logo

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.8173828125 KB
MAVZU:MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI
TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI
REJA:
KIRISH.
I   BOB.MUSTAQILLIK   YILLARIDA   O’ZBEK   DAVLATCHILIGI
TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI 
1,1 .Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi.
1,2 Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning
tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari.
II   BOB.XIVA   XONLIGI   VA   QO’QON   XONLIGI   TARIXINING
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’RGANILISHI 
2,1 Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar tahlili.
2,2 Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar.
III.XULOSA.
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.  Kirish.
Mavzuning   dolzarbligi:   O‘zbekistonning   eng   yangi   tarixida   muhim   bosqich
sifatida kechayotgan so‘nggi yillar (2016-2018)da ilmiy tadqiqotlarga, ilmiy
muassasalarning   faoliyatiga   jiddiy   e’tibor   qaratilmoqda.   O‘zbekiston
Respublikasi   Fanlar   Akademiyasi,   O‘zbekiston   Oliy   attestatsiya   qo‘mitasi
kabilarni   ishini   yanada   takomillashtirish   bilan   bog‘liq   chora-tadbirlarning
hayotga joriy etilayotganligi fikrimizning dalilidir.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SH.Mirziyoevning   2016   yil   18
oktyabrdagi   Islom   hamkorlik   tashkiloti   Tashqi   ishlar   vazirlari   kengashi   43-
sessiyasining   ochilish   marosimida   “Ta’lim   va   ma’rifat-tinchlik   va
bunyodkorlik   sari   yo‘l”   mavzusidagi   nutqida:   “...Mustaqillik   yillarida
O‘zbekistonda   ajdodlarimizning   muqaddas   dini   bo‘lgan   islomning
jamiyatimizdagi o‘rnini qayta tiklash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.
1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi.
Mamlakatimizda   10   ta   diniy   ta’lim   muassasasi,   jumladan,   Toshkent   islom
instituti, 9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ana shu ta’lim
maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, ilm-fanni keng yoyishga xizmat
qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bor". 1
Mustaqilikka   erishganimizdan   boshlab   mamlakatimiz   hayotida   tub
ozgarishlar   yuz   berdi.   Oz   mustaqilligini   qolga   kiritgan   Ozbekiston
Respublikasi   milliy   davlatchiligini   barpo   qilish   bilan   bir   qatorda   xalqaro
maydonda  ham   ozining  barqaror   tashqi  va   ichki   siyosati,  buyuk   va   qadimiy
tarixi, takrorlanmas manaviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug tarata
boshladi.   Garchi   mustabid   shorolar   hukmronligi   davrida   Ozbekiston   tarixi
fani tolaqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bolsada, ozining boy tarixiy merosini  koz  qorachigidek  asrab  keldi.  Bu  tarix  sahifalari  xalqimizning  boy
otmishini   bizgacha   yetkazib   bera   olgan   qolyozma   asarlarimiz   va
xalqimizning xotirasi edi. Manaviy hayotning ajralmas qismi bolgan tarixga
yangicha   koz   bilan,   xolisona,   ilmiy   jihatdan   hech   bir   mafkuraviy   aqidasiz
yondashish   imkoniyati   boldi.   Avvalo,   tarixiy   xotirasini   tiklash,   haqqoniy
tarixini   yaratish   vazifasi   qoyildi.   ―   Tarix   xotirasi,   xalqning,   jonajon
olkaning,   davlatimiz   hududining   xolis   va   haqqoniy   tarixini   tiklash,   milliy
ozlikni anglash, tabir joiz bolsa, milliy iftixorni tiklash va ostirish jarayonida
goyat muhim orin tutadi, - deb takidlaydi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov.   Mazkur   jarayonda   o‘zbek   davlatchiligini   tarixi   o‘rganish,   uni
xolisona   tahlil   etish   muhim   omillaridan   biri   hisoblanadi.   ―…   o‘zbek
tarixchilarining   bugungi   kundagi   asosiy   vazifasi…   davlatchiligimizni   ilmiy
nuqta‘i   nazardan   asoslangan   tarixini   yaratishdir ,   -   deb   ta‘kidlaydi‖
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   2   Albatta   yuqorida
takidlanganimizdek   mustaqillik   biz   uchun,   tariximiz   uchun   qorongu
sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. Otgan yaqin
yillar   oraligida   ajdodlarimizning   yuzlab   qolyozma   asarlari   dunyo   yuzini
kordi. Respublikamizda va xorijda  minglab  nusxalarda  nashr etildi.  Bu ham
tariximizning boy otmishiga va merosiga korsatilgan ehtirom va etirofdir. 2 
O‘rganilish   darajasi   :   Mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   va
ilmiy   adabiyotlar   masalaning   mohiyatiga   bolgan   yondashuv   tubdan
ozgarib,endi   tarix   haqqoniy   ravishda   ilmiylikka   asoslangan   holda   yoritila
boshlandi.   Bu   davrda   yaratilgan   ishlarga   H.Z.Ziyoyev,   H.N.Bobobekov,
V.Ishquvvatov,   Sh.Mahmudovlarning   Sh.H.Vohidov,   Z.Ilhomov,   7ilmiy
ishlarini   korsatib   otish   mumkin.   H.Z.Ziyoyevning   ―Turkistonda   Rossiya tajovuzi   va   hukmronligiga   qarshi   kurash   asari,   ―Turkiston   chor‖
mustamlakasi   davrida   kabi   asarlar   keyingi   yillarda   nashr   etilgan   ishlar	
‖
orasida ozining mukammalligi bilan alohida o`rin tutadi. 
