logo

XI-XV asrlarda Fransiya madaniyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

22.1376953125 KB
XIV –   XV ASRLARDA  FRANSIYA MADANIYATI
Reja:
1.
XIV – asr boshlarida Frantsuz davlati.
2.
Toifaviy monarxiyaning paydo bo’lishi.
3.
Yuz yillik urush.
4.
XV asrda shahar va qishloqlar.  Frantsiyaning siyosiy birlashishi.
Foydalanilgan adabiyot XIV   asr   boshlarida  ham  Frantsiya  iqtisodi  intensiv   rivojlanib  boradi.  Shaharlarda
savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi va u bilan bogliq holda qishloqlarda pul
rentasining   tarqalishi   frantsuz   jamiyati   hayotida   yangi   uzgarishlar   olib   keladi.
Ayniqsa,   shaharlarda   muhim   uzgariahlar   sodir   buladi;   boy   tsexlar   (muynachi,
movutchi, zargar, qassoblar) aralash kasbdagi tsexlarni bo’ysundiradi. Ustalar xalfa
va   shogirdlarni   ko’paytirib,   ish   vaqtini   uzaytiradilar.   Maosh   esa   kam   tulangani
uchun   xalfalar   usto   bo’lish   va   o’z   ustaxonasini   ochish   imkoniyatidan   maxrum
bo’ladilar. Xalfalar tobora yollanma ishchilarga yaqinlashib boradilar va ustalarga
qarshi   kurashish   uchun   o’z   ittifoqlarini   tuza   boshlaydilar   (Kompanonaj).   Shahar
aholisini   ko’pchiligini   tashkil   qilgan   kambag’allar   ahvoli   og’irlashib   boradi.   Ular
shahar boshqaruvi ishlaridan chetlashtirilgan edi. Buning ustiga XIV asrda soliqlar
oshishi,   boy   shaharliklar   va   kambag’allar   o’rtasida   keskinlikni   kuchayishi   shahar
qo’zg’olonlari   boshlanibketishiga   olib   keladi.Pul   rentasining   keng   tarqalishi   va
dehqonlarning   ozod   bo’lishi   ularning   tsenzivga   merosiy   egalik   huquqini
mustaxkamlaydi   va   XIV   asrda   erga   egalikning   hukmron   shakliga   aylanishini
ta’minlaydi.   Tsenzda   ko’rsatilgan   to’lovni   vaqtida   to’lab   borgan   dehqon   erini
meros   qoldirishdan   tashqari,   uni   sotish,   garovga   berishi   mumkin   edi.   Bunday
vaqtda   feodalga   alohida   to’lov   to’lagan.   Natijada   qishloqda   ijtimoiy   tabaqalanish
sodir   bo’lib,   boy   va   kambag’al   dehqonlarga   ajralishiga   olib   keladi.   Kambag’al
dehqonlar   o’zlarining   kichik   yerlarida   kun   ko’ra   olmay,   qo’shnilariga   yoki
feodallarga mavsumiy ishlarga yollanadilar. Bu qishloqlarda feodal xarakterga ega
bo’lgan   yollanma   mehnat   shaklining   paydo   bo’lishi   edi.Pul   renfasi   kirib   kelishi
frantsuz   feodalini   xo’jalik   ishlaridan   umuman   chetlashtiradi.   Chunki   tovar-pul
munosabatlari   rivojlanishi   natijasida   pulga   har   qanday   narsani   sotib   olish   imkoni
yaratilgandi. XIII asr oxirida mamlakat hududining ¾ qismi qirol hokimiyatini tan
oladi.   Langedok   qo’shib   olingandan   keyin   Angliyaga   qarshi   kurashda
Frantsiyaning   mavqei   mustahkamlanadi.   1308-1309   y   Angumua   va   Marsh
grafliklari, 1284 y Shampan grafligi, 1307 y Lion shahri qo’shib olinadi. Filipp IV
Chiroyli Frantsiya bilan iqtisodiy bog’langan Flandriyadagi Gent, Ipr, Brugge kabi rivojlangan movutsozlik va savdo  shaharlari asosiy  o’rin tutgan. Filipp IV u erda
hokimiyatini   o’rnatadi,   lekin   og’ir   soliqlar   joriy   qilinishi   1301   va   1302   yillarda
Bruggeda   qo’zg’olonga   sabab   bo’ladi.   1301   yil   hunarmandlar   qo’zg’oloni
в ostiriladi.   1302   yilda   aholining   keng   qatlamlari   qatnashgan   quzg’oloni
frantsuzlarga va patritseylarga qarshi qaratilgan edi. Frantsuzlar flandrigani tashlab
chiqishga   majbur   bo’lishadi.
