Yevropa tilshunosligi
Reja: I Kirish II Asosiy qism a) O’rta asr Evropasida lotin tili o’rganiladiganyagona til ekanligi b) Realizm va nominalizm, knseptualizm vakillarining tilshunoslikga oid qarashlari. c) O’rta asrning XI-XII yuz yilliklarida realistlar va nominalistlarning lingvistik qarashlari III Xulosa 2
Lotin tilining hukmronlik mavqei o’rta asr tilshunoslik nazaryasining rivojida juda kuchli ta’sir ko’rsatdi. Shuning uchun ham ta’lim tizimida aosiy rol o’ynaydi. O’rta asr tilshnoslik nazaryasi tarixida birinchi bo’lib grammatika va mantiqqa tegishli asosiy kategoriyalar tarkibi belgilandi va ular istemol doirasiga kiritilgan. Ismlarni ot va sifatlarga bo’lib, tahlillash etakchi o’rin egalladi sufiks atamasi kashf etildi. Lotin tili XV-XVI asrlargacha barcha katolik mamlakatlarda cherkov, fan huquqiy hujjatlar, tibbiyot tili, huquqshunoslar, chinovniklar, ruhoniylarning jonli tili vazifasini ham bajardi. XVIII asrgacha diplomatiya tili sifatida qo’llanilib keldi. O’rta asrlarning XI-XII yuz yilliklarida realistlar va nominalistlar deb nom olgan vakillar o’rtasida falsafiy-lingvistik bahs boshlanadi. Ularning bahsi so’zlarning tushguncha va hodisalar munosabatiga bag’ishlangan. Naminalizm o’rta asr falsafasidagi bir yo’nalish bo’lib, u umumiy tilshunosliklarni faqat ayrim predmetlarining nomlari deb hisoblardilar. o’rta asr realizmiga qarama-qarshi o’laroq naminalistlar faqat o’zlarining individual sifatlari bilan ayrim narsalargina real suratda mavjuddir deb, davo qilar edilar. Bizning tafakkurimiz bu narsalart haqida yaratadigan umumiy tushunchalar va so’zlar narsalarga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bolishi u yoqda tursin balki, hatto ularning xossalari va sifatlarini loaqal aks ham ettirmaydi. Naminalistlar narsaning birlamchiligini va tushuncha so’zning ikkilamchiligini e’tirof etishda materialistik tendensiyalar bilan bog’liq edi. Biroq umumiy tushunchalar obeyektiv sur’atda mavjud bo’lgan narsalaning real sifatlarini aks ettirishi va ayrim narsalarni umumiy narsalardan ajratib bo’lmasligini, balki uning o’z ichiga olishini naminalistlar tushunmas edilar. Rosselin, Dins, Skof, Okkam Xi-XIV asrlarda eng taniqli naminalistlar edilar. Naminalistlarning ideyalari yangi zamonda idealist asosda Berkli va Ym ta’limotlarida rivojlantirildi. hozirgi davrda esa ular semantik falsafada rivojlantirilmoqda Natijada umumiy semantika nazaryasi shakllandi. Realizmning 3
xarakter xususiyati shuki, narsalarning yo’qlik bilan hamda boshqa borlig’ shakllari bilan taqqoslangan borlig’idir. Realistlar ko’pincha muayyan buyumda biron-bir muhim narsaning borlig’i sifatida talqin etilgan, voqelik esa muayyan buyumda butun mavjud va nomavjud narsaning mavjudligi deb tushunilgan. Ular tushuncha va hodisalar so’zlarda o’z aksini topadi deb hisoblaganlar. Realizmning yirik vakillaridan biri Anselim Krterberiyskidir. uU episkop bo’lib ishlagan. U idealistik yo’nalishni targ’ib qilish bilan biga tishunoslik muammolari bilanham shug’ulangan. Uningcha, obyektiv borliqni aks ettiruvchi umumiy tushuncha va ularga mos so’zlar bor. tushunchalarga mos narsa va hodisalar ularning ko’r-ko’rona nusxasidir. Masalan, “daraxt” “harakat” tushunchhalari mavjud. Anserlimning bu qarashlari uning bizgacha etib kelgan ikki asarida o’z aksini topgan. Uning “Monologiya” asarida xudoning borlg’ini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qiladi. Bu isbot kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotida ko’p nematlardan biri til ne’matidir. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo’lmagani sababli, hamma narsaning, hatto til shakllarining, bir sababchisi bo’lishi kerak, biz uni xudo deb ataymiz. Naminalizmning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Rosselin falsafiy ta’limotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning asoslashga tubida “Olamiy ruh”, “Mutlaq g’oya” “Olamiy aql” deb atalmish mavhum iptido borligini asoslashga harakat qilgan. Borliqda a’lohida-a’lohida narsalart mavjud bo’lib, ularning har biri oziga xos xususiyatga ega. Natijada ularning jaul-jamidan umumiy tushunchalar shakllanadi. Borliq haqidagi tafakkur a’lohida predmetlar to’g’risidagi tushunchalarni shakllantiradi. Ana shu tushunchalar narsalarga bog’liq bo’lgan yoki bo’lmaganholda so’zlarda o’z aksini topadi. Aristotel ta’limotini ko’p tomonlarini qabul qilgan o’rta asr psixolastlari mo’tadil nominalistlar yoki konseptualistlar deb atalganlar. Ularning yirik vakili Tber Abelyardir. 4
