logo

Mixail Lermontovning Zamonamiz qahramoni asari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

21.951171875 KB
Mixail Lermontovning "Zamonamiz qahramoni " asari
Reja:
1) "Zamonamiz qahramoni " asari haqida
2) Asardagi bosh qahramon - Pechorin shaxsiyati.
3)Yozuvchining badiiy mahorati. Mixail   Lermontovning   «Zamonamiz   qahramoni»   qissasi   o‘quvchini   haqiqatda
o‘ylatadi.   Asar   insoniy   munosabatlar   –   do‘stlik,   muhabbat,   sadoqat   va   xiyonat,
axloq   qoidalari   ustiga   qurilgan.   Bosh   qahramon   –   Zamonamiz   qahramoni,   ya’ni
Pechorin ijobiy obraz emas, ammo uning aniq bir xislatini  odamiylikdan mutlaqo
yiroq, deb baholashimiz ham o‘rinli emas. Zamonamiz qahramoni – yozuvchining
o‘zi   e’tirof   etganidek,   odamlarni   qusurdan   davolash   uchun   zarur   bo‘ladigan
«achchiq   dori,   o‘tkir   haqiqat».   Pechorin   bizning   oramizda,   bir   havodan   nafas
olayotgan   tanishimiz   yoki   qo‘shnimiz.   Uning   illatini   oshirib,   muqarrar   jazoga
ro‘para   qilish   insoniylikka   qanchalik   xos?   «Dardning   qanday   dard   ekanligini
ko‘rsatib berishning o‘zi kifoya, uni qanday davolashni Xudo biladi».
Zamonamiz   qahramoni   -   rus   adabiyotidagi   birinchi   ijtimoiy-psixologik   roman
bo'lib   ,   M.Yu.Lermontov   tomonidan   1838-1840   yillarda   yozilgan   va   1840-yilda
nashr qilingan. Rus adabiyoti klassik namunalaridan biri.
Roman   bir   necha   qismdan   iborat   bo‘lib,   ularning   xronologik   tartibi   buzilgan.
Bunday   tartibga   solish   maxsus   badiiy   vazifalarni   bajaradi:   xususan,   dastlab
Pechorin Maksim Maksimichning ko'zi bilan ko'rsatiladi va shundan keyingina biz
uni kundalikdagi yozuvlarga ko'ra ichkaridan ko'ramiz.
Boblarning xronologik tartibi:
1)"Taman"
2)"Malika Meri"
3)"Bela" (Maksim Maksimich hikoyasining boshlanishi)
4)"Fatalist"
5)"Bela" (Maksim Maksimich hikoyasining oxiri; hikoyaning ramkasi)
6)"Maksim Maksimich"
7)Pechorin jurnaliga so'zboshi Grigoriy Pechorin.
Kavkazda   xizmat   qilish   uchun   surgun   qilingan,   aqlli,   o'qimishli,   ziddiyatli
xarakterga ega, hayotdan hafsalasi pir bo'lgan, hayajon izlayotgan yosh ofitser.
Bela.
Tog'li shahzodaning kenja qizi, yosh, chiroyli, mag'rur, kuchli, ammo yumshoq,
Pechorinni yaxshi ko'radi.
Maksim Maksimich.
Ellik yoshlar atrofidagi armiya zobiti, bakalavr, mehribon, sodda, halol.
U   unga   qo'mondonligi   ostida   xizmat   qilgan   Grigoriy   Pechorin   haqida   hikoya
qilib beradi.
Pechorin va Maksim  Maksimich tezda do'st  bo'lishdi. Bir  kuni  mahalliy tog'lik
shahzoda ularni ziyofatga taklif qildi. U erda Pechorin Belani ko'rdi, sevib qoldi va
qizni otasining uyidan o'g'irlashga qaror qildi.
Kazbich.
 Tog'li, jasur, dadil, shafqatsiz zobit, Belani yaxshi ko'radi.