Ko’plab   urushlar   mablag’   talab   qilgani   uchun   soliqlar   oshiriladi.   Ayniqsa
shaharlardan   qirol   ko’p   mablag’   talab   qilgan.   Yirik   feodallarni   qarshiliklarini
bostirib,   endi   qirol   shaharlar   bilan   hisoblashmagan.   Filipp   Ivdan   boshlab   qirollar
shaharlarning   o’z-o’zini   boshqarish   huquqidan   mahrum   qilib,   siyosiy   jixatdan
o’zlariga   buysundira   boradilar.   Shunga   sababga   ko’ra   Filipp   IV   cherkov   erlariga
ham   soliq   sola   boshlagan.   Bu   tadbir   papa   Bonifatsiy   VIII   bilan   kelishmovchilik
keltirib   chiqaradi.   Qirol   va   Papa   o’rtasida   1296   yili   ochiq   janjal   boshlanadi.
Maxsus   bulla   bilan   papa   dunyoviy   feodallar   cherkovga   soliq   solishini   va
ruxoniylarga   soliq   to’lashni   man   qiladi.   Soliq   solgan   feodallarni   cherkovdan
begona   qilishni   e’lon   qiladi.   Bunga   javoban   Filipp   Frantsiyadan   oltin   va   kumush
olib   chiqishni   taqiqlaydi.   Bomfatsiy   VIII   ilohiy   hokimiyatning   dunyoviy
hokimiyatdan   yuqoriligini   da’vo   qilib   chiqadi.   Grigoeiy   VII   kabi   u   ham
papalarining   qirol   va   imperatorlar   ustidan   nazorat   qilish   davosini   ilgari   suradi.
Biroq Frantsiyada qirollik hokimiyati bu vaqtga kelib papaga qarshi turish imkoni
darajasida   mustahkamlangan   edi.   Odamlarning   fikriga   ta’sir   etish   uchun   qirol
qonunshunoslari   papaga   qarshi   ommaviy   targ’ibot   yurita   boshladilar.Aholining
keng qatlamlarini o’z tomoniga og’dirish uchun Filipp IV 1302 yil Bosh Shtatlarni
chaqiradi.   Bosh   Shtatlarda   uch   toifa   vakillari   –   ruhoniylar,   dvoryanlar   va
shaharliklar   qatnashadi.   Dvoryanlar   va   shaharliklar   hamma   masalalarda   qirolni
qo’llashadi,   ruhoniylar   papaning   da’volari   borasida   aniq   qarorga   kelmaydi.
Bonifatsiya VIII Frantsiyaga vakilini jo’natib, qirol agar papaning talablariga rozi
bo’lmasa   uni   murtad   deb   e’lon   qilishni   topshiradi.   Biroq   vakil   qamoqqa   olinadi.
Filipp   papaga   qarshi   chiqishlar   tashkil   qilish   va   papani   Rimdan   haydash   uchun
Italiyaga   agentlarini   yuboradi.   Agentlar   pulni   ayamasdan   papani   dushmnlarini qo’lga   oldilar   va   papa   reziden   tsiga   yorib   kirishadi   va   papani   qattiq   haqorat   qila
boshlashadi   (Anani   shaharchasida).   Bu   voqeadan   so’ng   papa   og’ir   haqoratlarni
ko’tara olmay o’lib qoladi. 1305 yil Filipp IV tazyiqi bilan frantsuz prelati Kliment
V   nomi   bilan   papa   etib   saylanadi.   1309   yili   u   o’z   saroyini   Avinon   shahriga
ko’chirib   keladi   va   1378   yilgacha   papalar   shu   erda   qolib   ketishadi.   (Papalarning
Avinon   asirligi)   Papalar   frantsuz   qirollariga   tobe   bo’lib   qolishadi.   Filipp   papalar
homiyligidagi   tamplierlar   ruxoniy-monaxlar   ordenini   yuqotadi,   uning   xazinasini
musodara   qiladi.   Qirollik   hokimiyati   papa   hokimiyti   ustidan   to’la   g’alaba   qiladi.
Evropada   uning   xalqaro   va   siyosiy   ahamiyatiga   putur   etadi.   Filipp   IV   vaqtidan
boshlab   Frantsiyada   toifaviy   vakillik   boshqaruvi   shakllanadi.Viloyatlarda   o’z
toifaviy   majlislari   –   shtatlar   mavjud   bo’lib,   mahalliy   soliq   va   boshqa   ishlani   hal
qilgan.   Shtatlarda   har   uch   toifa   alohida   majlis   qilgan.   Birinchi   toifa   ruhoniylar-
arxiepiskop,   episkop   va   katta   monastirlar   а bbatlaridan   tashkil   topgan   edi.
Dvoryanlar o’rta va mayda feodallardan qirolning azaliy tayanchlaridan iborat edi.
