Yevropa paleoliti
Yevropa paleoliti Reja 1. Ye vropaning geografik joylashuvi. 2. Yevropa qit’asining ilk gominidlar tarafidan o‘zlashtirishi muammosi. 3. Yevropa xududida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar tarixi. 4. Paleolit davri va uning bosqichlari: olduvay, ashel, muste va so‘nggi paleolit. 5. Neandertal tipidagi odamlarining davri va yashash xududlari. Kroma’on 6. Ye vropa mezolit davrida. 7. Ye vropa mezolit davri va uning madaniyatlari. 8. Ye vropaning mezolit davri yodgorliklari.
1.1 Yevropa xududi Shimoliy yarim sharda joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 10 mln km² ni tashkil etadi. Uning xududi shimoliy muz dengi va Atlantika okeani suvlari bilan yuvilib turadi. Axolisi 740 mln kishini tashkil etadi. Osiyo qit’asi bilan birgalikda Yevroosiyo materigini tashkil etadi. Yevropa xududida joylashgan Klekton-quyi paleolit davrining eng qadimgi yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bundan 550 – 475 ming yillar avval G‘arbiy Yevropa hududida tarqalgan madaniyat hisoblanadi. Ushbu madaniyatga tegishli asosiy topilmalar Temza daryosi havzasidan topib o‘rganilgan. Klekton kelib chiqishi Buyuk Britaniyadagi Klekton siti shahri yaqinidagi manzilgoh nomidan kelib chiqqan. Madlen madaniyati – quyi paleolit davri madaniyati hisoblanadi. Ushbu madaniyat Fransiya, Isponiya, Shvetsariya, Belgiya, Germaniya hududlarida keng tarqaladi. Davriy sanasi 15 – 8 ming yilliklarni tashkil etadi. Ushbu madaniyat jamoalarida suyakka ishlov berish san’ati yuqori darajada rivojlangan edi. Madlen madaniyati yodgorliklarida mikrolit tosh qurollariga o‘tish bosqichi kuzatiladi. Madlen ovchilari asosan g‘orlarda va teri hamda suyaklardan qurilgan turar joylarda yashashgan. XX asrlarning oxirlarida G‘arbiy Yevropa olimlari tomonidan Madlen madaniyatining dabtlabki bosqichi sifatida badegulsk miniajratib ko‘rsatadi. 1.2 Orinyak madaniyati – quyi paleolitning ilk bosqichiga oid arxeologik m hisoblanadi. Fransiyaning yuqori Garonna deportamentidagi Orinyak g‘orida o‘tkazilgan tadqiqotlar orqali, ushbu madaniyatga Orinyak madaniyati nomi berilgan. XX asrning boshlarida ushbu madaniyatga tegishli yodgorliklar Yevropa hududidan aniqlangan. Orinyak madaniyatiga oid yodgorliklar asosan Fransiya hududida keng tarqalgan. Sanasi 33000 – 19000 yillar bilan belgilanadi. Orinyak madaniyati G‘arbiy va Markaziy Yevropada keng tarqalgan.
1.3 Solyutre madaniyati – quyi paleolit davrining o‘rta bosqichiga oid m hisoblanadi. Ushbu madaniyatga tegishli bo‘lgan yodgorliklar asosan Fransiya va shimoliy Ispaniya hududlarida keng tarqalgan. Orinyak va Perigorsk madaniyatlari o‘rniga kelgan madaniyat bo‘lib, o‘z navbvtida u o‘z o‘rnini Madlen madaniyatiga bo‘shatib beradi. Orinyan madaniyatining davriy sanasi miloddan avvalgi 18 – 5 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Ushbu madaniyat dastlab G.Mortile tomonidan XIX asrning 60 yillarda aniqlangan va Fransiyadagi Sona va Luara departamenti hududida joylashgan Solyutre manzilgohi nomi bilan bog‘liq. Markaziy Yevropa va Rossiyaning Yevropa qismida joylashgan bir qator so‘ngi paleolit davri manzilgoxlari bilan Solyutre madaniyati o‘rtasida bog‘liqliklar aniqlangan. Shuning Salyutre madaniyati jamoalari Shimoliy Amerikaga qadar kirib borganligi va u krda Klovis madaniyatiga asos solganliklari haqida ham nuqtai nazar mavjud. Shuningdek Amerikaga dastlabki kirib kelgan ajdodlarimiz Yevropa hududidan kelishgan. Solyutre madaniyatining mahalliy madaniyati sifatida Grimaldi madaniyati hisoblanadi. Altamira yodgorligi yuqori paleolit davri yodgorligi hisoblanib, u ichidan ko‘plab ibtidoiy rang tasvir namunalari aniqlangan. Ushbu yodgorlik Ispaniyada, Santanderdan 30 yillar g‘arbiy tomonda joylashgan. 1985 yildan boshlab YuNESKO ning butun jaxon me’rosi ob’ektlari sirasiga kiritilgan. Altamira suratlari ibtidoiy ajdodlarimizning dastlabki diniy tasavvurlari haqida ham ma’lumot beradi. Bu yodgorlik 1879 yilda tasodifan xavaskor-arxeolog marselino de sautuola va uning 9 yashar qizi tomonidan topilgan. 1880 yilda ushbu yodgorlik suuratlari nashr ettirilgan. Yodgorlikning uzunligi 270 metrni tashkil etadi. Yodgorlikda qazishma ishlari 1902-1981 yillar davomida amalga oshirilgan. Xuddi shunga o‘xshash yodgorliklar yevropaning boshqa hududlaridan ham topilgan. Hozirgi kunda yodgorlik suratlari nusxalari Madrid, Myunxen muzeylarida saqlanmoqda.
