logo

VII - XI ARSLARDA ARAB XALIFALIGI MADANIYATI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

37.61328125 KB
VII  - XI ARSLARDA ARAB XALIFALIGI MADANIYATI.
Reja:
       Kirish. 
Asosiy qism:  
 Islom sivilizatsijasining umumiy hususiyatlari va uning   jaxon tarixidagi 
roli. 
    1.  Islomda  mazxablarning munosabanlari. Madaniyat, ilm-fan va adabiyot. 
2.Jahon ma’daniyati tareqaqqyotida arab miniatyurasining yuzaga kelishi.
3.  Arab miniatyurasining o`ziga xos uslubi. 
Xulosa. 
Foydalanilgan adabyotlar. 
 
 
 
   Kirish. Mavzuning dolzarbligi.    
  Islom   (arab.   —   bo’ysunish,   itoat   etish,   o’zini   Alloh   irodasiga   topshirish)   —
jahonda keng tarqalgan uch dindan (buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri.
Islomdiniga   e’tiqod   qiluvchilar   arabcha   "muslim"   ("sadoqatli";   ko’pligi
"muslimun") deb ataladi. "Muslim", "muslimun" so’zining boshqa xalqlar orasida
o’zgacha   talaffuz   etish   (mas,   forslarda   —   musalmon,   o’zbeklarda   —   musulmon,
qirg’iz va qozoqlarda — musurmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida
bu   dinga   e’tiqod   qiluvchilar   turli   nom   bilan   ataladi.   Lekin   bularning   ichida   hozir
musulmon   iborasi   keng   tapqalgan.   Jahonda   qariyb   1,2   mlrd.   kishi   Islomgaga
e’tiqod   qiladi.   Musulmonlarning   2/3   qismidan   ko’prog’i   Osiyoda   yashaydi   va   bu
qit’a   aholisining   20%   idan   ortiqrog’ini   tashkil   etadi.   Qariyb   30%   musulmonlar
Afrikaga   to’g’ri   keladi   (qit’a   aholisining   deyarli   yarmi).   Dunyoda   musulmon
jamoalari   mavjud   bo’lgan   120   dan   ortiq   mamlakatdan   40   dan   ziyodida
musulmonlar   aholining   ko’pchiligini   tashkil   qiladi   —   Shim.   Afrika,   G’arbiy
Osiyoning   barcha   mamlakatlarida   (Kipr,   Livan,   Isroil   mustasno),   Senegal,
Gambiya,   Niger,   Somali,   Afg’oniston,   Pokiston,   Bangladesh,   Indoneziya   va
boshqalar   ba’zi   mamlakatlarda   aholining   80%   dan   ortig’i   musulmonlardir;   bir
qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% igacha tashkil qiladi
(Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada kariyb yarmi, ba’zi
bir   mamlakatlar   (Gvineya-Bisau,   Kamerun,   Burkinafaso,   Syerra-Leone   va   b.)   da
musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, ta’sir doirasi kuchli 1
. Musulmonlarning
soni   jihatdan   eng   yirik   davlatlar   —   Indoneziya,   Hindiston,   Pokiston   va
Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, 
Tailand,   Efiopiya,   Tanzaniya,   Kiprda,   Yevropaning   ayrim   mamlakatlari
(Yugoslaviya, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqalar), Shimoliy
va Jannubiy   Amerika  qit’asi  mamlakatlari   (AQSH,  Kanada,  Argentina, Braziliya,
Gayana,   Surinam,   Trinidad   va   Tobago)da,   Avstraliyada,   Fiji   orollarida   yashaydi.
1  Karimov I., Olloh qalbimizda, yuragimizda, T., 1999         
www.islom.uz  
  Islom   7-asrda   Hijoz   (G’arbiy   Arabiston)   da   paydo   bo’ldi.   Uning   asoschisi
Muhammad   (as)dir.   Islom   dinining   paydo   bo’lishi   xususida   Islom   manbalariga
asoslangan   diniy   an’anada   u   ilohiy   hodisa,   insonlarni   to’g’ri   yo’lga   solish   uchun
Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi ta’limot deb uqtiriladi.   Islom talqinida dastlab
yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e’tiqod qilgan xudoga ishonganlar.
Shu   xudo,   ya’ni   Alloh   odamlarga   payg’ambar-elchilar   yuborgan.   Ammo   insonlar
payg’ambarlar ta’limotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul
etib   Muhammad   (sav)ni   tanladi,   unga   o’zining   kalomi   —   Qur’onni   nozil   qildi.
Muhammad (sav) oldin o’z hamshaharlarini, so’ng barcha arablarni ko’plab qabila
xudolariga   sig’inishdan   voz   kechish   va   yagona   xudo   —   Allohga   e’tiqod   qilish,
solih   hayot   kechirish,   u   dunyoda   jannatga   tushish   uchun   bu   dunyoda   ezgu   ishlar
qilishga   da’vat   etdi.   Qur’onga   ko’ra,   arablar   va   yahudiylarning   umumiy
bobokaloni   Ibrohim   Allohga   birinchi   bo’lib   imon   keltirgan.   Demak,   Islom
batamom   yangi   e’tiqod   emas,   balki   Ibrohimning   qayta   tiklangan   dinidir.     Islom
dini   tarixini   o’rganishda   o’sha   davrdagi   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   madaniy   omillarni
hisobga olish kerak. Islom dini vujudga kelgan davrda Arabiston yarim orollarida
Makka   va   Yasrib   (Madina)   kabi   shahar-davlat   (polis)lar   boshqalarga   nisbatan
muayyan   ustunlikka   ega   edilar.   Bu   shaharlar   xalqaro   savdoning   eng   yirik
markazlaridan   bo’lib,   iqtisodiy   hayot   jo’shqin   tus   olgandi.   Shahar-davlatning
kelajak taraqqiyoti uchun polis tuzumi torlik qila boshlagan. Hijoz (Makka, Yasrib,
Xaybar,  Dumat   al-Jandal,  Tayma  va  b.)   va  umuman  Arabistonni  xalqaro  savdoni
barqaror   qiladigan,   fuqarolar   xavfsizligini   ta’minlashga   qodir   harbiy   kuchga   ega
bo’lgan yagona saltanatga aylantirish davr talabi bo’lib qolgan edi. Saltanat tuzish
bilan   bir   katorda   Arabiston   yarim   orollaridagi   qabilalarning   etnikva   madaniy
jihatdan   birlashuvi,   yagona   arab   tili,   og’zaki   va   yozma   adabiyot,   umumiy
fikrlashning   shakllanishi   va   nihoyat,   arablarning   diniy   tafakkurida   o’zgarish
jarayonlari   kechayotgan   edi.   Bunday   harakatni   boshqargan   kishilar   o’z
faoliyatlarini   ilohiy   ilhom   bilan   asoslay   olgan   holdagina   muvaffaqiyatga   erisha
olardi.   Shunday   qilib,   Muhammadning   diniy   va   siyosiy   faoliyati   yuqoridagi jarayonlarning   xususiy   ko’rinishi   bo’lgan 2
.   Muhammad   (sav)   har   tomonlama
barkamol   inson   bo’lgani   uchun,   uning   shaxsiy   fazilatlari   tufayli   yahudiyxristian
mazhablariga yaqin g’oya bilan yashovchi mahalliy hijozliklar harakati o’ziga xos
xususiyatlar   kasb   etdi,   diniy   va   siyosiy   kuchga   ega   bo’ldi;   bu   kuch   Islomning
vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi. Muhammad 610
yil,   40   yoshida   o’zining   diniy   faoliyatini   boshladi   va   vahiy   (ilohiy   ko’rsatma)
olayotganini   e’lon   qildi.   Ammo,   bir   necha   nufuzli   yaqin   qarindoshlarini   hisobga
olmaganda,   Makkaning   ko’pchilik   aholisi,   ayniqsa,   Quraysh   qabilasining
zodagonlari   uning   targ’ibotlariga   ochiqdan-ochiq   qarshi   chiqdilar.   Muhammad
o’zga  yerlarda tarafdorlar  izlashga   majbur   bo’ldi.  Dastlab  bir  guruh musulmonlar
Habashistonga   ko’chdi,   so’ng   Makka   zodagonlari   bilan   ma’lum   davrdan   buyon
raqobatlashib   kelayotgan   Yasribdagi   banu   Avs   va   banu   Xazraj   qabilalarining
vakillari 622 yil. musulmon jamoasini  o’ziga qabul qilish, Muhammadni  umumiy
rahnamo sifatida tan olishga rozi bo’lishdi. Yasrib shahridagi mavjud etnik vaziyat
ham   shuni   taqozo   etgandi.   Hijra   nomini   olgan   bu   voqea   Islom   tarixida   burilish
yasadi.  Ko’chib o’tgan kishilar   muxojirlar  (ko’chib kelganlar), Madinada   Islomni
qabul   qilganlar   ansorlar   (tarafdorlar)   deb   ataldilar.   Madina   va   Makka   o’rtasida
boshlangan kurash 8 yil davom etdi  628 yil. Makka zodagonlari Muhammad bilan
kelishishga   majbur   bo’ldilar   (   630   yil   musulmonlar   ko’shini   hech   qanday
qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi
va   Muhammad   (sav)ni   Allohning   elchisi   (rasuli)   deb   e’tirof   etdi.   Ana   shundan
boshlab   Makka   Islom   dini   markaziga,   Ka’ba   musulmonlarning   muqaddas
ziyoratgohiga   aylangan.   Muhammad   (sav)   vafot   etgan  632   yilda  Arabiston   yarim
oroli   to’la   birlashtirilgan,   uning   aksariyat   aholisi   Islom   dinini   qabul   qilgan   edi.
