan g‘oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir».
O‘zbekistonda oilaning o‘ziga xos tomonlaridan biri uni tashkil 
etadigan a'zolarining ko‘p sonli ekanligidir. Ularda turli avlod 
vakillari birga yashaydi. Shunday oilalar borki, o‘z tarkibiga 7-8 
ta, hatto 10 dan ortiq farzandlarni oladi. Uning bag‘rida bir 
necha kichik oilalar istiqomat qiladi, yashaydi. Bu esa bolalarni 
tarbiyalash, ularni umuminsoniy ma'naviy qadriyatlar, 
an'analardan bahramand qilish, bilim darajasini oshirish uchun 
qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi shunday oilalarda bolalar 
yoshlikdanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim va 
hunar egallashni o‘rganadi.
 Oila va jamiyat munosabatlari tizimida nikoh muhim o‘rin 
tutadi. Nikoh - erkak va ayol orasidagi tabiiy munosabatlarning 
ijtimoiy zaruriy, barqaror shaklidir.
Nikoh er va ayolning tabiiy munosabatlariga yagonalik va 
barqarorlik tusini beradi. Nikoh ikki jinsning tabiiy intilishlarini 
qonun vositasi bilan jilovlaydi, tabiiy irodasiga axloqiy go‘zallik 
baxsh etadi. Oila shaxsiylik va ijtimoiylik birligidan iborat. Uning 
shaxsiyligi, nisbiy mustaqilligi har bir oilaning o‘z maqomi borligi
bilan xarakterlanadi. U o‘z xo‘jaligini yurgizishda mustaqil. O‘z 
taqdirini o‘zi  belgilaydi, unga birov tashqaridan zo‘rlik bilan 
aralasha olmaydi. Shu bilan birga u jamiyatning kichik bo‘lagi 
bo‘lganligi uchun ham jamiyatdan xoli, alohida yashay olmaydi.  Shu ma'noda, oila ijtimoiy hodisa bo‘lib, unga ijtimoiy institut, 
ijtimoiy guruh deb qarash mumkin. Uning manfaatlari jamiyat 
manfaatlari bilan mos tushadi. Oila ijtimoiy foydali funksiyalarni
bajaradi, o‘z a'zolarining jismoniy va axloqiy 
kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Oilaning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetmaslik, uni mutlaqo 
shaxsiy ish deb qarash jamiyat manfaatlariga zarar yetkazadi, 
er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida yuksak insoniy 
fazilatlarning qaror topishiga xalaqit beradi.
Mahalliy hokimiyat va jamoatchilik oilani unutgan yedrda turli 
ko‘ngilsiz hodisalar kelib chiqishi mumkin. 1998 yili Namangan 
viloyatidagi ayrim yoshlarning adashib; ba'zi ekstremistik 
kayfiyatdagi odamlar ta'siriga tushib qolishi bunga misol bo‘ladi.
Oila va jamiyat manfaatlari bir-biri bilan mos tushsagina, oila 
ravnaqi haqida gapirish mumkin. Oila hayotining ijtimoiy va 
shaxsiy tomonlari uyg‘un bo‘lgandagina, u axloqiy jihatdan 
mustahkam bo‘ladi. Bu esa oila a'zolarining ma'naviyatiga 
bog‘liq. Odamlar qanchalik ongli bo‘lsalar, jamiyat rivoji ham 
shunchalik rivoj topadi. Yuqoridagi fikrlarga xulosa yasaydigan 
bo‘lsak, ma'naviyat tarkibida axloqiy fazilatlar ustuvor o‘rin 
egallashiga ishonch hosil qilamiz. Ayni paytda, ma'naviyatning 
mazkur qatlamlari o‘zaro uzviy bog'liqligini ham alohida 
ta'kidlab o‘tish lozimdir.Ulardan birortasi na sof axloqiy, na sof 
estetik, na sof intellektual, na sof ekologik mohiyat kasb 
etmaydi. Savollar: 
1. Tarbiyavish ishlarni tashkil etish metodikasi fanining 
ilmiy tadqiqod metodlari nima?
2. Insonparvarlik tarbiyasi mazmuni, metod va tamoyillar 
haqida malumot bering?
3. Tarbiyaviy ishlar tarkibi va tuzilishi qanday?
4. MTT larda tadbirlarni o'tkazish senariysini tuzish 
qanday amalga oshiriladi?