Majlislarda   graf   va   gersog   lar   qirol   atrofida   bo’lib,   deputatlar   bilan
aralashmaganlar. Har bir palata bir ovozga ega bo’lgan. Frantsuz toifaviy vakillik
boshqaruvining   bunday   belgilari   mamlakatning   ijtimoiy   strukturasining   o’ziga
xosligidan kelib chiqqan edi. Bosh shtatlar doimiy faoliyat  ko’rsatadigan organga
aylanmadi,   balki   qirol   tashabbusi   bilan   chaqirilib,   u   taklif   qilgan   masalalarni
muhokama   qiladi.   Shtatlar   subsidiyalar   yoki   qirolni   biror   siyosiy   masalada
qo’llash,   ruhoniylar   va   dvoryanlar   erlarida   yashovchi   dehqonlardan   qirollik
talyasini   undirish   kabi   ishlarni   ko’rgan.   Feodallarning   o’zi   davlatga   soliq
to’lamagan.   Qirolning   markazlashtiruvchi   siyosatini   qo’llab,   daromadning   asosi
qismini   beruvchi   shaharlarda   muhim   o’rin   tutgan.   Shuning   uchun   XIV   asrning   I
yarmida   qirol   hokimiyati   va   shtatlar   o’rtasida   ixnilof   bo’lmagan.   Shaharlar
kuchayishi bilan ritsarlarni ham soliqqa tortilishini talab qila boshlaganlar. Toifalar
o’rtasidagi nifoqdan qirollar o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinadilar. Ana
shu   sabablarga   ko’ra   bosh   shtatlar   ingliz   parlamenti   kabi   keng   huquqlarga   ega
bo’lolmaydi.   Frantsiyada   toifaviy   vakillik   majlisining   to’la   shakllanishi   bilan
feodal   davlatining   yangi   shakli-toifaviy   monarxiya   qapop   topish   jarayoni tugallanadi.   Bu   XII-XIII   asrdagi   frantsuz   davlatidan   ancha   markazlashgan   davlat
edi.Yirik   va   separatistik   kayfiyatdagi   feodallar   markazlashuvga   qarshilik
ko’rsatganlar.   Ular   qurol   kuchi   bilan   Ludovik   X   dan   ba’zi   imtiyozlarni   oladilar.
Lekin   bu   rasmiy   xarakterda   bo’lib,   kuchaygan   frantsuz   davlatiga   salbiy   ta’sir   eta
olmas   edi.   XIV   asrning   30-yillarida   boshlangan   Angliya   bilan   Yuz   Yillik   urush
tufayli Frantsiyaning rivojlanishi to’xtab qoladi. Urush aholining qirilib ketishiga,
sanoat   va   savdoning   izdan   chiqishiga,   soliqlarning   keskin   oshib   ketishiga ,
hududlarning   bo’shab   qolishiga   olib   keldi.Angliya   qo’l   ostida   bo’lgan
Frantsiyaning janubiy-g’arbiy hududlari uchun kurash urushning asosiy sababi edi.
Bu   hududlar   Angliya   qo’l   ostida   ekan,   Frantsuz   davlatining   milliyhududiy
jipslashuvi   tugallanishi   mumkin   emas   edi,   shuning   uchun   bu   urush   Frantsiyaga
zarur bo’lgan. Angliya esa Frantsiyadagi qo’ldan ketgan erlarini qaytarib olishni va
kengaytirishni   ko’zlaydi.   Angliya   janubi-g’arbiy   viloyatlarda   Angliya   bilan
savdosi  bog’langan va bundan manfaatdor shaharlar, hamda kuchayib borayotgan
frantsuz   qiroliga   bo’ysunishni   istamayotgan   feodallar   yordamidan   foydalanadi.
Angliya  harbiy  muvaffaqiyatsizliklar  paytida  ham  janubiy  shaharlarni  o’z  qo’lida
saqlab qolishini shu bilan tushintirish mumkin. Flandriya uchun kurash urushning
ikkinchi   sababi   edi.   Bu   mamlakat   siyosiy   va   etnik   jihatdan   Frantsiyaga   yaqin
bo’lgani   uchun   qirollar   uning   boy   shaharlariga   egalik   qilishga   uringanlar.
