logo

MUSTAQILLIKACHA TARIX FANINING FALSAFIY MUAMMOLARI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

44.89453125 KB
MUSTAQILLIKACHA  TARIX FANINING FALSAFIY
MUAMMOLARI .
REJA.
1. Totalitarizmning ijtimoiy-siyosiy va tarixy talqini.  
2. G‘oyaviy hukmdorlik, yakka shaxs fikrining ustuvor ligi ,   diktatura maqomi.
Zo‘ravonlik va xudbinlik ,  avtoritar axloq, fuqarolar manfaatlari . 
3. Partiyaviy   hayotning   kommunistik   shakli.   Kommunistlar   fikrlar   xilma-
xilligi. Inson o‘zining ichki imkoniyatlarini daxlsiz va ozod ijtimoiy vaziyat mavjud
bo‘lgan   sharoitdagina   ro‘yobga   chiqarishi   mumkin   bo‘ladi.   Zotan,   ana   shunday
sharoitda   u   o‘zini   birmuncha   erkin   his   qiladi.   Maqsadlar   va   manfaatlar   ro‘yobini
ta’minlashda o‘zining butun imkoniyatlarini safarbar etadi. Tashqi ta’sirni kamroq
sezadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   atrofidagilarning   imkoniyatlarni   cheklashga,
turli   buyruqlar   va   hukmlarga   nisbatan   bo‘ysunishga,   itoatkor   bo‘lishga   imkon
bermaydi.
Kollektivizmda esa uning aksi sifatida belgilangan va oldindan rejalashtirilgan
maqsadlar atrofida birlashib, kuchlar uyg‘unlashtiriladi. Oldindan tuzilgan va aniq
rejalashtirilgan   vazifalarning   bajarilishini   kimdir   yoki   kimlardir   nazorat   qiladi,
buyruq   beradi,   ommaviy   safarbarlikni   tashkil   etadi.   Mutloq   ko‘pchilik   esa
itoatgo‘y, labbaygo‘y ijrochiga aylanadi. Bunday holat jamiyatda erkin fikr, erkin
faoliyat   va   demokratiyaning   boshqa   ko‘rinishlarini   cheklab   qo‘yadi.   Natijada
totalitarizm vujudga keladi, shakllanadi, ildiz otadi va bora-bora avtoritar mohiyat
kasb   etib,   jamiyatni   buyruqlar   asosida   boshqarish,   ijtimoiy   hayotni   bir   kishining
kayfiyati   va   talablari   asosida   tashkil   etish   tamoyillari   vujudga   keladi.   Jamiyatni
bunday boshqarish usuli, ayniqsa, sotsializm sharoitida asosiy qoidaga aylantirildi.
Garchi   sotsializm   g‘oyasi   va   shakllariga   munosabatlar   hamon   turlicha
bo‘lsada,   sotsialistlarning   o‘zining   orasida   ham   yondashuvlar   va   fikrlar   xilma-
xilligi   mavjud   bo‘lgan.   Lekin   mohiyati   bir   xil   bo‘lgan.   F.Xayek   sotsialistlar
xulosalarini   o‘rganar   ekan,   tuzumning   mohiyati   xususida   gapirib,   «ularda.
insonning   jamiyatdagi   mavqeini   bevosita   davlat   belgilab   berishi   lozimligi
to‘g‘risida hech qanday tafovut bo‘lmagan. Lekin ularning orasida konkret sinf va
guruhlar   o‘rinlarini   belgilashda   chuqur   tafovutlar   bo‘lgan   edi   va   doimo   bo‘ladi»,
degan   edi.   А na   shu   holatning   o‘zi   faoliyatlarni,   maqsadlarni   rejalashtirish   va   uni
markazlashgan boshqaruv tizimi orqali amalga oshirish tamoyili ustuvorligi ko‘zga
yaqqol tashlanadi.
G‘oyaviy   hukmdorlik,   yakka   shaxs   fikrining   ustuvorligi   diktatura   maqomini
egallaydi. Zo‘ravonlik va xudbinlik shaklidagi avtoritar axloq, avtoritar kayfiyat va
fe’l-atvor   garchi   fuqarolar   manfaatlariga   zid   bo‘lsada,   o‘ziga   xos   qadriyatlar darajasiga   majburan   ko‘tariladi.   Natijada   hammaning   bir   xil   fikrlashi,   yuqoridan
bildiriladigan   har   qanday   buyruqning   muhokamasiz,   munozarasiz,   mushohada
qilmasdan   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   qabul   qilish   va   so‘zsiz   bajarish   tamoyili   vujudga
keladi.   Bu   o‘z-o‘zidan   bir   necha   asrlar   mobaynida   shakllangan   an’analar,   urf-
odatlar, turmush tarzi, adabiyot, san’at va, umuman, yaxlit olganda fuqarolar qalbi
va   ruhiyatini   o‘zida   mujassam   etgan   bir   butun   madaniyatning   inqiroziga   olib
keladi.   Natijada   fikriy   boqimandalik,   befarqlik,   hissizlik   kayfiyati   butun   jamiyat
kayfiyatiga,   axloqiy   me’yorlariga   aylanadiki,   bunday   sharoitda   taraqqiyot   va
istiqbolga o‘rin qolmaydi.
Yana   shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   kollektivizm   ikki   bosqichda   o‘zini
namoyon etadi va bu bosqichlarni yaqin o‘tmishimizda – sovet imperiyasi davrida
yaqqol   ko‘rdik.   Birinchi   bosqich   –   totalitarizmning   «Faqat   buyruq   berilgan
narsanigina   bajarish   mumkin,   boshqasi   mumkin   emas»,   avtoritarizmning   «Faqat
siyosatga   aralashma,   boshqa   hamma   narsa   mumkin»   shiorlarida   to‘la   mujassam.
Bunday   holatni   «Kollektivistik   tafakkurning   fojiasi   shundaki,   aql-idrokni
taraqqiyotning oliy omili sifatida ta’riflansa oqibatda undan voz kechiladi. Chunki
bunday   sharoitda   aql-idrok   ongli   harakatning   asosi   bo‘lgan   jarayonlar   noto‘g‘ri
talqin qilinadi. Individualizmning o‘zi jamiyatda individualizmning tepasida turgan
kuchlarning   ahamiyatini   anglashga   imkon   berayotgan   bir   vaqtda,   kollektiv
doktrina paradoksli ravishda «ongli» rejalashtirish tamoyillarini ilgari surgan holda
majburiy ravishda qandaydir aql-idrokni inkor etuvchi mexanizmga oliy hokimiyat
maqomini berishga majbur bo‘ladi. Ijtimoiy kuchlar bilan murosa qilish va turfa xil
fikrlarga   bag‘rikenglik   bilan   yondashish   individualizmga   xosdir.   Bunday
insonparvar   g‘oya,   jamoatchilik   hayotining   yagona   kishi   tomonidan
boshqarilishiga oid har qanday g‘oyaning ortida turgan intellektual takabburlikning
butunlay aksidir», deb sharhlaydi F. Xayek.
Demak, kollektivizm sharoitida boshqarish maqomiga ega bo‘lgan shaxsning
har   qanday   xulosasi   oliy   hokimiyat   va   davlat   maqomiga   ega   bo‘ladi.   Uni
bajarishga   ommaviy   majburiylik   tartiboti   o‘rnatiladi.   Turli   ijtimoiy   kuchlar,
alohida individlar yoki fuqarolarning xulosalari inobatga olinmay, boshqaruvchi – individning   hukmi   ustuvorlik   qiladi.   Boshqaruvchilik   maqomiga   ega   bo‘lgan
individning   intellektual   takabburlik   illatlari   ko‘zga   yaqqolroq   tashlanadi   va
«dohiy»lik   singari   yuqumli,   tuzalmas   kasallikni   vujudga   keltiradi.   Sovet
imperiyasida   ayni   ana   shu   kasallik   keng   tarqalib,   bir-biriga   ulanib   ketgan,
vorisiylik   maqomiga   ega   bo‘lgan   «dohiy»lar   sulolasi   bejiz   paydo   bo‘lmagan   edi.
Natijada   bu   butun   jamiyat   ijtimoiy-siyosiy,   ma’naviy-axloqiy   muhitini
belgilaydigan bedavo illatga aylangan edi.
А slini   olganda   har   qanday   avtoritar   rejimda   ham   individual   va   jamoatchilik
kayfiyatlari   mavjud   bo‘ladi.   Lekin   o‘rnatilgan   tartib   va   qabul   qilingan   rejim
talablari   asosida   buyruq   beruvchining   shaxsiy   xulosalari   hal   qiluvchi   maqomni
egallaydi.
Sotsialistik tuzumga xos bo‘lgan individuallik va kollektivchilik tamoyillarini,
ularning   o‘ziga   xos   kontseptsiyalarining   ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyotda   tutgan  o‘rni
va   rolini,   kishilik   jamiyati   rivojlanishida   o‘tkazayotgan   ta’sirini   tahlil   qilar   ekan,
А . Ivin quyidagi tamoyillarni ilgari suradi:
zamonaviy   tarix   eng   avvalo   G‘arb   individual   jamiyatlari   va   kollektiv
jamiyatlar o‘rtasidagi qarama-qarishliklar hamda kurashlarni o‘zida aks ettiradi;
zamonaviy   G‘arb   jamiyati   anglangan   aniq   maqsadga   yetishish   uchun   xizmat
qilmaydigan,   tarix   taqozosi   bilan   ko‘plab   tasodifiy   tizimlarda   yuzaga   kelgan
murakkab   chambarchaslikdir;   kollektiv   jamiyat   oldindan   ishlab   chiqilgan   reja
asosida paydo bo‘ladi va aniq belgilangan muayyan maqsadga erishishni o‘z oldiga
vazifa qilib qo‘yadi;
shaxs avtonomiyasi, inson turmush tarzidagi qarashlar va moyillikning mutloq
suverenitetini   tan   olish   individualistik   jamiyatning   asosiy   xususiyatlari
hisoblanadi; kollektivistik jamiyat esa individ va uning erki qadriyat hisoblanuvchi
avtonomiyaning har qanday sohasini rad etadi;
kollektivizmning   qat’iy   yagona   maqsadga   intilishi   raqobat   o‘rnini   bosuvchi
markazlashgan rejalashtirish mexanizmi yaratilishiga olib keladi;
kollektiv   loyihalar   mohiyati   davlatning   jamiyatda   ustuvorligini   ta’minlaydi,
individ   va   jamiyatning   barcha   sohalari   nazoratda   bo‘lishiga,   barcha   turdagi individlar va alohida shaxslar uchun bir xil qadriyatlar va kollektiv axloq normasi
bo‘lgan   bir   xil   fikrlash   tartibining   o‘rnatilishiga,   totalitar   tuzumning   terrori   va
bag‘ritoshligi   bir   qarashda   yagona   maqsadga   asoslangan   jamiyat   hayotini
ilohiylashtirishga   olib   keladi   va   natijada   demokratik   sotsializm   o‘zining   xom-
xayollik   mahsuli   ekanligini   ko‘rsatadi,   bunday   sharoitda   diktatura   va   totalitarizm
muqarrar voqelikka aylanadi;
iqtisodiy   erkinlik   shaxs   barcha   huquq   va   erkinliklarining   poydevori
hisoblanadi;   uning   yo‘q   qilinishi   kollektiv   jamiyatda   shaxsning   barcha   huquq   va
erkinliklariga barham berilishiga olib keladi;
sotsializm   (kommunizm)   va   natsionalsotsializm   (natsizm)   sharoitida
kollektivizm butun mazmun-mohiyati bilan totalitarizmning uzviy holati va yaqqol
qiyofasi hisoblanadi;
sotsializm   va   natsionalsotsializm   sotsializmning   ikkita   shaklini   o‘zida   eks
ettiradi; bu – baynalminallik va demokratiya shiorlarini ilgari suruvchi radikal yo‘l
sotsializm   hamda   konservativ   natsizm   va   irqchilik   g‘oyalari   bilan   jamiyatni
boshqarishga asoslangan o‘ng sotsializmdir;
sotsializmning   ushbu   shakllari   o‘zaro   doimiy   raqobatda   bo‘lsada,
individualistik jamiyat ular uchun asosiy raqib hisoblanadi;
natsizm   sotsialistik   ildizlarga   egadir;   sotsializmning   qator   mamlakatlardagi
inqirozi individualizm imkoniyatlari va intilishlarining ro‘yobiga olib keldi;
oxir-oqibatda   kollektivizm   iqtisodiy   taraqqiyotning   turg‘unligiga   olib   keladi
va iqtisodiy soha individualizm raqobatiga dosh bera olmaydi.
Kollektivizm   sharoitida   yetishib   chiqqan   totalitar   rejimda   partiya   asosiy   rol
o‘ynaydi.   А na   shu   holatda   jamiyat   boshqaruvi,   tuzilgan   rejalar   va   tanlangan   yo‘l
bevosita   partiyaviy   rahbarlik   orqali   amalga   oshiriladi.   Boshqacha   qilib   aytganda,
partiya   davlat   va   hokimiyatning   barcha   vakolatlarini   qo‘lga   olib,   yagona
boshqaruvchi va rahbar maqomiga ega bo‘ladi.