Abelyarning ta’kidlashicha reallikka faqat a’lohida narsalar mavjud, ular umumiy tushunchalarning asosini tashkil qiladi. Abelyarnaminalistlardan farq qilib, miyada tajribadan oldingi umumiy tushunchalar, knyeptlar voqelikni bilishning a’lohida shakli sifatida mavjudligini e’tirof etadi. Voqelikning bilishda til shakllaridan foydalani, ijobiy va salbiyso’zlarni ishlatadi. Bu narsa kishilarning axloqiga ta’sir qiladi. Ana shu fikrlari bilan Abelyar axloqiy ta’sir qilish nazaryasiga asos solgandir. Abelyarning qarashlari uning “Ha va Yo’q”, “Mening ko’rgankechirgan munosabatlarim” nomli asarlarida o’z aksini topgan. Abelyarning umumiy tushuncha tabiati haqidagi fikrlari asosida munozara davom etib, shu asosida keyinchalik kanseptualizm deb atalgan ta’limot rivojlanadi. O’rta asrlardayoq (XVI-XVII) lisoniy hodisalarning to’g’riligi mantiqiy mezonlar asosida aniqlana boshladi. Bu esa o’z-o’zidantilning mantiqqa bo’ysindirilishiga va barcha tillar uchun umumiy qonunlar mavjudligini tan olishga majbur qilardi. Boshqacha aytganda ushbu asarda lotintilini o’rganish mantiqiy tafakkur qonun va qoidalarni bilish deb ham tushuniladi. Til hodisalari mantiq asosida izohlanadi. mantiq grammatikadanustun qo’yiladi. Bu davrda barcha tillarning yagona, bitta mantiqiy asosi bilish bitta grammatika bo’lishi kerak, degan malumot yaratildi. Natijada mantiqiy grammatika yaratish g’oyasi maydonga keldi. Mantiqiy grammatika yaratish ta’limotining eng muhim g’oyaviy asosi bo’lib, ma’rifat arining (XVII-XVIII) etakchi falsafiy yo’nalishi bo’lganratsionalizm tilshunoslikka ham jiddiy ta’sir korsatdi. Shunga ko’ra har qanday tillarning grammatik kategoriyalarini mantiqiy kategoriyalarining namyon bo’lishi, yuzaga chiqishi sifatida tushunish kuchaydi. Natijada, ratsional ta’limotning talablari asosida umumiy (ratsional falsafiy yoki mantiqiy) grammatika yaratish goyasi amalga oshirila boshladi. 1660-yilda Parij atrofidagi Por- Royal atrofidagi monastirining rohib olimlari mantiqshunos Anton Arno va tilshunos Klod Lenslalar ilk bor “Umumiy ratsional grammatika” asarini fransiz tilida yaratib, Parijda nashr qildilar. 5
Por – Royal grammatikasi qadimgi yunon, qadimgi yahudiy, lotinva fransuz tillari materiallari asosida yaratiladi. Ammo u qiyosiy yoki chog’ishtirma grammatika emas, balki mantiqiy – tipologik grammatika hisoblanadi. Ushbu grammatika o`z oldiga “barcha tillarga xos umumiy prinsiplarini va ularda uchraydigan farqlarning sabablarini aniqlash vazifasini qo`yadi. Por - Royal grammatikasida birinchi bor grammatika bilan mantiq o`rtasidagi aloqa, bog`lanish nazariy jihatdan asoslab berildi. Agar til tafakkurni ifoda etsa, demak, til kategoriyalari tafakkur kategoriyalarining namoyon bo`lishidir. Shunga ko`ra o`rganuvchi grammatika mantiqqa asoslanishi lozim. Grammatika ratsional, mantiqli bo`lishi kerak. Mantiq barcha uchun yagona, bitta ekan, binobarin, grammatika ham umumiy va universal bo`lishi lozim. Yagona grammatika alohida tilning grammatikasi bo`lishi mumkin emas, u faqat umumiy bo`lishi mumkin, degan g`oyalar, ko`rsatmalar ilgari surildi. Por–Royal grammatikasi ikki qismdan – fonetika va grammatikadan iborat bo`lib, olti bobdan tashkil topgan birinchi qismda tovush va harf, urg`u va bo`g`inga ajratish kabilar haqida ma`lumotlar beriladi. Grammatika qismi yigirma to`rt bobdan iborat bo`lib, ikkinchi qismining yigirma uchinchi bobida esa morfologiya masalalari - ot, sifat, olmosh, fe`l, sifatdosh, ravish, bog`lovchi, undov – ularga xos xususiyatlar, kategoriyalar; faqat oxirigi yigirma to`rtinchi bobida esa sintaksis masalalari – so`z birikmasi va gap kabilar haqida fikr yuritiladi. Mantiqiy grammatika yoxud grammatikadagi mantiqiy yo`nalish so`zsiz fikr (ma`no), fikrsiz(ma`nosiz) so`z yo`qligi tushunchasidan kelib chiqib, grammatik va mantiqiy kategoriyalarni - so`z bilan tushunchani – ularni aynan bir narsa deb biladi. Albatta, mantiqiy kategoriyalar bilan grammatik kategoriyalarning o`zaro muvofiq kelishi, teng bo`lishi mavjud hodisa. U shubha uyg`otmaydi. Ammo bu mantiqning barcha kategoriyalari tilda to`g`ridan – to`g` ri o`z aksini topishi shart degani emas (masalan, tushunchaning so`z ma`nosiga, 6