Flandriya   shaharlari   esa   Angliyadan   xom-ashyo   olib,   mahsulotlarini   Angliyaga
sotgani   uchun   iqtisodiy   aloqalarni   saqlanib   qolishidan   manfaatdor   edi.   Shunga
ko’ra   inglizlar   bu   erda   ham   shaharlar   yordamidan   foydalanadilar.   Angliya   qiroli
Eduard III ning frantsuz taxtiga davogarligi urushga bahona bo’ladi. 1328yili   К arl
IV   vafotidan   keyin,   unga   ona   tomondan   qarindosh   bo’lgan   Eduard   III   frantsuz
qirollik   taxtiga   davo   qiladi,   lekin   zodagonlar   Kapetinglarga   qarindosh   bo’lgan
Filipp IV Valuani qirol etib saylaydi. Shunda ingliz qiroli bu masalani qurol kuchi
bilan   echishga   va   shu   bilan   hududiy   muammoni   ham   hal   etmoqchi
bo’ladi.dastlabki davri muvaffaqiyali boshlanmadi. Frantsuz feodallari orasida ham
inglizlar   ko’p   ittifoqchilarga   ega   edi.   Angliya   armiyasi   yagona   qumandonlikka
bo’ysungan holda va yagona reja asosida harbiy harakatlarni olib boradi. Frantsuz ritsarlari   faqat   o’z   senyorlari   qo’l   ostida   mustaqil   harakat   qiladi.   Inglizlar
artilleriyasi   ham   yaxshi   tashkil   qilingan   edi.   1340   yilda   inglizlar   Sleys   yonida
(Flandriya) frantsuz flotini tor-mor keltirgani, 1346 yilda esa Kresi yonida frantsuz
ritsarlari yirik mag’lbiyatga uchraydi. 1346 yili muhim harbiy va strategik markaz
hisoblangan   Kale   inglizlar   `o’liga   o’tadi.   Shundan   keyin   inglizlar   harbiy
harakatlarni   janubi-g’arbga   ko’chiradi.   Bosib   olingan   erlarda   ingliz   qirolining
o’g’li   Eduard   noib   bo’lib   qoladi.   1356   yil   ingliz   va   frantsuzlar   to’qnashuvida
ko’plab   frantsuz   ritsarlari   halok   bo’ladi   va   qirol   Ioann   Dobriy   asir   tushadi.   1360
yilda ikki o’rtada sulh tuziladi. Shartnomaga ko’ra Luaradan Pirineygacha bo’lgan
erlar,   yani   mamlakatning   ⅓   qismi   Angliyaga   o’tadi.   Frantsiya   yangi   urushlarga
tayyorlana   boshlaydi.   Karl   V   davrida   harbiy   sohada   islohotlar   o’tkaziladi:
artilleriya   kuchaytiriladi,   yollanma   qo’shin   safi   kengatiriladi,   Konnetabl   vakolati
kuchaytiriladi (qirol armiyasi bosh qumandoni) Natijada 70-yillarda talay hududlar
inglizlardan   tortib   olinadi.   Urush   mablag’lari   dehqon   va   shaharliklar   zimmasiga
tushadi   va   XIV   asr   oxirlarida   mamlakatning   turli   qismlarida   qo’zg’olonlar
boshlanib   ketadi.   1415   yilda   Angliya   Frantsiyaga   yana   urush   boshladi.   Azenkur
jangida   inglizlar   frantsuz   ritsarlarini   mag’lubiyatga   uchratadi.   1420   yil   Truada
inglizlar va frantsuzlar sulh tuzishadi. Sulhga ko’ra ingliz qiroli Genrix V Karl VI
ning qiziga uylanib, Frantsiyaning regentiga aylanadi, Karl VI vafotidan keyin esa
frantsuz   taxtini   egallashi   kerak   edi.   1422   yil   Genrix   V   va   Karl   VI   vafot   etgach
Genrix   V   ning   10   oylik   o’g’li   Genrix   VI   Frantsiyaga   qirol   etib   e’lon   qilinadi.
Amalda   hamma   ishlarni   gersog   Bedford   olib   boradi.Inglizlar   butun   shimoliy
Frantsiyani   qamal   qilishadi.   Mamlakat   markazi   va   janubi   o’zini   Karl   VII   nomi
bilan e’lon qilgan dofin Karl qo’lida quladi. Bosib olingan erlarni Genrix V ingliz
baron   va   risarlarga   tarqatib   bera   boshladi.   Ayniqsa   dehqonlarning   ahvoli
og’irlashadi. Uursh qishloq xo’jaligini izdan chiqaradi. Bo’ysunmagan dehqonlarni
og’ir   jazolashadi.   Bular   hammasi   aholida   inglizlarga   qarshi   aholining   barcha
qatlamlarini   kurashga   otlanishiga   sabab   bo’ladi.   Inglizlarga   qarshi   istilo   etilgan
hududlarda   partizanlik   harakati   avj   oladi.   Angliya   qo’shinlari   janubga   siljishni
davom   ettirish   uchun   Orleanni   qamal   qiladi.   Orlean   shahrining   ahamiyatini frantsuzlar   yaxshi   tushunishardi.   Orleanni   inglizlar   qo’lga   olsa,   hech   qanday
qarshiliksiz   mamlakat   janubiga   kirib   borishi   mumkin   edi,   shuning   uchun
inglizlarga   qarshi   barcha   aholi   oyoqqa   turadi.   Mana   shunday   og’ir   va   qaltis
vaziyatda   dushmanga   qarshi   kurashni   Janna   d’Ark   boshqaradi   va   shaharni
inglizlardan   tozalaydi.   Urush   oqibatida   Frantsiya   iqtisodi   og’ir   zarar   ko’radi.