Bir   partiyali   rejim   sharoitida   yagona   mafkuraning   ustuvorligi   ko‘zga   yaqqol
tashlanadi.   Bunday   mafkuraviy   yakkahokimlik   butun   jamiyat   barcha   qatlamlarini
qamrab oladi va ijtimoiy hayotning hamma sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Mutaxassislarning   xulosalariga   ko‘ra   sotsialistik   va   natsionalsotsialistik
qarashlar   ayni   partiyaviy   g‘oyalar   asosida   shakllanadi   va   hokimiyat   boshqaruvini
o‘z   yo‘rig‘iga   soladi.   Buni   biz   Mussolini   va   Gitler   siyosiy   yo‘l-yo‘rig‘ida,
qarashlarida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Partiyaviy   hayotning   kommunistik   shakli   ham   bunday   qarashlardan   begona
emas.   Kommunistlar   fikrlar   xilma-xilligini,   qarashlar   rang-barangligini,   siyosiy
plyuralizmni xush ko‘rmaydilar.   А niqroq qilib aytganda, unga tish-tirnoqlari bilan
qarshi   turadilar.   Bunga   yaqin   o‘tmishimizda   guvoh   bo‘ldik.   « А ytganim   aytgan,
deganim   degan»   qabilidagi   siyosiy   va   mafkuraviy   yakkahokimlik   kommunistik
partiyaning asosiy tamoyili, uning siyosiy fenomenidir.
Darhaqiqat,   KPSS   o‘z   vaqtida   barcha   xalqlarni   birlashtirishni,   millatlarni
assimilyatsiyalash, milliy til, madaniyat, turmush tarzi va an’analarni eskilik sarqiti
sifatida   qoralab,   yangi   ijtimoiy   birlik   –   sovet   xalqini   vujudga   keltirish   g‘oyasini
ilgari surdiki, natijada jahon tarixiga kollektivizm tamoyillarining va g‘ayriinsoniy
qarashlarning eng yuksak cho‘qqisi sifatida kirdi.
Hokimiyatni   monopoliyalashtirish,   erkinlik   va   demokratik   qadriyatlarni
cheklab   qo‘yish,   unga   qarshi   holatda   zo‘ravonlik   va   tazyiq,   tahdid   va   qo‘rquv
orqali jamiyat birligini ta’minlash kabi nomaqbul ish uslubini shakllantirdi.
А na   shu   nuqtai   nazardan   qaraganda   natsistlar   va   kommunistlar   shaklan,
amaliy   faoliyati   jihatidan   farq   qilsada,   butun   maqsad   va   mohiyati   bilan   aynan
o‘xshashligi, g‘oyaviy jihatdan bir-biridan farq qilmasligi ayon. Tashqi ko‘rinishda
har ikkala rejimda ham siyosiy yakkahokimlik, davlat va hokimiyat maqomiga ega
bo‘lgan   g‘oyaviy   hukmronlik   ko‘zga   yaqqol   tashlansa,   ichki   mohiyati   va   tub
mazmuni   bilan   zo‘ravonlik   va   tahdid,   fuqarolar   qalbiga   qo‘rquv   tuyg‘ularini
kuchaytirib,   ularning   insoniy   qadriyatlarini   mensimaslik,   tahqirlash   va   oxir-
oqibatda   ularni   fikrlamaydigan,   o‘zligini   yo‘qotgan   zoologik   mavjudotga
aylantirish siyosati ustuvorlik qiladi.
Kommunistik   partiya   mafkurasida   garchi   «hamma   narsa   inson   uchun,
insonning   baxt-saodati   uchun»   degan   shior   va   shunga   o‘xshagan   balandparvoz
da’vatlar   bot-bot   takrorlansada,   uning   tub   mohiyatida   siyosiy-ijtimoiy,   ma’naviy- ruhiy terror maqsadlari mujassam edi.  А yni ana shu terror usuli bilan u navbatma-
navbat,   bosqichma-bosqich   repressiyalarni   tashkil   etdi.   А holining   ma’rifatli
qatlamini   yo‘q   qilib,   omi   va   avom   xalqdan   iborat   itoatkor,   labbaygo‘y,   hamma
narsaga   fikrlamasdan,   munosabat   bildirmasdan   tayyor   turish   illatlarini   egallagan,
ruhan ozurda, ma’nan qashshoq jamiyatni vujudga keltirdi. Bunday holatni R. А ron
quyidagicha   ifodalaydi:   «Partiya   yakkahokimlikka   ega   bo‘lgan   sharoitlarda
ortodoksallik   majburiydir.   Hukmdorlar   bilan   kelisha   olmaslik   halokatga   olib
kelishi   muqarrar   edi.   Shu   singari   rejimlar   uchun,   ularning   so‘l   yo   o‘ng
yo‘nalishlaridan   qati   nazar,   ba’zi   bir   huquqiy   harakatlar   shakllarida   o‘xshashlik,
masalan, lagerlarga mustaqil fikrlaydigan fuqarolarni jinoiy aybdorlar bilan bir xil
maqomda qamash ularning har ikkisiga ham xos bo‘lgan».
Jamiyatda muxolif kuchlarga yo‘l bermaslik totalitarizm uchun xos xususiyat.
O‘z saflarini zo‘r berib sadoqatli maslakdoshlari, ko‘r-ko‘rona labbaygo‘ylari bilan
to‘ldirish   jamiyat   barcha   qatlamlarini   bir   xil   fikrlab,   bitta   g‘oyani   qo‘llab-
quvvatlashga   olib   keldi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   kommunistik   aqidaparastlik,
mafkuraviy   fanatizm   barqaror   bo‘lgan   jamiyat   qurildi.   А na   shu   tarzda   osonlik
bilan,   hech   qanday   to‘siqlarga   uchramay   hokimiyatni   egallash   imkoniyatini
qo‘ldan   bermay   yashadi.   Bunday   tarixiy   jarayon   totalitarizmning   eng   oliy
ko‘rinishi   sifatida   umum-insoniyat   tarixiga   alohida   bosqich   sifatida   kirdi.
Totalitarizmning ijtimoiy-tarixiy va siyosiy mohiyatini o‘rganar ekan, R. А ron unga
besh yo‘nalishda ta’rif beradi:
totalitarizm qandaydir bir partiyaga siyosiy faoliyat yurgizish uchun monopol
huquq beradigan sharoitda yuzaga keladi;
ushbu   partiya,   eng   avvalo   yagona,   boobru   avtoritet   maqomini   beruvchi
mafkuraga   ega   bo‘lib,   keyinchalik   ushbu   mafkurani   u   rasmiy   davlat   haqiqati
darajasiga ko‘taradi;
ushbu   rasmiy   haqiqatni   targ‘ib   qilish   uchun   davlat   tazyiq   o‘tkazishning
mutloq   huquqi   va   e’tiqod   vositalariga   bosim   o‘tkazish   vakolatini   qo‘lga   kiritdi.
Davlat   va   uning   vakillari   ommaviy   axborot   vositalariga   butunlay   o‘z   hukmini
o‘tkaza boshlaydi; iqtisodiy va kasbiy faoliyatning ko‘pchilik turlari davlat ixtiyoriga o‘tadi;
Bunga   qo‘shimcha   qilib   yana   aytish   mumkinki,   har   qanday   faoliyat   yagona
partiyaning  tajovuzkor  mafkurasiga  bo‘ysundirilganligi   bois,   turli  sohalardagi   har
qanday   mayda   va   zararsiz   kamchilik,   xatolik   darhol   mafkuraviy   tus   olib,   siyosiy
aybdorlik,   g‘oyaviy   qo‘poruvchilik   holatiga   tushib   qoladi.   Har   qanday   insonning
barcha   xatoliklari   siyosiylashtiriladi,   mafkuralashtiriladi,   natijada   ayovsiz
jazolanadi.
Kollektivizm g‘oyasi totalitar rejimning tub mohiyati sifatida uning manbaiga,
harakatga keltiruvchi kuchiga, quvvat beruvchi vositasiga aylandi.   А na shu tarzda
butun jamiyatni  taraqqiyotdan orqada qolishiga,  umuminsoniyat  sivilizatsiyasidan
chekinishiga,   oxir-oqibatda   qoloqlikka   yuz   tutishiga   olib   keldi.   «Rivojlangan
sotsializm»   va   kommunizm   singari   balandparvoz   shiorlar   jahon   ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar   oqimida   o‘zning   mavqeini   yo‘qotdi.   Dunyo   taraqqiyoti   poygasida
yaroqsiz ekanligini, ojiz va notavonligini ko‘rsatdi.
Tarixiy   jarayon   oxir-oqibatda   jahon   sotsialistik   tizimini   butun   ko‘lami   va
salmog‘i bilan tanazzulga olib bordi. Insoniyat tafakkuridagi tub burilishlar, inson
huquqlari   va   erkinliklari   haqidagi   g‘oyalar   tantanasiga   yo‘l   ochib   berdi.   А na
shunday ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar natijasida XX asrning oxirlari totalitarizmga
munosib baho berish, uni tub ildizlarini ochish davri bo‘ldi.
Totalitarizm   mohiyatini   tushunish   va   unga   baho   berish   xususida   gap   borar
ekan,   «Totalitarizmni   aniqlashda,   shubhasiz,   partiyaning   mutloqligi,   xo‘jalik
faoliyatining davlatlashtirilishini yoki mafkuraviy terrorni asos qilib olish mumkin.
А mmo, ushbu hodisaning o‘zi mazkur xususiyatlar birlashgan va to‘liq, yaxlit aks
etgandagina tugallangan ko‘rinishga ega bo‘ladi», deydi R. А ron.
Totalitarizm  dunyoning turli  mamlakatlarida turli  shaklda  vujudga kelgan va
yashagan.   Deylik,   fashistlar   Italiyasida   ana   shu   rejimning   rahnamosi   bo‘lgan
partiya   g‘oyaviy   zo‘ravonligi,   tahdidlar   va   tazyiqlarning   serqirraligi,   mafkuraviy
yakkahokimlikning   shafqatsiz   darajadagi   ta’sirchan   usullaridan   keng
foydalanganligi   bilan   SSSR   hukmronlik   qilgan   totalitar   rejim   oldida   ojiz   edi.
Uning   ko‘lami,   jamiyatda   tutgan   o‘rni   jihatidan   sovet   totalitarizmiga   teng   kela olmas   edi.   Bularni   inobatga   olgan   R. А ron   «Kommunistik   rejim   tomonidan
yaratilgan   odam   ma’lum   bir   e’tiqoddan   yuzaga   kelgan   mavjudot   sifatida   emas,
balki   ikkilamchi   naturadir.   U   umumiy   tamoyillarni   katta   yohud   kichik   e’tiqod,
ishonch   bilan   qabul   qiladi,   real   holatda   sharoitga   qarab   nimani   gapirish
mumkinligini,   nimaning   mumkin   emasligini   tushunadi.   Bu   odam   industrial
jamiyatga tegishli bo‘lgan, o‘zi goh spektik, goh fanatik munosabatni his qiladigan
ta’limot bilan qurollangan odamdir», degan xulosaga keladi.
Kollektivizm,   demak,   butun   mohiyati   bilan   shaxs,   alohida   individ
imkoniyatlarini   cheklab   qo‘yadigan,   aniq,   oldindan   belgilab   qo‘yilgan   tartibotlar,
rejimlar va qoliplar doirasidagina yashash mumkin bo‘lgan hodisa. Buni biz yaqin
o‘tmishimizda   –   sotsializm   sharoitida   yaqqol   ko‘rdik.   Chunonchi,
kollektivlashtirish   (kolxozlashtirish)   siyosatining   o‘zi   millionlab   fuqarolar
faoliyatini cheklash orqali butun jamiyat taraqqiyotini izdan chiqardi. Bu bevosita
mehnat   taqsimotida,   mehnatga   qarab   haq   to‘lash   tartibotida   ham   o‘zini   namoyon
etdi. Ya’ni jamoaga a’zo bo‘lgan besh kishi jismoniy va ma’naviy jihatdan besh xil
mehnat  qilish  imkoniyatiga  ega, besh   xil   ishlaydi.  Biroq ularning barchasi  bir  xil
maosh oladi.
Kollektivizm   tushunchasining   Sharqda,   xususan,   o‘zbeklarda   ma’naviy-
ijtimoiy mazmuni ham borki, bu bevosita turmush tarzida, kundalik tashvishlar va
muammolarni   birgalikda   hal   etishda   namoyon   bo‘ladi.   Ya’ni   odamlar   –   millati,
elati,   kasbu   kori,   ma’lumoti,   diniy   e’tiqodidan   qat’iy   nazar   uyushib   yashash,
mahalla   atrofida   birlashib   kun   kechirish   an’analari   asosida   yashashadi.   Buni
mahallaning   axloqiy-tarbiyaviy,   ma’naviy-ruhiy   qo‘llab-quvvatlash   faoliyati
shaklan kollektivizmga o‘xshashi mumkin. Biroq tub mohiyati bilan undan keskin
farq qiladi.
Jahon tarixiy taraqqiyoti tajribasi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini, inson
faoliyatini individualizm orqali ro‘yobga chiqarish tendentsiyasini  ilgari suradi va
qo‘llab-quvvatlaydi.   А na shunday tarixning rivojlanish tendentsiyasini buzmasdan
davom   ettirish   bugun   mustaqil   O‘zbekistonda   amalga   oshirilayotgan
yangilanishlar,   o‘zgarishlar   va  ko‘p  qirrali   islohotlar   mohiyatini   o‘zida   mujassam etadi.   Birinchi   Birinchi   Prezident   Islom   Karimov   evolyutsion   taraqqiyot
nazariyasining tagida xuddi ana shu g‘oya yotadi va unga suyanadi.