Maqsadi:Mustaqillik   yillarida   o‘zbek   davlatchiligi   tarixiga   oid   ilmiy
tadqiqotlarning o‘rganish. 
Vazifasi:
-Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi
-Mustaqillik   yillarida   Buxorodagi   ilmiy   muassasalar   faoliyati   va   ularning
tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari
- Mustaqillik yillarida Xiva xonligi tarixigabag‘ishlangan asarlar tahlili
-Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar
Davriy chegarasi.XX asr oxiri – XXI asr boshlari.
Tadqiqot obyekti.Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy
tadqiqotlar. 
I.Bob.Mustaqillik   yillarida   o‘zbek   davlatchiligi   tarixiga   oid   ilmiy
tadqiqotlarning olib borilishi. 
1.1 Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi.
Tarixiy   va   madaniy   yodgorliklar   xalqimizning   ma’naviy   qiyofasini
shakllantirishda,   yosh   avlodda   vatanparvarlik   va   milliy   iftixor   tuyg’ularini
tarbiyalashda   muhim   o’rin   tutadi.   Shuning   uchun   ham   istiqlol   yillarida
respublikamizda   tarixiy   va   madaniy   yodgorliklarni   muhofaza   qilish,   ularni
tiklash va ulardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Tarixiy obidalar va
madaniy yodgorliklarni asrash va qayta tiklash O’zbekistonda davlat siyosati
darajasiga ko’tarildi. Bu   borada   Prezidentimiz   I.A.Karimov   quyidagilarni   ta’kidlagan   edi:
“Mustaqilligimizning   dastlabki   kunlaridan   ajdodlarimiz   tomonidan   ko’p
asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa
bo’lib   qoldi”67.   Hozirgi   kunda   respublikada   7216   ta   yodgorlik   davlat
muhofazasiga   olingan   bo’lib,   shundan   2248   tasi   me’morchilik,   1695   tasi
arxeologik   yodgorliklardir.   Respublika   hukumati   ushbu   yodgorliklarni
saqlash,   ularning   ayrimlarini   qayta   tiklash,   tarixiy   obidalardan   unumli
foydalanishga   qaratilgan   qator   chora-tadbirlarni   ishlab   chiqib,   uni   qadam-
baqadam   amalga   oshirib   kelmoqda.   Istiqlol   yillarida   respublika   hukumati
tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash ishiga katta e’tibor berdi. Bu
ishlar   asosan   davlat   byudjeti   hisobidan   amalga   oshirildi.   Ayni   vaqtda
homiylar,   xayriya   jamg'armalari   va   “Oltin   meros”   jamg'armasining
imkoniyatlari   ishga   solindi.   Natijada   mustaqillik   yillarida   bu   sohaga   sarf
qilingan   mablag'lar   yildan-yilga   oshib   bordi,   tarixiy   va   me’moriy
yodgorliklar   restavrastiya   qilindi   va   qayta   ta’mirlandi.   Agar   sobiq   ittifoq
davrida   respublikadagi   tarixiy   va   madaniy   yodgorliklarni   ta’mirlash   va
tiklash ishlariga 1989 yilda 10,28 mln rubl ajratilgan bo’lsa, mustaqillikning
dastlabki, 1992 yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hajmi 65,4
mln rublni, 1996 yilda esa 592 mln so’mni tashkil etdi.
“Buxoro haqiqati” va “Buxoronoma” gazetasi sahifalarida Buxoro vohasidagi
tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalarga oid maqolalar
ham  chop  etilgan.  Gazeta  sahifalarida  ma’muriy  inshoot  binolaridan  Ark   va
Sitorai   Moxi   Xossaga   bag’ishlangan   O.Jo’rayev,   N.Naimov,   X.Ahmedov,
N.Yo’ldoshev,   A.Xalilovlarning69   maqolalari,   shu   bilan   birga,   Buxorodagi muqaddas   qadamjoylar,   masjid,   madrasalar,   qadimgi   savdo   inshootlari   va
karvonsaroylar   xususidagi   J.Mirzaahmedov,   R.Almayev,   A.Mo’minov
K.Jumayev,   N.Naimov,   A.Xalilov,   S.Buxoriy,   A.Xalimov,   Yo.Yusupov   va
S.Salimovlarning70   ilmiy   maqolalari   keng   o’rin   olgan.   Ushbu   maqolalarda
vohadagi   tarixiy   yodgorliklar   va   ularning   ta’mirlanish   tarixi   masalalariga
bag’ishlangan.   Jumladan,   Buxorodagi   ma’muriy   inshoot   binolaridan   Ark
tarixi   to’g’risida   N.Naimov,   X.Ahmedov,   A.Xalilovlovlar   gazeta
sahifalaridagi ilmiy maqolalarida yoritib berganlar.