"Mening qaysarligim o‘zim bilan bir kunda tug‘ilgan bo‘lsa kerak, butun umrim
qalbimga   yoki   aqlimga   qarshi   qayg‘uli   va   muvaffaqiyatsiz   qaysarlik   qilish   bilan
o‘tdi". Pechorin. 
Mixail   Lermontovning   "Zamonamiz   qahramoni"   romani   1840-yilda   yozilgan.
Ushbu roman qisman avtobiografik chizgilarga ham ega. 
Asar   syujetining  dastlabki   ikki   bobi   yozuvchi   tomonidan  hikoya   qilinadi.  Asar
qahramoni   bo‘lgan   Pechorinning   jurnallari,   ya'ni   kundaliklari   muallif   qo‘liga
tushgandan   so‘ng   voqealar   Pechorinning   o‘z   tilidan   keltiriladi.   Bu   esa   asarda
Pechorinning   ichki   kechinmalari,   o‘ylari,   tuyg‘ularini   yanada   yorqinroq
tasvirlashga   imkon   yaratadi.   O‘qiyotgan   kitobxon   Pechorinni   bilan   birgalikda
ularni his qilib, uning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘radi. Asardagi   har   bir   qahramon   chizgilari,   ularning   portreti,   ichki   tuyg‘ulari   juda
yaxshi   tasvirlab   berilgan.   Ayniqsa,   ko‘zlar   tasviri   har   bir   kitobxonga   manzur
keladi,   deb   o‘ylayman."Avvalo,   u   kulganda   ko‘zlari   kulmas   edi."   Pechorinning
aslida  qanday   ekanligini   shundan  ham   bilib  olishimiz   mumkin.  U  o‘zini   baxtiyor
etib ko‘rsatmoqchi, lekin ko‘zlari aslida unday emasligini oshkor qilib qo‘yyapti.
Tabiat,   xususan,   tog‘lar,   osmon,   tong,   bulutlarni   tasvirlashda   o‘ziga   xos
o‘xshatishlardan   foydalanilgan.   Bu   esa   ushbu   romanni   she'riyatga   ham   qisman
yaqinlashtirgan.
"Zamonamiz   qahramoni"   romani   bosh   qahramoni   Grigoriy   Aleksandrovich
Pechorin   mag‘rur,   qat'iyatli,   o‘ziga   bino   qo‘ygan,   aqlli,   tadbirkor,   hech   narsadan
qo‘rqmaydigan, ba'zan o‘z-o‘ziga ham tushuna olmaydigan inson sifatida ko‘rsatib
berilgan.   U   o‘zi   istagan   narsaga   erishmaguncha   harakat   qilardi   va   bu   maqsadga
yetish   yo‘lidagi   mashaqqatlaridan   zavqlanar   edi.   Maqsadiga   yetgandan   so‘ng   esa
yana hayoti ma'nosini yo‘qotar va bundan tezda zerikar edi. O‘zi aytganidek, uning
eng   katta   zavq   manbayi   atrofdagilarni   o‘z   irodasiga   bo‘ysundirish   edi.   Bunga
erishgandan so‘ng u boshqa zavqlanadigan narsa izlab qolar edi.
Ba'zan   u   boshqalarning   baxtsizligi   sababchi   bo‘lishni   istamas   edi,   lekin   u
shunday   yaratilgani   uchun   o‘zini   o‘zgatira   olmas   edi,   balki   o‘zgartirishni   ham
istamas edi. 
Pechorin   tuyg‘ulardan   ko‘ra   ko‘proq   aqliga   quloq   solar,   uning   ko‘rsatgan
yo‘lidan   yurar   edi.   U   doimo   o‘zini   baxtiyor   va   sovuqqon   ko‘rsatishga   intilar   va
buning uddasidan ham chiqar edi.
Uning uchun baxt bu u tuygan g‘urur edi. U hech qachon birovga bosh egishni
istamas   edi.   Balki   shuning   uchun   hech   qachon   uylanmasdi,   uylanish   haqida   so‘z
ochilsa qochib qolardi. Balki uylanmasligiga yoshligidagi bashorat sababchidir.