Arabistonning  siyosiy,   iqtisodiy,  etnik  va  madaniy jihatlardan birlashishida   Islom
dini   muhim   omil   bo’lib   xizmat   qildi   va   kelajakda   vujudga   kelgan   musulmon
olamining   mafkurasiga   aylandi.   Muhammad   (sav)   vafotidan   so’ng   Abu   Bakr,
Umar   ibn   Xattob,   Usmon   ibn   Affon,   Ali   ibn   Abu   Tolib   payg’ambarning
o’rinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar 7
2  ; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1-kitob: Johiliya asri), T., 2001;  —8-asrlarda   Iroq,   Falastin,   Suriya,   Eron,   Movarounnahr,   Misr,   Shim.   Afrika,
Pireney yarim orolning Shimoliy. Hindistonni egalladilar. Bir asrdan kamroq vaqt
davomida   Shim.   Xitoydan   Ispaniyagacha,   Kavkaz   ortidan   Hind   okeanigacha
bo’lgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar . Islomning muqaddas
kitobi Qur’ondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy
qilingan   so’zi   deb   tushuniladi.   Islomning   aqidalari,   e’tiqod   talablari,   huquqiy   va
axloqiy   me’yorlari,   cheklash   va   taqiklari   Qur’on   bilan   birga   uning   tafsirlarida,
hadis   to’plamlari   va   shariat   qo’llanmalarida,   shuningdek,   8—12-asrlarda   vujudga
kelgan ilohiyot  adabiyotlarida  o’z ifodasini  topgan 3
.   Islomning asosiy  aqidasi  —
"Allohdan   boshqa   iloh   yo’q   va   Muhammad   uning   rasuli".   Islom   ilohiyotining   ilk
shakli   —   kalom   bo’lib,   8-asrda   arab   xalifaligida   vujudga   kelgan.   Mutakallimlar
Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar. 
Islom   dini   5   "asos"   yoki   "ustun"   (arkon   ad-din   al-islomiy)ga   ega:   1)   kalima
keltirish; 2) namoz o’qish; 3) ro’za tutish; 4) zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj
qilish.   Shulardan   birinchisi   imon   va   qolganlari   ibodat   deb   e’tirof   etilgan.   Imon   7
aqidani — Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, payg’ambarlariga,
oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan bo’lishi)ga va
o’lgandan keyin tirilishga ishonishni o’z ichiga oladi. Islomda xatna, ro’za hayiti,
qurbonlik   va   qurbon   hayiti,   aqiqa,   mavlid,   xudoyi,   ashuro   kabi   o’ziga   xos   diniy
marosimchilik   tarkib   topgan.   Bundan   tashqari,   mahalliy   xalqlarda   Islomgacha
mavjud bo’lgan urfodatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga,
muqaddas joylarga sig’inish ham Islom marosimchiligiga moslashib ketgan. 
                      1.     Islomda   mazxablarning   munosabanlari.   Madaniyat,   ilm-fan   va
adabiyot.           Islomda ilk davrdan paydo bo’lgan eng birinchi yirik muammo —
oliy   hokimiyatni   egallashga   payg’ambardan   keyin   kim   haqliroq,   degan   masala
bo’ldi.   Ali   tarafdorlari   "shia"   nomini   olib,   Islomda   birinchi   bo’linishni   boshlab
berdilar.   Uchinchi   xalifa   Usmon   aynan   shu   bo’linishning   qurboni   sifatida   jon
3  ; Komilov N., Tasavvuf, T., 1999   
www.ziyouz.com   taslim qildi. Ikki taraf — sunniylik va shialik o’rtasidagi kurash asnosida xorijiylar
deb   atalgan   uchinchi   yo’nalish   ham   paydo   bo’ldi.   Ammo   Islom   tarixi   uzra
sunniylik   asosiy   yo’nalish   bo’lib   keldi.   O’rta   asrlarda   hukmronlik   qilgan
abbosiylar,   saljuqiylar,   ayyubiylar,   mamluklar,   usmonli   turklar,   temuriylar
sulolalari sunniylikda edilar. Hozgi kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq
ko’pchiligi (93%)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat — Eronda shialik rasmiy diniy
yo’nalish   sifatida   qabul   qilingan.   Iroq,   Livan,   Shimoliy   Yaman,   Ozar-bayjon   va
Afg’onistonda   shialarning  yirik  jamoalari   mavjud.  Ummon  va  Shimoliy  Afrikada
xorijiylarning   ba’zi   toifalari   saklanib   qolgan.   Musulmon   huquqshunosligi   —
fiqhda   4   sunniy   (hanafiylik,   shofi’iylik,   molikiylik,   hanbaliylik)   va   1   shia
(jafariylik)   mazhablari   shakllangan.   Mazhablar   diniy   firqalardan   farq   qiladi.
Firqalar,   asosan,   geografik   va   iqlimiy   omillar   hamda   Islomni   qabul   qilgan
xalqlarning   oldingi   madaniyati,   an’analari   va   diniy   tasavvurlari   ta’sirida   vujudga
kelgan.   Ularning   aksariyati   shia   yo’nalishiga   mansub   bo’lib,   eng   yiriklari   —
imomiylar, ismoiliylar va zaydiylardir. Islomda ilk davrlardan shariat (barcha to’la
rioya   kdpishi   kerak   bo’lgan   qonunchilik)   bilan   tariqat   (faqat   ayrimlar   Alloh.
xayrixoxligiga   muyassar   bo’lishi   mumkinligi)   yonma-yon   rivojlanib   kelgan 4
.
Tariqat asoschilari — murshidlarning "valine’mati" asrlar osha hozirgi avlodgacha
yetib   keladi,   degan   tushuncha   bor.   8—9-asrlarda   Islomda   diniyfalsafiy   oqim   —
tasavvuf   paydo   bo’ldi.   Sharqda   eng   mashhur   bo’lgan   tasavvuf   tariqatlari   —
naqshbandiylik,   qodiriylar.Arablar   yuksak   madaniyat   yaratganlar.   Bu   madaniyat
tarixga   Arab   xalifaligi   madaniyati   nomi   bilan   kirdi.Xo`sh,   buning   sabablari
nimalardan iborat edi? 
Avvalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishta hayot ta' minlangan. Bu esa
xo`jalik   (dehqonchilik,   chorvachilik,   hunarmandchilik,   savdosotiq)ning   yanada
yuksalishiga imkon bergan. Bu omil o`z navbatida madaniyatning taraqqiy etishiga
shart-sharoit yaratgan. 
4  Husniddinov.          Islom: yo nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000  ʻ Ikkinchidan,   istilo   natijasida   xalifalikka   birlashtirilgan   turli   o`lka   xalqlari
(Suriya,   Misr,   Eron;'o`rta   Osiyo,   Kavkazorti,   Shimoliy   Hindiston)ning   ilg`or
madaniyati   imkon   qadar   bir-birini   boyitdi.   Bu   o`rinda   yagona   davlat   tili   -   arab
tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta ro’l o`ynagan. Buyuk allomalar qaysi xalq
vakillari   bo`lmasin,   arab   tilida   ijod   qilganlar.   Bu   omil   xalifalik   tarkibidagi   turli
xalqlarga   bir-birining   madaniyati   yutuqlaridan   foydalanishga   imkon   yaratgan.
Binobarin,   xalifalik   madaniyatini   faqat   arablar   emas,   xalifalik   tarkibiga   kirgan
barcha xalqlar yaratganlar. 