Arkning   asoschilari   Siyovush   va   Afrosiyob   tarixiy   shaxslar   bo’lganligi
N.Yo’ldoshev   maqolasida   quyidagicha   izohlab   beriladi:   “Siyovush   otasi
Kaykovus   Ahamoniylar   sulolasidan   bo’lib   VI   asrda   Eronda   hukmronlik
qilgan.   Abu   Rayhon   Beruniy   Siyovushnig   o’g’li   Kayxusrav   Xorazmda
hukmron bo’lganligini tarixiy faktlar asosida tasdiqlaydi. Buxoro majusiylari
Afrosiyob   va   Siyovush   qabrini   muqaddas   bilib   sajda   qilganlar.   Buxoro,
Samarqand,   Xorazm   xalqlari   qadimgi   an’analarni   davom   ettirib   Buxorolik
musulmonlar XX asr boshlariga qadar Siyovushni shahid bo’lganlar qatorida,
qabrlarini   ziyoratgohga   aylantirib,   Siyovushni   vali   (madadkor)   deb
bilganlar”.   Yuqoridagi   dalillardan   tashqari   Siyovush   zamonida   yashab
kelayotgan   mahalliy   urf   odatlar   va   an’analar   borki   uning   tarixiy   shaxs
ekanligidan   dalolat   beradi.   Birinchidan,   Buxoro   arkining   sharqiy   darvozasi
Dari   Kohfurushon   (Somonfurushon)   deb   atalgan   chunki,   darvozaning
pastidagi   maydonchada   Buxoro   arki   paydo   bo’lgandan   buyon   dehqonlar
somon,   beda   va   boshqa   mol   ozuqalarini   keltirib   sotganlar.   Ikkinchi   dalil
Siyovush shahid bo’lgandan keyin “Dari Kohfurushonda” ko’milgani uchun
bu   darvoza   “Dari   Go’riyon”   deb   atalgan.   Qadimgi   so’g’d   va   fors   tilida “qabr”-go’r   degan   manoni   bildiradi.   Uchinchi   dalil   Siyovushning   xotirasiga
bag’ishlab aytiladigan Mug’lar yig’isi marsiyasi, o’zgargan holda vafot etgan
kishining o’lgan kuni, “begoyi juma”, “qirq oqshomi” marosimida oymullalar
tomonidan   marsiya   aytish   odat   tusiga   kirib   qolgan.   To’rtinchi   dalil   Navro’z
kuni   ertalab   erkakalar   tomonidan   xo’roz   so’yilib,   bu   an’ana   ham
o’zgartirilgan   holda   saqlangan.   Navro’zda   xo’roz   so’yish   odat   ga   aylanib,
buni buxoroliklar “Qozon to’ldi”deb ataydilar .
Ushbu   me’moriy   majmuaning   qadimiy   inshootlardan   bo’lishiga   qaramay
mustaqillik   yillarigacha   bo’lgan   davrda   binoning   ta’mirlanishiga   yetarli
darajda   e’tibor   berilmagan.   Sovet   hokimiyati   yillarida   Buxoro   Xalq   Sovet
Respublikasi   tomonidan   qabul   qilingan   dastlabki   dekretlarning   birida
Respublika   xalq   maorif   nozirligi   huzurida   “San’at   va   tarixiy   yodgorliklarni
muxofaza   etish   seksiyasi”   tuzilgan.   Seksiya   ta’mirlash   ishlarini   qayta
tiklashdan   boshlab   19211922yillarda   Arkning   g’arbiy   devori   ta’mirlandi.
Lekin   keyinchalik   ta’mirlash   ishlari   olib   borilmagan   edi.   Ark   devorlarini
tiklashga   1   mln   so’m   kerakligi,   ushbu   mablag’ning   yetarli   emasligi   va
O’zbekiston   SSR   Madaniyat   Minstirligining   Restavratsiya   ilmiy   tadqiqot
institutui  tomonidan  faqat  uning g’arbiy  devorini ta’mirlash  bo’yicha  loyiha
ishlab   chiqilib,   devorning   janubiy   qismi   ning   ta’mirlanish   rejasi   ishlab
chiqilmaganligi,   Arkni   ta’mirlash   ishlariga   partiya,   sovet   tashkilotlari   va
jamoatchilik   birlashm   alari   diqqatini   jalb   qilish   lozimligi   N.Naimovning
maqolasida   aytib   o’tilagan.   XX   asrning   80yillarida   arkni   tamirlash   ishlari
yetarli   darajada   e’tibor   berilmagan.   Ushbu   davrda   ark   devorni   ta’mirlash
uchun bor yo’g’i 2 mingta g’isht ajratilgan edi . O’zbekiston   mustaqillikka   erishgandan   so’ng,   mustaqillikning   dastlabki
yillarida Buxoro  ilmiy  ta’mirlash  ustaxonasining  bunyodkorlari  A.Xo’jayev,
M.Xo’jayev,   S.Raxmatov,   A.Pak,   U.Troshuv,   S.Rustamov,   N.Fozilov,
B.Xoldorov   va   X.Salomovlar   Ark   devorlarini   qaytada   n   tiklash   tadbirini
amalga   oshirish   tashabbusi   bilan   chiqqanlar.   Sarmoya   yetishmasligi   sababli
Arkni   ta’mirlash   tadbirlarini   amalga   oshirish   uchun   viloyat   miqyosidagi
korxonalar   va   tashkilotlar   ushbu   ta’mirlashni   amalga   oshirish   uchun   Sanoat
qurilish bankining 002700050 hisob raqamiga mablag’ o’tkazishgan.3
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martda qabul
qilgan “2020-yilgacha Buxoro shahri hududidagi madaniy meros obyektlarni
ilmiy o’rganish, ta’mirlash va ularni zamonaviy foydalanishga moslashtirish
bo’yicha   davlat   dasturi   to’g’risidagi”   qaroriga   muvofiq   Ark   qal’asi   qayta
ta’mirlandi.   Ta’mirlash   ishlariga   poytaxtdagi   “Meros   chashmasi”   korxonasi
loyihalovchilari jalb qilindi. Ular obyektni asl qiyofasini saqlagan holda qal’a
devorini   avvalgidan   ham   mustahkamlash   tarxini   tayyorlab   berdilar.   Buxoro
azaldan   sharqning   yetti   iqlimga   tanilgan   qadimiy   shaharlardan   biridir.
