logo

XI-XV asrlarda Yevropa madaniyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

166.255859375 KB
MAVZU: 	XI	-XV asrlarda 	Yevropa 	madaniyati	 	
Reja:	 	
1.	 Yevropada universitetlarning tashkil topishi	 	
2.	 Yevropada uyg`onish davring boshlanishi	 	
3.	 Memorchilik va san`at	 	
XII	-XIII asrlarda G’arbiy yevropa iqtisodiy va  madaniy taraqqiyotga qadam 	
tashladi. Shaharlarning tara	qqiyoti, yevropaliklar tafakkur denyosining kengayishi, 	
Sharq  madaniyati,  birinchi  navbatda  arab  va  vizantiya  madaniyati  bilan  tanishish 
o’rta  asrlar  ta’lim  tizimini  takomillashtirishga  turtki  bergan.  Yevropaning  yirik 
shahar  markazlaridagi  kafedral  maktab	lar  avval  umumiy  maktablarga,  keyinroq 	
universitetlarga  aylandi.  Universitet  so’zi  lotinchadan  “umumiy”,  “majmui”  kabi 
ma’nolarni anglatgan. 	 	
Yevropada  ilk  universitet  Bolonya  universiteti  bo’lib,  uning  tashkil  topgan 	
sanasi  sifatida  1088	-yil  qabul  qilinga	n.  Undan  keyinro  Parij  universiteti  tashkil 	
etildi.  XIII  asrda  quyidagi  unviyersitetlar  ham  paydo  bo’ldi:  Monpelye  (1220), 
Paduya  (1222),  Neapol  (1224)  va  boshqalar. 	XV 	- XVI  asrlarda 	universitetlar 	
tizimi  yanada  kengayada. 	XV  asrda  Yevropada  80  ga  yaqin  u	niversitetlar  faoliyat 	
olib borgan bo’lsa, keyingi yuz yillikda ularning soni 180 ga yaqin bo’lgan.	 	
O’rta  asr  universitetlariga  studentlar  tomonidan  saylanadigan  rektorlar 	
boshchilik  qilgan.  Universitetlarda  har  bir  yurtdoshlik  o’zining  boshqaruvini 
muvofi	qlashtirish  uchun  rektor  saylashgan.  Studentlar  orasidan  rektor  saylash 	
italyan  universitetlari  uchun  xos  hususiyat  hisoblangan.  O’rta  asr  universitetlarida 
rektorlik  boshqaruvining  ikkinchi  ko’rinishi  ham  bo’lgan.  Bu  Parij  universitetida 
mavjud  bo’lgan.  U	nga  ko’ra  rektorni  universitetning  professorlar  korporasiyasi 	
saylagan.  Shuning  uchun  ham  rektor  bunda  «professorlar  oqsoqoli»  mazmunini 
kasb  etgan  (huddi  sexlardagi  sex  oqsoqoli  singari),  va  universitet  korporasiyasi 
nomidan oliy davlat hokimiyati oldida 	ish ko’rgan	.  O’rta  asr  universitetlari  yuridik,  ma’muriy  va  moliyaviy  muxtoriyatdan 	
huquqiga  ega  bo’lib,  bu  ularga  hukmdor  yoki  papa  tomonidan  maxsus  bulla  bilan 
rasmiylashtirib  berilgan.  Universitetlar  fakultetlarga  bo’lingan.  Birinchi  bosqich 
fakulteti  a	rtistlki  fakulteti  bo’lib,  bu  fakultetni  barcha  studentlar  o’qishi  kerak  edi. 	
Bu  o’ziga  xos  tayyorlov  bosqichi  bo’lib,  studentlar  bu  bosqichda  “yetti  erkin 
san’atni”  o’qishgan  (shuning  uchun  ham  bu  faultet  artistlik,  ya’ni  san’at  fakulteti 
deyilgan).  Keyin	g  huquqshunoslik,  tibbiyot  va  ilohiyot  (ilohiyot  hamma 	
universitetlarda ham bo’lmagan) fakultetlarida o’qish davom ettirilgan. O’rta asrlar 
Yevropada falsafa, matematika, tibbiyot va astroniya sohalari bo’yicha eng chuqur 
bilim beradigan universitetlari Qu	rdoba, Sevilya, Salamanka, Malaga va Valensiya 	
hisoblangan,  Bolonya  va  Paduiya  huquq ta’limi  bo’yicha  eng  yaxshi  universitetlar 
edi.  O’rta  asrlar  universitetlarida  ta’lim  uzoq  vaqtlar  lotin  tilida  olib  borilganligi 
uchun boshqa millat vakillarining boshqa 	advlat hududlarida ta’lim olishlari odatiy 	
hol bo’lgan.	 	
XIV	-XV  asrlarga  kelgnda  Yevropada  universitetlar  soni  o’sib,  hududlari 	
kengayib  bordi.  Kollegiyalar  (shundan  kollej  so’zi  kelib  chiqqan)  rivojlana 
boshladi.  Dastlab  studentlar  yotoqxonasi  kollegiya  le	b  atalgan,  keyinchalik  bu 	
yerlar  mashg’ulotlar,  ma’ruzalar  va  disputlar  markaziga  aylandi.  1257	-yilda 	
Fransiya  qiroli  ruhoniysi  bo’lgan  Rober  de  Sarbon  tomonidan  asos  solingan 
kollegiya  (Sarbonna  nomini  olgan)  asta	-sekinlik  bilan  o’zining  obro’sini 	
shuncha	lik  mustahkamlab  bordiki,  uning  natijasida  butun  Parij  universiteti  shu 	
nom bilan atala boshlandi.	 	
Universitetlar  G’arbiy  Yevropada  dunyoviy  ziyolilar  qatlamining  paydo 	
bo’lishi  jarayonini  tezlashtirib  berdi.  Ular  o’zlarining  ilmiy  izlanishlari  natijasida 
o’rta  asrlar  madaniyatining  rivojiga  katta  hissa  qo’shishdi.  Lekin  XV  asrning 
oxirlariga  kelganda  universitetlar  tizimida  ariktokratlashish  holatlari  kuzatila 
boshlandi.  Studentlar,  magistrlar  (o’qituvchilar)  va  professorlarning  katta  qismini 
jamiyatning i	mtiyozli tabaqasidan chiqqanlar tashkil eta boshladi. 	  O’rta  asrlarda  ta’limning  rivojlanib  borishi  kitoblarga  bo’lgan  talabning 	
oshishiga  olib  keldi.  ilk  o’rta  asrlarda  kitoblarga  egalik  hashamatni  anglatgan. 
Chunki kitoblar  juda  kam  bo’lib,  uni  yaratish 	uzoq va  mashaqqatli  mehnatni  talab 	
qilgan.  Uzoq  vaqtlar  davomida  hayvonlar  terisidan  tayyorlangan  pergamenlar 
qog’oz  vazifasini  bajargan.  Ko’p  mehnat  talab  qilinganligi  uchun  ham  u  juda 
qimmat  bo’lgan.  Bir  necha  ingichka  pergamenlar  to’planib,  mustahkam  ip	 bilan 	
tiklgan  va  teri  bilan  qoplangan  yog’ochga  pereplyot  qilingan.  Muqovasi  turli  xil 
qimmatbaho  toshlar  va  metallar  bilan  bezatilgan.  Ba’zan  matnlar  chiroyli 
hisnixatlar bilan yozilishdan tashqari miniatyuralar bilan ham boyitilgan. XII asrga 
kelganda  k	itoblar  nisbatan  arzonlashdi.  Bunga  shu  davrdan  kitob  ko’chirish  va 	
tikish bo’yicha shug’ullanuvchi maxsus ustaxonalar tashkil etilganligi sabab bo’ldi. 