Ayniqsa   shimoli-sharqiy   hududlar   katta   talofat   ko’rib,   20-30   yildan   keyingina
urushdan   oldingi   holatini   tiklab   oladi.   Shimoldagi   muhim   hududlar   bo’shab
qolgani   uchun,   1451   yil   qirol   avvalgi   erlariga   qaytgan   dehqonlani   8   yil   soliqdan
ozod   qilishga   majbur   bo’ladi.   Senorlar   dehqonlrni   qaytarish   uchun   chinshni   1/6-
1/12   hosil   miqdorida   qisqartirganlar   va   merosiy   egalik   huquqini   beradilar.
Krepastnoy   huquq   saqlanib   qolgan   bazi   hududlardan   servlar   kela   boshlagan
Xo’jalik   tiklanishi   bilan   feodallar   eski   tartiblarni,   urush   vaqtida   berilgan
imtiyozlarni   bekor   qilganlar.XV   asr   II   yarmida   Frantsiya   xo’jaligida   rivojlanish
kuzatiladi.   Mamlakatdan   g’alla   va   boshqa   mahsulotlar   eksport   qilina   boshlanadi.
Ba’zi  shaharlarda movut  va yung matolar ishlab chiqarish, metallga ishlov berish
yo’lga   qo’yiladi.   Ko’plab   port   shaharlar   Evropa   va   Sharq   davlatlari   bilan   qizg’in
savdo   olib   boradi.   Ichki   savdo   munosabatlarining   rivojlanishi   mamlakatning
siyosiy   jipslashuviga   yordam   beradi.   Yuz   yillik   urushda   Frantsiyaning   g’alabasi
uning   siyosiy   birlashuviga   va   davlat   markazlashuviga   sharoit   yaratadi.   Urush
tugamasdan   avval   talya   solig’i   va   doimiy   armiya   tuzilgan   bo’lib,   fedallarning
mustaqilligiga   barham   berilgan   edi.   Urushdan   keyin   Frantsiyaning   davlat
markazlashuvini mustahkamlashda Ludovik XI (1461-1484) faoliyati muhim o’rin
tutadi. Ludovik XI ning asosiy raqibi Burgund gersogi Karl Dovyurakning qo’lida
Burgundiya   gersogligi,   Pikardiya,   Niderlandiya   tobe   edi.   Ludovik   XI   ga   qarshi
shahzodalar , gersoglar, graflar ittifoqqa birlashadilar. Bu ittifoqqa Karl  Dovyurak
boshchilik   qilgan.Ittifoqqa   kirgan   yirik   feodallar   davlat   boshqaruvi   va   moliyasi
ustidan   nazorat   o’rnatadilar.   Parij   yaqinida   qirol   va   ittifoq   o’rtasidagi   to’qnashuv
qirol   mag’lubiyati   bilan   tugaydi   .   Ludovik   yon   berishlar   va   va’dalar   bilan   ittifoq
a’zolari   o’rtasiga   nizo   solishga   erishadi.   Karl   Dovyurak   zo’rlab   tashkil   qilgan
“Burgund   davlati”da   o’zaro   urushlarni   Ludovik   XI   rag’batlantiradi   va   moddiy jihatdan   ta’minlab   turadi.   1474   yilda   Ludovik   XI   ning   moddiy   yordamida   Karl
Dovyurakka   qarshi   Lotaringiyaliklar   va   Shvedtsariyaliklar   qo’zg’olon
boshlashadi.1477   yilda   Nansida   Karl   Dovyurak   halok   bo’ladi   va   Burgundiya,
Pikardiya, Niverne Frantsiyaga qo’shib olinadi. 1481 yil Provans, 1491 yil Bretan
sulolaviy nikoh orqali Frantsiyaga qo’shib olinadi. Shundan keyin frantsuz davlati
tashqarisida   frantsuzlar   yashaydigan   hududlar   –   Lotaringiya,   Fransh   –   Konte,
Savoya,   Russilon   qolgan   edi.   Ularning   to’la   qo’shilishi   XIX   asrga   to’g’ri   keladi.
Ludovik   davrida   frantsuz   milliy   davlatining   asosi   yaratiladi.   Siyosiy   raqiblarini
ayovsiz   jazolab   hamma   feodallarni   u   o’ziga   bo’y   sundiradi.   O’z   siyosatida
shaharliklarni   davlat   xizmatiga   jalb   qiladi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   shaharning
mustaqilligini   cheklab,   soliqlarni   kuchaytiriladi.   Davlat   byurokratik   apparati
kuchayadi.   Ludovik   XI   davrida   Bosh   Shtatlar   faqat   bir   marta   chaqirilgan   va
ahamiyatini   yuqotadi.   Davlat   savdo   va   sanoat   rivojlanishini   rag’batlantiradi.