Bunday   shuhratning   sabalaridan   biri   shahardagi   ulug’vor   masjid   va
madrasalardir.   Buxoro   shahrining   markazidagi   ulug’vor   inshootlaridan   biri
Poyi   Kalon   ansambli   o’zining   betakrorligi   bilan   ajralib   turadi.   Poyi   Kalon
ansambli   tarkibidagi   inshootlardan   biri   Masjidi   Kalonning   qayta-qayta
yaratilish   tarixiga   nazar   tashlab,   Buxoroning   rivojlanish   va   inqirozli
bosqichlarini   belgilash   mumkin.   Arslonxon   qurdirgan   mahobatli   masjid
Buxoroda   barpo   etilgan   birinchi   sajdagoh   emas.   Narshaxiyning   naql
qilishicha,   Buxorodagi   dastlabki   masjid  Muslimxonning   taxt  vorisi  Qutayba
tomonidan   713-yilda   bunyod   etilgan.   Qutayba   bu   sajdagohni   budparastlar ibodatxonasi o’rnida qurdirgan. O’sha davrda islom dini endigina Buxoroga
kirib kelayotgan edi. Xorun ar-Rashid zamonida Ark qal’asi yaqinida mo’min
musulmonlar   jamoa   bo’lib,   namoz   o’qib,   bir-birlaridan   ibrat   olishlari   uchun
jome   masjidi   qurildi.   Somoniylar   hukmdori   Ahmadning   o’g’li   Said   Nasr
hukmronligi   yillarida   Masjidi   Kalon   qulab   tushib,   minglab   odamlar   halok
bo’lgan. X asr boshida Abu Abdulloh Muhammad masjidni qaytadan bunyod
etib   bu   bino   60   yil   muqaddas   sajdogoh   sifatida   xizmat   qilgan.   Ibn   Sino,
Rudakiy,   Narshaxiy   singari   buyuk   zotlar   shu   masjidga   tashrif   buyurganlar.
Masjidi   Kalon   saljuqiylar   tomonidan   XI   asr   o’rtalarida   vayron   etilgan   edi.
Shamsul   Mulk   masjidni   qaytadan   ta’mirladi.   Uning   minbar   va   mehrobi
samarqandlik ustalar tomonidan tayyorlanib Buxoroga keltirilgan. Arslonxon
hukmronligi   yillarida   jome   masjidi   ark   qal’asi   yonida   joylashib   istilochilar
tomonidan   vayronaga   aylanganligi   sababli   masjidni   Arkdan   sharq   tomonga
qarab ko’chirishga qaror qilgan.
Shu   maqsadda   shahristondan   ko’pgina   hovli   joylar   sotib   olinib,   buxorolik
me’morlar shaharsozlik tarixida ilk bor bu inshootning samarqandlik ustalar
tomonidan   yasalgan   mehrob,   minbar   va   maksuralarni   yaxlit   tarzda   yangi
joyga   ko’chirishdi.   1221-yil   12-martda   masjid   bunyod   etilib   husni   jamoli
islom olamiga ko’z-ko’z qilindi. Hozirgi Masjidi Kalon Abdullaxon davrida
qurib bitkazilgan. U Markaziy Osiyodagi eng yirik jome masjidi hisoblanadi
Sho’rolar davrida Masjidi Kalon uzoq yillar don tashkilotining omborxonasi
vazifasini   bajargan.   Mustaqillik   yillarida   masjid   faoliyati   qaytadan   tashkil
etilib   I.Karimovning   Masjidi   Kalonni   ta’mir   etish   to’g’risidagi   farmoniga
binoan, masjid 1997-yilda ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor berildi. 4 Masjidning   ta’mirlanib   asl   holiga   keltirilishi   to’g’risida   A.Xalilov   o’z
maqolasida   quyidagi   ma’lumotlarni   keltirib   o’tadi:   “Tamirlash   ishlari   Usta
Shirin Murodov  nomidagi Buxoro maxsus ilmiy-ta’mirlash  ustasi Baxshullo
Murodov   ta’mirlovchilar   brigadasiga   topshirildi.   Masjid   gumbazidagi   niliy
koshinlarning   3700dan   ziyodi   asl   holida   saqlanib,   160ga   yaqini   yangi
tayyorlangan   bezaklar   bilan   almashtirildi.   Masjid   galeriyasida   288   ta   kichik
gumbaz   ta’mirlandi,   239   ta   ustun   poydevori   mustahkamlanib,   40   ta   ustun
qaytadan tiklandi. 126,2 x 81,6m kattalikdagi ulkan inshootda barcha suvoq