Bu  ustaxonalarda  rohiblar  emas,  balki  hunarmandlar  ishlash  boshlagan.  XIV 
asrdan  boshlab  kitob  yaratish	da  qog’ozdan  keng  ravishda  foydalanish  boshlandi. 	
XIV  asrning  40	-yillarida  nemis  ustasi  Iogann  Gutenberg  tomonidan  kitob  bosish 	
uskunasining  ixtiro  qilinishi,  kitoblarni  nus’halarini  ko’paytirish  va  ommaviy 
ravishda Yevropa bo’ylab tarqalish imkoniyatini b	erdi.	 	
XII  asrgacha  kutubxonalar  faqatgina  cherkovlar  qoshida  bo’lgan.  XII	-XV 	
asrlarda  universitetlar,  qirol  saroylari,  yirik  feodalla  qasrlari,  ruhonyilar  va  boy 
shaharliklar xonadonlarida ham kutubxonalar paydo bo’la boshladi.	 	
Tabiat  haqida  bilimlarning  k	engayishi.  XIII  asrdan  boshlab  G’arbiy 	
Yevropada tajribaviy bilimlarga bo’lgan qiziqishlar paydo bo’la boshladi. Ungacha 
tabiat  haqida  asosan  din  tomonidan  tushuntirib  kelingan  va  ko’pincha  fantastik 
xarakterdagi ma’lumotlar uchraydi. Lekin kundalik turmus	h tarzi, ta’lim tizimidagi 	
rivojlanishlar,  insonlarning  bilim  doiralarining  kengayishi  va  umuman  olgnada 
hayot  nazariy  bilimlardan  ko’ra  amaliy  bilimlarni  talab  eta  boshladi.  XII  asrga 
kelanda  mexanika  va  matematika  sohalarida  ma’lum  bir  rivojlanish  jarayo	ni 	
kuzatildi.  Bu  holat  esa  din  vakillarining  qattiq    noroziligini  keltirib  chiqardi,  ular 
amaliy  fanlarni  “hiyonatkor”  deb  atay  boshlashdi.  Oksford  universitetida  qadimgi  davr  va  arab  halifaligi  davri  olimlarining  tabiiy	-ilmiy  asarlari  tarjima  qilindi  va 	
ularga izohlar yozildi.	 	
Robert  Grossetest  tabiatni  o’rganishga  matematik  jihatdan  yondoshishga 	
harakat qilib ko’rdi. O’zining dastlabki faoliyatini sxolastikada boshlagan Oksford 
professori  Rodjer  Bekon  oxir	-oqibat  tabiatni  o’rganishni  boshladi.  U  tabiatni 	
tajribalar  va  kuzatishlar  yo’li  bilan  o’rganish  mumkinligi  haqidagi  tushunchani 
ilgari  murdi.  Shuning  uchun  bo’lsa  kerak  u  optika,  fizika  va  kimyo  sohalarida 
muhim  natijalarga  erishdi.  U  shuningdek  sehrgarlik  va  jodu  bilan  ham  mashuhr 
bo’lgan.  O’sha  paytla	rda  zmondoshlari  uning  faoliyati  haqida  ma’lumot  berib,  u 	
gapiradigan mis bosh yoki metall odam yasaganlini, havoni siqish oraqil ko’prikni 
siltishi haqidagi g’ochni berganligini aytishgan. U shuningdek o’zi harakatlanuvchi 
kema  va  aravalar,  havoda  uchuvch	i  yoki  daryo  hamda  dengizning  tubida  hyech 	
qanday  qarshiliksiz  harakatlanuvchi  apparatlar  yaratish  mumkinligi  haqidagi 
fikrlarni ham bergan. Uning bu g’oyalari va qora jodu bilan shug’ullanishlari ko’p 
bora  cherkov  tomonidan  qoralangan,  shuning  uchun  ham  u	 bir  necha  bor  cherkov 	
sudiga  chaqirilib,  ancha  vaqtgacha  uy  qamog’i  ko’rinishidagi  hibslarga  mahkum 
qilingan.	 	
Uilyam  Okkam,  nikolay  Otrekur,  Buridan  va  Nikolay  Orezmskiylar  (Orem) 	
Rojer  Bekon  ishlarini  davom  ettirdi.  Ular  fizika,  mexanika,  astronomiyaning	 	
keyingi rivojiga muhim hissa qo’shishdi. Masalan, Orem tananing og’ishi qonunini 
ochishga  yaqinlashdi,  Yerning  sutkalik  aylanishi  haqidagi  ta’limotni  rivojlantirdi, 
koordinatalarni  qo’llash  g’oyasini  tushuntirib  berdi.  Nikolay  otrekur  bo’lsa 
atomizmga yaq	in keldi.	 	
Jamiyatning  boshqa  qatlamlari  orasida  ham  amaliy  bilimlarga  bo’lgan 	
intilishlar  kuchayib  bordi.  Sisiliya  qirolligida  turli  fan  sohalari  va  san’at  taraqqiy 
qildi,  yunon  va  arab  mualliflarining  ilmiy  va  falsafiy  asarlarini  tarjima  qilish 
faoliyati 	keng yo’lga qo’yildi. Sisiliya hukmdorlarining homiyligi ostida Salernoda 	
tibbiyot  maktabi  katta  shuhrat  qozondi.  Bu  yerda  faylasuf  va  shifokor  Arnaold  da 
Vilanovaning  mashhur  bo’lgan  “Sog’liqning  Salerno  kodeksi”  yaratildi.  Bu  kitob  to hozirgi kungacha o’	z ahamityani yo’qotgan emas va o’sha vaqtlardagi “sog’lom 	
turmush  tarzi”ning  asosiy  manbasi  bo’lib  xizmat  qilgan.  Bunda  sog’liqni  saqlash 
bo’yicha  turli  xil  ko’rsatmalar,  turli  xil  shifobaxsh  o’simliklarning  foydali 
xususiyatlari,  zaharlar  va  zaharlarga  qa	rshi  vositalar  haqida  ma’lumotlar  berib 	
o’tilgan.	 	
O’rta  asrlar  alximiklari  uzoq  vaqtlar  davomida  oddiy  metallarni  oltinga 	
aylantirish  xususiyatiga  ega  bo’lgan  “falsafa  toshini”  izlab  keldi.  ana  shu  yo’lda 
qilingan  ilmiy  izlanishlar  boshqa  bir  qator  muhim  i	xtirolarga  olib  keldi.  turli  xil 	
moddalarning  tuzilishi  o’rganildi,  ularga  ta’sir  qilish  usullari  ochildi,  turli  xil 
kimyoviy  qo’shilmalar  va  qotishmalar,  ishqorlar,  kislotalar,  mineral  bo’yoqlar 
olindi.  Taajribalar  o’tkazish  yo’lida  juda  ko’plab  kimyoviy 	asboblar  va  priborlar 	
takomillashtirildi.  Masalan  haydash  kubi,  kimyoviy  pechlar,  filtrlash  va 
distillyasiyalash apparatlari shular jumlasidandir.	 	
Yevropalkilarning  geografik  bilimlari  ham  boyib  bordi.  XIII  asrda 	
Genuyalik  aka	-uka  Vivaldilar  G’arbiy  Afrika	 qirg’oqlarini  aylanib  o’tishga  urinib 	
ko’rishdi.  Venesiyalik  Marko  Polo  bo’lsa  Markaziy  Osiyo  orqali  Xitoyga  yetib 
bordi. Uning sayohatlari natijasida yozilgan “Marko Polo kitobi” Yevropa bo’ylab 
turli  tillarda  tarjima  qilinib,  ommalashdi.  XIV	-XV  asrlarda	 geografiya  sohasida 	
to’plangan bilimlar  va  ma’lumotlar  ma’lum  darajada kelgusidagi  Buyuk geografik 
kashfiyotlar uchun omil bo’lib xizmat qildi.	 	