Ipakchilik   rivojiga   e’tibor   beriladi,   shu   maqsadda   Itakiyadan   mohir   ustalar   taklif
qilinadi.Yo’llar   ta’mirlanadi.   Rivojlangan   feodalizm   davrida   Frantsiyaning
ijtimoiy-iqtisodiy,   etnik   va   siyosiy   rivojlanishi   natifasida   frantsuz   millati
shakllanadi. XV asr oxiriga kelib shimoliy va janubiy frantsuz xaiqlari o’rtasidagi
farq   yo’qolib,   yagona   etnik   ko’rinish   oladi.   Frantsiya   Evropaning   kuchli
markazlashgan   hokimiyatga   ega   davlatlaridan   biri   sifatida   XVI   asrga   qadam
qo’yadi. Foydalanilgan adabiyot
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.  T., 1998.
2.
Udalsova Z.V. Istoriya Yevropo'.  T. 1-2. M. «Nauka». 1988.
3.
Udalsova Z.V. Istoriya srednix vekov.  T. 1-2. M, «Vo'shaya shkola». 1991.
4.
Boysov M. Istoriya srednix vekov.  M, 1995.
5.
Nefyodov S. Istoriya srednix vekov.  M, 1996.
6.
Semyonov A. O’rta asrlar tarixi .  T., 1973.
7.
Korsunskiy A.R. Vozniknovenie feodalnix otnosheniy v Zap. Evrope. M. 
1969.
8.
Gurevich A.Y. Poxodi vikingov M. 1966.
9.
Qurbongaliyeva M.G. O’rta asrlar tarixidan o’quv metodik qo’llanma.  Т., 
1992.
10.
Istoriya Fransii. M., 1972, T.1.
11.
Istoriya Italii. M., 1970, T.1.
12.
Удальцова З.В. История средних веков. М., 1991.
13.
Бойцов М. История средних веков. М., 1995.
14.
Istoriya yujnix i zapadnix slavyan.  M., 1979.
15.
Лозинский С.Г. История паптства. М., 1961.
16.
Le в andovskiy A.P. Janna d’ Ark. M., 1962 .
17.
Авдеева К.Д. Внутренняя колонизация и развитие феодализма в 
Англии.в XI-XIII вв. Л., 1973.
18.
Колесницский А.Ф. История средних веков. М. 1986.

XIV – XV ASRLARDA FRANSIYA MADANIYATI Reja: 1. XIV – asr boshlarida Frantsuz davlati. 2. Toifaviy monarxiyaning paydo bo’lishi. 3. Yuz yillik urush. 4. XV asrda shahar va qishloqlar. Frantsiyaning siyosiy birlashishi. Foydalanilgan adabiyot

XIV asr boshlarida ham Frantsiya iqtisodi intensiv rivojlanib boradi. Shaharlarda savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi va u bilan bogliq holda qishloqlarda pul rentasining tarqalishi frantsuz jamiyati hayotida yangi uzgarishlar olib keladi. Ayniqsa, shaharlarda muhim uzgariahlar sodir buladi; boy tsexlar (muynachi, movutchi, zargar, qassoblar) aralash kasbdagi tsexlarni bo’ysundiradi. Ustalar xalfa va shogirdlarni ko’paytirib, ish vaqtini uzaytiradilar. Maosh esa kam tulangani uchun xalfalar usto bo’lish va o’z ustaxonasini ochish imkoniyatidan maxrum bo’ladilar. Xalfalar tobora yollanma ishchilarga yaqinlashib boradilar va ustalarga qarshi kurashish uchun o’z ittifoqlarini tuza boshlaydilar (Kompanonaj). Shahar aholisini ko’pchiligini tashkil qilgan kambag’allar ahvoli og’irlashib boradi. Ular shahar boshqaruvi ishlaridan chetlashtirilgan edi. Buning ustiga XIV asrda soliqlar oshishi, boy shaharliklar va kambag’allar o’rtasida keskinlikni kuchayishi shahar qo’zg’olonlari boshlanibketishiga olib keladi.Pul rentasining keng tarqalishi va dehqonlarning ozod bo’lishi ularning tsenzivga merosiy egalik huquqini mustaxkamlaydi va XIV asrda erga egalikning hukmron shakliga aylanishini ta’minlaydi. Tsenzda ko’rsatilgan to’lovni vaqtida to’lab borgan dehqon erini meros qoldirishdan tashqari, uni sotish, garovga berishi mumkin edi. Bunday vaqtda feodalga alohida to’lov to’lagan. Natijada qishloqda ijtimoiy tabaqalanish sodir bo’lib, boy va kambag’al dehqonlarga ajralishiga olib keladi. Kambag’al dehqonlar o’zlarining kichik yerlarida kun ko’ra olmay, qo’shnilariga yoki feodallarga mavsumiy ishlarga yollanadilar. Bu qishloqlarda feodal xarakterga ega bo’lgan yollanma mehnat shaklining paydo bo’lishi edi.Pul renfasi kirib kelishi frantsuz feodalini xo’jalik ishlaridan umuman chetlashtiradi. Chunki tovar-pul munosabatlari rivojlanishi natijasida pulga har qanday narsani sotib olish imkoni yaratilgandi. XIII asr oxirida mamlakat hududining ¾ qismi qirol hokimiyatini tan oladi. Langedok qo’shib olingandan keyin Angliyaga qarshi kurashda Frantsiyaning mavqei mustahkamlanadi. 1308-1309 y Angumua va Marsh grafliklari, 1284 y Shampan grafligi, 1307 y Lion shahri qo’shib olinadi. Filipp IV Chiroyli Frantsiya bilan iqtisodiy bog’langan Flandriyadagi Gent, Ipr, Brugge kabi

