logo

Mustaqillik davri o’zbek tilshunosligi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

20.0849609375 KB
Mustaqillik davri o’zbek tilshunosligi
R eja :
1. Davlat tili haqidagi qonun va uning tarixiy ahamiyati.
2. Mustaqillik yillarida o’zbek tilshunosligi erishgan yutuqlari.
    XX   asrning   90-yillaridan   boshlab   milliy   an’analarni,   milliy   madaniyatni
tiklash,milliy til obro’-e’tiborini kuchaytirish muammolari ko’tarila boshlandi.
1989 yilning 21 oktabrida o’zbek tilining O’zbekistn Respublikasi Davlat tili
sifatida rasmiy e’lon qilinishi o’sha davr uchun katta tarixiy voqea bo’ldi.  Ana shu
Qonunning chiqishi tilimizning rus tili ta’siri doirasida siqilib, faqat ko’cha-ko’yda
va   oilada   foydalaniladigan   ikkinchi   darajali   bir   tilga   aylanib   qolish   xavfiga   chek
qo’ydi.
O’zbek   tili   oliy   darajadagi   davlat   anjumanlarida   qo’llanadigan,   davlatning
rasmiy   hujjatlari   yuritiladigan,   rivojlanish   istiqboli   qonun   bilan   belgilangan   tilga
aylandi.
Mustaqillikdan   so’ng   mavjud  Qonunni   isloh   qilish   zaruriyati   tug`ildi.  1995
yil   21   dekabrida   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   IX   sessiyasi   “Davlat
tili haqida”gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.
Yangi   tahrirdagi   Qonunning   ahamiyati   shundaki,   bunda   o’zbek   tilining
bugungi   jahon   hamjamiyatidagi   o’rni   hisobga   olindi.   Qonunning   23-moddasida
O’zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnoma   matnlari   davlat   tilida   yozilishi
ta’kidlandi.   Bu   modda   o’zbek   tilining   jahon   miqyosida   rasmiy   davlat   tili   sifatida
nufuzining ko’tarilishini ta’minladi.
O’zbek tili O’zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida tan olinar ekan,
bu   respublika   hududida   boshqa   tillarning   faoliyat   ko’tarishiga,   rivojlanishiga,
O’zbekistonda   yashovchi   barcha   millatlarva   elatlarning   o’z   ona   tillarida   aloqa
qilishlariga   monelik   qilmasligi   (2-modda),   ularning   tillarida   maktab-maorif   va
madaniy   muassasalar   (5-modda),   noshirlik,   pochta-telegraf,   notarial   idoralar,
televideniye   va   radio   eshittirishlar   faoliyat   ko’rsatishlari   kafolatlangan.   Boshqa
millat   va   elatlarning   tillariga   hurmat   bilan   munosabatda   bo’lish,   bu   tillarni
rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish (4-modda) ta’kidlanadi.
  Dalat   tili   haqidagi   Qonun   qabul   qilinayotgan   paytda   vaqtli   matbuotda   bir
qator baynalminal atamalarni tilimizdan chiqarish, uni arab yoki fors-tojik tilidagi
muqobili   bilan   almashtirish   tendensiyasi   kuchaydi.   Masalan,   radio   o’rniga
ovoznigor, samolyot  o’rniga  tayyora, institut  o’rniga  oliygoh, rayon  o’rniga  nohiya
va   boshqalar.   Atamalarni   almashtirish   shu   darajaga   yetdiki,   hatto mutaxassislarning   o’zlari   ham   yangi   qo’llanilayotgan   atamalarni   qaysi   tushuncha
uchun ishlatilayotganligini izohlashga qiynalib qoldi 1
.  
Ana   shunday   sharoitda   atamalarni   tartibga   solish   ehtiyoji   tug`il d i.   Shuning
uchun   Vazirlar   Mahkamasi   qoshida   atamashunoslik   qo’mitasi   tuzildi.   Yangi
tavsiya   etilayotgan   atamalar   atamaqo’m   tasdig`idan   o’tgandan   so’nggina   hayotga
yo’llanma oladigan bo’ldi. O’zbek tilining yangi atamalar bilan boyib borish yo’li
yangi   tahrirdagi   Qonunda   aniq   ifodasini   topdi.   7-moddasida   yangi   atamalar
jamoatchilik   muhokamasidan   o’tgandan   keyin   va   Oliy   Majlisning   tegishli
qo’mitasining roziligi bilan o’zbek tiliga joriy etilishi belgilandi.
Yangi   tahrirdagi   Qonunnirng   yana   bir   muhim   tomoni   shundaki,   moddalar
soni   qisqartirlgan.   Oldingisi   30   moddadan   iborat   bo’lgan   bo’lsa,   yangi   tahrirdagi
Qonunda ayrim o’z kuchini yo’qotgan moddalar chiqarib tashlangan. 