O’rta  asrlar  dunyoqarashida  tarixning  o’rni.  O’rta  asrlar  ma’naviy  hayotida 	
tarixiy  tasavvur  muhim  rol  o’ynagan	.  O’sha  davrlarda  tarix  fan  yoki  o’qish 	
mashg’uloti  sifatida  qaralmasdan,  u  haqiqatda  ham  dunyoqarashning  bir  qismi 
bo’lgan.	 	
Tarixning  turli  xil  shakllari,  xronikalar,  yilnomalar,  qirollar  tarjimai  hollari 	
va ularning faoliyatlari hamda boshqa tarixiy asar	lar o’rta asrlar yozma va og’zaki 	
adabiyot tarixining eng sevimli janrlari edi. Bu holat ma’lum ma’noda xristianlikda 
tarixga  katta  e’tibor  qaratilganligi  bilan  ham  izohlanadi.  Xristian  dini  lik  davrlardanoq  dinning  asosiy  manbasi  bo’lgan  Vetxiy  va  Noviy  Z	avet 	
tarixiydir.Insonityaning  borligi  vaqtlar  o’tishi  bilan  intihosiga  yetadi,  u  o’zining 
ibtidosiga  (odamning  yaratilishiga)  va  intihosiga 	– Iso  Masihning  ikkinchi  marta 	
kelib,  Dahshatli  sudni  amalga  oshirishi  paytiga  egadir.  Shuning  uchun  ham 
xristianlik	da  tarixning  o’zi  insoniyatni  Xudo  tomonidan  qutqarilish  yo’li  sifatida 	
qaraladi.  	 	
Feodal  jamiyatda  tarixchi,  yilnomachi,  xronikachilar  “vaqtlarni  bog’lovchi 	
kishilar”  sifatida  qaralgan.  Tarix  jamiyatning  o’z	-o’zini  anglashi  vositasi  va  uning 	
ijtimoiy	-taf	akkuriy  barqarorligining  kafolati  hisoblangan,  chunki  dunyoviy	-tarixiy 	
jarayonda avlodlar almshinuvining universalligini va qonuniyligi tasdiqlab bergan. 
Bu  jihatlar  Otton  Freyzingenskiy,  Gvibert  Nojanskiy  va  boshqa  xronikachilarning 
tarixiy janrdagi “mumt	oz” asarlarda o’z aksini topdi. 	 	
Universal “tarixiylik” dastlabki qarashda o’rta asrlar odamlarida aniq tarixiy 	
masofani  his  qilmasliklari  bilan  izohlanadi.  Ular  o’tmishni  o’z  davrining  qiyofasi 
va  kostyumlarida  tushunishgan,  uushbu  odamlar  va  voqyelar  bil	an  o’z  davri 	
o’rtasida  farq  borliga  e’tibor  bermasdan,  ularni  o’rta  aslarda  yashovchi  shaxslar 
yoki  sodir  bo’luvchi  voqyealarga  sifatida,  ya’ni  umumiy,  universal  tushunishgan. 
Tarix  ular  uchun  shaxsiy  tarixiy  voqyelikning  bir  qismiga  aylanib  qolgandek  edi.	 	
Masalan,  ular  Aleksandr  Makedrnskiyni  o’rta  asr  risari  sifatida,  Injilda  tilga 
olingan  hukmdorlarni  o’rta  asr  hukmdorlari  sifatida  o’z  dunyoqarashlarida  aks 
ettirishgan.	 	
XIII  asrda  o’rta  asrlar  tarixshunosligida  shaharlarning  tarqqiyoti  bilan 	
bog’langan  y	angi  tendensiyalar  paydo  bo’la  boshladi.  Bu  holat  italiyalik  fransisk 	
Salimbenning  “Xronikasi”da  o’z  aksini  topgan.  U  o’z  asari  orqali  dunyoviy 
hayotgada sodir bo’layotgan voqyealarga juda qiziqish bilan yondoshganligini, o’ta 
mohir  kuzatuvchanligini,  avto	biografik  alomatlarni  ham  qo’shgan  holda 	
voqyealarning  kelib  chiqish  sababalari  va  oqibatlarni  tushuntira  olishga  harakat 
qilganligini ko’rsata oldi.	  Qahramonlik  eposlari.  O’rta  asrlarning  qahramonlik  eposlari  (dostonlari) 	
o’rta  asr  xalqlarining  poetikasin	i,  estetik  va  ideal  mulkini,  ma’naviy  hayotining 	
muhim  tomonlarini  o’zida  birlashtirgan  edi.  G’arbiy  yevropaning  qahramonlik 
eposlari  ildizlari  olis  varvarlar  davriga  borib  taqaladi.  Buni  juda  ko’plab  epik 
asrlarning  syujetlari  tasdiqlaydi,  chunki  ularning	 asosida  Xalqlarning  buyuk 	
ko’chishlari davri voqyelari yotadi.	 	
Qahramonlik  eposlarining  paydo  bo’lishi,  uning  davri,  yakka  yoki  kollektiv 	
mualliflar  nisbati  kabi  masalalar  hozirgi  kunga  qadar  fanda  bahsli  hisoblanadi. 
G’arbiy  Yevropadagi  dastlabki  epik  as	arlar  VIII	-IX  asrlarga  borib  taqaladi.  Epik 	
poeziyaning  ilk  bosqichi  kelt,  anglosakson,  german,  qadimgi  skandinavlarda  ilk 
feodal  harbiy  poeziyalar  rivoji  bilan  bog’lanadi,  chunki  ularda  shu  xalqlarning 
harbiy hayoti haqida ko’plab ma’lumotlar saqlanib qol	gan.	 	
Rivojlangan  o’rta  asrlarning  eposi  bu  avvalo  o’z  mazmuniga  ko’ra 	
vatanparvar,  xalqparvarlik  edi.  Ulardla  risarlik	-xristianlik  mafkurasi  ruhiyatidagi 	
qadimgi qahramonlar ulug’lanilib, vatanni himoya qilish idealini mustahkamlovchi 
“to’g’ri din” uchun k	urash motivi paydo bo’ladi. 	 	
Qoidaga ko’ra epik asarlar tuzilmaviy jihatdan yaxlit va umumiy	 	 	
bo’lgan.  Ularning  har  biri  duyoning  ma’ulm  bir  manzarasini  bilan  boyitilgan 
bo’lib,  o’zida  qahramonlar  haytining  turli  tomonlarni  qamrab  oladi.  Shu  boisdan 
bo’lsa	 kerak  ularda  hayot  bilan  fantastika  aralashib  ketgan.  O’rta  asrlarning 	
eposlari  u  yoki  bu  shaklda  hrta  asrlar  jamiyatining  har  bir  a’zosi  uchun  tanish 
bo’lgan.	 	
G’arbiy Yevropa eposida ikki xil qatlamni ajratib ko’rsatish mumkin:	 	
- 	Tarixiy (haqiqiy tarixiy a	sosga ega qahramonlik qissalari)	 	
- 	Ertakiylik (folklorga yaqin).	 	
Anglosakson  eposi  bo’lgan  “Beovulf  haqida  qissa”  taxminan  1000	-yillarda 	
yozilgan. Unda gautlar xalqiga mansub bo’lgan yosh askar haqida hikoya qilinadi. 
U  ko’plab  qahramonliklarni  amalga  oshira	di,  mahluqlarni  yengib,  ajdar  bilan  jangda  halok  bo’ladi.  Mazkur  fantastik  sargushtlar  Shimoliy  Yevropa  xalqalarida 
kechgan  feodallashuv  jarayonini  o’izad  aks  ettiruvchi  haqiqiy  tarixiy  fonda 
yozilgan.	 	
