“MATN TILSHUNOSLIGI” FANIDA NUTQ DERIVATSIYASI MUAMMOLARINI O‘RGANISH
“MATN TILSHUNOSLIGI” FANIDA NUTQ DERIVATSIYASI MUAMMOLARINI O‘RGANISH Reja: 1. Nutq til sistemasining amalda qo‘llanilish ob’ekti sifatida. 2. Derivatsion jarayonda matn tarkibida sintaktik strukturalarning Shakllanish omillari. 3. Matn tarkibidagi nutqiy parchalarning bir-biri bilan ketma-ket (paradigmatik) bog‘lanishi haqida tushuncha.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda jahon tilshunosligida inson nutqining Shakllanish jarayoni va uning real qo‘llanishi kabi masalalarni o‘rganishdek dolzarb vazifalar turibdi. Bunda asosiy e’tibor til sistemasining nutqda qo‘llanilishi va bu jarayonda jumlaning, jumlalar majmuasining nutqiy zanjir sifatida voqealanishi, uning ahamiyatini o‘rganish masalasiga qaratilmoqda. Aytish lozimki, F.de Sossyur ta’limotiga ko‘ra nutq bilan nutqiy faoliyat farqlanadi, ular muShtarak hodisalar emas. Nutq insonning nutqiy faoliyati mahsulidir. Nutqiy faoliyat o‘ta dinamik xarakterga ega, zotan, u insonning jamiyatda tutgan mavqei bilan, yashash tarzi bilan uzviy bog‘lanadi. Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi bo‘yi c ha magistratura ta’limi o‘quv dasturidan o‘rin olgan “Matn tilshunosligi” o‘quv predmetida xuddi ana s hu masalalarni hozirgi zamon tilshunosligi yutuqlari negizida o‘rganish ko‘zda tutilgan. Nutqni insonning so‘zlaShuv jarayonida vujudga keladigan yaxlitlan- gan til materiali sifatida idrok etamiz. Inson o‘z nutqiy faoliyatida til sistemasidan foydalanadi. Inson nutqi til birliklarining kesishish c hizig‘i hisoblanadi va bunda til unsurlarining pog‘onali munosabati vujudga keladi 1 . Boshqacha aytganda, til birliklarining har biri o‘zidan katta birlik sathida qo‘llanila boshlaydi. Ana Shu nuqtai nazardan nutq ham dinamik xarakter kasb etadi. Inson nutqining eng asosiy xususiyatlaridan biri uning bog‘lanishli ekanligidir. Mazkur xususiyat nutqning tarkibiy qismlari hisoblovchi gap, ilovali qurilmalar, murakkab sintaktik qurilmalar, abzas kabilarning o‘zaro semantik va sintaktik munosabatidan kelib c hiqadi. Ular o‘rtasida bunday munosabat bo‘lmas ekan, nutqda o‘zaro aloqadorlik, pog‘onali munosabat 1 Турниёзов Н.Қ. Нутқ лингвистикасига доир баъзи мулоҳазалар // Нутқ лингвистикаси (халқаро илмий-назарий конференция материаллари). – Самарқанд, 2006. – Б. 6-7.
ham bo‘lmaydi.“Matn tilshunosligi”fani o‘rganilayotgan da masalaning ana Shu tomonlari konkret misollar tahlili asosida ochib berilishi lozim. RavShanki, nutq til sistemasining amalda qo‘llanilishi obyekti sanaladi. Shu bois nutqni gap va undan katta birliklarning majmuasidan s hakllanadi deyilsa, masala mohiyatiga bir tomonlama yondilgan bo‘ladi. Chunki inson nutqi birinchi galda unli va undash tovushlarning o‘zaro sintagmatik munosabatini taqozo etadi. Biroq ayni paytda “Matn tilshunosligi” kursida asosiy e’tibor matn va nutq derivasiyasiga qaratilgani uchun o‘qituv c hi sintaktik strukturalar haqida ham mulohaza yuritishi lozim bo‘ladi. Nutq nafaqat til sistemasi unsurlarining amalda qo‘llanilishini, balki so‘zlov c hining individual tajribasi va bilimining ham hayotga tadbiq etilishini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, dars jarayonida nutq ikki narsani - til materiallari va so‘zlov c hining ularga munosabatini taqozo etadi, deb izohlanishi maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, hozirgi tilshunoslikning asosiy muammolaridan biri til bilan nutqning o‘zaro munosabatini o‘rganishdan iboratdir. Mazkur muammo talqini barcha lingvistik nazariyalarga asos bo‘ladi. Bu holat sintaktik nazariyalarda yanada oChiqroq ko‘zga tashlanadi. Shuni ham ta`kidlash lozimki, hozirgi patgacha tilshunoslarning asosiy e’tibori til hodisalarini o‘rganishga qaratildi, nutq lingvisti-kasi, matn tarkibidagi nutq birliklarining derivatsion imkoniyatlari esa olimlar e’tiboridan c hetda qolib keldi. Shu bois hozirgi paytda nutq lingvistikasi masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda. To‘g‘ri, o‘tgan asrning 50-yillarida mazkur masalaga bir guruh olimlarning e’tibori qaratilgan edi. Lekin jahon tilshunosligida ayrim Chalkashliklar kelib c hiqqanligi sababli bu masala tilshunoslarning ilmiy ishlarida etarli ahamiyat kasb eta olmadi.