ishlari   qo’lda   bajarilib   Masjidi   Kalon   eng   ko’rkam   ziyoratgohlardan   biriga
aylantirildi”76.   Poyi   Kalon   ansamblidagi   salobatli   obidalardan   biri   Minorai
Kalon.   Minorai   Kalon   qurgan   usta   nomining   minoradagi   belbog’larning
birida aks etganligi “Buxoro haqiqati” gazetasining 1965-yil 27-iyul sonidagi
nashrida   quyidagicha   izohlab   berilgan:   “   Qoraxoniylardan   Arslonxon
tomonidan qurilgan Minorai Kalon ijodkori Usto Baqo bo’lib, me’mor binoni
qurish   davrida   o’z   nomini   sirli   yozuvlar   bilan   bitgan.   Ma’lumki   m   inora
tanasi bir necha naqshdor halqalardan iborat bo’lib, ular orasi turli geometrik
shakldagi   bezaklar   bilan   to’ldirilgan”.   Minora   o’rta   qismidagi   bir   halqada
kufiy   harflar   bilan   “mim”   harfi   yuqorisida   ortiqcha   “ayn”   bor,   “alif”   esa
“lom”   harfiga   o’xshab   ketadi,   “yo”   harfi   esa   “be”   kabi   yozilgan.   Xatning
oxiridagi   ortiqcha   “alif”   harfi   va   yuqorisidagi   “qof”   harfiga   tegishli   ikki
nuqta   bor.   Hamma   ko’rsatilgan   harflar   qo’shib   o’qilganda   “Amole   Baqo”
ya’ni   Usto   Baqo   jumlasi   kelib   chiqadi   .   Buxorodagi   eng   katta   ta’lim
muassasalardan biri Miri Arab madrasasidir. Miri Arab madrasasining tarixi
to’g’risida   S.Buxoriy   o’z   ilmiy   maqolasi   Arab   nomi   bilan   mashhur   bo’lgan
zotning asl ismi Said Abdullohdir ta’kidlab o’tgan . Shu bilan birga maqoladi da   Miri   ekanligini   U   kishi   Yamanning   Hazarmavut   mavzesida   tug’ulgan.
“Juxfat   azZoiriy”da   yozilishicha   Hazarmavutda   Hud   Alayhissalomning
qabrlari bo’lgan. Said Abdulloh amir bo’lgan, lekin 22 yoshida dillariga alloh
taollo   ishqi   paydo   bo’lib,   tojutaxtdan   voz   kechib   Samarqa   Kafshir   guzarida
Xo’ja   Ahror   Valiy   su   h   ndga   keladilar   va   uyerda   Xo’ja   batlariga   yetishadi.
Qisqa   vaqt   ichida   Xo’ja   Ahrordan   irshid   xati   olib,   buyuk   pir   darajasiga
yetishadi.   Zayniddin   Vosifiyning   ”Badoye   ul   vaqoye”   asarida
ta’kidlanishicha   Mir   Arab   Turkisto   nning   Sabron   degan   joyida   koriz,
Shofirkon,   Vobkent,   G’ijduvon   ariqlarini   qazdirib,   Shofirkon   rudi(arig’i)ni
Ubaydulloxon ibn Sulton sharafiga Sulton obod deb ataganlar. Asarda yana ta
naqshbandiya   tari   ’   kidlanishicha   Miri   Arab   Ubaydulloxonning   piri   bo’lib,
qatining   rivojlanishiga   ulkan   hissa   qo’shgan.   1512yil   Erondan   Najmi   Soniy
boshliq   80   ming   qo’shin   Movraunnahrga   hujum   qilganlarida   Buxoro   xoni
Ubaydulloxon   va   Jonibek   sultonlar   qochganlarida,   Mir   Arab   Turkistondan
Buxoroga   kelib   uni   jang   qilishga   chorlab,   jangda   g’alaba   qilishini   aytadi.
Mustaqillik   yillarida   Prezident   I.Karimov   tashshabbusi   bilan   madrasa
faoliyatini tubdan yaxshilash uchun samarali ishlar olib borildi. O’zbekiston
Vazirlar   Mahkamasining   2003yil   22avgustdagi   qaroriga   asosan   mazkur
madrasa diplomi davlat ta’lim hujjati deb e’tirof etildi Buxorodagi eski asosiy
ko’chalar   tutashgan   Labi   Hovuzni   Buxoroni   qalqib   turgan   yuragiga   qiyos
etishadi.
Ilmiy tadqiqot muallifi A.Xalilov ushbu me’moriy majmuaning tarixini ochib
berishga   harakat   qilib   quyidagilarni   keltirib   o’tadi:   “   Labi   Hovuz
majmuasining birinchi inshooti Ko’kaldosh madra sasi 1568yillarda qurilgan.