Jahon  dabiyotining  nodir  durdonalari  orasida  island  sa	galari  ham  muhim 	
o’rinni egallaydi. “Katta Edda” o’z tarkibiga 19 ta qadimgiisland epik qo’shiqlarini 
birlashtirgan  bo’lib,  o’zida  yozma  adabiyot  san’ati  rivojlanishining  qadimiy 
bosqichlarni alomatlarini saqlab qolgan. “Kichik Edda” XIII asrda yashagan sh	oir	-	
skald  Snorri  Sturlusonga  qalamiga  mansub.  Skaldlar  poetik  san’ati  mahorati  bilan 
ildizlari  qadimgi  umumiygerman  mifologiyasiga  borib  taqaluvchi  island  majusiy 
mifologik rivoyatlari mazkur Eddada o’z aksini topgan. 	 	
Fransuz  qahramonlik  dostoni  bo’lgan  “	Roland  haqida  qo’shik”  va  ispan 	
dostoni bo’lgan “Mening Sidim haqida qo’shiq” dostonlari real tarixiy voqyealarga 
asoslangan.  Birinchisida  778	-yilda  Ronseval  darasida  franklar  otryadining 	
dushman  bilan  kurashi,  ikkinchisida  bo’lsa  Rekonkista  harakatining  b	itta  epizodi 	
syujet  qilib  olingan.  Ushbu  asarlarda  vatanparvarlik  motivlari  juda  kuchli  aks 
ettirilgan.  Ideallashtirilayotgan  qahramonlarning  vatanparvarlik  burchi  hamma 
narsadan  ustun  kelganligi  gavdalandirilgan.  Real  harbiy	-siyosiy  vaziyat  dunyoviy 	
massh	tbadagi  voqyelikka  asos  bo’lgan  epik  qissaga  aylantirilgan.  Ideallarga 	
bunday  mubolag’aviy    (giperbolik)  yondoshuv  o’z  davrida  bir  qolip  doirasidan 
chiqib  ketadigan  darajada  tasvirlanishga  olib  keldi,  bu  holat  bo’lsa  uni  “barcha 
zamonlarda” insoniyat qadri	yatiga aylanishga olib keldi.	 	
“Nibelunglar  haqida  qo’shiq”  Germaniyaning  qahramonlik  eposi  bo’lib, 	
ancha  aflonalashtirilganligi  bilan  ajralib  taradi.  Asarda  tarixiy  prototipi  bo’lgan 
qahramonlarni 	– Etsel  (Atilla),  Ditrix  Bernskiy  (Teodorix), burgund qirol	i  Gunter, 	
qirolicha  Brungildi  kabilarni  uchratiladi.  Ular  haqidagi  hikoyalar  asarning  bosh 
qahramoni  bo’lgan  Zigfrid  (Sigurd)  sarguzashtlari  atrofida  keltiriladi.  U 
Nibelunglar  hazinasini  qo’riqlovchi  dahshatli  Fafnir  ajdarhosini  yengib,  shu 
hazinaga ega c	hiqadi. Asarda u boshqa qahramonliklar ham ko’rsatgan, lekin oxir	-	
oqibat halok bo’ladi.	  Risarlik  madaniyati.  O’rta  asrlar  madaniy  hayotining  yorqin  va  anchayin 	
romanlashish  oqibatlarini  risarlik  madaniyatida  kuzatish  mumkin.  Bu 
madaniyatning yaratuvchilari	 harbiy	-aristokrat tabaqa bo’lib, ular ilk o’rta asrlarda 	
shakllana  boshlagan  va  o’z  taraqqiyotiga  XI	-XIV  asrlarda  erishgan  edi.  Risarlik 	
mafkurasi  o’zining  ildizlari  bilan  bir  tomondan  varvar  xalqlarining  o’z	-o’zini 	
anglashiga  borib  taqalsa,  ikkinchi  tomo	ndan  e’tiqod  yo’lida  xizmat  qilish 	
xristianlik  ta’limotining  rivojlanishiga  borib  taqaladi.  Bu  oxirgi  holat  o’rta  asrlar 
davriag kelganda ancha keng ma’noda talqin qilinib, to’liq dunyoviy munosabatlar 
sohasila tarqaldi.	 	
Risarlik  etnosining  yadrosini  o’z  s	enoriga  sodiqlik  tashkil  qiladi.  Sotqinlik 	
va  xoinlik  (munofiqlik)  risarlar  uchun  gunohlarning  eng  oxiri  bo’lib,  bu  gunoh 
badaliga hatto risarlik korporasiyasidan mosuvo etilgan. Urush risarlarning birdan	-	
bir  kasbi  edi,  lekin  borgan  sari  risarlar  o’zlarini	 adolat  o’rnatuvchilari  va  uning 	
tarafdorlari  sifatida  hisoblay  boshlashdi.  Ammo  amalda  adolat  turlicha  tarzda 
tushunilgan va faqatgina aniq bir tabaqaviy korporativ xarakterni namoyon etuvchi 
tor doiradagi kishilar orasida tarqalgan. 	 	
Risarlik  kodeksi  ung	a  ergashuvchilardan  ko’plab  qadr	-qimmat  talab  etgan, 	
chunki  risar  bu  “vijdonan  amri  bilan  kirib  keladigan  va  oljanob  hayot  tarzi 
kechiradigan”  shaxsdir.  Risarlik  bilan  kurtuaz  (saroy)  madaniyatining  shakllanishi 
uzviy  bog’lanib  ketgan.  Ushbu  madaniyatda  ay	ol  (dama,  xonim)  timsoli  muhim 	
element hisoblangan. Mahbuba yuragiga xuddi xudoga topingan singari topinilgan, 
unga  chiroyli  ash’orlar  bitishgan,  uning  sharafiga  risarlik  jasoratlari  amalga 
oshirilgan.	 	
Risarlar  hayotida  juda  ko’p  narsalar  atayin  ko’r	-ko’ro	na  tarzda  namoyon 	
qilingan.  Jasurlik,  muruvvatlilik,  oliyhimmatlik  kabilar  umuman  qadrga  ega 
bo’lmagan.  Risarlar  doimo  ustunlik  uchun,  sharaf  uchun  haarkat  qilganyu  uning 
jasoratlari  va  muhabbati  haqida  butun  xristian  dunyosi  bilishi  kerak  edi.  Ana  shu 
jih	atdan risarlik madanityaining tashqi go’zalligi, uning rituallarga va atributikaga, 	
ranglar,  narsalar  ramziga,  etiketga  bo’lgan  alohida  e’tibori  namoyon  bo’ladi.  Haqiqiy  jangni  o’zida  timsollashtirgan  risarlik  turnirlari  bo’lsa  XIII	-XIV  asrlarga 	
kelganda  o	’z  dabdabasiga  erishdi,  o’sha  paytlarda  bu  turnirlarga  yevropaning  turli 	
burchaklaridan eng mohir risarlar to’plangan.	 	
XI  asr  oxirida  Provnasda  trubadurlar 	– risar	-shoirlar  paydo  bo’ldi.  Ular 	
nafaqat  muhabbat  haqida  she’rlar  bitgan,  balki  ularni  ba’zan  mus	iqa  jo’rligida 	
kuylaganlar.  Ana  shunday  birinchi  trubadurlardan  biri  Akvitaniya  gersogi  Gilyom 
IX  edi.  XII  asrda  trubadur  Bernart  de  Ventadorn  katta  mashhurlikka  erishdi.  U 
o’zining  kurtuazli  lirik  ijodida  feodal  saroy  poeziyasi  va  u  bilan  bog’langan 
tanta	nali  dunyoni  nisbatan  to’liq  aks  ettirgani  bilan  ajralib  turgan.  Girauta  de 	
Borneylya  “magistrlar  shoiri”  degan  laqab  bilan  mashhur  bo’lgan  (XII  asrning 
oxirgi choragi	-XIII asrning boshlari). Kurtuaz poeziyasida  erkak trubadurlar bilan 	
birga  ayollar 	– Bea	tris  de  Dia,  marii  Shampanskoy  kabilar  ijod  qilishgan.  Ular 	
risarlik  romanlarida  qahramonliklarni  tilga  olish  bilan  birga  erkaklar  bilan  kuch 
borasida teng ekanligini keltirib o’tishgan.	 	