Masalan, asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich fuqarolar ongi va tafakkurida
tub   burilishlar   yasash   –   mulkchilik,   mulkka   egalik   qilish,   mulkni   boshqarish
tajribasini   egallash   orqali   kollektivizm   sharoitida   shakllangan   boqimandalikka,
tayyorga   ayyorlik   illatlariga   barham   berish   tamoyili   shakllanmoqda.   Jumladan,
jamoa   va   davlat   xo‘jaliklarini   tarqatib   yuborib,   ularning   o‘rnida   fermer
xo‘jaliklarining   keskin   rivojlanib   borayotganligi   fuqarolar   yaratuvchilik
imkoniyatlarini   ko‘proq   ro‘yobga   chiqarmoqda.   Mehnatga   ijodiy   munosabat
moddiy   manfaatdorlik   asosida   o‘zgarib   bormoqda.   Natijada   jamiyatda   yalpi
safarbarlik, ruhiy ko‘tarinkilik, ma’naviy va moddiy rag‘bat kuchaymoqda.
Jamiyatni   tabiiy   rivojlantirishni   e’tiborga   olish,   yuzaga   kelayotgan
muammolarni tadrijiy ravishda hal etish maqsadi tufayli «Yangi uy qurmay turib,
eskisini   buzmaslik»,   «Islohotlarni   bosqichma-bosqich   amalga   oshirish»,
«Jamiyatni   tubdan   o‘zgartirishning   revolyutsion   yo‘lini   emas,   evolyutsion   yo‘lini
tanlash»,   «Islohotlarni   inson   ongi   va   qalbi   orqali   amalga   oshirish»,   «Islohot   –
islohot   uchun   emas,   islohot   inson   uchun»   kontseptsiyalarini   amalga   oshirish
yo‘lidan   borilmoqda.   Bunda   jamiyatni   bir   holatdan   ikkinchi   bir   holatga   o‘tkazish
jarayonida   fuqarolar   tafakkurini   yangilanishlar   oqimida   o‘zgartirish   va   ularda
yangilanayotgan   hayot   ko‘nikmasini   shakllantirish   singari   g‘oyalar   ilgari
surilmoqda hamda izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Umuman   olganda   totalitarizm   nazariyasiga,   uning   tub   mohiyatiga,   butun
metodologiyasiga   faqat   va   faqat   evolyutsion   nazariyagina   qarshi   turishi
mumkinligini   O‘zbekistonda   qaror   topayotgan   va   tobora   shakllanib   borayotgan
ijtimoiy-siyosiy va tarixiy jarayonlar misolida ko‘rmoqdamiz.
Individualizmning   hozirgi   zamondagi   eng   samarali   ko‘rinishi   fuqarolik
jamiyati   qonuniyatlarida   va   mohiyatida   yaqqolroq   ko‘zga   tashlanadi.   Zotan,
fuqarolik   jamiyati   –   jamiyatni   davlat   tomonidan   emas,   fuqarolar   tomonidan
boshqarilishiga   asoslangan,   ularning   maqsadi   va   manfaatlari   inobatga   olingan
ijtimoiy-siyosiy tizim. Bunda mamlakatning bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va   huquqiy   jihatdan   o‘z   ehtiyojlarini   jamoat   tashkilotlari,   mahalliy   o‘zini   o‘zi
boshqarish organlari, siyosiy uyushmalar, partiyalar va nodavlat tashkilotlar ishida
faol   ishtirok   etib,   ular   orqali   qondiradilar.   Fuqarolik   jamiyatida   davlat   fuqarolar
ustidan   emas,   balki   fuqarolar   davlat   faoliyati   ustidan   to‘la   nazorat   o‘rnatadilar,
davlatning   ko‘pgina   vakolatlari   jamoat   tashkilotlari   zimmasiga   yuklanadi.   Davlat
hokimiyati   esa   mamlakatning   umumiy   taraqqiyot   rejalarini   tuzadi,   uning
strategiyasini   ishlab   chiqadi,   mudofaa,   milliy   xavfsizlik,   davlat   mustaqilligi   va
chegaralari   daxlsizligini,   uning  suverenitetini   ta’minlash,   pul,  moliya,  soliq,   bank
siyosati,   tashqi   siyosat   va   jahon   hamjamiyati   bilan   aloqalar   tizimini   yaratadi,   uni
boshqaradi.
Fuqarolik   jamiyati   haqidagi   ilk   tasavvurlar   А ristotelning   «Siyosat»   asarida
bayon   etilgan.   Unga   ko‘ra   insonning   erkin   yashash   huquqi,   kishilik   jamiyatining
adolat   va   haqiqat   ustuvorligi   asosida   tashkil   etish   orqali   ta’minlanishi   lozim.
Jamiyatni  boshqarishda  qonunlarning to‘g‘ri  va adolatli  bo‘lishiga alohida  e’tibor
beriladi. Davlatning kuch-qudrati, farovonligi, uning jamiyat taraqqiyotiga xizmat
qiluvchi   vosita   ekanligi   kabi   g‘oyalar   ilgari   suriladi,   Fuqarolik   jamiyati   haqidagi
bu   g‘oyalar   XVII   asrga   kelib   keng   rivojlandi.   Jumladan,   Gobs   asarlarida
takomillashtirildi.   Kant,   Russo,   Gegel,   Popper   g‘oyalari   jahon   ijtimoiy   tafakkuri
olamida   fuqarolik   jamiyatining   yangidan-yangi   qirralarini,   umuminsoniy   qadriyat
sifatidagi mohiyatini ochib berdi.
Sharqda fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq,
madaniyat va ma’naviyatning huquq bilan sintezlashgan, fe’l-atvor, hatti-harakatlar
va   qoida-me’yorlarning   uyg‘unlashgan   shakli   bilan   bog‘liq   Demak,   jamiyatda
qonun   ustuvor   bo‘ladi,   qonun   oldida   barchaning   tengligi,   javobgarligi
ta’minlanadi.   Inson   manfaatlari,   haq-huquqlari   ayni   ana   shu   qonunlar   bilan
kafolatlanadi.   Bunday   qarashlar   Sharqda   azaldan   mavjud   bo‘lgan.   Bu   tarixiy
taraqqiyot davomida shakllanib, rivojlanib bordi. Jumladan, eng qadimiy madaniy
yodgorlik   –   « А vesto»da   kishilarning   uyushib   yashashi,   o‘zaro   munosabatlar   va
aloqalarning axloq  va me’yorlarga  tayanishi  kabi   g‘oyalar   ilgari   suriladi.  Bu  o‘z-
o‘zidan   jamiyatda   qonun   ustuvorligiga   erishish,   jamiyatni   hukmron   shaxs tomonidan emas, e’tirof etilgan me’yorlar boshqarishi kabi fuqarolik jamiyatining
ilk elementlaridan dalolat beradi.
Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida mamlakatni boshqarishda adolatli
qonun   zarurligi,   faol   fuqarolar   jamiyatini   shakllantirish   mohiyati   chuqur   tahlil
etiladi. Qonunlari mukammal bo‘lgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor
bo‘lishi  muqarrar  ekanligi bayon etiladi. «Shahar  (mamlakat) aholisi  xush-xulqqa
ega   bo‘lmagan   taqdirda   hokimiyatga   ehtiyoj   tug‘iladi»,   deydi   alloma.   Uning
xulosalariga   ko‘ra   jinoyatchilik,   bezorilik,   qonunbuzarlik   qonunlar   zaif,   aholi
axloqiy-ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni
tartibga   chaqirish   uchun   kuchli   ta’sir   o‘tkazuvchi   hokimiyat   kerak   bo‘ladi.   Erkin
jamiyat,   ozod   fuqaro   tamoyiliga   fuqarolik   jamiyatining   asosiy   xususiyati   sifatida
qaralgan   va   qonun   ustuvorligiga   jamiyat   barkamolligi   orqali   erishilgan.   Bu   kabi
g‘oyalar   А bu   А li   ibn   Sino,   А bu   Rayhon   Beruniy,   А l   Xorazmiy,   А mir   Temur,
А lisher Navoiy, Bobur va boshqalar tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda
mohirlik   bilan   qo‘llanilgan.   Bular   hozirgi   zamon   tushunchasidagi   fuqarolik
jamiyatining muhim elementlaridir.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish tarixiy an’ana bo‘lsada, u butunlay
yangi   tarixiy  sharoitlarda  jahon  davlatchiligi  ilg‘or  tajribalari   va  ko‘p  ming  yillik
milliy   an’analarning   sintezi   sifatida   dunyoga   kelmoqda.   Ya’ni   erkinlik   va   axloq,
ozodlik va tarbiya, hurriyat va qat’iy tartib-intizom uyg‘unligida barkamol kishilik
jamiyati   shakllantirilmoqda.   «Biz,   degandi   Birinchi   Prezident   Islom   Karimov,
fuqarolik   jamiyatini   qurishga   intilmoqdamiz.   Buning   ma’nosi   shuki,
davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita
xalqqa   topshirish,   ya’ni   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlarini   yanada   rivojlantirish
demakdir».   Fuqarolik   jamiyatida   ijtimoiy   adolat   printsiplari   to‘la   ta’minlanadi.
Jamiyatni bevosita har bir fuqaro va qonun boshqaradi. Inson tom ma’noda hayot
gultojiga, inson qadru-qimmati, yashash huquqi va ehtiyojlari qadriyatga aylanadi.
Inson   ustidan   insonning   hukmronligiga   yo‘l   qo‘yilmaydi.   Totalitarizm,
avtoritarizm   qarashlariga   keskin   qarshi   holda   jamiyatda   individualizm,   shaxs
ozodligi va erkinligi ta’minlanadi. Qayta qurish siyosati  o‘zining ko‘zlagan maqsadiga, kutgan natijasiga erisha
olmadi. Ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kutilmaganda o‘z o‘zanini o‘zgartirib yubordi.
Demokratiya   to‘lqinlari   erkin   so‘z,   erkin   fikrni   zaruratga   aylantira   boshlagan   bir
paytda   sho‘ro   jamiyatini   totalitarizmdan   erkinlik   sari,   hurriyat   sari   sifat
o‘zgarishiga   olib   kelayotgan   ijtimoiy-siyosiy,   ma’naviy-axloqiy   qadriyat   sifatida
namoyon bo‘ldi.
Biroq   Kreml   bundan   manfaatdor   emas   edi.   M.Gorbachev   boshchiligidagi
Sovet   hukumati   rahbariyati   nomigagina   erkinlikka   yo‘l   berib,   inson   huquqlari
xususida   ko‘pirtirib   gapirib,   asl   mohiyatda   esa   totalitar   tuzum   va   ma’muriy
buyruqbozlik   rejimini   saqlab   qolishdan   manfaatdor   edi.   Zotan,   ular   hech   qachon
SSSRning tarqalib ketishini nazarda tutmagan va undan manfaatdor ham emas edi.
Tarixiy   jarayonlar   shu   darajada   tezlashdiki,   oxir-oqibatda   nafaqat   notiq
M.Gorbachevni,   balki   butun   Siyosiy   Byuroni,   partiya   Markaziy   qo‘mitasini,
hukumatni   talvasaga   solib   qo‘ydi.   Natijada   ma’muriy   organlar   kuchidan
foydalanish   yo‘li   tanlandi.   Turli   shaharlarda,   mintaqlarda,   SSSRning   faol   va
demografik   jihatdan   qulay   bo‘lgan,   geo-siyosiy   jihatdan   muhim   nuqtalarida
beqarorlikni vujudga keltirish orqali mamlakat aholisini chalg‘itish yo‘liga o‘tildi.
А mmo   endi   uyg‘ongan   kishilarni   g‘aflat   pardasiga   solishning   iloji   yo‘q   edi.
Chunki   erkin   fikrlash,   erkin   yashash   nashidasini   sura   boshlagan   ozod   fuqaroni
qaytadan   zanjirband   qilishga   qanchalik   urinmasin,   hukumatning   kuchi   yetmas,
fuqaroning   esa   xohishi   yo‘q   edi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   mamlakat   fuqarolari
manfaati   bilan   totalitar   rejimdagi   davlat   qiziqishlari   o‘rtasida   “Xitoy   devori”
tiklanib   bo‘lingan   edi.   А na   shunday   ziddiyatli   bir   paytda   davlat   o‘z   mavqei   va
rolini   yo‘qotmaslik   uchun   ozodlikka   intilayotgan,   hurriyat   uchun   kurashayotgan
uyg‘oq fuqarolar o‘rtasida turli nizolarni uyushtirishi zarur bo‘lib qolgan edi.   А na
shu   maqsadda   Boltiq   bo‘yidagi   to‘qnashuvlar,   А rmaniston,   Ozarboyjon,
Gruziyadagi   qonli   fojialar,   Leningrad   (hozirgi   Sankt-Peterburg)   va   Rossiyaning
boshqa ayrim mintaqalarida bo‘hronlar va po‘rtanalar avj olib ketdi.
Qizil   imperiyaning   tajovuzkorona   siyosati   ana   shu   tarzda   73   yil   mobaynida
asta-sekinlik bilan chok-chokidan so‘tila bordi. Natijada mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini   ham,   odamlar   hatti-harakatini   ham   boshqarib   bo‘lmaydigan
murakkab va tahlikali holat vujudga keldi.