160   hujradan   iborat   ushbu   madrasada   Zaliliy,   Shukuriy,   Abdulqodir   Savdo, Maxtumquli,   Ergash   Jumanbulbul,   Berdi   Kerboboyev,   Jalol   1569   Ikromiy
kabi   adiblar   o’qishgan.   Labi   hovuz   majmuasining   ikkinchi   inshooti   1622
yilda   qurilganNodir   Devonbegi   xonaqohi   hisoblanib,   bino   tuzulishi   oddiy
bo’lib,   an’anaviy   katta   gumbaz   va   bir   necha   kichik   xonalardan   iborat.   Bino
ichkarisi o’zining kengligi bilan ajralib turadi. Nodir devonbegi ushbu binoni
tiklashdan   avval   uning   oldida   katta   tosh   ho   vuzni   qurdirishgan.   Bu   hovuz
tarixga   “Havzi   bazo’r”   ya’ni   “zo’rlik   hovuzi”   nomi   bilan   kirgan.   Bu
iboraning   arabcha   yozuvidan   1620   kelib   chiqadi”   80   .   XX   asrning   50--   yil,
ya’ni hovuzning bapo etilish sanasi yillarida hovuz qurutilib, uning zinalarida
tribunala   r,   tubida   esa   voleybol   maydonchalari   tashkil   etilgan.   60yillarda
madaniy jamoatchilik talabi bilan hovuzga suv quyilib asl holiga keltirilgan.
Labi   hovuzning   uchinchi   inshooti   sifatida   qurilgan   Nodir   devonbegi
madrasasi   162223yillarda   qurilgan   bu   binon   ing   ochilish   marosimida
Imomqulixon uni to’satdan madrasa deb e’lon qilgan. Karvonsaroy qaytadan
qurilib   madrasaga   moslashtirilgan.   1920yil   sentabrga   bu   binoga   Mirzo
Narzullo kulubi nomi berilgan. Keyinchalik bino yosh tomoshabinlar teatriga,
tikuvchilik   ustaxonasiga   aylantirilgan.   1970yilda   yodgorlikni   ta’mirlash
jaroyinida   ajoyib   sur’at   “tipirchilab   turgan   oxuni   changallab   quyosh   tomon
uchayotgan   ikki   afsonaviy   qush   tasviri”   yaratildi.   Mustaqillik   yillarida
buxorolik   naqqoshlarning   go’zal   bezaklari   bila   n   jilolangan   bu   bino   chet   el
sayyohlarining sevimli maskaniga aylangan. Buxoro aholisi VIII asrda islom
dini   kirib   kelgunga   qadar   zardushtiylik   diniga   e’tiqod   qilib,   aholining   bu
dinga sig’inganligini ko’rsatuvchi Mag’oki Attori masjidi hisoblanadi. Tarixc
hi   mutaxasis   N.Naimov   o’z   ilmiy   tadqiqotlardan   birini   Mag’oki   Attori
masjidi   va   unda   olib   borilgan   izlanishlarga   bag’ishlaydi.   Olim   o’z   ilmiy tadqiqotlarini   Narshaxiy   ma’lumotlariga   tayangan   holda   yoritib   beradi.
Buyuk   tarixnavis   Muhammad   Narshaxiy   Abul   Ha   “Xazoniy   ulsan
Nishopuriyning   ulum”   asariga   tayanib,   qadim   zamonlarda   buxoroliklar
otashparastlar mabudasi Anaxitaga sig’inganligi va uning but va sanamlarini
har   yili   sotib   olganliklarini,   bu   but   va   sanamlar   hozirgi   Mag’oki   Attori
masjidi   atrofida   yilida   2   marta   o’tkaziladigan   gavjum   bozorda   xarid
qilinganligini, bozorda o’n ming do’kon bo’lib har safar ellik ming dirhamlik
savdo   qilinganligini   va   podsho   savdo   sotiqni   rivojlantirish   maqsadida   bu
yerda otashparastlar butxonasini qurdirganligi N.Naimov o’z maqolasida qayt
etib o’tadi. Arab istilosidan keyin aholiga islom dinini singdirish maqsadida
butxona va bozor yo’q qilib tashlangan. Masjid XII asrda qayta bunyod etilib
uning   janubiy   peshtoq   qismi   hozirgi   davrgacha   saqlangan.   Bu   peshtoqning
yaratilish m islomgacha bo’lgan fors me’morchiligi uslibida qurilgan O’tgan
asrning   3081   .   aqomi   yillarida   V.Shishkin   rahbarligidagi   olimlar   masjid
atrofida izlanishlar olib borib, binoning eng qadimgi janubiy peshtoqi ostini 6
metr   chuqurlikda   qazib,   masjid   ostidan   otas   hxona   qoldig’ini   topishdi.
Qazishmalar   natijasida   turli   davrlarda   obida   o’rnida   ustmaust   uchta   bino
barpo   etilganligi   aniqlandi.   Eng   pastda   dastlabki   birinchi   qurilgan   qadimgi
otashparastlar   butxonasining   uch   metrlik   paxsa   devori   ochilgan.   Keyingi
ikkinch i devor Abu Muslim otashxonani vayron qilib, o’rniga qurdirgan va
Mag’oki   Attoron   ya’ni   chuqurlikdagi   bozor   deb   atalgan   devor   qoldiqlari.