XII  asrga  kelganda  poeziya  haqiqatda  ham  Yevropa  og’zaki  va  yozma 	
ada	biyotining  “sultoniga”  aylandi.  Fransiyaning  shimoligacha  tarqalgan  bu  janrda 	
ijod  qiluvchilar 	truverlar	 	deb  ataldi.  Germaniyada  bo’lsa  shoir	-risarlar 	
mtggnzingerlar	 deb  atalgan  bo’lib,  ular  orasida  Volfram  fon  Eshenbax,  Gartman 	
fon aue, Valter fon der Fog	elveyde ayniqsa mashhurlikka erishdi.	 	
Risarlik  adabiyoti  faqatgina  risarlarning  o’zini	-o’zi  anglashini  ifodalashning 	
vositasi  bo’lib  qolmasdan,  balki  risarlikni  shakllantirishga  ham  faol  ta’sir 
ko’rsatgan.  Risarlik  romanlaridan  ta’sirlanish  shu  darajada  ed	ki,  tarixiy 	
shaxslarning  jasoratlarini  yoki  haqiqatda  bo’lib  o’tgan  janglarni  tasvirlashda 
xronikachilar  syujet  uchun  risarlik  romanlariga  murojaat  qilishgan,  bu  jarayonlar 
XII  asrning  o’rtalarida  boshlandi  va  bir  necha  o’n  yillar  davomida  dunyoviy 
madaniy	atning  markazida  bo’lib turdi.  Bu kabi  asaralr turli xalqlar tilida bitildi va 	
harakatlar  qahramonlarning  navbatdagi  sarguzashtlari  qatorida  rivojlanib  bordi. 
G’arbiy Yevropa risarlik 	– kurtuaz romanining asosiy manbalaridan biri  	- bu qirol 	
Artur  va  Doira	 stoli  risarlari  haqidagi  kelt  eposi  bo’lgan.  Mana  shu  eposdan  muhabbat va vojeali o’lim syujetiga asoslangan Tristan va Izolda tarixi asari paydo 
bo’ldi.  Ushbu asar  uzoq davrlar  mobaynida  insoniyatning  madaniy  hazinasi  bo’lib 
keldi. Ushbu breton siklining	 qahramonlari bo’lgan Lanselot va Perseval, Palmerin 	
va  Amadis  va  boshqalarni  roman  mualliflari  insoniylining  oliy  fazilatlari  bilan 
“to’yintirganlar”.  Bu  holat  ayniqsa  ilgarigi  istalgan  risarlik  romanining  markaziy 
va  haarkatlantiruvchi  kuchi  bo’lgan  muha	bbatni  yangicha  tushunishda  namoyon 	
bo’ladi.  Risarlik  romanlarida  keng  tarqalgan  motiqlardan  yana  bir  i  muqaddas 
Graalni  izlashdir.  Bashorat  qilinishicha  ushbu  Grallda  Iso  Masih  qoni  to’plangan. 
Shuning uchun bo’lsa kerak grall oliy ruhoniylarning ramziga 	aylangan.	 	
XIV  asrga  kelganda  risarlik  mafkurasida  orzu  va  haqiqat  o’rtasida  katta 	
ajralish  kuzatila  boshlandi.  Kurtuaz  romani  asta	-sekinlik  bilan  inqirozga  uchray 	
boshladi.  Jamiyatda  harbiylar  qatalmining  ahamiyati  tushib  borishi  bilan  risarlik 
romanlarida	 haqiqiy hayot bilan bog’lanish ham borgan sari susayib bordi. Risarlik 	
romanlari  syujetlari  fantastik  va  haqiqatga  to’g’ri  kelmaydigan  holatlarni  aqmrab 
oldi,  ularda  diniy  motiv  kuchayib  bordi.  Ingliz  dvoryanini  Tomas  Melori  risarlik 
romanini  uning  qahram	onlik  pafosi  bilan  qayta  tiklashga  urinib  ko’rdi.  Doira  stoli 	
risarlari  haqidagi  qadimiy  qissalar  asosida  yozilgan  uning  “Artur  o’limi”  romani 
XV  asr  ingliz  prozasining  nodir  yodgorligi  hisoblanadi.  Lekin  ushbu  asarda 
risarlikni  ulug’lash  bilan  birga  muall	if  tabaqaviy  tuzumning  tarqalish  jarayonlari 	
alomatlarini ham o’z asarida keltirib o’tadi.	 	
Shahar madaniyati.  XI asrdan boshlab G’arbiy Yevropa madaniy hayotning  	
markazlari  shaharlarga  ko’chadi.  Shahar  madaniyatidagi  erkinlikni  sevuvchanlik 
yondoshuvi, u	ning xalq ijodiyoti bilan bog’langanligi shahar adabiyotining rivojiga 	
o’z  ta’sirini  ko’rsatdi.  Ushbu  adabiyot  namunalari  yaratilishi  boshlangan  dastlabki 
paytdan  boshlab  jamiyatda  hukmron  bo’lgan  cherkov  lotin  tilli  adabiyotiga 
qarama	-qarshi  ravishda  oddi	y  xalq  shevasida  yaratildi.  O’z  anvbatida  shahar 	
adabiyoti  xalq  shevasining  milliy  tiliga  aylanish  jarayonini  boshlab  berdi.  Bu 
jarayon XI	-XIII asrlarda butun G’arbiy Yevropani qamrab oldi.	  XII	-XIII  asrlarda  xalq  ommasining  dindorligi  passiv  bo’lishni  to’x	tatdi. 	
Cherkov  ta’sirida  juda  katta  bo’lgan  “ko’pchilikning  skunati”  diniy  hayotning 
subyektiga  aylana  boshladi.  Bu  jarayonga  cherkov  elitalarining  diniy  bahslari 
emas,  balki  dahriylar  tomonidan  xalqona  dindorlikni  ilgari  sruishlari  muhim  ta’sir 
bo’lib  xiz	mat  qildi.  Jamiyatda  muqaddas  ayliyolarning  hayoti,  g’aroyibotlar  va 	
mo’jizalar  haqidagi  qissalar  bo’lgan  “ommaviy”  adabiyotga  talab  ortib  bordi.  Ilk 
o’rta  asrlarga  qaraganda  bunda  adabiyotlar  ancha  psixologik  effektlandi  va  ularda 
badiiylik  kuchaydi.  XIII	 asrda  xalq  sevib  o’qiydigan  “xalq  kitobi”  nomini  olgan 	
“Oltin  afsona”  Genuya  yepiskopi  Iakov  Voraginskiy  tomonidan  yozildi.  Ushbu 
asarning syujetiga to XX asrgacha Yevropa adabiyotida murojaat qilib kelindi.	 	
Novellalar,  basnlar,  hazillar  (Fransiyada  fabli	o,  Germaniyada  shvank)  kabi 	
she’riy janrlar shahar adabiyotida eng ommaviy janrlarga aylandi. Ular mazmunida 
satirik  ruhiyat,  qo’pol  yumor  va  yorqin  obrazlilik  bilan  ajralib  turgan.  Ularning 
aksariyatiad  jamiyatning  hukmron  qatlamlari  bo’lgan  diniy  va  duny	oviy  feodallar 	
ustidan, ularning ochko’zilgi ustidan kulish holatlari kuzatiladi. 	 	