Shuningdek,   asardagi   Maksim   Maksimich,   Bela,   Meri,   doktor   Verner,
Grushnitskiy, Vera obrazlari orqali Pechorin obrazi yanada ochib berilgan. Lermontov   ushbu   asari   va   undagi   Pechorin   obrazi   orqali   o‘sha   zamondagi
yoshlarni, ularning naqadar  beqaror  ekanliklarini, bir  xil  hayotdan zerikib, doimo
sarguzasht   izlab   yurishlarini   ko‘rsatib   bergan.   Pechorin   va   uning   qilgan   xatolari,
bir   inson   muhabbatiga   erishib,   so‘ngra   uni   bundan   judo   etishi,   oqibatda   o‘sha
qizlarning   qalbida   paydo   bo‘luvchi   nafratga   duchor   bo‘lishi,   yosh   bir   ofitser
Grushnitskiyni   oddiy   uydirma   gaplari   va   o‘zlari   uyishtirgan   fitna   ortida   o‘lib
ketishlari naqadar aqlga sig‘maydigan holatlar ekanligini ko‘rsatib bergan.
Pechorindek   boshqalarga   nisbatan   hukmronlik   qilish   tuyg‘usi,   boshqa
insonlarning   baxtsizligiga   sababchi   bo‘lish,   qalbiga   va   tuyg‘ulariga   nisbatan
bepisand   munosabatda   bo‘lish   insonni   tubsiz   chohga   yetaklashini   asarni   o‘qish
orqali bilib olamiz.
Pechorindagi   erkinlik   tahsinga   sazovor   edi.   U   hech   kimni   aldamas   edi.   Barini
ro‘yi-rost   aytardi.   Insonlarga   o‘zini   yolg‘ondan   mehribon   qilib   ko‘rsatmas   edi.
Balki shuning uchun ko‘pchilikka yoqmas ham edi.
Asardagi bir iqtibos orqali o‘z fikrlarimni yakunlamoqchiman.
"Har narsaning o‘z me'yori bo‘ladi; ko‘p narsalar gapirilmaydi, ko‘ngil bilan his
qilinadi."
Pechorin   -   bu   siz   yoki   biz,   yoki   yonimizdagi   odam   timsoli   bo'lishi   mumkin.
Yaqinining o'limiga befarq qaraydigan kishilarda, jamiyat unga talpinadi-yu, lekin
jamiyatni   o'zidan  itaradigan  yakkalikdagi  kishini   ko'rganda,   do'stlashish  istagidan
voz   kechishni   afzal   bilgan   kimnidir   uchratganimizda   yoki   kuzatganimizda
beixtiyor   Pechoringa   o'xshar   ekan,   degan   fikr   hayolga   keladi.   Hayolimizdagi
Pechorin ko‘z oldimizda turgandek tuyuladi.
 Lermontov asarlarida doim shaxs va jamiyat mavzusi yetakchilik qilgan. Biroq
bu gal Lermontov o'lmas mavzuga qo'l urgan. Asarda turli xalqlar hayoti, jumladan
rus   kishisi   va   chechen   vakilining   dunyoqarash   va   e'tiqod   masalasidagi   farqlarini
ko'rish   mumkin.   Knyajka   Merrining   ismi   inglizlarga   taqlidan   qo‘yilgan.   Shuning
uchun   ham   asarda   shaxs   va   jamiyat   emas,   jamiyatlar   munosabati   ko‘tarilgan   deb baholash   mumkin.   Pechorin   turli   jamiyatlarda   bo‘ldi:   harbiy   safarda,
chechenlar(o‘zga   xalq)   davrasida,   eski   muhabbati   bilan   bir   muhitda,   uni
takabburlikda   ayblovchi   jamiyat   bilan   esa   hatto   duelgacha   bordi.   Yozuvchi
o‘zining   badiiy   maqsadini   har   bir   bobda   sayqallashtirib   borgan.   Qahramonga
kitobxonni   yaqinlashtirishning   ikki   usulidan   foydalangan.   Birinchidan,   Verner
bilan   bo‘lgan   suhbatlar   bo‘lsa,   ikkinchidan   Pechorinning   kundaliklari.