Masalan, V.Skalichka nutqni stilistik hodisa deb targ‘ib etgan bo‘lsa 2 , E.Koseriuning tadqiqotlarida esa nutq o‘ta keng hajmli hodisa sifatida izohlanadi va til uning ma’lum bir qismiga tenglaShtiriladi 3 . Ko‘rinadiki, tilshunoslikda nutq derivatsiyasi, uning matni s hakllantirishdagi o‘rni kabi umumnazariy masalalarning qandaydir bir qirrasi yoritiladi, xolos. Shunga ko‘ra, bunday qarashilarda ayrim nuqsonlar ham ko‘zga tashlanadi. Bunday nuqsonlar sirasiga til sistemasining nutqda real qo‘llanilishi, til belgilarining matn tarkibidagi o‘zaro munosabati kabi masalalarning nazardan c hetda qolganligini kiritish mumkin. Shuni alohida eslatib o‘tish kerakki, bog‘lanishli nutq komponentlarining o‘zaro sintaktik munosabatlari sintagmatik qatorda voqelanadi, ya’ni matn tarkibida nutq parchalari bir-biri bilan ketma-ket bog‘lanadi. Bunda ularning semantik holati hamda sintaktik salmog‘i bir xil darajada bo‘lishi s hart emas. So‘zlaShuv jarayonida so‘zlov c hining zimmasiga matn yoki nutqning to‘g‘ri va ravonligini ta`minlash vazifasi yuklatiladi.Aks holda tinglovchii uchun xabar mazmunida nuqsonlar ro‘y berishi mumkin. Shu bilan birga, so‘zlov c hi va tinglovchi n i muloqotida ularning ijtimoiy holatlari ham muhim mavqega ega bo‘ladi. Masalan, tilshunos bilan kosmonavtning yoki kimyogar bilan dengiz ishChisining nutqiy muloqotlarida nutq komponent- larini mukammal qo‘llaniladi deb bo‘lmaydi. Shuning uchun nutqning benuqson bo‘lishini faqat lokal bog‘liqlik hamda global holatda, ya’ni nutq parchalarining umumiy aloqasi bilangina izohlab bo‘lmaydi.Bunda so‘zlov c hi bilan tinglovchiining umumiy tayyorgar-ligi ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 2 2 Бу ҳақда қаранг: Курилoвич Е. Дeривaция лeксичeскaя и дeривaция синтaксичeскaя // Oчeрки пo лингвистике. – М.: Инoстрaннaя литeрaтурa, 1962. – С. 58-64. 3 3 Турниёзoв Н.Қ. Ўзбeк тили дeривaциoн синтaксисигa кириш. – Сaмaрқaнд: СaмДУ нaшриёти, 1990; Зaлeвскaя A.A. Нeкoтoрыe прoблeмы тeoрии пoнимaния тeкстa // Вoпрoсы языкoзнaния 2002. № 3.
Tub struktura – bu eng kichik (minimal) semantik struktura bo‘lib, u har qanday xabar ifodasini beruvchi nutq birligining Shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bazal (bazaviy) strukturani taqozo etadi. Ana Shu bazal struktura asosida nafaqat ma’lum bir gap, balki murakkab sintaktik qurilmalar, abzasdan tortib makromatnga c ha bo‘lgan nutq parchalari Shakllanishi mumkin. Bularning baricha sintaktik derivasiya nazariyasiga asoslanadi, zotan, har bir Shakllanishning oxirgi natijasi derivatni (hosilani) taqozo etadi. So‘z birikmalari, Shubhasiz,sintaktik derivasiya mahsuli hisoblanadi va bog‘lanishli nutqda, matnda ma’lum bir gap doirasida s hakllanadi. Bundan, albatta, mustaqil matn holida qo‘llanilgan so‘z birikmalari mustasno. Chunki ular gapdan tashqarida voqelanadi. So‘z birikmasining xomashyosi sifatida ikki (ba’zan bir necha) operand qatnaShadi va ular derivasion munosabatga real operator, belgisiz operator yoki nol operator vositasida kirishadi: 1 . Simvol drujb ы . 2. Mustaqillik poydevori. 3. Do‘stlik tayanchi. Keltirilgan misollarning birinchi ham, ikkinchisi ham, uchinchisi ham ikki operandli bo‘lib, birinchisida real operator - ы , ikkinchisi va uchinchisida belgisiz qaratqich kelishigi hamda egalik qo‘Shim c hasi ishtirok etmoqda. Derivasion jarayonda sintaktik strukturalarning Shakllanishi uchun operator muhim mavqega egadir. U matnlarni Shakllantirishda turli xil vositalar yordamida ifodalanadi. Masalan, predlog, teng va ergashuvchi bog‘lov c hilar, ko‘makChilar, kelishik affikslari ana Shunday vositalardan hisoblanadi. Shunga alohida ahamiyat berish kerakki, matn tarkibida sintaktik strukturalarning kichigi nisbatan katta struktura sathida faollik oladi. Shu bois gap o‘zidan kichik birlik - so‘z birikmasining derivasion jihatdan faollik olishi uchun ham asosiy sintaktik maydon hisoblanadi. Gapning sintaktik