Fablio  va  shvank  kabi  janrlarda  o’z  advri  uchun  yangi  qahramon  tipi    ilgari 	
surildi,  ya’ni  bu  qahramon  umidvor,    mug’orbir,  zehnli,  boshiga  tushgan  istalgan 
og’ir  tashvishda	n  aql  idroki  va  qobiliyati  bilan  chiqib  ketadigan  qahramonlar  tilga 	
olina  boshlandi.  Masalan,  hammaga  ma’lum  bo’lgan  “Pop  Amis”  shvanklar 
to’plami  qahramonlari  nemis  adabiyotida  muhim  iz  qoldirdi,  ular  o’zlarini  shahar 
hayotida  yengil  va  ishonch  bilan  tuti	shganligi  bilan  ajralib  turgan.  Asarda 	
qahramon  o’zining  barcha  hatti	-harakatlari  bilan  boshqa  tabaqalar  bilan  birga 	
shaharliklarga  ham  hayot  tegishli  ekanligini  ko’rsatib,  yer  yuzida  shaharliklarning 
o’rni  mustahkam  va  ishonchli  ekanligi  ta’kidlanadi.  Sha	har  adabiyoti  shaharning 	
kamchiliklari  va  odatlarini  fosh  qilgan,  o’sha  advrdagi  eng  muhim  masalalarga 
to’xtalgan  o’sha  advr  uchun  oliy  darajadagi  “zamonaviy”  adabiyot  edi.  Unda 
xalqning  donishmandligi  maqol  va  matallar  shaklida  namoyon  bo’ladi.  Cherkov 
sh	aharlarning  kambag’allari  orasidan  chiqqan  shoirlarni  doimiy  ravishda  ta’qib 	
etg8an,  chunki  ularning  ijodida  cherkov  o’zlariga  bevosita  tahdidni  ko’rgan.  Masalan,  parijlik  Ryutbefning  asarlari  XIII asrning oxirida Papa tomonidan yoqib 
yuborilishga mahkum q	ilindi. 	 	
Novella,  shvank  va  fablio  bilan  birga  shahar  satirik  eposi  ham  shakllanib 	
bordi.  Ushbu  eposlarning  asosida  ilk  o’rta  asrlarda  paydo  bo’lgan  ertaklar  yotgan. 
Shaharliklarning  eng  sevib  o’qiydigan  shu  janrdagi  asarlaridan  biri  “Tulki  haqida 
roman” b	o’li, u Fransiyada yozildi, nemis, ingliz, itlayan va boshqa tillarga tarjima 	
qilindi. Asarda shaharlik timsolida uddaburon va jasur Tulki Renar gavdalantirilib, 
u  o’zining  ayyorligi,  aqli  va  topqirligi  bilan  ahmoq  va  qonxo’r  Bo’ri  Izengrinni, 
kuchli va te	ntak Ayiq Brenni yengadi. Ushbu oxirgi qahramonlar timsolida risar va 	
yirik feodal ma’nosi keltirilgan. Tulki shuningdek Sher Noblni (qirol) ham boplab 
laqillatadi va Eshak Boduenning (ruhoniy) ahmoqligi ustidan doimiy kulib yuradi. 
Lekin ayni vaqtda Renar	 tovuqlar, quyonlar, o’rdaklar ustidan o’atli om uyushtirdi, 	
uchsiz  va  zaiflarni  ta’qib  etib  boshlagani  ham  hikoya  qilinadi.  Ana  shu  paytda 
oddiy  xalq  uning  niyatlarini  buzib  yuboradi.  “tulki  haqida  roman”  syujeti  asosida 
Oten, Burj kabi soborlarda haykall	i tasvirlar yaratilgan.	 	
Shahar  adabiyotining  yana  bir  numanasi  bo’lgan  “Atirgul  haqida  roman” 	
oldinma	-ketin  Gilom  de  Lorris  va  Jande  Men  tomonidan  yozilgan.  Bu  falsafiy 	–	
allegorik  poemaning  qahramoni  yosh  shoir  Atirgul  timsolidagi  ramz  ideal 
tushuncha  sifa	tiad  intiladi.  Ushbu  asarda  hurfikrlilik,  tabiat  va  Tafakkur, 	
kishilarning tengligi tarannum etiladi. 	 	
Daydi  shkolyarlar  va  studentlar  bo’lgan 	vagantlar	 jamiyatga  nisbatan 	
qarshilik  ruhiyatining  sohilari  va  hurfikrli  ekanligi  bilan  ajralib  turgan.  Vagantla	r 	
orasida cherkovga va  mavjud tartiblarga qarshi muxolif kayfiyati kuchli bo’lib, bu 
holat  shaharning  quyi  qatlami  vakillari  uchun  ham  hos  xususiyat  hisoblanadi. 
Vagantlar  lotin  tilida  o’ziga  xos  poeziya  yaratishdi.  Jamiyatning  kirdikorlari 
ustidan  kuluvch	i  va  hayotning  zavqlarini  tarannum  etuvchi  sher’lari  va 	
qo’shiqlarini  bilan  vagantlar    Toledondan  tortib  to  Pragagacha,  Palermodan  tortib 
to  Londongacha  bo’lgan  butun  yevropa  bo’ylab  aytib,  kuylab  yurishgan.  Ularning  ko’pchiligi  studentlar  bo’lib,  ana  shu 	ishi  uchun  kunlik  oziq	-ovaqat  va  boshqa 	
ehtiyojlarini qsiman bo’lsada qondirishga erishgan.	 	
Shahar  adabiyotining  taraqqiyoti  XIV	-XV  asrlarga  kelganda  byurgerlik 	
ijtimoiy  dunyoqarashining  keyingi  o’sishiga  olib  keldi.    Shahar  poeziyasida, 
dramasida  va  va  o’	sha  paytlarda  yangi  paydo  bo’lgan  shahar  adabiyoti  janri 	
bo’lgan  prozaik  novellalarda  shaharliklar  hayotda  orttirilgan  donishmandlik, 
amaliy  zakovati,  hayotni  yaxshi ko’rish  kabi  jihatlar  bilan  tasvirlanadi.  Byurgerlik 
davlatning  tayanchi  sifatida  dvoryanl	ikka  va  ruhoniylarga  qarshi  qo’yiladi.  Ana 	
shu  g’oyalar  o’sha  davrning  ikki  yirik  fransuz  shoirlari  bo’lgan  Estash  Deshan  va 
Alen Shartye ijodida o’z aksini topdi.  	 	
XIV	-XV  asrlarag  kelganda  Germaniya  adabiyotidagi  meyzterzang 	
(hunarmandchilik	-sex  vakillar	ining  poeziyasi)  asta	-sekinlik  bilan  risarlar 	
mennezanggini  siqib  chiqara  boshlaydi.  Germaniyaning  ko’plab  shaharlarida 
o’tkazilgan meysterzingerlar ijodiy musobaqasi juda ommaviy bo’lib ketdi.	 	
O’rta  asrlar  yevropa  poeziyasida  Fransua  Viyona  ijodi  ajralib 	turadi.  U 	
sarguzasht va darbadarlikka to’la hayotni qisqa, lekin shiddatli asarlarda tarannum 
etadi.  Ni  ba’zan  garchi  u  o’z  she’rlarini  lotin  tilida  emas,  ona  tili  bo’lgan 
fransuzchada yozgan bo’lsa ham “oxirgi vagant” deb atashadi. 	 	