Yangi   tahrirdagi   Qonunning   9-moddasida   davlat   hokimiyati   va   boshqaruv
organlarida   ish   davlat   tilida   yuritilishi   ta’kidlanadi.   Bugungi   kunda   O’zbekiston
Respublikasining oliy darajadagi anjumanlari davlat tilida olib borilyapti .
Mustaqillik   sharofati   bilan   mamlakatimizda   tub   burilish   davri   boshlandi.
Ajdodlarimiz   qoldirgan   boy   madaniy   merosga   mehr-muhabbat   bilan   yondoshish,
ularni jahon madaniyatiga qo’shgan hissalarini  xolisona baholash imkoni tug`ildi.
Shunday   sharoitda   tilshunoslik   fanida   ham   tilimizning   o’ziga   xos   xususiyatlarini
chuqur   va   ob’ektiv   yoritish,   sorbiq   sho’rolar   davrida   fan   metodologiyasiga
aylangan  va  ob’ektga  bir   tomonlama   yondashuvchi  marksistik   ta’limot  zanjiridan
qutulish   va   olamni   bilishga   bag`ishlangan   dunyoning   eng   yaxshi   falsafiy
ta’limotlaridan, birinchi navbatda, Sharq falsafiy  ta’limotidan foydalanish harakati
boshlandi. 
Mustaqillikning   ilk   kunlaridan   boshlaboq   tilning   burcha   sath   birliklarini
sistemaviylik tamoyillari asosida qayta o’rganib chiqish harakati boshlandi.
O’zbek tili fonologik tizimini lingvistik zidlanishlar asosida o’rganuvchi va
fonemalarni farqlovchi (differensial) va birlashtiruvchi (integral) belgilar majmuasi
sifatida   e’tirof   etuvchi   A.Nurmonovning   “O’zbek   tili   fonologiyasi   va
morfonologiyasi”   (Т.,1992),   A.Azizovning   “O’zbek   tilining   fonologiyasi   va
1
 Nurmonov A.  O`zbek tilshunosligi tarixi .  – Т . ,  O`zbekiston , 2002 . 218- bet . morfonologiyasi”   (Т.,   1994)     asarlari   maydonga   keldi.   Bu   asarlarda   imkoniyat,
mohiyat,   invariant   sanaluvchi   fonema   bilan   uning   bevosita   nutq   jarayonida
variantlar orqali namoyon bo’lishi o’rtasidagi munosabat, ya’ni invariant va variant
munosabati izchil ravishda e’tiborga oldindi.
Leksikologiya   sohasida   ham   bir   qator   yutuqlar   qo’lga   kiritildi.   Chunonchi,
E.Begmatovning   “O’zbek   ismlari”,     H.Ne’matov.,   R.Rasulovlarning   “O’zbek   tili
sistem   leksikologiyasi   asoslari”   kitobining   nashr   etilishi   o’zbek   tilshunoslikda
emas, balki turkiyshunoslikda ham katta voqea bo’ldi.
O’zbek tili morfologiyasiga ham sistemaviylik tamoyillari dadil olib ki r ildi.
Grammatik   shakl   va   grammatik   kategoriyalar   o’rtasida   munosabat,   grammatik
shaklning   o’ziga   xos   ifodalanish   yo’llari,   grammatik   kategoriyalarning   til
tizimidagi o’rni kabi masalalar jahon tilshunosligi qo’lga kiritgan yutuqlar asosida
o’rganila boshlandi.
J.Eltazarovning   “So’z   turkumlari   haqidagi   nazariyalar”   (1996),
Sh.Shahobiddinovaning   “O’zbek   tili   morfologiyasi   umumiylik-xususiylik
dialektikasi   talqinida”   (2000),   mualliflar   guruhining   “O’zbek   tilining   nazariy
grammatikasi. Morfologiya” (2001) asarlari yaratildi.
O’zbek   tili   sintaksisini   sistemaviy   o’rganishga   jiddiy   e’tibor   berildi.
Jumladan,   N.Mahmudov   va   A.Nurmonovlarning   “O’zbek   tilining   mazmuniy
sintaksisi”   (Т.,     1992),   “O’zbek   tilining   nazariy   grammatikasi.   Sintaksis”
(Т.,1995),   S. Ma h ammatqulovning   “O’zbek   tilida   predikativ   sintagma
transformatsiyasi” (Т.,1998) yaratildi. 
Mustaqillik   sharoitida   o’zbek   tilining   qo’llanilish   doirasi   g`oyat   kengaydi.