... А slini   olganda   Sovet   hokimiyati   tizim   sifatida   juda   ham   mustahkam   emas
edi.   U   oktyabr   to‘ntarishining   urho-ur,   surho-surlari   oqibatida   vujudga   kelgan,
boshqacha   qilib   aytganda,   poydevori   qumdan   ko‘tarilgan   jamiyat   edi.   Inson
manfaatlari, haq-huquqlari butkul inkor etilgan, zo‘ravonlik va tazyiqni asosiy ish
usuliga,   siyosiy   boshqaruv   uslubiga   aylantirgan   hokimiyat   sifatida   ko‘zga
tashlandi.
А na   shunday   g‘ayri-insoniy   va   g‘ayri-axloqiy   jamiyat   asoschisi   sifatida
V.Lenin   hokimiyatni   qo‘lga   kiritgan   dastlabki   kunlaridanoq   siyosiy,   iqtisodiy,
huquqiy, ma’naviy va jismoniy terrorni hokimiyatni boshqarishning muhim  omili
darajasiga ko‘tardi  va uni  mohirona amalga oshirdi. Zero, oktyabr  to‘ntarishining
qonli «g‘alaba»si ham xuddi ana shu tamoyil asosida qurilgan va amalga oshirilgan
edi.
Ommani chalg‘itish, jamiyatdagi barqarorlikni barbod etish, mutelik va qullik
ruhiyatini   chuqurlashtirish   yo‘lida   turli   holatlarda   va   vaziyatlarda   turli   shakldagi
siyosiy-tashkiliy tadbirlar  amalga oshirila boshlandi. Strategik maqsad – dunyoga
mutloq   hokim   bo‘lish,   jahon   sotsializmini   amalga   oshirish   orqali   insoniyat
dohiysiga   aylanishga   harakat   qilindi.   А na   shunday   maqsadlarini   amalga   oshirish
uchun Lenin turli-tuman nayranglarni o‘ylab topdi va ularni o‘ta shafqatsizlik bilan
amalga oshirdi.
Natijada   Sovet   hukumatida   «Yangi   iqtisodiy   siyosat»ni   amalga   oshirish
singari   siyosiy-tashkiliy   «islohot»   o‘tkazildi.   Mashhur   olim   D.Volkogonovning
fikricha,   Lenin   bu   siyosatga   yuzaki   qaraganda   xayrixoh   bo‘lsada,   asl   mohiyati
bilan unga qarshi edi. D.Volkogonov shunday misol keltiradi: 1919 yil 5 dekabrda
Sovetlarning Butun Rossiya VII s’ezdida nutq so‘zlar ekan, Lenin juda baland ruh
bilan   o‘z   maqsad   iddaolarini   ochiq-oydin   bayon   etadi:   «Kim   non   savdosi
erkinligini   xohlar   ekan,   xato   qiladi.   Biz   bunga   bir   tomchi   qonimiz   qolguncha
kurashamiz. Bu sohada hech qanday chekinishlarga yo‘l qo‘ymaymiz». Bu inqilob
dohiysining   mamlakatni   xonavayron   qilish,   xalqni   abgor   etish   borasidagi   ko‘p qirrali   siyosatidan   birigina,   xolos.   А yni   ana   shunday   ocharchilik   va   ataylab
uyushtirilgan   kambag‘allashtirish   siyosati   O‘rta   Osiyoni   ham   chetlab   o‘tmadi.
Farg‘ona vodiysining o‘zida 1921 yili 64 ming 315 kishi ochlikdan vafot etdi. Bu
Lenin «xalqparvar» siyosatining Turkistondagi tantanasidan dalolat berar edi.
Leninning safdoshlaridan biri   А .Ioffe quyidagilarni yozadi: «Qachonki, 1921
yili Markaziy Qo‘mita meni Turkistonga ishga yuborar ekan, safar oldidan bo‘lgan
suhbatda   va   keyinchalik   menga   yozgan   xatlarida   V.I.Lenin   doimiy   xavotirda
ekanligini   alohida   ta’kidlardi.   «Turkiston   –   bu   bizning   jahon   siyosatimiz.
Turkiston – bu Hindiston», derdi.
Turkistonning geo-siyosiy o‘rni va ahamiyati o‘sha paytdayoq inqilob dohiysi
diqqatini   o‘ziga   tortgan   edi.   А yni   Turkiston   orqali   Osiyoni   zabt   etish   siyosati,
Osiyoga egalik qilish maqsadini amalga oshirish uchun Turkiston muhim strategik
ahamiyatga   ega   ekanligi   Sovet   hukumati   turli   davrlardagi   arboblarining   diqqat
markazida   bo‘lgan.   Xususan,   Lenin   Turkistonga   juda   katta   ochko‘zlik   va   ishtaha
bilan qaragan.
Sovet   hokimiyati   uchun,   xususan,   dastlabki   yillarida   Rossiya   sanoatini   xom
ashyo   bilan,   dahshatli   ochlik   iskanjasida   qolgan   xalqini   esa   non   va   boshqa   oziq-
ovqat   mahsulotlari   bilan   ta’minlash   uchun   Turkiston   katta   strategik   ahamiyatga
ega   edi.   Shuning   uchun   ham   Lenin   «hammamizga   ma’lumki,   yengil   sanoat
xorijdan keltiriladigan paxtaning yetishmasligi bois juda kuchli inqirozni boshdan
kechirmoqda... Yagona manba – bu... Turkistondir», degan edi.
Xom ashyo taqchilligi  muammosini  hal etish uchun 1921 yili  Leninning eng
sodiq safdoshlaridan biri  M.P.Tomskiy Turkistonga yuborildi. Uning rahbarligida
o‘sha   yilning   o‘zida   oldingi   yilga   nisbatan   dehqonchilik   maydoni   300   ming
desyatinaga, paxta maydoni esa 100 ming desyatinaga ko‘paydi.
Povoloj’edan   dahshatli   ocharchilikni   boshidan   kechirayotgan   300   mingdan
ortiq   kishi   ko‘chirib   kelinib,   Turkistonda   joylashtirildi.   Leninning   Rossiyaning
markaziy   tumanlari   aholisiga   yordam   shioriga   javoban   Narkomprodga   250   ming
pud, Moskvaga 600 ming pud bug‘doy yuborildi. Bular   hali   inqilob   olovi   butkul   so‘nmagan   bir   paytda   Sovet   hukumati
dastlabki   talon-tarojchilik   siyosatining   natijasi   edi.   Vaholanki,   bu   siyosat
O‘zbekiston   SSSR   tarkibidan   to‘la   va   butkul   chiqib   ketgunga   qadar   davom   etdi.
O‘zbekistonda   yetishtirilgan   paxta,   pilla,   qorako‘l   teri,   meva-sabzavot,   poliz
mahsulotlari,   oltin,   gaz   va   boshqa   yer   osti   boyliklari   muntazam   ravishda   tashib
ketildi.   А na shu tarzda lenincha siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy
terror   «rivojlangan   sotsializm»   sharoitida   ham   «qardosh»   o‘zbeklar   va   «sharq
mash’ali» O‘zbekistonning sho‘rini quritdi.
Leninning   tajovuzkor   ruhi   chegara   bilmas   edi.   U   hech   qanday   milliy,
ma’naviy   manfaatlar   doiralariga   sig‘mas   edi.   А xloqiy-diniy   tafakkur   va   turli
xalqlarning milliy-an’anaviy turmush tarzi, asrlar mobaynida shakllangan ruhiyati
bilan   bog‘lanmagan,   faqat   dunyoni   zo‘ravonlik   bilan   egallash   ruhi   unda   ustunlik
qilar   edi.   Shuning   uchun   ham   inqilobiy   o‘zgarishlar   doirasi   kengayib,   bir   davlat
doirasidan   chiqib   ketdi.   Jahon   sotsializm   vasvasasi   mintaqa   va   butun   sayyorani
egallab olishga intilgan xayolparastlik kasalligining natijasi edi.
Lenin   shu   darajada   o‘zining   havoyi   xayollariga   qat’iy   ishonar   ediki,   uning
ko‘lami va salmog‘ini baholash qiyin edi. Dunyoni egallash vasvasasi uning ongu
shuurini butunlay qamrab olgan va natijada ma’naviy-ruhiy jihatdan butun vujudi
bilan   unga   intilardi.   Bu   bevosita   inson   va   shaxs   sifatida   uning   ma’naviy-ruhiy
qiyofasi,   siyosiy   madaniyati   va   axloqiy   tarbiyasi   mahsulidir.   D.   Volkogonovning
tili   bilan   aytganda,   Lenin   ana   shu   maqsad   yo‘lida   o‘z   qalbigagina   emas,   balki
butun  insoniyat   sivilizatsiyasiga   ham   o‘t   qo‘yishga   tayyor   edi.  Yana   shuni   aytish
kerakki, unga xalqning, millatning ahamiyati yo‘q edi. U hatto rus xalqining juda
katta qismini  qurbon qilishdan  ham  o‘zini tiymas edi.   А na shu qurbon bo‘lganlar
kulini ko‘kka sovurib, huzur qilar va dunyoga o‘t ketishini kutib yotar edi .
А ytish   mumkinki,   Lenin   faqatgina   beshafqat   bolshevik   emas,   ayni   paytda
planetar   «islohotchi»   ham   edi.   U   o‘zining   «islohotlar   nazariyasi»   bilan   dunyoni
«yangi»lamoqchi, yangi «payg‘ambar»lik da’vosi bilan yashaydigan holatga kelib
qolgan   edi.   Shuning   uchun   ham   1917   yildayoq   ulkan   davlatni   qo‘lga   kiritgani
hamono,   u   Germaniya,   Vengriya,   Eron,   Hindiston,   Xitoy,   Polsha   va   boshqa mamlakatlarni ham zabt etishga intildi. Uning ana shunday zo‘ravonlik siyosatini,
maqsadlarini   nazarda   tutgan   mashhur   rus   olimi   N.   Berdyaev   o‘z   vaqtida   «Lenin
antigumanistgina   emas,   ayni   paytda   u   antidemokrat»   ham   deb   nihoyatda   to‘g‘ri
baho bergan edi.
А slini   olganda   diktaturaga,   zo‘ravonlikka   intilish   inson   ruhiyati   nuqtai
nazaridan   avval-boshda   siyosiy   maqsadlarga   erishish   uchun   imkon   yaratadi.
Keyinchalik   yaxlit   faoliyatga,   hatti-harakatlar   tizimiga   aylanadi.   Natijada,   bora-
bora   bunday   ruhiy   moyillik   kayfiyati   kuchayib,   asta-sekinlik   bilan   ma’naviy
imkoniyatlarni chegaralab qo‘yadi.   А na shunday paytda inson shaxsiy manfaatlari
va   intilishlari   yo‘lida   o‘zini   juda   katta   siyosiy   iroda   va   siyosiy   madaniyat   bilan
boshqarmasa,   o‘zini   o‘zi   yengib   yashamasa,   havoyi   intilishlar   quliga   aylansa,
umuminsoniy qadriyatlardan uzoqlashib boradi. Natijada ozodlikning tanazzuliga,
hurriyatning   inqiroziga,   inson   haq-huquqlarining   poymol   etilishiga   keng   yo‘l
ochiladi. Lenin va leninchilar xuddi ana shunday insoniy qadriyatlardan ham, hech
bo‘lmaganda   shaxs   sifatida   insoniy   fazilatlardan   ham   ancha   olisda   edilar.   Ular
kayfiyati   va   fe’l-atvoridagi   tajovuzkorlik   shaklan   turlanib,   zamonga   moslanib
tursada, mohiyatini mazmunan yo‘qotmadi.
Lenin   har   doim   o‘z   atrofidagi   rahbarlarga   va   safdoshlariga   bir   narsani
takrorlab   kelgan   (1921   yil):   «Yashirin   ravishda   terror   tayyorlansin:   bu   zarurat   va
shoshilinch».   А ytish   mumkinki,   bunday   lenincha   qattiqqo‘llikning   manbai   va
mohiyatini   anglash   unchalik   qiyin   emas.   Tashqi   ko‘rinishda   «ko‘ngilchan»,
«mehribon»,   «odamlarga   e’tiborli»   bo‘lgan   dohiyning   bunday   qarashlari   jinoiy,
siyosiy   va   yoki   milliy   manfaat   yo‘lidagi   qattiqqo‘llik   emas,   aksincha,   butun
lenincha   dunyoqarash   zulmining,   uning   falsafasining,   mantig‘ining,   bugun   fe’l-
atvoriyu munosabatlarini  o‘zida mujassam  etgan tafakkur  tarzining mayib-majruh
qiyofasi edi.
Biroq   buyuk   imperiyachilik   shovinizmi   Lenin   faoliyatida   va   siyosatida
alohida o‘rin va mavqega ega edi. Zotan, u barcha ittifoqdosh respublikalarga o‘z
erkini   o‘ziga   berish   tamoyillarini   so‘zda   qo‘llab-quvvatlasada,   tub   mohiyati   bilan
unga   qarshi   edi.   Jumladan,   uning   milliy   masalaga   doir   qarashlarini   tahlil   qilar ekan,   А . А vtorxonov   «Leninning   milliy   mustamlakachilik   masalasidagi   siyosiy
dasturi – katta imperiyalarni tugatib, tobe xalqlarni ozod qilish emas, barcha milliy
imperiyalarni bir sovet super imperiyasiga yig‘ib, bolsheviklar dasturining ikkinchi
qismini   amalga   oshirish   –   ya’ni   barcha   millatlarga   qo‘shib   yuborib,   ham
mustamlaka,   ham   hokim   millatlarni   yo‘qotish   natijasida   kommunistik   insoniyat
qiyofasidagi yagona baynalmilal chatishma yaratishdir» , degan edi.