Tadqiqotchilar   masjidning   eng   qadimgi   binosini   Sankt   Ermitajda   qo’yilgan
Sosoniylar davriga mansub laganPeterburgdagi da aks ettirilgan feodal qasrga
monand   bo’lgan   degan   fikrni   bildirishgan.   Masjidning   sharqiy   peshtoqi   va
qolgan   butun   qismi   XVI   asrda   Ubaydulloxon   davrida   bunyod   etilgan.   1860 Buxoroda   bo’lib   o’tgan   qattiq   zilzila   obidaga   shikast   yetkazib   uning
qo’shyilda gumbazi qulab tushgan.
1970yilda   Abu   Ali   Ibn   Sinoning   ming   yillik   yubileyiga   tayyorgarlik
munosabati   bilan   obida   memor   V.Filiminov   loyihasi   asosida   tubdan   ta’mir
etilgan.6
Mustaqillik   yillarida   Respublikada   xizmat   ko’rsatgan   madan   Salo   mov
rahbarligid   tikladilar.   agi   ta’mirlovchilar   obidaning   to’rt   i   yat   xodimi
Aminjon   asr   oldingi   qiyofasini   K.Jumayev,   A.Mo’minov,   J.Mirzaahmedov,
R.Almeyevlar   gazeta   sahifalaridagi   ilmiy   maqolalarida   Buxoroning
muqaddas   qadamjolaridan   Buxoro   v   iloyat   Vobkent   tumanidagi   Chashmai
Ayub.   Istiqlol   yillarida   ushbu   me’moriy   majmuaning   qayta   ta’mirlanib   asl
holiga   keltirilishi   to’g’risida   “Buxoro   haqiqati”   gazetasining   1999yil   15may
so nida “Chor Bakr tarixiy yodgorligini ta’mirlash” sarlavhasidagi maqolada
quyidagi   ma’lumotlar   keltiriladi:   1999yil   me’moriy   majmuani   ta’mirlash
bo’yicha   ish   boshlanib,   shu   yil   Buxoro   viloyat   hokimi   tomonidan   1   atrofini
ta’mirlash vaprel kunini “Chor bakra uni obodonlashtirish kuni boshlangan”
kun   deb   e’lon   qildi”.   “Buxoroyi   sharif”   jamg’armasi   huzurida   S.Baratov
boshchiligida   memoriy   majmuani   ta’mirlash   direksiyasi   tashkil   etildi.
Yodgorlikni   ta’mirlash   bo’yicha   bosh   pudratchi   tashkil   etilib,   “Shirin   Mur
odov   nomidagi   maxsus   ilmiy   ishlab   chiqarish   va   ta’mirlash”   ustaxonasi
belgilandi.   Ularga   Samarqand,   Qarshi,   Shahrisabzdan   mutaxasislar   jalb
qilingan.   Respublika   budjetidan   ta’mirlash   ishlarini   tezlashtirish   maqsadida
20   mln   so’m   mablag’   ajratilgan.   Viloyat   bosh   memori   Maxmud   Axmedov
boshliq   ijodiy   guruh   loyihasi   asosida   Chor   Bakr   majmuasida   ta’mirlash   va obodonlashtirish   ishlari   amalga   oshirilib   memoriy   majmua   asl   holiga
keltirilgan.
Mustaqillik   yillarida   obidalarimizni   ta’mirlanib   qayta   yosharishida   Buxoro
ilmiy  restavratsiya  ishlab  chiqarish  ustaxonasining  yetakchi  murabbiyssi  Ah
mad   Boymurodovning   hissasi   salmoqli   bo’lib,   u   deyarli   qirq   yildan   ziyod
umrini   memorchilikka   bag’ishlaydi.   Mirzo   Ulug’bek,   Abdullaxon,
Modarixon,   Ark,   Bahouddin   Naqshband   maqbaralari,   Navoiydagi   Mir   Said
Bahrom   obidasi   va   Qosim   Shayx   daxmasi   A.Boymurodovni   ng   qo’li   bilan
ta’mirlangan.   Ahmad   Boymurodov   va   u   Boymurodovlar,   aka   kishining
o’g’illari   Ravshanjon,   Rahimjon   va   Raxmatjon   uka   Zarif   va   Sharif
Rahimovlar,   Qo’shmurod   Xolliyev,   Raxmatjon   Ashurov,   Bahodir
Hamdamov,   Yoqubjon   Obidjonov   singari   ustalar   Masjid   i   Kalonni   qayta
tiklashda   va   Miri   Arab   madrasasi   old   qismi   peshtoqlariga   koshinkorlik
ishlarini   amalga   oshirib,   Poyi   Kalon   ansamblini   asl   holiga   keltirishda   o’z
hissalarini   qo’shganlar.   Yuqorida   bildirilgan   fikrlarga   asoslanib   “Buxoro
haqiqati”   hamda   “Buxoronoma”   gazetalari   sahifalarida   Buxoro   vohasida
mavjud   tarixiy   yodgorliklar   va   ularning   tamirlanish   tarixi   masalalariga   oid
maqolalar   O’zbekiston   tarixining   bir   qismi   hisoblangan   Buxoro   tarixi
masalasini   tadqiq   etuvchi   olim   va   tadqiqotchilar   uchun   muhim   ma’lumotlar
berishi bilan ahamiyatlidir.

