Yevropa davlatlarining Vena kongressi
Mavzu: Yevropa davlatlarining Vena kongressi Reja: 1.Vena kongressining chaqirilishining sabablari. 2. Vena kongressida ishtirok etgan davlatlar. 3.Vena kongressida qabul qilingan qarorlar. 4.Vena kongressini o‘tkazishning tashkiliy masalalari. 5.Vena kongressi natijalari. 6. Muqaddas ittifoq. 1
1.Vena kongressining chaqirilishining sabablari. 1814-1815 -yillardagi Vena (Avstriya) kongressi Yevropa davlatlarining konferensiyasi bo‘lib, bu konferensiya davomida, 1789-yildagi fransuz inqilobi va Napoleon urushlari natijasida, vayron bo‘lgan feodal-absolyutizmni tiklash va Yevropa davlatlarini yangi chegaralarini belgilab bergan, shartnomalar tizimi ishlab chiqildi. 1814-yil sentyabrdan to 1815-yil iyunigacha Avstriya poytaxti Venada avstriyalik diplomat graf Aleksandr Metternix boshchiligida o‘tkazilgan kongressda, Yevropadagi barcha davlat vakillari (Usmoniylar imperiyasidan tashqari) ishtirok etdi. Muzokaralar maxfiy va ochiq bahslar, fitna va yashirin kelishuvlar sharoitida o‘tdi. 1814 - yil 30 - martda ittifoqchilar Parijga kirishdi. Bir necha kundan keyin , Napoleon taxtdan chetlatildi va Elba oroliga surgun qilindi. Fransiya taxtiga inqilob vaqtida ag‘darib tashlangan Burbonlar sulolasi vakili, qatl etilgan qirol Lyudovik XVI ning akasi Lyudovik XVIII o‘tirdi. Yevropadagi tinimsiz davom etgan qonli janglar davri tugadi. 1814-yilda Fransiya ustidan g‘alaba qilgan davlatlarning g’alabasini mustahkam deb bo‘lmasdi. Fransuz inqilobi va Napoleon urushlari natijasida, iqtisodiyot va siyosatga berilgan kuchli zarbalardan keyin, inqilobgacha bo‘lgan tuzumni tiklash nafaqat og‘ir, balki, ishonchsiz ham edi. XVIII-XIX asrlar davomida Yevropada xalqaro vaziyat juda ham notinch edi. Bu qo‘zg‘olonlar, xavfli inqilobiy vaziyatlar, keng miqyosidagi bosqinchilik yurishlari va boshqalar edi. Umumiy jihatdan oxir-oqibat u yoki bu darajada Vena kongressi chaqirilishiga sabab bo‘lgan tarixiy voqealarni quyidagicha guruhlash mumkin: 1.Fransuz inqilobi. Bu voqea XVIII asr oxiridagi eng muhim voqea bo‘lib keyingi yillarda Yevropadagi va butun dunyodagi xalqaro munosabatlarga jiddiy ravishda ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina tarixchilar Fransuz inqilobini «Buyuk» deb ataydi, chunki u o‘zida XVIII asr oxirida Fransiya ro‘y bergan yirik ijtimoiy o‘zgarishlarni mujassamlashtirgan va natijada eski tartiblar yo‘q qilindi. Uning boshlanishiga 1789-yilda Bastiliyaning egallab olinishi turtki bo‘ldi va uning yakunini turli tarixchilar turlicha belgilaydilar, ya’ni 1794-yildagi 9 termidor 2
to‘ntaruvi yoki 1799-yildagi 18-bryumer to‘ntaruvi. Fransuz inqilobining asosiy natijasi, bu Fransiyani absolyut monarxiyadan amalda erkin fuqarolardan tashkil topgan respublikaga aylanishi bo‘ldi. 2.Prussiya va Angliya urush bilan Rossiyaga tahdid qiladigan vaziyatning vujudga kelishi. Bu vaziyat A.V.Suvorovning Moldaviyadagi muvaffaqqiyatlari va Rossiyaning Boltiq bo‘yicha ta’siri kuchayib ketishi natijasida yuzaga keldi. Natijada, ingliz diplomati Uilyam Pit Rossiyani Yevropaning sharqida mustahkamlanib olishiga xalaqati qilish yo‘llarini izlay boshladi. 3.Antifransuz koalitsiyasining tashkil etilishi va ommaviy ravishda Fransiyaga qarshi yirik jangga tayyorgarlikning boshlanishi. 1793-yil bahorida mazkur koalitsiya tarkibiga Angliya, Rossiya, Avstriya, Prussiya, Ispaniya, Gollandiya va boshqa davlatlar kirardi. Mazkur koalitsiyaning maqsadi nafaqat fransuz inqilobini bo’g‘ib qo‘yish, balkim Fransiyadan uning hududini bir qismini tortib olish edi. 4.Gollandiyaning Fransiyadan mustaqil bo‘lgan hududga aylanishi. Bu kabi imkoniyat antifransuz koalitsiyasining dastlabki harakatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin edi. Uning eng omadsiz natijalaridan biri 1795-yilda Bazelda Fransiya va Gollandiya o‘rtasida tinchlik sulhi imzolanishi bo‘ldi va unga ko‘ra Gollandiya Fransiyadan mustaqil bo‘lgan Bataviya respublikasiga aylandi. 5.1794-yildagi Polsha qo‘zg‘oloni. 