Millatlarni   yo‘q   qilish,   milliy   urf-odatlar,   an’analar   va   milliy   tilga   eskilik
sarqiti   sifatida   qarash,   «din   –   af’yundir»   degan   shior   ostida   butun   mamlakat
xalqlarini  iymoni  va e’tiqodidan ayirish sovet  imperiyasining asosiy maqsadi  edi.
Bu   ulkan   maqsadni   amalga   oshirishning   lenincha   «nazariya»si   yaratildi   va   bu
g‘oya   shafqatsizlik   bilan   hamma   joyda   joriy   qilindi.   «Toki   turli   millatlar   bir
davlatga   uyushgan   ekan,   markschilar   hech   qachon   federatsiya   printsiplarini   ham,
markazni   kuchsizlantirishni   ham   qabul   etmaydilar»,   deb   Lenin   qat’iy   xulosaga
kelgan edi.
Darhaqiqat, turli millatlarning bir davlatga emin erkin, o‘z xohishistagi  bilan
birlashishi,   umuminsoniy   qadriyatlar   tantanasi   yo‘lida   o‘ziga   xos   federatsiyani
tashkil   etish   bir   qarashda   ijobiy   hodisa   edi.   Biroq,   lenincha   «markazni
kuchsizlantirmaslik»   siyosati   yangi   mustamlakachilikning,   zo‘ravonlikning   hali
insoniyat tarixi ko‘rmagan hodisasi edi.
Lenin   diktatura   va   zo‘ravonlik   siyosatiga   alohida   e’tibor   berar   edi.   А yni
paytda   bu   siyosatni   izchillik   bilan,   doimiy   ravishda   rivojlantirib,   takomillashtirib
va o‘z navbatida o‘ta hushyorlik bilan nazorat qilib borar edi. Uning xulosalariga
ko‘ra   «Proletariat   diktaturasi   –   eski   jamiyat   kuchlari   va   an’analariga   qarshi   qonli
va   qonsiz,   zo‘ravonlik   va   tinchlik,   harbiy   va   iqtisodiy,   ma’muriy   va   ma’rifiy
yo‘llar bilan keskin kurashdir».
Lenin milliy siyosatining qirralari ko‘p va xilma-xil edi. U bir qarashda turli
millatlar   va   xalqlar   orasida   tinchlik,   ijtimoiy-iqtisodiy   bag‘rikenglik,   milliy
erkinlik   va   ma’rifiy   targ‘ibot   usullari   orqali   o‘z   g‘oyalarini   singdirishga   harakat
qilsa,   asosiy   maqsadiga   erishish   uchun   zarur   bo‘lib   qolganda   qon   to‘kishdan, zo‘ravonlik ko‘rsatishdan, harbiy kuchlardan shafqatsizlarcha foydalanishdan ham
o‘zini tiymas edi.
А na   shunday   xulosalardan   kelib   chiqib,   Leninning   milliy   mustamlakachilik
siyosati   strategik   maqsadga   aylangan   edi.   Uning   asl   maqsadi   asta-sekinlik   bilan
katta   imperiyalarni   tugatib,   mustamlakachilik   azobini   tortayotgan   xalqlarga
«rahmdillik»   qilish,   ularning   «qadru   qimmatini»   tiklash   va   inson   huquqlarini
barqaror   etish   emas   edi.   А ksincha,   sovet   gegemon   davlatini   tashkil   etib,   barcha
millatlarni va elatlarni qo‘shib yuborib, ularni o‘zligidan ayirib, sun’iy urchitilgan
bedavo   xalqni   yaratishdan   iborat   edi.   Bunday   bedavolardan   iborat   jamiyatni   esa
har qanday kuyga solish va o‘z manfaati yo‘lida xohlaganicha boshqarish mumkin
bo‘lar edi.
Garchi   kichik   xalqlarning,   millatlar   va   elatlarning   yo‘q   qilinishi,   yagona   rus
tilida   so‘zlashuvchi   yangi   xalq   yoki   ijtimoiy   birlikni   vujudga   keltirish   Lenin
boshchiligidagi imperiya uchun qanchalik manfaatli bo‘lsa, begunoh va jabrdiyda
rus xalqining o‘zi uchun shunchalik xatarli va, ayni paytda, tanazzulga boshlovchi
siyosat   edi.   Lenin   boshchiligidagi   siyosiy   qo‘poruvchilar   «ruslashtirish»   siyosati
bilan rus millatiga mansub xalqni chalg‘itar edi. Biroq ularning bu siyosatning tag-
mohiyatini   tushunish   uchun   vaqtlari   yetmasdi.   Chunki   siyosiy   jarayon   nihoyatda
tig‘iz va ataylab ushbu tadbirni tezlashtirish manfaatdor kuchlarning ish uslubi edi.
Umuman olganda fuqarolarga erkin fikrlash imkoni berilmas, jarayonlar borishini
tahlil   qilish   va   ularga   munosabat   bildirish   sharoiti   yo‘q   edi.   Xullas,   Lenin
«ruslashtirish» siyosatini  amalga oshirishning yo‘llari ko‘p va xilma-xil edi. Buni
А .  А vtorxonov quyidagilarda ko‘radi.
1. 1958 yilgi maktab islohoti munosabati bilan milliy maktablarda milliy tilni
o‘rganish va milliy tilda o‘qitishni ko‘ngilli deb e’lon qilgan qonun qabul qilindi.
Farzandini   milliy   maktabga   beradimi,   o‘ris   maktabigami   –   endi   ota-onalarning
o‘ziga bog‘liq. Milliy maktabda darslar o‘ris tilida olib boriladimi, milliy tildami –
buni ham ular xal qilishadi. O‘z o‘zidan ma’lumki, ota-ona farzandlarining kelgusi
mavqei «yuqori» ga ko‘tarilishi uchun o‘ris tili, o‘ris maktabi orqali ekanini yaxshi
biladi va farzandini o‘sha yoqqa beradi. 2.   Milliy   tillarning   lug‘aviy   jamg‘armasiga   shu   tilda   muqobil   so‘zlar
bo‘lishiga qaramasdan, ataylab o‘rischa so‘zlar va atamalar kiritiladi. Hatto texnika
taraqqiyoti natijasida paydo bo‘lgan yangi o‘rischa so‘z birikmalarini ham, garchi
milliy   so‘z   birikmalari   bilan   shu   ma’noni   berish   imkoni   bo‘lsada,   milliy   tillarga
kiritish taklif etildi.
3. Turkiston va Kavkazdagi respublikalar umumiy milliy tarkibida slavyanlar
ko‘payishi   mo‘ljallanib,   slavyan   aholisini   respublikalarga   ko‘chirib   kelib,
ommaviy mustamlakalashtirish ishiga kirishildi».
А na   shu   tarzda   milliy   siyosat   ba’zan   o‘ta   noziklik   bilan   va   ba’zan   o‘ta
qo‘pollik   bilan   amalga   oshirildi.   Tarixidan   ayrilgan,   o‘tmishini   unutgan,   milliy
madaniyati   va   an’analaridan   mosuvo   bo‘lgan   sovet   xalqi   singari   ijtimoiy   birlik
dunyoga kelishi uchun hamma choralar ko‘rildi.
Umuman   olganda   «sovet   xalqi»   degan   atamaning   tagida   nima   yotadi?   Bu
qanday   tushuncha?   U   nimani   anglatadi?   Sovet   olimlari   buni   quyidagicha
sharhlashdi:   «Sovet   xalqi   insonlarning   yangi   tarixiy,   ijtimoiy   va   baynalminal
umumlashmasi   bo‘lib,   o‘z   yagona   hududiga,   iqtisodiga,   mazmunan   sotsialistik
madaniyatiga,   ittifoq   umumxalq   davlatiga   va   kommunizm   qurishda   umumiy
maqsadiga egadir. Umumiy til... O‘ris tilidir».
Bu Lenin milliy siyosati asosidagi ilmiy metodologiyaga tayangan o‘sha davr
fanining   nuqtai   nazari.   Zotan,   u   paytda   har   qanday   fan   –   u   ijtimoiy-gumanitar
bo‘ladimi   yo   tabiiy-aniq   fanlar   bo‘ladimi,   qat’iy   nazar,   yagona   siyosatga
bo‘ysundirilgan   va   har   qanday   fan   metodologiyasi   Lenin   qarashlariga   asoslangan
edi. Fan siyosiylashtirilgan va mafkuralashtirilgan edi.
Bunday   illatlar   faqat   Leningagina   xos   emasdi.   Uning   ishining   davomchilari
ham ayni ana shu maqsad va g‘oya bilan yashashardi. Stalin, Xrushchyov, Brejnev,
Suslov,   А ndropov,   Chernenko   va   boshqalar   ham   ayni   ana   shu   maktab   ta’limini
olgan, ana shu ta’limotning sodiq davomchilari edi.
Milliy   masalaga   munosabatda   lenincha   yondashuv   butun   sovet   davlatining
izchil, doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib borgan siyosatiga aylandi. Zotan,
«dohiy»   sovet   hokimiyatining   dastlabki   yillaridayoq   «bashorat»   qilgan   edi: «...millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi ularning g‘ayri millatlar jamoalaridan
davlat bo‘lib ajralishi, o‘z mustaqil milliy davlatini tuzishi demakdir» .
Demak,   Lenin   millatlarga   erkinlik   berish   va   milliy   ravnaqni   ta’minlashdan
manfaatdor emas. U tom ma’nodagi ma’naviy terror tarafdori. Shuning uchun ham
o‘z   siyosatini   izchil   va   shafqatsiz   ravishda   davom   ettirdi:   «Bir   davlatning   ichida
turli   millatlar   bo‘lishi   zarurdir,   biz   markschilar   ularni   yaqinlashtirib,   qo‘shib
yuborishga   intilamiz»,   dedi.   Demak,   bir   mamlakat   ichidagi   turli   millatlar
madaniyatlararo   integratsiya   orqali   bir-birini   tushunish,   o‘zaro   hurmat   va   milliy
madaniyatlar   ravnaqini   ta’minlash   emas,   balki   ularni   birlashtirib,   qo‘shib,   yo‘q
qilib borish yo‘lidan borar edi.
Lenin   ta’limoti   uning   sodiq   izdoshlari   tomonidan   zamonga   moslashtirilib
davom ettirildi. Jumladan, Stalin «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik», Brejnev
«mazmunan   yagona   sotsialistik,   milliy   shakllari   turlicha,   ruhan   baynalminal
madaniyat»ni yaratish uchun kurashdilar.
Kommunistik   g‘oyada   vorisiylik   butun   qonuniyatlari   bilan   ta’minlangan   edi.
Leninning g‘oyaviy shajarasi shu darajada mustahkam, sadoqatli va e’tiqodli ediki,
ularni   bir-biridan  kam   qo‘yish  mumkin emas   edi.   А na shunday   siyosiy  sadoqatni
yorqin   ko‘rsatgan   Brejnev   sun’iy   sovet   xalqini   vujudga   keltirish   borasida   o‘ziga
xos   «shafqatli»,   «yumshoq»   yo‘lni   tanladi.   Bu   bilan   u   hech   kimga   yomon
ko‘rinmadi, hech qanday millatlar va elatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri tazyiq o‘tkazmadi.
Hammasining   ishonchini   qozonishga   harakat   qildi.   Biroq   ana   shu   yumshoqlik   va
siyosiy   «madaniyat»   bilan   millatlarni   o‘zligidan   ayirishning   o‘ziga   xos   yo‘llarini
topdi.   U   juda   ustomonlik   bilan   kichik   xalqlar   va   millatlar   tarixini   butunlay
qaytadan   yaratishga   da’vat   etdi.   Butunlay   yangi   g‘ayri-milliy,   g‘ayri-ilmiy,
soxtalashtirilgan, sun’iylashtirilgan tarix dunyoga keldi. Buni   А . А vtorxonov uchta
yo‘nalishda ko‘radi:
birinchi   aqida   –   barcha   o‘ris   bo‘lmagan   xalqlar   chor   imperiyasiga   o‘z
xohishlari bilan qo‘shilgan emishlar;
ikkinchi aqida – bunga qarshilik ko‘rsatgan hamma milliy ozodlik harakatlari
jaholatparast kuchlar ekan; uchinchi   aqida   –   bu   xalqlarning   ko‘hna   chor   imperiyasiga   qo‘shilishi   go‘yo
ular uchun taraqqiyparvar hodisa bo‘libdi».
А na   shu   «taraqqiyparvar»   lik   millatlarning   asta-sekinlik   bilan   yemirilishiga
olib   keldi.   Biroq,   bu   bilan   haqiqiy   milliy   xususiyatlar,   e’tiqod   va   iymon,   urf-
odatlar   va   an’analar   tag-tomiri   bilan   yo‘qolmadi.   Yuzaki   qaraganda   hukmron
siyosatga   «labbay»go‘ylik,   ichki   mohiyati   bilan   esa   milliy   qadriyatlarga   e’tiqod
parallel ravishda yashadi.