Uchinchidan,   arablar   ham   o`zlari   istilo   etgan   o`lka   xalqlarining   ilg`or
madaniyati durdonalarini qunt bilan o`rganganlar. 
To`rtinchidan,   Mansur,   Horun   ar-Rashid,   Ma'mun   kabi   abbosiy   xalifalar   ilm-
fan, madaniyat  rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz,  madaniyatning
yuksak darajada taraqqiy etishini ta'minlagan. 
1)San'at. 
Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyatida san'at, ayniqsa, me'morchilik san'ati
alohida o`rin tutgan. 
Go`zallikda   tengi   yo`q   hukmdorlar   saroylari   soya-salqin,   yam-yashil   bog`lar
ichida bunyod etilgan. Ularda favvoralar mavjud bo`lgan. 
Shahar   me'morchiligi   ham   juda   rivojlangan.   Shahar   ko`chalariga   tosh
yotqizilgan.   Ko`chalar   chiroqlar   bilan   yoritilgan.   Masjidlar   shahar   ko`rkiga-ko`rk
qo`shgan. Masalan, VIII - IX asrlarda Qurdobada bunyod etilgan masjidga 600 dan
ortiq   marmar   ustun   ishlatilgan.   Ustunlar   nihoyatda   nafis   bo`lib,   ular   masjidga
ulug`vorlik   baxsh   etgan.   Qohira   shahridagi   Hasan   masjidi   tepasiga   qurilgan
balandligi   55   metrli   gumbaz   ham   kishilarni   hayratga   solgan.   Arab   quruvchilari
ajoyib   saroylar,   maqbaralar   va   qal’alar   qurishlari   bilan   shuhrat   qozonganlar.
Amirning   Ispaniyaning   Granada   shahridagi   Al-Humro   saroyi   butun   dunyoga
mashhur.  Halifalikning har bir shahrida albatta masjidlar bunyod etilgan. Masjidda
namoz   o’qishdan   tashqari,   shuningdek,   shariyat   sudining   majlislari   o’tkazilgan,
kambag’allar uchun to’plangan pullar saqlangan, bu yerga butun tevarak-atrofdagi
musulmonlar kelishgan. Aynan shu tufayli masjid qurilishiga katta e’tibor berilgan. Masjidning   asosiy   binosi   –   hovliga   qaratib   qurilgan   to’rtburchakli   zal.   Hovli
ustunli   ayvonlar   bilan   o’ralgan,   u   yerda   musulmonlar   quyoshdan   saqlanganlar.
Hovli   o’rtasida   namoz   boshlanguncha   tahorat   olish   uchun   hovuz   Joylashgan.
Ba’zan hovli tepasi gumbaz bilan yopilgan. Masjid yonida albatta  minora bo’lgan.
Ammo   masjidning   eng   muhim   va   mo’tabar   qismi   mehrob   edi.   Bu   masjidning
Makkaga   qaratilgan   devoriga   ishlangan   mahsus   tokcha   bo’lgan.   Namoz   paytida
musulmonlar   yuzlarini   mehrobga   qaratishadi.   O’zining   hashamati,   boy   naqshlari
bilan bir necha masjidlar musulmonlar orasida shuhrat qozongan. Ularning orasida 
Fustatdagi   VII   asrda   qurilgan   Amir   masjidi,   Kufadagi     Jome   masjid,     Makkadan
so’ng   o’z   ahamiyati   jixatidan   musulmonlarning   ikkinchi   muqaddas   sajdagohi
hisoblangan Quddusdagi Al-
Aqso   masjidi   va   Damashqdagi   mashhur   “Qoya   gumbazi”   ibodatxonasini   aytish
mumkin. Islom odamlar va hayvonlar tasvirini tushirishni  qoralagan. 
2)Ilm-fan taraqqiyoti. 
Ilm-fan taraqqiyoti yo`lida arablar qadimgi yunon Ulamolarining asarlarini qunt
bilan   o`rganganlar.   Ulardan   eng   muhimlari   arab   tiliga   tarjima   qilingan.   Bular:
Aristotel, Arximed, Gippokrat, Ptolomey, Yevklid kabi allomalarning asarlari edi.
Bu   asarlarning   arab   tilidagi   nusxalari   lotin   tiliga   qayta   tarjima   qilingan.   Yevropa
olimlari shu tarjimalar orqali bu asarlardan bahramand bo`lganlar. 
Yirik   shaharlar   ilm-fan   markaziga   aylangan.   Bag`dod,   Qurdoba,   Qohira   kabi
shaharlarda   yirik   oliy   o`quv   yurtlari   -   madrasalar   ochilgan.   Ularda   diniy   bilimlar
qatori   dunyoviy   ilmlar   ham   o`qitilgan.   Minglab   kitob   xazinasiga   ega   bo’lgan
kutubxonalar qurilgan. 
Xalifa   Horun   ar-Rashid   (786-809)   Bag`dod   shahrida   ilm-fan   markazi   bunyod
ettirdi. Bu markaz “ Bayt ul-hikmat ”   deb ataldi. 
Xalifa   Ma'mun   (813-833)   ,,Bayt   ul-hikmat"ning   har   tomonlama
mustahkamlanishiga katta hissa qo`shgan. 
Bag`dod, Damashq kabi shaharlarda katta-katta rasadxonalar bunyod etilgan.  Xalifalik   xalqlari   madaniyati   Yevropaga   kuchli   ta'sir   ko`rsatgan.   Bu   o`rinda
arablarning   Pireney   yarim   oroli   (hozirgi   Ispaniya)da   tashkil   etgan   Qurdoba
xalifaligi  alohida o`rin tutgan.  Qurdoba shahrida  27 ta oliy o`quv yurti  (madrasa)
ochilgan   edi.   Bu   o`quv   yurtlarida   mashhur   olimlar,   shu   jumladan,   musulmon
bo`lmagan   olimlar   ham   dars   berishgan.   o`quv   yurtlarida   arablardan   tashqari
Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar ham saboq olishgan. 
Aniq fanlarning yuksak taraqqiyoti bu davr mamlakatlari madaniyatining o`ziga
xos   xususiyatidir.   Bu   fanlar   ravnaqiga   eng   ko`p   hissani   buyuk   bobolarimiz
qo`shganlar. Ular orasida 
Muhammad 
Al – Xorazmiy   va Ahmad Al - Farg`oniy     alohida o`rin tutadi . Al-Xorazmiy
algebra fanining asoschisidir. Xalifa Horun ar-Rashid  uni  Bag`dodga taklif  etgan.
Keyinchalik u ,,Bayt ul-hikmat"ga rahbarlik ham qilgan. Al-Xorazmiy hindlarning
o`nlik   raqam   tizimini   mukammallashtirgan.   Buning   natijasida   har   qanday   sonni
ham o`nlik sanoq tizimiga kiruvchi raqamlar bilan ifodalash mumkin bo`lgan. Bu
hodisa o`sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Uning nomi algoritm tushunchasiga
aylandi   va   tarixda   abadiy   qoldi.   VIII   –   X   a.larda   Arab   halifaligining   ulkan
hududida arab tili  muloqot  tili  bo’lgan.  Bu tilda Qur’on yozilgan. Shuning uchun
o’sha   davrdagi   barcha   olimlar   va   faylasuflar   o’z   asarlarini   arab   tilida   yozishgan,
qadimgi  davrning eng  muhim  asarlarini   arab  tiliga tarjima  qilishgan,  maktablarda
arab tili o’qitilgan. 