Ijtimoiy munosabatlarda davlat tili imkoniyatlarining oshib borayotganligini ochib
beruvchi   N.Mahmudovning   “Тil   va   jamiyat”,   “Тil”,   “So’zimiz   va   o’zimiz”,
“Ma’rifat   manzillari”   kabi   qator   kitoblarining   nashr   etilishi   o’zbek
sotsiolingvistikasini yangi pog`onaga olib chiqdi.
Mustaqillik davrida rasmiy ish uslubining shakllanishi va rivojlanishiga ham
alohida   ahamiyat   berildi.   N.Mahmudov,   N.Mahkamov,   A.Madvaliyevlar
tomonidan   “O’zbek   tilida   ish   yuritish”   kitobining   nashr   etilishi   bu   muammoning
ijobiy hal etilishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.     Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abu Ali ibn Sino. Fonetika haqida risola. –Т., “O’zbekiston”, 1979.  Nashrga 
tayyorlovchilar: A.Mahmudov, Q.Mahmudov.
2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. –Т., Abdulla Qodiriy nomidagi xalq 
merosi nashriyoti, 1993.
3. Abu Rayxon Berun i y.  Izbrannie proizvedeniya. Тom 1, -Т.,  1974.
4. Abul Qosim az-Zamahshariy. Nozik iboralar. –Т., “Fan”, 1992.
5. Abulg`oziy Bahodirxon. Shajarayi tarokima. –Т., “Fan”,1992.
6. Abulg`oziy Bahodirxon. Shajaryi turk. – Т., Cho’lpon, 1992.
7. Aliyev A., Sodiqov Q. O’zbek tili tarixi. Тoshkent, O’zbekiston, 1994.
8. Baskakov N.A. Тyurkskix yazыki. M., 1960.

Mustaqillik davri o’zbek tilshunosligi R eja : 1. Davlat tili haqidagi qonun va uning tarixiy ahamiyati. 2. Mustaqillik yillarida o’zbek tilshunosligi erishgan yutuqlari.

XX asrning 90-yillaridan boshlab milliy an’analarni, milliy madaniyatni tiklash,milliy til obro’-e’tiborini kuchaytirish muammolari ko’tarila boshlandi. 1989 yilning 21 oktabrida o’zbek tilining O’zbekistn Respublikasi Davlat tili sifatida rasmiy e’lon qilinishi o’sha davr uchun katta tarixiy voqea bo’ldi. Ana shu Qonunning chiqishi tilimizning rus tili ta’siri doirasida siqilib, faqat ko’cha-ko’yda va oilada foydalaniladigan ikkinchi darajali bir tilga aylanib qolish xavfiga chek qo’ydi. O’zbek tili oliy darajadagi davlat anjumanlarida qo’llanadigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Mustaqillikdan so’ng mavjud Qonunni isloh qilish zaruriyati tug`ildi. 1995 yil 21 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi. Yangi tahrirdagi Qonunning ahamiyati shundaki, bunda o’zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi o’rni hisobga olindi. Qonunning 23-moddasida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma matnlari davlat tilida yozilishi ta’kidlandi. Bu modda o’zbek tilining jahon miqyosida rasmiy davlat tili sifatida nufuzining ko’tarilishini ta’minladi. O’zbek tili O’zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu respublika hududida boshqa tillarning faoliyat ko’tarishiga, rivojlanishiga, O’zbekistonda yashovchi barcha millatlarva elatlarning o’z ona tillarida aloqa qilishlariga monelik qilmasligi (2-modda), ularning tillarida maktab-maorif va madaniy muassasalar (5-modda), noshirlik, pochta-telegraf, notarial idoralar, televideniye va radio eshittirishlar faoliyat ko’rsatishlari kafolatlangan. Boshqa millat va elatlarning tillariga hurmat bilan munosabatda bo’lish, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish (4-modda) ta’kidlanadi. Dalat tili haqidagi Qonun qabul qilinayotgan paytda vaqtli matbuotda bir qator baynalminal atamalarni tilimizdan chiqarish, uni arab yoki fors-tojik tilidagi muqobili bilan almashtirish tendensiyasi kuchaydi. Masalan, radio o’rniga ovoznigor, samolyot o’rniga tayyora, institut o’rniga oliygoh, rayon o’rniga nohiya va boshqalar. Atamalarni almashtirish shu darajaga yetdiki, hatto