XIII  asrdan boshlab  sh	aharlarning teatr  san’ati  paydo  bo’la  boshladi.  Ancha 	
oldindan  ma’lum  bo’lgan  cherkov  misteriyalari  shaharlarning  paydo  bo’lishi  bilan 
bog’liq bo’lgan yangi ta’sirlar natijasida nisbatan yorqin va bayramona ko’rinishni 
kasb  eta  boshladi.  Ularga  dunyoviy  al	omatlar  qo’shilib  bordi.  Shahar  “o’yinlari”, 	
ya’ni teart harakatlari avval boshdanoq dunyoviy xarakter kasb etgan edi, ularning 
syujeti  hayotdan,  mazmuni  vositasi  bo’lsa  folklordan,  daydi  aktyorlar  bo’lgan 
jonglerlar,  ular  ayni  vaqtda  raqqoslar  ham  edi,  qo	’shiqchilar,  musiqachilar, 	
akrobatlar,  ko’zboylag’ichlar    ijodidan  olingan.  Ana  shunday  “o’yin”lardan  biri 
XIII asrga taalluqli “Roben va Marion haqida o’yin” edi. Unda yosh cho’pon yigit 
va  cho’pon  qizning  muhabbati  qo’pol  va  makkor  risar  ustidan  g’alaba 	qozonadi.  Bunday  teatrlashgan  tomosha  bevosita  shahar  maydonlarida  ijro  etilgan,  ularda 
shaharliklar ishtirok etishgan.	 	
XIV	-XV  asrlarda  fars  janri  keng  tarqaldi.  Ular  shaharliklarning  turmush	-	
tarzi reallik asosida tasvirlaydigan yumoristik sahna asarlari e	di. Katta teatrlashgan 	
tomoshalarni 	– 	misteriylarni  tashkil  qilish    ruhoniylardan  hunarmandchilki 	
sexlariga va savdo korporasiyalariga o’ta boshladi.  Misteriylar bibliya  syujetlariga 
asoslangan  bo’lsada,  ammo  komediya  va  maishiy  elementlarni  qamrab  oluvchi	 	
ahamiyatli xarakterni kasb etgan va shahar maydonlarida qo’yilgan.	 	
XIV	-XV  asrlarda  o’rta  asrlar  fuqarolik  arxitekturasi  gullab	-yashnadi.  Boy 	
shaharliklar  iuchun  hashamatli  uylar  qad  ko’tarildi.  Feodallarning  qasrlari  ham 
anchayin  yashash  uchun  qulay  hoalt	ga  moslashtirildi,  borgan  sari  harbiy  qal’alar 	
ahamaityaini  yo’qotib  bordi,  ular  hukmdorning  shahar  tashqarisidagi 
qarorgohlariga  yalantirildi.  Qal’alarni  bezash  ishlariga  e’tibor  berila  boshlandi, 
gilamlar, amaliy san’at buyumlari qo’yildi. Zargarlik san’	ati taraqqiy qildi. Shunga 	
munosaib  ravishda  o’rta  asr  kishilarining  kiyinish  madaniyati  ham  takomillashib 
bordi.

MAVZU: XI -XV asrlarda Yevropa madaniyati Reja: 1. Yevropada universitetlarning tashkil topishi 2. Yevropada uyg`onish davring boshlanishi 3. Memorchilik va san`at XII -XIII asrlarda G’arbiy yevropa iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga qadam tashladi. Shaharlarning tara qqiyoti, yevropaliklar tafakkur denyosining kengayishi, Sharq madaniyati, birinchi navbatda arab va vizantiya madaniyati bilan tanishish o’rta asrlar ta’lim tizimini takomillashtirishga turtki bergan. Yevropaning yirik shahar markazlaridagi kafedral maktab lar avval umumiy maktablarga, keyinroq universitetlarga aylandi. Universitet so’zi lotinchadan “umumiy”, “majmui” kabi ma’nolarni anglatgan. Yevropada ilk universitet Bolonya universiteti bo’lib, uning tashkil topgan sanasi sifatida 1088 -yil qabul qilinga n. Undan keyinro Parij universiteti tashkil etildi. XIII asrda quyidagi unviyersitetlar ham paydo bo’ldi: Monpelye (1220), Paduya (1222), Neapol (1224) va boshqalar. XV - XVI asrlarda universitetlar tizimi yanada kengayada. XV asrda Yevropada 80 ga yaqin u niversitetlar faoliyat olib borgan bo’lsa, keyingi yuz yillikda ularning soni 180 ga yaqin bo’lgan. O’rta asr universitetlariga studentlar tomonidan saylanadigan rektorlar boshchilik qilgan. Universitetlarda har bir yurtdoshlik o’zining boshqaruvini muvofi qlashtirish uchun rektor saylashgan. Studentlar orasidan rektor saylash italyan universitetlari uchun xos hususiyat hisoblangan. O’rta asr universitetlarida rektorlik boshqaruvining ikkinchi ko’rinishi ham bo’lgan. Bu Parij universitetida mavjud bo’lgan. U nga ko’ra rektorni universitetning professorlar korporasiyasi saylagan. Shuning uchun ham rektor bunda «professorlar oqsoqoli» mazmunini kasb etgan (huddi sexlardagi sex oqsoqoli singari), va universitet korporasiyasi nomidan oliy davlat hokimiyati oldida ish ko’rgan .

O’rta asr universitetlari yuridik, ma’muriy va moliyaviy muxtoriyatdan huquqiga ega bo’lib, bu ularga hukmdor yoki papa tomonidan maxsus bulla bilan rasmiylashtirib berilgan. Universitetlar fakultetlarga bo’lingan. Birinchi bosqich fakulteti a rtistlki fakulteti bo’lib, bu fakultetni barcha studentlar o’qishi kerak edi. Bu o’ziga xos tayyorlov bosqichi bo’lib, studentlar bu bosqichda “yetti erkin san’atni” o’qishgan (shuning uchun ham bu faultet artistlik, ya’ni san’at fakulteti deyilgan). Keyin g huquqshunoslik, tibbiyot va ilohiyot (ilohiyot hamma universitetlarda ham bo’lmagan) fakultetlarida o’qish davom ettirilgan. O’rta asrlar Yevropada falsafa, matematika, tibbiyot va astroniya sohalari bo’yicha eng chuqur bilim beradigan universitetlari Qu rdoba, Sevilya, Salamanka, Malaga va Valensiya hisoblangan, Bolonya va Paduiya huquq ta’limi bo’yicha eng yaxshi universitetlar edi. O’rta asrlar universitetlarida ta’lim uzoq vaqtlar lotin tilida olib borilganligi uchun boshqa millat vakillarining boshqa advlat hududlarida ta’lim olishlari odatiy hol bo’lgan. XIV -XV asrlarga kelgnda Yevropada universitetlar soni o’sib, hududlari kengayib bordi. Kollegiyalar (shundan kollej so’zi kelib chiqqan) rivojlana boshladi. Dastlab studentlar yotoqxonasi kollegiya le b atalgan, keyinchalik bu yerlar mashg’ulotlar, ma’ruzalar va disputlar markaziga aylandi. 1257 -yilda Fransiya qiroli ruhoniysi bo’lgan Rober de Sarbon tomonidan asos solingan kollegiya (Sarbonna nomini olgan) asta -sekinlik bilan o’zining obro’sini shuncha lik mustahkamlab bordiki, uning natijasida butun Parij universiteti shu nom bilan atala boshlandi. Universitetlar G’arbiy Yevropada dunyoviy ziyolilar qatlamining paydo bo’lishi jarayonini tezlashtirib berdi. Ular o’zlarining ilmiy izlanishlari natijasida o’rta asrlar madaniyatining rivojiga katta hissa qo’shishdi. Lekin XV asrning oxirlariga kelganda universitetlar tizimida ariktokratlashish holatlari kuzatila boshlandi. Studentlar, magistrlar (o’qituvchilar) va professorlarning katta qismini jamiyatning i mtiyozli tabaqasidan chiqqanlar tashkil eta boshladi.