5. Tarbiyachi va uning faoliyati mazmuni qanday?
6. Tarbiyaviy ishlarni iashkil etish metodikasi-fanining 
maqsad vazifalar qanday?
7. Insonparvarlik tarbiyasi mazmuni, metod va tamoyillari
qanaqa?
8. Tarbiyaviy ishlar tarkibi va tuzilishi qanday?
9. Tarbiyachi va uning faoliyati mazmuni qanaqa?
10. Jarnoatushunchasi va uni shakllantirish bosqichlari 
haqida aytib bering? Test:
 1. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
A Mikro muhit, mezo muhit, makro muhit , irsiyat, ta’lim-
tarbiya, shaxsiy faoliyat.
B Mikro muhit, iste’dod, xotira.
D Shaxsiy faoliyat, mafkura.
E Irsiyat, iste’dod, xotira.
2. Nazariya – bu:
A Bilimlarning haqqoniy ekanligi.
B Harakatlar yig‘indisi.
D Fikrlar tizimi.
E O‘qituvchi va o‘quvchilarning xususiyatlarini o‘rganish.
3. Dars tiplari.
A Aralash darslar, yangi materiallarni bayon etish, 
takrorlash, bilimlarni tekshirish va baholash, 
mustahkamlash darsi.
B Aralash darslar, yangi bilimlarni bayon etuvchi va 
leksiya darslari.
D O‘tilgan materiallarni mustahkamlash, umumlashtirish 
darslari.
E O‘yin darslari, press-konferensiya, mohir qo‘llar darsi. 4. Ibtidoiy jamoa davrlarida tarbiyaning yuzaga kelishiga 
sabab bo‘lgan shart-sharoitlar nimalardan iborat?
A Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib 
topgan ijtimoiy munosabatlar.
B Kohinlar va oqsoqollarning maqsadga muvofiq faoliyati.
D Bolalarning kattalarga taqlidi.
E Kishilarning o‘z nasl-nasabini davom ettirishda tabiiy-
biologik negizga asoslanishi
5.Tarbiya qachon vujudga kelgan?
A.Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan
B.Asrimiz boshlarida
D.Uyg‘onish davrida
E.Quldorlik tuzumi davrida
6. Tarbiya jarayoni qanday jarayon?
A. E .Hamma javoblar to‘g‘ri
B.Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi qatnashadigan jarayon
D.Tarbiyachi bevosita tashkil etadigan, ko‘p qirrali 
qatnashadigan jarayon
E Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga 
olgan ikki yoqlama jarayon
7.«Metod» so‘zining lug‘aviy ma‘nosini ko‘rsating?
A. «Metod» grekcha so‘z bo‘lib, yo‘l, usul demakdir B. «Metod» lotincha so‘z bo‘lib, «vositachi» ma‘nosini 
bildiradi
D. «Metod» inglizcha so‘z bo‘lib, «yo‘l ko‘rsatuvchi» 
degan ma‘noni bildiradi
E. «Metod» yunoncha so‘z bo‘lib, «uslubiyat» ma‘nosini 
bildiradi
8.Tarbiyaning tarkibiy qismlari qaysi qatorda to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan?