Garchi   o‘sha   davrdagi   fan,   mafkura   lenincha   milliy   siyosatning   brejnevona
talqinini   zo‘r   berib   tadqiq   etib,   nazariy   «asoslab»,   ilmiy   metodologiyasini
yaratishga   va   uni   ommaviy   axborot   vositalari   jon-jahdi   bilan   targ‘ib   etishga
intilsalarda,   bu   jiddiy   o‘zgarishlarga   olib   kelolmadi.   Jumladan,   70-yillar   ilmiy
nazariyada  bu  masala   birmuncha   tadqiq  etilgan  va  aniq  xulosalarga  kelingan   edi:
« А holining   o‘sib   borayotgan   harakatchanligi...   millat   va   elatlarning   doimiy
yaqinlashuviga, bir-biriga o‘zaro ta’sir etib, tili boyishiga olib keladi. Ularning biri
– o‘ris tili – barcha sotsialistik mamlakatlar uchun umumiy tilga aylanadi». Biroq
hayot   haqiqati,   milliy   xususiyatlar   va   o‘ziga   xoslikning   «temir»   qonuniyatlari
bunday   soxta,   asossiz,   baland   parvoz   ilmiy   «haqiqat»   lardan   ustun   keldi.   Tarixiy
taraqqiyot me’yorlari ustuvorlik qildi.
Gorbachyov   esa   mazkur   g‘oyani   birmuncha   «demokratlashtirgan»   holatda,
«qog‘ozga o‘rab» ilgari surdi: «Ziyolilar o‘z tarixiy ildizlarini o‘rganmoqdalar. Bu
gohida tarixni va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalarni, taraqqiyotga zid tarixiy
narsalarni ham ilohiylashtirishga olib kelmoqda».
Demak,   birinchidan,   Bosh   kotib   milliy   tarix   va   u   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
qadriyatlarni   o‘rganishga   qarshi.   Uni   “taraqqiyotga   zid   narsalar”   deb   tushunadi.
Chunki   Gorbachyovning   maqsadi   yagona   sovet   xalqining   shakllanishiga,   ulug‘
davlatchilik va ulug‘ millatchilik g‘oyalarini amalga oshirishga intilishdir.
Ikkinchidan,   tarixni   o‘rganish   oxir   oqibatda   millatlarning   uyg‘onishiga   olib
keladi.   Har   bir   xalqning   o‘ziga   xos   buyuk   o‘tmishi,   ulug‘   madaniyati,   milliy
o‘zligini   belgilaydigan   an’analari   bor.   А jdodlar   qoldirgan   ma’naviy   meros   ularni
rag‘batlantiradi,   milliy   taraqqiyotga   da’vat   etadi.   Natijada   sovet   milliy   siyosati chok-chokidan so‘tilib, «buyuk» imperiya inqirozga uchraydi. Buni  yaxshi  bilgan
Gorbachyov   ziyolilarni   kishanlash,   tarixni   o‘rganishni   ilohiylashtirish   tamg‘asi
bilan «shovinizm»da ayblash yo‘lidan bordi.
D.Volkogonov   shunday   ma’lumotni   keltiradi:   А fg‘onistonda   uzoq   davom
etgan   urush   tugagach,   Sovet   rahbariyatining   o‘ylamasdan   boshqa   bir   mamlakat
ichki ishlariga aralashganligi aniq bo‘ldi. 1990 yillarda ham, jahon ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarida   insoniylashuv   tendentsiyalarining   paydo   bo‘layotganini,
zo‘ravonliklarning   ibtidoiylashayotgan   hodisa   sifatida   tan   olinayotganini   sovet
rahbarlari   payqashmas   edi.   Ular   hatto   dunyoga   egalik   qilish   kabi   lenincha
tafakkurdan   xalos   bo‘lmaganligini   ko‘rsatadi.   SSSR   Mudofaa   Vaziri   D.T.Yazov
KPSS   Markaziy   Komiteti   Siyosiy   Byurosida   qo‘shni   mamlakatda   amalga
oshirilgan   «internatsional   burch»ning   o‘n   yillik   yakunlari   xususida   hisobot   berdi.
1971   yil   dekabridan   1989   yilning   fevraligacha   А fg‘onistonning   tog‘li   yo‘llarini
546   ming   255   sovet   harbiylari   bosib   o‘tdi.   «Internatsional   burchi»ni   bajara   turib
o‘n   uch   ming   826   kishi,   shundan   1977   ofitser   qurbon   bo‘ldi.   А fsuski,   ularning
asosiy qismi musulmon xalqlarning, jumladan, o‘zbek xalqi vakillari edi.  А yni ana
shu urush keltirgan zarar bir necha o‘n milliard so‘mni tashkil etadi.
Sovet   hukumati   1980   yillarda   amalga   oshirgan   bu   xunrezliklar   xalqlar   otasi
Stalin   iborasi   bilan   aytganda   «vazifani   bajarishga   intilish   kerak,   qurbonlar   bilan
hisoblashmaslik lozim», degan g‘oyasining amaldagi ko‘rinishi edi.
Repressiya va qon to‘kishlar Sovet hokimiyatining doimiy ish usuli edi. Turli
davrlarda,   turli   nomlar   va   bahonalar   bilan   xalqni   qirish,   millatning   eng   sara
vakillarini yo‘q qilish tamoyilga aylanib qolgan edi. «Eron josusi», «Xitoy josusi»,
«Xalq   dushmani»,   «Yod   unsurlar»,   «Buzg‘unchilar»,   «Irodasizlar»   singari   turli
nomlar bilan millionlab kishilar qatl etilgan va surgun etilgan.
«Qabohat   saltanati»   kitobida   keltirilishicha,   1917-1929   yilgi   fuqarolar
urushida   15   million   kishi,   1929-1933   yilgi   ochlik   davrida   8   million   kishi,   1933-
1939   yildagi   qatag‘onlarda   16   million,   1945-1954   yillardagi   surgunlar   va
ochlikdan   4   million   kishi   qurbon   bo‘lgan.   Xulosa   qilib   aytganda,   Sovet   tuzumi ayni   ana   shu   yillarda   o‘z   aholisining   uchdan   bir   qismini   –   yetmish   milliondan
ziyolini ataylab yo‘qotgan.
«Bosmachilik» nomi bilan «milliy ozodlik harakati»ga qo‘shilganlardan 16 yil
davomida 1 million 200 ming o‘zbek qurbon bo‘ldi. Bir yarim million musulmon
xudosizlar   jamiyati   bilan   kelisholmay   xorijga   chiqib   ketdi.   1   million   700   ming
kishi   «bosmachilik   harakati»ni   qo‘llab   quvvatlaganlikda   ayblanib,   Sibirga   surgun
qilindi.
Faqat   shugina   emas.   Sovet   hokimiyati   yillarida   O‘zbekiston   chor   hukumati
siyosati   davrida   qanday   bo‘lsa   o‘shanday   strategik   ahamiyatga   ega   bo‘lgan
maydonga   aylantirildi.   А niqrog‘i,   SSSRning   paxta   mustaqilligi   siyosati
O‘zbekiston   orqali   amalga   oshirildi.   Qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlarining   paxtadan
boshqa   hamma   sohalari   keskin   qisqartirib   yuborildi.   O‘zbeklar   faqat   paxta
yetishtiruvchi   dehqonlarga   aylantirildi.   Sanoat,   transport,   aloqa   tarmoqlari   eng
quyi   ko‘rsatkichlarda   amalga   oshirildi.   Ijtimoiy   soha,   fan,   ta’lim,   madaniyat   va
sog‘liqni  saqlash  ittifoq ko‘rsatkichidan  eng past  darajada tashkil  etildi. Ekologik
muammolar   asta   sekinlik   bilan   chuqurlashib   borib,   oxir   oqibatda   butun   insoniyat
fojiasiga aylantirildi.
Bir   qarashda   Brejnev   rahbarlik   qilgan   davrlarda   mamlakatda   birmuncha
sokinlik   va   tinch   taraqqiyot   ta’minlanganday   edi.   Biroq   insonning   eng   katta
iqtidori – daholik qudrati so‘ndirildi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish vositasi
bo‘lib   qoldi.   Fikrlamay   yashash,   inson   tafakkurini   cheklash,   munosabat   bildirish
kabi   aqliy   salohiyat   barham   topdi.   Mutelik   va  tobelik   kayfiyati   chuqur   ildiz  otdi.
Bu asta-sekinlik bilan o‘z o‘tmishini unutish, kelajakka ko‘r-ko‘rona nazar tashlash
va shunchaki kun kechirish kayfiyatini chuqurlashtirdi.
Kommunistik   mafkura   odamlar   qalbiga   tahdid   soldi.   Hukmron   g‘oya   oldida
fuqaro o‘zini nochor his etadigan, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarolmaydigan
jonzotga   aylandi.   А na   shunday   tarzda   xalqning   erkin   mehnat   qilishga   bo‘lgan
rag‘bati so‘ndirildi.
Mustaqil   fikrlaydigan,   yuz   berayotgan   voqea   hodisalarga   mustaqil   baho
beradigan   kishilar   o‘zboshimcha,   mahmadona   deb   qoralanar,   tazyiqqa   olinar   edi. Bu tuzum shunday nosog‘lom muhitni vujudga keltirgan ediki, natijada layoqatsiz,
fikrsiz,   laganbardor,   boshliqqa   ta’zim,   xodimga   zug‘um   ko‘rsatadiganlar   qadr-
qimmat topib yashardi. Negaki, mustamlakachilik siyosatining tabiati shuni taqozo
qilar edi.
Bularning   barchasi   jamiyatning   ma’naviy   tanazzulini   tezlashtirdi.   Xalq
manfaatini o‘ylagan, uning ongiga nur, qalbiga ziyo bag‘ishlashga intilgan, vijdon
va   aql   bilan   ishlashga,   hurriyat   uchun   kurashga   chorlaganlar   esa   kommunistik
partiyaning  labbaygo‘y  yugurdaklari   tomonidan   so‘roq  tergovga  tutilar,  ma’naviy
jihatdan badnom qilinar, ba’zan esa hatto jismoniy mahv ham etilar edi.
Natijada bunday beayov va shafqatsiz bedodliklardan ogoh bo‘lib turgan xalq
butunlay   umidsizlikka   tushdi.   Jamiyatda   na   partiyaga,   na   siyosatga,   na   davlat   va
uning   yo‘lboshchilariga   ishonch   qoldi.   Ishonchidan   ayrilgan   kishi   esa   ruhan
o‘likdir.
Ma’lumki,   ruhiyati   shikasta   va   ozurda,   hadik   va   qo‘rquv   girdobiga   tushgan
odamda   yaratishga,   bunyod   etishga   intilish   bo‘lmaydi.   Va   hatto   hayotga,
yashashga rag‘bat ham shunchaki «kun ko‘rish»ga aylanadi.
Hayotga   befarq   qarash,   loqaydlik   aksariyat   ko‘pchilikning   yashash   tarziga
aylandi. «Sovet kishisi» o‘z soyasidan cho‘chib yashaydigan bo‘lib qoldi. Chunki
yuragining tub-tubiga qo‘rquv bilan qoziq qilib qoqilgan tobelik, mutelik tuyg‘usi
uni tirik murda holiga solib qo‘ygan edi.
Tarixiy tajriba har qanday islohot va yangilanishlar eng avvalo inson ongi va
qalbi   orqali   o‘tgan   taqdirdagina   samarali   natija   berishini   ko‘rsatmoqda.   Shuning
uchun   ham   O‘zbekistonda   ozodlikning   ilk   kunlaridanoq   odamlar   ongi   va
tafakkurini o‘zgartirishga e’tibor berib kelinmoqda. «Iqtisodiy islohotlarni hal etish
mumkin.   Xalqning   ta’minotini   ham   amallab   turish   mumkin.   А mmo   ma’naviy
islohotlar,   qullik   va   mutelik   iskanjasidan   ozod   bo‘lish,   qadni   baland   tutish,   ota-
bobolarimizning   udumlarini   tiklab,   ularga   munosib   voris   bo‘lish   –   bu   dunyoda
bundan   ortiqroq   va   bundan   sharafliroq   vazifa   yo‘q».   Islom   Karimov
mustaqillikning   dastlabki   yillaridayoq   bayon   etgan   bu   fikr   xalqni   ma’rifiy uyg‘oqlikka   chorlash   yo‘lidagi   otashin   da’vat   bo‘lish   bilan   birga,   bu   sohadagi
ishlarimizning asosiy yo‘nalishlarini ham belgilab bergan edi.
Dunyoda hech kim yer yuzida jannat yaratgan emas. Biroq, O‘zbekiston Sovet
hokimiyati   davrida   Lenin   va   leninchilarning   sa’yi   harakati   bilan   do‘zaxga
aylantirilgani   tarixiy   haqiqat.   Zotan,   bu   fojialarni,   bu   ko‘rguliklarni   tarix,   millat
hech   qachon   unutmaydi.   А yni   ana   shunday   g‘oyani   amalga   oshirishning   yangi,
sivilizatsiyalashgan,   zamonaviy   shaklini   o‘ylab   topgan   M.   Gorbachyov   «qayta
qurish»   siyosati   strategiyasini   ishlab   chiqqani   va   amalda   qo‘llagani   haqiqatdan
ham   uning   leninizmga   sadoqatliligini   ko‘rsatdi.   А yni   paytda   u   o‘ziga   xos
«novator»   sifatida   Lenin   g‘oyalarini   amalga   oshirishning   yangi   shaklini   amalda
joriy etdi. U 1987 yil  oktyabr  oyida KPSS Markaziy Komiteti  Siyosiy Byurosida
nutq  so‘zlab,  o‘z  maqsadini  aniq-ravshan  o‘rtaga  tashladi  va   «Lenindan  bizgacha
ko‘prik   tashlash   lozim.   Bugungi   kundagi   ishlarimiz   bilan   o‘sha   davrdagi
voqealarga   lenincha   munosabat   o‘rtasida   aloqa   o‘rnatish   lozim.   Bu   –   dialektika.