Arab   tilini   “Sharqning   lotin   tili”   deb   atashgan,   uning   keng   tarqalishi   esa   shunga
olib   keldiki   arablarning   yagona   davlati   tarkibiga   kirgan   barcha   mamlakatlar
madaniyatini   ham   arab   yoki   musulmon   madaniyati   deb   atay   boshlashgan.   Arab
halifaligi yuksak qadimiy madaniyatga ega bo’lgan ko’plab mamlakatlardan iborat
edi.   Ushbu   yerlar   bo’ysundirilgan   bo’lishiga   qaramay,   bu   o’lkalarning
madaniyatlari   rivojlanishda   davom   etgan.   Albatta,   bu   madaniyatlar   xalifalik
tarkibidagi   boshqa   mamlakatlar   va   halqlarning   madaniyati   bilan   aralashib   ketgan
va ular birbirlariga ta’sir qilishgan.  Shunday   qilib,   arab   madaniyati   bosib   olingan   xalqlar   va   davlatlar:   forslar,
sur’oniylar,   yahudiylar,   O’rta   Osiyo   halqlarining   madaniy   yutuqlaridan   ko’pini
o’ziga   singdirgan.   Arablar   ellinistik   rim   madaniyati     merosidan   ham   keng
foydalanishgan.   Chunonchi,   arablar   forslar   orqali   hindlarning   matematika   va
astronomiya   sohasidagi   yutuqlari   bilan   tanishganlar.   Ular   hindlar   raqamlarni
olishgan,   evropaliklar   ularni   arab   raqamlari   deb   ataganlar.   Harbiy   yurishlarda
hitoyliklar   bilan   to’qnash   kelgan   arablar   kompasdan   foydalanish   qulayligini   tez
anglab   olganlar   va   uni   faol   suratda   amaliyotda   qo’llay   boshlaganlar.     Arab
madaniyatining   eng   ravnaq   topgan   davri   VIII   –   XI   asrlarga   to’g’ri   keladi.   Bu
davrda   qadimgi   arab   sheyriyatining   ko’p   asarlari   yaratilgan.   Aynan   shu   asarlar,
shuningdek   Qur’on   klassik   (mumtoz)   arab   tilini   yaratishda   asos   bo’lib   hizmat
qilgan   VII   –   VIII   a.lardagi   arab   she’riyati   ko’p   jixatdan   eski   an’analarni   davom
ettirgan.   Shoirlar   jangchilar   jasorati,   sevgi,   hursandchilikni   tarannum   etishgan.
Proza   (nasr)da   huddi   evropaliklar   kabi   arablarda   ham   sarguzasht   hikoyalar   keng
tarqalgan.   Aynan   ularning   mazmuni   asosida   X–XV   a.larda   mashxur   “Ming   bir
kecha” ertaklari to’plami shakllangan. Odatda arab ertaklari deb hisoblanuvchi bu
ertaklar   orasida   aslida   fors   va   hind   hamda   yunon   ertaklari   ham   saqlangan.   Shu
tariqa arablar o’zlari hohlamagan holda ko’p halqlarning ma’naviy hazinasini asrab
bizning   kunlargacha   etkazib   kelganlar.     VIII   asr   o’rtasidan   boshlab   halifalar
kutubhonasi   uchun   falsafa,   matematika,   meditsina,   astronomiyaga   oid   asarlar
yunon,   sur’oniy   va   fors   tillaridan   arab   tiliga   o’girilgan.   Bag’dodda   Horun   ar-
Rashid   davrida   olimlar   va   tarjimonlar   uchun   mahsus   “Bayt   ul   hikmat”
(“Donishmandilk   uyi”)   qurilgan,   unda   olimlar   uchun   barcha   sharoitlar   yaratib
berilgan, ular kundalik ovqatni o’ylamay ijod qilardilar. Halifalikning har bir yirik
shahrida   IX   asrda   barcha   uchun   mo’ljallangan   ommaviy   kutubhona   faoliyat
yuritgan. 
Aristotel, Platon. Pifagor, Evklid, Arhimedlarning asarlari  arablarga yaxshi  tanish
bo’lgan.   Aynan   arab   matematiklari,   avvalambor.     Al-Horazmiy   ajoyib   algebra
fanini yaratishgan. Uning nomi arabcha “al jabr”, ya’ni hisobdan olingan. Bag’dod
va   Damashqda   mahsus   qurilgan   rasadxonalarda   buyuk   matematiklar   bilan   birga, ulardan   qolishmaydigan   iqtidorli   astronomlar   ham   ishlaganlar.   Ular   Yer   atrofini
hisoblab   chiqishgan,   osmondagi   yulduzlar   holatini   ba’yon   etishgan.   O’sha
davrning   eng   buyuk   allomalaridan   biri   al-Beruniy   edi.   U   geografiya,   tarix,
astronomiya   va   hatto   she’r   tuzish   san’atiga   doir   ham   asarlar   yozgan.     Musulmon
olimlari ichidagi boshqa bir mashhur shaxs buyuk Ibn Sino bo’lgan. U shunchalik
shuhrat   qozongan   ediki,   hatto   evropaliklar   uning   ismini   hurmat   extirom   bilan
o’zlariga moslab Avitsenna deb atashgan. Faylasuf, astronom, geograf, shoir, vrach
bo’lgan Ibn Sino o’zidan 100 dan ortiq ilmiy asar qoldirgan. “Shifo kitobi” va “Tib
qonunlari”   asarlarida   u   dunyoda   birinchi   bo’lib   ko’p   kasalliklarning   alomati   va
ularni   davolash   usullarini   ba’yon   qilgan.   Zamondoshlari   Ibn   Sinoni   hurmat   bilan
“Olimlar   boshlig’i”   deb   atashgan.       Arablarning   sevimli   iborasi   quyidagicha   edi:
“Kimki   ilm   izlab   yo’lga   tushar   ekan,   uning   oldida   jannat   darvozalari   ochiladi”.
Shuning   uchun   arablar   o’rtasida   ko’plab   iqtidorli   geograflar   va   sayohatchilar
bo’lgan. Arab olimlari nafaqat  boshqa mualliflar  tomonidan tuzilgan mamlakatlar
ba’yonini   o’rganishar,   balki   o’zlari   ham   ekspeditsiyalarga   yo’l   olganlar.
Hayotlarini   havf   ostiga   qo’ygan   holda   ular   uzoq   yerlarga   sayohat   qilardilar.
Arablar   nafaqat   bosib   olingan   hududlar   tasnifini   tuzishgan,   balki   ularga  dushman
bo’lgan   mamlakatlarning   yerlarini   ham   batafsil   ba’yon   qilishgan.   Ko’p   asrlardan
so’ng Evropa olami halifalar kutubxonasida Amerika kashf etilishidan deyarli 5 asr
muqaddam   va   Antarktidaning   ochilishidan   10   asr   avval,   ushbu   qit’alarning
qirg’oqlari   qiyofasi   tushirilgan   xaritalar   saqlanganligini   bilib   hayratga   tushgan.
Ammo arab halifalarisaroyida barcha fanlar ichida alohida e’zozlanadigan fan tarix
edi. Darhaqiqat bu fan arablarda islom bilan barobar dunyoga kelgan, chunki aynan
u Muhammad payg’ambar va uning ishlari haqidagi hadislarni, dastlabki  halifalar
va   ularning   futuhotlari   haqidagi   ma’lumotlarni   saqlab   kelgan.   Islom   tarixi,
shuningdek   o’z   urug’i   tarixini   bilmaslik   musulmonlarda   eng   katta   gunoh
sanalgan.Halifalar   va   oliy   amaldorlar   olimlar   va   ularning   asrlariga   homiylik
ko’rsatishgan. Har bir oliy martaba egasi  o’z atrofida iloji boricha ko’proq buyuk
olimlar,   shoirlar   va   Qur’on   bilimdonlari   bo’lishini   istagan.   Amaldor   saroyida   o’z
ilmi   bilan mashhur  bo’lgan kishilar   qancha  ko’p  bo’lsa,   uning  obro’si  shunchalik baland   bo’lgan.   Hukmdorlarning   ilm-fan   va   olimlarga   bo’lgan   muhabbatini
tushunish   oson   edi;   Qur’onda   har   bir   musulmon   uchun   ilm   olish   farz   ekanligi
aytilgan. Shuning uchun nafaqat amaldorlar va hokimlar, balki payg’ambarning har
bir   ummati,   agar   u   davlatda   biron   bir   lavozimni   egallashni   istasa   albatta   u
ma’lumotli   bo’lishi   lozim   edi.   I.ning   rivojlanishiga   Movarounnahrda   yetishib
chiqqan   allomalar   kat-ta   hissa   qo’shdi.   Imom   Buxoriy   kitob   holiga   keltirgan
hadislar to’plami — "Al-Jomi’ as-Sahih" Islom dinida Qur’-oni karimdan keyingi
ikkinchi   man-ba   hisoblanadi.   Buxoriy   va   uning   safdoshlari   Islom   ilohiyotining
barcha   yo’nalishlari   bo’yicha   muhim   tadqiqotlar   qildilar.   Jumladan,   Islom
nazariyotchiligida   yuqori   baholanadigan   "Ilal   ashshariat   va   Xatm   ul-Asliyot"