A) Barchasi to’g’ri
B) Jimoniy, estetik
D) Mehnat, huquqiy, iqtisodiy va boshqalar
E) Aqliy, axloqiy, jinsiy
9. Jamoa an’analari 2 ta bo‘ladi. Bular qaysilar?
A) B va D
B) Qonunda belgilangan bayramlar
D) Kundalik faoliyat
E) Qadimiy bayramlar
10. Jamoa so‘zining ma’nosi nima?
A) Omma, yig‘ilma
B) Xalq, yig’im
D) Omma, xalq
E) Jamiyat, birlashma

Mavzu: Milliy tarbiya konsepsiyasi. Reja: 1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni. 2. Konsepsiya tushunchasining mazmuni. 3. Milliy tarbiya konsepsiyasi. 4. Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish , rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko’rsatib bergan. Ayniqsa, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”, “ Barkamol avlod orzusi ” kabi asarlarida jamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach , tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan . ‘’Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat , yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu

so’zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy ,jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. -arbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin. - Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. “Jamiyatda ijtimoiy-ma naviy muhit holatini aniqlash va manzilliʼ sog‘lomlashtirish metodikasi” hamda “Uzluksiz ma naviy tarbiya konsepsiyasi” ʼ asosida joylarda o‘tkazilgan so‘rovlar natijalaridan misollar keltirish mumkin. Jumladan, mazkur tashxis ishlarida aholi orasida Ota-onalarning farzandiga yaxshi tarbiya berishi uchun nima xalaqit berayapti deb o‘ylaysiz? deb berilgan savolga Navoiy (60%), Jizzax (57,4%), Sirdaryo (57%), Samarqand (53%), Buxoro (44%) viloyati hamda Toshkent shahrida (50%) “ota-onalar tarbiya metodlarini bilmaydi va tarbiyadagi oilaning mas uliyatini anglamasligi” deb javob berishgan, bu ʼ ko‘rsatkichlar ota- onalarning farzand tarbiyasiga e tibor borasida masalani jiddiy ʼ

o‘ylab ko‘rishlarini taqazo qiladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e tibor davlat siyosati ʼ darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23- avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq ta limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning ʼ malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma naviyatini yuksaltirish ʼ masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta lim va tarbiyaning ʼ ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, - deya alohida ta kidladi. ʼ Darhaqiqat, uzoq yillar davomida tarbiya bolalar ta limdan bo‘sh vaqtida ʼ amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq- yuluq jarayon bo‘lib kelganligi sir emas. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar asoratlari kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, jamoatchilikning haqli e tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Istiqlol sharofati bilan oilaviy munosabatlarda yuz bergan muayyan o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Bu o‘zgarishlarning zamini jamiyat va oilaning iqtisodiy asosi tubdan o‘zgarganligi, ijtimoiy mulk o‘rnini xususiy mulk egallay boshlaganligi bilan bog‘liq. Bu o‘rinda mulkka egalik hissiyotining tiklanganligini ta'kidlab o‘tish kerak. Oila a'zolari va farzandlari oila mulkini ko‘paytirishdan, oilaning boy va farovon bo‘lishidan manfaatdor bo‘lib qoldi. Ilgari mulk ijtimoiy bo‘lgan davrlarda farzandlar ko‘proq ota- onaga qaram edilar.Ularning fuqarolik yetukligi ham cho‘zilib,

uzoq davom etardi. Hozirgi yoshlar, ayniqsa, shahar joylarida biznes bilan shug‘ullanishdan, o‘z iqtisodiy bilimini oshirishdan manfaatdor bo‘lsalar, qishloq yoshlari mulkning turli shakllarmi tasarruf qilish, fermerlik, ishbilarmonlik yo‘llarini izlamoqda. Bu holat oilaning iqtisodiy quvvatini mustahkamlashga imkon berayotir. Oilada qizlarning tarbiyasiga alohida e'tibor berish imkoniyati vujudga kelayotir. Pensiya, nafaqa, ijtimoiy yordam, tibbiy sharoitning yaxshilanishi, onalar haqidagi g‘amxo‘rlik, ulaming bo‘sh vaqtining ko‘payishi, iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi farzandlar tarbiyasiga ko‘proq e'tibor berishga imkoniyat yaratmoqda.O‘zbekiston Konstitutsiyasida ota- onaning farzandlar oldidagi burchi aniq qilib yozilgan. Ota- onalar o‘z farzandlarini ular voyaga yetgunga qadar boqishlari va tarbiyalashlari kerak(64-modda). Balog‘atga yetgan va mehnat qobiliyatini yo‘qotmagan bolalar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar (66- modda). Sharqona tarbiya talablaridan biri — ota-ona farzandiga chiroyli ism qo‘yishi, unga biror kasb-kor o‘rgatishi, voyaga yetkazib tarbiyalashi, balog‘atga yetgach, munosib juftini topib uylashi, boshini ikkita qilishidan iborat. Farzandlarning burchi ota-ona qarigach, ularning holidan xabar olish, ularga ham moddiy, ham ma'naviy yordam qilishdan iborat. Ota bilan onaning tarbiya bobida gapining bir joydari chiqishi muhim ahamiyatga ega. Oiladagi sog‘lom muhit, mehr- oqibat, o‘zaro hurmat, ota-onaning hayot tajribasi, bilimi, iymon-e'tiqodi, ma'naviyati bola tarbiyasida zaruriy omil hisoblanadi.Hozir O‘zbekistonda 23 milliondan ortiq aholi yashasa, shundan 10 million 800 ming nafari erkaklar, o‘n ikki milliondan ortig‘i ayollar.