Lenin hal etgan masalalar – bu hozirgi vazifalarni hal etish uchun kalitdir», dedi va
ayni o‘sha zo‘ravonlik va yakkahokimlik g‘oyasi, xalqlarni xonavayron qilish yo‘li
bilan hokimiyatni mustahkamlash pozitsiyasining mavjudligini ko‘rsatdi.
Leninning   shaxsi,   uning   siyosiy   pozitsiyasi   xususida   gapirar   ekan,   mashhur
rus olimi N. Berdyaev proletariat dohiysining quyidagi gapini keltiradi: «Nimaiki
inqilobga xizmat  qilsa – barchasi  ezgulik, unga xalaqit beradigan hamma narsa –
yovuzlikdir».
Bunday  keskin  va  bir   yoqlama qarash  70  yil  mobaynida  yashadi.   Biroq turli
davrlarda   turli   shaklga   kirdi.   Deylik,   Gorbachyov   tilida   «Nimaiki   Kommunistik
mafkuraga xizmat qilsa – ezgulik. Unga zid bo‘lgan har qanday fikr – yovuzlik»ka
aylandi.   Oxir   oqibatda   butun   leninizm   g‘oyalarini   ham,   yaxlit   jamiyatni   ham
inqirozga olib keldi.
1980 yillarning oxiriga kelib vaziyat birmuncha o‘zgardi. Bu ayni demokratik
jarayonlarning chuqurlashishi va uyg‘onayotgan xalqning uyg‘onayotgan tafakkuri
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   hodisa   edi.   Biroq   har   bir   respublikaning   ijtimoiy-siyosiy iqlimi,   tarixiy   jarayonning   borishi   bevosita   ana   shu   respublika   rahbarining   hatti-
harakati, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oqimiga munosabati bilan bog‘liq edi.
Siyosiy   jasorat,   siyosiy   iroda,   voqelikni   to‘g‘ri   anglash,   to‘g‘ri   baholash
haqiqiy   rahbar   uchun   noyob   fazilat.   Demokratiya   haqida   ko‘pirtirib   gapirib,
zo‘ravonlik   rejimini   kuchaytirishga   intilgan   M.Gorbachyovning   siyosiy   yo‘li,
aniqrog‘i,   pozitsiyasi   O‘zbekiston   uchun   va   umuman   milliy   respublikalar   uchun
manfaatli   emas   edi.   Ittifoqdosh   respublikalar   rahbarlari   orasida   birinchi   bo‘lib
Islom   Karimov   M.Gorbachevga   buni   ro‘yi-rost   aytdi.   Respublika   rahbari   sifatida
o‘z yurtining barcha yutug‘iyu nuqsonlariga o‘zini qalqon qildi. Rahbar sifatidagi
qat’iy va mustahkam irodasini ko‘rsatdi. Islom Karimovning bunday fe’l-atvori va
hatti-harakatiga   har   kim   har   xil   baho   berdi.   Jumladan,   M.Gorbachyov   uni
shartakilikka,   betgachoparlikka   yo‘ysa,   uning   gumashtalari   bu   fikrlarni   qo‘llab-
quvvatlashdi.   O‘zbeklar   qatorida   barcha   sovet   xalqi   esa   Islom   Karimov
intilishlarini   qo‘llab-quvvatladi.   Chunki   Islom   Karimov   pozitsiyasi   nafaqat
qardosh   respublikalar   xalqlari,   balki   Rossiya   aholisi   manfaatlarini   ham   o‘zida
mujassam   etgan   edi.   Shuning   uchun   ham   Moskva   nashrlaridan   biri   «O‘zbekiston
Prezidenti   I.Karimov   ittifoq   miqyosidagi   siyosiy   arbob   sifatida   SSSR   xalq
deputatlarining IV s’ezdi kunlarida tug‘ildi. U M.Gorbachyovni qattiq tanqid qilib,
«komanda»ni   o‘zgartirishni   talab   qildi.   Ko‘pchilik   uchun   bu   butkul   kutilmagan
hodisa edi. Uzoq yillar mobaynida an’anaga ko‘ra O‘rta Osiyo respublikalari oliy
rahbarlari   Markaz   siyosatiga   ergashib   yurar   edilar.   Qanday   o‘zgarish   yuz   berdi?
Karimov o‘z kuchiga bunday qatiyatli ishonch qaerdan paydo bo‘ldi? » deb yozgan
edi. Bunday hayrat va hayajonni tushunish mumkin. To‘g‘ri ta’kidlanganidek, 130
yildan beri davom etayotgan mutelik kayfiyati kattayu kichikni o‘z domiga tortgan
edi. O‘zbekiston rahbari ittifoqdosh respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo‘lib
shakllangan   siyosiy   tafakkur   olamida   to‘ntarish   yasadi.   Yangicha   fikrlaydigan,
jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarni  to‘g‘ri  baholaydigan mard
va   jasur   kishilarlin   iborat   yangi   «komanda»   to‘plashi   zarurat   ekanligini,   siyosiy
demagogiyaga barham berish vaqti kelganligini ochiq oydin aytdi. Shunday qilib,
Islom Karimov ayni ana shu qolipni – lenincha boshqaruv tamoyillarini chippakka chiqardi.   Darvoqe,   u   hech   qanday   oldindan   tayyorlangan   yoki   rusumga   aylangan
«qolip»ga   sig‘maydi!   U   ayni   ana   shunday   o‘ziga   xosligi,   haqiqat   va   adolat
yo‘lidagi o‘ta qaysarligi va o‘jarligi bilan butunlay yangi tipdagi rahbar fenomenini
kashf etdi.
Faqat   shugina   emas.   А niqrog‘i,   Moskva   nashrlari   bayon   etganidek,   Islom
Karimov   SSSR   xalq   deputatlari   s’ezdi   kunlarida   «tug‘ilmadi».   U   ayni   ana   shu
s’ezd   minbarida   Ittifoq   doirasidagi   shakllangan   islohotchi,   zamonaviy   tafakkur
egasi sifatida SSSRga tanildi va tan olindi, xolos.
Islom Karimov respublika Davlat reja qo‘mitasi Raisi va Moliya vaziri bo‘lib
ishlagan   paytlardayoq   SSSRdagi   mavjud   holatlar,   siyosiy   tanazzul   va   iqtisodiy
ijtimoiy   chekinishlar   hodisasidan   xabardor   edi.   А yniqsa,   Qashqadaryo   viloyati
rahbari   bo‘lgan   paytlarda   Kremlning   O‘zbekistonga   munosabati   orqali   sovet
hokimiyatining   zo‘ravonlik   siyosati   «quyushqon»   dan   chiqib   ketayotganini
payqagan edi. Natijada, respublika rahbarligiga saylanganidan to‘rt oy o‘taro‘tmas
Islom   Karimov   uzoq   yillar   mobaynida   vujudga   kelgan   qatiy   xulosalarini
O‘zbekiston   KP   MKning   XVIII   plenumida   bayon   etdi   va   (1989   yil,   25   noyabr)
«Barcha masalalarni hal etish uchun siyosiy sistemani isloh qilish zarur», dedi.
А na   shu   birgina   so‘z   butun   Sovet   Ittifoqi   siyosiy   tizimini,   lenincha
ta’limotning   «inqilobiy»   harakatini   larzaga   keltirdi.   Gorbachyov   boshliq   arboblar
saltanatini talvasaga solib qo‘ydi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?
Birinchidan,   mavjud   va   hukmron   siyosiy   sistemani   isloh   qilish   sovet
jamiyatini tubdan yangilashni taqozo etadi.
Ikkinchidan,   KPSS   rahbar   bo‘lgan   boshqaruv   tizimi   va   uning   butun
faoliyatini   isloh   qilishga   to‘g‘ri   keladi.   Bu   o‘z   o‘zidan   lenincha   boshqaruv   va
milliy siyosatda tub burilish qilishni taqozo etadi.
Uchinchidan,  ittifoqdosh respublikalar va Markaz o‘rtasidagi munosabatlarga
aniqlik   kiritishni,   ularning   Konstitutsiyaviy   vakolatlarini   kengaytirishni   talab
qiladi. To‘rtinchidan,  gap agar faqat O‘zbekiston haqida borayotgan bo‘lsa, mavjud
siyosiy   tizim   yana   davom   etadigan   bo‘lsa,   O‘zbekiston   SSSR   tarkibidan   chiqib
ketishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Beshinchidan,   siyosiy   yetakchining   tafakkur   tarzini,   ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar borishini oldindan payqash, baholash salohiyatini va, eng muhimi, shaxs
sifatidagi   siyosiy   jasorat,   siyosiy   qatiyat,   mislsiz   iroda   va   yuksak   madaniyat
fazilatlarini ko‘rsatadi.
Islom   Karimov   tarixan   juda   qisqa   vaqtda   o‘zini   «tafakkur   inqilobchisi»
sifatida   ko‘rsatdi.   Bu   uning   uchun   ataylab,   islohotlar   qilish   orqali,   uzoq   yillar
mobaynida   inson   tafakkurini   o‘rab-chirmab   olgan   fikrlash   tarzini   buzish,
buzg‘unchi   va   shiddatkor   oqimga   qarshi   turishga   intilish   orqali   emas,   aksincha,
tabiiy   holatda,   shaxsiy   fazilatlari,   ichki   imkoniyatlari,   qobiliyati   tufayli   yuzaga
kelayotgan,   vaqt   o‘tgani   sayin   shakllanib   borayotgan   voqelik   sifatidagi
fenomenidan kelib chiqadi.
Darhaqiqat, Islom Karimov fe’l-atvori, tafakkur tarzi jihatidan o‘zidan oldingi
andozalarning tor, biqiq o‘lchovlariga sig‘maydi. Xuddi ana shu fazilatlari tufayli
ham   butun   siyosiy   tizimni   sindirib   tashlashga   jur’at   etdi.   Iqtisodiy-ijtimoiy
bo’hronlar,   ma’naviy-ruhiy   parokandaliklar,   siyosiy   va   g‘oyaviy   tanazzullarni
hammadan   oldin   ko‘ra   bildi.   Totalitar   aqidaparastlik   va   siyosiy   dogmatizm
sharoitining  tobora  chuqurlashib   borayotganini   boshqalardan   oldinroq  payqadi   va
katta jasorat bilan unga qarshi chiqdi.  А na shu tarzda jamiyatni tubdan yangilashga
jur’at etdi.
Islom   Karimov   o‘zining   radikal   fikrlari   va   voqelikni   kutilmaganda,
favqulodda   yondashuvlari   bilan   sovetlar   imperiyasining   inqirozini   tezlashtirdi.
Kommunistik   afsonaning   sarobligini   isbot   etdi.   O‘zbekistonni,   qolaversa,   barcha
ittifoqdosh   respublikalarni   g‘oyaviy   tanazzul   girdobiga   tortgan   sovet
totalitarizmiga qarshi tura oldi va uni qat’iyat bilan yengdi. Harbiy kommunizm va
fuqarolar sotsializmining lenincha g‘oyalari uydirmalarini fosh etish bilan o‘zining
noyob   mafkuraviy   va   siyosiy   jihatidan   butunlay   yangi,   tasavvurimizga
sig‘maydigan dunyoning kashf etuvchisi sifatida ko‘rsata oldi. Boshqacha   qilib   aytganda,   Islom   Karimov   fenomeni   haqidagi   mulohazalar
shaxsning   tarixdagi   o‘rni   to‘g‘risidagi   fikrgina   emas.   Balki   tarixning   shaxs
borasida   taqdiri   va qadriyati  bilan  bog‘liqligi   hamdir.  Zotan,  kamdan-kam  tarixiy
shaxslar   tarixning  tub  burilish   nuqtasini  belgilab  beradilar,  jarayonlar  va   turmush
tarzining   bir   xildagi   oqimini   keskin   o‘zgartirib   yuboradilar.   Butunlay   yangi,
hayotbaxsh   va   huzurbaxsh   turmush   kechirish,   aniqrog‘i,   Inson   va   Insoniyat
taqdiridagi mislsiz ma’naviy ko‘tarilishlar davrini boshlab beradilar.
А na   shu   nuqtai-nazardan   qaraganda   Islom   Karimov   shaxsi   xalqimizning
tarixiy   taqdiri,   uning   kechinmalari,   iztirob   va   quvonchlari   sifatida   vujudga   keldi.
Boshqacha   qilib   aytganda,   Islom   Karimov   fenomeni   o‘zbek   xalqining   milliy
qadriyatlari va ruhiyati, millat sifatidagi fenomeni orqali umuminsoniy qadriyatlar
va umumjahon siyosati fenomeniga aylandi.
Tarix   g‘ildiragining   bir   tekisdagi   harakatini,   me’yorini   bo‘zish   hamma   vaqt
ham   quvonchli   bo‘lavermaydi.   Bu   bir   jihatdan   islohotchining   mo‘ljalni   qay
darajada to‘g‘ri olgani bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan ayni shu harakatni
halokatlarga   yo‘l   qo‘ymasdan,   sinab   ko‘rilmagan,   birov   yurmagan   xavfli   xatarli
dovondagi   ishonchli   harakatni   ta’minlash   hamdir.   А na   shu   tarzda   uchinchi   eng
muhim   masala   yuzaga   keladi.   Bu   bevosita   shaxs   hayoti,   taqdiri   bilan   bog‘liq
bo‘lgan tarixiy hodisa. Adabiyotlar:
1. O’zb e kiston R e spublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zb e kiston, 2011.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.:
O’zbekiston, 1997. – 22 b.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997. – 63 b.