risolasini   ta’lif   etgan   Hakim   Termiziy,   Islom   huquqshunosligini   o’rganishning
asosiy   qo’llanmasi   hisoblangan   "Hidoya"ning   muallifi   Burhoniddin   Marg’inoniy,
Islom   aqidasi   asoslarini   muayyan   tartibga   solgan,   kalom   ilmida   maktab   yaratgan
Imom Moturidiy  buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon dunyosining eng
e’zozli muxaddislaridan Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis,
shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda o’ziga
xos   iz   qoldirgan   Ahmad   Yassaviy,   Bahouddin   Naqshband,   Mahdumi   A’zam,
Najmiddin   Kubro,   So’fi   Olloyor,   Xo’ja   Ahror,   Abduxoliq   G’ijduvoniy   va   b.ni
misol   qilib   keltirish   mumkin.   Ular   musulmon   e’tiqodini   xalq   dunyoqarashi   bilan
uyg’unlashtirganliklari   tufayli   O’rta   Osiyoda   madaniy   hayotning   adabiyot,
me’morlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi. Islom dini musulmon
mamlakatlari   san’atida   o’z   izini   qoldirdi.   Me’morlik   sohasida   bu   jarayon   yangi
imorat   turlari   (masjid,   minora,   xonaqoh,   Madrasa   va   boshqalar.)ning   paydo
bo’lishiga hamda keng tarqalishiga sabab bo’ldi. Islom dini paydo bo’lgan davrda
avj   olgan   butpa-rastlik,   suratparastlikni   oldini   olish   maqsadida   Muhammad   (as)
suratkashlikni qattiq taqiqlab qo’ygan edi. Shy asosda Islomning yirik mutafakkir
huquqshunoslari   ham   tasviriy   san’atning   bu   turini   taqiqlangan   ishlar   qatoriga
qo’shganlar.   Bundan   ular   amaliy   san’at   turlari,   naqsh,   bezak,   insondan   boshqa
hayvon va o’simliklar suratini istisno qilishgan. Islomda inson suratini chizish yoki
uning   haykalini   yasashning   taqiqlanishiga   asosiy   sabab   —   payg’ambar   va azizavliyolarning   rasmlarini   chizib   yoki   haykallarini   yasab,   ularga   sig’inib   ketish
xavfining   mavjudligi   bo’lgan.   15-asrga   kelib   Alisher   Navoiy   kabi   taraqqiyparvar
olim   va   mutafakkirlar   musulmonlar   qalbida   Allohga   bo’lgan   imon   va   e’tiqod
mustahkamlanib,   suratparastlikka   mutlaqo   moyillik   qolmaganini   e’tiborga   olib,
endilikda inson suratini chizishga ruxsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada
Behzod,   Maxmud   Muzahhibga   o’xshash   miniatyura   san’atini   rivojlantirgan   yetuk
musavvirlar   yetishib   chiqqan,   Hirot   miniatyura   maktabi,   Buxoro   miniatyura
maktabi   kabilar   rivojlangan.   20—21-asrlarga   kelib,   Islom   dunyosi   ulamolarining
bu   san’atga   munosabatlariga   yana   bir   karra   aniklik   kiritildi:   ilohiylashtirish   va
odamlarning   sig’inishi   maqsadida   inson   rasmini   chizish   mumkin   emasligi   e’tirof
etildi.   Ammo,   fotosuratlar,   shuningdek,   yosh   bolalar   uchun   yasalgan   odam
shaklidagi   qo’g’irchoklar   taqiq   doira-siga   kirmaydi.   Ulamolarning   bergan
fatvolariga   ko’ra,   musulmonlarga   fahsh   va   uyat   narsalarni   ifoda   etuvchi   rasmlar,
but,   sanam   va   ikona   tasviridan   boshqa   tasviriy   san’at   turlari   taqiqlanmaydi.
Islomning musiqaga munosabati haqida Diniy musiqa maqolasiga ega. Musulmon
Sharqi   8—   11-asrlarda   taraqqiyotda   G’arbdan   oldinda   edi:   g’arb   olimlari
musulmon   faylasuflari   va   tabiblaridan   saboqolishgan;   g’arb   savdogari   Islom
dunyosidagi   savdoning   ko’lamiga   havas   bilan   qaragan;   sharq   tovarlari   g’arbda
zebi-ziynat   mollari   hisoblangan.   Sharq   shaharlarining   boyligi   va   hashamati   g’arb
uchun   afsonadek   tu-yulgan.   Bularning   barchasida   asosiy   mafkura   vazifasini
bajargan   Islomning   ijobiy   xizmati   buyuk,   albatta.   Ammo   12—13-asrlardan   keyin
musulmon dunyosi dastlab turg’unlik, so’ng tanazzulga yuz tuta boshladi. Ba’zilar
konservativ (qotib qolgan) din sifatida Islom taraqqiyotga to’siq bo’ldi, deya unga
katta   ayb   qo’ymoqchi   bo’ladilar.   Aslida   so’nggi   o’rta   asrlarda   yuz   bergan
musulmon dunyosining tushkunligi juda mu-rakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan
bog’liq   bo’lib,   o’sha   davrdagi   Islomning   o’zi   ana   shu   tushkunlikning   muayyan
shaklidagi   ifodasi   edi.   "Islom   islohotchiligi"   deb   ataydilar,   u   xristian
reformatsiyasidan   tubdan   farq   qiladi.   Bu   tafovut,   birinchidan,   shundan   iboratki,
mazkur jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda ro’y berdi.
Ikkinchidan, "Islom islohotchiligi" dunyoviy hayotning turli jihatlarini diniy nuqtai nazardan   qayta   baholashda   namoyon   bo’ldi   va   sof   ilohiyotga   doir   masalalarga   u
qadar   daxli   bo’lmadi.   Uchinchidan,   Islomda   xristianlarnikiga   o’xshash   cherkov
bilan   ruhoniylarni   bog’lab   turuvchi   tizim   bo’lmaganidan   Islomdagi   islohotlar
xususiyatiga   jiddiy   ta’sir   qildi.   Musulmonlarda   savodhonlik   va   arifmetikadan
saboq   beruvchi   boshlang’ich   maktablar   hususiy   edi.   Haq   to’lay   olganlar
o’qituvchilar   bilan   uyda   shug’ullanganlar.   Agar   kishi   olgan   ta’limini   davom
ettirishni   istasa   madrasa   –   oliy   musulmon   maktabiga   kirishi   lozim   bo’lgan.   Bu
yerda   eng   mashhur   imomlar   dars   berishgan.   Ular   ma’ruza   qilganlar   va   Qur’on,
Sunna   va   shariat   haqida   suhbat   o’tkazganlar.   Bu   yerda   shuningdek   yuksak
me’morchilik   san’atidan   ham   ta’lim   berilgan 5
.   Shuning   uchun   hajkaltaroshlik,   va
rassomlik   halifalikning   dastlabki   asrlarida   deyarli   rivojlanmagan.   Keyinchalik
kitoblarga   miniatyuralar   chiza   boshlashgan,   unda   halq   hayotidan   manzaralar,
tarixiy   voqealar   va   badiiy   asarlar   qahramonlari   aks   ettirilgan.   Tabiatni   tasvirlash
imkoniga   ega   bo’lmagan   musulmon   rassomlari   o’zlarining   butun   mahoratlarini
husnihat   san’ati   taraqqiyotiga   bag’ishlaganlar.     Arab   madaniyati   va   islom
asivilizatsiyasi   jaxon   sivilizatsiyasi   taraqqiyotiga   ulkan   hissa   qo’shgan.   Arablar
tomonidan   ochilgan   ko’plab   ilmiy   kashfiyotlar   haligacha   o’z   qadrqimmatini
yo’qotmagan   va   amaliyotda   qo’llanib   kelinadi.   Masalan,   butun   jaxon   hozirgi
paytda   arablar   tomonidan   VII   asrdayoq   yaratilgan   arab   raqamlaridan   foydalanib
kelmoqda. 
2.Jahon ma’daniyati tareqaqqyotida arab miniatyurasining yuzaga kelishi.
Jaxon   madaniyati   taraqqiyoti   tarixida   Sharqiy   Arabiston   xalqlari   san'atining   xam
muxim   o`rni   bor.   Xalifalikning   (Suriya,   Misr,   Falastin,   Shimoliy   Afrika,   Eron,
O`rta   Osiyo,   Janubiy   Ispaniya)   ko`pgina   shaxarlarida   rivojlangan   O`rta   asr   arab
madaniyati insoniyatning progressiv rivojlanishida Yangi bir bosqich bo`ldi. 
5   www.islom.uz  
  Sharqiy Arabiston xalqlarining asosiy xizmati shunda bo`ldiki, ular keyingi 
avlodlarga antik grek-rim madaniyatining ko`pgina yutuqlarini saqlab qolib, uni 
rivojlantirgan xolda yetkazib keldilar. 