MAVZU:MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI REJA: KIRISH. I BOB.MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING OLIB BORILISHI 1,1 .Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi. 1,2 Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari. II BOB.XIVA XONLIGI VA QO’QON XONLIGI TARIXINING MUSTAQILLIK YILLARIDA O’RGANILISHI 2,1 Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar tahlili. 2,2 Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar. III.XULOSA. IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

Kirish. Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonning eng yangi tarixida muhim bosqich sifatida kechayotgan so‘nggi yillar (2016-2018)da ilmiy tadqiqotlarga, ilmiy muassasalarning faoliyatiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasi kabilarni ishini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning hayotga joriy etilayotganligi fikrimizning dalilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2016 yil 18 oktyabrdagi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43- sessiyasining ochilish marosimida “Ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” mavzusidagi nutqida: “...Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lgan islomning jamiyatimizdagi o‘rnini qayta tiklash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. 1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ana shu ta’lim maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, ilm-fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bor". 1 Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub ozgarishlar yuz berdi. Oz mustaqilligini qolga kiritgan Ozbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham ozining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas manaviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug tarata boshladi. Garchi mustabid shorolar hukmronligi davrida Ozbekiston tarixi fani tolaqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bolsada, ozining boy tarixiy

merosini koz qorachigidek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy otmishini bizgacha yetkazib bera olgan qolyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi. Manaviy hayotning ajralmas qismi bolgan tarixga yangicha koz bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati boldi. Avvalo, tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qoyildi. ― Tarix xotirasi, xalqning, jonajon olkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy ozlikni anglash, tabir joiz bolsa, milliy iftixorni tiklash va ostirish jarayonida goyat muhim orin tutadi, - deb takidlaydi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligini tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. ―… o‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi… davlatchiligimizni ilmiy nuqta‘i nazardan asoslangan tarixini yaratishdir , - deb ta‘kidlaydi‖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2 Albatta yuqorida takidlanganimizdek mustaqillik biz uchun, tariximiz uchun qorongu sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. Otgan yaqin yillar oraligida ajdodlarimizning yuzlab qolyozma asarlari dunyo yuzini kordi. Respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy otmishiga va merosiga korsatilgan ehtirom va etirofdir. 2 O‘rganilish darajasi : Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar masalaning mohiyatiga bolgan yondashuv tubdan ozgarib,endi tarix haqqoniy ravishda ilmiylikka asoslangan holda yoritila boshlandi. Bu davrda yaratilgan ishlarga H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, V.Ishquvvatov, Sh.Mahmudovlarning Sh.H.Vohidov, Z.Ilhomov, 7ilmiy ishlarini korsatib otish mumkin. H.Z.Ziyoyevning ―Turkistonda Rossiya

tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash asari, ―Turkiston chor‖ mustamlakasi davrida kabi asarlar keyingi yillarda nashr etilgan ishlar ‖ orasida ozining mukammalligi bilan alohida o`rin tutadi. Maqsadi:Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning o‘rganish. Vazifasi: -Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi -Mustaqillik yillarida Buxorodagi ilmiy muassasalar faoliyati va ularning tarixiy merosimizning o‘rganishdagi xizmatlari - Mustaqillik yillarida Xiva xonligi tarixigabag‘ishlangan asarlar tahlili -Qo‘qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar Davriy chegarasi.XX asr oxiri – XXI asr boshlari. Tadqiqot obyekti.Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar. I.Bob.Mustaqillik yillarida o‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi. 1.1 Buxoro vohasi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar xalqimizning ma’naviy qiyofasini shakllantirishda, yosh avlodda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ularini tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham istiqlol yillarida respublikamizda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tiklash va ulardan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. Tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarni asrash va qayta tiklash O’zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi”67. Hozirgi kunda respublikada 7216 ta yodgorlik davlat muhofazasiga olingan bo’lib, shundan 2248 tasi me’morchilik, 1695 tasi arxeologik yodgorliklardir. Respublika hukumati ushbu yodgorliklarni saqlash, ularning ayrimlarini qayta tiklash, tarixiy obidalardan unumli foydalanishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni ishlab chiqib, uni qadam- baqadam amalga oshirib kelmoqda. Istiqlol yillarida respublika hukumati tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash ishiga katta e’tibor berdi. Bu ishlar asosan davlat byudjeti hisobidan amalga oshirildi. Ayni vaqtda homiylar, xayriya jamg'armalari va “Oltin meros” jamg'armasining imkoniyatlari ishga solindi. Natijada mustaqillik yillarida bu sohaga sarf qilingan mablag'lar yildan-yilga oshib bordi, tarixiy va me’moriy yodgorliklar restavrastiya qilindi va qayta ta’mirlandi. Agar sobiq ittifoq davrida respublikadagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va tiklash ishlariga 1989 yilda 10,28 mln rubl ajratilgan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki, 1992 yilda respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hajmi 65,4 mln rublni, 1996 yilda esa 592 mln so’mni tashkil etdi. “Buxoro haqiqati” va “Buxoronoma” gazetasi sahifalarida Buxoro vohasidagi tarixiy yodgorliklar va ularning ta’mirlanish tarixi masalalarga oid maqolalar ham chop etilgan. Gazeta sahifalarida ma’muriy inshoot binolaridan Ark va Sitorai Moxi Xossaga bag’ishlangan O.Jo’rayev, N.Naimov, X.Ahmedov, N.Yo’ldoshev, A.Xalilovlarning69 maqolalari, shu bilan birga, Buxorodagi