Kundalikdagi   birinchi   shaxs   tilidan   bayon   qilingan   gaplar   asar   boshlanishida
berilgani ayni muddao. Kitobxon bosh qahramon bilan avvaldan tanishib oladi.
Asarda yozuvchining bilimi  nafaqat  u berib o‘tgan jahon adabiyotidagi  nomlar
bilan   balki,   iboralar   bilan   ham   ko‘rinadi,   deyish   mumkin.   Muallif   fransuzcha,
italyancha   so‘z   va   iboralarni   qahramonlar   nutqiga   kiritgan.   Bu   jarayon   bizga
Lermonov xorijiy tilrdan boxabar bo‘lgan ekan, degan xulosani beradi, albatta.
  Kishilarga   nisbatan   real   bo‘lib   tuyulmaydigan   narsalar   g‘ayritabiiy   ko‘rinadi.
Pechorinning   sovuqqonligi,   kuydi   pishdilikdan   yiroqligi   atrofdagilarining
e‘tiborini tortadi. U hech kimga o‘xshamagani va e‘tiborda ekani uchun muallif uni
qahramon   deb   ataydi.   Aslida   qahramonlik   tushunchasini   beruvchi   biron   vazifa
bajargani   yo‘q.   Jamiyatga   ergashmay   o‘z   yo‘lidan   yuruvchilar   zamonamiz
qahramonlaridir. 
Adabiyotning   vazifasi   insonni   tarbiyalash.   Pechorin   orqali   kitobxon   nimanidir
o‘zgartirsa,   ibrat   olgan   bo‘lsa   yoxud   o‘z   xarakter   xususiyatlarini   yuksaltirsa
adabiyot ta‘siri bejiz ketmagan bo‘ladi.
Asarni o'qib shunday deyishimiz mumkinki,Pechorin o'z zamonasi odamlaridan
ustun edi, ikkiyuzlamachilikni, ortiqcha mulozamatni yoqtirmasdi va balki shuning
uchun ham zamonasining qahramoniga aylangandir... Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mixail   Lermontov.Zamonamiz   qahramoni.Toshkent:   Yangi   asr   avlodi,   2015.
— 240 b.
2. www.kutubxonachi.uz
3.wikipedia.uz.

Mixail Lermontovning "Zamonamiz qahramoni " asari Reja: 1) "Zamonamiz qahramoni " asari haqida 2) Asardagi bosh qahramon - Pechorin shaxsiyati. 3)Yozuvchining badiiy mahorati.

Mixail Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» qissasi o‘quvchini haqiqatda o‘ylatadi. Asar insoniy munosabatlar – do‘stlik, muhabbat, sadoqat va xiyonat, axloq qoidalari ustiga qurilgan. Bosh qahramon – Zamonamiz qahramoni, ya’ni Pechorin ijobiy obraz emas, ammo uning aniq bir xislatini odamiylikdan mutlaqo yiroq, deb baholashimiz ham o‘rinli emas. Zamonamiz qahramoni – yozuvchining o‘zi e’tirof etganidek, odamlarni qusurdan davolash uchun zarur bo‘ladigan «achchiq dori, o‘tkir haqiqat». Pechorin bizning oramizda, bir havodan nafas olayotgan tanishimiz yoki qo‘shnimiz. Uning illatini oshirib, muqarrar jazoga ro‘para qilish insoniylikka qanchalik xos? «Dardning qanday dard ekanligini ko‘rsatib berishning o‘zi kifoya, uni qanday davolashni Xudo biladi». Zamonamiz qahramoni - rus adabiyotidagi birinchi ijtimoiy-psixologik roman bo'lib , M.Yu.Lermontov tomonidan 1838-1840 yillarda yozilgan va 1840-yilda nashr qilingan. Rus adabiyoti klassik namunalaridan biri. Roman bir necha qismdan iborat bo‘lib, ularning xronologik tartibi buzilgan. Bunday tartibga solish maxsus badiiy vazifalarni bajaradi: xususan, dastlab Pechorin Maksim Maksimichning ko'zi bilan ko'rsatiladi va shundan keyingina biz uni kundalikdagi yozuvlarga ko'ra ichkaridan ko'ramiz. Boblarning xronologik tartibi: 1)"Taman" 2)"Malika Meri" 3)"Bela" (Maksim Maksimich hikoyasining boshlanishi) 4)"Fatalist" 5)"Bela" (Maksim Maksimich hikoyasining oxiri; hikoyaning ramkasi) 6)"Maksim Maksimich" 7)Pechorin jurnaliga so'zboshi