IX-XIII asrlar davomida Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari, Eron, Ozarbayjon va
O`rta Osiyo xalqdari bir-biri bilan uzviy aloqada bo`lib kelganlar. Boqdod, Sheroz,
Tabriz,   Samarqand   kabi   shaxarlar   madaniyati   va   taraqqiyotning   markazi   bo`lib,
o`zlarining   ko`zga   ko`ringan   olimlari,   shoirlari,   xamda   fan   va   madaniyat
o`chokdari bilan butun dunyoga tanilgan edilar 6
. Tasviriy san'atning rivojlanishida
tirik jonzotni tasvirlashni mann etgan islom dini ma'lum darajada tusqinlik qiladi.
Ammo   bu   qarshiliklar   tasviriy   san'atning   umumiy   taraqqiyotini   buka   olmaydi.   I.
dinining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun I.
aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir. U o’ziga xos
3 taraqqiyot bosqichi yoki davrni o’tadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qur’on davri
deb atash mumkin. Qur’oni karimda o’z aksini topgan Arabiston aholisining diniy
ongi   darajasini   ifoda   etuvchi   diniy-siyosiy   va   ijtimoiy   qarashlar,   huquqiy   va
axloqiy   mezonlar   butun   musulmon   olami   uchun   xrzirgacha   shak-shubhasiz
umumiy   qadriyat   hisoblanadi.   Deyarli   4   asr   davom   etgan   ikkinchi   davr   Islomda
umumislomiy ahkomlar hukmronligi ostida turli fikrlar yo’l qo’yilgani b-n ajralib
turadi.   Islomdagi yo’nalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo bo’ldi.
Musulmonlarning diniy birligi hal qilib bo’lmaydigan muammo bo’lib qoldi . 10—
11-asrlarda   an’anaga   sodiq   sunniylar   bilan   imomiy   shialar,   mu’taziliylar   hamda
ash’ariylar  o’rtasida  munosabatlar,  ayniqsa, keskinlashib  ketdi. Xalifa Qodir  (991
— 1031)  an’anaviy Islomni  qonun asosida  barcha uchun majburiy bo’lgan davlat
dini   deb   qaror   toptirishga   urinib   ko’rdi.   Shu   maqsadda   an’anaga   sodiq
ilohiyotchilar imzolagan "Dinning qodiriy ramzi" e’lon qilindi. Unda "haq din" deb
e’lon   qilingan   an’anaviy   diniy   ta’limotning   asosiy   qoidalari   mufassal   bayon   qilib
berildi,   undan  chetga   chiqish   jazolashga   loyiq  e’tiqodsizlik   deb  qaraldi.   Biroq  bu
tadbir   ham   I.da   diniy   birlik   o’rnatilishiga   olib   kelmadi.   G’oyaviy   kurash   keyingi
asrlarda ham davom etdi. Bu kurashda sunniylar ilohiyotchisi Ibn Taymiya ayniqsa
6  Ўзбекистон милий энциклопедияси». Давлат илмий нашриёти   ajralib   turdi.   U   ilk   islomni   tiklashga,   "haq   din"   asosida   diniy   birlikni   o’rnatishga
astoydil   harakat   qildi.   Islomdagi   uchinchi   taraqqiyot   bosqichi   musulmon   dunyosi
"chekka"   o’lkalarining   ahamiyati   va   o’rni   ortganligi   bilan   bog’liqdir.   Batamom
o’zga   madaniy   an’analarga   ega   bo’lgan   xalqlar   musulmon   dunyosining   ma’naviy
hayotiga   qo’shilgach,   I.ga   o’z   diniy-axloqiy   tasavvurlari,   huquqiy   me’yorlari   va
odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Eron, Shim. Afrika, Hindiston, Indoneziya
kabi   yirik   tarixiymadaniy   mintaqalarda   Islom   o’ziga   xos   xususiyatlar   kasb   etadi.
Mana   shu   ta'qiqlangan   ishlar   natijasida   Sharqiy   arab   mamlakatlarida   dastgoxlik
tasviriy san'atning rivojlanishi birmuncha qiyin bo`ladi. Uning o`rni esa qo`lyozma
kitoblarga ishlangan bezaklar-miniatyura san'ati  egallaydi. 
Miniatyurani yuzaga kelishida rivojlanish arab tilida badiiy adabiyotning. ravnaqi,
kitobning qadimdan ilmu ma'rifat manbaai sifatida yuksak qadrlanganidan dalolat
beradi.   Miniatyura   kaligrafiya,   saxifalarni   ziynatlash,   muqova   bezagi   bilan   bir
qatorda   qo`lyozmaning   eng   asosiy   murakkab   dekorativ   elementlaridan   birini
tashkil qilar edi. Miniatyuraning asosiy axamiyati tekst mazmunini tushuntirish va
umuman olganda dunyoviy xarakterga ega bo`lgan asarlarni bezashdan iborat edi.
Asosan   proza,   poeziya,   ilmiy   traktatalar,   tarixiy   xronikalar   aks   etgan   asarlarga
miniatyura ishlangan. Ular orasida «Kalila va Dimna» xikoyalari grek vrachi 
Dioskoritning   «Farmologiya»,   Rashididdinning   «Jam'iut   tavorix»   asarlari   bor
edi.ARAB   MINIATYURA   SAN'ATIDA   KITOB   BEZAKCHILIGINI   RAVNAQ
TOPISHI.   O`rta   asr   musulmonlarining   qadimgi   kulyozmalari   faqatgina   guash
bo`yoqlar   bilan   ishlangan.   Bu   bo`yoqlarni   tayyorlash   usuli   Yaqin   Sharqqa   VIII
asrda   O`rta   Osiyo   orqali   xitoydan   o`tgan.   Madaniyat   markazlarini   vayron   qilgan,
tez-tez   sodir   bo`lib   turgan   boskinchilik   urushlari   tufayli   ilk   arab   miniatyuralari
deyarli   saqlanib   qolmagan.   Bizgacha   yetib   kelmagan   arab   miniatyurachilarining
asarlari ko`p bo`lmay ular xam asosan XIII asrga taalluqlidir. 
    3 . Arab miniatyurasining o`ziga xos uslubi  
          Xozirgi   vaqtga   kelib,   arab   miniatyuralarini   o`rganuvchi   mutaxassislar,
qo`lyozmalarni   bezashni   uchta   davri   va   regional   badiiy   markazi   mavjud   ekanini e'tirof   etadilar.   Bular   fotimiylar   sulolasi   davri   (IX-X-   XI)   Suriya   (XII   asrning
birinchi yarmi) va Iroq (yoki Boqdod) XIII asr miniatyura maktablaridir. Bularning
markazlari   Ma'sul,   Boqdod   va   Vosit   shaxarlarida   bo`lgan.   Shartlilik   va
dekorativlilik   prinsiplari   asosida   ko`rilgan   o`ziga   xos   ko`rinishi   bo`lgan   arab
miniatyuralari   O`rta   asr   Sharq   rang   tasviri   sifatida   o`zining   takrorlanmas   obrazli
badiiy tiliga egadir. Miniatyuralarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri tasvir- ning
satx   yuzidaligidadir.   Bu   xususiyat   qo`lyozmaning   dekorativ   uslub   (serxasham)
ziynatlar, shams, lavxalar, zarvarak va boshqa bezaklari kabi kitobning ziynatlari,
uning   tuzilishi   xarakteridan   kelib   chiqqan.   Bizga   ma'lum   bo`lganlik   arab
miniatyuralar   fotimiylar   sulolasi   davrida   ishlangan   bo`lib,   XI   asrga   taallluqlikdir.
Oxorlangan   qoqozga   ishlangan   odamlar   qiyofasi   xatti   xarakatlari   sodda   va   yaxlit
xolda  tasvirlangan. 
Suriya   qo`lyozmalari   bulmish   Dioskoritning   «Farmokologiya»   si,   «Kalila   va
Dimna»   asarlariga   ishlangan   bezaklar   XIII   asrning   boshlari   va   o`rtalarida   arab
miniatyurachiligiga   Vizantiya   va   Sosoniylar   (qadimgi   Eron)   san'atining   kuchli
ta'siriga   qaramasdan   Yangi   bir   bosqichni   boshlab   beradi.   Ba'zi   bir   xil
qo`lyozmalarda, masalan, XIII asrning birinchi yarmidagi («Muxtor al 
Xakim   va   Muxsin   al   Kalim»)   Al   muboshirning   «Tanlab   olingan   dono   fikrlar   va
so`zlovchining   go`zalligi»   asari   qo`lyozmasidagi   rasmlar,   manzara   tasviri   yoki
me'morchilik   ko`rinishlari   bilan   boyitilgan.   Kishilar   qiyofasining   tasvirida
tabiiylikka intilingan. Kiyimlarning buklanganligi tasvirlangan. 