mutaxassislarning o’zlari ham yangi qo’llanilayotgan atamalarni qaysi tushuncha uchun ishlatilayotganligini izohlashga qiynalib qoldi 1 . Ana shunday sharoitda atamalarni tartibga solish ehtiyoji tug`il d i. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida atamashunoslik qo’mitasi tuzildi. Yangi tavsiya etilayotgan atamalar atamaqo’m tasdig`idan o’tgandan so’nggina hayotga yo’llanma oladigan bo’ldi. O’zbek tilining yangi atamalar bilan boyib borish yo’li yangi tahrirdagi Qonunda aniq ifodasini topdi. 7-moddasida yangi atamalar jamoatchilik muhokamasidan o’tgandan keyin va Oliy Majlisning tegishli qo’mitasining roziligi bilan o’zbek tiliga joriy etilishi belgilandi. Yangi tahrirdagi Qonunnirng yana bir muhim tomoni shundaki, moddalar soni qisqartirlgan. Oldingisi 30 moddadan iborat bo’lgan bo’lsa, yangi tahrirdagi Qonunda ayrim o’z kuchini yo’qotgan moddalar chiqarib tashlangan. Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining oliy darajadagi anjumanlari davlat tilida olib borilyapti . Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda tub burilish davri boshlandi. Ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosga mehr-muhabbat bilan yondoshish, ularni jahon madaniyatiga qo’shgan hissalarini xolisona baholash imkoni tug`ildi. Shunday sharoitda tilshunoslik fanida ham tilimizning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur va ob’ektiv yoritish, sorbiq sho’rolar davrida fan metodologiyasiga aylangan va ob’ektga bir tomonlama yondashuvchi marksistik ta’limot zanjiridan qutulish va olamni bilishga bag`ishlangan dunyoning eng yaxshi falsafiy ta’limotlaridan, birinchi navbatda, Sharq falsafiy ta’limotidan foydalanish harakati boshlandi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlaboq tilning burcha sath birliklarini sistemaviylik tamoyillari asosida qayta o’rganib chiqish harakati boshlandi. O’zbek tili fonologik tizimini lingvistik zidlanishlar asosida o’rganuvchi va fonemalarni farqlovchi (differensial) va birlashtiruvchi (integral) belgilar majmuasi sifatida e’tirof etuvchi A.Nurmonovning “O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” (Т.,1992), A.Azizovning “O’zbek tilining fonologiyasi va 1 Nurmonov A. O`zbek tilshunosligi tarixi . – Т . , O`zbekiston , 2002 . 218- bet .

morfonologiyasi” (Т., 1994) asarlari maydonga keldi. Bu asarlarda imkoniyat, mohiyat, invariant sanaluvchi fonema bilan uning bevosita nutq jarayonida variantlar orqali namoyon bo’lishi o’rtasidagi munosabat, ya’ni invariant va variant munosabati izchil ravishda e’tiborga oldindi. Leksikologiya sohasida ham bir qator yutuqlar qo’lga kiritildi. Chunonchi, E.Begmatovning “O’zbek ismlari”, H.Ne’matov., R.Rasulovlarning “O’zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari” kitobining nashr etilishi o’zbek tilshunoslikda emas, balki turkiyshunoslikda ham katta voqea bo’ldi. O’zbek tili morfologiyasiga ham sistemaviylik tamoyillari dadil olib ki r ildi. Grammatik shakl va grammatik kategoriyalar o’rtasida munosabat, grammatik shaklning o’ziga xos ifodalanish yo’llari, grammatik kategoriyalarning til tizimidagi o’rni kabi masalalar jahon tilshunosligi qo’lga kiritgan yutuqlar asosida o’rganila boshlandi. J.Eltazarovning “So’z turkumlari haqidagi nazariyalar” (1996), Sh.Shahobiddinovaning “O’zbek tili morfologiyasi umumiylik-xususiylik dialektikasi talqinida” (2000), mualliflar guruhining “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya” (2001) asarlari yaratildi. O’zbek tili sintaksisini sistemaviy o’rganishga jiddiy e’tibor berildi. Jumladan, N.Mahmudov va A.Nurmonovlarning “O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi” (Т., 1992), “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis” (Т.,1995), S. Ma h ammatqulovning “O’zbek tilida predikativ sintagma transformatsiyasi” (Т.,1998) yaratildi. Mustaqillik sharoitida o’zbek tilining qo’llanilish doirasi g`oyat kengaydi. Ijtimoiy munosabatlarda davlat tili imkoniyatlarining oshib borayotganligini ochib beruvchi N.Mahmudovning “Тil va jamiyat”, “Тil”, “So’zimiz va o’zimiz”, “Ma’rifat manzillari” kabi qator kitoblarining nashr etilishi o’zbek sotsiolingvistikasini yangi pog`onaga olib chiqdi. Mustaqillik davrida rasmiy ish uslubining shakllanishi va rivojlanishiga ham alohida ahamiyat berildi. N.Mahmudov, N.Mahkamov, A.Madvaliyevlar tomonidan “O’zbek tilida ish yuritish” kitobining nashr etilishi bu muammoning ijobiy hal etilishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.