rivojlangan movutsozlik va savdo shaharlari asosiy o’rin tutgan. Filipp IV u erda hokimiyatini o’rnatadi, lekin og’ir soliqlar joriy qilinishi 1301 va 1302 yillarda Bruggeda qo’zg’olonga sabab bo’ladi. 1301 yil hunarmandlar qo’zg’oloni в ostiriladi. 1302 yilda aholining keng qatlamlari qatnashgan quzg’oloni frantsuzlarga va patritseylarga qarshi qaratilgan edi. Frantsuzlar flandrigani tashlab chiqishga majbur bo’lishadi. Ko’plab urushlar mablag’ talab qilgani uchun soliqlar oshiriladi. Ayniqsa shaharlardan qirol ko’p mablag’ talab qilgan. Yirik feodallarni qarshiliklarini bostirib, endi qirol shaharlar bilan hisoblashmagan. Filipp Ivdan boshlab qirollar shaharlarning o’z-o’zini boshqarish huquqidan mahrum qilib, siyosiy jixatdan o’zlariga buysundira boradilar. Shunga sababga ko’ra Filipp IV cherkov erlariga ham soliq sola boshlagan. Bu tadbir papa Bonifatsiy VIII bilan kelishmovchilik keltirib chiqaradi. Qirol va Papa o’rtasida 1296 yili ochiq janjal boshlanadi. Maxsus bulla bilan papa dunyoviy feodallar cherkovga soliq solishini va ruxoniylarga soliq to’lashni man qiladi. Soliq solgan feodallarni cherkovdan begona qilishni e’lon qiladi. Bunga javoban Filipp Frantsiyadan oltin va kumush olib chiqishni taqiqlaydi. Bomfatsiy VIII ilohiy hokimiyatning dunyoviy hokimiyatdan yuqoriligini da’vo qilib chiqadi. Grigoeiy VII kabi u ham papalarining qirol va imperatorlar ustidan nazorat qilish davosini ilgari suradi. Biroq Frantsiyada qirollik hokimiyati bu vaqtga kelib papaga qarshi turish imkoni darajasida mustahkamlangan edi. Odamlarning fikriga ta’sir etish uchun qirol qonunshunoslari papaga qarshi ommaviy targ’ibot yurita boshladilar.Aholining keng qatlamlarini o’z tomoniga og’dirish uchun Filipp IV 1302 yil Bosh Shtatlarni chaqiradi. Bosh Shtatlarda uch toifa vakillari – ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklar qatnashadi. Dvoryanlar va shaharliklar hamma masalalarda qirolni qo’llashadi, ruhoniylar papaning da’volari borasida aniq qarorga kelmaydi. Bonifatsiya VIII Frantsiyaga vakilini jo’natib, qirol agar papaning talablariga rozi bo’lmasa uni murtad deb e’lon qilishni topshiradi. Biroq vakil qamoqqa olinadi. Filipp papaga qarshi chiqishlar tashkil qilish va papani Rimdan haydash uchun Italiyaga agentlarini yuboradi. Agentlar pulni ayamasdan papani dushmnlarini

qo’lga oldilar va papa reziden tsiga yorib kirishadi va papani qattiq haqorat qila boshlashadi (Anani shaharchasida). Bu voqeadan so’ng papa og’ir haqoratlarni ko’tara olmay o’lib qoladi. 1305 yil Filipp IV tazyiqi bilan frantsuz prelati Kliment V nomi bilan papa etib saylanadi. 1309 yili u o’z saroyini Avinon shahriga ko’chirib keladi va 1378 yilgacha papalar shu erda qolib ketishadi. (Papalarning Avinon asirligi) Papalar frantsuz qirollariga tobe bo’lib qolishadi. Filipp papalar homiyligidagi tamplierlar ruxoniy-monaxlar ordenini yuqotadi, uning xazinasini musodara qiladi. Qirollik hokimiyati papa hokimiyti ustidan to’la g’alaba qiladi. Evropada uning xalqaro va siyosiy ahamiyatiga putur etadi. Filipp IV vaqtidan boshlab Frantsiyada toifaviy vakillik boshqaruvi shakllanadi.Viloyatlarda o’z toifaviy majlislari – shtatlar mavjud bo’lib, mahalliy soliq va boshqa ishlani hal qilgan. Shtatlarda har uch toifa alohida majlis qilgan. Birinchi toifa ruhoniylar- arxiepiskop, episkop va katta monastirlar