Grigoriy Pechorin. Kavkazda xizmat qilish uchun surgun qilingan, aqlli, o'qimishli, ziddiyatli xarakterga ega, hayotdan hafsalasi pir bo'lgan, hayajon izlayotgan yosh ofitser. Bela. Tog'li shahzodaning kenja qizi, yosh, chiroyli, mag'rur, kuchli, ammo yumshoq, Pechorinni yaxshi ko'radi. Maksim Maksimich. Ellik yoshlar atrofidagi armiya zobiti, bakalavr, mehribon, sodda, halol. U unga qo'mondonligi ostida xizmat qilgan Grigoriy Pechorin haqida hikoya qilib beradi. Pechorin va Maksim Maksimich tezda do'st bo'lishdi. Bir kuni mahalliy tog'lik shahzoda ularni ziyofatga taklif qildi. U erda Pechorin Belani ko'rdi, sevib qoldi va qizni otasining uyidan o'g'irlashga qaror qildi. Kazbich. Tog'li, jasur, dadil, shafqatsiz zobit, Belani yaxshi ko'radi. "Mening qaysarligim o‘zim bilan bir kunda tug‘ilgan bo‘lsa kerak, butun umrim qalbimga yoki aqlimga qarshi qayg‘uli va muvaffaqiyatsiz qaysarlik qilish bilan o‘tdi". Pechorin. Mixail Lermontovning "Zamonamiz qahramoni" romani 1840-yilda yozilgan. Ushbu roman qisman avtobiografik chizgilarga ham ega. Asar syujetining dastlabki ikki bobi yozuvchi tomonidan hikoya qilinadi. Asar qahramoni bo‘lgan Pechorinning jurnallari, ya'ni kundaliklari muallif qo‘liga tushgandan so‘ng voqealar Pechorinning o‘z tilidan keltiriladi. Bu esa asarda Pechorinning ichki kechinmalari, o‘ylari, tuyg‘ularini yanada yorqinroq tasvirlashga imkon yaratadi. O‘qiyotgan kitobxon Pechorinni bilan birgalikda ularni his qilib, uning o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘radi.

Asardagi har bir qahramon chizgilari, ularning portreti, ichki tuyg‘ulari juda yaxshi tasvirlab berilgan. Ayniqsa, ko‘zlar tasviri har bir kitobxonga manzur keladi, deb o‘ylayman."Avvalo, u kulganda ko‘zlari kulmas edi." Pechorinning aslida qanday ekanligini shundan ham bilib olishimiz mumkin. U o‘zini baxtiyor etib ko‘rsatmoqchi, lekin ko‘zlari aslida unday emasligini oshkor qilib qo‘yyapti. Tabiat, xususan, tog‘lar, osmon, tong, bulutlarni tasvirlashda o‘ziga xos o‘xshatishlardan foydalanilgan. Bu esa ushbu romanni she'riyatga ham qisman yaqinlashtirgan. "Zamonamiz qahramoni" romani bosh qahramoni Grigoriy Aleksandrovich Pechorin mag‘rur, qat'iyatli, o‘ziga bino qo‘ygan, aqlli, tadbirkor, hech narsadan qo‘rqmaydigan, ba'zan o‘z-o‘ziga ham tushuna olmaydigan inson sifatida ko‘rsatib berilgan. U o‘zi istagan narsaga erishmaguncha harakat qilardi va bu maqsadga yetish yo‘lidagi mashaqqatlaridan zavqlanar edi. Maqsadiga yetgandan so‘ng esa yana hayoti ma'nosini yo‘qotar va bundan tezda