4. Ta'lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.: O’zbekiston, 
1989. – 30 b.
5. Mirziyoev  SH.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekistan davlatini 
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2016.  -53 b.
6. Mirziyoev SH.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va olijanob  xalqimiz bilan 
quramiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2017  -484 b.
7. Mirziyoev  SH.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini ta’minlash-
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.  - Toshkent. 2017.  - 28 b.
8. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy
ettirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi 
ma’ruzasi.   http://uza.uz .
9. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 
sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilot Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqi.  http://uza.uz .  
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi//22.12.2017.  http://uza.uz .
11. Karimov  I.A.  Asarlar  to‘plami.  1-24  jildlar. - Toshkent. O‘zbekiston, 
1996-2016.
12. Karimov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat  -  engilmas  kuch.  2-nashr  - 
Toshkent.Ma’naviyat, 2016. -176 b.
13. Ahmedova M. tahriri ostida.Falsafa. -T.: OFMJ, 2006
14. Shermuhamedova N. A. Falsafaga kirish -T.: -Noshir, 2013. 460 b
15. Qo‘shoqov SH.S. Dialektika rivojlanish konsepsiyasi.  –  S., 2000. –B. 8 6 .
16. R.G.Collingwood. The Idea of History. Oxford University Press, England, 
1994.
17. Ivin A.A. Vvedenie v filosofiyu istorii. M., 1997.
18. Barg M.A. Epoxi i idei. Stanovlenie istorizma. M., 1987.
19. Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari.  - T., Ma’naviyat, 2008.
20. A.Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968.
21. Berdyaev N.A. Smыsl istorii. M., 1990.
22. Blok M. Apologiya istorii ili remeslo istorika. M., 1986.
23. Veber M. Izbrannыe proizvedeniya. M., 1990.
24. Gegel G.V.F. Filosofiya istorii. Sochinenie 8-mi tomax. M.-L. 1932-1959.

MUSTAQILLIKACHA TARIX FANINING FALSAFIY MUAMMOLARI . REJA. 1. Totalitarizmning ijtimoiy-siyosiy va tarixy talqini. 2. G‘oyaviy hukmdorlik, yakka shaxs fikrining ustuvor ligi , diktatura maqomi. Zo‘ravonlik va xudbinlik , avtoritar axloq, fuqarolar manfaatlari . 3. Partiyaviy hayotning kommunistik shakli. Kommunistlar fikrlar xilma- xilligi.

Inson o‘zining ichki imkoniyatlarini daxlsiz va ozod ijtimoiy vaziyat mavjud bo‘lgan sharoitdagina ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Zotan, ana shunday sharoitda u o‘zini birmuncha erkin his qiladi. Maqsadlar va manfaatlar ro‘yobini ta’minlashda o‘zining butun imkoniyatlarini safarbar etadi. Tashqi ta’sirni kamroq sezadi. Boshqacha qilib aytganda, atrofidagilarning imkoniyatlarni cheklashga, turli buyruqlar va hukmlarga nisbatan bo‘ysunishga, itoatkor bo‘lishga imkon bermaydi. Kollektivizmda esa uning aksi sifatida belgilangan va oldindan rejalashtirilgan maqsadlar atrofida birlashib, kuchlar uyg‘unlashtiriladi. Oldindan tuzilgan va aniq rejalashtirilgan vazifalarning bajarilishini kimdir yoki kimlardir nazorat qiladi, buyruq beradi, ommaviy safarbarlikni tashkil etadi. Mutloq ko‘pchilik esa itoatgo‘y, labbaygo‘y ijrochiga aylanadi. Bunday holat jamiyatda erkin fikr, erkin faoliyat va demokratiyaning boshqa ko‘rinishlarini cheklab qo‘yadi. Natijada totalitarizm vujudga keladi, shakllanadi, ildiz otadi va bora-bora avtoritar mohiyat kasb etib, jamiyatni buyruqlar asosida boshqarish, ijtimoiy hayotni bir kishining kayfiyati va talablari asosida tashkil etish tamoyillari vujudga keladi. Jamiyatni bunday boshqarish usuli, ayniqsa, sotsializm sharoitida asosiy qoidaga aylantirildi. Garchi sotsializm g‘oyasi va shakllariga munosabatlar hamon turlicha bo‘lsada, sotsialistlarning o‘zining orasida ham yondashuvlar va fikrlar xilma- xilligi mavjud bo‘lgan. Lekin mohiyati bir xil bo‘lgan. F.Xayek sotsialistlar xulosalarini o‘rganar ekan, tuzumning mohiyati xususida gapirib, «ularda. insonning jamiyatdagi mavqeini bevosita davlat belgilab berishi lozimligi to‘g‘risida hech qanday tafovut bo‘lmagan. Lekin ularning orasida konkret sinf va guruhlar o‘rinlarini belgilashda chuqur tafovutlar bo‘lgan edi va doimo bo‘ladi», degan edi. А na shu holatning o‘zi faoliyatlarni, maqsadlarni rejalashtirish va uni markazlashgan boshqaruv tizimi orqali amalga oshirish tamoyili ustuvorligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. G‘oyaviy hukmdorlik, yakka shaxs fikrining ustuvorligi diktatura maqomini egallaydi. Zo‘ravonlik va xudbinlik shaklidagi avtoritar axloq, avtoritar kayfiyat va fe’l-atvor garchi fuqarolar manfaatlariga zid bo‘lsada, o‘ziga xos qadriyatlar

darajasiga majburan ko‘tariladi. Natijada hammaning bir xil fikrlashi, yuqoridan bildiriladigan har qanday buyruqning muhokamasiz, munozarasiz, mushohada qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish va so‘zsiz bajarish tamoyili vujudga keladi. Bu o‘z-o‘zidan bir necha asrlar mobaynida shakllangan an’analar, urf- odatlar, turmush tarzi, adabiyot, san’at va, umuman, yaxlit olganda fuqarolar qalbi va ruhiyatini o‘zida mujassam etgan bir butun madaniyatning inqiroziga olib keladi. Natijada fikriy boqimandalik, befarqlik, hissizlik kayfiyati butun jamiyat kayfiyatiga, axloqiy me’yorlariga aylanadiki, bunday sharoitda taraqqiyot va istiqbolga o‘rin qolmaydi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, kollektivizm ikki bosqichda o‘zini namoyon etadi va bu bosqichlarni yaqin o‘tmishimizda – sovet imperiyasi davrida yaqqol ko‘rdik. Birinchi bosqich – totalitarizmning «Faqat buyruq berilgan narsanigina bajarish mumkin, boshqasi mumkin emas», avtoritarizmning «Faqat siyosatga aralashma, boshqa hamma narsa mumkin» shiorlarida to‘la mujassam. Bunday holatni «Kollektivistik tafakkurning fojiasi shundaki, aql-idrokni taraqqiyotning oliy omili sifatida ta’riflansa oqibatda undan voz kechiladi. Chunki bunday sharoitda aql-idrok ongli harakatning asosi bo‘lgan jarayonlar noto‘g‘ri talqin qilinadi. Individualizmning o‘zi jamiyatda individualizmning tepasida turgan kuchlarning ahamiyatini anglashga imkon berayotgan bir vaqtda, kollektiv doktrina paradoksli ravishda «ongli» rejalashtirish tamoyillarini ilgari surgan holda majburiy ravishda qandaydir aql-idrokni inkor etuvchi mexanizmga oliy hokimiyat maqomini berishga majbur bo‘ladi. Ijtimoiy kuchlar bilan murosa qilish va turfa xil fikrlarga bag‘rikenglik bilan yondashish individualizmga xosdir. Bunday insonparvar g‘oya, jamoatchilik hayotining yagona kishi tomonidan boshqarilishiga oid har qanday g‘oyaning ortida turgan intellektual takabburlikning butunlay aksidir», deb sharhlaydi F. Xayek. Demak, kollektivizm sharoitida boshqarish maqomiga ega bo‘lgan shaxsning har qanday xulosasi oliy hokimiyat va davlat maqomiga ega bo‘ladi. Uni bajarishga ommaviy majburiylik tartiboti o‘rnatiladi. Turli ijtimoiy kuchlar, alohida individlar yoki fuqarolarning xulosalari inobatga olinmay, boshqaruvchi –

individning hukmi ustuvorlik qiladi. Boshqaruvchilik maqomiga ega bo‘lgan individning intellektual takabburlik illatlari ko‘zga yaqqolroq tashlanadi va «dohiy»lik singari yuqumli, tuzalmas kasallikni vujudga keltiradi. Sovet imperiyasida ayni ana shu kasallik keng tarqalib, bir-biriga ulanib ketgan, vorisiylik maqomiga ega bo‘lgan «dohiy»lar sulolasi bejiz paydo bo‘lmagan edi. Natijada bu butun jamiyat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy muhitini belgilaydigan bedavo illatga aylangan edi. А slini olganda har qanday avtoritar rejimda ham individual va jamoatchilik kayfiyatlari mavjud bo‘ladi. Lekin o‘rnatilgan tartib va qabul qilingan rejim talablari asosida buyruq beruvchining shaxsiy xulosalari hal qiluvchi maqomni egallaydi. Sotsialistik tuzumga xos bo‘lgan individuallik va kollektivchilik tamoyillarini, ularning o‘ziga xos kontseptsiyalarining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotda tutgan o‘rni va rolini, kishilik jamiyati rivojlanishida o‘tkazayotgan ta’sirini tahlil qilar ekan, А . Ivin quyidagi tamoyillarni ilgari suradi: zamonaviy tarix eng avvalo G‘arb individual jamiyatlari va kollektiv jamiyatlar o‘rtasidagi qarama-qarishliklar hamda kurashlarni o‘zida aks ettiradi; zamonaviy G‘arb jamiyati anglangan aniq maqsadga yetishish uchun xizmat qilmaydigan, tarix taqozosi bilan ko‘plab tasodifiy tizimlarda yuzaga kelgan murakkab chambarchaslikdir; kollektiv jamiyat oldindan ishlab chiqilgan reja asosida paydo bo‘ladi va aniq belgilangan muayyan maqsadga erishishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi; shaxs avtonomiyasi, inson turmush tarzidagi qarashlar va moyillikning mutloq suverenitetini tan olish individualistik jamiyatning asosiy xususiyatlari hisoblanadi; kollektivistik jamiyat esa individ va uning erki qadriyat hisoblanuvchi avtonomiyaning har qanday sohasini rad etadi; kollektivizmning qat’iy yagona maqsadga intilishi raqobat o‘rnini bosuvchi markazlashgan rejalashtirish mexanizmi yaratilishiga olib keladi; kollektiv loyihalar mohiyati davlatning jamiyatda ustuvorligini ta’minlaydi, individ va jamiyatning barcha sohalari nazoratda bo‘lishiga, barcha turdagi

individlar va alohida shaxslar uchun bir xil qadriyatlar va kollektiv axloq normasi bo‘lgan bir xil fikrlash tartibining o‘rnatilishiga, totalitar tuzumning terrori va bag‘ritoshligi bir qarashda yagona maqsadga asoslangan jamiyat hayotini ilohiylashtirishga olib keladi va natijada demokratik sotsializm o‘zining xom- xayollik mahsuli ekanligini ko‘rsatadi, bunday sharoitda diktatura va totalitarizm muqarrar voqelikka aylanadi; iqtisodiy erkinlik shaxs barcha huquq va erkinliklarining poydevori hisoblanadi; uning yo‘q qilinishi kollektiv jamiyatda shaxsning barcha huquq va erkinliklariga barham berilishiga olib keladi; sotsializm (kommunizm) va natsionalsotsializm (natsizm) sharoitida kollektivizm butun mazmun-mohiyati bilan totalitarizmning uzviy holati va yaqqol qiyofasi hisoblanadi; sotsializm va natsionalsotsializm sotsializmning ikkita shaklini o‘zida eks ettiradi; bu – baynalminallik va demokratiya shiorlarini ilgari suruvchi radikal yo‘l sotsializm hamda konservativ natsizm va irqchilik g‘oyalari bilan jamiyatni boshqarishga asoslangan o‘ng sotsializmdir; sotsializmning ushbu shakllari o‘zaro doimiy raqobatda bo‘lsada, individualistik jamiyat ular uchun asosiy raqib hisoblanadi; natsizm sotsialistik ildizlarga egadir; sotsializmning qator mamlakatlardagi inqirozi individualizm imkoniyatlari va intilishlarining ro‘yobiga olib keldi; oxir-oqibatda kollektivizm iqtisodiy taraqqiyotning turg‘unligiga olib keladi va iqtisodiy soha individualizm raqobatiga dosh bera olmaydi. Kollektivizm sharoitida yetishib chiqqan totalitar rejimda partiya asosiy rol o‘ynaydi. А na shu holatda jamiyat boshqaruvi, tuzilgan rejalar va tanlangan yo‘l bevosita partiyaviy rahbarlik orqali amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, partiya davlat va hokimiyatning barcha vakolatlarini qo‘lga olib, yagona boshqaruvchi va rahbar maqomiga ega bo‘ladi. Bir partiyali rejim sharoitida yagona mafkuraning ustuvorligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bunday mafkuraviy yakkahokimlik butun jamiyat barcha qatlamlarini qamrab oladi va ijtimoiy hayotning hamma sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.