а bbatlaridan tashkil topgan edi. Dvoryanlar o’rta va mayda feodallardan qirolning azaliy tayanchlaridan iborat edi. Majlislarda graf va gersog lar qirol atrofida bo’lib, deputatlar bilan aralashmaganlar. Har bir palata bir ovozga ega bo’lgan. Frantsuz toifaviy vakillik boshqaruvining bunday belgilari mamlakatning ijtimoiy strukturasining o’ziga xosligidan kelib chiqqan edi. Bosh shtatlar doimiy faoliyat ko’rsatadigan organga aylanmadi, balki qirol tashabbusi bilan chaqirilib, u taklif qilgan masalalarni muhokama qiladi. Shtatlar subsidiyalar yoki qirolni biror siyosiy masalada qo’llash, ruhoniylar va dvoryanlar erlarida yashovchi dehqonlardan qirollik talyasini undirish kabi ishlarni ko’rgan. Feodallarning o’zi davlatga soliq to’lamagan. Qirolning markazlashtiruvchi siyosatini qo’llab, daromadning asosi qismini beruvchi shaharlarda muhim o’rin tutgan. Shuning uchun XIV asrning I yarmida qirol hokimiyati va shtatlar o’rtasida ixnilof bo’lmagan. Shaharlar kuchayishi bilan ritsarlarni ham soliqqa tortilishini talab qila boshlaganlar. Toifalar o’rtasidagi nifoqdan qirollar o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinadilar. Ana shu sabablarga ko’ra bosh shtatlar ingliz parlamenti kabi keng huquqlarga ega bo’lolmaydi. Frantsiyada toifaviy vakillik majlisining to’la shakllanishi bilan feodal davlatining yangi shakli-toifaviy monarxiya qapop topish jarayoni

tugallanadi. Bu XII-XIII asrdagi frantsuz davlatidan ancha markazlashgan davlat edi.Yirik va separatistik kayfiyatdagi feodallar markazlashuvga qarshilik ko’rsatganlar. Ular qurol kuchi bilan Ludovik X dan ba’zi imtiyozlarni oladilar. Lekin bu rasmiy xarakterda bo’lib, kuchaygan frantsuz davlatiga salbiy ta’sir eta olmas edi. XIV asrning 30-yillarida boshlangan Angliya bilan Yuz Yillik urush tufayli Frantsiyaning rivojlanishi to’xtab qoladi. Urush aholining qirilib ketishiga, sanoat va savdoning izdan chiqishiga, soliqlarning keskin oshib ketishiga , hududlarning bo’shab qolishiga olib keldi.Angliya qo’l ostida bo’lgan Frantsiyaning janubiy-g’arbiy hududlari uchun kurash urushning asosiy sababi edi. Bu hududlar Angliya qo’l ostida ekan, Frantsuz davlatining milliyhududiy jipslashuvi tugallanishi mumkin emas edi, shuning uchun bu urush Frantsiyaga zarur bo’lgan. Angliya esa Frantsiyadagi qo’ldan ketgan erlarini qaytarib olishni va kengaytirishni ko’zlaydi. Angliya janubi-g’arbiy viloyatlarda Angliya bilan savdosi bog’langan va bundan manfaatdor shaharlar, hamda kuchayib borayotgan frantsuz qiroliga bo’ysunishni istamayotgan feodallar yordamidan foydalanadi. Angliya harbiy muvaffaqiyatsizliklar paytida ham janubiy shaharlarni o’z qo’lida saqlab qolishini shu bilan tushintirish mumkin. Flandriya uchun kurash urushning ikkinchi sababi edi. Bu mamlakat siyosiy va etnik jihatdan Frantsiyaga yaqin bo’lgani uchun qirollar uning boy shaharlariga egalik qilishga uringanlar. Flandriya shaharlari esa Angliyadan xom-ashyo olib, mahsulotlarini Angliyaga sotgani uchun iqtisodiy aloqalarni saqlanib qolishidan manfaatdor edi. Shunga ko’ra inglizlar bu erda ham shaharlar yordamidan foydalanadilar. Angliya qiroli Eduard III ning frantsuz taxtiga davogarligi urushga bahona bo’ladi. 1328yili К arl IV vafotidan keyin, unga ona tomondan qarindosh bo’lgan Eduard III frantsuz qirollik taxtiga davo qiladi, lekin zodagonlar Kapetinglarga qarindosh bo’lgan Filipp IV Valuani qirol etib saylaydi. Shunda ingliz qiroli bu masalani qurol kuchi bilan echishga va shu bilan hududiy muammoni ham hal etmoqchi bo’ladi.dastlabki davri muvaffaqiyali boshlanmadi. Frantsuz feodallari orasida ham inglizlar ko’p ittifoqchilarga ega edi. Angliya armiyasi yagona qumandonlikka bo’ysungan holda va yagona reja asosida harbiy harakatlarni olib boradi. Frantsuz