zerikar edi. O‘zi aytganidek, uning eng katta zavq manbayi atrofdagilarni o‘z irodasiga bo‘ysundirish edi. Bunga erishgandan so‘ng u boshqa zavqlanadigan narsa izlab qolar edi. Ba'zan u boshqalarning baxtsizligi sababchi bo‘lishni istamas edi, lekin u shunday yaratilgani uchun o‘zini o‘zgatira olmas edi, balki o‘zgartirishni ham istamas edi. Pechorin tuyg‘ulardan ko‘ra ko‘proq aqliga quloq solar, uning ko‘rsatgan yo‘lidan yurar edi. U doimo o‘zini baxtiyor va sovuqqon ko‘rsatishga intilar va buning uddasidan ham chiqar edi. Uning uchun baxt bu u tuygan g‘urur edi. U hech qachon birovga bosh egishni istamas edi. Balki shuning uchun hech qachon uylanmasdi, uylanish haqida so‘z ochilsa qochib qolardi. Balki uylanmasligiga yoshligidagi bashorat sababchidir. Shuningdek, asardagi Maksim Maksimich, Bela, Meri, doktor Verner, Grushnitskiy, Vera obrazlari orqali Pechorin obrazi yanada ochib berilgan.

Lermontov ushbu asari va undagi Pechorin obrazi orqali o‘sha zamondagi yoshlarni, ularning naqadar beqaror ekanliklarini, bir xil hayotdan zerikib, doimo sarguzasht izlab yurishlarini ko‘rsatib bergan. Pechorin va uning qilgan xatolari, bir inson muhabbatiga erishib, so‘ngra uni bundan judo etishi, oqibatda o‘sha qizlarning qalbida paydo bo‘luvchi nafratga duchor bo‘lishi, yosh bir ofitser Grushnitskiyni oddiy uydirma gaplari va o‘zlari uyishtirgan fitna ortida o‘lib ketishlari naqadar aqlga sig‘maydigan holatlar ekanligini ko‘rsatib bergan. Pechorindek boshqalarga nisbatan hukmronlik qilish tuyg‘usi, boshqa insonlarning baxtsizligiga sababchi bo‘lish, qalbiga va tuyg‘ulariga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lish insonni tubsiz chohga yetaklashini asarni o‘qish orqali bilib olamiz. Pechorindagi erkinlik tahsinga sazovor edi. U hech kimni aldamas edi. Barini ro‘yi-rost aytardi. Insonlarga o‘zini yolg‘ondan mehribon qilib ko‘rsatmas edi. Balki shuning uchun ko‘pchilikka yoqmas ham edi. Asardagi bir iqtibos orqali o‘z fikrlarimni yakunlamoqchiman. "Har narsaning o‘z me'yori bo‘ladi; ko‘p narsalar gapirilmaydi, ko‘ngil bilan his qilinadi." Pechorin - bu siz yoki biz, yoki yonimizdagi odam timsoli bo'lishi mumkin. Yaqinining o'limiga befarq qaraydigan kishilarda, jamiyat unga talpinadi-yu, lekin jamiyatni o'zidan itaradigan yakkalikdagi kishini ko'rganda, do'stlashish istagidan voz kechishni afzal bilgan kimnidir uchratganimizda yoki kuzatganimizda beixtiyor Pechoringa o'xshar ekan, degan fikr hayolga keladi. Hayolimizdagi Pechorin ko‘z oldimizda turgandek tuyuladi. Lermontov asarlarida doim shaxs va jamiyat mavzusi yetakchilik qilgan. Biroq bu gal Lermontov o'lmas mavzuga qo'l urgan. Asarda turli xalqlar hayoti, jumladan rus kishisi va chechen vakilining dunyoqarash va e'tiqod masalasidagi farqlarini ko'rish mumkin. Knyajka Merrining ismi inglizlarga taqlidan qo‘yilgan. Shuning uchun ham asarda shaxs va jamiyat emas, jamiyatlar munosabati ko‘tarilgan deb