Arab kitob bezakchiligining ravnaq topishi  davrini Iroq maktabi miniatyurachiligi
boshlab berdi. 
Dioskoritning «Farmokologiya» asari qo`lyozmasi ana shu maktabga taalluqlikdir.
Bu   qo`lyozmaning   bezagini   xam   Abdalla   Ibn   Fadl   ishlagan   deb   tan   olingan.
«Farmokologiya»   asaridagi   miniatyuralar   xam   boshqa   asarlardagi   kabi,   tekstni
tushuntirib   berilgan   uslubda   lo`nda   qilib   tasvirlangan.   Mana   shu   ma'noda tozaligichning   qurilishini   tushuntirayotgan   Dioskoritning   tasvirlovchi   miniatyura
diqqatga sazovordir 7
. 
Miniatyura aniq kontura bilan ko`rsatilgan va  yorqin bo`yoqlarga  bo`yalgan katta
figuralar   va   predmetlar   aniq   ko`rinib   turgan   tekstlar   orasidagi   sariq   fonida   aks
etgan   Iroq   maktabining   eng   ajoyib   asarlaridan   biri   Al   Xaririyning   Abu   Zayd   as-
Sarujdi   (o`rta   asrdagi   Nasriddin   Afandining   prototipi)   ning   boshidan
kechirganlarini tasvirlab beruvchi «maqom» asariga ishlangan illyustrasiyalardir. 
«Maqom»   asariga   ishlangan   Yaxyo   ibn   Maxmud   ishlagan.   Ularning   xilma-xilligi
bilan   odamni   lol   qoldiradi.   Bular   bozordagi   masjid,   qozixonadagi   ko`rinishlar,
Shodiyona   ziyofatlar,   qabul   qilish   marosimi,   afsonaviy   voqealar,   xayvonlarning
ajoyib   tasvirlari,   xayotiy   voqealarning   butun   real   borliqlarini   ikkala   rassom   xam
turli xarakatlar orqali chizgan rassomlar asaridagi arxitektura tasviri aloxida e'tibor
beradilar. 
O`ziga   xos   ko`rinishga   ega   bo`lgan   xovlilar,   go`yo   bu   xovlilarning   devori   olib
tashlanganu, tomoshabin uning ichini ko`rib turganday. 
«Makom»   asarida   xayvonlar   ayniqsa,   qadimdan   arablar   tomonidan   e'zozlab
kelingan   tuyalar   juda   jonli   qilib   tasvirlangan.   Manzarani   tasvirlashda   esa   ko`m-
ko`k   yashnab   turgan   o`tloq   tasviri   tushirilgan   torgina   yo`l   yoki   bo`lmasa   ekzotik
o`simliklar va daraxtlar tasviri tushirilgan uncha baland bo`lmagan tepaliklarni Al
Xaririy   asarida   ko`rish   mumkin.   Yaxyo   ibn   Maxmud   «Tuyalar   karvoni»
miniatyurasida   o`tlayotgan   poda   ifoda   etilgan.   Xayvonlardan   biri   uzun   bo`yini
cho`zib   o`tlayotgan   bo`lsa,   boshqalari   boshlarini   tekis   ko`targan   xolda   turishibdi.
Bir-birini   orqasidan   ketma-ket   joylashgan   bu   xayvonlar   rang   jixatidan   xam   bir-
biridan   farq   qiladi.   Bu   esa   rasmdagi   ranglar   uyqunligini   aloxida   bo`rttirib
ko`rsatadi.   Ba'zi   bir   xil   miniatyuralarida   biz   arab   rassomlarining   bitta   kenglikda
rang-barang   kiyim-kechak   va   boshqa   kiyimlari   bilan   ajralib   turgan   personajlarni
katta   bir   gurux   sifatida   tasvirlashga   urunganliklarini   sezamiz.     Bunga   misol   qilib
7   O zMEʻ .  Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil    www.ziyouz.com  
кутубхонаси" dan olindi 
  Yaxyo   ibn   Maxmudning   «Bayram   sayli»   miniatyurasini   ko`rishimiz   mumkin.   Bu
miniatyuralarda   bayroqlar   ko`tarib   olgan   otliqlarning   do`mbira,   karnay   chalib,
bayram  shodyonasi   boshlanganligidan  xabar  berishayotganligi   aks  ettirilgan.  Ular
barvasta   gavdali   kiyqir   burun,   ko`zlari   xam   yirik-yirik   kishi   qiyofasida
tasvirlangan. Ularni ichki dunyosi, xarakatlari, bir qarashdayoq ko`zga tashlangan
xolatlari   va   kiyimlari   orqali   aks   ettirishga   xarakat   qilingan.   Ba'zi   bir   kishilar
boshini   oltin   olov   tasviri   o`rab   turibdi.   Xristian   san'atida   bu   tasvir   san'at   vositasi
e'tiborli diniy arboblarni bildirsa, arab miniatyuralarida esa, bular asosan dekorativ
axamiyatga   ega   xolos.     .XII-XIII   asrlar   arab   miniatyuralarini   obrazi   qurilishini
«Ming   bir   kecha»   ertaklarida   real   va   fantastik,   yorqin   va   ta'sirchan,   rang-barang
lavxalar bilan xam tenglashtirishadi. 
Arab miniatyura san'ati jaxon madaniyati san'at tarixida miniatyura san'ati va kitob
bezakchiligini rivojlantirishda butun dunyoga tanilgan edilar. 
 
 
     XULOSA. 
Arablar   yuksak   madaniyat   yaratganlar.   Bu   madaniyat   tarixga   Arab   xalifaligi
madaniyati nomi bilan kirdi. 
Xo`sh, buning sabablari nimalardan iborat edi? 
Avvalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishta hayot ta' minlangan. Bu esa
xo`jalik   (dehqonchilik,   chorvachilik,   hunarmandchilik,   savdosotiq)ning   yanada
yuksalishiga imkon bergan. Bu omil o`z navbatida madaniyatning taraqqiy etishiga
shart-sharoit yaratgan. 
Ikkinchidan,   istilo   natijasida   xalifalikka   birlashtirilgan   turli   o`lka   xalqlari
(Suriya,   Misr,   Eron;'o`rta   Osiyo,   Kavkazorti,   Shimoliy   Hindiston)ning   ilg`or
madaniyati   imkon   qadar   bir-birini   boyitdi.   Bu   o`rinda   yagona   davlat   tili   -   arab
tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta rol o`ynagan. Buyuk allomalar qaysi xalq
vakillari   bo`lmasin,   arab   tilida   ijod   qilganlar.   Bu   omil   xalifalik   tarkibidagi   turli
xalqlarga   bir-birining   madaniyati   yutuqlaridan   foydalanishga   imkon   yaratgan.
Binobarin,   xalifalik   madaniyatini   faqat   arablar   emas,   xalifalik   tarkibiga   kirgan
barcha xalqlar yaratganlar. 
Uchinchidan,   arablar   ham   o`zlari   istilo   etgan   o`lka   xalqlarining   ilg`or
madaniyati durdonalarini qunt bilan o`rganganlar. 
  To`rtinchidan,   Mansur,   Horun   ar-Rashid,   Ma'mun   kabi   abbosiy   xalifalar   ilm-
fan, madaniyat  rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz,  madaniyatning
yuksak   darajada   taraqqiy   etishini   ta'minlagan.19-asr   boshidan   20-asrning   2-
yarmigacha   o’tgan   bir   yarim   asrlik   davr   islomning   rivojlanishida   muhim   burilish
bosqichi bo’ldi. Sharq mamlakatlarining ijtimoiyiqtisodiy tuzilishidagi o’zgarishlar
yangi sinf — milliy burjuaziyaning vujudga kelishi, milliy ozodlik qarakatining avj
olishi   —   bularning   hammasi   I.ning   jamiyatdagi   mavqeiga   bo’lgan   qarashlarda
ham,   ijtimoiy   hayotdagi   yangiliklarni   I.   nuqtai   nazaridan   baholashda   ham
o’zgarishlar   yasadi.   Islom   diniyfalsafiy   va   huquqiy   me’yorlarining   yangi   tarixiy
sharoitga   moslashish   jarayoni   19-asr   o’rtalaridan   boshlanib,   hoz.gacha   davom
etmoqda. Bu jarayonni ko’pgina tadqiqotchilar "Islom islohotchiligi" deb ataydilar, u   xristian   reformatsiyasidan   tubdan   farq   qiladi.   Bu   tafovut,   birinchidan,   shundan
iboratki,   mazkur   jarayonlar   turli   davrlarda,   turlicha   muayyan   tarixiy   sharoitlarda
ro’y berdi. Ikkinchidan, "Islom islohotchiligi" dunyoviy hayotning turli   jihatlarini
diniy   nuqtai   nazardan   qayta   baholashda   namoyon   bo’ldi   va   sof   ilohiyotga   doir
masalalarga   u   qadar   daxli   bo’lmadi.   Uchinchidan,   Islomda   xristianlarnikiga
o’xshash cherkov bn ruhoniylarni bog’lab turuvchi tizim bo’lmaganidan Islomdagi
islohotlar xususiyatiga jiddiy ta’sir qildi 8
. 