1.4 Lasko-g‘ori o‘zining kattaligi va suratlarining yaxshi saqlanib qolganligi jixatidan Fransiya hududida joylashgan paleolit davri yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Dastlab ushbu yodgorlik qadimgi madlen madaniyatiga tegishli deb hisoblangan, keyinchalik esa ushbu yodgorlikning ilk solyutre madaniyatiga oid ekanligi aniqlandi. Yodgorlik Fransiyaning Dordon departamenti hududida joylashgan, ya’ni Perigyo shahridan 40 kmlar chamasi janubiy-sharqiy tarafda. Lasko yodgorligi 1940 yil 12 sentyabrida to‘rtta o‘spirinlar tomonidan tasodifan topilgan. Ular o‘zlarining topilmalari haqida o‘qituvchilari Anri Breylga aytishadi. Anri Breyl tomonidan 1940 yilda yodgorlikning o‘rganilishi amalga oshiriladi. Anri Breyl bir necha yil davomida Ispaniya, Portugaliya va Janubiy Afrikada o‘tkazadi va 1949 yilda yana Fransiyaga qaytib keladi. Keyinchalik Severin Blan va Moris Burgon bilan birgalikda Lasko yodgorligida amalaga oshirgan tadqiqot ishlarini davom ettiradi. 1979 yilda Lasko yodgorligi YuNESKOning butun jaxon me’rosi ob’ektlari qatoriga kiritiladi. Kro-Man’on yodgorligi –Fransiyaning janubi-g‘arbiy tarafida, Dordon departamenti hududida joylashgan. Bu yerda fransuz paleontologi Lui larte tomonidan ibtidoiy kishilar tana suyaklari qoldiqlari topilgan. Ushbu yodgorlik hududidan chaqmoqtoshdan ishlangan ov qurollari, bezak buyumlari namunalari topilgan. Ushbu topilmalar Gravet va Orinyak madaniyatlari topilmalari sirasiga kiritiladi. 1.5 Mezolit davrida shimoliy Yevropa xududida ovchilik bilan shug‘ullanuvchilar jamoalar madaniyati shakllanadi. Ya’ni bu xo‘jalik turi Angliyaning sharqiy viloyatlaridan tortib toki Estoniya, ayniqsa Bolqonbo‘yi hududlarida ravnaq topdi. Miloddan avvalgi 8 ming yillikning o‘rtalariga kelib, mezolit davri ovchilari toshlardan boltalar yasab o‘rmonlarda daraxtlarni kesishda ulardan foydalanishgan. Ov qurollari asosan toshdan ishlangan. Bunday tosh qurollar farxeologiya fanida mikrolit tosh qurollar nomini olgan. Mezolit davri ovchilari tosh qurollardan nafaqat ov jarayonida,
balki harbiy maqsadlarda ham foydalanishgan. 1869 yilda G. De mortile paleolit davridan so‘ng neolit davri deb hisoblagan. Keyinchalik esa Ye. Kartile G.De Mortile fikrlarini taxlil etgan xolda shunday xulosaga keldiki paleolit va neolit o‘rtasida xiatus mavjud bo‘lsa, u holda Yevropa mintaqasi uzoq davriy vaqt davomida insoniyat tomonidan o‘zlashtirilmagan. Biroq bu davrga kelib, bu bo‘shliqni to‘ldirish imkoniyatin i beruvchi bir qancha dalillar qo‘lga kiritiladi. 70 yillarning oxirlariga kelib esa shved olimi Torell paleolit davridan neolit davriga o‘tish bosqichini “mezolit ” ya’ni “o‘rta tosh” davri deb nomlaydi. Yevropaning mezolit davri miloddan avvalgi 9-6 ming yilliklar bilan davrlanadi. Yevropada ham mezolit davri buyuk muzliklarining chekinishi va hozirgi zamon iqlimiga o‘zgarishi davriga to‘g‘ri keladi. Muzliklarning chekinishi natijasida iqlim va o‘simliklar dunyosi o‘zgarib ketadi. Muzlik davrining so‘ngi bosqichida Yevropa shimolining katta qismida to‘g‘risimon o‘simliklar hukmronlik qilar edi. Asta – sekinlik bilan muzliklar shimolga tamon chekinadi va hozirgi kunda mavjud bo‘lgpn boltiq dengizi poydo bo‘ladi. muzlik davrining tugashi bilan Janubiy va Markaziy Yevropada shimol kiyigi yo‘qoladi ovchilarning asosiy ov manbai bo‘lib bug‘ular va boshqa hayvonlar qoladi. Muzlik davri ovchilarining turar joylari yengil tipdagi manzilgoh edi. Yevropada qo‘lga o‘rgatilgan hayvon bu it hisoblanadi. Yevropaning turli hududlarida mezolit davrida madaniyatlarining kechishi har xil bo‘lgan. Shimoliy Yevropa mezoliti Yevropa mintaqasining o‘rta yer dengizi va atlantika havzalari qismlaridan ancha farq qiladi. Muzlik erishi bilan yevropa hududidagi yashagan iptidoiy ajdodlarimiz bug‘ular izidan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yangi yerlarni o‘zlashtira boshlaganlar. Ibtidoiy ajdodlprimiz shimoliy tomonga siljishi natijasida bu yerlar Gamburg, Feder messer, Orenburg kabi madaniyatlarga asos soladi.