1794-yilda Krakov shahrida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon butun Polsha hududini qamrab oldi. Uni general Tadeush Kostyushko boshqardi. Qo‘zg‘olon bostirilishi natijasida «Polshaning uchinchi marotaba bo‘lib olinishi» deb nomlangan voqea sodir bo‘ldi. Bu bo‘lish natijasida Rech Pospolitaya amalda yo‘q bo‘ldi va natijada Rossiyaga Litva, Kurlyandiya, Nemagan va Bugadagi belorus va ukrain yerlari qo‘shib olindi. 6.Turkiya va Rossiya o‘rtasida kelishmovchilikning vujudga kelishi. 1878-yilda Turkiya Rossiyadan Qrimni qaytarish va Gruziyani turklar vassali sifatida tan olishni ultimatum tarzda talab qildi. 150 ming kishilik armiyani tayyorlab turk hukumati Ukraina sohillariga kirishni va bir vaqtda sharq tomondan Anapani bosib olib Kuban tomonga harakat qilishni rejalashtirdi. 3
7.Hokimiyat tepasiga Napoleon Bonapartning kelishi va ko‘p sonli Napoleon urushlarining paydo bo‘lishi. Yuqoridagilarga asoslanib xulosa qiladigan bo‘lsa yuqorida sanab o‘tilgan Yevropadagi voqealar u yoki bu darajada yetakchi davlatlarning boshliqlari oldiga xalqaro konferensiya chaqirish zaruriyatini vujudga keltirdi. 2. Vena kongressida ishtirok etgan davlatlar. Vena kongressi 1814-yil sentabr oyidan ish boshladi. Kongressda Yevropani “qutqaruvchisi” bo’lib olgan Aleksandr I yetakchilik qildi. Kongressda Yevropaning 216 ta davlatidan hukumdorlar va diplomat vakillari qatnashdi. Unda faqatgina Turkiya imperiyasi ishtirok etmadi. Vena Kongressida 216 ta davlat vakillari qatnashgan bo’lsada bosh ijrochi vazifasini Rossiya, Angliya, Avstriya va Prussiya ya’ni shu davlatlar vakillari bajarishdi. Vena kongressida Yevropadan 2 ta imperator, 4 ta qirol, 2 ta shahzoda, 3 ta gersoginiya, 215 ta knyazlik xonadonlari vakillari va Yevropa diplomatiyasining butun a’zolari ishtirok etdi. 1. Rossiya tomondan kongressga I. Aleksandr , K.V.Nesselrode va A.K.Razumovskiy (maxsus komissiya ishida Iogann fon Anstett) ishtirok etdi; 2.Buyuk Britaniyadan-R.S.Kaslri va A.U.Vellington; 3.Avstriyadan-Frans I, K.Metternix, 4.Prussiydana-K.A.Gardenberg, V.Gumboldt, 5.Fransiyadan-Sharl Moris de Taleyran-Perigor 6.Portugaliyadan-Pedro de Souza Golshteyn de Palmela 7.Shvetsiyadan-graf Karl Aksel Ayovenxelm. 3.Vena kongressida qabul qilingan qarorlar: 4
Vena kongressining barcha qarorlari Vena kongressining yakuniy aktida to‘plangan edi. 1. Kongress yangi Niderlandiya qirolligi tarkibiga, Avstriya Niderlandiyasini (hozirgi Belgiya) kirishini taqiqladi, biroq Avstriyaning qolgan qismi ustindan to‘liq nazorat, Gabsburglar sulolasi nazorati ostiga o‘tdi, xususan Lombardiya, Venetsiya viloyati, Toskana, Parma va Tirol. 2. Prussiyaga Saksoniyaning bir qismi, Vestfaliya va Reyn viloyatining katta qismi nasib qildi. 3. Fransiyaning sobiq ittifoqchisi Daniya S h vetsiyaga berilgan Norvegiyadan ajralib qoldi. 4. Italiyada esa Vatikan va Papa viloyati ustidan Rim papasining hukmronligi tiklandi va Burbonlarga esa Ikkala Sitsiliya ham qaytarib berildi. 5. Germaniya ittifoqi tashkil etildi. 6. Napoleon tomonidan tuzilgan Varshava gersogligi , Polsha podsholigi nomi bilan Rossiya imperiyasi tarkibiga kir itil di, rus imperatori Aleksandr I esa bir vaqtda Polsha qiroliga ham aylandi. 7. Avstriya Kichik Polshaning janubiy qismini va Chervon rusining katta qismi, Zalsburg, Italiyadan Lombardiya, Venetsiya respublikasi, Modena, Parma, Toskana gersogliklarini oldi. 8.Buyuk Polshaning g‘arbiy qismi Poznan shahri bilan birgalikda va polyak Pomoresi Prussiyaga qaytarildi. Vena Kongressida Polsha to’rtinchi marta bo’lindi. Yangi bo’linish natijasida, Polshada uch hukmdorlik qiluvchi davlatlar paydo bo’ldi. Bular Rossiya, Avstriya, va Prussiya edi. Faqatgina Krakov bahsli hudud bo’lib qolib, u mustaqil shahar etib belgilandi. Krakovga birlashgan boshqa mayda hududlar bilan birgalikda mustaqil mayda respublika tuzildi. Polshaning bu ko‘rinishda bo‘linishi tarix fanida «Polshaning to‘rtinchi bo‘linishi» deb ataladi. 9.Shvetsariyaning betarafligi xalqaro miqyosida e’tirof etildi. Betaraf siyosatning e’lon qilinishi , S h ve t sariyaning keyingi rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etdi. Betaraflik natijasida, u nafaqat o‘z hududini XIX asr va XX 5