 
 
8  Ўзбекистон милий энциклопедияси». Давлат илмий нашриёти.                                       Foydalanilgan    adabyotlar  .  
  1 .Ўзбекистон миллий энциклопедияси». Давлат илмий нашриёти. 
2. Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1-kitob: Johiliya asri), T., 
2001; 
3. Komilov N., Tasavvuf, T., 1999; 
4. Husniddinov., Islom: yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000  
5.Sharq minatyurasi" Toshkent 1980 yil. 
6. "Me'mor san'ati" Toshkent 1978 yil. 
7. Sharq minatyura maktablari 1983 yil.

VII - XI ARSLARDA ARAB XALIFALIGI MADANIYATI. Reja: Kirish. Asosiy qism: Islom sivilizatsijasining umumiy hususiyatlari va uning jaxon tarixidagi roli. 1. Islomda mazxablarning munosabanlari. Madaniyat, ilm-fan va adabiyot. 2.Jahon ma’daniyati tareqaqqyotida arab miniatyurasining yuzaga kelishi. 3. Arab miniatyurasining o`ziga xos uslubi. Xulosa. Foydalanilgan adabyotlar.

Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Islom (arab. — bo’ysunish, itoat etish, o’zini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islomdiniga e’tiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; ko’pligi "muslimun") deb ataladi. "Muslim", "muslimun" so’zining boshqa xalqlar orasida o’zgacha talaffuz etish (mas, forslarda — musalmon, o’zbeklarda — musulmon, qirg’iz va qozoqlarda — musurmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga e’tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tapqalgan. Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi Islomgaga e’tiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan ko’prog’i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20% idan ortiqrog’ini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga to’g’ri keladi (qit’a aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo’lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko’pchiligini tashkil qiladi — Shim. Afrika, G’arbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afg’oniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqalar ba’zi mamlakatlarda aholining 80% dan ortig’i musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada kariyb yarmi, ba’zi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkinafaso, Syerra-Leone va b.) da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, ta’sir doirasi kuchli 1 . Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Yugoslaviya, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqalar), Shimoliy va Jannubiy Amerika qit’asi mamlakatlari (AQSH, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi. 1 Karimov I., Olloh qalbimizda, yuragimizda, T., 1999 www.islom.uz

Islom 7-asrda Hijoz (G’arbiy Arabiston) da paydo bo’ldi. Uning asoschisi Muhammad (as)dir. Islom dinining paydo bo’lishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy an’anada u ilohiy hodisa, insonlarni to’g’ri yo’lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi ta’limot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e’tiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, ya’ni Alloh odamlarga payg’ambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar payg’ambarlar ta’limotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad (sav)ni tanladi, unga o’zining kalomi — Qur’onni nozil qildi. Muhammad (sav) oldin o’z hamshaharlarini, so’ng barcha arablarni ko’plab qabila xudolariga sig’inishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga e’tiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga da’vat etdi. Qur’onga ko’ra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi bo’lib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi e’tiqod emas, balki Ibrohimning qayta tiklangan dinidir. Islom dini tarixini o’rganishda o’sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillarni hisobga olish kerak. Islom dini vujudga kelgan davrda Arabiston yarim orollarida Makka va Yasrib (Madina) kabi shahar-davlat (polis)lar boshqalarga nisbatan muayyan ustunlikka ega edilar. Bu shaharlar xalqaro savdoning eng yirik markazlaridan bo’lib, iqtisodiy hayot jo’shqin tus olgandi. Shahar-davlatning kelajak taraqqiyoti uchun polis tuzumi torlik qila boshlagan. Hijoz (Makka, Yasrib, Xaybar, Dumat al-Jandal, Tayma va b.) va umuman Arabistonni xalqaro savdoni barqaror qiladigan, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qodir harbiy kuchga ega bo’lgan yagona saltanatga aylantirish davr talabi bo’lib qolgan edi. Saltanat tuzish bilan bir katorda Arabiston yarim orollaridagi qabilalarning etnikva madaniy jihatdan birlashuvi, yagona arab tili, og’zaki va yozma adabiyot, umumiy fikrlashning shakllanishi va nihoyat, arablarning diniy tafakkurida o’zgarish jarayonlari kechayotgan edi. Bunday harakatni boshqargan kishilar o’z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Shunday qilib, Muhammadning diniy va siyosiy faoliyati yuqoridagi

jarayonlarning xususiy ko’rinishi bo’lgan 2 . Muhammad (sav) har tomonlama barkamol inson bo’lgani uchun, uning shaxsiy fazilatlari tufayli yahudiyxristian mazhablariga yaqin g’oya bilan yashovchi mahalliy hijozliklar harakati o’ziga xos xususiyatlar kasb etdi, diniy va siyosiy kuchga ega bo’ldi; bu kuch Islomning vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi. Muhammad 610 yil, 40 yoshida o’zining diniy faoliyatini boshladi va vahiy (ilohiy ko’rsatma) olayotganini e’lon qildi. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning ko’pchilik aholisi, ayniqsa, Quraysh qabilasining zodagonlari uning targ’ibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammad o’zga yerlarda tarafdorlar izlashga majbur bo’ldi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko’chdi, so’ng Makka zodagonlari bilan ma’lum davrdan buyon raqobatlashib kelayotgan Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622 yil. musulmon jamoasini o’ziga qabul qilish, Muhammadni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo’lishdi. Yasrib shahridagi mavjud etnik vaziyat ham shuni taqozo etgandi. Hijra nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Ko’chib o’tgan kishilar muxojirlar (ko’chib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka o’rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi 628 yil. Makka zodagonlari Muhammad bilan kelishishga majbur bo’ldilar ( 630 yil musulmonlar ko’shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammad (sav)ni Allohning elchisi (rasuli) deb e’tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad (sav) vafot etgan 632 yilda Arabiston yarim oroli to’la birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil bo’lib xizmat qildi va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi. Muhammad (sav) vafotidan so’ng Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib payg’ambarning o’rinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar 7 2 ; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1-kitob: Johiliya asri), T., 2001;

—8-asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shim. Afrika, Pireney yarim orolning Shimoliy. Hindistonni egalladilar. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shim. Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo’lgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar . Islomning muqaddas kitobi Qur’ondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilingan so’zi deb tushuniladi. Islomning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari, cheklash va taqiklari Qur’on bilan birga uning tafsirlarida, hadis to’plamlari va shariat qo’llanmalarida, shuningdek, 8—12-asrlarda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan 3 . Islomning asosiy aqidasi — "Allohdan boshqa iloh yo’q va Muhammad uning rasuli". Islom ilohiyotining ilk shakli — kalom bo’lib, 8-asrda arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar Islom dini aqidalarini ishlab chiqqanlar. Islom dini 5 "asos" yoki "ustun" (arkon ad-din al-islomiy)ga ega: 1) kalima keltirish; 2) namoz o’qish; 3) ro’za tutish; 4) zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish. Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb e’tirof etilgan. Imon 7 aqidani — Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, payg’ambarlariga, oxirat kuniga, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan bo’lishi)ga va o’lgandan keyin tirilishga ishonishni o’z ichiga oladi. Islomda xatna, ro’za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlid, xudoyi, ashuro kabi o’ziga xos diniy marosimchilik tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda Islomgacha mavjud bo’lgan urfodatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sig’inish ham Islom marosimchiligiga moslashib ketgan. 1. Islomda mazxablarning munosabanlari. Madaniyat, ilm-fan va adabiyot. Islomda ilk davrdan paydo bo’lgan eng birinchi yirik muammo — oliy hokimiyatni egallashga payg’ambardan keyin kim haqliroq, degan masala bo’ldi. Ali tarafdorlari "shia" nomini olib, Islomda birinchi bo’linishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa Usmon aynan shu bo’linishning qurboni sifatida jon 3 ; Komilov N., Tasavvuf, T., 1999 www.ziyouz.com