O’rta asrlarda ta’limning rivojlanib borishi kitoblarga bo’lgan talabning oshishiga olib keldi. ilk o’rta asrlarda kitoblarga egalik hashamatni anglatgan. Chunki kitoblar juda kam bo’lib, uni yaratish uzoq va mashaqqatli mehnatni talab qilgan. Uzoq vaqtlar davomida hayvonlar terisidan tayyorlangan pergamenlar qog’oz vazifasini bajargan. Ko’p mehnat talab qilinganligi uchun ham u juda qimmat bo’lgan. Bir necha ingichka pergamenlar to’planib, mustahkam ip bilan tiklgan va teri bilan qoplangan yog’ochga pereplyot qilingan. Muqovasi turli xil qimmatbaho toshlar va metallar bilan bezatilgan. Ba’zan matnlar chiroyli hisnixatlar bilan yozilishdan tashqari miniatyuralar bilan ham boyitilgan. XII asrga kelganda k itoblar nisbatan arzonlashdi. Bunga shu davrdan kitob ko’chirish va tikish bo’yicha shug’ullanuvchi maxsus ustaxonalar tashkil etilganligi sabab bo’ldi. Bu ustaxonalarda rohiblar emas, balki hunarmandlar ishlash boshlagan. XIV asrdan boshlab kitob yaratish da qog’ozdan keng ravishda foydalanish boshlandi. XIV asrning 40 -yillarida nemis ustasi Iogann Gutenberg tomonidan kitob bosish uskunasining ixtiro qilinishi, kitoblarni nus’halarini ko’paytirish va ommaviy ravishda Yevropa bo’ylab tarqalish imkoniyatini b erdi. XII asrgacha kutubxonalar faqatgina cherkovlar qoshida bo’lgan. XII -XV asrlarda universitetlar, qirol saroylari, yirik feodalla qasrlari, ruhonyilar va boy shaharliklar xonadonlarida ham kutubxonalar paydo bo’la boshladi. Tabiat haqida bilimlarning k engayishi. XIII asrdan boshlab G’arbiy Yevropada tajribaviy bilimlarga bo’lgan qiziqishlar paydo bo’la boshladi. Ungacha tabiat haqida asosan din tomonidan tushuntirib kelingan va ko’pincha fantastik xarakterdagi ma’lumotlar uchraydi. Lekin kundalik turmus h tarzi, ta’lim tizimidagi rivojlanishlar, insonlarning bilim doiralarining kengayishi va umuman olgnada hayot nazariy bilimlardan ko’ra amaliy bilimlarni talab eta boshladi. XII asrga kelanda mexanika va matematika sohalarida ma’lum bir rivojlanish jarayo ni kuzatildi. Bu holat esa din vakillarining qattiq noroziligini keltirib chiqardi, ular amaliy fanlarni “hiyonatkor” deb atay boshlashdi. Oksford universitetida qadimgi

davr va arab halifaligi davri olimlarining tabiiy -ilmiy asarlari tarjima qilindi va ularga izohlar yozildi. Robert Grossetest tabiatni o’rganishga matematik jihatdan yondoshishga harakat qilib ko’rdi. O’zining dastlabki faoliyatini sxolastikada boshlagan Oksford professori Rodjer Bekon oxir -oqibat tabiatni o’rganishni boshladi. U tabiatni tajribalar va kuzatishlar yo’li bilan o’rganish mumkinligi haqidagi tushunchani ilgari murdi. Shuning uchun bo’lsa kerak u optika, fizika va kimyo sohalarida muhim natijalarga erishdi. U shuningdek sehrgarlik va jodu bilan ham mashuhr bo’lgan. O’sha paytla rda zmondoshlari uning faoliyati haqida ma’lumot berib, u gapiradigan mis bosh yoki metall odam yasaganlini, havoni siqish oraqil ko’prikni siltishi haqidagi g’ochni berganligini aytishgan. U shuningdek o’zi harakatlanuvchi kema va aravalar, havoda uchuvch i yoki daryo hamda dengizning tubida hyech qanday qarshiliksiz harakatlanuvchi apparatlar yaratish mumkinligi haqidagi fikrlarni ham bergan. Uning bu g’oyalari va qora jodu bilan shug’ullanishlari ko’p bora cherkov tomonidan qoralangan, shuning uchun ham u bir necha bor cherkov sudiga chaqirilib, ancha vaqtgacha uy qamog’i ko’rinishidagi hibslarga mahkum qilingan. Uilyam Okkam, nikolay Otrekur, Buridan va Nikolay Orezmskiylar (Orem) Rojer Bekon ishlarini davom ettirdi. Ular fizika, mexanika, astronomiyaning keyingi rivojiga muhim hissa qo’shishdi. Masalan, Orem tananing og’ishi qonunini ochishga yaqinlashdi, Yerning sutkalik aylanishi haqidagi ta’limotni rivojlantirdi, koordinatalarni qo’llash g’oyasini tushuntirib berdi. Nikolay otrekur bo’lsa atomizmga yaq in keldi. Jamiyatning boshqa qatlamlari orasida ham amaliy bilimlarga bo’lgan intilishlar kuchayib bordi. Sisiliya qirolligida turli fan sohalari va san’at taraqqiy qildi, yunon va arab mualliflarining ilmiy va falsafiy asarlarini tarjima qilish faoliyati keng yo’lga qo’yildi. Sisiliya hukmdorlarining homiyligi ostida Salernoda tibbiyot maktabi katta shuhrat qozondi. Bu yerda faylasuf va shifokor Arnaold da Vilanovaning mashhur bo’lgan “Sog’liqning Salerno kodeksi” yaratildi. Bu kitob

to hozirgi kungacha o’ z ahamityani yo’qotgan emas va o’sha vaqtlardagi “sog’lom turmush tarzi”ning asosiy manbasi bo’lib xizmat qilgan. Bunda sog’liqni saqlash bo’yicha turli xil ko’rsatmalar, turli xil shifobaxsh o’simliklarning foydali xususiyatlari, zaharlar va zaharlarga qa rshi vositalar haqida ma’lumotlar berib o’tilgan. O’rta asrlar alximiklari uzoq vaqtlar davomida oddiy metallarni oltinga aylantirish xususiyatiga ega bo’lgan “falsafa toshini” izlab keldi. ana shu yo’lda qilingan ilmiy izlanishlar boshqa bir qator muhim i xtirolarga olib keldi. turli xil moddalarning tuzilishi o’rganildi, ularga ta’sir qilish usullari ochildi, turli xil kimyoviy qo’shilmalar va qotishmalar, ishqorlar, kislotalar, mineral bo’yoqlar olindi. Taajribalar o’tkazish yo’lida juda ko’plab kimyoviy asboblar va priborlar takomillashtirildi. Masalan haydash kubi, kimyoviy pechlar, filtrlash va distillyasiyalash apparatlari shular jumlasidandir. Yevropalkilarning geografik bilimlari ham boyib bordi. XIII asrda Genuyalik aka -uka Vivaldilar G’arbiy Afrika qirg’oqlarini aylanib o’tishga urinib ko’rishdi. Venesiyalik Marko Polo bo’lsa Markaziy Osiyo orqali Xitoyga yetib bordi. Uning sayohatlari natijasida yozilgan “Marko Polo kitobi” Yevropa bo’ylab turli tillarda tarjima qilinib, ommalashdi. XIV -XV asrlarda geografiya sohasida to’plangan bilimlar va ma’lumotlar ma’lum darajada kelgusidagi Buyuk geografik kashfiyotlar uchun omil bo’lib xizmat qildi. O’rta asrlar dunyoqarashida tarixning o’rni. O’rta asrlar ma’naviy hayotida tarixiy tasavvur muhim rol o’ynagan . O’sha davrlarda tarix fan yoki o’qish mashg’uloti sifatida qaralmasdan, u haqiqatda ham dunyoqarashning bir qismi bo’lgan. Tarixning turli xil shakllari, xronikalar, yilnomalar, qirollar tarjimai hollari va ularning faoliyatlari hamda boshqa tarixiy asar lar o’rta asrlar yozma va og’zaki adabiyot tarixining eng sevimli janrlari edi. Bu holat ma’lum ma’noda xristianlikda tarixga katta e’tibor qaratilganligi bilan ham izohlanadi. Xristian dini lik